Tizimli tahlil asoslarining predmeti va tushunchasi
Download 49.34 Kb.
|
tizimli tahlilning umumiy prinsiplari va rivojlanishi (2)kkkkk
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Tizimiy tahlilda mos kelmaslik va farqlarni topish, me’yorlarni shakllantirish metodikasi. Mos kelishni tekshirib ko’rish.
Noaniqlik tamoyili. Bu tizimdagi noaniqliklar va tasodiflarni hisobga olishdir. Mazkur tamoyil tuzilmasi, amal qilishi yoki tashqi ta’sirlar to’la aniqlanmagan tizim bilan ish ko’rish mumkinligi borasidagi fikrni tasdiqlaydi.
Murakkab ochiq tizimlar ehtimollik qonunlariga bo’ysunmaydi. Bunday tizimlarda “eng yomon” vaziyatlarni baholash va bularni ko’rib chiqishni amalga oshirish mumkin. Bu usul odatda kafolatlanadigan natija usuli deb ataladi. Noaniqlik ehtimollik nazariyasi apparati tomonidan tasvirlanmagan holatda bu usulni qo’llash mumkin. Tasodiflarning ehtimoliy (matematik kutish, tarqoqlik va h.k.) to’g’risida axborot mavjud bo’lganda tizimdagi chiqishlarning ehtimoliy xossalarini aniqlash mumkin. Sanab o’tilgan tamoyillar umumiylikning o’ta yuksak darajasiga ega, bularni bevosita qo’lllash uchun tadqiqotchi ularni tadqiqot predmetiga nisbatan muayyan mazmun bilan to’ldirishi lozim, bunday talqin qandaydir tamoyilning arzimasligi borasidagi asoslangan xulosaga olib kelishi mumkin. Ammo tamoyillarni bilish va hisobga olish hal qilinayotgan muammoning jiddiy tomonlarini yaxshiroq ko’rishga, o’zaro aloqalarning butun majmuini hisoblab ko’rishga, tizimli birlashuvni ta’minlashga imkon beradi. 3. Tizimiy tahlilda mos kelmaslik va farqlarni topish, me’yorlarni shakllantirish metodikasi. Mos kelishni tekshirib ko’rish. Moslikni baholash (conformity assessment) — talabni bajarilishini bevosita va bilvosita aniqlash. Moslikni baholanishi uch funksiya ketma-ketligi sifatida keladi: «tanlov» (selection), «aniqlash» (determination) va «tekshirish va moslikni tasdiqlash» (review and attestation) SHarhlash –ma’lum bir holatning yoki g’oyaviy vaziyatning talqini, sharxi. Interpretatsiya izlanish tilining semiotik tahliliga asoslanuvchi maxsus tushuncha sifatida faning rasmiy konstruktiv tiliga ma’no berish jarayonini bildirib, natijada ular ma’nodor atamalar va fikrlar (da’volar) ga aylanadi. Axborotni izlash tizimlarida axborot izlash tilining turli talqinlari qo’llaniladi. Optimal natijaga erishish uchun izlash zarurdir, chunki bunda u yoki bu darajada mavzuni ishlab chikuvchining o’zi ishtirok etadi. Izlashni amalga oshira borib, ishlab chikuvchi izlash kulamini bamisoli tadkik etadi va o’z informatsiyaviy so’rovi ifodasini aniqlaydi. Me’yorlarni shakllantirish va kompleks muammolarni o’rganish va xal etish tizimli tahlil murakkab muammolarning tizimli metodologiyasini tizimli yondashuv va umumiy ayniyatlarga tayangan holda ishlab chiqadi. Xulosa Tizimli tahlil integratsion turdagi yangi ilmiy yo’nalish bo’lib, qaror qabul qilishning metodologiyasini ishlab chiqadi va zamonaviy tizimli izlanishlar tuzilmasida o’ziga xos o’rin egallaydi. Tizimli tahlilni tashkil etish tarkibi: Tizimli tadqiqot; Tizimli yondashuv; Ma’lum tizimli konsepsiyalar; Tizimning umumiy nazariyasi (ma’lum tizimlarga nisbatan metanazariya); Dialektik materializm (Tizimli tadqiqotning falsafiy muammolari); Ilmiy tizim nazariyalari va modellari (Er biosferasini o’rganish; extimollar nazariyasi; kibernetika va boshqalar); Texnik tizim nazariyasi va ishlab chiqarishi — jarayon tadqiqoti; sistemotexnika, tizimli tahlil va boshqalar; Tizimning xususiy nazariyasi. Download 49.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling