To sh k en t «0 ‘z b e k isto n»
SAFARDA YOZILGAN HIKOYALAR
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- YALPIZ HIDI
SAFARDA YOZILGAN HIKOYALAR
SUMBUL («Surxon hikoyalari»dan) V ahobjon Dcnovga bcmahal kelganidan u yoq-bu yoqqa telefon qilib, hech kimni topolmadi. Oxiri o ‘ylab-o‘ylab kolxoz m ehm onxonasida tunab qolishni m a’qul k o ‘rdi. M ehmonxona qorovuli choponini boshiga yopib uxlab yotgan ekan, uning iltim osiga d o ‘ng‘illab-do‘n g ‘illab zo ‘rg ‘a ko‘ndi. Vahobjon ishlagan paytlarda bunaqa jo y y o ‘q edi. M eh m onxona ham keyin qurilibdi. Qorovul uni aylanm a taxta zinadan boshlab chiqib, chiroqni yoqqanda ikkovlari bir- birlariga tikilib qolishdi. - K o‘zim ga issiq ko‘rinasan, uka. Qayerda ko‘rganman?.. - M en sizni taniyapman. Qosim aka em asmisiz? Bundan yigirma olti yil oldin ko‘richagingizni kesib tashlagan edim. Qosim akaning k o ‘zlari chaqnab ketdi. - Anavuni qarang-a, anavuni qarang-a! Voy, joningdan... Qosim aka uning q o ‘lidagi cham adonini olib, qayerga q o ‘yishni bilmay, xonani bir aylanib chiqdi. Oxiri stol ustiga q o ‘yib, unga qaradi. Keyin chamadonni yana olib, ushlab turgancha gapira boshladi: Tirik odam axir bir kun bir-birini ko‘rar ekan. Tan- joningiz sog‘mi? Muni qarang-a. Hozir, hozir... U gapini tugatmay, yigitlardek chaqqonlik bilan zinadan tushib ketdi. Sal o ‘tmay, pastdan to ‘q-to‘q o ‘tin yorgan tovush eshitildi. Vahobjon derazani ochib yubordi. Kech kuz b o ‘lishiga qaramay, ko‘klam havosi uyga yopirildi. 185 Toshkentdan chiqayotganda izg‘irin jonni achitar, allaqachon yalang‘och bo‘lib qolgan novdalam i buydalar edi. X urm ozor orqasidan yarim palla tarvuzdek qip-qizil oy ko‘tarila boshladi. Vahobjon papiros kulini tashlash uchun kuldon qidirib u yoq-bu yoqqa alanglagan edi, bufet ustida turgan kulrang narsaga k o ‘zi tushdi. B eixtiyor yaqin borib qaradi. Q aradi-yu, badani g ‘alati seskandi. Bu dur b o g ‘lagan sumbul butog‘i edi. Q o ‘liga oldi. Panjadek butoqlar usti novvot duridek qalinlashib ketgan, soch tolasidek sumbul novdasi faqat durning singan joy id an arang k o ‘rinib turardi. U sumbulni qoMiga olib, chiroq tagiga keldi. Q o‘llari beixtiyor titradi. Shu payt Qosim aka patnisda xurmo, anor, olm a olib chiqdi. Vahobjon unga y o ‘l beram an deb, qoMidan sumbul, durini tushirib yubordi. Sumbul polga tushib, jaranglab sindi. Vahobjon afsuslanib, dur b o ‘laklarini terib olar ekan, Qosim akaga gunohkorona qaradi. - Hechqisi yo‘q, serob narsa. Xurmoni ermak qilib turing, hozir choy damlab chiqaman. Vahobjon sumbul siniqlariga tikilib, o ‘ylab ketdi. U bu sum bullam ing qayerda borligini biladi. Sumbulsoyda xayol surib o ‘tirgan kunlarini esladi. Vahobjon urushdan oldin meditsina texnikumini tu- gatib, Sumbulsoyga yuborilgan edi. Sumbulsoy tog‘ oralig‘i- dagi qishloq. Past-u baland tepaliklar, archa va qarag‘aylarga burkangan yonbag‘irlar, ko‘z yoshidek tiniq buloqlar, mayda barg azamat tollar qo‘ynida mudragan so‘lim qishloq. Q ishloqning qoq belidan kesib o ‘tgan soydan kechib adirga ko‘tarilsa, butun qishloq kaftda turgandek ko‘rinadi. Adirning orqasida esa tik jarlik. Bu jarlikda faqat qushlam ing chirqillashi-yu shamolning guvillashi eshitiladi, xolos. Jar lik tubida m ajnuntollar q o ‘yniga yashiringan Sumbulsoy bor. Qishloq yigitlari yozning jaziram a kunlari adir oshib, shu jarga tushishardi. Xuddi novvotdan yasalgan qasrdek, Sumbulsoyda bir tekis shuvillagan tom chilarga quloq solib, 186 soatlab o ‘y surib qolishardi. 0 ‘ngirlardan shudring tomadi. Yillar o ‘tib bu shudringlar toshga aylanadi. Sumbul tolalari y o ‘g ‘onlashib, b a’zan tok zangidek durga aylanadi. Vahobjon ham Sumbulsoyda soatlab qolib ketardi. Shu yerda sumbul tolalaridan to ‘kilayotgan tom chilam ing qo‘l soat chiqillashiga o ‘xshash tovushiga quloq solib, ko‘ngliga o ‘t solgan qizning kelishini kutardi. Tog‘liklar odati yomon. Q iz bolaning yigit bilan xilvatda turganini ko‘rishsa, katta janjal chiqadi. Shunga qaramay, qiz kelardi. Adirlardan oshib, toshlar panasida biqinib, Sumbulsoyga yetib kelardi. Gulsum qishloqning o ‘qimishli qizi edi. U ota-onasining qarshiligiga qaramay, Samarqanddagi ham shiralar kursini bitirib kelgan. A m bulatoriyada Vahobjonning q o ‘lida ishladi. U paytlarda qishloq ayollari erkak doktorga ko‘rinmasdilar. Vahobjon uchun Gulsum nihoyatda zarur edi. Vahobjon bilan Gulsum Sumbulsoyda jud a k o ‘p m ar ta uchrashishdi. Ishq-muhabbat o ‘rtagan yuraklarini bir- birlariga tikilib ovutishardi. Ammo kichkinagina qish loqda bunday sim ing uzoq saqlanib qolishi mumkin emas edi. K im dir ulam ing Sumbulsoyda uchrashishlarini payqab qolgan. Ana shunday uchrashishlam ing birida to ‘rt-besh yigit ulam ing y o ‘lini poylab, Sumbulsoyda tutib olishadi. Qizni q o ‘yib yuborishadi-yu, Vahobjonni qishloqqa olib tushishadi. Betiga qora surtib, eshakka teskari mindirgancha qishloqdan chiqarib yuborishadi. C ho‘lda qo‘li bog‘liq, eshakka teskari mingan Vahob jonning qo‘lini cho‘pon chol yechib yuboradi, unga rahmi kelib, otida Denov y o ‘ligacha chiqarib qo‘yadi. C ho‘pon cholning gaplari hali ham Vahobjonning quloqlarida: - O datim iz qursin, bolam. Kelgindiga qiz bermaymiz. Q izim izga sal mundayroq qaraganni ayamaymiz. CTshanda Vahobjon Denovga tongotar paytida kirib kelgandi. O dam lam ing ko‘zlari besaranjom. Hamma tash- vishda. Urush boshlanibdi. 187 Ertaga butun rayonda doktor bolaning betiga qora sur- tilgani, eshakka teskari minib, qishloqdan qochgani ovoza bo‘ladi. Ketish kerak, butunlay ketish kerak. Urush bosh lanibdi. Urushga ketgani m a’qul. Vahobjon to ‘ppa-to‘g ‘ri harbiy komissariatga uchrashdi- yu, ertasi gay oq armiyaga jo ‘nab ketdi. Qirq yil qirg‘in bo‘lsa, ajali yetgan o ‘ladi, deydilar. Vahobjon frontda to‘rt yil kezdi. Qancha yaradorlami jang maydonidan sudrab olib chiqdi. Qancha behol jangchiga qon quydi. Badanlari o ‘qdan ilma-teshik bo‘lib ketdi. Urush tugashi bilan tug‘ilib o ‘sgan qishlog‘i Chinozga qaytib keldi. Dunyo kezgan odam bir joyda turolmas ekan. Toshkentga keldi. Institutga kirib, yana o ‘qishga sho‘ng‘ib ketdi. U frontda ekan paytlarida ikki-uch marta Sumbulsoyga xat yozib, javob kutdi. Ammo Gulsum o ‘m iga imzosiz javob keldi. «Basharang qorakuya sog‘ingan b o ‘lsa, kelaqol...» Ana shundan keyin u xat yozishni to ‘xtatdi. Gulsumni ham, Sumbulsoyni ham unutdi. Shu topda u dur boylagan sumbul siniqlarini ushlab turib, o ‘sha voqealam i bir-bir esladi. K o‘ngli ham quvonch, ham alam bilan o ‘rtandi. Qosim aka yelkada sochiq, q o ‘lida choynak bilan chiqqanda u ana shunday o ‘ylar bilan band edi. - Obbo, do‘xtir uka-ye, muni qarang-a, ko‘risharkanmiz-a. Tinch-omonmisiz? Esingizdami, Sumbulsoydan qaytganin- gizda biznikida tunagan edingiz, o ‘zim armiyaga kuzatib qo‘ygan edim. Qosim aka asli denovlik b o ‘lib, o ‘tin kesish uchun Sumbulsoyga atayin boradi. Bir kun yongkoqzorda sarjin kesayotganda qom ini changallab yotib qoladi. Ikki yigit zam bilda uni am bulatoriyaga olib kelishadi. Vahobjon qarasa ko‘richagi tutib qolgan ekan. U um rida operatsiya qilmagan. Ammo uni darrov operatsiya qilmasa nobud b o ‘lishi aniq 188 edi. Vahobjon tavakkal deb operatsiya qiladi. Qosim aka omon qoladi. Vahobjon qishloqdan quvilganda Denovga kelib, shu kishining uyida tunagan edi. M ana bem ahalda u bilan yana uchrashib qoldi. - Sizdan o ‘la-o‘lguncha qarzdorman. Q o‘lingiz yengil ekan. Mutlaqo tuzalib ketdim. Urushga ham borib keldim. Ikki orden, uch medal oldim. X o ‘sh, endi so ‘rab qo‘yay: biz tom onlarga qaysi shamol uchirdi? - Qizim shu yerda. Ikki oy b o id i ishga kelganiga, Dushanbcdan qayta turib, qizimni ko‘rib o ‘tay, dedim. - Shunaqami? Qani, choyga qarang. Siz bor payt- laringizda bunaqa xurm olar y o ‘q edi, shekilli. Hozir hamma- yoq xurmozor, lim onzor bo‘lib ketgan. Hali Sumbulsoyga y o iin g iz tushmagandir? Ha, ajab zam onlar ekan... Sumbul soyda ham o ‘zgarishlar katta. Telefon jiringladi. Qosim aka trubkani olib, «yo‘q» javobini berdi-yu, yana joyiga ilib q o ‘ydi. - Raisni so‘rayapti. Rais O ybarakka ketgan. Vahobjon bir burda non ushatib, ikki-uch piyola choy ichdi-da, yana o ‘m idan turib, tashqariga qaradi. Oydinda archalam ing uchi baliq skeletidek taralib ko‘rinadi. Semon ariqda suv shildirab oqadi. Qaydadir sa’va sayraydi. Osmoni falakda chirog‘ini miltiratib samolyot ketyapti. Uning ovozi eshitilmaydi. Shu payt elektr lampasi sekin-sekin xiralashib, qizil ipdek b o ‘lib qoldi. Sal o ‘tm ay u ham so ‘ndi. - Shunaqa, dvijok o ‘n ikkigacha ishlaydi. Xudo xohlasa, biron haftadan keyin katta simga ulaymiz. 0 ‘shanda kechasi- yu kunduzi yonadigan bo‘ladi. Sim Nurckdan kelyapti. Lampa yoqib beraym i? - Yo‘q, ovora boTmang. Yotaman. Yo‘lda urinibman she killi. Qosim aka qorong‘ida timirskilanib, karavotga jo y qilib berdi-da, gugurt chaqib, zinadan tushib ketdi. 189 Vahobjon o ‘ringa kirib, ancha vaqtgacha ko‘z yummay, o ‘y surib yotdi. Bu joylarda kechgan kunlarining hammasini esladi. K o‘ziga Gulsum ko‘rinib ketdi. Endi u yoshligining unutib b o ‘lmas bir parchasi b o ‘lib k o ‘rinardi. Vahobjon o ‘ylab-o‘ylab, oxiri uxlab qoldi. Qizi xat yozganda, Denovdan qayerga yuborishlari ham nom a’lum degan edi. Ertalab u shu yem ing o ‘zidan rayon sog‘liqni saqlash bo‘limiga telefon qildi. Qizini surishtirdi. Unga Zarofatning Sumbulsoy am bulatoriyasiga ishga yubo- rilganini aytishdi. Ajab, o ‘zi yashagan qishloq, o ‘zi ishlagan ambulatoriyaga endi qizi kelibdi. Vahobjon ikkilanib o ‘tirmay, o ‘sha yoqqa borishga qaror qildi. Qosim aka bilan xayr-xo‘shlashib, guzarga chiqdi. Kitob savdosi mashinasi Sumbulsoyga ketayotgan ekan, shofyordan iltimos qilgan edi, rozi bo‘ldi. Endi u bir vaqtlar eshakka teskari minib qochgan yo‘l- laridan ketyapti. Yo‘l-yo‘lakay shofyomi hayron qoldirib, goh kuladi, goh qoshlari chimirilib, jiddiy bo‘lib qoladi. Onda-sonda sel olib ketgan, to g‘dan dum alab tushgan toshlar b o ‘lm asa, y o ‘l yaxshi bo‘lib ketibdi. U yer-bu yerda yangi imoratlar uchrab qoladi. Olisda esa, qishloqni b ag ‘riga olgan asriy qoyalar sadafdevor b o ‘lib turibdi. M ashina aylanma, past-baland y o ‘llardan o ‘tib, to g1 orasiga qarab o'rm aladi. Sumbulsoy hamon o ‘shanday. 0 ‘sha gerdaygan qoyalar, o ‘sha sharqiroq telba suvlar. Yon bag‘irlarida o ‘sgan asriy archalar orasida ilashib qolgan bulutlar sokin sudraladi. Kiraverishdagi tepa ortida Q izq o'rg'on ko‘kka intilgan. Qiz- qo'rg'on ning uchini bulut o ‘ragan. Uning q izg‘imtir tanasida o'sgan giyohlar yerga qarab osilgan. Vahobjon tanish manzaralarga mahliyo bo1 lib borarkan, xuddi yigitlik chog‘i qaytib kelgandek entikardi. G o 'y o hozir Gulsum jam alak sochlarini silkitib chopib kelayotgandek... 190 U shunday xayollar bilan am bulatoriyaga yetganini bilm ay qoldi. Eshik oldida b ir dam to ‘xtab, u yoq-bu yoqqa qaradi. U ning xuddi yonginasidan to ‘lagina bir xotin gursillab o ‘tdi. U zina oldiga kelib, tuflisining changini qoqib, kirib ketayotgan edi, Vahobjon gap qotdi. - Zarofat Vahobovnani chaqirib yubormaysizmi? X otinning ishi tig iz r o q ekan shekilli, jav o b o ‘rniga bosh irg‘ab, kirib ketdi. Sal o ‘tm ay oq xalat kiygan Zarofat chiqdi. D adasining kutm aganda kelishiga hayron b o ‘lib, qoshlarini kerib qarab turdi-yu, birdan uning b ag ‘riga otildi. O ta-bola shu k o ‘yi ancha turishdi, keyin Zarofat uni ichkariga undadi. Vahobjon k o ‘nmadi. — Ishingni qilaver, bolam. M en qishloqni biron soat ayla nib kelaman. Kechqurun yana qaytib ketaman. Yo‘l ustida k o ‘rib o ‘tay dedim. U qizi harchand qilsa ham, k o ‘nmay aylangani ketdi. Vahobjon Sumbulsoyga borishga ahd qilgan edi. 0 ‘sha tarafga y o ‘l oldi. A dir o ‘rtasidan ikki arava sig‘adigan yo‘l ochishibdi. Yo‘l tepasida har jo y-har joydan nov kesib o ‘tgan. Novning yorigNdan y o ‘lga suv tom ib turibdi. A rava izlaridan pastga qarab suv siljiyapti. Vahobjon yuqoriga intildi. Tepaga chiqib, qishloqqa yana bir marta qaradi. Butun qishloqning yarm iga tog‘ soyasi tushgan. Q ishloqning yarm ida kechasi- yu, yarm ida kunduzga o ‘xshaydi. Vahobjon suqlanib qarab turdi-da, yana ilgarilab, adirning ortiga qarab ketdi. Jar yoqasiga keldi. Pastlikdan m ajnuntollar g ‘ujumi ko‘rindi. U shitob bilan o ‘sha yoqqa qarab tusha boshladi. Bir gala qush chag ‘-chag‘ qilib k o ‘tarildi. Vahobjon zum o ‘tm ay jarning tubiga yetdi. M ajnuntollarning tanasi yanada y o ‘g ‘onlashib ketibdi. Yerda sudralgan novdalam i k o ‘tarib Vahobjon ichkariga kirdi. G ‘or ichi jim jit. Tepadan tushib turgan bo‘yradek oftob nuri durdan yasalgan devorlam i g ‘alati yoritgan. Tam ovlar b o ‘yniga osilgan sum alakdek durlar 191 uchidan suv tom chilaydi. Tom chilar durga sachraganda pashsha qanoti tckkan tanbur simidek nozik tovush chiqaradi. Katta xarsang toshlar ustidan yopirilib, uchi suvga tegib turgan ho‘l sumbul tolalari xuddi bosh yuvm oqchi bo‘lib jom ga engashgan xotinlam ing sochiga o ‘xshaydi. D evor toshlari dur bog‘lagan bu g ‘or xuddi kattakon novvot qozoniga o ‘xshardi. Har bir dur b o g ‘lagan sumbul tolasidan mayda, ko‘zga k o ‘rinmas tom chilar sachraydi. Nafas olmay quloq tutgan kishi muttasil shovillagan tovush eshitadi. G o‘yo olisda shivalab yom g‘ir yog‘ayotgandek. Vahobjon xarsangga o ‘tirdi. Suvning shovullashiga qu loq soldi. U ertaklar olamiga kirib qolgandek, har bir tovushdan, har bir tom chining chaqnashidan, sachraganda jaranglashidan hozir qanday dir m o‘jiza yuz beradi deb kutardi. U Gulsum muhabbatini shu joyda, shu afsonavor tovushlar orasida tuygan edi. Qani u? Bormikan? Bor bo‘lsa, hali ham o ‘shandaymikan? O radan yigirma olti yil o ‘tib, Gulsum ham on o ‘shanday qizaloq bo‘lib turgandek tuyulardi unga. Y igit-qizlarning qiyq irig ‘i uning hushini o ‘ziga keltirdi. Bosh k o ‘tarib, tolning ro ‘dapo novdalari orasidan tepaga qaradi. 0 ‘n ch og ‘li yigit-qiz shu tarafga qarab yugurishardi. Vahobjon qim irlam ay o ‘tiraverdi. Biri fotoapparat, biri papiros qutisidek radiopriyomnik bilan g ‘orga kirib kelishdi. G ‘or ichi shovqin-suron b o ‘lib ketdi. Radiodan taralgan qo‘shiq dur devorlarida aks sado berib, chiqib ketolmay aylanardi. Yigitlar tepaga tirmashib chiqib, g ‘alati dur haykalchalam i sindirib tushirishardi. D urlar har singanda jaranglab ketardi. Vahobjon ulam ing o ‘yin-kulgisiga xalal bermaslik uchun g ‘or ichidan chiqdi. U endi ariqchadan hatlayotganda qorachagina qiz kelib, uning qo‘lidan tutdi. 192 - Sum bulsoyga kelib quruq ketyapsizmi? M ana, buni oling. U Vahobjonga xuddi oyoqlarini kerib turgan kiyikka o ‘xshash durni berdi. Vahobjon unga rahmat aytib, tepaga intildi. Uning bir qo‘lida bir siqim qop-qora sumbul, bir q o ‘lida dur qoplagan sumbul butog‘i. Avaylab sindirib q o ‘ymaslik uchun, ehtiyot qilib tepaga chiqib oldi. Zarofat eshik oldida uni kutib tarardi. - Qayoqda edingiz? A nchadan beri kutaman. - Qizim, senga sumbul olib keldim. Zarofat bu yoqqa yaqinda kelganidan Sumbulsoyni hali ko‘rmagan edi. Shoshib dadasining qo‘lidan sumbulni oldi. - Sochga o ‘xshar ekan. Yuring. Birpas dam oling. Vahobjon charchagan edi. Qiziga ergashib, yana soy- ning narigi tarafiga o ‘tdi. Bir tavaqali eshikdan hatlab, keng hovliga kirishdi. Bir kampir o ‘choq oldida nim adir qilyapti. Uyga kirishdi. Shifti toqili uy devorlari oqlangan. Tokchalarda har xil kitoblar. - Bosh vrachim izning uyi. Yaxshi odamlar. M ana shu xonani menga b o ‘shatib berishgan. Boya am bulatoriya eshigi oldida uchragan xotin kirdi. Hali Vahobjon uning yuzini ko‘rmagan edi. Endi ko‘rdi. 0 ‘sha Gulsum. Ikkovlari bir-birlariga tikilishgancha qimirlamay qolishdi. Gulsum, oxiri ko‘zini olib qochdi-da, titroq tovush bilan eshitilar-eshitilm as salomlashdi. Gulsum chiqib ketdi. Shundan keyin Vahobjon ketar chog‘ida ham ko‘rinmadi. Vahobjon y o ig a chiqqanda ham, Denovga yetib kelganda ham uning oppoq sochlarini, ajin qoplagan yuzlarini, ayniqsa, iyagidagi tirtiqni ko‘z oldidan nari ketkizolmadi. Qarib qopti. Bemahal qaripti. K o‘zlari hamon o ‘shanday. O radan o ‘n besh kunlar chamasi vaqt o ‘tib, Vahobjon xat oldi. 1 3 - 5 . A hm ad 193 «Dada, bosh vrachim iz o ‘sha kuni siz bilan xayrlasholmay qolgani uchun afv etishingizni so ‘radi. 0 ‘sha kuni bir bem omi ko‘rish uchun toqqa jadal ketib qolgan ekan. 0 ‘zi juda yaxshi, mehribon xotin. Boshidan ju da ko‘p savdolar o ‘tgan deyishadi. Qirq birinchi yilda eri otilgan emish. Bolasi y o ‘q. Ayniqsa, siz kelib ketgandan so‘ng m enga ju d a mehribon b o iib qoldi. R o‘param ga o ‘tirib oladi-da, k o ‘zim ga tikiladi. Kecha yana shunday qildi. K o‘zimga uzoq tikilib turdi-da, yig ‘lab, b ag ‘riga bosdi...» Vahobjon xatni o ‘qib, o g ‘ir uh tortdi. B o‘g ‘zidan nafas emas, olov otilib chiqqandek bo‘ldi. Siyna qishlog'i, 1965-yil, noyabr YALPIZ HIDI Kupe eshigini ochishim bilan o g ‘ziga so‘rg‘ich kiygizil- gan sut to ‘la shishani kaftlari orasiga olib isitib o ‘tirgan xotinni ko‘rdim-u, nim a qilishimni bilmay, turib qoldim. Xotin ham avval esankirab, keyin mayingina kulib qo‘ydi. Uning bu xil, har qanday erkak qonini ko‘pirtiradigan shayton kulgisini ilgari ham bir ko‘rgan edim. Tanimdan son-sanoqsiz chumoli o ‘rmalagandek, g ‘alati seskanish bilan chamadonchamni o‘rindiqqa qo‘ydim-u, yana xotinga qaradim. Uning tizzasida yo‘rgaklangan bola. Poyezd g ‘ildiragining tovushiga quloq solib, nim alam idir o ‘ylayotganga o ‘xshardi. U menga qaramay, q o ‘lidagi sut to‘la shishani stolchaga qo‘ydi-da, bolani tizzasidan olib, yoniga avaylab yotqizdi. Hamma yoqni yalpiz hidi tutib ketdi. U yoq-bu yoqqa qaradim. Darhaqiqat, stolchada bir dasta cho‘l yalpizi yotardi. N im a qilishimni, nim a deyishimni bilmayman. Xotin ham betimga qarayolmaydi. Nazarimda, bu xotinning butun vujudi sirga, k o ‘zlari sehrga to ‘la edi. ... M en u bilan bum og‘i yili saraton kunlarining birida avtobusda uchrashgan edim. Buvaydadan avtobusga chiqqa- 194 nim da yonim da bir juvon o ‘tirardi. Sal y o i yurishim iz bilan issiqqina nafas b o ‘ynim ga urilgandek b o id i. Yo‘q, nafas em as, atirgulning b ag ‘ridan chiqadigan allaqanday beg‘ubor hid edi u. Qarasam , yonim da o iirg a n xotin yelkam ga boshini q o ‘yib, uxlab qopti. Q o iid a g i shohi tugunchasi o y o g im tagiga tushibdi. Bir q o iim n i arang cho‘zib, tugunchani yerdan oldim-u, uni uyg‘otib yubormaslik uchun qimirlamay oiirav erdim . Avtobus bir silkindi. Xotinning boshi sirg‘alib k o ‘kragim ga tushdi. O iim g a ilinmay qolgan soch tolalari to m o g im tagiga kelib qoldi. Shunda d im o g im g a yalpiz isi urildi. X otinning q u lo g id a s o iib qolgan yalpiz shoxini k o ‘rib qoldim. Ko‘pchilik o ‘rtasida begona ayol k o ‘kragim ga bosh q o ‘yib yotishidan xijolat tortib, uni uyg‘otmoqchi b o ‘ldim. Sekin pichirladim: - K o‘zingizni oching, yaxshi emas. Xotin k o ‘zini ochm adi, ingradi. Ichidan alamli bir nido chiqqandek b o ‘ldi. Baxm aldek yumshoq lablari arang qim irladi-yu, suv, deya oldi, xolos. Endi bildim. Xotin behush b o iib qolgan ekan. Orqamda o iirg a n chol dashnom berdi: - Uka, kelinni pastga olib lushing, ko‘ngli behuzur b o ia y o tg an g a o ‘xshaydi. Uylanm agan bo‘ydoq edim. Bu gap q u lo g im g a ham g ‘a- lati, ham allaqanday xush yoqadigan b o iib eshitildi. Bu gap yon-verim dagilam ing q u lo g ig a yetib, birpasda avtobus shivir-shivir b o iib qoldi. Kimdir tez ketayotgan avtobusda chayqala-chayqala oldinga intildi-yu, engashib shofyorga nim adir dedi. Avtobus to ‘xtadi. - Uka, kelinni issiq kunda qiynab qo‘yibsiz. Pastga tushib, suv b o ‘yida picha dam olib oiiring lar. Keyingi avto busda yetib olarsizlar. Nima b o iay otgan in i bilmasdim. Hamm aning ko‘zi menda. Beixtiyor xotinni suyab pastga olib tusharkanman, q u lo g im g a bir gap chalinib qoldi: 195 - Erining bedavoligini qarang, o ‘zi oydekkina ekan, dardi borga o ‘xshaydi. Er o ‘lgur muncha lapashang boMmasa. Hamma yog‘imdan ter chiqib ketdi. Bu mening xotinim emas, sizlarga o ‘xshagan oddiy y o ‘lovchiman, deb baqirib yuborgim keldi. Ammo yelkam ga osilgan nozik q o ‘llar bunga monelik qilayotgandek indayolmasdim. Avtobus meni mutlaqo notanish, lekiniga qaraganning ko‘zini kuydiradigan husni bir jahon ayol bilan y o ‘lga tashlab ketdi. Saraton osmondan olov purkab turibdi. U chko‘prik y o iid a g i tollami bilasiz. Oxiri ko‘rinm aydigan asfalt yo‘l xuddi poyoni y o ‘q soyabon aravaga o ‘xshaydi. Havoning namligidan tol barglari ham qim irlamasdi. BelbogNmni yechib, ariq bo‘yidagi chim ustiga yozdim-u, uni o ‘tqazdim. Xotin eshitilar-eshitilmas dedi: - Nafas ololmayotibman. Shabadaroq joyga olib boring. Bu tashvishni o ‘zim ga qayoqdan orttirdim dedim-u, malol kelgandek, uning oppoq bilaklaridan ushlab turg‘izdim-da, bir qo‘limni belidan o ‘tkazib (boshqa ilojim ham y o ‘q edi), suv yoqalab olib ketdim. A trof jim jit. Na qush uchadi, na odam o ‘tardi. B o‘y baravar qam ishlar qilt etmaydi. Yalanglikroq joyga kelib to ‘xtadik. Xotin sal o ‘ziga keldi. - Voy-e, ko‘kragim ga shamol tegdi-ya! Uning tilga kirishidan sevinib ketib, asta o ‘tqazdim. Ammo u hali ham astoydil o ‘ziga kelmagan edi. Oyoqlarini sal bukib, tizzamga bosh q o ‘yib, yarim ochiq ko‘zlarini so‘ngsiz osm onga tikkancha qimirlamasdi. Kishi bilmas unga qarayman. Kiprik dem agan qora duxobaning o ‘zi. Ayniqsa, chinnidek oppoq yuzida yanada qorayib turardi. Qoshi to ‘mtoqroq. O ralig‘idagi bilinar-bilinmas o ‘sma izi, iyagidagi tariqdek xoli, b o ‘ynida qim irlam ay turib qolgan ter tomchilari bemalol kobrinib turardi. Ich-ichimdan, bu baxt qaydan keldi, deb q o ‘yaman. 196 Ayolning q o ‘li qimirladi. G iyohlam i timirskilab, birini uzdi. Bu cho‘l yalpizi edi. Uni dim og‘iga olib bordi-da, bir hidlab, menga uzatdi. Hidladim. Ana shundagina men baxtni emas, baxt meni topganiga ishondim. Butun olam yalpiz hidiga to ‘lib ketdi. Bir-birimizga tikilamiz. Ammo na undan, na mendan sado chiqadi. Bir-birimiz bilan k o ‘zlarimiz gaplashayotganga o ‘xshardi. Uning ko‘zlarini ko‘rmagansiz. Hali hech bir inson bolasi bunaqa ko‘zni ko‘rmagan. K o‘zlarim iz gaplashardi. Bilmadim, shu alpozda qancha vaqt o ‘tirdik. Har qalay, podadan m ollar qaytayotgan mahal edi. Buzoqlaming ayanchli m a’rashi qulog‘imga eshitilgandek bo‘ldi. Nima b o ‘ldi-yu, xotin sapchib o ‘m idan turib ketdi. Tugunini q o iig a oldi. Endi uning qoshlari chim irilgan, qilm ishidan alamzada- dek k o ‘rinardi. Bilaman, behushlik begona kishining tizzasiga bosh q o ‘yishga m ajbur qilganidan qattiq iztirob chekyapti. U kim ningdir xotini. Bu behushlik uni ne kunlarga boshlashi mumkin. Ammo u m ening unaqa bem a’ni kishilardan em asligim ni bilganda edi, bu xil xayollarga borm asdi. Bola b o ‘lib nom ard xayollarga bormaganman. Shaytonning so ‘ziga kirm aganm an. Buni xotin bilmasdi. K o‘zida q o ‘rqinch va andisha olovi yonyapti. Ketdik. Tol tagida avtobus kutyapmiz. U betimga qaramaydi. Q ovog‘i soliq. Unga, hatto jahl ham yarashardi. Har zardali qarashida vujudim o ‘rtanib ketardi. Avtobus kelganda pillapoyaga oyoq q o ‘yar ekan, yana bir marta qaradi. Bu qarashda meni erm ak qilishmi, rahmat aytishmi - bilib b o im ay d ig an bir ifoda bor edi. U ketdi. Hali-hali bu qarashning m a’nosiga yetolmadim. Bugun vagon kupesida unga yana duch keldim. U yana kuldi. Bu mayin kulgisi meni yana xayolga soldi. N ega kuladi? Ermak qilyaptimi? 197 Provodnik ikkalamizga ham bir stakandan choy keltirib qo‘ydi. U stakandan choy ho‘p!ab turib, vagon silkinishidan qalqib ketdimi, kulaman deb shunday qildimi, har qalay, atlas k o ‘ylagiga choy to ‘kildi. M enga qaradi. - Eslab hali ham kulib yurgandirsiz? Bu gapning m a’nosiga yetdim. Yana jim ketdik. Derazadan b o g ia r o ‘tyapti. Sim- yog‘ochlar bir-birini quvyapti. Ikkovim iz o ‘tmish xayollari bilan bandmiz. Oxiri sabrim chidam ay so‘radim. - Endi tuzalib keldingizmi? - Ha, tuzalib ketdim. Buning uchun sizga rahm at aytishim kerak edi. Hali ham b o ‘lsa aytib q o ‘yish qiyom at qarzim. Rahmat. Vijdonli yigit ekansiz. Bilasizm i? - U menga bir oz tikilib turdi-da, kulimsirab q o ‘ydi. - Siz o ‘shanda baxtingizni y o ‘qotgansiz. Hayron bo‘ldim. Unga savol nazari bilan boqdim. - Bilmadim, - dedi u ko‘zlarini yerga qadab. - Balki adashay otgand i rman. Ehtimol, bir falokatdan qutul- gandirsiz? Ehtimol, men baxtimni topgandirman? Ehtimol, baxtimni yo‘qotgandirman? Bilmayman. Har qalay, o ‘shanda yo men sinovdan o ‘tdim, yo siz sinovdan o ‘tdingiz. 0 ‘sha paytda men odam bolasiga ishonmas edim. Tasodifdan o ‘rgilayki, o ‘shanda sizga yoNiqdim. Agar boshqa kishining qoMiga tushganimda bir umr vijdon azobida qolib ketarmidim... Xotinning ko‘zi jiqqa yoshga toMdi. Bir kiprik qoqsa, oppoq yuzlarini yosh yuvib ketadi. Ammo u kiprik qoqmadi. S o‘ngsiz qora kechalam i bag‘riga sig‘dirgan baxmal k o ‘zlar bu yoshlam i shimib kelgandek b o ‘ldi. Endi u ko’zyoshsiz, unsiz yigMardi. U yana tilga kirdi. U gapirardi-yu, ovozi titrardi. - Bolam hurmati, ishoning, men o ‘sha kuni yomon niyat bilan k o ‘chaga chiqqandim. Meni siz oMimdan qutqardingiz. Qattiq alam o ’tgan edi o ‘shanda. Uning tushunib b o ‘lmaydigan gaplari yana hayron qilib q o ‘ydi meni. 198 - Hayron b o im a n g . Xotin kishi qattiq o ‘ch oladi. Siz erkaklar ayol zotining irodasi b o ‘sh b o ia d i, har qanday xo‘rlikka chidayveradi, deb o ‘ylaysiz. Yo‘q, aslo unaqa emas. M en ham erim dan o ‘ch olm oqchi edim. X otin deraza tarafga qarab jim b o ‘lib qoldi. Poyezd katta bir ko‘prik ustidan guvillab o ‘tib ketdi. Sal nariroq borib gudok berdi. Yo‘l pastlashayotganda kupe eshigi sirg‘anib ochilib ketdi. 0 ‘m im dan turib berkitib qo‘ydim. Xotin yana o ‘girildi. - Bilasizmi, o ‘rtada hurmat, andisha boMmasa, er-xo- tinlik uy zindon boMadi. Ayniqsa, oraga xiyonat oralasa, tamom. U ham alam, ham iztirob bilan menga ikki yildan beri jum boq b o ‘lib xayolimni band qilib yurgan simi ocha boshladi. Erimni yaxshi ko‘rib tekkanman, chiroyli yigit edi. Ko‘p qizlami kuydirgan. Uncha-muncha o ‘rtacha qizlarga qayrilib ham qaramasdi. Ertalab uydan chiqib ketayotganida orqasidan tomosha qilib qolardim. Kechqurunlari ikki ko‘zim ko‘chada edi. U eshikdan uyimga oftobga o‘xshab kirib kelardi. Ana shundoq er menga xiyonat qildi. Jazman orttirdi. Bilasizmi, sevgan kishing, dunyoda yagona baxtim deb bilgan kishing xiyonat qilsa chidab bo‘ladimi? Axir butun umrimni unga bag‘ishlagan bo‘lsam-u, kelajak baxtimni usiz tasavvur qilolmasam-u, menga xiyonat qilsa. Bunga chidab bo‘larmidi. Lekin butun kuchimni, butun sabrimni bir joyga jam lab chidadim. Uni insofga chaqirdim. B o‘lmadi. His-tuyg‘ularimni oyoq osti qilgan kishi oldida ko‘z yoshi to ‘ к ishga g ‘ururim yo‘l bermadi. Bunday qilolmasdim ham. Uning jazmani oldiga borib, erimni tinch qo‘y deyishga ham g ‘ururim yo‘l bermadi. Butun vujudimni o ‘ch olish hissi qamrab oldi. 0 ‘zimni o ‘ldirmoqchi bo‘ldim. M ayli, shu o ‘limim bilan uni vijdon azobiga tashlab ketaman. Bu dog‘ uni o ‘la-o‘lguncha qiynasin, dedim. 199 Shu niyat bilan uydan chiqdim. Yo‘lda keta turib har xil xayollarga boraman. Nimani o ‘ylasam ham, erimdan qasos olishga borib taqalar edi. Ana shunda siz paydo boMdingiz. B o‘lmasa, bilmadim nima b o ‘lardi. Qabrimdan shu paytgacha ikki marta giyoh k o ‘karib chiqarmidi. U yuzlarini ikki q o ‘li bilan to ‘sib, o ‘ksib y ig ‘lab yubordi. Uni yupatishga so‘z topolmasdim. Xotin ingragan tovushda dedi: - Kechiring. Sizdan um r bo‘yi m innatdor b o ‘lib yashay- man. X otiningiz qandoq baxtli ekan, - uning bu gaplari juda uzoqdan eshitilayotganga o ‘xshardi. Jahl bilan uning ko‘zlariga qaradim. Endi u ko‘zlarda andisha izlari y o ‘q edi. Allaqanday nur porlab turardi. - Qaysi baxtli qiz ekan u sizni sevgan. Bu gaplarimga hayron boMmang. Men eng avval vafodor odamni, nomusli odamni baxtli deyman. Baxt tushunchasini o ‘ylaganimda dastavval nomus, vafo k o ‘rinadi. Mana shu ikki narsa boM masa do‘st d o ‘stning, er xotinning, xotin em ing k o ‘zini o ‘yadi. A gar men shoir b o ‘lsam, yozuvchi b o ‘lsam, vafo haqida, inson nomusi haqida kitob yozib charchamasdim. Bu xotinning gaplari meni o ‘ylantirib qo‘ydi. Uning bu gaplari chin haqiqat edi. Insonni jasoratga, xayrli ishlarga yetaklaydigan shu emasmi?! U kichkinagina razyezdda tushib ketdi. Ko^nglida tugilib yotgan armonini to ‘kib, bag‘rini ezib yotgan toshni irgMtib tashlab, qushdck yengil b o ‘lib, manzilida tushib qolgan edi. Kupega qaytib kirdim. Stolcha ustida yalpiz yotardi. Olib hidladim. Ana shundan beri qayda yalpiz ko‘rsam, u keksa tollar soya tashlagan Buvayda yoMlarini k o ‘raman. Bu y o ‘l- lar bir порок er jabrini tortgan, shu jabr-alam qasosga yetak- lagan dilbar, dilbar-u qaysar, bir so ‘zli juvonni eslatadi. U erini tashlab ketdimikin? Tashlab ketgandir. Undan qasos oldimikin? Tashlab ketishdan ortiq qasos bo‘lmaydi-ku! Yalpiz hidi menga ana shularni eslatib q o ‘ydi. Farg'ona, 1960-yil 200 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling