Тmavzu: O’zbekiston respublikasi davlat shaklining o’ziga-xos xususiyatlari mundarija kirish


- hokimiyatdan muddatsiz, ya’ni umrbod foydalanish; -


Download 109.59 Kb.
bet6/13
Sana22.06.2023
Hajmi109.59 Kb.
#1649321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
hokimiyatdan muddatsiz, ya’ni umrbod foydalanish;
- taxtni meros sifatida yoki qarindoshlik huquqi bo‘yicha egallash;
- tashqi aloqalarda kafolat (mandat) asosida emas, o‘z shaxsiy huquqi bo‘yicha vakillikni amalga oshirish;
- Davlat boshlig‘i javobgarligining yo‘qligi (faqat xudo oldida mas’ullik)dir.
Bunday sharoitlarda (zarurat yo‘qpigi tufayli) tabaqaviy, vakillik muassasalari yo‘qolib ketadi yoki to‘la tanazzulga yuz tutadi, xalqning siyosiy va ijtimoiy huquqsizligi odatiy holga aylanadi. Cheklangan monarxiya turli tarixiy davrda turli ko‘ri-nishga ega bo‘ladi. Qizigi shundaki, Arastu ruhiy asoslar-dan kelib chiqib, monarxiyalarni «to‘g‘ri» boshqaruv shakliga ega bo‘lgan monarxiya va mabodo monarx barchaning manfaatlari o‘rniga o‘zining g‘arazli, shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab, boshqarishda zulmni qo‘llaydigan bo‘lsa - «noto‘g‘ri» (zolimlik va istibdod) shaklga ega monarxiyalarni ajratib ko‘rsatgandi. Hozirgi zamon olimlari yuridik asoslarnigina hisobga olishadi. Ularga ko‘ra, cheklangan monarxiya (feodalizm davrida) tabaqaviy-vakillik hamda konstitutsiyaviy monarxiyaga bo‘linadi. Konstitutsiyaviy monarxiya o‘z navbatida dualistik va parlamentlik monarxiya (kapitalizm davrida) ko‘rinishlariga egadir.
Konstitutsiyaviy monarxiya burjuaziya jamiyatining shakllanish davrida paydo bo‘lgan. U shunday boshqaruv shak-lidan iboratki, bunda monarx hokimiyati vakillik organi tomonidan cheklangan bo‘ladi. Bu esa, parlament tasdikdaydigan konstitutsiyada mustahkamlanadi. Uni o‘zgartirishga monarxning haqi yo‘q. Shu asosda dualistik hokimiyat ikki taraflama xususiyatga ega bo‘lishini tushunib olishimiz mumkin (mazkur so‘zning tarjimasi ham shundan guvohlik berib turibdi).
Amaldagi mavjud va yuridik hokimiyat monarx shakllantiradigan hukumat bilan qonunchilik organi sifatida maydonga chiquvchi parlament o‘rtasida bo‘linadi. Mamlakatni boshqarish monarx ixtiyorida bo‘lib, vazirlar unga hisob berib turadilar. Hukumat parlamentning partiyaviy tarkibiga bog‘lanmagan holda shakllantiriladi. Boshqaruv dualizmi (ikki taraflamaliliga) shundan iboratki, misol uchun monarx feodallar manfaatlarini, parlament esa, burjuaziya va boshqa tabaqalar manfaatlarini ifodalaydi. Bunday boshqaruvga Prussiya, Italiya, Ruminiya (o‘tmishdagi) davlatlari misol bo‘la oladi.
Hozirgi vaqtda boshqaruvning bu shakli o‘z umrini yashab bo‘ldi.

Download 109.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling