Тmavzu: O’zbekiston respublikasi davlat shaklining o’ziga-xos xususiyatlari mundarija kirish


I. Bob: Davlat boshqaruvi, tuzilish shakllari va xilma-xilligi


Download 109.59 Kb.
bet4/13
Sana22.06.2023
Hajmi109.59 Kb.
#1649321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
I. Bob: Davlat boshqaruvi, tuzilish shakllari va xilma-xilligi
I.I Davlatning boshqaruv shakli.
Avval - boshdanoq, davlatni nazariy jihatdan tushunib etishda boshqaruv shakli alohida o‘rin tutishini ta’kidlashni istardik. Qonuniyat shuni taqozo etadi. Davlatga uyushgan jamiyatda davlat hokimiyatini kim va qanday amalga oshirishini aynan shu shakl belgalab beradi. Bu masala insoniyatni juda qadimdan to‘lqinlantirib keladi. Arastuning o‘zi, undan keyin Aflotun ham qadimgi dunyoda davlat hokimiyatini tashkil etish va uni boshqarishning xilma-xil shakllarini o‘rganar ekanlar, bu davlatlarni kim va qanday boshqarishi, ya’ni boshqaruv shakli mezoni bo‘yicha davlatlar tasnifini ishlab chiqishga urinishgan.
To‘la asos bilan aytish mumkinki, ko‘p asrlar davomida nazariy siyosiy-huquqiy tafakkur ko‘plab, ba’zan bir-biriga sira o‘xshamaydigan davlatlarni zo‘r berib o‘rganishni davom ettirib keldi. Olimlar o‘z izlanishlarida davlat shakllaridagi eng muhim jihatni ajratib olib, ularni tasvirlab berish, tahlil etish, baholashga va iloji bo‘lganda bu shakllarni rivojlantirish istiqbollarini oldindan aytib berishga urinardilar. Avgustin, Forobiy, Gobbs, Monteske, Lokk, Russo, Radishchev va boshqalarning asarlarida davlat shakllari haqidagi bilimlarni umumlashtirish va tizimlash, ularning vujudga kelish va rivojlanishining tub ildizlariga etib borishga ko‘p urinib ko‘rilgan.
Aynan shuning uchun, agar Arastu va Aflotun davrlarida nazariy siyosiy-huquqiy tafakkur boshqaruvning u yoki bu shaklini belgilab beruvchi sabablarni aniqlashga urinib, asosan boshqaruv xilma-xil shakllarini tasvirlash yo‘lidan borgan bo‘lsalar, XX asrda esa, siyosiy-huquqiy tafakkur marksistik nazariya doirasida boshqaruv shaklini (formatsiyadan kelib chiqqan holda) davlat xili bilan, jamiyatning sinfiy tarkibi, iqtisodiy bazasi kabilar bilan bog‘lab tushuntirishga intiladi. Boshqaruv shaklini (biz yuqorida aytib o‘tgan davlat shakli uch qismidan birini) aniqlashda marksistik nazariya davlat hokimiyati u yoki bu tuzilishini tavsiflovchi ijtimoiy-sinfiy belgisini asosiy belgi sifatida ajratib ko‘rsatardi.
U boshqaruv shaklini mazkur davlatning ijtimoiy-sinfiy mohiyatining, siyosiy mazmunining, sinfiy kuchlar amaldagi nisbatining tashqi ifodasi sifatida ta’riflardi. Bu chizmaga ko‘ra respublika sinfiy kuchlarning bir xil nisbatida paydo bo‘lsa, monarxiya boshqa nisbatida vujudga keladi.
Albatta, jamiyatning sinfiy tuzilishi, sinfiy manfaatlarning to‘qnashuvi, sinfiy kuchlar nisbatini hech kim inkor etmaydi, ular hayotda mavjud bo‘lib, davlat tuzilishiga, eng avvalo, hokimiyat tizimi qanday shakllarda tashkil topgani va amal qilishiga, davlatni kim boshqarishiga ta’sir etadi. Biroq, ayni paytda davlat sinfiy belgisi ahamiyatini oshirib yuborishga o‘rin yo‘q. Biz yuqorida bunday yondashuv uslubiy jihatdan noto‘g‘ri bo‘lib, aksariyat hollarda ko‘pgina narsalarni tushuntirib bera olmasligiga misollar keltirgandik. Yana bir bor shu masalaga to‘xtalamiz. Bunday yondashuvda boshqa bir qancha omillar: tarixiy an’analar, milliy ruhiyat, diniy ong, madaniy muhit, jamiyatni o‘ta g‘oyaviylashtirish va siyosiylashtirish darajasi, ekologiya va ko‘pchilik boshqa omillar masalani o‘rganish doirasidan tashqarida qolib ketadi.
Hozirgi vaqtda fanimiz, shu jumladan, davlat va huquq nazariyasi jamiyat rivojining marksistik ta’limoti umumiy inqirozi bilan bog‘liq uslubiy inqirozdan asta-sekin xalos bo‘lib bormokda. Bu - davlat tuzilishining asosiy xususiyatlaridan biri sifatida boshqaruv shaklini. Yanada chuqurroq va asosliroq tushunish, ushbu shakllarning chuqur o‘ylangan tasnifini takdim etish, ular rivojining real istiqbollarini oldindan aytib berish imkonini beradi.
Yuqoridagalardan kelib chiqqan holda boshqaruv shaklining quyidagi ta’rifini taklif etamiz: Boshqaruv shakli - konkret davlatda davlat hokimiyatini tashkil etish usullarining majmuidir. Agar ushbu ta’rifni yanada aniqroq ifodalaydigan bo‘lsak, u oliy hokimiyatni, boz ustiga uning oliy va markaziy organlarini, tarkibi, vakolatini, shu organlarni tashkil etish tartibini, shuningdek, unda oddiy xalq ishtiroki darajasi, bu organlar vakolati muddatlarini ko‘zda tutishini aytishimiz kerak bo‘ladi.
Boshqaruvning qadim-qadimdan insoniyatga ma’lum bo‘lgan shakllari monarxiya va respublikadir. Shu munosabat bilan Arastu o‘z vaqtida boshqaruv shakllarini oliy hokimiyat tanho amalga oshiriladigan monarxiyaga, tor doiradagi cheklangan shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan aristokratiyaga, butun xalq hokimiyatni boshqaradigan demokratiyaga bo‘lganligini eslash o‘rinlidir.
Qadimgi yunon faylasufining shu qadar uzoqni ko‘ra bilish qobiliyatiga tan berish kerak! Zero, hozirgacha boshqaruv shakli oliy hokimiyat bir kishi tomonidan amalga oshirilishi (monarxiya) yoki u saylab qo‘yiladigan vakolatli kollegial organ (respublika)ga taalluqliligiga qarab bo‘linadi.

Download 109.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling