Тmavzu: O’zbekiston respublikasi davlat shaklining o’ziga-xos xususiyatlari mundarija kirish
Download 109.59 Kb.
|
Parlamentlik monarxiya mamlakatlari (hozirgi Angliya, Belgiya, Norvegiya, Shvetsiya)da qirol shoxlik vazifasini o‘tasada, mamlakatni to‘la ma’noda boshqarolmaydi. Hukumat parlament tomonidan saylovlarda ko‘p ovoz olgan muayyan partiyalar vakillaridan iborat qilib shakllantiriladi. Eng ko‘p deputatlik mandatlariga ega bo‘lgan partiya rahbari hukumat boshlig‘i bo‘ladi. Qonun hujjatlari parlament tomonidan qabul qilinib, rasman monarx imzolaydi. SHunday qilib, qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud sohalarida monarx hokimiyati ramziy ma’noga ega. Lekin yuqorida zikr etilganlardan monarx faqat sof ramziy shaxsga aylanib qoladi, degan ma’no kelib chiqmaydi. Bu sho‘ro davriga oid xato bo‘lib, u vaqtda monarxiya umri tugab bo‘lgan bir narsa sifatida ro‘yxatdan chiqarib yuborilgandi. Agar shunday bo‘lsa - ming yillab yashab kelgan boshqaruvning bu shakli hozirgacha ba’zilarning e’tiborini tortib kelayotganini qanday izohlash mumkin? CHunonchi, 1975 yili Ispaniya xalqi plebissit (referendum)da monarxiyani qaror toptirishga ovoz berdi. SSSR barham topishi bilan ko‘pchilik respublikalar (Rossiya, Ukraina)da monarxiyaning qayta tiklanishi ehtimoli haqida gaplar bo‘ldi. Albatta, buni izohlashning qiyin joyi yo‘q. Mashaqqatli damlarda, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayotda hukm surayotgan beqarorlik sharoitlarida aksariyat odamlar hokimiyat tepasiga monarxning - «millat otasi»ning, «millatlar yakdilligi ramzi»ning kelishiga umid boglay boshlaydilar. Biroq, bunda faylasuf I.A.Ilinning haqqoniy ta’kidiga ko‘ra, monarxiya diniy ildizlarga asoslangan boshqaruvning «jonli» shakli bo‘ladi, shuning uchun ham maxsus ijtimoiy-ruhiy muhitni taqozo etadi. Uni dekret bilan joriy etish, yana ham muhimrog‘i tasodifiy bir shaxsni monarx deb e’lon qilish mumkin emas.
Respublika (lotincha Respublisa - xalq ishi) - davlat hokimiyati aholi muayyan muddatga saylab qo‘yadigan organlar tomonidan amalga oshiriladigan boshqaruv shaklidir. Respublika ham monarxiya singari muayyan tarixiy xususiyatga ega. Boshqaruv respublika shaklining bir qancha turlari mavjudligi tarixdan ma’lum. Ular quldorlik sharoitlaridayoq namoyon bo‘la boshlagan edi. Download 109.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling