To sh k en t «0 ‘z b e k isto n»
MENGA YETIB KELMAGAN XAT
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- OYIM, DADAM VA MEN
MENGA YETIB KELMAGAN XAT (H assos shoira, ja fo k a s h inson S a ida Z u n nunova hayotidan bir shingil) E llik to ‘rtinchi yili Saidaxondan bir xat oldim. Unda avval ham xat yuborganini aytgan edi. «Bilmadim, bu yuborayotganim xatmi, hikoyami yo boshimdan o ‘tgan savdolarmi? 0 ‘qigan b o ‘lsangiz, o ‘zingiz biron nim a deb nomlarsiz...» Saidaxon aytgan o ‘sha xat m enga yetib kelmagandi. «Boshimdan o ‘tgan savdolar» deganidan xat yetib kelmagani ayon b o ‘ldi. Qaytib keldim. Saidaxon bilan diydor k o ‘rishdik. Bir kuni u o ‘sha xatdan gap boshladi. Olmaganimni aytdim. - Xatda ancha gap bor edi. N im alar yozganimni hozir aytib berolmayman. Uyma-uy ko‘chib yurganim dan xatning qoralamasi ham y o ‘qolib ketgan. Afsus, yuragim dagi butun dard-hasratlarim ni qog‘ozga to ‘kib, k o ‘nglimni b o ‘shatib olgan edim... Yaqinda ish kabinetimni ta’m ir qilish uchun kitoblam i, asarlarimiz bosilgan gazeta-j umal 1 am i, q o ‘lyozmalami ayvonga olib chiqdik. Shunda Saidaxon k o ‘pdan topolmay yurgan, y o ‘qolib ketgan deb gumon qilingan xatning qora- lama nusxasi chiqib qoldi. Bundan qirq to ‘rt yil muqaddam yozilgan bu xat ancha xiralashib, qora qalam bilan yozilgani uchun k o ‘p joylari o ‘chib ketgan edi. M uk tushib o ‘qiy boshladim. «...Men uchun ham ma y o ‘llar bekilgan. Radio, gazeta- jum allar, nashriyotlarga y o ‘l y o ‘q. Yozganlarimni redak- siyalar olmaydi. Radioda bittagina «Kokiling» degan 216 q o ‘shig‘imni b a’zan eshittirib turishardi. U ham to ‘xtadi. Shu q o ‘shiqning kuyiga U yg‘un boshqa she’r yozib beribdi. Ro‘zg ‘om ing ham tagi ko‘rinib qolgan. Qaynona-kelin bir- birimizga qarab, m ung‘ayib o ‘tiramiz. Biror joyga ish so‘rab boray desam, U yg‘un ham ma tashkilotlarga, ishga olmanglar, deb xat yuborib q o ‘ygan. N im a qilishimni bilmayman. 0 ‘ylab-o‘ylab 15 yoshga toMganimda dadam sovg‘a qilgan tilla soatimni sotib, bir eski yozuv mashinkasini oldim. Nashriyotdagi m ashinistkalarga ko‘chirtirish uchun tez-tez qo‘lyozm alar olib kelishadi. Lekin o ‘zlarining ishlari k o ‘p b o ‘lganidan gohida qaytarib berishardi. Endi kelgan qoMyozmalami menga yuborishyapti. Sal ishlarim yurishgandek b o ‘ldi. Oz b o ‘lsa ham q o ‘lim pul k o ‘rdi. Bir qismiga ro‘zg ‘or qilib, yana bir qismiga u-bu olib, sizga posilka yuboraman. Oyim sahar payti bom dod nam ozini o ‘qishga turadi. M eni u y g ‘otib yuborm aslik uchun joynam oz ustida past tovushda Q u r’on tilovat qiladi. Tilovatdan so ‘ng meni uzoq duo qiladi. Yostiqdan bosh k o ‘tarib, quloq solaman. «Е X udoyim , shu m usofirginani o ‘zing q o ‘lla! Shu farishtaginaga tikilganlam ing yuzini teskari qil! Bola bechora kelin b o ‘lib nim a halovat k o ‘rdi... Kelin b o ‘lib yayrab-yashnam adi. Borsa kelm asda bandi zindon b o ‘lib yurgan bolam ning m ushkulini oson qil! Qahri qattiq Istalinning k o ‘ngliga insof solgin! Kelin b o ‘lib ro ‘shnolik k o ‘rm agan, o ‘ynab-kuladigan, yayrab-yashnaydigan payti- da azoblarda o ‘rtangan shu begunoh kelinginam ning y o ‘llaridan g ‘ovlam i olib tashla! R o ‘shnolik k o ‘rsin shu bolaginam ...» Oyimning mayin, xasta ovoz bilan qilayotgan iltijo- laridan o ‘pkam to ‘lib, ko‘zlarim ga yosh qalqiydi. Oyimni bag‘rim ga bosib, baqirib y ig ‘lagim keladi. 0 ‘zimni bosaman. K o‘rpani boshim ga tortib, ezilib-ezilib yig‘layman. K o‘zim to ‘la yosh bilan uxlab qolaman. U yg‘onganimda derazadan tushgan oftob stol ustidagi billur ko‘zada chaqm oqdek yal- 217 yal yonadi. Uning aksi devorda nurli shkllar paydo qiladi. Oyim kirib peshonamni silaydi. - Turing, bolam, choy damladim. Tamaddi qilib oling, - deydi. Andijondagi hovlimiz esimga keladi. Buvim xuddi shunaqa mahal ariq bo‘yida piyola yuvadi. BannogNdagi uzugi piyolaga tekkanda chiq-chiq etib ovoz chiqazardi. Keyin cho‘y dam lab, sochiqqa o ‘rab qo‘yadi. Boshimga kelib: «Tur, tura qol, Saida», deb boshim ni silaydi. Shu tobda buvim ham choy damlab, singillarimni uyg‘otyapti. Qandoq beozor, bearmon kunlar edi Andijondagi kunlarim! Meni Toshkentga nim a bog‘lab turibdi? Shu mehribon, shu pokiza kam pir bilan taqdirim iz birlashib ketganidanmi? Unga behad m ehr qo‘yganimdanmi? Ayriliq dog‘ida o ‘rtan- gan shu musichadek beozor xotinni tashlab ketish menga xuddi xiyonatdek b o iib tuyulishidanmi? Shu munglig‘, kich kinagina jussasida tog‘dek yukni ingramay, faryod urmay ko‘tarib yurgan jannati xotinni tashlab ketish mumkinmi? Biz oyim bilan ikkimiz bitta vujud bo‘lib ketganmiz, axir! Otilgan toshlar ikkovimizga barobar tegadi. Ovsinim ham, egachilarim ham oyimni mendan qizg‘anishadi. Bizni Fotima-Zuhralar deb piching qilishadi. Charchab, diqqat bo‘lib qolgan paytlarim da oyim: «Yuring, ovsiningiznikiga boramiz», deb qoladi. M ehmon qiladilar. O shga unnaydilar. Shunda ovsinim ning biron gapi oyimga tegib ketadi. Anjancha gapimni, «г» ni aytolmasligim nimi ermak qilsa, oyim darrov o ‘m idan turib, tugunini q o ‘lga oladi. «Turing, Saidaxon, ketdik!» deydi. M eni hech kimga cho‘qittirib, ermak qildirib qo‘ymaydi. Eng shirin taomni oldiga q o ‘yganda ham, «Yuring, Saidaxon, ketdik», derdi-da, y o ‘lga tushib ketaverardi. - Oyi, bekor qildingiz, ovsinim xafa b o ‘lib qol di, - deym an y o ‘l-yo‘lakay. - Xafa b o ‘lsa bo‘lar! Tiliga ehtiyot bo‘lsin-da! Bilib qo‘ying, sizni ularga talatib qo‘ymayman. Siz A ndijondek 218 shaham i, onangizni, bir etak ukalaringizni tashlab, yonimda g ‘am guzorlik qilyapsiz. Har sahar sizga Xudodan umr tilayman. Bu kunlar ham unut b o ‘lar, bolam ham kelib qolar. Shunda ikkovimiz bir-birimizning pinjimizga suqilib yashaganimizni ertakdek eslab yuramiz. Biz uyga yetib kelganim izda ovsinim ning o‘g ‘li velosipedga suyanib, kutib turgan boMadi. Ovsinim oshni suzib, bir to g‘orachada berib yuboradi. - Katta oyi, birpasdan keyin adam bilan oyim ke lishadi, - deb jiyaningiz velosipediga minib, j o ‘nab ketadi. Oyim ginalami unutib, uy yig‘ishtirishga kirishadi. - Siz samovarga o ‘t tashlang! Piyolalam i kul bilan yuving. Bilasiz-ku, Zuhurxon dog‘ b o ‘lgan piyolada choy ichmaydi, - deydi lar. Zuhurxon akani jud a yaxshi ko‘raman. To‘g ‘riso‘z, halol, birovni yalab-yulqashni bilmaydi. Bor gapni tikka betiga aytadi. Bilib turibman, Zuhurxon akam bizning arazlab ket- ganimizdan ranjigan. Er-xotin jindek cho‘qishib olishgan. Bu noxushlikni tarqatish uchun er-xotin kelishyapti. Taxminim to ‘g ‘ri chiqdi. Shayxontohur bozorchasidan mayda-chuyda xarid qilib kelishibdi. Hech narsa bo‘lma- gandek oyim ulam i xandon-xushon kutib oldi. Alla- pallagacha gaplashib, o ‘tirib ketishdi. Kech kirib, o ‘z xonam ga kirdim. Sizning to ‘ningizni kiyib, m ashinka bosishga o ‘tirdim. A ziza opa degan yaxshi bir m ashinistka bor edi. 0 ‘ziga olgan qo‘lyozmalarining teng yarmini m enga berardi. Haq berilsa, barobar b o ‘lishib olardik. Yaqinda u M uxtor Avezovning «Abay» romanini ko‘chirishga olgandi. Roman jud a katta hajmda b o ‘lib, Aziza opa: «Hamm asini o ‘zingiz bosing, qoMimda ish ko‘p», degan edi. M en ichkari uyda chiqillatib m ashinka bosaman. Bir tom oniga ip bog‘langan k o ‘zoynagini taqib, oyim Huvaydo g ‘azallarini ovoz chiqarib o ‘qiydi. B a’zan ishimni to ‘xtatib, quloq solaman. Oyim shikasta ovoz bilan g ‘azallam i juda 219 ravon, mayin o ‘qiydi. G ohida oldiga chiqib, pinjiga suqilib eshitaman. Oyim Huvaydoni negadir ayol kishi deb o ‘ylaydi. - Bolam, bilasizmi, Huvaydo bu g ‘azallam i Xudoning jam oliga oshiq b o ‘lib bitgan, - derdi oyim. 0 ‘zingiz bilasiz, uyda oyim ning to ‘rtta kitobi bor. Biri Kalomi Alloh. Esingizdami, uyimizni tintuv qilgan tergovchi Q u r’onni olib ketayotganda oyim yig‘lab-yig‘lab uning qo‘lidan tortib olgandi. Fuzuliy, M ashrab, Huvaydo g ‘azallari oyimning ovunchog‘i. Bir kuni ishlagim kelmay, dangasaligim tutdi. Oyimdan g ‘azal eshitgim keldi. U Fuzuliy g ‘azallarini o ‘qidi. Bir joyda to ‘xtab, baytni ikki-uch marta qaytardi. M ag‘zini chaqqandan keyin m enga tushuntira boshladi. - Fuzuliy chiroyli ayollarga bag‘ishlab k o ‘p oshiqona g ‘azallar bitkan. Manovi baytni eshiting: «Mahshar kuni ко ‘ram deram ul sarvi qomatin, Gar anda ham ко ‘rolmasam, kel, ко ‘r qiyomatin». Bilasizmi, bu nim a degani? Yorning jam olini qiyomatda ko‘raman, agar qiyom atda ham k o ‘rolmasam qiyom atning ham qiyomatini chiqazaman, degani! Oyim Mashrab g bazallarini kam o ‘qiydi. 0 ‘qigan taqdirda ham, albatta: «E Xudo, o ‘zingga tavba!» deb qo‘yadi. - Nega tavba qilasiz? - deb so‘rayman. - Bolam, shoh M ashrab sal devonaroq b o ‘lgan ekanlar. B a’zan o g ‘izlaridan kufr so ‘zlar ham chiqib ketadi. Hatto M akkayi mukarramani pisand qilmagan paytlari b o ‘lgan. Bir g ‘azallarida: «Ibrohim dan qolgan u eski d o ‘konni na qilay», deydilar. Yoki «Etagim ning gardidan yuz ming Xizr paydo bo‘lur» deydilar. Shunaqa baytlam i o ‘qisam, oxiratim k u ‘ymasin, iymonim susaymasin deb, A llohga tavba qilaman. Oyim tasavvuf falsafasini bilmaydi. Uchala kitobdagi may to ‘g ‘risida g ‘azallar bor bo‘lgan sahifalarga xatcho‘p tashlab q o ‘ygan. Shu sahifalami m enga ham o ‘qib bermaydi. 0 ‘qing, desam, q o ‘ying, bolam, oxiratim iz kuymasin, deydilar. 220 Bundan tashqari, oyim bu qam a-qam alam i Stalin bilmaydi deb o ‘ylaydi. «Stalin bilsa, ham ma mahbuslami q o ‘yib yuborardi», deb umid qiladi. Stalin o ‘lganda oyim nihoyatda xafa bo‘ldi. Skverdagi haykali atrofidan bir necha marta aylanib o ‘tdi. Stalin o ‘ldi, Beriya otildi. Ammo biron yengillik b o ‘- lishidan darak yo‘q. Juda diqqat bo‘lib ketdim. Usmon Yusupov M inistrlar Sovetiga rais b o ‘lib keldi, oyimning nornidan unga ariza yozdim. Ahvolimizni tushuntirdim. - Oyi, manavi arizani Usmon Yusupovga olib chiqib berasiz. U kishi o ‘g ‘lingizni yaxshi taniydi, - dedim. - Voy bolam , u kishini qaydan topaman?! Borsam, oldiga kiritishm aydi. Undan ko‘ra, o ‘zingiz opchiqib bersangiz yaxshi b o ‘larmidi, - deydi oyim. Jahlim chiqib ketdi. Qaynona-kelin o ‘rtasida gap qochdi. Agar opchiqib bermasangiz, men Andijonga ketaman! 0 ‘g ‘lingizni kutish kerak bo‘lsa, Andijonda ham kutaveraman - deb shart q o ‘ydim. Oyim m ung‘ayib qoldi. Ko‘zlarida yosh aylandi. Unga ta’sir qilish uchun yanada qattiqroq gapirdim. 0 ‘sha gap- larimga haligacha pushaymon qilaman. 0 ‘zimni o ‘zim kechirolmayman. Xullas, oyim rozi bo‘ldi. Ertalab vaqtli ikkovimiz «Qizil m aydon»ga borib, daraxt tagida qimir- lamay o ‘tirdik. Soat to ‘qqizlarda Yusupovning mashinasi uzoqdan k o ‘rindi. Arizani oyim ning qo‘liga berdim. - Yuguring! Anavi m ilitsioner turgan eshikka qarab yuguring! - dedim. Oyim qo‘lida ariza bilan o ‘qdek otilib ketdi. Yusupov mashinasidan tushayotgan payt oyim ancha berida edi. Hoy bolam! Hoy, Yusupov b o la m ! - d e b qichqirdi oyim. Ichkariga kirmoqchi b o 1 lib turgan Yusupov orqasiga o ‘girilib qaradi. Bu kam pir kim ekan deb, bir ikki qadam oyim tom on yurdi. 2 2 1 - Keling, aya. Keling! - Men yozuvchi Said A hmadning onasiman. Shu qog‘ozni sizga olib keldim. Hamm a gap shunda yozilgan. Adolat qiling, bolam! Sizdan boshqa hech kimdan umidim y o ‘q. Yusupov qog‘ozni olib, bir nim a dedi. Oyim boshini tebratdi. - Qayerga borasiz? Ana, m ashina eltib qo‘yadi. - Yo‘q-yo‘q! Oyim shunday dedi-yu, zudlik bilan orqasiga qaytdi. Oyim k o ‘zdan yiroqlashguncha Yusupov orqasidan qarab turdi. Shu voqeadan o ‘n kunlar o ‘tib, N avoiy k o ‘chasida Sobir A bdullani uchratib qoldim. Yusupov bir nechta atoqli yozuvchilar bilan suhbat o ‘tkazgan ekan. Shunda Yusupov U yg‘unni tikka turg‘izib q o ‘yib, qattiq-qattiq gapiribdi. - Yoshlami turmaga tayyorlaganmizmi?! Qayoqqa qarab o ‘tiribsan?! Agar Said Ahmad dushman b o ‘lsa, sen bilan men ham dushmanman! Chunki uni biz tarbiyalaganmiz. U yg‘un javob berolmay, lavlagiday qizarib-bo‘zarib, joyiga o ‘tirib qolibdi. Bu gaplami Sobir Abdulla aytib berdi. Bilmadim, Usmon Yusupov aralashdimi, hartugul, meni Birlashgan nashriyotga korrektor qilib ishga olishdi. Bu nashriyotda asosan siyosiy adabiyotlar bosiladi. Plenum larda o ‘qilgan dokladlar ertalabgacha bosmadan chiqarilib, tarqatilishi kerak. Kechasi soat ikki-uchlargacha ishda qolib ketaman. M uharrir o ‘rinbosari Rixsi Sohiboyev, 0 ‘zTAG tarjimoni Yahyo Y o'ldoshevlar bilan qaytishim kerak. Ular sizning uyingizda yashayotganimni bilib qolm asinlar deb, oldinroq piyoda uyga jo ‘nayman. K o‘chalar xavfli. 0 ‘g ‘rilar, y o ‘lto‘sarlar k o ‘p. Tongotarga yaqin uyga yaqinlashganim da katta ko‘chaning boshida oyim qim irlam ay kutib turgan b o ‘ladi. - Ha, ishingiz ham bor bo‘lsin-a! 222 U mening sog‘-omonligimni bilgach, pildiragancha ol dim ga tushib ketadi. O rqasidan hovliga kiraman. Das- turxonga o ‘rab q o ‘yilgan iliq ovqatni oldimga q o ‘yadi. M udrab-mudrab bir-ikki qoshiq ovqat yeym an-u, yechin- masdan ko‘rpacha ustida uxlab qolaman. Shu uxlaganim cha soat o ‘nlarda uyg‘onibman. Choy ichib o ‘tirgan edik, k o ‘cha tom ondan mashina tovushi eshitildi. Bir ozdan keyin eshigim iz taqilladi. Oyim borib eshikni ochgan edi, bitta o ‘ris xotin ichkariga kirdi. - Zunnunova Saida shu yerda yashaydim i?- deb so ‘ra- di u. - Izdes, izdes, - deb javob berdi oyim. Men hovliga tushdim. - Zunnunova men bo‘laman, - dedim. - M oskvaga ariza yuborgan edingizmi? - Ha, - deb javob berdim. - U yoqdan sizning ishingizni tekshirgani odam keldi. Soat to ‘rtda M arkaziy Kom itetga boring. Siz bilan gapla- shishadi. U ketgandan keyin shoshilib kiyindim-u, nashriyotga chopdim. Nashriyot direktori Vasiliy Fyodorovich Arxan- gelskiy bir ajoyib inson edi. Unga meni yuqoriga chaqi- rishayotganini aytdim. - X abarim bor, - dedi u. - Kecha kechqurun men bilan gaplashishdi, sen to ‘g ‘ringda bilganlarimni aytib berdim. Bejiz kelmagan. Yaxshilik b o ‘lishini sezib turibman. K o‘pam hayajonlanm asdan, o ‘zingni bosib gapirgin. Ortiqcha gap aralashtirm a...» Qirq to ‘rt yil muqaddam yozilgan ushbu xatning oxirgi sahifasi y o ‘q edi. Partkom issiya vakili nima dedi, bilmadim. Shuni yaxshi bilam anki, 1954-yilning o ‘rtalarida Saidaxondan ham ma «ayblar» olib tashlandi. Yozuvchilar uyushmasining a ’zoligiga tiklandi. Gazeta-j umal larda asarlari birin-ketin chop etila boshlandi. 0 ‘sha yili «Gullar vodiysi» nomli she’riy to ‘plami ham bosilib chiqdi. 223 Oyim qazo qilganda Saidaxon ham ma m arosim larini bir farzanddek ado etdi. 0 ‘zi ham to um rining oxirlarigacha, oyim undoq edilar, oyim bundoq edilar, deb eslab yurdi. Qirq to ‘rt yil ko‘zdan yashirilgan xat bugun qoMimda. Kichkinagina jussasida shuncha g ‘am lam i fildek ko‘tara olgan Saidaxonning munis chehrasi ko‘z oldimga keldi. Ichimdan alamli bir x o ‘rsiniq otilib chiqdi-yu, b o ‘g ‘zimni kuydirdi. D unyoning ishlari shunaqa ekan-da, chidam ay ilojing qancha, deb o ‘zim ni o ‘zim ovutaman. 224 OYIM, DADAM VA MEN (So ‘ngso z о ‘rnida) D a d a m «Ufq» ning ikkinchi kitobini yozayotgan paytlar edi. Oyim dadam ning kayfiyatini buzm aslik uchun ko‘chada boMayotgan har xil gaplam i, m ish-m ishlam i yetkazmaslikka harakat qilardi. D adamning bir odati bor, biron narsadan diqqat b o iib qolsa, diqqatvozligi bosilm aguncha biron satr yozolmasdi. Shuning uchun ham oyim uni suyuntiradigan gaplami topib kelardi. U mutlaqo yozm ay qo‘ygan, o g ‘aynilari bilan vaqtini bekor oik azay o tg an paytlarda, Xudo kechirsin, deb dadam ga y olg‘on gapirardi: - G ‘afur akani ko‘rgan edim, bum nboy nega hech narsa yozm ayapti, bunaqa qilsa soyuzdan o ‘chirtirvoram an, - de- yaptilar. - A bdulla aka telefon qildilar, kechagina chiqqan bolalar undan o ‘tib ketyapti, aytib q o ‘ying, adabiyot danga- salikni yoqtirm aydi. Yozmasa, boshqa tirikchilik qilsin, - dedilar. Dadamga bu gaplar xush yoqardi. Chippa-chin ishonardi. K o‘chaga ham chiqmay, berilib yozishga tushib ketardi. Dadam kechasi bilan ishlab, tong paytida uxlardi. Kechasi oyim bilan ikkovimiz dadam ning ish kabinetidan eshitilib turgan m ashinka tovushiga quloq solib yotardik. Oyimning mana bu satrlari o ‘sha paytda yozilgandi. Eshik tirqishidan bir chiziq yonib, Oftob bo ‘lib kirib, yoritar xonam. Mashinkang chiqillar, to ‘xtaydi ba ’zan, Bilaman, chekyapsan, chekyapsan ulab. Koshki ochib qo ‘ysa, deb derazani, Kamroq cheksa-chi, deb bo 'laman xunob, 225 Xonangni tutundan poklash dardida Bedor о 'tiraman sendan narida. Dadam tongotar paytida uxlashga yotardi. Va albatta oyimga xat yozib, stolga qo‘yardi: «Saidaxon, iltim os, q o ‘lyozm ani o ‘qim ang. U stidan bir k o ‘z yugurtirib, albatta o ‘zim o ‘qib beram an. H ar ehtim olga qarshi q o ‘lyozmani siz topolm aydigan jo y g a bekitib q o ‘ydim. Qidirm ang, baribir topolmaysiz». Dadam q o ‘lyozmasini pechka dudburonining ichigami, mening o ‘yinchoqlarim solingan qutichaning ichigami yashirib qo‘yardi. U crtasiga q o iy o zm an i tahrir qilib oyimga o ‘qib berardi. Oyim, falon jum laning o ‘zi yaxshi edi, bekor tuzatibsiz, deganda, dadam, iya, o ‘qiganmidingiz, deb so ‘rardi. Shunda oyim, xotin kishining uyiga narsa yashirib boMadimi, deb kulardi. Oltmishinchi yillam ing oxirlari b o ‘lsa kerak, dadam jud a berilib «Ufq»ning oxirgi kitobini yozayotgan edi. Dadam saharda yotgancha, kunduz soat o ‘n ikkilargacha uxlab olardi. Shunday kunlam ing birida pochtachi bir dasta gazeta-jurnallam i tashlab ketdi. Oyim «Sharq yulduzi»ni varaqlay boshladi. Ichayotgan choyi ham sovib qoldi. Berilib nim anidir o ‘qirdi. Keyin uydan qaychi olib chiqib, jum aldagi boya o ‘qiyotgan maqolani jud a ehtiyotlab qiyib oldi. Sinchiklab qaragan odam jum alning shu joyidan maqola olib tashlanganini bilolmasdi ham. Keyin jum al oxiridagi mundarija bosilgan sahifani ham yirtib olib tashladi. Menga qarab dadangga aytma, deb tayinladi. Oyim yirtib olgan m aqola «Ufq»ni atay badnom qilish uchun qandaydir g ‘araz bilan yozilgan m aqola edi. D adamning odatini men ham bilardim. Biron nimadan diqqat bo‘lib qolsa, qo‘li ishdan sovib, mutlaqo yozmay q o ‘yardi. Roman «Sharq yulduzi»da bosilgan edi. Oyim telefon qilib, Hamid G ‘ulomga shunday degani esimda: 226 - Jurnalning o ‘zi romanni bosib, endi o ‘z derazasiga o ‘zi loy chaplayapti. Dadam bu maqolani ko‘rmadiyam, bilmadiyam, o ‘qimadiyam. Faqat yaqinda uyimiz ta ’mirlanayotganda o ‘sha m aqola topildi. Dadam o ‘qib, kulib q o ‘ya qoldi. Andijondagi bog‘imiz etagidan Qoradaryo qirg‘oqqa sapchib oqardi. Bu tom onda hovlimizning ichidan katta Farg‘ona kanali o ‘tardi. Dadam kanal bo‘yidagi barglari quyuq bir tup daraxt tagiga kanalning qirg‘o g ‘idan to qoq yarm igacha yetgan so ‘ri qurgandi. Men ko‘pincha so‘rida oyog‘imni suvga botirib, maza qilib o ‘tirardim. Oyim urishib-urishib, suv bo‘yidan meni haydardi. Bunga sabab kanaldan ba’zan ilon suzib o ‘tardi. Dadam bog‘imizda kechasi yozmasdi. Daryo bo‘ylaridagi sholipoyalarda chivin ko‘p bo‘lardi. To kechasi soat o ‘n birlargacha chivin chaqib bezor qilardi. Kechasi daryo tomondan shamol esganda, chivinlar allaqayoqqa g‘oyib boMardi. Dadam ertalab tong otishi bilan mashinkasini ko‘tarib, kanal bo‘yidagi so‘riga chiqardi. So‘ridan yetti-sakkiz metr narida dadam kanalga qurgan charxpalak g ‘iyqillab aylanib turardi. Uning novidan oqayotgan suvdan ichish uchun har xil qushlar uchib kelishardi. Qizil, ko‘k, sariq, zangori ninachilar tinimsiz uchib turardi. B a’zan ular suvda oqib kelayotgan barglarga qo‘nib, xuddi qayiqda suzayotgandek sayr qilardilar. Ba’zilari suvga qo‘nib oqib o‘tardilar. BogNmizga m ehm on ko‘p kelardi. Saraton avjiga chiqqanda, hatto hashamatli bog‘lar qurgan raislar ham salqinlagani biznikiga kelardilar. Butun Izboskan va Andijon tum anida shu jo y dan ortiq salqin jo y y o ‘q edi. To tushlikkacha to ‘rt-besh qog‘oz yozib olmasa, keyin ishlab b o ‘lmasdi. Shuning uchun oyim so ‘ri bilan uyimiz oraligNdagi shaftoli tagiga kichkinagina kursi qo‘ygan, men dadamga qorovul bo‘lib o ‘tirardim. Dadam charchab yonboshlasa, darrov, oyi, dadam yotdi, deb xabar qilardim. Dadam shoshib yana m ashinka bosishga tushib ketardi. 227 Oyim suvga, charxpalakka qarab o ‘tirib, mana bu she’mi yozgandi: Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling