Tizimli tahlil fanidan Yakuniy savollarni ishlashda ko’maklashgan


Download 1.69 Mb.
bet23/46
Sana30.04.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1406528
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46
Bog'liq
Tizimli tahlil nazariy javoblari

Gurvits kriteriyasi (Hurwicz criterion) – qaror qabul qilishning murosa usuli hisoblanadi. Ikki vaziyatdan birini qabul qilishda, ya’ni maksimin kriteriyasi boʻyicha pessimistik baholash va maksimaks optimistik baholashda ratsional ravishda oraliq pozitsiya tanlanadi, uning chegarasi pessimizm-optimizm koʻrsatgichi (µ) yordamida boshqariladi, bu kattalik Gurvits kriteriyasining optimizm darajasi deyiladi.


2

1

11

Tanlash yoki qaror qabul qilish. Qaror qabul qilishning optimallash muammolari va ekspert uslubi
Qaror qabul qilish – bu mumkin boʻlgan koʻrilayotgan variantlardan birini tanlash boʻlib, bu inson faoliyatining eng yaxshi harakat turini tanlashga qaratilgan maxsus jarayoni hisoblanadi.
Tizim holati boʻyicha noaniqlikka ikkita holat sabab boʻlishi mumkin:
1) aniqlikning yetishmasligi - barcha mumkin boʻlgan holatlar noma’lum boʻlganda va
2) ishonch yetishmasligi - barcha holatlar ma’lum, ammo qaysi biri amalga oshirilayotganini aniq koʻrsatib berishga imkon yoʻq.
Qarorlar qabul qilish masalalarining sinflanishi har xil belgilariga koʻra olib boriladi: axborotni aniqlanish darajasi; axborot olish uchun tajribadan foydalanish; qarorlar qabul qiluvchi shaxslarning soni; qaror mazmuni; qarorning yoʻnalishi. Qarorni tanlash qaror qabul qilish jarayonining eng ma’suliyatli va soʻnggi bosqichidir.
Agar noaniqlik mumkin boʻlgan holatni aniq taxmin qila olmaslikdan kelib chiqsa, unda ikkita yoʻl ham mavjud:
1. Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilishning formal usullarini qoʻllash mumkin, bu faqat natijalar toʻgʻrisida mavjud boʻlgan ma’lumot asosida eng yaxshi tanlovni taqdim etadi.
2. Tadqiqot yoki taxminlar orqali natijalarning ehtimollik taqsimoti toʻgʻrisida ma’lumot olish orqali hamma narsani xavf holatiga tushirishga harakat qilish. Keyin tavakkalchilik sharoitida qaror qabul qilish usullarini qoʻllash mumkin boʻladi. Masalan,

  • strategik oʻyinlar apparati kelishmovchiliklar sharoitida qaror qabul qilish uchun ishlatiladi. U yerda noaniqlik oʻz yutuqlarini maksimal darajada oshirishga intilayotgan boshqalarning harakatlari bilan bogʻliq. Qaror qabul qiluvchi raqiblarning nima qilishidan xabardar emas;

  • tabiat bian oʻyinlarda noaniqlik obyektiv (subyektlarga bogʻliq boʻlmagan) holatlar bilan bogʻliq boʻlsa, “tabiat bilan oʻyinlar” apparati qoʻllaniladi. Faqatgina aniq subyektlarga bogʻliq boʻlmagan noaniqlik koʻrib chiqiladi va qaror qabul qilish uchun “tabiat bilan oʻyinlar” ning matematik apparati qoʻllaniladi.

Bundan tashqari samaradorlik mezoniga, strategiyalar va boshqarish faktorlariga bogʻliq ravishda optimallashning mos usullari tanlanadi

  • Chiziqli va dinamik dasturlash usullari;

  • Ommaviy xizmat masalalari nazariyasi usullari;

  • Imitatsion (taqlidiy) modellashtirish usullari;

  • Oʻyinlar nazariyasi usullari;

  • Jadvallar nazariyasi usullari;

  • Tarmoqli rejalashtirish va boshqarish usullari;

  • Koʻp mezonli (vektorli) optimallash usullari.





2

1

8

Tanlash yoki qaror qabul qilish. Qaror qabul qilish masalalari tavsifi.
Qarorlar qabul qilish modellarida har xil jarayonlardan foydalaniladi. Xususan, eng oddiy va samaradorlilari quyidagilar:

  • Matematik dasturlash usullari;

  • Egri chiziqli differensiallash (farqsizlanish) usullari;

  • Afzallikning aniq va aniqmas munosabati asosida muqobillik (alternativ)larni koʻp mezonli tanlovi;

  • Variantlarni ketma-ket baholash va keyingilarini hisobdan chiqarish;

  • Obyektlarni koʻp oʻlchamli ranjirlash (shkalalash) va boshqalar.

Qaror qabul qilishning umumiy jarayoni qoʻyidagi bosqichlardan iborat boʻlishi mumkin:



  • Muammo va muhit tahlili;

  • Masalaning qoʻyilishi;

  • Masalani yechish usulini tanlash

  • Yechimni baholash usulini tanlash (adaptasiya, ishlab chiqish);

  • Masalani yechish;

  • Natijani tahlil qilish, izohlash.

Qaror qabul qiluvchi shaxs – qaror qabul qilish nazariyasi, jarayonlar tadqiqoti, tizimli tahlil fanlarida - muayyan vakolatlarga ega boʻlgan va qabul qilingan va amalga oshirilgan boshqaruv qarorining oqibatlari uchun javobgar boʻlgan qaror subyekti (egasi) (qoʻmondon, boshliq, menejer va boshqalar).
Qaror qabul qiluvchi shaxs – qaror uchun mas’ul boʻlgan bir yoki bir nechta odamlar jamoasi. Misol, kengash raisi, direktorlar kengashi.
Qaror qabul qiluvchi bilan bir qatorda (aslida harakat uchun eng yaxshi variantni tanlagan kishi) muammo egasini ajratib koʻrsatish mumkin - muammolarni hal qilishi va ushbu qaror uchun javobgar boʻlishi kerak, bundan tashqari, qaror qabul qiluvchining rollari va muammoning egasi turli odamlarga tegishli boʻlishi mumkin.
Jiddiy qarorlar qabul qilishning (investirlash muammolarida, harakat, rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda va boshqalarda) samarali mexanizmlaridan biri zamonaviy tahliliy qayta ishlash vositalari va axborotni vizuallash vositalari hamda ekspert guruhlar faoliyatini qoʻllab quvvatlovchi texnologiyani birlashtiruvchi qarorlar qabul qilishning axborot tizimlari (QSAT) dan (“ИСПР- информационные системы поддержки решений” yoki Decision Support Systems) foydalanishdir.
QSAT qoʻyidagi rejimlarda ishlashi mumkin:
· Muammoli-faol rejim – joriy axborotga ega boʻlish va katta boʻlmagan negativ hodisalarning jamlanishini ogohlantirish maqsadida muammoli monitoring va axborotni faollashtirish (hokimiyat organlarini, boshqarish obyektlarini va boshqalarini);
· Reja-tahliliy rejim – qaralayotgan qarorni, oldindan belgilangan ssenariy boʻyicha materialni uzatish, uni “keng”ligi va “chuqur”ligi boʻyicha tahlil qilish uchun namoyish qilib, qoʻllab-quvvatlash va qabul qilish maqsadida muammoli holat boʻyicha tahliliy mavzularni reja boʻyicha tinglash va muhokama qilish;
· Favqulodda rejim – axborotning operativ monitoringi, favqulodda holatlarga ta’sir etuvchi negativ faktorlarni kamaytirish maqsadida oldindan koʻrilmagan, vafqulodda muammolar boʻyicha qarorlar qabul qilish va ularning bajarilishini nazorat etish.




2

1

7

Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish.
Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish jarayonida qoʻllaniladigan asosiy mezonlar (kriteriyalar) quyidagilardir:
1. Vald kriteriyasi («maksimin(minimaks)»
2. «Maksimaks» kriteriyasi
3. Laplas kriteriyasi
4. Sevidj kriteriyasi («minimaks»da yoʻqotish kriteriyasi)
5. Gurvits kriteriyasi («optimizm-pessimizm» yoki «alfa-kriteriy») Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish uchun yuqorida batafsil qarab chiqilgan kriteriyalarni qoʻllash boʻyicha qoʻshimcha ravishda quyidagilarni ham tavsiya qilish mumkin:

  • universal kriteriyalar mavjud emas;

  • kriteriyalarni hisoblash tartibi obyektiv va qaror qabul qiluvchi shaxsga bogʻliq emas. Biroq shu kriteriyalarni tanlash subyektiv va qaror qabul qiluvchi shaxsning xavf – xatarga munosabatini aks ettiradi;

  • kriteriyalarni qoʻllash jarayoni formallashtirilgan, kriteriyalarning oʻzi esa alternativalar (muqobil variantlar) haqidagi ta’surotlarni juda ham “soddalashtirib” yuboradi.



1

1

9

Dekompozitsiya, analiz, sintez haqida
Dekompozitsiya jarayonini algoritmlash
To‘liqlik va soddalik orasidagi o‘zaro murosalar. Barcha algo
ritm lar bo‘yicha ishning natijasi bo‘lib chiqadigan, daraxtsimon
strukturali talablarni k o iib chiqishdan boshlaym iz. Bir tom ondan, bu to‘liqlik, boshqa tom ondan — soddalik. To4iqlik va soddalik orasidagi o‘zaro m urosalar talablardan kelib chiqadi: sodda obyektostilar m ajm uidan m urakkab obyekt tahlilini chiqarish.
Murosalar modeli tahlilni maqsadga (relevantli) munosabat
bo'yicha aham iyatli bo'lgan kom ponentlarni o‘z ichiga oladi
Dekompozitsiyadagi tenglamalar soni savoliga o‘tamiz. U katla bo‘lmagani m a’qul, am m o zarur boigan holda, istalgancha uzoq
uni berilgan shoxda yakunlangunicha qaror qabul qilishni dekompozitsiyani davom ettirish mumkin. Bunday yechim bir qani’ha hollarda qabul qilinadi. Birinchidan, biz dekompozitsiya kelHiisida ajratishlarni talab qilmaydigan natija berishiga olib kelishiga
(maqsadosti, ostvazifalar) intilamiz, ya’ni oddiy, tushunarli, tatbiq etiladigan, ta’minlangan, oldindan ko‘rilgan, amalga oshirilailigan (masalan, dasturiy modullar) natijalardir. Uni elementar deb
nomlaymiz. Ba’zi masalalar uchun (matematik, texnik) elementarlik tushunchasi formal alomatiga qadar konkretlashtirilishi m um ­
kin. Boshqa masalalarda u noformal (hukumat strukturasi) qolishi
niiiqarrardir.
Murakkablik turlari. Berilgan fragmentni kelgusi tahlili uchun
ckspert vakolatlari yetarlicha emasligini e ’tirof etadigan paytlar
ham kelishi mum kin va bunda boshqa malakali (mutaxassislikdagi)
i kspertga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Bunday turdagi murakknblik — bexabarlik oqibatidagi murakkablik, qaysiki yengib o‘tish
mumkin bo‘lgan, ya’ni dekompozitsiya jarayonini daraxtning bart 11.1 shoxlaridagi elementar fragmentlarigacha olib borish.
Haqiqiy murakkab hollarda (katta o‘lchamli holda) to‘liq tugallungan dekompozitsiyani hosil qilish quvontirmasligi kerak, balki sergaklantirmog‘i lozim: real murakkablik daraxtning o‘tkazib
vuliorilgan shoxi bilan bog‘liqligi yoki e’tiborsiz ekspertlar hisobliiuadi. Tahlilning to'liqmasligi xavfi doim nazarda tutishni taqo-
/»» etadi (misollar: yuqori daryolarning burilishi m uam m olari,
llnykal muam m olari va Ladojsk ko‘li va h.k.). M isollardan biri —
t'kspertlarga loyihaning salbiy tom onlarini ko‘rib chiqishni tak89
lif qilish. Bu holda, istalgan tizim chiqishlarining klassifikatorida
(yakuniy mahsulot) foydali mahsulotlardan tashqari albatta chi
qim lar kiritilgan bo‘lishi kerak.


2

1

4

Yaxshi strukturalangan muammolar uchun qaror qabul qilish metodlari
Yaxshi strukturalangan muammo quyidagi oʻziga xosliklar bilan xarakterlanadi:
- Boʻlajak harakatlar maqsadi obyektiv, ya’ni tashqaridan qoʻyilgan va menejer bilan bogʻliq emas;
- Yechim variantlari (alternativlar)oldindan ma’lum, faqat yaxshisini tanlash kifoya;
- Zaruriy resurslar roʻyxati ma’lum, muammoni yechish uchun faqatgina ulardan kerakli sondagisini asoslash yetarli;
- Muammoni yechish uchun hisobga olinuvchi faktorlar yoki funksiya shaklida aniq miqdoriy hisobga ega;
- Oʻzgaruvchilar oʻrtasidagi funksiyalar obyektiv va hosil qilinishi mumkin;




2

1

10

Yaxshi strukturalangan muammoli jarayonlarni tadqiq qilishda asosiy bosqichlari
Yaxshi strukturalangan muammoli jarayonlarni tadqiq qilishda ushbu asosiy bosqichlarni ajratib koʻrsatish mumkin:

  • Maqsadga erishish uchun raqobatlashadigan strategiyalarni aniqlash.

  • Amaliyotning matematik modelini qurish.

  • Raqobatlashadigan strategiyalar samaradorligini baholash.

  • Maqsadlarga erishish uchun maqbul strategiyani tanlash.





2

1

4

Yaxshi strukturalangan muammoli jarayonlarni tadqiq qilishda qaror qabul qilish masalalari

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling