To sh k en t «0 ‘z b e k isto n»
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAQ DIR, TAQ DIR, M U NCH A SH AFQ ATSIZSAN
PR O FESSO R UM ARALI NO RM ATO VG A XAT A zizim U m arali! Siz h a r ко ‘rishganim izda «B oshingizdan o ‘tgan voqealarni y o zin g !» deb q is ta r edingiz. N im a deb ja v o b berganim esingizdam i? U voqealarni y o zm o q uchun xa yo la n qam oq lagerlariga borishim , о ‘sh a a zo b-uqubatlarni qaytadan boshim dan kechirishim kerak. B unga en d i y u ra g im bardosh berolm as, degandim . M ana, « B o rsa kelm a s d a rvo za si» g a n u q ta qo ‘ydim . O 'rn im d a n tu ra y o tg a n im d a boshim aylanib, o 'tir ib qoldim . Ich ka ri uyd a tele v izo r к о ‘rib o 'tir g a n k u y o v -o 'g 'lim M a h m u d jo n n i chaqirdim . U ra n g im n i к о ‘rib, q o 'r q ib ketdi. S h o sh ib to m irim n i ushladi. Ich k a rid a n a p p a ra t olib chiqib, qon bo sim im n i o 'lch a d i. 2 0 0 g a 130. Bilam an, bu insult o stonasidagi holat. B esh kun kecha-yu kunduz uxlam ay, ushbu xo tira n i yozdim . Go ‘y o besh kun qaytadan qam alib chiqdim . «Sarob» degan hikoyam ni o'qigansiz. U nga ham nuqta q o 'yg a n im d a shu a h volga tushgandim . O 'sh a n d a m eni shu M ahm udjon о 'lim dan sa q la b qolgandi. K ech a si so a t uchda nevaram sh a h a r uyim izga telefon qilib, d a d a sig a ahvolim ni aytganida, и g o ‘у о Q ibrayga uchib kelgan edi, «Tez y o rd a m » n i chaqirib, kasalxonaga oborgan. «Sarob»da ham lager, qam oq voqealarini yozgandim . Yurak ко ‘tarolmadi. S h undoq bo ‘lishini bilaturib y o zg a n edim. Q andoq qora ku n la r boshim izga tu shganini bizdan keyingilar bilsin, deb yozdim . О ‘qib ко ‘ring, т а 'qul bo ‘Isa b eh a d quvonardim . Sizga sam im iy salom bilan S.A. 2000-yil 5-m ay 42 TAQ DIR, TAQ DIR, M U NCH A SH AFQ ATSIZSAN? («К о ‘z y o s h i to m g a n h ik o y a la r » tu rk u m id a n ) S ta lin o ‘lgan, Beriya otilgan, m ahbuslarga munosabat bir qadar yumshagan paytlar. Avgust oyida lagerimizga respublika ichki ishlar vazirining o ‘rinbosari general Jaqsiliq Stepanov kelib, m ahbuslar bilan suhbatlashdi. Q amoq ichidagi qamoq, y a’ni kechasi m ahbuslar ustidan qulflab q o ‘yilgan baraklar derazalaridan tem ir panjaralar yaqin kunlarda olib tashlanishini aytdi. U QozogNstonning Rossiya bilan chegaradosh Pavlodar viloyatida, Irtish daryosi b o ‘ylarida katta b o ‘lgan, ruslashib ketgan qozoq oilasida tu g‘ilgan edi. U yetkazgan xushxabardan quvongan m ahbuslar qarsak chalib, m innatdorchiliklarini izhor qildilar. - Yaxshi kunlam i kutinglar. Hamm angizning tergov m ateriallaringiz ittifoq komissiyasi tom onidan k o ‘rib chiqilyapti. U lar bizdan har biringiz to ‘g ‘ringizda fikr so ‘rashadi. H ozir yuzdan ortiq odam sizlarga xarakteristika yozish bilan band. Iltimos, tartib-qoidani buzmanglar. 0 ‘zini yaxshi, intizomli tutganlar vaqtliroq erkinlikka chiqadi lar. H ar kim o ‘z mutaxassisligi b o ‘yicha ish k o ‘rsatishi kerak. Norqobil degan zek o ‘m idan turib, qo‘lini ko‘tardi. U asli term izlik bo‘lib, Am udaryo portida qayiqchi b o ‘lib ishlagan. Vazifasi - kem ada kelgan yuklam ing A fg‘onistonga tegishlisini qayiqda narigi qirg‘oqqa o ‘tkazib topshirish. U josuslikda ayblanib, o ‘n besh yil m uddatga hukm qilingan. Ya’ni, aybi - daryoning naryog‘ida afg‘on savdogaridan bir kostum bilan tufli sotib olgani. Chet ellik shubhali odam 43 bilan aloqada b o ‘lgansan, deb ayblangan edi. Hozir u qirq yoshdan oshgan. Hamon muddat ustiga m uddat oladi. Yigirma yillik qamoq uni professional m ahbusga aylantirgan. U josus so ‘ziga ko‘nikib ketgan. 0 ‘zini chinakam josus b o ‘lsam kerak, deb o ‘ylardi. Va bunga ishonardi. Norqobil, asosan, lager tarbiyasini olgan. Blatnoylar tilini mukammal egallagan. Ozodlik, erkinlik, degan so‘zlar endi uning uchun o ‘z m a’nosini y o ‘qotgan edi. U butunlay «lager o ‘g ‘li» b o iib ketgan. - Grajdanin general, siz hozir, har biringiz o ‘z muta- xassisligingizni ishga solib xizm at qiling, dedingiz. M enga topshiriq bering, o ‘z mutaxassisligim sohasida o ‘zimni oqlay. General Stepanov uning so‘zlarini eshitib, qiziqib so ‘radi: - M utaxassisligingiz qanday? A lbatta foydalanamiz. - Shpionman, grajdanin general. Topshiriq bering, bajar- masam gad budu. M ingga yaqin mahbus qarsillab kulib yubordi. General uning chala-chulpa o iis c h a gaplari-yu so ‘kinishlaridan zavqlanib kulardi. - Nega kulasizlar? Chego smeetes gadi, ex vi podonki. Uning blatnoy do‘stlari esa: - Vo daet zaraza, shuruy, shuruy natsmen, - deya uni rag‘batlantirishar edi. General ketdi. Zeklam ing ko‘nglida allaqanday erkinlik uchquni qoldi. Ellik uchinchi yilning qishi ju da o g ‘ir keldi. H ar kuni shamol aralash qor b o ‘ralaydi. Yoningda turgan odamni ham ko‘rolmaysan. Bunday paytlarda soqchilar soni k o ‘paytiriladi. Q or tingan paytlarda tuman bosadi. Lager devorlaridagi kuchli projektorlar zona ichini yoritish u yoqda tursin, projektom ing o ‘zi qog‘ozga tomgan y o g ‘dek arang ko‘rinadi. Tumanda adashib qolgan m ahbuslar yoT topolmay, tikanli simlar bilan to ‘silgan devor yoniga borib qolishar, simga 44 tegib ketganda trevoga zangi o ‘zidan o ‘zi chalinib, lager bo‘ylab uzoq vaqt jaranglab turadi. Devor burchagidagi vish- kada soqchilar avtomatdan o ‘q uzadilar. M ahbuslar yashaydigan o ‘n bir barakdan to oshxonagacha o ‘n bitta tem ir arqon tortiladi. M ahbuslar oshxonaga shu arqonni ushlab boradilar. Agar arqondan q o ‘llari chiqib ketsa, to tuman tarqaguncha y o ‘l topolmay sarson bo‘lib yuraveradilar. M ahbuslar o ‘n bir barakdan tortilgan arqon- lam i quyosh nuriga o ‘xshatishardi. B a’zilar chum olilardek o ‘n bir joydan oshxona tom on o ‘rm alayotganlarga qarab: bu yerda ham ma y o ‘llar komm unizm ga olib boradi, deb piching qilishardi. Tuman chog‘lari mahbuslar qochmasdi. Q ochganlam ing qancha-qanchasi cho‘lda muzlab, qashqir-u shoqollarga yem b o ‘lishgan. Fayzsiz bunday qish oqshom larida yuragi shundog‘am g ‘amga toMgan zeklar murdadek qim irlamay o ‘tiraverardilar. Ishga olib chiqilgan m ahbuslar to tuman tarqamaguncha olib kelinmasdi. Kon oldidagi atrofi tikanli sim bilan o ‘ralgan m aydonchada qorga k o ‘milib, och-nahor o ‘tirib, tuman tar- qashini kutardilar. Zeklar yashaydigan baraklar qanchalik yoritilmasin, odam lar ko‘ksini yoritolmasdi. Ular negadir q o ‘shni uyda o ‘lik yotgandek bir-birlari bilan shivirlab gaplashishardi. Uzoq yillar qam oqlarda yashaganlar bu holga k o ‘nikib ketishgan edi. Ayniqsa, g ‘arbiy ukrainaliklar erkinlikdan tamoman umidlarini uzgan edilar. Shu topda ulardan biri nara (to‘rt kishi yotishiga m o‘ljallangan ikki qavatli so ‘ri) ustida chalqancha yotgancha shiftga tikilib «Dvlyu ya na nebo» degan ukrainlam ing eng sevgan g ‘amgin q o ‘shig‘ini kuylayapti. Bu qo‘shiqni tinglagan har qanday tosh yurak odam ham yum -yum yosh to ‘kardi. Odamzod qiziq b o ‘larkan-da! Shundoq azobli, ayanchli dam larda ham bir-birlari bilan jiqqam usht boMardilar. 45 Barakdagi kattakon bak suvga to ‘ldirib q o ‘yiladi. Uning pastidagi jo ‘m rakka bandi zanjirlangan va qulflangan krujka osib q o ‘yilgan. K o‘pincha musulmon dinidagi 0 ‘rta osiyo- liklar, kavkazliklar, tatarlar shu bak oldida ch o ‘kkalab tahorat oladi lar. Boshqa dindagilar, biz suv ichadigan idishni harom qilding, deb to ‘polon qiladilar. M ushtlashish boshlanadi. Soqchilar barakka kirib, qonga belangan janjalkashlam i ajra- tadilar. Bir, ikki zekni haydab opchiqib ketadilar. Barak derazalaridagi panjaralarni olib tashlashga, ba- rakni qulflam aslikka s o ‘z bergan ichki ishlar vazirining o ‘rinbosari, general v a’dasini bajarm adi. M ahbuslar kech- qurun barakka kelishlari bilan nazoratchilar ulam i sanab, ustilaridan qulflab q o ‘yishadi. Ham m a hojat ishlari shu yerning o ‘zida b o ia d i. Men о ‘sha paytda «M adaniy tarbiya» b o iim id a rassom edim. Vazifam qaysi brigada qancha ruda qaziganini sahar- gacha katta-katta shchitlarga yozib, zonaning k o ‘rinarli joyiga ilib q o ‘yish edi. Sovuq shundoq zaptiga olgan dekabr kechasi edi. Oltinchi barakda qiy-chuv b o iib qoldi. M ahbuslam ing dod-voylarini eshitib, o ‘sha tom onga yugurdim. Barakda y o n g in b o iay o tg an edi. M ahbuslar etik bilan tepib, oynalari sindirilgan derazalardan buralib-buralib qop-qora tutun chiqardi. O i ichida qolganlar yordam so ‘rab qichqirishardi. Qor qalin yoqqan paytlarda mahbuslarga piyma (valenka - tagcharmi y o ‘q namat etik) berilardi. Ilashgan qor barakka kirganda erib, valenkalar jiqqa h o i b o iib ketardi. M ahbuslar ulami quritish uchun barak pechi ustiga qator terib qo‘yardilar. Y o n g in ana shu valenkalardan boshlangan edi. Nazoratchi starshina Demyanov yonayotgan barakka qarab, moxorka tutatib turardi. - Eshikni ochm aysanm i? - deya unga baqirdim. 4 6 - H aqqim yo‘q. M axsus buyruq b o ‘lm aguncha ochol- mayman, - deya q a t’iy javob qildi u. - Yetmish ikki odam b o ‘g ‘ilib o ‘ladi-ku! Nahotki rah- m ing kelmasa? Bu ishing uchun hali javob berasan, - dedim g ‘azab bilan. - M en buyruqni bajaraman. Bu fashistlar kuysa kuya- versin, yonsa yonaversin. Barakdan yetmish ikkita kalla bilan bir yuz qirq to ‘rtta oyoq topilsa b o ig a n i. U yog‘i bilan, o ‘lik-tirigi bilan ishim yo‘q. Zona devoridagi soqchi bo‘layotgan voqeani kuzatib turgan ekan. Telefonda shtabga xabar qilibdi. Zudlik bilan navbatchisi yetib keldi. Demyanovga eshiklami och, deb buyruq berdi. Dadajon ham shu barakda yashardi. U bir yarim oydan beri to ‘shakka yotib qolgan, hassaga tayanib, arang oshxonaga borib kelardi. K o‘pincha hamyurtlari unga ovqatni keltirib berardilar. D adajonga nim a b o ‘ldiykin, deb tashvishlana bosh ladim. Barak eshigi o ‘t o ‘chirish qoidalariga rioya qilinmay o ‘m atilgan edi. Eshiklar ichkariga ochilardi. Bu barakni mah buslam ing o ‘zlari qurgandilar. Prorab qancha tayinlamasin, quloq solmagandilar. Yong‘in chiqqanda, yo yer qimirlagan paytda ichkaridagilar o ‘zlarini eshikka uradilar, shunda eshik yopilib qolib, ochishning iloji b o ‘lmaydi. M ahbuslar barakda o ‘zlari uchun o ‘zlari qopqon yasagan edilar. Bir soldat lorn olib kelib eshikni buzdi. Ichkaridan tutunda holsizlanganlar biri birini itarib, tashqariga chiqa boshladilar, to iib oqayotgan anhor qirg‘o g ‘i o ‘pirilganday b o ‘ldi. O dam lar tinmay yo‘ta- lishar, o ‘qchishardi. U lar orasida Dadajon ko‘rinmasdi. Deyarli ham ma m ahbuslar tashqariga chiqdi. Dadajon y o ‘q. Nazoratchi m ahbuslam i bir-bir sanadi. U lam ing soni yetmish bitta edi. - Dadajon y o ‘q, ichkarida qolib ketibdi, - dedim. Bata- reya chiroq ushlagan to‘rt soldat gaz niqob kiyib barakka, 4 7 tutunlar orasiga kirib ketdi. Sal fursatdan keyin hushidan ketgan Dadajonni ko‘tarib chiqishdi. Qalin qor bosgan yerga yotqizishdi. Shoshib bordim-u bushlat bog‘ichini yechib, ko‘kragiga quloq tutdim. Yuragi urmasdi. Lekin tani hali issiq edi. Bilagini ko‘tarib, tomirini ushlab k o ‘rdim. 0 ‘ttiz uch yil dukillab muttasil urib turgan yurak endi urishdan to ‘xtagan edi. Uning ochiq qolgan ko‘zlariga qaradim. Tun qorong‘usida ko‘zlarida qanday ifoda qotib qolganini bilolmadim. Qaboq- larini kaftim bilan pastga qarab siladim. Yetdim, deganda yiqilgan Dadajonning bu dunyoga to ‘ymagan, erkinlik yo‘liga intizor tikilgan ko‘zlari endi bir umrga yumildi. Gam izondan kapitan Rasulov yetib keldi. Qator yot qizib q o ‘yilgan, tinmay o ‘qchiyotgan o ‘ttiz besh choqli m ahbusning boshiga borib, bir-bir qarab chiqdi. Dadajonning tepasiga kelib, uzoq tikilib qoldi. Bosh vrach Shkarin holsiz yotganlam ing hammasini sa nitar zam bilda kasalxonaga j o ‘nata boshladi. Lager uyg‘onib ketgan. M ahbuslar panjarali derazalardan bu tom onga jim gina qarab turishibdi. Dadajonni zambarga yotqizishdi. Bir tom ondan o ‘zim ko‘tarishib, o ‘likxonaga obordik. Soat sakkizda barcha baraklam ing eshigi ochildi. Oltinchi barak lop etib yondi-yu, alanga ichida qoldi. Achimsiq tutun hidiga to ‘Igan lager ustida, tum anlar or- qasidan tong yorishib kelardi. Bir yurtning odami har qanday sharoitda ham bir-biriga qayishar ekan. Biron soatlar o ‘tib, kapitan Rasulov qog‘ozga o‘roqli bir narsa berib ketdi. Ochib qarasam, sakkiz m etr oq surp. Dadajon uchun kafanlik edi bu. Hali ham tuman tarqagani yo‘q. Ancha baland ko‘tarilib qolgan quyosh tuman pardasi orqasidan xuddi qizdirilgan chaqadek bo‘zrayib ko‘rinadi. - Kafanlikni men olib kelganimni birov bilmagani durust, - dedi u yoq-bu yoqqa alanglab Rasulov. - M arhum- ning jasadini soat uchlarga tayyorlanglar. 4 8 To soat uchgacha marhum Dadajonni yuvib, kafanlab, janozasini o ‘qidik. Brichka aravada darvozadan olib chi qishdi. Vaxtada tunda eshiklam i ochmay, shuncha odamga shikast yetkazgan, Dadajonning oMimiga sabab b o ‘Igan nazoratchi starshina Demyanov turardi. Brichkani qo‘riqlab borayotganlarga tanbeh berdi: - Kafanni ochib qaranglar. Badaniga shtik sanchib ko‘ringlar, m ug ‘ombirlik qilayotgan b o ‘lmasin. Rasulov: - Tekshirib ko‘rilgan, xotirjam bo‘l, - deb javob qildi. Uni dafn qilishga meni olib chiqishdi. Ana shunda Rasu-lovning m illatga qayishishiga tan berdim. G o‘r qazish, murdani k o ‘mish uchun buxorolik uchta soldatni yuborayotgan edi. Ulardan biri Q u r’onni ju d a chiroyli tilovat qilar ekan. Tuman tarqagan. Oftob qor bosgan oppoq cho‘lda ko‘zni qamashtiradi. Q abristonga kelganim izda generalning iti ko‘milgan joyga qaradim. Juda chiroyli qilib gumbaz k o ‘tarilibdi. Befarzand general oTimi oldidan, «M endan qolgan pullam i sarf qilib, sodiq itimga yodgorlik o ‘m atinglar», deb vasiyat qilgan ekan. Yodgorlik yaqiniga bordim. Qora marm ar toshga shunday so ‘zlar o ‘yib yozilgan: «M ening sodiq va vafodor d o ‘stim, o ‘ttiz yetti qochoq mahbusni tutib bergan va o ‘zi yovuz mahbus qo‘lida halok boTgan Jek nomli itga m innatdor do‘sti general mayor M aksim M ixaylovich Rechnikovdan». Atrofga qarayman. Bu qabristonga akademik Tupo- lyovning iste’dodli shogirdi, M ehnat qahramoni Dudinsov ko‘milgan. SSSR xalq artisti Vera Kvitko, Valeriy Chkalovning samolyotini ham isha uchishga sinchkovlik bilan tayyorlaydigan aviatsiya mayori Stepanov, Buxoroda rishta kasalini tugatishda katta xizm at ko‘rsatgan Rustam A zim zodalar shon-sharafsiz ko‘milgan. U lam ing qabri qani? 4 - S’. A h m a d 49 Allaqachon tep-tekis b o ‘lib ketgan. Birgina shu Jek deb atalgan itga q o ‘yilgan savlatli yodgorlik qabristonni «obod» qilib turibdi. Taqdir, taqdir, muncha qahring qattiq! M uncha shaf- qatsizsan! Shu buyuk zotlam i bitta it qatori k o ‘rmading-a! Fayzsiz, qishda bo‘ronlar uvillagan yerdan bosh k o ‘targan giyohlam i saratonda qovjiratib tashlaydigan bu ayanchli, bu xunuk, bu sovuq qabristonga qarab ich-ichimdan faryod urardim. Uch buxorolik azamat yigit lom bilan, belkurak bilan toshga aylanib ketgan zarang yem i kovlab qabr ochguncha terga pishib ketdi lar. Jasad lahadga q o ‘yildi. O g ‘zi yassi tova tosh bilan bekitildi. Buxoroning Shofirkonidan xiz- matga chaqirilgan Mir Arab m adrasasining talabasi Istam Ahadov degan yoshgina yigit tilovat boshladi. Shag‘al aralash tuproqni qabrga tashlay boshladik. Istam boy Q u r’on o ‘qishning hadisini olgan ekan. O yatlam i tiniq, yurakka to ‘ppa-to‘g ‘ri borib qadaladigan ajib bir ohang bilan o ‘qirdi. Bir um r tilovat eshitilm agan bu qaqir cho‘lda m uallaq turib vijirlayotgan qushlar ham tcpam izda chir aylanar edi. Ular ham qori bolaning ovozidan mast bo‘lgan edilar. Tilovat tugab, to ‘rtovim iz yuzim izga fotiha tort-dik. Istamboy ukam, rahmat senga. Iltimos, shu yerda yot-gan musulmon bandalarning ruhiga ham bir tilovat qilsang. Istam boy boshladi. Boya tilovat paytida tepamizda chirqillab aylangan, endi esa sovuqdan jo n saqlab, qalashib yotgan toshlar orasidan xas-xashakdan yasalgan uyalarida hurpayib o ‘tirgan qushlar Istam boyning ovozini eshitib, yana tepamizga qaytib keldi lar. Qanotlarini pirpiratib havoda jim gina m uallaq qotib turardilar. Ular balandga ham chiqmas, pastga ham tushmas, allaqanday k o ‘rinmas ip bilan tepamizga osib q o ‘yilgandek tek qotgan edilar. Ikki oyog‘i bilan tumshugN qip-qizil, boshida gunafsha rang kokili bor bu qushlam ing paydo b o ‘lganiga hali qirq 50 yildan oshgani yo‘q. U lam ing asli nomi qanaqa, hech kim bilmaydi. Q ozoqlar Beyisht qushi, qrim tatarlar Ridvon (rizvon) qushi deb ataydilar. Ular toshlar orasidagi inlariga cho‘l giyohlarining urug‘larini yozda g ‘amlab oladilar. B o‘ron turganda, yog‘in- garchilik paytlarida haftalab inlaridan chiqmaydilar. O dam lar ulam ing inlari o g ‘ziga non ushoqlari, har xil don-dunlam i sochib q o ‘yadilar. Ufadagi M adrasayi oliyada tahsil olib qaytayotgan bir talaba qushlam ing inlari oldiga tiz cho‘kib, yig‘lab Q u r’on tilovat qilgan ekan. lin in g gapiga qaraganda, bu qushlar oddiy qushlar em as, m ana shu tep-tekis bo‘lib ketgan qabrlardagi azob-uqubatlarda shahid b o ‘lgan begunoh insonlam ing bir kalima tilovatga ilhaq b o iib yotgan ruhlari emish. Kimki Rizvon qushga ozor bersa, tuzalmas dardga m ubtalo b o ‘larmish. Shu qabriston yonidan tunda o ‘tgan odam lam ing aytishlaricha, qushlam ing uyalaridan long otguncha y ig‘i, oh-u faryodlar eshitilarmish. Lagerim izda yer yuzida barm oq bilan sanasa b o ‘ladigan A ssira-vavilonliklam ing biri - Davidov degan yigit yashardi. Rizvon qushining bitta xo‘rozi bilan bitta makiyonini qafasga solib olib kelgan edi. Yaqinda shu Bobil farzandi tutqanoq kasaliga uchrab, olamdan o ‘tdi. Endi ulam ing yana bittasi dunyodan ketdi. Istam boy qiroatni sog‘ingan ekan. A rm iya safiga chaqi- rilgandan beri kom som ollam ing zug‘umiga uchram aslik uchun ovoz chiqarmay, ichida tilovat qilib yurarkan. Naza- rim da, uning o ‘zi ham allaqanday ruhiy oziqlanayotgandek edi. G ap-so‘z b o ‘lishdan cho‘chimay, bu dafn marosimiga y o ‘l ochib bergan ham yurtim , kapitan Rasulovga dil-dilimdan rahm atlar aytdim. - Ukam, - dedim Istamboyga, - qo‘lingni fotihaga och: shu Rasulov degan azam at inson haqiga bir duo qil! 51 Bu dunyoning g ‘amlaridan, ayriliqlaridan, adolatsiz- liklaridan u dunyoga faryod urib ketgan alamdoshim, hasratdoshim Dadajonni kimsasiz ch o ‘l tuprog‘iga topshirib qaytib kelyapmiz. Qish kunlari bir tutam. Soat besh boim ayoq qorong‘i tushgan. Zona devorlaridagi projektorlar yoqib qo‘yilgan. Gu- rillab yonayotgan gulxan oldida mahbuslar tik turganlaricha gob qoNlarini, goh‘ oyoqlarini o ‘tga tutib isinishardi. Zonaga birov kirmas, birov chiqmasdi. Hammaning og‘zida bitta gap: «Starshina Demyanovga chora k o ‘rilsin, jinoiy javobgarlikka tortilsin». Yong‘in paytida barak eshiklarini ochmagan starshina Demyanov vaxtada p o ‘stinga o ‘ralib, qorovullar bilan qaynoq choy ichib o ‘tiribdi. Uning basharasiga tuflagim keldi. Afsuski, buning sira iloji yo‘q edi. U ozod grajdanin, men esa ham ma huquqlardan mahrum qilingan mahbusman. Bir pastkash, insonlik qiyofasini y o ‘qotgan, shafqatsiz, hissiz to ‘nka oldida ojiz-u notavon qolish naqadar alamli, naqadar o ‘kinchli! M ahbuslar so‘zlarida turishdi. Ertasiga ham ishga chiqish- madi. M ahbuslarga bosh-qosh b o ‘lgan Norqobilni kechasi soldatlar opchiqib ketishgan ekan. Ertalab zonaga iljayib kirib keldi. Operativ vakil undan m ahbuslam i tinchitishni, ertaga ishga chiqishlarini tushuntirishni so‘rapti. Agar shu topshiriqni bajarmasa qo‘zg ‘olon ko‘tarishda ayblanishini aytibdi. - Gapiga k o ‘ndingmi, durak, - deya ta ’na qildi maxorka tutunidan m o‘ylovlari sarg‘ayib ketgan, ismi mutlaqo unli harfsiz yoziladigan Mkrtch degan armani chol. - Meni kim deb o ‘ylayapsan? Bilib q o ‘y ya ne seksot i ne durak. Tushga yaqin lager boshlig‘i zonaga kirdi. U baraklam i aylanib chiqqandan keyin orqasidan, boshliq nim a qilarkin, deb ergashib yurgan mahbuslarga dedi: 5 2 - Bo‘ldi endi. Ertadan ishga chiqinglar. Norqobil unga e ’tiroz bildirdi: - Рока starshina jazolanm as ekan, rabotat ne budem. Lager boshlig‘i podpolkovnik Samsonov biron tayinli gap aytishga ojiz edi. - Kelinglar, ochiqchasiga gaplashaylik. Demyanov masa- lasida harbiy prokurorga murojaat qildik. U starshina qonun doirasida ish tutgan. Ustavni buzmagan, jazolab b o ‘lmaydi, deb javob qildi. Undan keyin harbiy tribunal bilan gap- lashdik. Uning fikri boshqacha. Jazolash kcrak. Odamlar halok b o iish in i kutib o ‘tirmay, shtabga yong‘in to ‘g ‘risida zudlik bilan xabar qilishi kerak edi, deb javob qildi. U albatta sud qilinadi, degan fikmi aytdi. Xotirjam bo4inglar, biz ham qarab turganimiz yo‘q. Shuni yaxshi bilinglarki, Davlat xavfsizligi komitcti bilan Ichki ishlar vazirligi hech qachon m ahbuslar fikrini tan olmaydi. Ishga chiqishdan boshqa ilojlaring y o ‘q. - Barak eshiklari qachon ochiladi, - deb so‘rashdi undan. - Kutyapmiz. Yuqoridan alohida ruxsat kelishi kerak. Kutyapmiz. Podpolkovnik chiqib ketganidan keyin Norqobil bosh- chiligida gulxan atrofida maslahat «majlisi» bo‘ldi. To‘rtinchi barakdan Dorfman degan yuristni chaqirib ke-lishdi. U erkinlikda Leningrad advokaturasida ishlagan, k o ‘p chigal sud jarayonlarida yutib chiqqan obro‘li advo-katlardan edi. - Agar xafa bo‘lmasanglar, gapning ochigNni aytaman. Hozirgi urinishlaringiz hech qanday natija bennaydi. Mahbus- ning vazifasi - itoat qilish. Biron nimani da’vo qilishga mutlaqo haqqi yo‘q. Chunki u grajdanlik huquqidan mahrum qilingan. D a’volaringizning birontasi inobatga olinmaydi. Vazifangiz faqat va faqat bo‘ysunish. - Nima, biz qul c h to li? -d c d i norozi b o iib Norqobil. Undan ham battar, - dedi Dorfman. - Bu qilayotgan ishimiz yaxshilik bilan tugasa-ku m ayli-ya, oqibati yomon 53 b o ‘lishi, besh-olti kishining jazo muddatini oshirib qo‘yishlari ham mumkin. Ana unda yomon bo‘ladi. Dorfm an to ‘g ‘ri aytayotgan edi. Lagerda yuz yildan ortiq m uddatga kesilganlardan anchagina bor edi. Lager ichki intizom ini buzgan, yo biron jino yat qilib, o ‘n -o ‘n besh yillab m uddatini o ‘taganlariga qaram ay, yana yigirm a besh yildan ja z o m uddatini olganlar bor edi. Juk degan mahbus yigirm a yettinchi yildan buyon m uddat ustiga m uddat о ‘tab keladi. H ozir uning jazo muddati bir yuz o ‘n to ‘rt yilga yetgan. Dorfman tajribali odam. Q onun-qoidalam i biladi. Uning gaplari to ‘g ‘ri edi. Maslahat bilan ertadan ishga chiqishga qaror qilindi. Ertalab vaxtada o ‘n yetti kishini to ‘xtatib qoldilar. 0 ‘n yetti kishining hammasi troyka qarori bilan har xil muddatga kesilgan edilar. Boshliq o ‘rinbosari hammamizni to ‘plab «Troyка» qarori bilan kesilganlarga yengillik bcrilganini, ular maxsus ruxsatnom a bilan tashqarida soqchisiz ishga borib kelishlari mum kinligini aytdi. Ana shu jazo muddati yengillatilganlar orasida men ham bor edim. Rasulov meni gam izon klubini bezatish uchun o ‘zi bilan olib ketdi. - Qish o g ‘ir kelyapti. Shaxtaga borsangiz sovuqda qiy- nalib qolasiz. Endi issiqqina klubda soldatlar shavlasidan yeb, surat chizaverasiz. Uzoq ishlanadigan surat tanlang. Bahorga yetib olguncha ishlanadigan surat boTsin. U oldimga bir dasta «Ogonyok» jum alini tashladi. Jumaldagi rangli suratlami koTib, «Stalingrad panoram asi»ni tanladim. Unda yuzdan ortiq odam surati bor edi. - Bu ish endi sizga muddatingizni о ‘tab bo igu nin gizcha yetadi, - dedi Rasulov. Ishga ju d a berilib ketgan edim. O rqam da kim dir turganini sezib, o ‘girilib qaradim . U bolalik o ‘rto g ‘im, birinchi sinfdan to to ‘qqizinchi sinfgacha birga o ‘qigan, ju d a ham qadrdon d o ‘stim, m ahalladoshim Ham id Azizov 54 edi. U o ‘ninchini tugatgandan keyin Toshkent m editsina institutiga o ‘qishga kirgan, institutni bitirmay, frontga yuborilgan, qaytib kelgandan keyin yana o ‘qishni davom ettirgan edi. Uni ko‘rm aganim ga k o ‘p yillar boMgan. O radan shuncha vaqt o ‘tib, endi, juda noqulay vaziyatda ko‘rishib turibmiz. U m editsina xizmati mayori, ko‘ksi orden, m edallar plankasi bilan to ‘la edi. t^ir-birimizga so‘zsiz qarab turibmiz. K o‘z oldimda uning rangi oqara boshladi. Oxiri yuzidan qon qochib, bo‘z- ga aylandi. N im a b o ‘ldi, tobi qochdimi... Yo‘q, u hozir tirik «xalq dushmani»ni ko‘rib, qo‘rqib ketgan edi. To‘g ‘risi, undan hazar qilayotgan edi. - lya, iya, - dedi u lablari titrab. Biroz turib yana iya, iya, dedi. - Men hozir... hozir... U shunday orqasiga o ‘girildi-yu yov quvlagandek, shitob bilan tashqariga chiqib ketdi. Shu ketganicha qaytib kelmadi. Qish oyoqlab, bahor qadami eshitila boshlagan, tepalik joylarda qor erib, zanglagan yerda mis kukunlari xuddi yashil baxm al yopingandek ko‘rina boshlagandi. «Stalingrad» panoram asi yarimlab qoldi. Rasulov m unkaygan rus kampirini ergashtirib keldi. - Bu opa marhum serjant Gavryushevning xotini. Eslay- sizmi uni? Gavryushev lager qoshidagi o ‘t o ‘chirish komandasining boshlig‘i, yong‘inga qarshi ogohlantiruvchi plakatlarga buyurtm a bcrardi. «Chekilmasin! Ruxsat etilm agan joyda chekish m ana bundoq oqibatlarga olib keladi», degan suratlar ishlab berardim. Uni duradgorlik kombinati, shaxtalar, benzin skladlari devorlariga mixlab qo‘yardi. Bu plakatlar uchun u durustgina haq olar, bir qismini m enga tashlab ketardi. Gavryushev o ‘tgan yili qazo qilgan edi. - Bitta iltimos bilan kepti. Yo‘q demang. 55 Kampir ro ‘molchaga o ‘ralgan nim anidir menga uzatdi, ochib qaradim. Fotosurat. N ihoyatda mohir, professional fotochi olgan leytenant yigitning surati edi. - Gavryushevning o ‘g ‘li. Praga ostonasida halok bo‘lgan. Shuni moyli b o ‘yoq bilan ishlab bersangiz. To‘rt kundan keyin o ‘g ‘lining tu g‘ilgan kuni ekan. Pominka qilmoqchi. - B o‘pti, Gavryushevning hurmati, albatta ishlab bera- man, - dedim. Kampir qog‘oz xaltadagi yigirmatacha tuxumni stol usti ga qo‘ydi. - Keragi yo‘q, olib keting, - dedim q a t’iy. - Olavering, kam pim ing oltmishta tovug‘i, sakkizta xo‘- rozi bor. Bozorda tuxum sotadi. Portretni aytgan m uddatda bitqazdim . Kampir kuldi. Q o ‘ltig‘ida nihoyatda chiroyli bir babaq xo‘roz bor edi. - E, q o ‘ying, olmayman. Men eringizdan ko‘p yaxshiliklar ko‘rganman. Haq olsam uyat bo‘ladi-ya. - E, bolam, - dedi u kulib. - X o ‘rozim k o ‘payib ketyapti. Ulami nim a qilaman. Tuxum qilmasa bu oliftalar kimga kerak. Baribir bozorga opchiqib sotvoraman. Yaxshisi, sen sho‘rvaga bos bu g ‘o ‘daygan uxajomi... Q o‘ltig‘imda x o ‘roz bilan zonaga keldim. Kutubxona oldidagi kichkina gulzor biqinida xo‘roz uchun katak yasa- dim. U jud a faol x o ‘rozlardan ekan. Tovuqlarini sogNndi shekilli, ertalabgacha yetti-sakkiz marta qichqirdi. Uzoq- yaqindan boshqa x o ‘rozlar unga javob qaytarishdi. Tashqariga chiqsam, m ahbuslar ham hovliga chiqib, xo‘roz qichqirishini eshitib o ‘tirishgan ekan. Shu birgina x o ‘roz ularga qadrdon qishloqlarini, oydin kechalami eslatib, uyqularini qochirgan ekan. M ahbuslar x o ‘rozni ju d a erkalatib yuborishdi. Uni katak- dan chiqarib yuborishim bilan baraklar oldida m ahbuslar tashlagan ushoqlam i terib yer, kechalari esa ulam ing uyqusini qochirib, sahargacha qichqirardi. 56 Dushanba kuni kechqurun lager ola-to‘polon bo‘lib ketdi. Soat to ‘qqiz b o ‘ldi, haligacha sakkizinchi shaxtaga ishga chiqqan m ahbuslar qaytib kelishmayapti. Boshliqlar, gam izon komandirlari zonada asabiy bir holatda bir-birlariga gap m a’qullardilar. Q andaydir bir jiddiy, ko‘ngilsiz voqea yuz berganga o ‘xshaydi. Zonaga qaytib kelganlam ing hammasini saf- ga tizishdi. Oshpazlam i ham, kasalxona vrachlari-yu sani- tarlarini, novvoyxonadagilam i ham haydab chiqib, safga tizdilar. Shoshilm ay birm a-bir sanadilar. Yana sanadilar. Yetti marta sanadilar. Bir mahbus kam chiqaverdi. M ahbuslarning hammasini bitta qoldirmay baraklarga tiqishdi. Eshik oldiga qo‘yilgan soqchilar, nazoratchilar ulam ing ismi, familiyasini, raqamini yozib, bittalab chaqira boshladilar. Uch soat davom etgan bu «tadbir»dan keyin ro ‘yxatni shtabga opchiqib ket- dilar. Shtabdagi ro ‘yxatga solishtirib, ikki soatdan ko‘proq urinib, g ‘oyib b o ‘lgan mahbus Norqobil A’lamov degan shaxs ekani aniq bo‘ldi. Sakkizinchi shaxtadan brigadani kechasi soat ikkilarda olib kelishdi. Lager boshlig‘i ham o ‘sha tun uxlamadi. Papiros ustiga papiros chekadi. Tongga yaqin x o ‘rozim iz cho‘zib-cho‘zib qichqirdi. Uning tovushidan g ‘azabga kelgan boshliq yer tepib baqirdi. - X o‘roz boqishga kim ruxsat berdi? Yo‘qotinglar, ho- ziroq y o ‘qotinglar, bu x o ‘rozni. Demyanov quvib yurib, xo‘rozni tutib keldi. Boshliqning oyog‘i ostida x o ‘rozning tanasini kirza etigi bilan bosib, b o ‘g ‘iziga pichoq tortib yubordi-yu, kiyimiga qon sach- ratm aslik uchun hali joni uzilmagan xo‘rozni q o ‘yib yubordi. X o ‘roz tapirlab, yerdan yarim m etr balandlikka ikki-uch m arta sapchib jo n berdi. M ahbuslarga uylarini, qishloqlarini, bola-chaqalarini eslatib har oqshom, har sahar qichqiradigan x o ‘roz ulam ing ko‘zlari oldida qonga belanib jon berdi. 57 - Baribir qo‘lga tushadi bu Natsmen, - dedi Demyanov qoliga sachragan qonni irkit dastro‘moli bilan artarkan. - Bu ch o ‘llardan bironta mahbus qochib qutulmagan. Lekin Norqobil tutib b o ‘lmaydigan, q o ‘lga tushmaydigan bo‘lib qochgan edi. Konchilar posyolkasida m ahbuslik m uddatini o ‘tab boM gan, besh yil surgun jazosini o ‘tayotgan sobiq mahbuslar ham yashardi lar. Ularga boshqa tom onlarga borib ishlashga ruxsat yo‘q edi. Ular ham konda ishlashga m ajbur edilar. U lar orasida Norqobilning blatnoy d o ‘stlari k o ‘p edi. Ular konga maxsus guvohnoma bilan kirib ishlardilar. 0 ‘tgan seshanba kuni sakkizinchi shaxtada ishlaydigan sobiq blatnoy N orqobilning raqam langan kiyimlarini kiyib, m ahbuslar bilan zonaga keladi. U besh kun m ahbuslar bilan ishga borib kelaveradi. U dushanba kuni ishga kelganda yashirib q o ‘ygan o ‘z kiyimlarini kiyib, ruxsatnom asi bilan shaxtadan chiqib ketadi. Norqobil esa d o ‘stlari tayyorlab qo‘ygan grajdan kiyimi, ular to ‘plab bergan anchagina pul bilan, surati yopish- tirilgan, haqiqiyligiga hech kim shubha qilmaydigan qalbaki pasport bilan besh kun ichida Termizga yetib keladi. Puflab shishirilgan buzoq terisini minib, afg‘on shamoli quturgandan quturib k o ‘z ochirm ayotgan tunda jiyanlari ko‘m agida Amu- daryoda suzib, chegaradan o ‘tib ketadi. Shu topda, uni tutamiz, q o ‘lga tushiramiz, jazosini beram iz, deb gapirayotganlarida u A fg‘onistonning Hay- raton qishlog‘ida, ch o ‘pon o ‘tovida ko‘k choy ichib, o ‘rischa so‘kinib o ‘tirar edi. X O T IM A Q amoqdan bo‘shagan kunim dan bir hafta avval D emyanovning unvoni oshirildi. Zonaga pogonida bitta yulduz bilan kirib keldi. 58 Qadrdon Toshkentimga eson-omon yetib keldim. Vayron bo‘lgan ro ‘zg ‘orimni tikladim. Farzand ko‘rdim. Qator-qator kitoblarim chiqdi. «Xalq yozuvchisi» unvoniga sazovor bo‘ldim. H ovlida o ‘tirgan edim. Eshik q o ‘ng‘irogbi jiringladi. Chiqib eshikni ochdim. O stonada bolalik «o‘rtog‘im» Hamid A zizov turardi. U bag‘riga bosib ko‘rishmoqchi b o ‘ldi. O rqaga chekindim. U jud a noqulay ahvolda qoldi. Tutila- tutila to ‘y qilayotganini, to ‘yga taklifnom a olib kelganini aytdi. X o ‘p, xayr dedim -u eshikni bekitib, ichkariga kirib ketdim. U hayron-u lol, serraygancha qoldi. U bergan taklif qog‘ozini o ‘qimay, g ‘ijimlab, y o ‘lakdagi axlat chelagiga tashladim. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling