Тmavzu: O’zbekiston respublikasi davlat shaklining o’ziga-xos xususiyatlari mundarija kirish


Download 109.59 Kb.
bet8/13
Sana22.06.2023
Hajmi109.59 Kb.
#1649321
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Demokratik respublika Afina davlatida (eramizgacha V-IV asrlar) mavjud bo‘lgan. Buni jamiyatning ijtimoiy tarkibi, quldorlikning shu erga xos xususiyati, ya’ni ozod afinaliklarni qulga aylantirishning istisno etilganligi, quldor jamoalar bo‘lganligi, davlat boshqaruvining samarali tizimi mavjudligi bilan izohlash mumkin edi.Sparta (eramizgacha V-IV asrlar) va Rim davlati (eramizgacha V-II asrlar) aristokratik respublikalar hisoblanadi. Davlat sifatida ular ko‘proq aholining aristokratik qismi manfaatlarini ifodalardi. Kapitalizm davri parlamentar (parlament) respublikasi hamda prezidentlik respublikalarni vujudga keyatirdi.
Parlamentar respublikalarning boshqalardan farq qiluvchi xususiyati hokimiyat pog‘onalarida kelishmovchiliklarning bo‘lmasligidir. Zero, ijroiya hokimiyati boshlig‘i (bosh vazir) va uning mahkamasi parlament, to‘g‘rirogi, parlament a’zolarining ko‘pchiligi tomonidan tayinlanadi va nazorat qilinadi. Xukumat qonun chiqaruvchilar ko‘pchiligi qo‘llab-quvvatlab turgan muddatlardagana o‘z vazifalarini bajara oladi. Bunday ko‘pchilikdan mahrum bo‘lganda esa, mazkur hukumat iste’foga chiqishga majbur bo‘ladi. Odatda, parlament respublikalarida prezident katta rol o‘ynamaydi: ijroiya hokimiyati go‘yo qonun chiqaruvi hokimiyatning davomi sifatida ish olib borishi tufayli hokimiyat tarmoklari o‘rtasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan ixtiloflarning oldi olinadi.
Biroq, parlament respublikasi ham kamchiliklardan xoli emas. Partiya tizimining o‘ta mayda bo‘laklarga bo‘linib ketganligi shunday kamchiliklardan biridir. Mazkur hol parlament koalitsiyalarining ham maydalashuviga, bu esa, o‘z navbatida hukumatning beqarorligaga olib keladi. Muayyan sharoitlarda, hatto ozchilikni tashkil etuvchi ekstremistik partiyalar ham, parlament ko‘pchiligi koalitsiyasining bir qismi bo‘lib qolishi mumkin. Bu esa, mamlakatga ijroiya va qonun chiqaruvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi ziddiyatlardan kam bo‘lmagan jiddiy salbiy oqibatlar keltirishi mumkin.
Boz ustiga, parlament respublikasvda shu parlament oddiy ko‘pchiligi kuchi bilan mustabidlikni yaratish ehtimoli istisno etilmaydi. Boshqacha qilib aytganda, boshqaruv parlament shaklining samaradorligi va barqarorligi parlamentdagi o‘rinlar uchun kurash olib boruvchi siyosiy partiya-lar tabiatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir.

Download 109.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling