Тmavzu: O’zbekiston respublikasi davlat shaklining o’ziga-xos xususiyatlari mundarija kirish


Download 109.59 Kb.
bet9/13
Sana22.06.2023
Hajmi109.59 Kb.
#1649321
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Prezidentlik respublikasi boshqaruv shakli sifatida birinchi navbatda saylab qo‘yilgan davlat boishigi bir vaqtning o‘zida hukumat rahbari ham bo‘lishi bilan farq qiladi. Prezidentning o‘zi parlament roziligi bilan shu hukumatni tuzadi va zarurat tug‘ilganda uni tarqatib yuborish huquqiga ega bo‘ladi. Butun xalq tomonidan saylangan prezident umummilliy manfaatlar ifodachisi, millat ramzi bo‘lishi (har qalay shunday bo‘lishi kerak ham) boshqaruv prezidentlik shaklining ijobiy tomonidir. Mazkur shakl butun vakolatni bir shaxsga beradi va u favqulodda holatlarda mas’uliyat va rahbarlikni o‘z qo‘liga oladi. Boshqaruvning prezidentlik shakli, odatda, parlament shakliga nisbatan yuqoriroq darajadagi siyosiy barqarorlikni ta’minlaydi. Zero, prezident konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan qat’iy muddatga saylanadi. Prezidentlik boshqaruv shaklining zaif joylari ham mavjud. Boshqaruvning parlament shaklidan farkdi o‘laroq, u hokimiyatning ijroiya va qonun chiqaruvchi tarmoklari o‘rtasidagi ziddiyat va mojarolarni, shuningdek, konstitutsiyaviy inqiroz ehtimolini istisno etmaydi. Bunday vaziyat, chunonchi, prezident bilan parlament ko‘pchiligi boshqa-boshqa partiyalar, siyosiy oqimlarga mansub bo‘lgan vaqtlarda yuzaga kelishi mumkin.
Shunday qilib, boshqaruvning parlament va prezidentlik shakllaridan birini tanlash yagona, ammo beqaror rah-bariyat (parlament boshqaruvi) bilan barqaror, lekin ikki hokimiyat o‘rtasidagi ixtiloflarni istisno etmaydigan rahbariyatdan birini tanlash degan ma’noni anglatadi.
Bundan tashqari, prezidentni saylashning eng matlub uslubi o‘zi bormikan? Ularning har biri o‘zining kuchli va zaif tomonlariga ega. Shu munosabat bilan prezidentlik saylovlarining ahamiyati oshib boradi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri saylovlar eng sodda va demokratik saylovlardir. Bundan tashqari, prezidentlik hokimiyati qonunchilik hokimiyatiga juda katta qaram bo‘lib qolishi ham mumkin (masalan, favqulodda holat sharoitlarida prezidentni ikkinchi muddatga qayta saylash tartibini olib ko‘ring).
Davlat boshqaruv tizimi qotib qolgan emas, balki tarixiy taraqqiyot jarayonida muqarrar ravishda o‘zgarib, yangilanib turadi.
Dunyodagi davlatlar boshqaruv shakllari ko‘p ming yillik tarixga ega bo‘lib, jamiyat taraqqiyoti asosida takomillashib, mazmun jihatidan mukammallashib borgan. Buni O‘zbekiston davlat boshqaruvi misolida ko‘rish mumkin. Konstitutsiyamizga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatini tashkil etishning asosiy tamoyillaridan biri xalq hokimiyatchiligidir. Respublikada xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. Xalq davlatni boshqaruvni bevosita yoki saylab qo‘yilgan o‘z vakillari orqali amalga oshiradi.
Mustaqillik tufali O‘zbekistonda davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi shakllantirila boshlaqdi. «Prezidentlik boshqaruv usuli - shu tizimning o‘zagidir»Davlat boshqaruvining prezidentlik shakli O‘zbekistonda tasodifiy ravishda yuzaga kelmadi. Davlat boshqaruvining bu zamonaviy va samarali shaklini yuzaga keltirishda xalqimizning davlatchilik sohalaridagi ko‘p ming yillik tarixiy tajribalari, diyorimizning muayyan shart-sharoitlari, xalqning an’analari va mentaliteti, o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, hozirgi zamon ilg‘or davlatlarining tajriba va yutuqlari zaruriy ravishda nazarda tutilgan.
Jahon tarixiy tajribasi prezidentlik usuli davlat boshqaruvining eng maqbul, xalq manfaatlari ehtiyojlariga javob beradigan qulay tizimlaridan ekanligini ko‘rsatib turibdi.
«1995 yilga ma’lumotga ko‘ra, Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo 186 davlatdan 140 tasida Prezident lavozimi mavjud bo‘lib, ularning aksariyati prezidentlik respublikasidir. Bular AQSH, Fransiya, Argentina, Braziliya, Meksika, Rossiya Federatsiyasi, Gonduras, Gambiya, Urug‘vay va boshqalardir».
O‘zbekistonda joriy etilgan davlat boshqaruvi prezidentlik usulining mazmun-mohiyati, asosiy tamoyillari, o‘ziga xos xususiyatlari, Prezidentning huquqiy maqomi, vakolatlari Respublika Konstitutsiyasi - Asosiy Qonunda, Oliy Kengashning sakkizinchi sessiyasida 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonunda bayon etilgan.
Asosiy Qonunning 90-moddasida belgalab qo‘yilishicha, «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim yashagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidentini bo‘lishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanadi. Prezidenti saylash tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonuni bilan belgilanadi».
Xalqimizning sodiq o‘g‘loni, fidoyi farzandi, taniqli davlat, siyosat va jamoat arbobi Islom Abdug‘anievich Karimov 1990 yil 24 martda Respublika Oliy Kengashida O‘zbekiston Prezidenti etib saylandi. 1991 yil 31 avgustda Islom Karimov tomonidan O‘zbekiston davlat mustaqilligi e’lon qilindi.
O‘zbekiston davlat mustaqilliganing dastlabki kunlaridan boshlab Islom Karimov mamlakatda huquqiy demokratik davlat qurish, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish, davlatimiz va jamiyatimizning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy, huquqiy asoslarini mustahkamlash, kelajakda O‘zbekistonning buyuk davlatga aylanishini ta’minlash bo‘yicha qat’iy va izchil siyosat yurgazib kelmokda.
Islom Karimov 1991 yil 29 dekabrda muqobillik asosida o‘tgan umumxalq saylovida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. Saylovchilarning 86 foizidan ko‘prog‘i Islom Karimov uchun ovoz berdilar. 1995 yilning mart oyida o‘tkazilgan umumxalq referendumida esa Islom Karimovning prezidentlik vakolatlari 2000 yilgacha uzaytirildi.
Konstitutsiyaning XIX bobida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuksak vakolatlari to‘la ifodalangan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-moddasida belgalab qo‘yilganidek, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘idir. Prezident ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi. Konstitutsiyaning 93-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va Qonunlarga rioya etilishining kafilidir. O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘radi. Mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda Uzbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi. Muzokaralar olib boradi. Prezident ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi; respublika oliy hokimiyat va bosh-qaruv organlarining bahamjihat ishlashini ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi vazirliklarini, davlat qo‘mitalarini hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir Farmonlarni Oliy Majlis tasdig‘iga kiritadi.
Oliy Majlisga Konstitutsiyaviy sud raisi va a’zolari, Oliy sud raisi va a’zolari, Oliy xo‘jalik sudi raisi va a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisi lavozimlariga nomzodlarni takdim etadi. Viloyatlar, tuman, shahar va xo‘jalik sudlarining sudyalarini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod etadi.


Download 109.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling