To sh k en t «0 ‘z b e k isto n»


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana07.07.2020
Hajmi5.6 Mb.
#100002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

PR O FESSO R   UM ARALI 
NO RM ATO VG A  XAT
A zizim   U m arali!  Siz  h a r  ко ‘rishganim izda  «B oshingizdan 
o ‘tgan  voqealarni  y o zin g !»   deb  q is ta r  edingiz.  N im a  deb 
ja v o b   berganim   esingizdam i?
U   voqealarni  y o zm o q   uchun  xa yo la n   qam oq  lagerlariga 
borishim , 
о ‘sh a   a zo b-uqubatlarni  qaytadan  boshim dan 
kechirishim   kerak.  B unga  en d i  y u ra g im   bardosh  berolm as, 
degandim .
M ana,  « B o rsa   kelm a s  d a rvo za si» g a   n u q ta   qo  ‘ydim . 
O 'rn im d a n   tu ra y o tg a n im d a   boshim   aylanib,  o 'tir ib   qoldim . 
Ich ka ri  uyd a   tele v izo r  к о ‘rib 
o 'tir g a n   k u y o v -o 'g 'lim  
M a h m u d jo n n i  chaqirdim .  U   ra n g im n i  к о ‘rib,  q o 'r q ib   ketdi. 
S h o sh ib   to m irim n i  ushladi.  Ich k a rid a n   a p p a ra t  olib  chiqib, 
qon  bo sim im n i  o 'lch a d i.  2 0 0   g a   130.
Bilam an,  bu  insult  o stonasidagi  holat.
B esh  kun  kecha-yu  kunduz  uxlam ay,  ushbu  xo tira n i 
yozdim .  Go ‘y o   besh  kun  qaytadan  qam alib  chiqdim .
«Sarob»  degan  hikoyam ni  o'qigansiz.  U nga  ham   nuqta 
q o 'yg a n im d a   shu  a h volga  tushgandim .  O 'sh a n d a   m eni  shu 
M ahm udjon  о 'lim dan  sa q la b   qolgandi.  K ech a si  so a t  uchda 
nevaram   sh a h a r  uyim izga  telefon  qilib,  d a d a sig a   ahvolim ni 
aytganida,  и  g o ‘у о   Q ibrayga  uchib  kelgan  edi,  «Tez 
y o rd a m » n i  chaqirib,  kasalxonaga  oborgan.
«Sarob»da  ham   lager,  qam oq  voqealarini  yozgandim . 
Yurak  ко ‘tarolmadi.  S h undoq  bo ‘lishini  bilaturib  y o zg a n  
edim.  Q andoq  qora  ku n la r  boshim izga  tu shganini  bizdan 
keyingilar  bilsin,  deb yozdim .
О  ‘qib  ко ‘ring,  т а 'qul  bo ‘Isa  b eh a d   quvonardim .
Sizga  sam im iy  salom   bilan  S.A.
2000-yil  5-m ay
42

TAQ DIR,  TAQ DIR,  M U NCH A 
SH AFQ ATSIZSAN?
(«К о ‘z  y o s h i  to m g a n   h ik o y a la r »   tu rk u m id a n )
S ta lin   o ‘lgan,  Beriya  otilgan,  m ahbuslarga  munosabat 
bir  qadar  yumshagan  paytlar.  Avgust  oyida  lagerimizga 
respublika  ichki  ishlar  vazirining  o ‘rinbosari  general  Jaqsiliq 
Stepanov kelib, m ahbuslar bilan suhbatlashdi. Q amoq ichidagi 
qamoq,  y a’ni  kechasi  m ahbuslar  ustidan  qulflab  q o ‘yilgan 
baraklar  derazalaridan  tem ir  panjaralar  yaqin  kunlarda 
olib  tashlanishini  aytdi.  U  QozogNstonning  Rossiya  bilan 
chegaradosh  Pavlodar  viloyatida,  Irtish  daryosi  b o ‘ylarida 
katta  b o ‘lgan,  ruslashib  ketgan  qozoq  oilasida  tu g‘ilgan 
edi.  U  yetkazgan  xushxabardan  quvongan  m ahbuslar  qarsak 
chalib,  m innatdorchiliklarini  izhor  qildilar.
-   Yaxshi  kunlam i  kutinglar.  Hamm angizning  tergov 
m ateriallaringiz 
ittifoq 
komissiyasi 
tom onidan 
k o ‘rib 
chiqilyapti.  U lar  bizdan  har  biringiz  to ‘g ‘ringizda  fikr 
so ‘rashadi.  H ozir  yuzdan  ortiq  odam  sizlarga  xarakteristika 
yozish  bilan  band.  Iltimos,  tartib-qoidani  buzmanglar.  0 ‘zini 
yaxshi,  intizomli  tutganlar  vaqtliroq  erkinlikka  chiqadi lar. 
H ar  kim  o ‘z  mutaxassisligi  b o ‘yicha  ish  k o ‘rsatishi  kerak.
Norqobil  degan  zek  o ‘m idan  turib,  qo‘lini  ko‘tardi.  U 
asli  term izlik  bo‘lib,  Am udaryo  portida  qayiqchi  b o ‘lib 
ishlagan.  Vazifasi -  kem ada  kelgan  yuklam ing A fg‘onistonga 
tegishlisini  qayiqda  narigi  qirg‘oqqa  o ‘tkazib  topshirish.  U 
josuslikda  ayblanib,  o ‘n  besh  yil  m uddatga  hukm  qilingan. 
Ya’ni,  aybi -  daryoning  naryog‘ida  afg‘on  savdogaridan  bir 
kostum  bilan  tufli  sotib  olgani.  Chet  ellik  shubhali  odam
43

bilan  aloqada  b o ‘lgansan,  deb  ayblangan  edi.  Hozir  u  qirq 
yoshdan  oshgan.  Hamon  muddat  ustiga  m uddat  oladi. 
Yigirma  yillik  qamoq  uni  professional  m ahbusga  aylantirgan. 
U  josus  so ‘ziga  ko‘nikib  ketgan.  0 ‘zini  chinakam   josus 
b o ‘lsam  kerak,  deb  o ‘ylardi.  Va  bunga  ishonardi.  Norqobil, 
asosan,  lager  tarbiyasini  olgan.  Blatnoylar  tilini  mukammal 
egallagan.  Ozodlik,  erkinlik,  degan  so‘zlar  endi  uning  uchun 
o ‘z  m a’nosini  y o ‘qotgan  edi.  U  butunlay  «lager  o ‘g ‘li» 
b o iib   ketgan.
-   Grajdanin  general,  siz  hozir,  har  biringiz  o ‘z  muta- 
xassisligingizni  ishga  solib  xizm at  qiling,  dedingiz.  M enga 
topshiriq  bering,  o ‘z  mutaxassisligim  sohasida  o ‘zimni  oqlay.
General  Stepanov  uning  so‘zlarini  eshitib,  qiziqib  so ‘radi:
-   M utaxassisligingiz  qanday?  A lbatta  foydalanamiz.
-   Shpionman,  grajdanin  general.  Topshiriq  bering,  bajar- 
masam  gad  budu.
M ingga  yaqin  mahbus  qarsillab  kulib  yubordi.  General 
uning  chala-chulpa  o iis c h a   gaplari-yu  so ‘kinishlaridan 
zavqlanib  kulardi.
-   Nega  kulasizlar?  Chego  smeetes  gadi,  ex  vi  podonki.
Uning  blatnoy  do‘stlari  esa:
-   Vo  daet  zaraza,  shuruy,  shuruy  natsmen, -  deya  uni 
rag‘batlantirishar  edi.
General  ketdi.  Zeklam ing  ko‘nglida  allaqanday  erkinlik 
uchquni  qoldi.
Ellik  uchinchi  yilning  qishi  ju da  o g ‘ir  keldi.  H ar  kuni 
shamol  aralash  qor  b o ‘ralaydi.  Yoningda  turgan  odamni  ham 
ko‘rolmaysan.
Bunday  paytlarda  soqchilar  soni  k o ‘paytiriladi.
Q or  tingan  paytlarda  tuman  bosadi.  Lager  devorlaridagi 
kuchli  projektorlar  zona  ichini  yoritish  u  yoqda  tursin, 
projektom ing o ‘zi  qog‘ozga  tomgan  y o g ‘dek  arang  ko‘rinadi. 
Tumanda  adashib  qolgan  m ahbuslar  yoT  topolmay,  tikanli 
simlar  bilan  to ‘silgan  devor  yoniga  borib  qolishar,  simga
44

tegib  ketganda  trevoga  zangi  o ‘zidan  o ‘zi  chalinib,  lager 
bo‘ylab  uzoq  vaqt jaranglab  turadi.  Devor burchagidagi  vish- 
kada  soqchilar  avtomatdan  o ‘q  uzadilar.
M ahbuslar yashaydigan  o ‘n  bir barakdan  to  oshxonagacha 
o ‘n  bitta  tem ir  arqon  tortiladi.  M ahbuslar  oshxonaga  shu 
arqonni  ushlab  boradilar.  Agar  arqondan  q o ‘llari  chiqib 
ketsa,  to  tuman  tarqaguncha  y o ‘l  topolmay  sarson  bo‘lib 
yuraveradilar.  M ahbuslar  o ‘n  bir  barakdan  tortilgan  arqon- 
lam i  quyosh  nuriga  o ‘xshatishardi.  B a’zilar  chum olilardek 
o ‘n  bir joydan  oshxona  tom on  o ‘rm alayotganlarga  qarab:  bu 
yerda  ham ma  y o ‘llar  komm unizm ga  olib  boradi,  deb  piching 
qilishardi.
Tuman  chog‘lari  mahbuslar  qochmasdi.  Q ochganlam ing 
qancha-qanchasi  cho‘lda  muzlab,  qashqir-u  shoqollarga  yem 
b o ‘lishgan.
Fayzsiz  bunday  qish  oqshom larida  yuragi  shundog‘am 
g ‘amga  toMgan  zeklar  murdadek  qim irlamay  o ‘tiraverardilar.
Ishga  olib  chiqilgan  m ahbuslar  to  tuman  tarqamaguncha 
olib  kelinmasdi.  Kon  oldidagi  atrofi  tikanli  sim  bilan  o ‘ralgan 
m aydonchada  qorga  k o ‘milib,  och-nahor  o ‘tirib,  tuman  tar- 
qashini  kutardilar.
Zeklar  yashaydigan  baraklar  qanchalik  yoritilmasin, 
odam lar  ko‘ksini  yoritolmasdi.  Ular  negadir  q o ‘shni  uyda 
o ‘lik  yotgandek  bir-birlari  bilan  shivirlab  gaplashishardi.
Uzoq  yillar  qam oqlarda  yashaganlar  bu  holga  k o ‘nikib 
ketishgan  edi.  Ayniqsa,  g ‘arbiy  ukrainaliklar  erkinlikdan 
tamoman  umidlarini  uzgan  edilar.  Shu  topda  ulardan  biri 
nara  (to‘rt  kishi  yotishiga  m o‘ljallangan  ikki  qavatli  so ‘ri) 
ustida  chalqancha  yotgancha  shiftga  tikilib  «Dvlyu  ya  na 
nebo»  degan  ukrainlam ing  eng  sevgan  g ‘amgin  q o ‘shig‘ini 
kuylayapti.  Bu  qo‘shiqni  tinglagan  har  qanday  tosh  yurak 
odam  ham  yum -yum   yosh  to ‘kardi.
Odamzod  qiziq  b o ‘larkan-da!  Shundoq  azobli,  ayanchli 
dam larda  ham  bir-birlari  bilan jiqqam usht  boMardilar.
45

Barakdagi  kattakon  bak  suvga  to ‘ldirib  q o ‘yiladi.  Uning 
pastidagi  jo ‘m rakka  bandi  zanjirlangan  va  qulflangan  krujka 
osib  q o ‘yilgan.  K o‘pincha  musulmon  dinidagi  0 ‘rta  osiyo- 
liklar,  kavkazliklar,  tatarlar shu  bak  oldida ch o ‘kkalab  tahorat 
oladi lar.
Boshqa  dindagilar,  biz  suv  ichadigan  idishni  harom 
qilding,  deb  to ‘polon  qiladilar.  M ushtlashish  boshlanadi. 
Soqchilar  barakka  kirib,  qonga  belangan janjalkashlam i  ajra- 
tadilar.  Bir,  ikki  zekni  haydab  opchiqib  ketadilar.
Barak  derazalaridagi  panjaralarni  olib  tashlashga,  ba- 
rakni  qulflam aslikka  s o ‘z  bergan  ichki  ishlar  vazirining 
o ‘rinbosari,  general  v a’dasini  bajarm adi.  M ahbuslar  kech- 
qurun  barakka  kelishlari  bilan  nazoratchilar  ulam i  sanab, 
ustilaridan  qulflab  q o ‘yishadi.  Ham m a  hojat  ishlari  shu 
yerning  o ‘zida  b o ia d i.
Men  о ‘sha  paytda  «M adaniy  tarbiya»  b o iim id a   rassom 
edim.  Vazifam  qaysi  brigada  qancha  ruda  qaziganini  sahar- 
gacha  katta-katta  shchitlarga  yozib,  zonaning  k o ‘rinarli 
joyiga  ilib  q o ‘yish  edi.
Sovuq  shundoq  zaptiga  olgan  dekabr  kechasi  edi. 
Oltinchi  barakda  qiy-chuv  b o iib   qoldi.  M ahbuslam ing 
dod-voylarini  eshitib,  o ‘sha  tom onga  yugurdim.  Barakda 
y o n g in   b o iay o tg an   edi.  M ahbuslar  etik  bilan  tepib,  oynalari 
sindirilgan  derazalardan  buralib-buralib  qop-qora  tutun 
chiqardi.  O i   ichida  qolganlar  yordam  so ‘rab  qichqirishardi.
Qor 
qalin 
yoqqan 
paytlarda 
mahbuslarga 
piyma 
(valenka  -  tagcharmi  y o ‘q  namat  etik)  berilardi.  Ilashgan  qor 
barakka  kirganda  erib,  valenkalar  jiqqa  h o i   b o iib   ketardi. 
M ahbuslar  ulami  quritish  uchun  barak  pechi  ustiga  qator 
terib  qo‘yardilar.  Y o n g in   ana  shu  valenkalardan  boshlangan 
edi.
Nazoratchi  starshina  Demyanov  yonayotgan  barakka 
qarab,  moxorka  tutatib  turardi.
-   Eshikni  ochm aysanm i? -  deya  unga  baqirdim.
4 6

-   H aqqim  yo‘q.  M axsus  buyruq  b o ‘lm aguncha  ochol- 
mayman, -  deya  q a t’iy javob  qildi  u.
-   Yetmish  ikki  odam  b o ‘g ‘ilib  o ‘ladi-ku!  Nahotki  rah- 
m ing  kelmasa?  Bu  ishing  uchun  hali  javob  berasan, -  dedim 
g ‘azab  bilan.
-   M en  buyruqni  bajaraman.  Bu  fashistlar  kuysa  kuya- 
versin,  yonsa  yonaversin.  Barakdan  yetmish  ikkita  kalla 
bilan  bir  yuz  qirq  to ‘rtta  oyoq  topilsa  b o ig a n i.  U  yog‘i 
bilan,  o ‘lik-tirigi  bilan  ishim  yo‘q.
Zona devoridagi  soqchi  bo‘layotgan  voqeani  kuzatib turgan 
ekan.  Telefonda  shtabga xabar qilibdi.  Zudlik bilan navbatchisi 
yetib  keldi.  Demyanovga  eshiklami  och,  deb  buyruq  berdi.
Dadajon  ham  shu  barakda  yashardi.  U  bir  yarim  oydan 
beri to ‘shakka yotib qolgan, hassaga tayanib, arang oshxonaga 
borib  kelardi.  K o‘pincha  hamyurtlari  unga  ovqatni  keltirib 
berardilar.
D adajonga  nim a  b o ‘ldiykin,  deb  tashvishlana  bosh ­
ladim.
Barak  eshigi  o ‘t  o ‘chirish  qoidalariga  rioya  qilinmay 
o ‘m atilgan  edi.  Eshiklar  ichkariga  ochilardi.  Bu barakni  mah­
buslam ing  o ‘zlari  qurgandilar.  Prorab  qancha  tayinlamasin, 
quloq  solmagandilar.  Yong‘in  chiqqanda,  yo  yer  qimirlagan 
paytda  ichkaridagilar  o ‘zlarini  eshikka  uradilar,  shunda  eshik 
yopilib  qolib,  ochishning  iloji  b o ‘lmaydi.  M ahbuslar  barakda 
o ‘zlari  uchun  o ‘zlari  qopqon  yasagan  edilar.  Bir  soldat  lorn 
olib  kelib  eshikni  buzdi.  Ichkaridan  tutunda  holsizlanganlar 
biri birini  itarib, tashqariga chiqa boshladilar, to iib  oqayotgan 
anhor  qirg‘o g ‘i  o ‘pirilganday  b o ‘ldi.  O dam lar  tinmay  yo‘ta- 
lishar,  o ‘qchishardi.  U lar  orasida  Dadajon  ko‘rinmasdi. 
Deyarli  ham ma  m ahbuslar  tashqariga  chiqdi.  Dadajon  y o ‘q. 
Nazoratchi  m ahbuslam i  bir-bir  sanadi.  U lam ing  soni  yetmish 
bitta  edi.
-   Dadajon  y o ‘q,  ichkarida  qolib  ketibdi, -  dedim.  Bata- 
reya  chiroq  ushlagan  to‘rt  soldat  gaz  niqob  kiyib  barakka,
4 7

tutunlar  orasiga  kirib  ketdi.  Sal  fursatdan  keyin  hushidan 
ketgan  Dadajonni  ko‘tarib  chiqishdi.  Qalin  qor  bosgan  yerga 
yotqizishdi.  Shoshib  bordim-u  bushlat  bog‘ichini  yechib, 
ko‘kragiga  quloq  tutdim.  Yuragi  urmasdi.  Lekin  tani  hali  issiq 
edi.  Bilagini  ko‘tarib,  tomirini  ushlab  k o ‘rdim.  0 ‘ttiz  uch  yil 
dukillab  muttasil  urib  turgan  yurak  endi  urishdan  to ‘xtagan 
edi.  Uning  ochiq  qolgan  ko‘zlariga qaradim.  Tun  qorong‘usida 
ko‘zlarida  qanday  ifoda  qotib  qolganini  bilolmadim.  Qaboq- 
larini  kaftim  bilan  pastga  qarab  siladim.  Yetdim,  deganda 
yiqilgan  Dadajonning  bu  dunyoga  to ‘ymagan,  erkinlik  yo‘liga 
intizor  tikilgan  ko‘zlari  endi  bir  umrga  yumildi.
Gam izondan  kapitan  Rasulov  yetib  keldi.  Qator  yot­
qizib  q o ‘yilgan,  tinmay  o ‘qchiyotgan  o ‘ttiz  besh  choqli 
m ahbusning  boshiga  borib,  bir-bir qarab  chiqdi.  Dadajonning 
tepasiga  kelib,  uzoq  tikilib  qoldi.
Bosh  vrach  Shkarin  holsiz  yotganlam ing  hammasini  sa­
nitar  zam bilda  kasalxonaga j o ‘nata  boshladi.
Lager  uyg‘onib  ketgan.  M ahbuslar  panjarali  derazalardan 
bu  tom onga jim gina  qarab  turishibdi.
Dadajonni  zambarga  yotqizishdi.  Bir  tom ondan  o ‘zim 
ko‘tarishib,  o ‘likxonaga  obordik.
Soat  sakkizda  barcha  baraklam ing  eshigi  ochildi.
Oltinchi  barak  lop  etib  yondi-yu,  alanga  ichida  qoldi. 
Achimsiq  tutun  hidiga  to ‘Igan  lager  ustida,  tum anlar  or- 
qasidan  tong  yorishib  kelardi.
Bir  yurtning  odami  har  qanday  sharoitda  ham  bir-biriga 
qayishar  ekan.  Biron  soatlar  o ‘tib,  kapitan  Rasulov  qog‘ozga 
o‘roqli  bir  narsa  berib  ketdi.  Ochib  qarasam,  sakkiz  m etr  oq 
surp.  Dadajon uchun  kafanlik edi bu.  Hali  ham tuman tarqagani 
yo‘q.  Ancha  baland  ko‘tarilib  qolgan  quyosh  tuman  pardasi 
orqasidan  xuddi  qizdirilgan  chaqadek  bo‘zrayib  ko‘rinadi.
-   Kafanlikni  men  olib  kelganimni  birov  bilmagani 
durust, -  dedi  u  yoq-bu  yoqqa  alanglab  Rasulov.  -   M arhum- 
ning jasadini  soat  uchlarga  tayyorlanglar.
4 8

To  soat  uchgacha  marhum  Dadajonni  yuvib,  kafanlab, 
janozasini  o ‘qidik.  Brichka  aravada  darvozadan  olib  chi­
qishdi.  Vaxtada  tunda  eshiklam i  ochmay,  shuncha  odamga 
shikast  yetkazgan,  Dadajonning  oMimiga  sabab  b o ‘Igan 
nazoratchi  starshina  Demyanov  turardi.  Brichkani  qo‘riqlab 
borayotganlarga  tanbeh  berdi:
-   Kafanni  ochib  qaranglar.  Badaniga  shtik  sanchib 
ko‘ringlar,  m ug ‘ombirlik  qilayotgan  b o ‘lmasin.
Rasulov:
-   Tekshirib  ko‘rilgan,  xotirjam  bo‘l, -  deb javob  qildi.
Uni  dafn  qilishga  meni  olib  chiqishdi.  Ana  shunda
Rasu-lovning 
m illatga  qayishishiga 
tan 
berdim. 
G o‘r 
qazish,  murdani  k o ‘mish  uchun  buxorolik  uchta  soldatni 
yuborayotgan  edi.  Ulardan  biri  Q u r’onni ju d a  chiroyli  tilovat 
qilar  ekan.
Tuman  tarqagan.  Oftob  qor  bosgan  oppoq  cho‘lda  ko‘zni 
qamashtiradi.
Q abristonga  kelganim izda generalning  iti  ko‘milgan joyga 
qaradim.  Juda  chiroyli  qilib  gumbaz  k o ‘tarilibdi.  Befarzand 
general  oTimi  oldidan,  «M endan  qolgan  pullam i  sarf  qilib, 
sodiq  itimga yodgorlik  o ‘m atinglar»,  deb vasiyat qilgan ekan. 
Yodgorlik  yaqiniga  bordim.  Qora  marm ar  toshga  shunday 
so ‘zlar  o ‘yib  yozilgan:
«M ening  sodiq  va  vafodor  d o ‘stim,  o ‘ttiz  yetti  qochoq 
mahbusni  tutib  bergan  va  o ‘zi  yovuz  mahbus  qo‘lida  halok 
boTgan  Jek  nomli  itga  m innatdor  do‘sti  general  mayor 
M aksim  M ixaylovich  Rechnikovdan».
Atrofga  qarayman.  Bu  qabristonga  akademik  Tupo- 
lyovning  iste’dodli  shogirdi,  M ehnat  qahramoni  Dudinsov 
ko‘milgan. 
SSSR 
xalq 
artisti 
Vera 
Kvitko, 
Valeriy 
Chkalovning  samolyotini  ham isha  uchishga  sinchkovlik 
bilan  tayyorlaydigan  aviatsiya  mayori  Stepanov,  Buxoroda 
rishta  kasalini  tugatishda  katta  xizm at  ko‘rsatgan  Rustam 
A zim zodalar  shon-sharafsiz  ko‘milgan.  U lam ing  qabri  qani?
4 -   S’. 
A h m a d
49

Allaqachon  tep-tekis  b o ‘lib  ketgan.  Birgina  shu  Jek  deb 
atalgan  itga  q o ‘yilgan  savlatli  yodgorlik  qabristonni  «obod» 
qilib  turibdi.
Taqdir,  taqdir,  muncha  qahring  qattiq!  M uncha  shaf- 
qatsizsan!  Shu  buyuk  zotlam i  bitta  it  qatori  k o ‘rmading-a!
Fayzsiz,  qishda  bo‘ronlar uvillagan  yerdan  bosh  k o ‘targan 
giyohlam i  saratonda  qovjiratib  tashlaydigan  bu  ayanchli,  bu 
xunuk,  bu  sovuq  qabristonga  qarab  ich-ichimdan  faryod 
urardim.
Uch  buxorolik  azamat  yigit  lom  bilan,  belkurak  bilan 
toshga  aylanib  ketgan  zarang  yem i  kovlab  qabr  ochguncha 
terga  pishib  ketdi lar.  Jasad  lahadga  q o ‘yildi.  O g ‘zi  yassi 
tova  tosh  bilan  bekitildi.  Buxoroning  Shofirkonidan  xiz- 
matga  chaqirilgan  Mir  Arab  m adrasasining  talabasi  Istam 
Ahadov  degan  yoshgina  yigit  tilovat  boshladi.  Shag‘al 
aralash  tuproqni  qabrga  tashlay  boshladik.  Istam boy  Q u r’on 
o ‘qishning  hadisini  olgan  ekan.  O yatlam i  tiniq,  yurakka 
to ‘ppa-to‘g ‘ri  borib  qadaladigan  ajib  bir  ohang  bilan  o ‘qirdi. 
Bir  um r  tilovat  eshitilm agan  bu  qaqir  cho‘lda  m uallaq  turib 
vijirlayotgan  qushlar  ham  tcpam izda  chir  aylanar  edi.  Ular 
ham  qori  bolaning  ovozidan  mast  bo‘lgan  edilar.
Tilovat  tugab,  to ‘rtovim iz  yuzim izga  fotiha  tort-dik.
Istamboy  ukam,  rahmat  senga.  Iltimos,  shu  yerda  yot-gan 
musulmon  bandalarning  ruhiga  ham  bir  tilovat  qilsang.
Istam boy  boshladi.  Boya  tilovat  paytida  tepamizda 
chirqillab  aylangan,  endi  esa  sovuqdan  jo n  saqlab,  qalashib 
yotgan  toshlar  orasidan  xas-xashakdan  yasalgan  uyalarida 
hurpayib  o ‘tirgan  qushlar  Istam boyning  ovozini  eshitib, 
yana  tepamizga  qaytib  keldi lar. 
Qanotlarini  pirpiratib 
havoda  jim gina  m uallaq  qotib  turardilar.  Ular  balandga  ham 
chiqmas,  pastga  ham  tushmas,  allaqanday  k o ‘rinmas  ip  bilan 
tepamizga  osib  q o ‘yilgandek  tek  qotgan  edilar.
Ikki  oyog‘i  bilan  tumshugN  qip-qizil,  boshida  gunafsha 
rang  kokili  bor  bu  qushlam ing  paydo  b o ‘lganiga  hali  qirq
50

yildan  oshgani  yo‘q.  U lam ing  asli  nomi  qanaqa,  hech  kim 
bilmaydi.  Q ozoqlar  Beyisht  qushi,  qrim  tatarlar  Ridvon 
(rizvon)  qushi  deb  ataydilar.
Ular  toshlar  orasidagi 
inlariga 
cho‘l 
giyohlarining 
urug‘larini  yozda  g ‘amlab  oladilar.  B o‘ron  turganda,  yog‘in- 
garchilik  paytlarida  haftalab  inlaridan  chiqmaydilar.
O dam lar  ulam ing  inlari  o g ‘ziga  non  ushoqlari,  har  xil 
don-dunlam i  sochib  q o ‘yadilar.
Ufadagi  M adrasayi  oliyada  tahsil  olib  qaytayotgan  bir 
talaba  qushlam ing  inlari  oldiga  tiz  cho‘kib,  yig‘lab  Q u r’on 
tilovat qilgan ekan.  lin in g  gapiga qaraganda, bu qushlar oddiy 
qushlar  em as,  m ana  shu  tep-tekis  bo‘lib  ketgan  qabrlardagi 
azob-uqubatlarda  shahid  b o ‘lgan  begunoh  insonlam ing  bir 
kalima  tilovatga  ilhaq  b o iib   yotgan  ruhlari  emish.
Kimki  Rizvon  qushga  ozor  bersa,  tuzalmas  dardga 
m ubtalo  b o ‘larmish.  Shu  qabriston  yonidan  tunda  o ‘tgan 
odam lam ing  aytishlaricha,  qushlam ing  uyalaridan  long 
otguncha  y ig‘i,  oh-u  faryodlar  eshitilarmish.
Lagerim izda  yer  yuzida  barm oq  bilan  sanasa  b o ‘ladigan 
A ssira-vavilonliklam ing  biri -  Davidov  degan  yigit  yashardi. 
Rizvon  qushining  bitta  xo‘rozi  bilan  bitta  makiyonini  qafasga 
solib  olib  kelgan  edi.  Yaqinda  shu  Bobil  farzandi  tutqanoq 
kasaliga  uchrab,  olamdan  o ‘tdi.  Endi  ulam ing  yana  bittasi 
dunyodan  ketdi.
Istam boy  qiroatni  sog‘ingan  ekan.  A rm iya  safiga  chaqi- 
rilgandan  beri  kom som ollam ing  zug‘umiga  uchram aslik 
uchun  ovoz  chiqarmay,  ichida  tilovat  qilib  yurarkan.  Naza- 
rim da,  uning  o ‘zi  ham  allaqanday  ruhiy  oziqlanayotgandek 
edi.
G ap-so‘z b o ‘lishdan  cho‘chimay,  bu  dafn  marosimiga y o ‘l 
ochib  bergan  ham yurtim ,  kapitan  Rasulovga  dil-dilimdan 
rahm atlar  aytdim.
-   Ukam, -  dedim  Istamboyga, -  qo‘lingni  fotihaga  och: 
shu  Rasulov  degan  azam at  inson  haqiga  bir  duo  qil!
51

Bu  dunyoning  g ‘amlaridan,  ayriliqlaridan,  adolatsiz- 
liklaridan  u  dunyoga  faryod  urib  ketgan  alamdoshim, 
hasratdoshim  Dadajonni  kimsasiz  ch o ‘l  tuprog‘iga  topshirib 
qaytib  kelyapmiz.
Qish  kunlari  bir  tutam.  Soat  besh  boim ayoq  qorong‘i 
tushgan.  Zona  devorlaridagi  projektorlar  yoqib  qo‘yilgan.  Gu- 
rillab  yonayotgan  gulxan  oldida  mahbuslar  tik  turganlaricha 
gob  qoNlarini,  goh‘  oyoqlarini  o ‘tga  tutib  isinishardi.
Zonaga  birov  kirmas,  birov  chiqmasdi.
Hammaning  og‘zida  bitta  gap:  «Starshina  Demyanovga 
chora  k o ‘rilsin,  jinoiy javobgarlikka  tortilsin».
Yong‘in  paytida  barak  eshiklarini  ochmagan  starshina 
Demyanov  vaxtada  p o ‘stinga  o ‘ralib,  qorovullar  bilan 
qaynoq  choy  ichib  o ‘tiribdi.  Uning  basharasiga  tuflagim 
keldi.  Afsuski,  buning  sira  iloji  yo‘q  edi.  U  ozod  grajdanin, 
men  esa  ham ma  huquqlardan  mahrum  qilingan  mahbusman.
Bir  pastkash,  insonlik  qiyofasini  y o ‘qotgan,  shafqatsiz, 
hissiz  to ‘nka  oldida  ojiz-u  notavon  qolish  naqadar  alamli, 
naqadar  o ‘kinchli!
M ahbuslar so‘zlarida  turishdi.  Ertasiga  ham  ishga chiqish- 
madi.  M ahbuslarga  bosh-qosh  b o ‘lgan  Norqobilni  kechasi 
soldatlar  opchiqib  ketishgan  ekan.  Ertalab  zonaga  iljayib 
kirib  keldi.  Operativ  vakil  undan  m ahbuslam i  tinchitishni, 
ertaga  ishga  chiqishlarini  tushuntirishni  so‘rapti.  Agar  shu 
topshiriqni  bajarmasa  qo‘zg ‘olon  ko‘tarishda  ayblanishini 
aytibdi.
-   Gapiga  k o ‘ndingmi,  durak,  -   deya  ta ’na  qildi  maxorka 
tutunidan  m o‘ylovlari  sarg‘ayib  ketgan,  ismi  mutlaqo  unli 
harfsiz  yoziladigan  Mkrtch  degan  armani  chol.
-   Meni  kim  deb  o ‘ylayapsan?  Bilib  q o ‘y  ya  ne  seksot  i 
ne  durak.
Tushga  yaqin  lager  boshlig‘i  zonaga  kirdi.  U  baraklam i 
aylanib  chiqqandan  keyin  orqasidan,  boshliq  nim a  qilarkin, 
deb  ergashib  yurgan  mahbuslarga  dedi:
5 2

-   Bo‘ldi  endi.  Ertadan  ishga  chiqinglar.
Norqobil  unga  e ’tiroz  bildirdi:
-   Рока  starshina jazolanm as  ekan,  rabotat  ne  budem.
Lager  boshlig‘i  podpolkovnik  Samsonov  biron  tayinli
gap  aytishga  ojiz  edi.
-   Kelinglar,  ochiqchasiga  gaplashaylik.  Demyanov  masa- 
lasida  harbiy  prokurorga  murojaat  qildik.  U  starshina  qonun 
doirasida  ish  tutgan.  Ustavni  buzmagan,  jazolab  b o ‘lmaydi, 
deb  javob  qildi.  Undan  keyin  harbiy  tribunal  bilan  gap- 
lashdik.  Uning  fikri  boshqacha.  Jazolash  kcrak.  Odamlar 
halok  b o iish in i  kutib  o ‘tirmay,  shtabga  yong‘in  to ‘g ‘risida 
zudlik  bilan  xabar  qilishi  kerak  edi,  deb  javob  qildi.  U 
albatta  sud  qilinadi,  degan  fikmi  aytdi.  Xotirjam  bo4inglar, 
biz  ham  qarab  turganimiz  yo‘q.  Shuni  yaxshi  bilinglarki, 
Davlat  xavfsizligi  komitcti  bilan  Ichki  ishlar  vazirligi  hech 
qachon  m ahbuslar  fikrini  tan  olmaydi.  Ishga  chiqishdan 
boshqa  ilojlaring  y o ‘q.
-   Barak  eshiklari  qachon  ochiladi, -  deb  so‘rashdi  undan.
-  Kutyapmiz.  Yuqoridan  alohida  ruxsat  kelishi  kerak. 
Kutyapmiz.
Podpolkovnik  chiqib  ketganidan  keyin  Norqobil  bosh- 
chiligida  gulxan  atrofida  maslahat  «majlisi»  bo‘ldi.  To‘rtinchi 
barakdan  Dorfman  degan  yuristni  chaqirib  ke-lishdi.  U 
erkinlikda  Leningrad  advokaturasida  ishlagan,  k o ‘p  chigal 
sud  jarayonlarida  yutib  chiqqan  obro‘li  advo-katlardan  edi.
-   Agar  xafa  bo‘lmasanglar,  gapning  ochigNni  aytaman. 
Hozirgi  urinishlaringiz  hech  qanday  natija  bennaydi.  Mahbus- 
ning vazifasi -   itoat qilish.  Biron nimani da’vo qilishga mutlaqo 
haqqi  yo‘q.  Chunki  u  grajdanlik  huquqidan  mahrum  qilingan. 
D a’volaringizning  birontasi  inobatga  olinmaydi.  Vazifangiz 
faqat  va  faqat  bo‘ysunish.
-   Nima,  biz  qul  c h to li? -d c d i  norozi  b o iib   Norqobil.
Undan  ham  battar, -  dedi  Dorfman.  -   Bu  qilayotgan
ishimiz  yaxshilik  bilan  tugasa-ku  m ayli-ya,  oqibati  yomon
53

b o ‘lishi, besh-olti  kishining jazo  muddatini  oshirib  qo‘yishlari 
ham  mumkin.  Ana  unda  yomon  bo‘ladi.
Dorfm an  to ‘g ‘ri  aytayotgan  edi.  Lagerda  yuz  yildan 
ortiq  m uddatga  kesilganlardan  anchagina  bor  edi.  Lager 
ichki  intizom ini  buzgan,  yo  biron jino yat  qilib,  o ‘n -o ‘n  besh 
yillab  m uddatini  o ‘taganlariga  qaram ay,  yana  yigirm a  besh 
yildan  ja z o   m uddatini  olganlar  bor  edi.  Juk  degan  mahbus 
yigirm a  yettinchi  yildan  buyon  m uddat  ustiga  m uddat  о ‘tab 
keladi.  H ozir  uning  jazo   muddati  bir  yuz  o ‘n  to ‘rt  yilga 
yetgan.
Dorfman  tajribali  odam.  Q onun-qoidalam i  biladi.  Uning 
gaplari  to ‘g ‘ri  edi.  Maslahat  bilan  ertadan  ishga  chiqishga 
qaror  qilindi.  Ertalab  vaxtada  o ‘n  yetti  kishini  to ‘xtatib 
qoldilar.  0 ‘n  yetti  kishining  hammasi  troyka  qarori  bilan 
har  xil  muddatga  kesilgan  edilar.  Boshliq  o ‘rinbosari 
hammamizni  to ‘plab  «Troyка»  qarori  bilan  kesilganlarga 
yengillik bcrilganini, ular maxsus ruxsatnom a bilan tashqarida 
soqchisiz  ishga  borib  kelishlari  mum kinligini  aytdi.  Ana  shu 
jazo  muddati  yengillatilganlar  orasida  men  ham  bor  edim. 
Rasulov  meni  gam izon  klubini  bezatish  uchun  o ‘zi  bilan  olib 
ketdi.
-   Qish  o g ‘ir  kelyapti.  Shaxtaga  borsangiz  sovuqda  qiy- 
nalib  qolasiz.  Endi  issiqqina  klubda  soldatlar  shavlasidan 
yeb,  surat  chizaverasiz.  Uzoq  ishlanadigan  surat  tanlang. 
Bahorga  yetib  olguncha  ishlanadigan  surat  boTsin.  U 
oldimga  bir  dasta  «Ogonyok»  jum alini  tashladi.  Jumaldagi 
rangli  suratlami  koTib,  «Stalingrad  panoram asi»ni  tanladim. 
Unda  yuzdan  ortiq  odam  surati  bor  edi.
-   Bu  ish  endi  sizga  muddatingizni  о ‘tab  bo igu nin gizcha 
yetadi, -  dedi  Rasulov.
Ishga  ju d a  berilib  ketgan  edim.  O rqam da  kim dir 
turganini  sezib,  o ‘girilib  qaradim .  U  bolalik  o ‘rto g ‘im, 
birinchi  sinfdan  to  to ‘qqizinchi  sinfgacha  birga  o ‘qigan, 
ju d a  ham  qadrdon  d o ‘stim,  m ahalladoshim   Ham id  Azizov
54

edi.  U  o ‘ninchini  tugatgandan  keyin  Toshkent  m editsina 
institutiga  o ‘qishga  kirgan,  institutni  bitirmay,  frontga 
yuborilgan,  qaytib  kelgandan  keyin  yana  o ‘qishni  davom  
ettirgan  edi.
Uni  ko‘rm aganim ga  k o ‘p  yillar  boMgan.  O radan  shuncha 
vaqt  o ‘tib,  endi,  juda  noqulay  vaziyatda  ko‘rishib  turibmiz. 
U  m editsina  xizmati  mayori,  ko‘ksi  orden,  m edallar  plankasi 
bilan  to ‘la  edi.
t^ir-birimizga  so‘zsiz  qarab  turibmiz.  K o‘z  oldimda 
uning  rangi  oqara  boshladi.  Oxiri  yuzidan  qon  qochib,  bo‘z- 
ga  aylandi.  N im a  b o ‘ldi,  tobi  qochdimi...  Yo‘q,  u  hozir  tirik 
«xalq  dushmani»ni  ko‘rib,  qo‘rqib  ketgan  edi.  To‘g ‘risi, 
undan  hazar  qilayotgan  edi.
-   lya,  iya, -  dedi  u  lablari  titrab.  Biroz  turib  yana  iya, 
iya,  dedi. -  Men  hozir...  hozir...
U  shunday  orqasiga  o ‘girildi-yu  yov  quvlagandek, 
shitob  bilan  tashqariga  chiqib  ketdi.  Shu  ketganicha  qaytib 
kelmadi.
Qish  oyoqlab,  bahor  qadami  eshitila  boshlagan,  tepalik 
joylarda  qor erib,  zanglagan  yerda  mis  kukunlari  xuddi  yashil 
baxm al  yopingandek  ko‘rina  boshlagandi.  «Stalingrad» 
panoram asi  yarimlab  qoldi.
Rasulov  m unkaygan  rus  kampirini  ergashtirib  keldi.
-   Bu  opa  marhum  serjant  Gavryushevning  xotini.  Eslay- 
sizmi  uni?
Gavryushev  lager  qoshidagi  o ‘t  o ‘chirish  komandasining 
boshlig‘i,  yong‘inga  qarshi  ogohlantiruvchi  plakatlarga 
buyurtm a  bcrardi.  «Chekilmasin!  Ruxsat  etilm agan  joyda 
chekish  m ana  bundoq  oqibatlarga  olib  keladi»,  degan  suratlar 
ishlab berardim.  Uni  duradgorlik  kombinati,  shaxtalar,  benzin 
skladlari  devorlariga  mixlab  qo‘yardi.  Bu  plakatlar  uchun 
u  durustgina  haq  olar,  bir  qismini  m enga  tashlab  ketardi. 
Gavryushev  o ‘tgan  yili  qazo  qilgan  edi.
-   Bitta  iltimos  bilan  kepti.  Yo‘q  demang.
55

Kampir  ro ‘molchaga  o ‘ralgan  nim anidir  menga  uzatdi, 
ochib  qaradim.  Fotosurat.  N ihoyatda  mohir,  professional 
fotochi  olgan  leytenant  yigitning  surati  edi.
-   Gavryushevning  o ‘g ‘li.  Praga ostonasida  halok  bo‘lgan. 
Shuni  moyli  b o ‘yoq  bilan  ishlab  bersangiz.  To‘rt  kundan 
keyin  o ‘g ‘lining  tu g‘ilgan  kuni  ekan.  Pominka  qilmoqchi.
-   B o‘pti,  Gavryushevning  hurmati,  albatta  ishlab  bera- 
man,  -  dedim.
Kampir  qog‘oz  xaltadagi  yigirmatacha  tuxumni  stol  usti­
ga  qo‘ydi.
-   Keragi  yo‘q,  olib  keting, -  dedim  q a t’iy.
-   Olavering,  kam pim ing  oltmishta  tovug‘i,  sakkizta  xo‘- 
rozi  bor.  Bozorda  tuxum  sotadi.
Portretni  aytgan  m uddatda  bitqazdim .  Kampir  kuldi. 
Q o ‘ltig‘ida  nihoyatda  chiroyli  bir  babaq  xo‘roz  bor  edi.
-   E, 
q o ‘ying, 
olmayman. 
Men 
eringizdan 
ko‘p 
yaxshiliklar  ko‘rganman.  Haq  olsam  uyat  bo‘ladi-ya.
-   E,  bolam, -  dedi  u  kulib. -  X o ‘rozim  k o ‘payib  ketyapti. 
Ulami  nim a  qilaman.  Tuxum  qilmasa  bu  oliftalar  kimga 
kerak.  Baribir  bozorga  opchiqib  sotvoraman.  Yaxshisi,  sen 
sho‘rvaga  bos  bu  g ‘o ‘daygan  uxajomi...
Q o‘ltig‘imda  x o ‘roz  bilan  zonaga  keldim.  Kutubxona 
oldidagi  kichkina  gulzor  biqinida  xo‘roz  uchun  katak  yasa- 
dim.  U  jud a  faol  x o ‘rozlardan  ekan.  Tovuqlarini  sogNndi 
shekilli,  ertalabgacha  yetti-sakkiz  marta  qichqirdi.  Uzoq- 
yaqindan boshqa x o ‘rozlar unga javob qaytarishdi. Tashqariga 
chiqsam,  m ahbuslar  ham  hovliga  chiqib,  xo‘roz  qichqirishini 
eshitib  o ‘tirishgan  ekan.  Shu  birgina  x o ‘roz  ularga  qadrdon 
qishloqlarini,  oydin  kechalami  eslatib,  uyqularini  qochirgan 
ekan.
M ahbuslar  x o ‘rozni  ju d a  erkalatib  yuborishdi.  Uni  katak- 
dan  chiqarib  yuborishim  bilan  baraklar  oldida  m ahbuslar 
tashlagan  ushoqlam i  terib yer,  kechalari  esa  ulam ing  uyqusini 
qochirib,  sahargacha  qichqirardi.
56

Dushanba  kuni  kechqurun  lager  ola-to‘polon  bo‘lib  ketdi. 
Soat  to ‘qqiz  b o ‘ldi,  haligacha  sakkizinchi  shaxtaga  ishga 
chiqqan  m ahbuslar  qaytib  kelishmayapti.
Boshliqlar,  gam izon  komandirlari  zonada  asabiy  bir 
holatda  bir-birlariga  gap  m a’qullardilar.
Q andaydir  bir  jiddiy,  ko‘ngilsiz  voqea  yuz  berganga 
o ‘xshaydi.  Zonaga  qaytib  kelganlam ing  hammasini  saf- 
ga  tizishdi.  Oshpazlam i  ham,  kasalxona  vrachlari-yu  sani- 
tarlarini,  novvoyxonadagilam i  ham  haydab  chiqib,  safga 
tizdilar.  Shoshilm ay  birm a-bir  sanadilar.  Yana  sanadilar.  Yetti 
marta  sanadilar.  Bir  mahbus  kam  chiqaverdi.  M ahbuslarning 
hammasini  bitta  qoldirmay  baraklarga  tiqishdi.  Eshik  oldiga 
qo‘yilgan  soqchilar,  nazoratchilar  ulam ing  ismi,  familiyasini, 
raqamini  yozib,  bittalab  chaqira boshladilar.  Uch  soat  davom 
etgan  bu  «tadbir»dan  keyin  ro ‘yxatni  shtabga  opchiqib  ket- 
dilar.  Shtabdagi  ro ‘yxatga  solishtirib,  ikki  soatdan  ko‘proq 
urinib,  g ‘oyib  b o ‘lgan  mahbus  Norqobil  A’lamov  degan 
shaxs  ekani  aniq  bo‘ldi.
Sakkizinchi  shaxtadan  brigadani  kechasi  soat  ikkilarda 
olib  kelishdi.
Lager  boshlig‘i  ham  o ‘sha  tun  uxlamadi.  Papiros  ustiga 
papiros  chekadi.  Tongga  yaqin  x o ‘rozim iz  cho‘zib-cho‘zib 
qichqirdi.  Uning  tovushidan  g ‘azabga  kelgan  boshliq  yer 
tepib  baqirdi.
-   X o‘roz  boqishga  kim  ruxsat  berdi?  Yo‘qotinglar,  ho- 
ziroq  y o ‘qotinglar,  bu  x o ‘rozni.
Demyanov  quvib  yurib,  xo‘rozni  tutib  keldi.  Boshliqning 
oyog‘i  ostida  x o ‘rozning  tanasini  kirza  etigi  bilan  bosib, 
b o ‘g ‘iziga  pichoq  tortib  yubordi-yu,  kiyimiga  qon  sach- 
ratm aslik  uchun  hali joni  uzilmagan  xo‘rozni  q o ‘yib  yubordi. 
X o ‘roz  tapirlab,  yerdan  yarim  m etr  balandlikka  ikki-uch 
m arta  sapchib jo n  berdi.
M ahbuslarga 
uylarini, 
qishloqlarini, 
bola-chaqalarini 
eslatib  har  oqshom,  har  sahar  qichqiradigan  x o ‘roz  ulam ing 
ko‘zlari  oldida  qonga  belanib jon   berdi.
57

-   Baribir  qo‘lga  tushadi  bu  Natsmen, -  dedi  Demyanov 
qoliga  sachragan  qonni  irkit  dastro‘moli  bilan  artarkan. -  Bu 
ch o ‘llardan  bironta  mahbus  qochib  qutulmagan.
Lekin  Norqobil  tutib  b o ‘lmaydigan,  q o ‘lga  tushmaydigan 
bo‘lib  qochgan  edi.
Konchilar  posyolkasida  m ahbuslik  m uddatini  o ‘tab  boM­
gan,  besh  yil  surgun  jazosini  o ‘tayotgan  sobiq  mahbuslar 
ham  yashardi lar.  Ularga  boshqa  tom onlarga  borib  ishlashga 
ruxsat  yo‘q  edi.  Ular  ham  konda  ishlashga  m ajbur  edilar. 
U lar  orasida  Norqobilning  blatnoy  d o ‘stlari  k o ‘p  edi.  Ular 
konga  maxsus  guvohnoma  bilan  kirib  ishlardilar.
0 ‘tgan  seshanba  kuni  sakkizinchi  shaxtada  ishlaydigan 
sobiq  blatnoy  N orqobilning  raqam langan  kiyimlarini  kiyib, 
m ahbuslar  bilan  zonaga  keladi.  U  besh  kun  m ahbuslar  bilan 
ishga  borib  kelaveradi.  U  dushanba  kuni  ishga  kelganda 
yashirib  q o ‘ygan  o ‘z  kiyimlarini  kiyib,  ruxsatnom asi  bilan 
shaxtadan  chiqib  ketadi.
Norqobil  esa  d o ‘stlari  tayyorlab  qo‘ygan  grajdan  kiyimi, 
ular  to ‘plab  bergan  anchagina  pul  bilan,  surati  yopish- 
tirilgan,  haqiqiyligiga  hech  kim  shubha  qilmaydigan  qalbaki 
pasport  bilan  besh  kun  ichida  Termizga  yetib  keladi.  Puflab 
shishirilgan  buzoq  terisini  minib,  afg‘on  shamoli  quturgandan 
quturib  k o ‘z  ochirm ayotgan  tunda jiyanlari  ko‘m agida  Amu- 
daryoda  suzib,  chegaradan  o ‘tib  ketadi.
Shu  topda,  uni  tutamiz,  q o ‘lga  tushiramiz,  jazosini 
beram iz,  deb  gapirayotganlarida  u  A fg‘onistonning  Hay- 
raton  qishlog‘ida,  ch o ‘pon  o ‘tovida  ko‘k  choy  ichib,  o ‘rischa 
so‘kinib  o ‘tirar  edi.
X O T IM A
Q amoqdan 
bo‘shagan 
kunim dan 
bir 
hafta 
avval 
D emyanovning  unvoni  oshirildi.  Zonaga  pogonida  bitta 
yulduz  bilan  kirib  keldi.
58

Qadrdon  Toshkentimga  eson-omon  yetib  keldim.  Vayron 
bo‘lgan  ro ‘zg ‘orimni  tikladim.  Farzand  ko‘rdim.  Qator-qator 
kitoblarim  chiqdi.  «Xalq  yozuvchisi»  unvoniga  sazovor 
bo‘ldim.
H ovlida  o ‘tirgan  edim.  Eshik  q o ‘ng‘irogbi  jiringladi. 
Chiqib  eshikni  ochdim.  O stonada  bolalik  «o‘rtog‘im»  Hamid 
A zizov  turardi.  U  bag‘riga  bosib  ko‘rishmoqchi  b o ‘ldi. 
O rqaga  chekindim.  U  jud a  noqulay  ahvolda  qoldi.  Tutila- 
tutila  to ‘y  qilayotganini,  to ‘yga  taklifnom a  olib  kelganini 
aytdi.  X o ‘p,  xayr  dedim -u  eshikni  bekitib,  ichkariga  kirib 
ketdim.  U  hayron-u  lol,  serraygancha  qoldi.  U  bergan  taklif 
qog‘ozini  o ‘qimay,  g ‘ijimlab,  y o ‘lakdagi  axlat  chelagiga 
tashladim.

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling