To sh k en t «0 ‘z b e k isto n»
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- QORAKO‘Z MAJNUN
S a i d R h m o d QORAKO‘Z MAJNUN TO SH K EN T « 0 ‘Z B E K ISTO N » U O ‘K: 8 2 1 .5 1 2 .1 3 3 -3 r К В К 8 4 (5 Q ‘)6 - S-12 и S o‘zboshi muallifi: filologiya fanlari doktori, professor Umarali Normatov S aid A h m a d S-12 Q o rak o ‘z m ajnun: hikoyalar/A . Said; so ‘zboshi muallifi U. Norm atov. - Toshkent: 0 ‘zbekiston, 2013. - 232 b. U O ‘K: 821.512.133-3 K B K 8 4 (5 0 ‘)6 ISBN 978-9943-01-985-0 © «O 'ZBEK ISTO N » NM IU, 2013. nomidagi Alisher Navoiy £4^ O ’abekision MK I S T I Q L O L I L H O M L A R I (So'zboshi o'rnida) O na yurtim izda istiqlol e ’lon qilinganda atoqli adibimiz Said A hmad 72 yoshda edi. Keksa boNishiga qaramay, u hammani lol qoldirib, xuddi yoshlardek yeng shimarib, g ‘ayrat-shijoat bilan ijodiy ham da ijtim oiy faoliyatini davom ettirdi. Chin badiiy iste’dod keksalikni tan olmaydi, degan naqlni adibim iz am alda isbot etayotir. Istiqlol arafasidagi Shinjon safarini m ustasno etganda Vatanidan tashqariga chiqm agan adib Hindiston, A m erikaga safarlar qildi, odatdagidek, ona yurtini kezishda davom etdi, safar taassurotlari, istiqlol yillaridagi o ‘zgarishlar haqida k o ‘plab maqolalar, ocherklar yozdi. M ustaqillikning quvonchli kunlarida ham, g ‘anim lar qutqusi tufayli yurt boshiga tushgan qayg‘uli dam larda ham ham isha q a t’iyat bilan bugungi istiqlol fidoyilarining oldingi safida turdi. Oqsoqol adibning turli anjum anlarda, radio va televideniyedagi chiqishlarida topib aytgan har bir obrazli dono so‘zi xalq qalbiga yetib borgani, o g ‘izga tushganiga o ‘zim iz guvoh... Adib avvalgidek quvnoq, j o ‘shqin hajviyalar, o ‘ychan, g ‘amgin, fojeiy, ayni paytda, dilbar lirik hikoyalar yaratishda davom etdi. Birin-ketin «Xandon pista», «Bir o ‘pichning bahosi», «Yo‘qotganlarim va topganlarim» kabi kitoblari, yangi saylanm a asarlari chop etildi. Ustozi A bdulla Qahhordan meros qolgan D o‘rmondagi bog‘ hovlisi tengdosh qalamkash d o ‘stlari, son-sanoqsiz shogirdlari uchun allaqachon o ‘ziga xos «majolis-un nafois» — adabiy, hayotiy, dilkash m uloqotlar dargohiga aylangan. A dibning 1979-yildan beri bu dargohda qishin-yozin tanholikda kechirayotgan hayoti g ‘aroyib jum boqdir. Butun vujudi, tani joni adabiy iste’dod ziyosi bilan yo‘g ‘rilgan, faqat adabiyot, ijod uchun tug‘ilgan, botiniy dunyosi o ‘zida ham fojeiy, ham quvnoq, hayotbaxsh hazil-mutoyiba, xalqona kulgini mujassam etgan, uzoq yillik mashaqqatli umri davom ida boshiga tushgan o g ‘ir ko‘rgulik asoratlarini, mislsiz fojialam i, judolik, yolg‘izlik iztiroblarini hazil-kulgi bilan yengib o ‘tayotgan, keksalik yoshida ham bir daqiqa o ‘ylashdan, ijodiy m ehnatdan to ‘xtamayotgan bu alom at zot XX asr o ‘zbek adabiyotida noyob hodisadir. U asrlardan asrlarga o ‘tib kelayotgan buyuk Nasriddin Afandi timsolining bizga zam ondosh tirik siymosidir. Yaratgan yetuk asarlari qahram onlari kabi uning o ‘zi, shaxsiyati, suhbatlari ham g ‘oyat qiziqarli va ardoqlidir. Istiqlol yillarida yaratgan asarlari orasida, ayniqsa, xotiralar kitobi, «Ot bilan suhbat», «Q orako‘z majnun», «Azroil o ‘tgan y o ‘llarda», shuningdek, lager hayoti xotiralari bilan bog‘liq turkum hikoyalari alohida ajralib turadi. Ular, dadil aytish mumkinki, respublika adabiy-madaniy hayotida jiddiy hodisa bo‘ldi. XX asr yakunida chop etilgan «Yo‘qotganlarim va topganlarim» kitobi sal burunroq maydonga kelgan K. Qahhorovaning «Chorak asr ham nafas», H. Qodiriyning «Abdulla Qodiriyning so‘nggi kunlari», Z. Saidnosirovaning «Oybegim mening» asarlari bilan birgalikda XX asr o‘zbek adabiyotining yorqin, o ‘ziga xos jonli lavhalarini tashkil etadi. Ulami bem alol jahon adabiyotining m ashhur nam oyandalari haqida bitilgan shu xildagi esse-xotiralar qatoriga q o ‘yish mumkin. «Yo‘qotganlarim va topganlarim » turidagi kitobni faqat Said Ahmadgina yozishi mumkin edi. Bu kitob adabiyotim izning m ash’urn totalitar rejim zam onlarida bosib o ‘tgan mashaqqatli va ziddiyatli y o ‘li - adiblarim iz qanday o g ‘ir sharoit, vaziyatlarda yashab ijod etgani, o ‘shanday zamonlarda ham asl insoniy fazilatlarini saqlab qolgani, noyob badiiy durdonalar yaratishga erishgani to‘g ‘risida haqqoniy ta saw u r beradi. Kitob muallifi ulkan allomalami quruq himoya qilish, ular sha’niga hamd-u sanolar yog‘dirish yoMidan bormaydi, ulami hayotda qanday bo‘lsa shundayligicha ko‘rsatadi; shaxsiyatidagi, ijodidagi ojiz, ziddiyatli o ‘rinlami, ulaming injiqliklarini ham ro‘y-rost aytadi. Kezi kelganda, bu borada o ‘zini ham ayamaydi. Bu hoi o ‘quvchiga aslo malol kelmaydi. Aksincha, o ‘sha ulkan siymolarga nisbatan hurmat- ehtiromimizni oshiradi, ulami to‘g ‘ri tushunishga, asarlaridagi, shaxsiyatidagi, shaxsiy hayotidagi ojiz, ziddiyatli jihatlar boisini anglashga undaydi. Aslida, adabiyot ilmining bosh maqsadi ham shu. Ayni shu fazilati bilan ilmiylikka aslo da’vo qilmaydigan bu kitob ba’zi «sof» ilmiy tadqiqotlardan ko‘ra ilmiylikka ko‘proq daxldorroqdir. Said Ahmad ijodida badiiy adabiyotning azaliy muam- mosi - avlodlar silsilasi, otalar va bolalar muammosi alohida o ‘rin tutadi. Yangi o ‘zbek adabiyotining ilk namunasi «Padarkush», birinchi o ‘zbek romani « 0 ‘tkan kunlar»dan boshlab, ular izidan borib yaratilgan o ‘nlab asarlar orqali muayyan an ’anaga aylangan «avlodlar mojarosi» talqini Said A hmad ijodida o ‘ziga xos tarzda goh kulgili-komik, goh keskin dramatik, fojeiy yo‘nalishda davom ettirildi. «K elinlar qo‘zg ‘oloni»dagi ona va o ‘g ‘lonlar, qaynona va kelinlar, «Kuyov» komediyasidagi ota va qizlar orasidagi hazil-mutoyibalar, j o ‘shqin va quvnoq, bir oz m ubolag‘ador xalqona yumor bilan y o ‘g ‘rilgan ziddiyatlar ifodasi XX asr o ‘zbek oilaviy - maishiy turm ushining betakror bir ko‘zgudagi aksi sifatida qimmatlidir. «Ufq»dagi ota va o ‘g ‘il - Ikromjon va Tursunboy, Inoyat oqsoqol va Nizomjon ziddiyatlari esa bu yirik asam ing fojeiy pafosini tashkil etadi. Agar avlodlar mojarosi m uallif komediyalarida k o ‘proq kundalik oilaviy-m aishiy turmush tashvishlari, ikir-chikirlari doirasida nam oyon b o ‘lsa, «Ufq»da ota va o ‘g ‘il orasidagi 5 insoniy burch, or-nomus axloqiy tusdagi keskin ziddiyatlar bilan bog‘liq holda talqin etiladi. A dibning keyingi hikoyalarida esa ijtimoiy ruh yanada keskin va yorqin bir tarzda nam oyon boMmoqda. «Q orako‘z majnun», «Sarob», «Azroil o ‘tgan y o ‘llarda» hikoyalarida ona va farzand, ota va o ‘g ‘lonlar o ‘rtasidagi keskin m unosabatlar ildizi asr fojiasi, mustabid tuzum siyosati, mafkurasi, axloqiy aqidalariga borib tutashadi; jam iki k o ‘rguliklar, fojialar m ash’um siyosatning mudhish oqibati tarzida ko‘rsatiladi. E ’tibor berilsa, «Q orako‘z m ajnun» hikoyasida im on-e’tiqodli, go‘zal inson, alom at onaxonning bu yorug1 dunyodan ar- mon, alam -o‘kinchlar bilan vidolashuviga sabab bo‘lgan oqpadar o ‘g ‘lon milliy-axloqiy qadriyatlarimizni toptashga qaratilgan mudhish siyosatning ham jirkanch mahsuli, ham ayanchli qurbonidir. «Sarob» hikoyasida bu fojeiy g ‘oya yanada keskinroq va birm uncha oshkora tarzda ifodalanadi. A sardagi fojeiy v o q e a - o ‘g ‘il bilan ota orasidagi m udhish m unosabatlar bu yo rug6 dunyoning naq d o 6zaxi ichida - m ustabid tuzum qurbonlari - m ahbuslar jam b o ‘lgan Jezqozg‘on lagerlaridan birida o ‘z intihosiga yetadi. M ustabid tuzum ning m illatga qarshi qaratilgan riyokorona kurash usulini qarangki, ular norasida o 6g ‘londan zam on qahram oni - Pavlik M orozov izdoshi yasab, m illatparvar ziyoli otaga qarshi kurashga soladilar, ota ustidan kerakli m a ’lum ot y ig 6ishga erishadilar. Shu tariqa ota xalq dushm aniga chiqib, qam oq- qa olinadi, uning o 6g ‘loni esa qahram onga aylanib, shon- shuhratga burkanadi. Taqdiri azalning hukm i, totalitar rejim o ‘yini oqibatini qarangki, pirovardida «dushm an» ota, «vatanparvar» o 6g ‘il lagerda yuzm a-yuz keladilar. K o ‘rguliklar, jabr-zulm lar tufayli ota yurak oldirib q o ‘ygan b o ‘lsa-da, u im on-e’tiqodiga, vijdoniga gard yuqtirm agan. C hehrasida o ‘sha sam im iyat, yoqim toylik, donolik. 0 6g ‘lon esa nogiron, ayanchli, telba bir qiyofada. Lagerda ham bolalikda orttirgan hunari - sotqinlikni davom ettiradi. 6 U otasini tanim aydi, tan olm aydi... 0 ‘g ‘lini bu holda k o ‘r i s h - o t a uchun naqadar o g ‘ir! Bundan-da dahshatlisi, o ‘g ‘il ota k o ‘zi oldida m ing azob bilan ayanchli holda jo n taslim qiladi, janozasiz, bekafan k o ‘miladi. Bunday mudhish hodisalar, fojeiy qism atlar haqida yozish oson emas, albatta. Darvoqe, «Sarob» adibning lager hayotidan olib yozgan ilk asari. Hikoyadagi roviy-mahbus rassom yozuvchining o ‘zi. Adibim iz 50-yillar boshlarida ayni hikoyada tasvir etilgan lagerda b o ig a n , bu hayotni ichdan biladi. Shunday b o ‘la turib, u nega bu haqda uzoq yillar yozmadi. Ehtimol, q o ‘rquv saltanati bunga y o ‘l berm agandir; ehtimol mudhish hodisalar haqida yozish azob- iztirobi uni cho‘chitgandir. Har ikki taxm inda ham asos bor; faqat mustaqillik yillaridagina vujudidagi «qo‘rquv saltanati» chekinib, lager hayotidan dadil so‘z ochishga ju r ’at eta oldi, o ‘zi uchun qanchalik azob b o ‘lmasin, lager hayotiga oid xotiralam i, o ‘sha mudhish hodisalami qog‘ozga tushirishga jazm etdi. «Borsa kelmas darvozasi», «Taqdir, taqdir, muncha shafqatsizsan?» «Oftob oyim » kabi turkum hikoyalar shu tariqa maydonga keldi. H am do‘stlik m am lakatlari xalqlari, birinchi galda rus adabiyotida lager hayoti to ‘g ‘risida jaho ng a m ashhur asarlar bor. 0 ‘zim izda ham ayrim yaxshi rom an va qissalar m avjud. Totalitar rejim hukm ron boTgan m am lakatni GULAG orollariga, ulkan saraton korpusiga qiyos qilishlar b o ig a n . Said A hm adning bu m avzudagi hikoyalari mavjud asarlardan baralla ajralib turadi. Avvalo, ular o ‘zbekona m illiy ruh bilan y o ‘g ‘rilgan, lager dahshatlari hech kim nikiga o ‘xsham aydigan Said A hm adchasiga o ‘zbekona bir nigoh bilan idrok va talqin etilgan. «Borsa kelm as darvozasi»ga «xalq dushm ani» qizining y ig ia b aytgan q o ‘sh ig ‘idan satrlar e p ig ra f- bosh so ‘z qilib keltiriladi: Bu vatan qanday vatandir, har go ‘shasida turmalar, Q o'ngani bir у er topolmay, osmonda y i g ‘lar turnalar... 7 Vatanning o ‘sha yillardagi manzarasini faqat Said A hm ad gina shu tarzda o ‘ta milliy, jonli, betakror tarzda ifodalashi mumkin. Hikoya yana o ‘sha «xalq dushm ani»ning qizi kuylagan q o ‘shiqdan olingan m isralar bilan yakunlanadi. Siz asir bo ‘Igan qafasni tishlarim birlan buzay, Buzmasam mahshar kuni b a g ‘rimni armon tirnalar. Bu bayt adibning ushbu turkum hikoyalaridagi boshqa bir g ‘oyat muhim jihatga ishoradir. Asarlarda qalamga olingan, biri biridan mudhish, malomatli, g ‘am -g‘ussaga, musibatlarga to ‘la lavhalar bag‘ridan qandaydir odamga dalda beradigan umid, uning «boshini toshdan» qiladigan qudrat, zulmatni yoritadigan sirli-sehrli nur barq urib turadi. Davr shafqatsizliklari tufayli aksar m ahbuslar beshafqat, toshbag‘ir kim salarga aylanib ketganlar. Ayni paytda o ‘sha beshafqat zotlar goho bandayi ojiz - inson bolasi sifatida o ‘zligiga qaytib, dilkash suhbatlar quradilar, o ‘zaro hazil- mutoyibalarga kirishadilar, toshga aylangan b ag ‘irlar bir daqiqa yumshab, tund chehralarda tabassum paydo bo‘ladi. Yozuvchining benazir yumoristik iste’dodi musibatlar maskanida ham kulgi, hazil-m utoyibalar uchun imkon topadi. Eng muhimi, deyarli har bir hikoyada o ‘zligini, qalbidagi im on-e’tiqod, ona yurt, o ‘zgalarga himmat, muruvvat tuyg‘usini y o ‘qotm agan «boshi toshdan», alomat matonatli insonlarga duch kelamiz. Jumladan, asarlardagi hikoyachi - roviy obrazining o ‘zi ana shunday siymodir. Vatan, burchga cheksiz sadoqat, fidoyilik tuyg‘usi, ay niqsa, «Oftob oyim» hikoyasida betakror - marsiyadek mungli, ayni paytda, madhiya kabi m ardona va m ag‘rur yangraydi. Lagerda d o ‘st tutingan hikoyachi bilan yapon asiri Dyun orasidagi samimiy muloqotlar, samuray Dyun- ning Sudze qism atiga oid afsona-rivoyatnam o hikoyasi, kam ikadze burchini o ‘tay olm agan bu yigitning ruhiy iztiroblari va halokati o ‘quvchini larzaga soladi. Qarangki, Sudzening onasi, benazir g o ‘zal ayol geyshalar safiga kirgan ekan, vatan m anfaatidan kelib chiqib, shu ishni qiladi, o ‘g iin in g xiyonati tufayli quvonchlardan voz kechib, rohib- lar libosini kiyib, m onastirga ketadi. Sudze eng quvonchli kunda, Vatanga qaytish imkoni tug ‘ilgan daqiqalarda burch, or-nomus tuyg‘usi tufayli o ‘zini halok etadi; xasta samuray Dyun esa Vatani tuprog‘iga qadam q o ‘yib, qoni shu tuproqqa to ‘kilganidan taskin topib, jo n beradi... Bu hikoya faqat o ‘z o ‘quvchilarimizni emas, darhol o ‘zgalam i, birinchi galda yapon fuqarolari e ’tiborini o ‘ziga tortdi, u o ‘zga tillarga ham tarjim a etila boshladi. «Yarim asrdan k o ‘p vaqt m obaynida ko‘ngil qatida yapon asirlari xotirasini saqlab kelib, ular haqida ajoyib hikoya yozgan janob Said A hmaddan b ag ‘oyat minnatdorm an», - deb yozadi Yaponiyaning 0 ‘zbekistondagi Favqulodda va M uxtor elchisi Kyoko N akayam a «Xalq so ‘zi»da e ’lon qilgan xatida. Elchi hikoyada insonning tuyg‘ulari va ichki kechinmalari chuqur hissiyot bilan aks ettirilgani, unda hozirgi kunga kelib unutilayozgan a n ’analar ham yoritilganligini ta ’kidlaydi. «Ikkinchi jahon urushi tugagandan buyon yarim asrdan ko‘p vaqt o ‘tdi, - deyiladi maktubda, - bu urushning xotirasi bugungi yapon yoshlari orasida asta-sekin unutilib borayotgan bir paytda, Yaponiyadan olisda b o ‘lgan 0 ‘zbekistonda yapon asirlarining qismatini eslash meni chuqur ta’sirlantirdi». Qanday baxt: o ‘zimiznigina emas, o ‘zgalami ham maftun etgan, hayajonga solgan yangi asr o ‘zbek hikoyasining ilk yetuk, g o ‘zal namunasini yaratish 81 yoshli ardoqli adibimiz Said Ahm adga nasib etdi. U m arali N O R M A T O V 9 S A R O B « O ta q a r g ‘ishi m isoli o ‘q - u o x ira td a em as, sh u d u n y o n in g o ‘zid a n ish o n g a teg ad i» (Buxorolik 100 yil yashagan temirchi Usto Amin boboning о ‘gitlaridan) B u g u n lagerimizga yangi mahbuslami olib kelishdi. K o‘rinishidan ulami yangi deb boMmasdi. Egnilaridagi kiyimlariga, yelka va tizzalaridagi raqamlariga qaraganda, ko‘p yillardan beri lagerdan lagerga к о‘chib yurgan daydi mahbuslar ekanini darrov payqash mumkin edi. Odatda, yangi kelgan m ahbuslarning oyog‘ida yangi etik, yangi botinka, egnida ohori to ‘kilmagan kostum yo gim nastorka b o ‘lardi. Lagerimizning blatnoy-zo1 ravonlari ulam ing egnidagi kiyim lam i k o ‘rishlari bilanoq o ‘zaro taqsimlab olardilar. Oradan biron hafta o ‘tib, o ‘sha kiyim lam i blatnoylam ing egnida ko‘rardik. Bu galgi etapda kelganlar zo ‘ravonlarim izga yoqmadi. Har biri o ‘n-o‘n besh yillab SSSRning jam iki lagerlarida yashab, qirriq b o ‘lib ketgan, nainki birovga o ‘z kiyimini beradigan, aksincha, birovlam ikini qiyqirtirib yechib oladigan, beti qattiq m ahbuslar edi. Soldatlar, lager nazoratchilari ulam i bitta-bittalab sanab, yuvilaverib rangi uniqib ketgan kulrang kurtkalaridagi, shimlaridagi raqam lam i tekshirib o ‘tkaza boshladilar. Shunda m ahbuslardan bittasi m enga ju d a tanish tuyuldi. Uning g ‘amgin va lekin loqayd k o ‘zlari... Qayerda ko‘rganman uni? Tanish, jud a tanish! Oldi tikanli sim bilan to ‘silgan barakda yangilam i bir necha kun karantinda saqlaydilar. H ozircha ulami boshqa mahbuslarga qo‘shmaydilar. Ovqatni ham paqirda oborib beradi lar. 10 Bahom ing iliq-issiq kunlari edi. Yangilar yalang‘och b o ‘lib, barak oldidagi m aydonchada chalqancha yotib, badanlarini oftobga toblardilar. U lar shimol lagerlarida oylab oftob ko‘rmay, ranglari siniqqan kishilar edi. Ularni bir-ikki oygina yoz boMadigan, oftob esa tuman orasidan xuddi doka orqasiga yoqilgan shamdek xira ko‘rinadigan, bizda bahor oftobi charaqlab turgan shu kezlarda ham qish bo‘ronlari uvillab turgan joylardan olib kelishgan. Bu mahbuslar uchun Jezqozg‘on eng yaxshi kurortlardan ham afzal edi. Yalang‘och yotganlam ing badanida igna sanchib yozilgan so ‘zlar, turli sharmsiz suratlar, birida «tuqqan onamni unutmayman» degan yozuv bo‘lsa, boshqasining ko‘kragida karta, ayol kishining surati bilan bir shisha aroq tasvirlangan. Tagida: «M ana shular bizni xarob qildi» degan yozuv bor. Deyarli k o ‘pchiligining ko‘ksida yalang‘och ayollaming turli holatdagi suratlari bor edi. Bu manzara qamoqxonadagi «rassom »lam ing asarlari namoyish qilinayotgan k o ‘rgazmaga o ‘xshardi. M enga tanish tuyulgan mahbus esa negadir yechinmay, kiyim-boshi bilan oftobda yotardi. Kim u? K o‘zim ga ju d a issiq ko‘rinyapti. Borib o ‘zidan so ‘rasam m ikan? Buning imkoni y o ‘q. Soqchilar, nazorat- chilar ularga yaqin yo iatm ay di. M endan sal narida yoshi yetmishlardan oshgan, umrining o ‘n besh yildan ortig‘ini lagerda o ‘tkazayotgan Olimjon dom la ham ularga m a ’yus qarab turibdi. Domla g ‘alati odam edi. U hech kim bilan sirlashmasdi. Birovga na dardini aytardi, na quvonchini. K o‘pchilik uni orqavorotdan «indamas domla» deb atardi. U yaxshilikka ham, yomonlikka ham birdek loqayd edi. Ammo uning hozirgi holati boshqacha. Oftobda yalang‘och yotganlarga qarab ichi yonib, kuyib o ‘rtanib ketayotgani shundoqqina bilinib turardi. Zimdan unga k o ‘z tashlayman. Uni hech qachon bunday alpozda k o ‘rmagandim. U yig‘lardi. K o‘z- laridan oqqan yosh soqollariga tomardi. Domla qimirlamas, и har kiprik qoqqanda m ijjalarida to ‘planib qolgan yosh duv to ‘kilardi. Nazoratchi kelib sim to ‘siqning beriyog‘ida to ‘planib qolgan tomoshabin mahbuslarga ketinglar, deb buyurdi. M ahbuslar nari ketishdi. Domla ham yoshli k o ‘zlarini kaftiga artib, boshini egganicha ketdi. Men lagerda rassom edim. Bir vaqtlar rassomlik maktabida o ‘qiganim yashash, ishlash qiyin b o ‘lgan bu joy- larda asqotdi. Vazifam - m ahbuslarning kiyimlariga raqam yozish, jez konida ishlab qaytgan brigadalam ing qancha ruda qazib chiqarganini katta-katta plakatlarda aks ettirish va ulami lageming ko‘rinarli joyiga ilib q o ‘yish edi. Tushlikdan keyin ustaxonam ga bosh nazoratchi bir qop kiyim olib keldi-da, shularga to kechki ovqatgacha raqam yozib, tayyor qilib q o ‘yishimni buyurdi. Bu yangi kelganlarga beriladigan kiyim lar edi. Shim lam ing chap tizzasidan yuqorisi, kurtkalam ing yelkasidan pasti sovun qutisicha keladigan joyidan qaychida qiyib olingan. Ustidan oq latta taqib qo‘yilgan edi. A gar mahbus raqam yozilgan lattani olib tashlab qochib ketsa, qidiruvchilar kiyimidagi qiyib olingan joydan biladilar. Shu lattalarga mahbuslarning raqamini yozishim kerak. Raqam oftobda ham, qor yom g‘irda ham o ‘chm aydigan qora lok bilan («Kuzbas lok» bilan) yoziladi. Lok sovuqda toshdek qotib qoladi. Novvoyxonadan toshko‘mir cho‘g ‘ini kurakchada olib kelib, lok solingan bankani uning ustiga qo‘ydim. Lok erigandan keyin boya nazoratchi berib ketgan ro ‘yxatga qarab, raqam lam i yozishga kirishdim. Raqam yoniga mahbusning ism-familiyasi qayd etib q o ‘yilgan edi. 0 ‘n yettinchi kurtkaga raqam yozmoqchi bo‘lib ro ‘yxatga qaradim-u, hayratdan yoqamni ushladim. «ЕЕ3781» raqami yoniga «Kimsanboy Yolqinov» deb yozib qo‘yilgan edi. Ertalabdan beri xayolimdan ketm ayotgan «kim u?» degan jum boq yechilgan edi. Olisda qolgan, beozor, sho‘x, yerga ursa osm onga sak- raydigan tizginsiz bolaligim, tezroq katta b o ‘lib, aziz va 12 jonajon Vatanga xizmat qilish, «xalqlar dohiysi, ulug‘ va m ehribon otam iz Stalinga sodiq b o ‘lish» orzusi yurak- yuraklarim izda j o ‘sh urgan qaynoq yoshligimiz k o ‘z o ‘n- gim dan chaqm oqdek bir yalt etib o ‘tdi. Kimsanboy! U bizning bolalardan chiqqan qahramonimiz edi. 0 ‘ttizinchi yillarda uning surati gazetalardan tushmasdi. M aktablarda, pioner uylarida, istirohat bogMarida, yoshlar lagerlarida odam b o ‘yi qilib chizilgan suratlari bir qarashda ko‘zga tashlanadigan joylarga ilib qo‘yilardi. Va surat tagiga: «Pioner! Qahram on Kimsanboy O lim jonovga salyut berib o ‘tishni unutma!» deb yozib q o ‘yilardi. Butun 0 ‘zbekiston bolalari undan ibrat olishga, u ado etgan vatanparvarlik jasoratini takrorlashga qasamyod qilishardi. Uning otasi Olimjon Rahmonov rayon m aorif b o ‘- limining mudiri edi. Tarix bilimdoni b o ‘lgan bu odamni rayondagi jam i tarix o ‘qituvchilari ustoz deb atardilar. Hatto uyiga ham kelib, undan Turkiston tarixi b o ‘yicha bilmaganlarini so ‘rab bilib olardilar. U ning uyida kitob ko‘p edi. A lohida bitta uydagi tokchalarga jud a noyob kitoblar terib qo‘yilgan edi. Domla bu kitoblam i birovlarga bermasdi. Zarur bo‘lsa, shu yerga kelib o ‘qishgagina ruxsat berardi. A m ir Temur, Mirzo Bobur, Narshaxiy, Forobiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Najm iddin Kubro, Al-Beruniy, Xoja Ahror, Ahmad Yassaviy kabi allom alam ing o ‘tgan asrlarda xattotlar tom onidan k o ‘chirilgan noyob qo lyozmalarini Domla ko‘z qorachig‘idek asrardi. Kechalari yettinchi lampa yorug1 ida tong otguncha m utolaa qilardi. K o‘pincha, Domlaning uyiga keksa ziyolilar to ‘planib, tarixda o ‘tgan o ‘zbek mutafakkirlari to ‘g ‘risida suh batlar qilishardi. Yig‘ilganlar Olim jon domlaning bili- miga, bilag‘onligiga qoyil qolardilar. Suhbat o ‘z-o‘zi- dan ota-bobolari Shahrisabz barloslaridan b o ig a n buyuk shoir Mirzo Abdulqodir Bedilga borib taqalardi. Bedil- xonlik boshlanardi, ko‘plashib Bedilning sir-u sehr- ga to ‘la g'azallarining m ag‘zini chaqishga kirishib ketardilar. Albatta, Olim domlaning talqinlari hammani 13 lol qoldirardi. 0 ‘shanday suhbatlam ing birida gap aylanib Fuzuliyning bitta g ‘azaliga borib taqaldi. M ehmonlardan birovi Fuzuliy ham o ‘zbeklar orasida N avoiy darajasida m ashhur ekanini, uning k o ‘p g ‘azallari o ‘zbek hofizlari tom onidan q o ‘shiq qilib aytilishini gapirib qoldi. - Domla, Fuzuliyning bir g ‘azali bor, m ag‘zini sira chaqolmadim. K o‘p bilimdonlardan so ‘raganim da tayinli bir javob bermadilar. Shu to ‘g ‘rida sizning fikringizni bilmoqchi edim. Olimjon domla narigi xonadan Fuzuliyning devonini olib chiqdi. K o ‘zoynak taqib, d o ‘stining tishi o ‘tmagan o ‘sha g ‘azalni topdi. Chiroqqa solib, ikki-uch m arta o ‘qidi. - X o‘sh, qaysi joyiga tushunmadingiz? - deb so‘radi d o ‘stidan. - Fuzuliy shunday deb yozadi: « G ‘amlarim shuncha k o ‘p- ki, tuyaning ustiga ortsam, zindonga tashlangan kofirlar ozod bo‘ladi». X o‘sh, nim a uchun ozod b o ‘ladi? Tushunmadim. Domla o ‘ylanib qoldi. Darhaqiqat, tuyaning ustiga g ‘am yukini ortsa, nega kofirlar ozod b o ‘ladi? Domla ko‘p o ‘yladi. Keyin boshini ko‘tarib, m ehmonlarga qaradi. - Gap bundoq. Bu sim ing m a’nisiga yetish uchun Fuzuliy yashagan davrga murojaat qilish kerak. 0 ‘sha davrdagi rivoyatlam i, maqol-u m atallam i, hatto qo‘shiqlami ham bilmoq kerak. Bir rivoyatda odam lar Allohdan, ey tang- rim, zindonda yotgan kofirlar qachon ozod qilinadi, deb so‘rabdilar. Alloh, tuya ignaning teshigidan o ‘tgandagina kofirlar ozod qilinadi, deb javob qilgan ekan. Fuzuliy ana shu rivoyatni g ‘azaliga asos qilib olgan. Ya’ni: «M ening g ‘amlarim shunchalik k o ‘pki, tuyaning ustiga ortsam, ko‘tarolmay, ozib ipdek b o ‘lib qoladi». Ipdek ozib qolgan tuya ignaning teshigidan bemalol o ‘tishi mumkin. Demak, kofirlar zindondan ozod qilinadi. Domlaning bu qadar bilim donligiga qoyil qolishdi, tahsinlar o ‘qishdi. Domlaning b o ‘yiga yetib qolgan egizak qizlari bor edi. Shu egizaklardan keyin ko‘rgan bolalari turmadi. Bir yoshga 14 to ‘la r-to im a s vafot etaverdilar. U har gal oy-kuni yaqin qolgan xotinining do‘ppayib qolgan qom iga qarab: «Kimsan, o ‘g ‘ilmisan, qizm isan?» deb kulardi. «A gar qiz b o ‘lsang otingni K imsanoy qo‘yaman, o ‘g ‘il b o ‘lsang, Kimsanboy qo‘yam an», derdi shirin bir entikib. Xayriyat, o ‘g ‘il tug ‘ildi. Oti Kimsanboy b o id i. Shu bola o ‘n ikki yoshga kirdi. Beshinchi sinfda o ‘qiydi. Domla kitob titish bilan ovora. Tong otguncha o ‘tirib, nim alam idir yozadi. Yozgan maqolalari «M aorif va o ‘qituvchi», «M adaniy inqilob» gazetalarida bot- bot bosilib turadi. Kim sanboy m aktabda faol pionerlardan. U Lenin va Stalin to ‘g ‘risida yozilgan she’rlam i ajib bir m ahorat bilan deklam atsiya qiladi. Uni tuman, hatto viloyat miqyosida o ‘tadigan tantanali yig‘inlarga, slyotlarga, o ‘qituvchilam ing konferensiyalariga chaqirib, she’rlar o ‘qitishadi. Olimjon dom la unga: «Bolam, bunaqa havoyi ishlarga jud a ham berilib ketma, yo artist b o ‘lmoqchimisan? Yaxshisi, darsing- ni tayyorla. Jam oat ishlari darsdan keyin b o ‘lsin», deb nasihat qilardi. Bir xonada domla qalam qitirlatadi, Kimsanboy boshqa xonada har xil harakatlar qilib, baland ovoz bilan she’r deklam atsiya qiladi. Bir kuni maktab direktori uni dars paytida idoraga chaqirtirdi. D irektom ing kabinetida notanish odam o ‘tirardi. - Bu o ‘rtoq sen bilan gaplashgani kelganlar. Sizlami xoli qoldiram an, gaplashib olinglar, - deb, direktor chiqib ketdi. N otanish odam gapni nim adan boshlashni bilmay, birpas unga tikilib o ‘tirdi. Keyin portfelidan gazeta olib, uning oldiga q o ‘ydi. Bu M oskvada chiqadigan «Pionerskaya pravda» gazetasi edi. - Ikkinchi sahifadagi maqolani yaxshilab o ‘qib ch iq ,- dedi u, - suratga ham yaxshilab qara. Qahramon pioner Pavlik M orozov shu b o ‘ladi. K imsanboy o ‘rischani durust bilmasdi. 15 - Pavlik Morozovni xalq dushmanlari vahshiylarcha oNdirishgan. U vatanga sodiq, Lenin va Stalin ishiga hayotini bag‘ishlagan zamondoshimiz. Uning otasi xalq dushmani, Sho‘ro tuzumini ag ‘darib tashlashni niyat qilgan. Pavlik o ‘sha dushmanning sirini fosh etadi. H ozir Sho‘rolar jum huriyatining hamma joyida M orozovchilik harakati boshlanib ketdi. Yosh vatanparvarlar ichki dushm anlam i fosh qilish uchun qasamyod qilmoqdalar. Sen ham shu harakatga q o ‘shilishing kerak. Bu sening muqaddas burching. Biz aytgan ishlami bajarsang, seni Butunittifoq pionerlarining «Artek» nomli lageriga yuboramiz. Faol pionerlam ing M oskvada bo‘ladigan slyotida ham qatnashasan. 0 ‘sha yerda buyuk ustozimiz, dohiym iz Stalinni ko‘rasan. Kimsanboyning ko‘zlari yashnab ketdi. «Muqaddas poytaxtimiz ulug‘ Moskvani, tirik dohiyni ko‘rish, Qora dengiz sohilidagi jahon bolalari dam oladigan lagerda shohsupaga ko‘tarilib she’r o‘qib bersa bormi!..» Kimsanboy shoshib qoldi. - Men nim a ish qilishim kerak? - Avvalo, o ‘rtam izda b o ‘lib o ‘tgan bu suhbatni birovga aytm aslikka so ‘z berasan. Bundan keyingi suhbatlarimizni ham sir saqlaysan. - U shunday deya turib, portfelidan bir varaq qog‘oz olib, unga uzatdi. - Bunga imzo chekib ber. Avval o ‘qi, keyin imzo chek. Q og‘ozga shundoq so ‘zlar yozilgan edi: «TILXAT. M enkim, Kimsanboy Olim jon o ‘g ‘li GPU xodim i M .M ansurov bilan b o ‘lgan suhbatimizni birovga aytmayman. Otam Olimjon Rahm onovning xatti-harakatlarini kuzatishga so ‘z beraman. Uyga keladigan m ehm onlar bilan nim alar to ‘g ‘risida gaplashilganini yozib beraman. Agar bo‘lib o ‘tgan gaplam i, otam haqida to ‘plangan m a ’lum otlami birovga aytsam, jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo‘- yicha jazolanam an». - 0 ‘qib b o ‘ldingmi? Endi imzo chek! K imsanboy o ‘ylab o ‘tirmay, tilxat ostiga imzo chekdi. 16 - Tilingga ehtiyot bo‘l. Otang haqida yozib qo‘ygan xatlami har haftaning dushanda kunlari o ‘zim kelib, shu yerdan olib ketaman. Agar birovga aytsang, yo otangga bildirsang, xuddi Pavlik Morozovdek halok bo‘lasan. Yanagi kelishimda, agar aytganlarimni uddalasang, viloyat pio- nerlar tashkiloti seni qo‘l soati bilan mukofotlaydi, bildingmi? GPU xodimi M ansurov har dushanba kuni maktabga kelar, Kimsanboy yozib q o ‘ygan m a’lum otlam i o ‘qib k o ‘rgach, boshqatdan yozdirardi. - Kerakli gaplami yozish kerak. Faktlarga siyosiy tus berishni o ‘rgan! Bobokalon dohiymiz Karl Marks: « D in -x a lq uchun afyundir», degan. Uyimizga kelgan mehmonlar Ahmad Yassaviy degan reaksion dindor shoirni ko‘klarga ko‘tarib maqtashdi. Xalqni asoratga soluvchi she’rlarini o ‘qishdi, deb yozish kerak. Alisher Navoiy «Hamsa»ni «Chor devon»ni yozganda Pushkinning habash bobosi 0 ‘rta Yer dengizining janubiy qirg‘oqlarida chig‘anoq terib yurardi. Mirzo Ulug‘bek Samarqandda Rasadxona barpo etgan paytlarda, obrislar xaxollaming malayi edi, chipta kovush kiyib yurishardi, degan gaplami aytishdi deb yozgin! - Bunaqa gaplam i endi sizdan eshitib turibman... Qandoq qilib yolg‘onni yozaman?! Birdan M ansurovning jah li chiqib ketdi. - Yozavermaysanmi, tirrancha! Aytmagan bo‘lishsa, endi aytishadi! Xalq dushmanlari ham m a gaplam i birdan aytib qo‘ya qolishmaydi. U lar nihoyatda pixini yorgan, niqoblangan yovlarimiz. Kim sanboy bir hafta m obaynida jonini jabborga berib to ’plangan m a ’lum otlami qaytadan, M ansurov aytgandek qilib yozdi. Tagiga imzo chekdi. - Ha, balli! M ana shunaqa qilib yozish kerak. M enga qara, viloyat pioner tashkiloti seni qo 4 soati bilan mukofotladi. M a taqib ol! Eh-he, seni hali qancha m ukofotlar kutyapti! GPUning primer tashkiloti nomidan bergan soatini M ansurov Kim sanboyning bilagiga taqib q o ‘ydi. 2 - S. A h m a d 17 Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling