To sh k en t «0 ‘z b e k isto n»
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
2000-yil, may
59 О Т BILAN SUHBAT U rgu td a, adir tepasidagi N avro‘z bayrami o ‘tkaziladigan yalanglikka chiqadigan tik so‘qmoq yonboshida bir qabr bor. Andak to ‘xtab, unga e ’tibor bering. Bu jangchi, qahramon otning qabri. U frontda yaralangan egasini olib ketayotgan sanitar vagoni orqasidan yugurib, poyezd tezlab kctganda yctolmay, y o ‘lda qoqilib ketgan. Necha oylab tog‘- toshlardan, daryolardan o ‘tib, choMlarda sargardon b o ‘lib, oxiri Urgutni topib kelgan. Bu vafodor ot egasini ko‘rish ilinjida oylab Samarqand vokzalidagi poyezdlam i bosh- dan oyoq aylanib chiqadi. 0 ‘ziga tanish sanitar vagonni topolmay, kelgusi poyezdni kutadi. Urgut bilan Samarqand oralig‘ida qatnayverib, tuyoqlari yemirilib, yurishga imkon bermay q o ‘yadi. U oxiri qadrdon chavandoziga ilhaq bo‘lib jon beradi. 1960-yilda konchilar to ‘g ‘risida biron nima yozish niyatida Ohangaronga bordim. Yuz m etrcha chuqurlikdagi shaxtaga tushganimda g ‘aroyib voqeaga duch keldim. Bu voqea meni hali-hali larzaga soladi. Ilgari boshim ga qora kun lar yog‘Uganda Jezqozg‘on mis konlari shaxtalarida ishlaganman. Yer q a’ridagi bunaqa hayot menga tanish edi. Boya aytganim - meni larzaga solgan narsa - ko‘mir konida 17 yildan beri y o ru g iik ko‘rmay, toza havodan nafas olmay yashayotgan ot edi. Bu ot qirq birinchi yili frontga j o ‘natiladi, ikki yil jang qiladi. Yaralangan otlar qatori «brak» qilinib, ko‘mir konlari boshqarmasi ixtiyoriga yuboriladi. Shu tariqa u frontdosh 60 d o ‘stlari bilan Ohangaronga kelib qoladi. 0 ‘sha paytlarda elektr quvvatining yetishmasligi tufayli texnikani ishlatib bo‘lmasdi. Elektr quvvati faqat shaxta ichini yoritish va havoni tozalovchi ventilatomi aylantirishga zo ‘rg‘a yetardi. Otlar yer tagiga tushirildi. K o‘m ir ortilgan vagonchalam i tortish shular zim m asiga tushdi. Yarasi bitib, asil holiga kelgan ot isyon ko‘tarib, yuk tortmay qo‘ydi. Shunda yer ustidan bir yahudiy mol do‘xtiri tushib, uni axta qilib q o ‘ydi. Ana shundan keyin u yuvvosh tortib, itoatli b o ‘lib qoldi. K o‘p otlar havo yetishm asligidan, o g ‘ir mehnatdan birin-ketin o ‘la boshladilar. Yuqori quvvatli elektr liniyalari tortib keltirilgandan keyin otlar kerak bo‘lmay qoldi. Ular ishdan ozod qilinib, yer betiga chiqaziladi. Ammo, yorug‘likka chiqqach, qorachiqlari kengayib ketgandan kuchli yorug‘likka chidamay, hammasi k o ‘r b o ‘lib, badbo‘y iflos havoga o ‘rgangan o ‘pkalari toza havoga dosh berolmay qoldi. Shaxtada qolgan uch-to‘rt ot ham o ‘lib ketdi. Faqat shu birgina ot hamon yer q a’rida yashayapti. Boshimdagi kaska chirogNni otga tushiraman. U jim gina turaveradi. U axta qilinganidan buyon ana shunaqa befarq, loqayd b o ‘lib qolgan ekan. M enga ham roh boMgan kon muhandisiga qarayman. - Buni nim a qilm oqchisizlar? Yuqoriga chiqazilsa ko‘r b o ‘lib, o ‘lib ketadi. Bechora shu yerda yashayveradimi? - Boshqa iloj y o ‘q. Xudo qancha umr bergan bo‘lsa shu yerda poyoniga yetkazadi. 0 ‘z o ‘limini sokin, itoat bilan, isyonsiz kutayotgan baxtsiz jonivorga qarab, yuraklarim zirqirab ketdi. Qanchalar rahmsiz bo‘lib ketganmiz-a, deyman o ‘zimga o ‘zim. Dinga qarshi tinimsiz tashviqotlar o ‘z ishini qilmayotganmikin? Dilimizdan imon ko‘tarilmayotganmikan? Nahotki, Xudoni unutayozdik? Yo‘qsa, bu shafqatsizlik bizda qaydan paydo bo‘ldi? Q amoq lagerlarida umrini o ‘tkazayotgan m ahbuslar uyi- ni, bola-chaqalarini sog‘inib, mushuk boqishardi. 0 ‘zlari 61 to ‘ymagan ovqatdan yulib, mushuklarga berishardi. Lager siyosiy rahbari shu m ushuklam i qopga solib, olov gurillab yonayotgan novvoyxona pechiga tashlaganini k o ‘rganman. U alangada jiz g ‘anak b o ‘lib yonayotgan m ushuklam i zavq bilan tom osha qilgandi. Bu shafqatsiz odam ibodat qilayotgan nasroniylam i, nam oz o ‘qiyotgan m usulm onlam i ayamasdan kaltaklardi. Bu xil shafqatsizliklar o ‘shanaqa iymonsizlardan o ‘tmaganmikan. Shunday iztirobli xayollar bilan otdan uzoqlashdim. Goh emaklab, goh bukilib, vagonchalarga, elektr simlarga tegib ketishdan q o ‘rqib, ming bir xavotir bilan shaxta y o ‘l- larini aylanib chiqdim. Tepamda, kim bilsin, necha m il lion tonnali yer qatlami. U tinim siz qisirlaydi. H ar biri uydek-uydek keladigan k o ‘mir xarsanglarining darzidan qurum to ‘kiladi. Vagonchalaming taraqa-turuq tovushlari, tepadan yom g‘irdek quyilayotgan suvlam ing shovqini, suv tortayotgan nasoslarning tinim siz guvillashi, parm alam ing pulem yot tovushini eslatuvchi ovozi, ular ko‘chirgan k o ‘mir xarsanglarining pastga qarsillab tushishidan hosil b o ‘lgan mom aqaldiroqdek vahimali tovushi meni dovdiratib qo‘ydi, quloqlarim bitib, chiqish joyiga keldim. Hamrohim yuqoriga chiqib ketgan ekan. Liftchi chol ahvolimni k o ‘rib, tem ir kursini men tomon surib qo‘ydi. - Birpas dam oling. Ancha urinib qopsiz. Shaxtaga birinchi tushgan odam shunaqa esankirab qoladi. 0 ‘tirdim. Ikki k o ‘zim otda. U ning badani harakatsiz edi. Yer betidagi otlar tanasiga q o ‘ngan pashshalam i dum i bilan haydaydi. Dumi yetm agan jo y larig a q o ‘nganlarini terisini dirillatib uchirib yuboradi. Bu jo y d a na pashsha, na chivin bor. U otning o ‘zi em as, g o ‘yo haykali edi. Ot ham o ‘ylarmikan, deym an o ‘zim ga o ‘zim. K o‘rgan kun- larini eslarm ikin? Tolstoy ham, Aytmatov ham ot o ‘y- lash, eslash qobiliyatiga ega jonivor, degan. Shunday bo‘Isa, bu ot ham bolaligini eslay oladi. Shataloq otib 62 yayragan yashil yaylovini, onasining to ‘lib, tirsillab tur- gan yelinini boshi bilan turtib-turtib iydirganlarini, iliq, hushbo‘y ona sutini miriqib emganlarini eslayotgandir. Chaqm oq chaqib, m om aqaldiroq gumbirlab, yom g‘ir quy- ganda onasining issiq pinjiga suqilganlarini xayolidan o ‘tkazayotgandir. Avji g ‘unon b o ‘lgan paytida raqiblarini dog‘da qoldirib, k o ‘ngli xushlagan suluv biyani ergashtirib, uyur orasidan g ‘olibona olib o ‘tgan paytlarini nahotki esla- masa! O t x o ‘rsinsa, k o ‘zidan yosh oqsa bir falokat yuz beradi, egasi o ‘ladi, deyishadi. X o‘rsingan otni albatta so‘yib yuborishadi. 1952-yili shu otning ko‘zidan m o ‘lt-m o‘lt yosh oqqandi. Nim qorongN shaxtada buni hech kim sezmagandi. 0 ‘sha yili olis Jezqozg‘on konida mis xarsanglarini ko‘chiradigan m ahbuslar orasida bir mahbus, sobiq qahramon, otliq askar Erm at chavandoz olamdan o ‘tdi. M is to ‘zonlari uning o ‘pkasini chiritgan edi. Ermat chavandoz umrini vatan xoini degan «unvon» bilan yakunladi. Ot o ‘z chavandozining olamdan o ‘tganini sezdimikin? U ning xo‘rsinishi ko‘zida m o‘ltiragan yosh balki shundandir? U jonivorlik hissiyoti bilan fojiani olisdan turib sezgan b o ‘lishi mumkin. Bu ruhiy holat, bu erk sog‘inchi m enga tanish. Yigit yoshim barq urgan, uylanib, hayot nash’asini surayotgan, yonib ijod qilayotgan paytimda meni zindonga tashladilar. Yorug‘ tushmaydigan, tashqaridan tiq etgan to- vush kelmaydigan yakka zimiston xonada (odinochkada) yotganimda xuddi shu otga o ‘xshab ko‘rgan-kechirganlarimni eslab o ‘tirardim. Qiziq, negadir faqat bahor paytlarini eslardim. 0 ‘rik gullagan, shabboda shaftoli gullarini to ‘zg ‘itardi. Maj- nuntollaming uzun yashil sochlari yangi uyg‘ongan may- salaming boshlarini silardi. Jannatga bermagulik o ‘zbek bog‘- larida bahor bir necha haftalik mehmon edi. 63 Yigitlik ham ana shunday mehmon. Shu g ‘animat, ke yin hech qachon qaytib kelmas dam lam i qorong‘u zindonda o ‘tkazish naqadar ayanchli, naqadar armonli... Shu topda, yer tagida ot o ‘ylayapti, men o ‘ylayapman. Ot yashil yaylovlam i ko‘ryapti. O na bag‘rida yayra- ganlarini eslayapti. Men birinchi kitobim chiqqan, qu- vonchim olamga sig‘mas baxtiyor dam lam i ko‘z yumib xotiramda jonlantiryapm an. Beixtiyor otga qarayman. U hamon bosh eggancha loqayd turardi. - E, birodar, ne gunohing bor ediki, seni shu alpozga solishdi? Ot tilga kirgandek b o ‘ldi: - M enda qanday gunoh bo‘lsin. Bir bezabon jonivorm an. Odam lam ing yukini yengil qildim, uzogNni yaqin qildim. 0 ‘zimni insonning d o ‘sti degandim... H ayronman. Olis yurtlarda janglarga kirdim. O dam lar menga o ‘q uzdilar. Yaralanib, uzoq yurtlardan vatan deb bilgan m anzilga yetib keldim. M ana, к о ‘rib turibsan, o ‘sha sog‘inib kelgan vatanda oftob ko‘rmay turibman... - Bilaman, bilaman, jonivor. X alqlar otasi h o ‘l-u qu- mqni barobar yondirgan edi. Sendan biron zurriyot qol- madimi? - deb so‘rayman undan. U bosh chayqaydi. - Meni bunday baxtdan m osuvo qilganlar. K o‘ksimda bir dunyo g ‘am bilan yer betiga chiqib ketdim. Osm on ko‘m -ko‘k, ukpardek oppoq bulutlar beozor suzadi. O t pastda, quyoshsiz, oysiz, yulduzsiz m akonda mung to ‘la k o ‘zlarini yum gani qora taqdirini poyoniga yetkazish uchun zim istonda qoldi. 0 ‘ttiz yetti yildirki, uni eslaym an. B a’zan u tushlarim ga kiradi. Biron yerda ot k o ‘rsam shu g ‘arib, baxti chopm agan jon iv o r esim ga keladi. Shunday paytlarda dohiy «padari buzrukvorim izga» qarata: «Zul- m ingni, jabringni tortm agan kim qoldi? O dam larga qilgan 64 zulm ing kam m idi, jonivorlarni ham baxti qora qilding-ku!» degan bir nido ich-ichim dan otilib chiqadi. 0 ‘tgan yili vodiyga m ashinada ketayotganim da yo m g ‘ir quyib yubordi. O lm aliq y o ‘lidan O hangaron tom on bu rilishda hassaga tayangan bir keksa odam yom g‘irda ivib, o ‘tgan-ketgan m ashinalarga q o ‘l k o ‘tarib, olib ketishlaridan umid qilib turardi. U ning yonginasiga kelib, m ashinani to ‘xtatdim . U eshikni ochib, A ngrengacha olib ketishim ni s o ‘radi. O lib ketdim . U m enga ikki-uch m arta qarab olgach: - Sizni taniyman, birodar, - dedi. - Esingizda bormi, o ‘ttiz yetti yil oldin sizni shaxtaga olib tushgandim. Tasodifni qarang, shuncha yildan beri xayolim ni band qilgan odam ni topdim . Undan shoshib so ‘radim. «Esingizdam i, hu, shaxtadagi ot? U nim a b o ‘ldi?» dedim. U ichki bir iztirob bilan, past ovozda: «OMdi», dedi. Siz kelib ketganingizdan biron yil o ‘tib, jo n iv o r qazo qildi. Jasadini Jigaristondagi frontchi d o ‘stlari dafn qilingan jo y g a k o ‘mdik. Juda bahavo joy. Baland adir poyida. Kon veteranlari m aslahatlashib, shu otlarga yodgorlik o ‘m atm oqchi b o ‘ldik. Biroq o ‘zingiz bilasiz, Jigariston voqeasini butun dunyo bilib ketdi. Bem ahal kelgan y om g‘ir selga aylanib, k o ‘priklam i buzdi. D araxtlarni q o ‘pordi. A dirning tagi nam tortib, surila boshladi. Oxiri o ‘pirilib, odam lam ing uylarini bosdi. Eh-he, qancha odam tuproq tagida qoldi. 0 ‘shanda otlarning mozori ham tuproq tagida qolib ketdi. Bu gapdan ingrab yubordim. Taqdirni qarang, bu baxti qora otning o ‘n yetti yil yer tagida yashagani, yer tagida jo n bergani kamlik qilgandek, qabri ham yer tagida qolib ketibdi. 0 ‘zi aytgandek, «vatanini topibdi». Hamrohimni Angrenda qoldirib, to g‘ tomon ketdim. Yomg‘ir tingan, lekin tog ‘ boshida bulutlar g ‘ujg‘on o ‘ynardi. 5 - S. A h m a d 65 Dovonga ko‘tarilaman. Yonbag‘irlarda uyur-uyur yilqilar o ‘tlab yurishibdi. Ular orasida men bilgan otning zurriyoti y o ‘q. U dunyodan nom -nishonsiz ketgan... «Ot kishnagan oqshom» qissasining so‘nggi satrlarini o ‘qiyman: «Ayo Tarlon, sen mening akamsan. Uka desa degulik mendayin ukang bor... Ayo Tarlon, sen mening qiyom atlik birodarimsan, qiyomatlik...» Bu so‘zlar insonning eng yaqin do‘sti, vafoli j o ‘rasi - ot sha’niga aytilgan madh-u taronadir. 6 6 R O S T G O ‘Y PO SBO N К о ‘hna B uxoroning beqiyos rostgo ‘y fu q a ro s i Sangin H am ro to ‘g ‘risida haddan tashqari rost hikoya B u odamni men o ‘n bir yil burun Am ir zindonining darvozasi yonida uchratgan edim. U xontaxta ustiga jevachka, sigaret, bir shisha nos, sho‘rdanak, qovurilgan no‘xat q o ‘yib, xaridor kutib o ‘tirardi. Bir zamonlar, y a’ni am ir vaqtida bu joy juda gavjum b o ‘lgan deyishadi. Endi zindonning sharti ketib, parti qolgan. Ilgarilari odam lar bu joydan damlarini ichlariga yutib, oyoq uchida yurib o ‘tar ckanlar. Hozir unaqa emas. Zindonning mutlaqo obro‘si ketgan. Bezori bolalar uning devoriga b o ‘r bilan uch harfli o ‘rischa uyat so ‘z bitib ketibdilar. H o‘l latta bilan o ‘chirganning foydasi yo‘q. Quriganda yana o ‘sha yozuv paydo b o ‘ladi. Qirib tashlashning ham iloji y o ‘q. Shuvog‘i Nekalayning semonidan qorilgan. Tosh-metin deyavering. Am ir O lim xonning zindoni hozir muzey emish, deb eshitgandim. Bu d af’a Buxoro safarim da bir borib, erinm ay k o ‘rishni niyat qildim. Afsus, zindon yopiq ekan. Bu yerga dunyoning bari joyidan xorijliklar kelardi. Shulam ing jam isiga tushunadigan qilib o lrischa yozib qo‘yilgan: «Zindan zakrit, vse ushli na xlopok». Urush yillarida jang boMayotgan rayonlarda ham raykom idorasi eshigiga shunaqa deb yozib q o ‘yishardi. Chol tilining tagiga bir otim nos tashlab, o ‘z ishlaridan nolib qoldi. - Haminqadar yashab, zindonning bundoq chiqin bcobro1 b o ig a n in i man ko‘rmagan. E, aka mullo, bachalar hozir paxtaga, shaharga to ‘lka boboylar qoldi. U nokaslar jevachka chaynamaydu, papiro‘s tutatmaydu... 6 7 Cholning yoniga o ‘tirib, gapga soldim. - Man am ir zamonida ham shu zindonga qorovul boM gan. U paytga zindonmisan, zindon edi. Ichiga kirgan odam ning sira chiqqisi kelmasdi. Boshlariga qorako‘1 qal- poq kiyib, bellariga qilich taqqanlar u yoqdan-bu yoqqa savlat to ‘kib yurar edilar. - Amir qanaqa odam edi, k o ‘rganmisiz? - deb so ‘ray- man. - A m im i man k o ‘rgan. Uning kogonlik shoir d o ‘sti b o ‘lar edi. Q ‘zi zo ‘r mergan, y a’ni ovchi edi. Shig‘rining oxiriga «Kogon Ovchi» deb nomini ham q o ‘shib q o ‘yar edi. Amirga choMdan kiyik urib kelardi. Am ir ertalab qirg‘ovul g o ‘shtini, tushlikka kiyik go‘shtini, kechasilikka qora q o ‘chqom ing b a ’zi joylarini qaynattirib, sho‘rposini ichardi. Kogon ovchi uni ko‘p martalab Shofirkon tom onlarga qirg‘ovul oviga olib borgan. Kechga yaqin bir olam qirg‘ovul urib kelardilar. Shu desangiz, am ir ovchi d o ‘stiga bir yaxshilik qilmoqchi b o ‘ldi. Ovchining yolg‘izgina bachasini M askopga o ‘qishga yubordi. Ilm olib, o ‘rischaga o ‘rganib, yurt k o ‘rib kelsin deb, shundoq chiqin ish qilganda!.. Odam bolasiga yaxshilik qilib b o ‘lmas ekan. M askopga borib, o ‘rislarga q o ‘shilib, ota-onasini unutdi. Istalin bilan j o ‘ra bo‘lib, katta ishlarga ko‘tarilib ketibdi. Kogon Ovchiyev deyishga Istalinning tili kelishmay, fomilasini o ‘zgartiripti. Ya’ni, «Kaganovich» qilib boshpurt beripti. Sho‘roning jam i otasharavasi, y a ’ni poyizlariga kattakon qilib q o ‘yipti. Kattakon o ‘zimizdan chig‘di, endi o ‘ruslarning yerini ham Buxoroga qo‘shib olamiz, degan gaplar tarqaldi. Maskop ham o ‘zimizniki b o ‘ladi, deb, o ‘ris pulini yig‘a boshladilar. Gapimning boshiga, odam bolasi yaxshilikni bilmaydi, devdim-ku: o ‘sha Kogon ovchining pisari, y a’ni Kaganovich to ’rt-beshta j o ‘ralari bilan lak-lak Sho‘ro askarlarini ergash tirib kelib, muborak Minorai Kalonni ayam ay zam barakka tutdi. Ayripilon bilan am ir 0 ‘rdasiga b o ‘m balar yog‘dirdi. 6 8 U lam ing ichiga Q o ‘ygo‘shev degan bir badtarini bor ekan. Hech birovini ayamadi. Bechora am ir tilla to ‘la ikki xurjunni foytunga ortib, A fg‘onga qochti. Sitorai Mohi Xossadagi am im ing ikkita tilla qubbali kalovatining bittasini Kogon ovchining o ‘g ‘li ildirib ketdi. Bittasini M oskop muzeyiga qo‘ydilar. Xaloyiq orasiga bir gap g ‘imirlab qoldi. M inorai Kalonni M askopga ko‘chirib olib ketar emishlar! Bu gapga birov ishondi, birov ishonmadi. Bu luqma ham o ‘zimizdan chiqqan baloning gapi ekan. Undan shundoq chiqin Kalon M inorani qandoq olib ketasan deb so ‘rashsa, u kaltafahm, ellikta ayvoncha poyizni qatorasi qo‘yib, ustiga minorani asta yiqitam iz, degan emish. Bu gapdan xabar topkan Istalin, q o ‘ygin, bunaqa qil- ma deb, dilgirom yuboripti. Yaqinda M askopning qoq o ‘rtasidagi butxonani buzganm ish. Narod orasida yaxshi- yomon gaplar yurganmish. Minorani uning o ‘m iga y o ‘n- dirsak, m usulm onlar ustim izga yopirilib bostirib kelishi mum kin deb, zo ‘rg ‘a to ‘xtatipti. 0 ‘ttiz yettinchi yilinda Buxoroning paxtasi bo im adi. Yashnab turgan g ‘o ‘zalami garmsel yalab ketdi. Axir, bu Xudoning irodasi bilan boMgan kor, bandaga nima ayb? Nechukkim, Buxoro paxta pilonini toMdirmaydi, bu ishga dushmanning dasti bor, deb o ‘ylagan Istalin Q o‘ygo‘shev bilan Kogon ovchining o‘g ‘lini - dushmanlami fosh qi- linglar, ayamasdan jazolanglar deb yubordi. Bu noba- korlar odamlaming uyidan ko‘rpa-yastuqlarini tortib olib chiqib, paxtasini to ‘kdilar. 0 ‘shanda har bir rayondan besh- oltitadan odam otildi. Lochindek-lochindek raykomlar, ordin taqqan savlatli raislar o ‘qqa uchib, juvonm arg bo‘lib ketdi. Qamoqxonalar odamga to ‘lib, mana shu zindonga ham ellik- tacha odamni tiqdilar. Zindon o ‘sha paytga ham bir obod bo‘lib, atrofi melitsaga to ‘lgan edi. Kaganovich o ‘zimizniki, odamlami qutqarib qoladi deb umid qilganlar barmoqlarini 6 9 tishlab qolishdi. Keyin biisak, ishboshi - shu Kogon ovchining o ‘g ‘li ekan. 0 ‘zingdan chiqqan baloga, qayga boray davoga, degan gap bor Buxoroning xalqiga. Dono xalqimizning aytkanlari bo‘ldi. Koganovich Kogan ovchining o‘g ‘li ham emas, musulmon ham emas, degan gap chig‘di. M ening qaynotam Buxoroning katta ham m om iga xodim- gar edi. X odim gam ing nimaligini bilasizm i? Bu - misoli o brislam ing massaji degan gap. Har yakshanbada Kaganovich shu ham momga tushib, xodimi qildirar ekan. Odamlar qaynotamdan, anigNni bilib bering - u musulm onmi- y o ‘qmi deb, iltimos qilishdi. U kishi Kaganovich musulmon, yalang‘och holda o ‘z ko‘zim bilan ko‘rdim, xatna b o ‘lgan ekanlar, deb shohidlik berdilar. Desangiz, bu gap yo‘qqa chiqdi. Xotiram faromush b o ‘lib, bitta zarur gap yodim dan chig‘ipti. A m ir qochgandan keyin kanizlarini bitta-bittalab majbur- lab erga berishdi. Men ham umid bilan ochirtka yozildim. Peshonam qursin, sho‘r ekan, navbat menga kelganda nachayli melitsa bittasini benavbat ilib ketdi-yu menga amir- ning kanizlaridan yetm ay qoldi. 0 ‘rtoq Lenin xalqimizga xizmat qilaverib, oxiri Kallelin bo‘lib qoldilar. U kishini men ko‘rgan. Buxoroga qurultoy bo‘lib, u kishining o ‘zlari keldilar, o‘rischalab doklad qildilar. Men teatruvning sakkizinchi qatorida o ‘tirganman. Silkingan soqollari, yaltiragan ko‘zoynaklarini o ‘z ko‘zim bilan ko‘rganman, yana bir dona gap pamitimdan faromush bo‘libdilar. Buxoro bonqasiga bir tilmoch bor edi. 0 ‘zi xo‘jalardan edi. Otlari N ig‘matxon edi. 0 ‘zlariga «Buxoriy» deb yangicha ot qo‘yib olgan edilar. 0 ‘risehani shunaqa bila edilar, shundoq bila edilar, gapirganlarida o ‘rislaming og‘zi ochilib qola edi. B o‘sh vaqtlarida Kogonga borib, o ‘rislarga o ‘rischa o ‘rgatar edilar. Buxoroga shundoq chiqin odam 70 borligining hidini bilgan Lenin Nig‘matxonni zudlik bilan M oskopga oldirib ketdilar. Gaplashib ko‘rdilar-u, o‘sha zahoti o ‘zlariga pomoshnik qilib oldilar. Bir kuni Lenin bobo unga, sani o ‘zbekcha otingni maskopliklar aytolmaydilar, shuning uchun oting N ig‘matxon emas, Nikolay bo‘lsin, Buxoriy emas, Buxorin b o ‘lsin, dedilar. Shundan keyin yana bir gap aytdilar. Agar men o ‘lsam, o ‘mimga o‘zing o ‘tirasan, deb vasiyatga o ‘xshatib gapirdilar. Bu gapni m o‘yloving qirqilgur Istalin eshitib turgan edi. Alam qildi unga. Bu joy zaynit, dedi o ‘ziga o ‘zi. Lenin bobo o ‘lishlari bilan zemlyakimiz Buxorinni qamab, otdirib tashladilar. Odami xo‘blar, ya’niy yaxshi odamlar Buxoroga tug‘iladi, M oskopga o ‘ladi. Fayzulloxon ham xo‘jalardan edi. Uni ham Istalin Moskopga chaqirib, otdirib tashlagan. Xudo rahmat qilsin Moskopda o ‘lgan xo‘jalami! Shuning uchun men sira Moskopga bormayman. Istalin ko‘rsalar otdirib tashlatadilar, deb qo‘rqaman. Moskopda besh-o‘nta palid odam to ‘planib, Palidfo/yra tuzdilar. Qiladigan ishlarini o ‘zaro taqsimlashdi. Ista- linga - odam qamashni, Beriyo deganga - odam otishni, Kallelin bobomizga - orden tarqatishni, hamyurtimiz Kaga- novichga - jami poyizlami yurgizishni topshiripti. Shu desangiz, Maskopdan Palidbo‘yraning surati palokat bo‘lib keldi. Hammamizga besh-o‘ntadan berib, devorlarga yopishtiringlar, deb buyurishipdi. Men melitsa boshligNga, bu palokatni qayga uray, deb so‘radim-u baloga qoldim. Mana shu zindonga uch kun bandi qildi. Nechukkim, sen plakatni palokat deysan, deb rosa kaltakladi. Tilim kelishmasa, qandoq qilay deyman. Shu so‘zni to‘g‘ri aytadigan bo‘lguningcha zindonda m og‘or bosib yotaverasan, deydi. K altakning zo ‘ridan palokat emas, pilokat deydigan b o ‘l- dim. Istat g ‘am ing eri ana shundan keyin meni zindondan chiqardi. E, jo ‘ram, bu boshga nimalar tushmadi, bu ko‘zlar nimalami ko‘rmadi! Yolg‘izlanib qoldim. Bizning Buxorodan «navisandayi 71 xalqiy», ya’ni xalq yozuvchisi chiqdi. Usto Aminning o ‘g ‘li. Shunga boshimdan o‘tkanlami yozdirib yubordim. Kitob qilib chiqar, pisarim, dedim. Chiqsa aqchasining nimtasi, ya’ni palavinasi seniki bo‘ladi, dedim. Zindonga azob chekkan bir bechora Sangin Hamro ham tarixga qolsin, ohi! Cholning ichi to ‘la g ‘ij-g‘ij gap ekan. Z o ‘rg‘a qochib qu- tuldim. Keyin bilsam, Buxoroning eng rostgo1 у odam iga ro ‘baro‘ kelgan ekanman. 1998-yil 72 O F T O B O Y IM V a ta n n i se v m o q n i, y u r t o tasig a s a d o q a tn i y a p o n l a r d a n o ‘r g a n is h k e ra k . Maqsud SI I A YXZODA so 'zi. K echadan beri lagerimizdagi yaponlar g ‘imirlab qolishdi. Yettinchi barak oldida to ‘planishib, qandaydir jiddiy bir gapni qizishib muhokama qilishardi. Yerosi Dyun degan yapon yigiti rassomlik ustaxonamni supurib-sidirib yurardi. Dyunning yurak o ‘ynog‘i kasali borligidan uni shaxtada ishlashga olib chiqishmasdi. B a’zi-ba’zida, jahli chiqqan paytlarda yurak kasali xuruj qilib qolardi. Boshliqlar uni menga bo‘yoq qorib beradigan qilib qo‘yishgan edi. M en Dyundan, nima gap, tez- tez to ‘planadigan bo‘lib qoldinglar, deb so‘radim. - Tovarish Ahmed, yurtim izga ketadigan b o ‘lib qol- d ik ,- d e d i u ichiga sig‘magan quvonchini yashirolmay. Uni dil-dildan tabrikladim. - Boshliqlar shunday deb aytishdimi? - deb so‘radim. - Qayoqda! Ular bu xabam i bizdan ikki-uch kun keyin eshitishadi. Uning gapi rost edi. Umuman, qamoqxonalarda ko‘zga ko‘rinmas, qo‘l bilan ushlab bo‘lmas «telegraf» ishlardi. Moskvada, hatto Siyosiy Byuroda mahbuslarga aloqador biror gap bo‘lsa, o ‘sha kuniyoq jam iki lagerlarga yetib bo- rardi. Lager boshlig‘ining o ‘rinbosari kapitan Gusak, moy b o ‘yoqda ishlab ber, deb onasining suratini tashlab ketgan edi. Bugun tush paytida suratni olgani keldi. Undan yaponlar yurtlariga ketadigan boMdimi, deb so ‘radim. 73 U hayron b o ‘ldi. - Bunaqa gap y o ‘q. Bu mahbuslarning o ‘zlaridan chiqqan galdagi «parasha» bo‘lsa kerak, - deb javob qildi. «Parasha» - bu qam oqxona kam eralariga q o ‘yiladigan hojat chelagi. Tarqaladigan har xil bo‘lar-bo‘lmas gaplami shunday deb atashadi. Baribir lager «telegrafi» aniq ishlardi. Biz Stalin o ‘lganini boshliqlarim izdan ikki kun oldin eshitganmiz. Beriyaning qam alganini, M olotov bilan Kaganovichning Siyosiy Byuro tarkibidan chiqarilganini o ‘sha kuniyoq eshitgan edik. Dyun ustaxonani shoshib-pishib y ig ‘ishtirardi-yu, yettin chi barak oldida to ‘plangan hamyurtlari davrasiga chopardi. Lagerimizdagi o ‘ttiz to ‘rt nafar yaponning hammasi o ‘sha yerda. Bundan korxonada ishlaydigan Sudze degan yapon yigit mustasno. Sudze ham yurtlariga qo‘shilmas, kirxona zinasida boshini egib o ‘tirib, xayol surardi. Yaponlar Sudzeni saflariga qo‘shishmasdi. U yaponlarga xos boMmagan baland b o ‘yli, xuddi sirkdagi polvonlarga o ‘xshagan, muskullari bo‘rtib chiqqan jud a baquvvat yigit edi. Boshqa yaponlar lagerimizda Sudze deb atalgan yapon borligini bilmagandek, unga e ’tibor berishmasdi. Sudze esa har tong hali quyosh ko‘tarilmay kirxona tomida paydo bo‘lardi. Shaxtalardan chiqarib tashlangan tog‘-tog‘ rudalar orqasidan quyosh chiqquncha haykaldek qotib turar, yuziga oftob urilishi bilan ikki q o ‘lini baland ko‘tarib, quyoshga nim alardir deb iltijolar qilardi. Dyunning quvonchi cheksiz edi. Bir gapirib o ‘n kulardi. U o ‘n bir yildan beri begona mamlakat qam oqxonalarida sarson-sargardon kezardi. Shu o ‘tgan o ‘n bir yil ona yurti, tug‘ilgan diyori Yaponiya xayoli bilan yashaydi. - Xayriyat, qonim yurtim ga to ‘kiladigan b o ‘l d i ,- d e d i u allaqanday quvonch bilan. - Jinni bo‘ldingmi, yurtim ga qaytay, uylanib, bola- chaqali b o ‘lay, boshqalardek bearm on yashab yuray deb niyat qilmaysanmi, ahmoq! - dedim unga. Dyun boshini tebratdi. 74 - Tovarish Ahmed, - dedi u ruscha bilishini namoyish qilayotgandek g ‘urur bilan, - bilasanmi, men samurayman. Samuraylar dushm anga tirik asir tushmasligi kerak. Asir tushish xavfi tug ‘ilgandayoq o ‘zini xarakiri qilishi shart. Ya’ni, o‘zini o ‘zi chavaqlab o ‘ldirishi kerak. Men xarakiri qilishga ulgurm aganm an- Vatanimdan qon qarzdorman. M en Dyunni doimo yuzi kulib turadigan, bolalardek b eg ‘ubor, uncha-m uncha hazillam i k o ‘ngliga olmaydigan, musichadek beozor odam deb o ‘ylardim. Ichida shuncha gap borligini, yuragini qonli armon o ‘rtayotganini bilmasdim. Yerosi Dyun ko‘z oldimda yuksalib, o ‘n bir yil Vatanidan olisda, cho‘llarda, o ‘rm onlarda sarson-sargardon kezib, Yaponiyaning buyuk muhabbatini dilida ardoqlab kelgan, har kuni bittadan quyosh tug‘adigan Vatani oldidagi burchini, bir daqiqa b o ‘lsin, unutmagan beqiyos insonga aylangan edi. Dyunning losiro degan hamyurti b a’zan ustaxonaga kelib uzoq gaplashib o ‘tirardi. Rus askarlari uni asirlikka olgan paytda hali tili chiqmagan egizak qizaloqlari boTgan. U qizlarim katta b o ‘lib qolgandir, tirikmikan, deb y ig ’lardi. Yaponlarga munosabat o ‘zgarib qoldi. Ulami ishga olib chiqmay q o ‘yishdi, hatto alohida ovqat pishirib beradigan boMishdi. A m m o Dyun qadrdonligim iz uchun hamon usta- xonada ishlab yuribdi. Yaponlami boshqa, kichikroq barakka o ‘tkazishdi. Kechqurun zang chalinganda baraklarga m ah buslar sanab kiritilgandan keyin ustidan qulflab q o ‘yishadi. Yaponlaming baragi qulflanmaydigan b o ‘ldi. Bu ishlam ing Sudzega aloqasi y o ‘qdek edi. U hamon kirxonada ishlar, zinapoyada o ‘tirib, o ‘y o ‘ylardi. Alohida pishirilgan ovqat unga berilmasdi. N egadir o ‘sha paytlarda lagerda choy o ‘m iga kofe beri shardi. Hatto oshxona yonidagi bostirm ada qop-qop kofe qalashib yotardi. Kofe jonim izga tegib, bir qultum qora choyga zor bo‘lgandik. Shahardan gazeta olib kelishga borganim da magazindan bir quti gruzin choyi sotib olgandim. Dyun tunuka choynakka achchiqqina qilib dam lab keldi. Hovlida skameykada o ’tirib, choyxo‘rlik qilmoqchi b o ‘ldik. 75 M ahbuslar uyquda. Faqat Vatan sog‘inchi uyqu bermagan yaponlar to ‘da-to‘da b o ‘lib, oy nuriga g ‘arq boMgan lager sahnida jim gina aylanib yurishibdi. D yun bilan ikkim iz u yoq-bu yoqdan gaplashib, choy ichib o ‘tirardik. B izning bu su hb atlarim iz ham g ‘anim atdek edi. U V ataniga ketadi. A lbatta, bundan keyin u bilan d iy do r k o ‘risholm aym iz. H ar qalay, besh- olti yillik qadrdonlik bir-birim izga yaqin qilib q o ‘ygandi. Ana shu sokin oydin kechada Dyundan so‘radim: - M enga qara, Dyun, nega Sudzeni yom on k o ‘rasizlar? Nega uni davraga qo‘shmaysizlar? Yerosi Dyun indamadi. Oy nuriga ters o ‘tirgani uchun uning yuzida, ko‘zida qandoq ifoda aks etayotganini bil- masdim. S o‘rog‘imga javob berish niyati yo‘qqa o ‘xshardi. U uzoq o ‘ylab o ‘tirgandan keyin: - Yana bitta choy dam lab kelaymi, bunisi sovib qop- t i , - dedi. - Yo‘q, - d e d im ,- gapimga javob ber. Yerosi o‘m idan turib u yoq-bu yoqqa yurdi. Keyin joyiga kelib o ‘tirdi-da, gapira boshladi: - Buni tushuntirish qiyin. Yaponiyani, yaponni, urf- odatlarimizni bilmagan odam ga buni tushuntirish qiyin. M ana, endi ajralishib ketadigan paytim iz keldi. Bu Dyun kim edi. Sudze kim edi, degan jum boq ko‘nglingda qolib ketmasligi uchun aytaman. Sen bir marta meni haqorat qilganing haligacha dilimni o ‘rtaydi. Uni nim a deb haqorat qilganimni eslay olmadim. - Ayt, agar shunday qilgan boMsam, sendan astoydil uzr so‘rayman. - Yapon ayollari buzuq boMadi, degansan. Shunda alamimni ichimga yutib, javob bermaganman. 0 ‘shanda yapon portlarida geyshalar m atroslam i y o ‘ldan uradi, deganding. E-e, oshnam, bu gaping mutlaqo noto‘g ‘ri. Bunaqa gap uchun seni o ‘ldirishim kerak edi. Unday qilma- ganman. 76 To‘g ‘ri, shunday gap b o ‘lgan edi. 0 ‘shanda Dyunning tishlari g ‘ichirlab ketgan, qoshlari chimirilib, xuddi hamlaga tayyor turgan sherga o ‘xshash bir ahvolga tushgan edi. Lekin indamay o ‘m idan turib, barakka" kirib ketgandi. Uch kun yurak xuruji tutib, ustaxonaga kelm ay qo‘ygandi. - Tovarish Ahmed, boya aytdim-ku, Yaponiyaga borma- gan odam yaponlar to ‘gbrisida aniq bir gap aytolmaydi. Ekilgan har bir tup daraxt, y o ‘lga yotqizilgan har bitta tosh, qurilgan har bitta imorat Yaponiya manfaati uchun xizmat qilishi kerak. Har bir qimirlagan jonda, odam laming muomalasida, yurish- turishida Yaponiya manfaati yashaydi. Sen o ‘sha buzuq deb atagan geyshalar Yaponiyaning porloq kelajagi uchun xizmat qiladigan buyuk vatanparvar ayollardir... - Shoshma, Dyun, bunaqa balandparvoz gaplam i q o ‘y. Sal pastroq tushib gapir. - X o ‘p ,- d e d i u ,-m a y li, qizishmay gapira qolay. G ey shalar sen o ‘ylaganchalik axloqsiz ayollar emas. Nihoyatda nazokatli, yoqimtoy, bilim don ayollardir. Ular maxsus maktablarda ta’lim olgan, suhbati shirin, yapon q o ‘shiqlarini xonish qiladigan, qadim zam onlardan bizga yetib kelgan ajoyib raqslam i m ahorat bilan ijro qiladigan, tarix haqida gapirganda tinglovchiga o ‘tmishni tiriltirib beradigan, tengsiz pazanda, tabobat sirlaridan ogoh va shu bilan birga beqiyos go‘zal ayollardir. Ular suhbatidan bir marta bahramand boMgan xorijliklar bir um r bu shirin onlam i unuta olmaydilar. Yerosi Dyun sovib qolgan choydan xo‘pladi. Bir oz tin olib, gapini davom ettirdi: - A na endi Sudze to ‘g ‘risida gapiray. Yo‘lda yotgan kichkinagina tosh yoki bir qarashda nazarga tushm aydigan biror ro ‘z g ‘or buyum i to ‘g ‘risida gapirish uchun, avvalo, butun Yaponiya to ‘g ‘risida gapirish kerak. B izda ham ma narsa bir-biri bilan uzviy b o g ‘liq, ularda butun Yaponiya yashirinib yotadi. Sudze to ‘g ‘risida gapirish uchun shuncha gaplam i aytdim . Shunday qilm asam , hech narsani 77 tushunm asding, tovarish Ahmed. Sudzeni geysha tuqqan deyishardi, u otasini ko‘rm agan. Portim izga Portugaliyadan yuk k o ‘p kelardi. Baland b o ‘yli, baquvvat m atroslar kem adan ruda tushirishardi. Sudzening ch o ‘yandan quyil- gandek baquvvat gavdasi xuddi ana o ‘shalarga o ‘xshab ketadi. E ’tibor berganm isan, Sudzening qoshlari burgutning qanotiga o ‘xshaydi. Bunaqa qoshli dengizchilarni Portu- galiya kem alarida ko‘rganman. Sudze m axsus enagalar, m axsus tarbiyachilar, bilim don o ‘qituvchilar tarbiyasida, im perator ard o g ‘ida voyaga yet- di. Eng yaxshi kiyim larni kiydi. Eng lazzatli taom larni yedi. Chunki u kam ikadzelikka qabul qilingan yedi. Kami- k a d z e - b u « o ‘q odam » degani. M am lakat x a v f ostida qolgan paytlarda kam ikadzelar bir kishi sig ‘adigan va dahshatli bom ba jo ylangan sam olyotda dushm an istehkom i tom on uchiriladi. Sam olyotga faqat uchib borishgagina yetadigan yo nilg ‘i quyiladi. A gar uchuvchi q o ‘rqoqlik qilib ortga qaytm oqchi b o ‘lsa, qaytishga y o n ilg ‘i y o ‘q. K am ikadze dushm anning qu rol-yarog 6 om boriga urilib, o ‘zi ham portlab ketishi shart. A m m o Sudze s o ‘nggi burchini ado etishdan bosh tortdi. Q o ‘rqoqlik qildi. Bila- sanmi, tovarish A hm ed, kam ikadze burchini o ‘tam asa, uni urm aydilar, so ‘km aydilar, sud qilm aydilar. B o‘yniga xuddi R iksha aravasining g ‘ildiragidek qulf-kalitli g ‘ildirak kiydirib q o ‘y adilar ( R ik s h a - b u xachir yoki eshak o ‘rniga odam q o ‘shiladigan aravacha). B o ‘yniga g ‘ildirak osilgan odam ga hech kim suv berm aydi, ovqat berm aydi. Yerdan biror nim a topib yey desa, yo ariqdan suv olib ichay desa, q o ‘li yetm aydi. Yotay desa, g ‘ildirakka b o ‘ynidan osilib qolib, nafas ololm aydi. Biror uyga kiray desa, eshikka sig ‘maydi. U faqat ariqqa tizzalab o ‘tirib, g ‘ildirak chetini q irg ‘oqqa ilintirib dam oladi. Bu g ‘ildirak faqat u o ‘lgandan keyingina b o ‘ynidan olinadi. Sudzening onasi Maniko xonim o ‘g ‘lining xoinligidan nomus qilib, ko‘chaga chiqolmay, odam larga q o ‘shilolmay qoldi. Bu orada Sudze ikki marta uyiga keldi. Kirolmadi. 78 Eshikka g ‘ildirak sig‘madi. O zib-to‘zib, soch-soqoli o ‘sib ketgan bolasining ayanchli ahvolini M aniko xonim bolo- xonada yig‘lab kuzatib turardi. U bolasining oldiga chiqmadi, bo‘yniga osilib yupatmadi. Sudze endi unga suyukli farzand emas, um um xalq la’natiga uchragan jirkanch bir kim sa edi. Oradan biron oy o ‘tib, M aniko xonim chodraga o ‘ralib, ibodatxonaga boradi. M uqaddas Budda poyiga qo‘yilgan tilla barkashga ro ‘m olchaga tugib kelgan oltin-javohirlam i, qim m atbaho toshlar bilan bezatilgan zirag-u bilakuzuklarini, jam iki taqinchoqlarini jaranglatib to ‘kadi. Tiz cho‘kib, Buddaga tavba-tazarrular qiladi. A sta o ‘m idan turib, ichka- riga kirib ketadi. Ikkinchi jahon urushi arafasida Parijda b o ‘lib o ‘tgan «G o‘zallar tanlovi»da M aniko xonim birinchi o ‘rinni egallab, toj kiygan edi. Fransuzlar uni «Oftob oyim» deb atashgandi. Hatto bir gazeta «Bugun quyosh Parij ufqidan ko‘tarildi» deb yozgandi. Tengsiz go‘zal, benihoya dono, butun Yaponiyaning faxri boTishga arziydigan bir m a la k - Oftob oyim rohibalar libosini kiydi, rohat-farog‘atdan kechib, m onastirda qoldi. Sudzening ahvoli o g ‘ir edi. U o i i b o ‘lolmasdi, tirik qolishning aslo iloji y o ‘q edi. U samolyotda uchib borib, dushm an istehkom iga urilib, portlab ketm aganiga ming- m ing pushaym onlar yerdi. Oxiri u o ‘zini dengizga tashlab cho‘kib o ‘lishga qaror qildi. Dengiz shovullar, toNqinlari qirg‘oqqa sapchib, Sudzening tizzalariga urilardi. Dengizning qirgboqqa yaqin jo y lari sayoz edi. U asta-sekin suvda kechib boraveradi. Suv tizzasidan kelardi. Keyin beliga chiqadi... Yopirilib kelgan to ‘lqin uni orqaga siltab, yana qirg‘oqqa uloqtirib tashlam oqchi bo‘ladi. To‘lqin orqaga qaytishda uni dengiz ichkarisiga sudrab ketdi. Sudze yerda yurganda bunchalik azobni k o ‘rmagandi. U tik holatda quloch otib suzolmasdi. G ‘ildirak esa uni cho‘kib ketishga qo‘ymasdi. Faqat b o ‘ynidangina g ‘ildirakka osilib turardi. ToNqin uni hali u yoqqa, hali bu yoqqa uloqtirar. 79 har uloqtirganda b o ‘yni uzilib ketadiganga o ‘xshardi. Uning bu ahvolini olisroqdan kuzatib turgan odam, kim ningdir kallasini uzib g ‘ildirak o ‘rtasiga qo‘yishibdi, deb o ‘ylashi mumkin edi. Bir hafta taom yemaganidan Sudze kuchdan, darmondan qolgan edi. Oxiri u hushidan ketdi. Uni rus dengizchilari katerga chiqarib olganlarini bilmadi. M atroslar g ‘ildirakni arralab, b o ‘ynidan olib tashlashdi. Uning o ‘zi esa ikki kundan keyin hushiga keldi... Dyun uzoq gapirdi. Baxtsiz, sho‘rpeshona m ahbuslar dunyoning jam i tashvishlarini unutib, barq urib uxlayotgan oromli saraton tunida Dyun bilan ikkimiz hech bir mamlakatga o ‘xshamagan buyuk Yaponiya to ‘g ‘risida dum -dum aloq oy ruda uyumlari orqasiga botib ketguncha gaplashib o ‘tirdik. Dyun vatani to ‘g ‘risida gapirmas, g o ‘yo qo‘shiq kuy- layotgan, goh zavq-shavq bilan, goh faryod urib doston o ‘qiyotgandek edi. Kunchiqar tom onda ufq oqarib qoldi. M ana shu oppoq ufq asta b o ‘zara boshlaganda Sudze tomga chiqadi. BoMdi endi, Dyun, borib yot. Jindek uxlab ol. B o‘lmasa, yuraging yana xuruj qiladi. Dyun bosh chayqadi. - Uxlayolmayman, yurtim ga tezroq ketgim kelyapti. Beriya otilgandan keyin «Troyka» qarori bilan qa- m alganlam ing b a’zilariga zonadan tashqariga chiqib ishlash- ga ruxsat berilgan edi. Shunday imtiyoz menga ham berilgan. Bugun ertalab b o ‘yoq olish uchun shaharga ketgan edim. Qaytib zonaga kirsam, darvoza oldida yaponlar to ‘planib turishibdi. Dyun yugurib oldimga keldi. - Tovarish Ahmed, qayoqlarda yuribsan? Bizni bugun olib ketisharmish. K o‘risholm ay qolamiz deb, tashvishlanib turgandim. Atrofga qarayman. Hamma yapon mahbuslari shu yerda. Faqat Sudze yo‘q. U tom da oftob nuriga belanib, kunchiqar tom onga qarab turibdi. 80 Shtabdan kelgan m ayor Kuzin ro‘yxatni o ‘qiy boshladi. Nomi o ‘qilgan mahbus darvoza tom onga yurishi kerak. 0 ‘n bir yil tutqunlikda yashagan yaponlar shu topda ozodlik deb atalgan buyuk bir olam ga qadam bosa boshladilar. Nihoyat, ro‘yxatdan Dyunning nomi o ‘qildi. - X ayr endi, tovarish Ahmed. O g‘ir kunlarimda ham- dard bo4ganing uchun, topgan bir burda noningni men bilan baham ko‘rganing uchun, g ‘am -anduhga botgan damlarimga sherik b o ‘lganing uchun rahmat. Endi ko‘risholmaymiz, xayr, omon b o ‘l! U ko‘zda shashqator yosh bilan darvoza tomon ketdi. R o‘yxatdan Sudzening nomi chiqmadi. U kirxona tomida turib, yuz-ko‘zlarida quvonch porlagan ham yurtlariga alam bilan qarab turardi. Shtab oldiga kelib to ‘xtagan «ZIS-101» mashinasidan qora frak kiygan savlatli bir yapon tushdi. U Yaponiya elchixonasining xodimi edi. U ozodlikka chiqqan yaponlar bilan bir-bir q o ‘l olishib ko‘rishdi. N im alardir dedi. Yaponlar qarsak chalib, qiyqirib yuborishdi. Ular yig‘lab, bir-birlarini tabriklashardi. Shu payt shem ing o ‘kirishiga o ‘xshash bir ovoz ulam i Sudze tik turgan kirxona tomiga qaratdi. M ahbuslikda o ‘n yildan ortiq ovoz chiqarmay zabun yashagan Sudze ichida yig‘ilib qolgan ham ma tovushlarini jam lab chiqarayotgandek edi. - K unchiqar Vatanim, mening Yaponiyam! Kechir, burchini o^olm agan badbaxt o ‘g ‘lingni kechir! Kechir!.. Uning q o ‘lidagi dudam a pichoq oftob tig‘ida chaqnab ketdi. U pichoqni yalang‘och tanasining chap biqiniga zarb bilan urib, o ‘ng biqini tomon tortdi. U o g ‘riqni ham unutib, ikki oyog‘i oralig‘ida osilib qolgan ichak-chavoqlariga ham parvo qilmay, hamon hirqirab qichqirardi: - Japan! Japan! Mening Vatanim Japan! U shunday deya turib, tunuka tom qirg‘o g ‘iga yiqildi. 0 ‘zining qoni halqob bo‘lib qolgan tom qirg‘og‘ida belidan osilib yotardi. U bir muddat tipirchilab turgandan ke- 6 — 5. A h m a d 81 yin sirpanib, yerga gursillab tushdi. Tam ovdan oqayotgan qaynoq qon endi uning ustiga sharillab quyilardi. Bu mudhish manzaradan badanlarim muzlab ketgandek bo‘ldi. Uni kuzatib turgan yaponlar yuzlarini ters o ‘gi- rishmadi. Har qalay Sudze sobiq b o ‘lsa hamki yapon edi. U umrining so ‘nggi daqiqasida yaponligini isbot qildi. U yapon bo‘lib olamdan o ‘tdi. Japan, Japan, deb jo n berdi. Zonadan chiqqanimda yaponlar avtobus oldida to ‘planib turardilar. Dyun olazarak b o ‘lib meni kutayotgan edi. - Tovarish Ahmed, suratga tushaylik. U shunday deb bo‘yniga ikkita apparat osgan yapon fotomuxbirini boshlab keldi. Dyun, losiro uchovimiz yelkalarimizga q o ‘l tashlab suratga tushdik. Boshqalar allaqachon avtobusga chiqib boMgan. Ammo Dyun shoshil- masdi. Meni b ag ‘ridan q o ‘yib yuborgisi kelmasdi. Hiqillab yigMardi. Avtobus ikki marta signal bergandan keyingina meni bag‘ridan qo‘yib yubordi. U avtobusga chiqqandan keyin ham derazadan qoM chiqarib, kaftlarini o ‘pib silkitardi. U ketdi. Hijron azoblaridan, xo‘rliklardan qutulib yurtiga ketdi. Oradan oylar o ‘tdi. Biz yashayotgan qam oq-lagerga yuz minglab baxtiqaro m ahbuslar kelib ketgan. Bu mustahkam devorlar, tikanli simlar g o ‘yo hech narsani ko‘rmayotgandek gung-soqov edi. Biroq o ‘n yilning nari-berisida kelib- ketgan yapon mahbuslarini hech kim unutmasdi. Ulam ing ahilligidan, odobidan, sezgir-u topag‘onligidan, bir ish qilsa, astoydil m ehr bilan qilishidan gapirishardi. Ayniqsa, Dyunni k o ‘p gapirardik. Uning «L» ni «R» deb talaffuz qilishini eslardik. U «lager»ni «Rager», litvalik rassom Alikni «Rito- ves Arik» deyishini eslab kulishardik. Bir shum xabar ko‘nglimizni vayron qilib yubordi. Olib ketilgan yaponlam ing hammasini Imperatorning maxsus buyrugM bilan Vatan xoinlari sifatida dengizga cho‘ktirib yuborishgan emish. Bu sovuq xabarga birov ishondi, birov «parasha» deb q o ‘ya qoldi. 82 0 ‘sha voqealarning b o ‘lib o ‘tganiga roppa-rosa ellik yil b o ‘ldi. Yaqinda taqdir taqozosi bilan, to ‘g ‘rirog‘i, «K elinlar q o ‘zg ‘oloni» bahonasida olis A m e rik a g a -A tla n tik a okea- nining nariyogNga borish m anglayim ga bitilgan ekan, bor- dim. Nyu-Yorkda orzu qilib yetib b o ‘lmas jo y lam i k o ‘rdim. M ashhur afsonaviy Brodvey shohko‘chasini, A m erikaning tim soli b o ‘lib qolgan O zodlik haykalini k o ‘rm oq nasib qildi. Ayniqsa, BM T qarorgohi oldida hilpirab turgan bayroqlar qatorida 0 ‘zbekiston b ayrog‘ini k o ‘rganim da, m ijjalarim ga yosh qalqib chiqqanini sezm ay qoldim. 0 ‘zbekiston elchixonasi xodimlari, atayin Vashingtonga kelib muzeyni k o ‘rmay ketsangiz, keyin afsuslanib yurasiz, m ashhur Vashington muzeyida buyuk bobom iz Alisher N avoiyning o ‘z q o ‘li bilan yozgan ikkita g ‘azali bor. Albatta, borib ko‘ring deb, maslahat berishdi. 0 ‘sha kuniyoq bordim. A fsuslar b o ‘lsinki, m uzeyning Q o ‘lyozm alar b o ‘limi berk. M axsus m utaxassislar q o ‘lyozm alar holatini o ‘rganayotgan ekan. Afsus-nadom atlar bilan qaytib chiqdim. Muzeyda k o ‘rsa arziydigan millionlab eksponatlar bor. 0 ‘shalam i k o ‘- rib q o ‘ya qolsam ham bo‘lardi. Ammo, ochig‘ini aytsam, daho shoirim izning q o ‘lyozmasi oldida muqaddas K a’ba toshini tavob etgandek buyuk e ’tiqod bilan bosh egib turmoqchi edim. Niyatimga yetolmadim. Boya shofyor bu yerda kam ida ikki soat b o ‘lasiz, sho- shilm ay ko‘ravering, men bir yarim soatlarda kelaman, degandi. Qayoqqa borishim ni bilmay, muzey hovlisidagi gulzor yoqasiga q o ‘yilgan skameykaga omonatgina o ‘tirdim. Ertaga A merika safarim poyoniga yetadi. Vashingtondan m ashinada to ‘rt yuz kilom etr y o ‘l bosib Nyu-Yorkdagi Kennedi nomidagi aeroportga borishim kerak. U yog‘i Tosh- kentgacha o ‘n besh yarim soat okean ustidan uchib o ‘taman. Elchixonaga borib safar tadorigini ko‘rishim kerak. Aksiga olib, shofyor ham bir yarim soatdan keyin keladi. Uni kutishdan boshqa ilojim y o ‘q edi. Skameykaning narigi boshida o ‘tirgan, yoshini aniqlab bo4m aydigan bir yapon qariyasi menga qarab hadeb iljayadi. 83 K o‘zini oladi, yana qaraydi, iljayadi. Hayron bo‘ldim, nega u bunaqa qilyapti. U surilib yonim ga keldi. - Viy, tovarish A h m e d ? !-d e b so ‘radi chala-chulpa rus tilida. Hayron b o ‘ldim. Dunyoning narigi burchida meni taniydigan odam bor ekan, deb o ‘yladim. - Rutfirro p o m n iti? - dedi u kulib. Biz lagerda Dyun Yerosini «Rutfirro» deb atardik. Men Dyunga uchinchi barakdagi muqovachi Lutfulloni chaqirib kel, deb iltimos qilganim da u muqovachini topolmay, Rut firro y o ‘q ekan, deb javob qilgan edi. Ana shundan keyin b a’zilar uni Rutfirro deb ataydigan boMishgandi. Buni notanish chol qayoqdan biladi ekan deb hayron bo‘ldim. - Tovarish Ahmed, bundan roppa-rosa qirq besh yil oldin, siz bilan qam oq-lagerda birga boTganmiz. Esladim. Bu - Dyunning eng yaqin d o ‘sti losiro edi. Ammo lagerdan b o ‘shab ketgan yaponlam i Imperatorning maxsus buyrugN bilan dengizga cho‘ktirib yuborishgan deb eshitgan edim... U tizzam ga qoTini q o ‘yib, Dyunni eslaysizmi, deb yana so ‘radi. - Bu ajoyib, olijanob insonni unutib bo‘ladimi? - dedim afsuslanib. U paytda losiro o ‘ttiz yoshlarda edi. U uylangan paytlarini, qaylig‘i bilan ikki marta Kabuki teatriga borganini, mashhur aktyorlar ijro etgan rollami xuddi tushida ko‘rgan voqealami aytib berayotgandek gapirardi. Ayt- gancha, uning egizak qizlari bor edi. - Qizlaringiz bilan, xotiningiz bilan diydor ko‘rish- d in g izm i?- deb so‘radim. - Bitta qizimni topdim. Xotinim bilan bir qizim atom nurlanishidan halok boTishgan ekan. U hassasining uchi bilan yer chizib, uzoq turib qoldi. - Men sizni ko‘p eslayman. Esingizdami, ketar chog‘i- m izda Dyun, siz uchovim iz suratga tushgan edik. 0 ‘sha 84 suratni qora kunlarimizdan xotira deb saqlayman. Qizim shu m uzeyning Yapon b o ‘limida ilmiy ish qilyapti. Kuyovim diplomat. Elchixonada ishlaydi. Q izim ning ketidan bu yoqlarga kelib qolganman. Ikki nevaram bilan ovunib yuraman... Uning gapini b o id im : - Sizlam i dengizga ch o ‘ktirib yuborishgan, deb eshitgan edim... - Yolg‘on gap. Bu «parasha» gap. H amm amiz sog‘-omon yurtim izga yetib borganmiz! - Dyun omonm i? Bola-chaqali bo‘lib k e tg a n d ir? -d e b so‘radim undan yaxshi bir gap eshitish ilinjida. - D yun endi y o ‘q , - d e d i losiro hasrat-nadom at b ila n .- K e m a d a k etayotganim izda D yunning yuragi ikki m arta xuruj qildi. V rachlar arang saqlab qolishdi. K em am iz q irg ‘oqqa yetib borganda bizni kutib olish uchun N egate portiga chiqqanlarning son -sano g‘i y o ‘q edi. 0 ‘zin giz bilasiz, D yunning hech kim i y o ‘q, yetim xonada o ‘sgan. U kem adan tushib, hech narsaga qaram ay, q irg ‘oq b o lylab, toMqinlar yuvaverib billurdek sh affo f qilib q o ‘ygan qum lam i to ‘piq b o ‘yi bosib, ancha nari ketdi. K urtkasini yechib, uloqtirdi. B ukchayib o ‘tirdi-da, sh o ‘r qum ni o ‘pa boshladi. U bir bukchayganicha boshini, qaddini k o ‘tarm adi. ToMqinlar uning ustidan sapchib, ikki-uch m etr o ‘tib ketdi. D yunning gavdasi toMqin ostida k o ‘rinm ay ketdi. ToMqin orqaga qaytdi. D yun tom onga yugurdim . Yetib borgunim cha, uni yana ikki m arta toMqin bosdi. Uni qoMtigMdan koM armoqchi boMgandim, eplol- m adim . Dyun qadrdon yurtining billur q irg ‘ogMni o ‘pib, jo n taslim qilgan edi. Labidan oqayotgan qonni qum shi- m ib ketayotgandi. M endan narida gullab turgan sakura tagida qora chodirga o ‘ralib, bir rohiba odam larga javdirab qarar, yum-yum yosh to ‘kardi. U bir vaqtlar parijliklar husniga m ahliyo boMib, O ftob oyim deb atagan tengsiz g o ‘zal M aniko xonim ga 85 endi o ‘xsham asdi. K o ‘zlaridan nur qochgan, archilgan shaftolidek pushti yuzlarini rang tark qilgan, farzand d o g ‘i uni g ‘ijimlab tashlagan, afv qilinganlar orasida m ening bolam ham borm ikin, degan o ‘yda kelganga o ‘xshardi. U ning oldiga borolm adim , Dyun bilan ovora edim. Dyunni o ‘z qo‘lim bilan qabrga q o ‘ydim. Qabri boshiga bir tup sakura k o ‘chatini ekib qo‘ydim. To bu tomonlarga kelgunicha har bahor uning qabri boshiga borib uzoq o ‘tirardim. Sakura gullari to ‘kilib, pushti rangga o ‘ralgan qabr poyiga tiz cho‘kib, birga kechirgan kunlarim izni ko‘z oldim ga keltiraman. Men esam, lagerda Dyun bilan so‘nggi uchrashuvimni eslayman. 0 ‘shanda oy dum-dumaloq, oppoq edi. 0 ‘shanda Dyun Vatanimdan bir tomchi qon qarzdorman degandi. Shu gapi uchun uni qattiq so‘kkan edim. Qarang-a! U niyatiga yctibdi. - Tovarish Ahmed, hozir kuyovim ga telefon qilaman. Q amoqdan b o ‘shaganim izda Dyun bilan uchovim iz tushgan suratni olib keladi. losiro yonidan uyali tclefonni olib, kuyovi bilan gaplashdi. ...Odam bolasi tu g‘ilgan yurtiga o ‘xshaydim i? Bilmadim, men negadir shunaqa deb o ‘ylayman. Dyunning suratiga qarayman. U menga har kuni bitta oftob tu g‘adigan Yaponiyaga o ‘xshab k o ‘rinadi. Unga qaraganim da buyuk Yaponiyani ko‘rib turganga o ‘xshayman. Bodroqdek g ‘uj-g‘uj gullagan sakura soyasida Dyun orom uyqusida yotibdi. Dengiz tom ondan shamol esganda Sakura gullari duv to ‘kiladi. G o‘yo qabr ustiga pushti ko‘rpa yopib ketgandek boTadi. Dyun okean dovullarining dolg‘ali tovushlarini, chag‘alaylarning qiyqiriqlarini eshitib yotibdi. Dunyoning ishlari shunaqa ekan-da... 2001-yil 20-yanvar 8 6 M IN N A T D O R L IK «X alq s o 'zi» g a zeta sin in g shu y il 26-yanvardagi sonida chop etilgan h urm atli adib S a id A h m a d n in g «O ftob oyim » nom li h iko ya si m enda j u d a katta taassurot qo/dirdi. Sobiq Sovet Ittifoqi hududida asir sifatida yashagan ya p o n la r haqida u la m in g o 'zla ri yo zg a n k o 'p la b asarlar, hikoya va xotira kitoblarini о 'qiganman. Lekin yapon asirlari haqida chetdan turib yo zg a n m u a llif hikoyasini ilk bora о ‘qishim dir Bu hikoyada insonning tu y g u la r i va ichki kechinm alari chuqur hissiyot bilan aks ettirilgan, shuningdek, unda hozirgi kunga kelib unutilayozgan an 'analar ham yoritilgan. Ikkinchi ja h o n urushi tugaganidan buyon ya rim asrdan ко ‘p vaqt о ‘tdi, bu urushning xo tira si bugungi ya p o n yo sh - lari orasida asta-sekin unutilib borayotgan bir p a y td a Yaponiyadan olisda bo 'Igan O 'zb ekisto n d a y a p o n asirlarining qism atini eslash m eni ch u q u r t a ’sirlantirdi. Yarim asrdan ко 'p vaqt m o b aynida ко 'ngil qatida ya p o n asirla ri xo tira sin i sa q la b kelib, ular haqida ajoyib hikoya y o zg a n ja n o b S a id A h m a d d a n b a g 'o y a t m innatdorm an. H ozirgi vaqtda j u d a ко ‘p ya p o n la r О ‘zb ekisto n g a sayyoh va tadbirkor sifa tid a kelm oqda, ikki tom onlam a aloqalar kun sa y in rivojlanm oqda va sh u bois y a rim a sr m uqaddam y u za g a kelgan do 'stlik, у a ’n i о 'zbek va ya p o n x a lq i orasidagi ya q in rishtalar d a ra kchisi edi, deb bilam an. O ’zin in g butun bir sa h ifa sin i sh u hikoyaga bag'ish la g a n «Xalq so 'zi» tahririyatiga o 'z m innatdorchiligim ni bildir- m oqchim an. Kyoko NAKAYAMA, Yaponiyaning O ‘zbekistondagi F avqulodda va M a x to r elchisi. 87 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling