To sh k en t «0 ‘z b e k isto n»


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana07.07.2020
Hajmi5.6 Mb.
#100002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1999-yil,  yanvar
104

U C H I N C H I   M I N O R A
G ap -gashtaklarda,  to ‘y-u  tom oshalarda  Juman  bobo  ha- 
misha  bitta  gapni  takrorlaydi:
-   Meni 
shoshirmanglar, 
nevara-chevaralarimni 
nari- 
gi  ming  yillikka  o ‘tqazib  q o ‘yay,  ana  undan  keyin  hay- 
dam asanglar  ham  o ‘zim  ketaman.  Men  tengilar  ketib  b o ‘l- 
di.  Kunim  sen  m ishiqilarga  qolib  o ‘tiripti.  Senlar  nimani 
ko‘ribsanlar,  boshlaringdan  qandoq  savdolar  o ‘tiptiki,  men 
bilan  gaplashasanlar.  Bu  yil  kuzda,  Xudo  xohlasa,  to ‘qson 
oltidan  hatlab  o ‘taman.  Hisobchi  bo‘lsang,  bir  cho‘tga  urib 
ko‘r.  H ar  o ‘ttiz  yilga  bir  yildan  qo‘sh,  ona  qom idaligim ga 
ham  bitta  tosh  tashla.  Qancha  b o ‘pti?  Barakalla,  roppa-rosa 
yuz  b o ‘pti.
Davrada  o ‘tirgan  vetvrach  Kozimboy  yonidagi  kishiga, 
barm og‘ini  chakkasiga  tirab,  parmaga  o ‘xshatib  burab  ko‘r- 
satdi.  Juman  bobo  buni  payqab  qoldi.
Kozimboy  gapni  chalg‘itmoqchi  b o ‘ldi.
-   0 ‘n 
to ‘qqizinchi 
asm ing 
to ‘rt 
yilini 
ko‘ribsiz, 
yigirmanchi  asm ing  to ‘qson  ikki  yilini  k o ‘ryapsiz.  Bo,  yana 
yigirma  birinchi  asm i  ham  ko‘rmoqchimisiz?  Ibi,  insof qani?
-   K o‘raman, -  dedi  Juman  bobo.  -   Ammo  sen  ko‘r- 
maysan.  Birovning  haqidan  qo‘rqmaysan.  M ollar  orasida 
yurib,  odam   bolasining  ichidagini  bilmaysan.  Shu  ichishing, 
shu  chekishing  b o ‘lsa  yoshimning  ikkidan  biriga  ham 
yetolmaysan.  M ard  b o ‘lsang,  tur  o ‘rningdan.  Minorai  Kalon- 
ga  dam  olmay  chiqishga  bahs  boylashamiz.
105

-   Buxoroga  borib  nim a  qilasizlar,  ana,  Vobkentning 
mino-rasi  k o ‘rinib  turipti.  Shunga  chiqa  qolinglar, -  deyishdi 
davradagilar  kulishib.
Juman  bobo  shart  o ‘m idan  turdi.  Uni  kalaka  qilmoqchi 
b o ‘lgan  Kozimboy  turmadi.  Hazillashdim,  hazil  qildim,  deb 
q o ‘lini  ko‘ksiga  qo‘yib,  uzr  so‘ragan  b o ‘ldi.
Choi  qaytib  o ‘tirmadi.  Eshik  tomon  yurarkan,  orqasiga 
o ‘girildi.  Voenkom  bilan  qo‘lga  tushib  qolgan  kelin  ayangga 
hazil  qil,  ahmoq,  dedi-yu,  chiqib  ketdi.
Uning  dili  o g ‘rigan  edi.  Shunday  paytlarda  dilini  yora- 
digan  bittagina  Mutavakkil  degan  jo ‘rasi  b o ‘lar  edi.  U  ham 
ketdi.  Endi  qayoqqa  boradi.  Kimga  dardini  to ‘kib  soladi.
U  jim jit  k o ‘chadan  borarkan,  qadami  sekinlashdi.  Ilgari 
bunaqa  imillab  yurmasdi.  D o‘stining  o ‘limidan  keyin  cho‘kib 
qoldi.  Yurganda  astarsiz  choponining  etagi  ikki  yonida 
qanotga  o ‘xshab  piф irardi.  Soqoli  to ‘zg ‘ib,  goh  o ‘ng,  goh 
chap  yelkasini  siypalardi.
Jum an  bobo  bitta-bitta  qadam   tashlab  borarkan,  k o ‘p 
narsalam i  o ‘yladi.  U  yashagan  um ridan  xijolatlik  emasdi. 
Ammo  bugungi  gap  yurak-bag‘rini  o ‘rtab  yubordi.  O dam ­
larga  malol  kelm asidan  bu  dunyodan  tezroq  ketish  kerakka 
o ‘xshaydi,  degan  gap  xayolidan  o ‘tdi.  Q andoq  qilsin, 
dunyoga  qachon  kelishing,  qachon  ketishing  ixtiyoringda 
em as  ekan.
Juman  boboni  Buxoroning  uchinchi  minorasi  deb  ata- 
shardi.  Birinchisi  m ing  yil  um r  k o ‘rgan  M inorai  Kalon, 
ikkinchisi,  undan  salgina  yosh  Vobkent  minorasi,  uchinchisi 
shofirkonlik  shu  Juman  bobo  edi.
U  ostona  hatlab  hovliga  kirishi  bilan  ilgarigidek  baland 
ovoz  bilan  emas,  shikasta  bir  tovushda,  Istamboy,  deb  xoti- 
nini  chaqirdi.
Q o iid a   elak  bilan  M o‘mina  momo  chiqdi.  U  yelkasiga 
tushib  qolgan  ro ‘molini  shoshib  boshiga  tashladi.
-   Joy  qilib  ber,  yotaman, -  dedi  Juman  bobo.
106

-   Zavol  paytiga-ya,  bo  sizga  nim a  b o ‘ldi,  Istamboy, 
tobingiz  qochdimi?
Er-xotin  bir-birlarini  to bn g ‘ich  o ‘g ‘illarining  nomi  bilan 
chaqirishardi.  Istamboy  o ‘n  to ‘rt  yoshida  olamdan  o ‘tgan. 
Ammo  nomi  ota-ona  xotirasida  bir  um r  qolib  ketgandi.
M o‘mina  momo  elakni  qoziqqa  ilib  uyga  kirdi.  Eriga, 
ovqat  yeysizm i,  dedi.  Choi javob  qilmagandan  keyin,  chiroq- 
ni  o ‘chirib,  chiqib  ketdi.
Juman  boboni  xayol  hali  u yoqqa,  hali  bu  yoqqa boshlardi. 
A lla-pallagacha  to ‘lg‘onib, 
uxlolmadi. 
Narigi 
ayvonda 
multfilm  ko‘rayotgan  nevaralarining  ovozlariga  quloq  ham 
solib  yotdi.
M o‘m ina  momo  derazadan  qaradi.
-   Istamboy,  turm aysizmi,  shorn  b o ‘ldi.  Obdastaga  ob 
tahorat  quyib  q o ‘ydim.
Choi  o ‘midan  turib,  tashqariga  chiqib  keldi.  Joynamoz 
poyiga  cho‘kkaladi.  Uzoq  namoz  o ‘qidi.  0 ‘qib  bo‘lib  ham 
o‘m idan turmadi.  Xotini  M o‘minaga, yetti  o‘g ‘liga, qudalariga, 
nevaralariga Xudodan  umr tiladi.  0 ‘midan  turib,  hovli  aylandi. 
0 ‘g ‘illariga  atab  qurilgan  peshayvonli  uylar  oldida  bir-bir 
to ‘xtadi.  Nevaralarining  shovqiniga  quloq  tutdi.  Chehrasi 
yorishgandek  bo‘ldi.  Q o‘yxonaga  kirib  chiroqni  yoqdi.  Besh 
kun  oldin  tug‘ilgan  ikki  qo‘zichoqni  k o ‘tarib  erkalatdi.  Sovliq 
bezovtalanib  pishqirdi.  Choi  uni  ham  siladi.  Ularga  suv  berdi, 
xashak  tashladi.  Uyga  kirib  yechinib  yotdi.  Zum  o ‘tmay,  ko‘zi 
uyquga  ketdi.
Tushiga  otasi  kiripti.  Ariq  bo‘yida  turib  uni  imlab  cha- 
qirarmish.  Orqasida  turgan  onasi,  kelma,  kelma  deb,  ishora 
qilarmish.  Tush  aylanib,  boya  otasi  turgan  joyda  Mutavakkil 
paydo  bo‘pti.  U  ham  imlab  chaqirarmish.  Ana  undan  keyin 
Istamboy  paydo  bo‘pti.  Ota,  sizni  sog‘indim,  qachon  kelasiz, 
deb  so‘rarmish.  Juman  bobo,  yaqinda  boraman,  demoqchi 
bo‘lib  og‘iz juftlarmish,  ammo  ovozi  chiqmasmish.
Bir  nim a  daranglab,  uni  uyg‘otib  yubordi.  Ochiq  qolgan 
derazadan  kirgan  m ushuk  patnisni  tushirib  yuborgan  ekan.
107

Tong  yorishib  kelardi.  So‘fining  bomdod  nam oziga  cha- 
qirib,  Allohu  akbar,  Allohu  akbar,  degan  tovushi  eshitildi.
Juman  bobo  k o ‘ngli  xiralik  bilan  tahorat  olib,  masjidga 
chiqib  ketdi.  Hech  kim  bilan  gaplashmadi.  Namozni  o ‘qib, 
orqasiga  qaytdi.  «Nima  bo‘ldi,  otam  chaqiryapti,  Mutavakkil 
ham,  Istamboy  ham  chaqiryapti.  0 ‘lganlar  kuni  bitgan 
kishini  chaqiradi.  Nima,  kunim  bitdimikin?»
Nonushtada  er-xotin  bir-biriga gapirmay, jim gina  shirchoy 
ichishardi.
Juman  bobo  bo‘shagan  kosalam i  olib  ketayotgan  M o‘mi- 
nani  o ‘tir,  Istamboy,  gapim  bor,  deb  qayta  o ‘tqazdi.
-   M enga  qara,  xotin,  bu  dunyoda  ishim  bitganga  o ‘x- 
shaydi.  Tadorigingni  ko‘rib  qo‘ysang  boTarmidi.  Nimang 
bor,  nim ang  y o ‘q,  qarab  qo‘y.
M o ‘mina 
momo 
eridan  biron 
marta  bunaqa  gap 
eshitmagandi.  Choi  oMimidan  og‘iz  ochmasdi.  Nima  bo‘ldi?
-   Esingizni  yeb  q o ‘yibsiz,  Istamboy,  nafasingizni  issiq 
qiling,  yaxshi  gapga  ham,  yom on  gapga  ham  farishtalar 
omin,  deydi.
Choi  salmoqlab  gap  boshladi:
-   E  xotin,  o ‘lmaydigan  kim  bor?  Xudoning  inoyati  bilan 
shuncha  yil  yashadim.  Gapimni  b o ‘lma!  Yaxshi-yomon 
gapirgan  boTsam ,  k o ‘nglingdan  chiqarib  yubor.  To‘qqiz 
bola  tu g‘ib  berding,  m ing  rahmat.  Bir  marta  chertmadim. 
O g ‘zimdan  nojo‘ya  gap  chiqmadi.  Nimayiki  orzu  qilgan 
boTsam,  ham masiga  yetdim.  Birovning  dilini  o g ‘ritmadim, 
birovning  m ahram iga  ko‘z  tashlamadim.  Xudoning  dar- 
gohiga  pok  imon  bilan  boraman.
K am pir  o ‘ylanib  qoldi.  N im adir  demoqchi  b o ‘lib,  bir-ikki 
marta  og‘iz juftladi.  Aytolmadi.  Choi  buni  sezib  turardi.
-   Qandoq  gap  aytmoqchisan?  Tortinma,  ayt.  Gunoh 
qilgan  boTsam,  tavba  qilay...
M o‘mina  mom o  eriga  uzoq  qarab  turdi.  Keyin ju r ’atsizlik 
bilan  gap  boshladi:
-   Ayt,  dedingiz,  aytay.  Gunohingiz  bor,  Istamboy.  Xudo 
kechirmaydigan  gunohingiz  bor.
108

Choi  qoshlarini  kerib,  unga  qaradi.  Manglay  ajinlari 
qavat-qavat  boMib  ketdi.  «Nahot  Xudo  kechirmaydigan 
gunoh  qilgan  b o ‘lsam.  Bu  kam pir  nim alar  deb  aljiyapti». 
Shu  o ‘tirishida  xayoli  dunyoni  ikki  aylanib  chiqdi.  Yashab 
o ‘tqazgan  to ‘qson  olti  yilni  bir-bir  elakdan  o ‘tkazdi.  Olti 
yoshidan  suruv  ketidan  chang  yutib,  cho‘llami  kezdi. 
Q irchillagan  qish  chillasida,  oftob  olov  purkagan  saratonda 
qo‘ylar  bilan  birga  yotib,  birga  turdi.  Otarida  tug‘iladigan 
qo‘zilar  orasida  aqlni  lol  qoldiradigan  «Antiqa»,  «Sur», 
«Sheroz»  terilarini  boshqa  cho‘ponlarga  o ‘xshab  berkitmadi. 
Sovxozga  topshirdi.
Kampir  umrida  birinchi  marta  erining  ko‘ziga  tik  qaradi:
-   Siz  to ‘qqiz  bacha  ko‘rib...  xudodan  tilab-tilab  olgan 
bitta-yu  bitta  qizingiz  bilan  yuz  k o ‘rmas  boMdingiz.  Bu 
gunoh  em asm i?  Hasan-Husan  nevaralaringiz  bu  yil  sakkizga 
kiradi.  Biron  marta  borib  ko‘rdingizmi?  Bacha  bechoralar 
Shofirkonda  geroy  bobomiz  bor,  deb  maqtanib  yurisharmish.
M o‘mina  mom o  to ‘qqiz  yildirki,  erini  insofga  keltirol- 
masdi.  Hozir ju da  mavridi  kelib  qolgandi.  Ichidagi  dardlarini 
to ‘kib  soldi:
-   Qizingiz  g ‘ar  b o ‘lmapti,  o ‘g ‘ri  b o ‘lmapti,  Hamroboy- 
ning qiziga o ‘xshab o ‘qishdan  qornini  d o ‘ppaytirib kelmapti...
Juman  bobo  ikki  tizzasiga  shapillatib  urib,  o ‘m idan  turib 
ketdi.
Bundan  to‘qqiz  yil  muqaddam  Juman  bobo  to‘shakka 
yotib  qolgan  tengdosh  do‘sti  usta  Mutavakkilni  ko‘rgani  bordi. 
Uning  ikki  oyog‘i  shol  bo‘lib,  ko‘chaga  chiqolmay  qolgandi. 
Kiyevda  o ‘qiydigan  o ‘g‘li  pochtadan  aravacha  yuboripti.  U 
borganda  aravada  yurishni  mashq  qilayotgan  ekan.  Juman 
bobo  aravachada  itarib  guzarga  olib  chiqdi.  Ikkovi  bir  choyni 
ermak qilib, о‘tgan-ketganlardan gaplashib o‘tirishdi. Tengdosh 
bo‘yinsa  do‘stlarini  eslashdi.  Birin-ketin  hammasi  ketib 
bo  Idi.  Bu  odam  to ‘ymas  dunyoda  tengqurlardan  ikkovigina 
sho‘ppayib  qolishipti.
-   Jum anboy  j o ‘ram, -  dedi 
M utavakkil. -  Sen  bilan, 
adashm asam ,  sakson  yetti  yildan  beri  jo ‘rachilik  qilaman.
109

O ram izga  biron 
m arta  b o ‘lsin 
sovuqchilik 
tushmadi. 
G inaxonlik  qiladigan  biron  gap  aytishm adik. 
Biz-ku, 
ketam iz,  ammo  orqam izda  qoladigan  bachalarim iz  bir- 
biridan  uzoqlashib  ketishm asm ikin?  Shundoq  b o ‘lmasin 
desang,  kel,  qudachilik  qilaylik.  Qizing  Istatoyni  kelin  qilay. 
0 ‘g ii m   Luqm onboy  bu  yil  o ‘qishni  tugatib  keladi.  To‘y 
qilaylik.
M utavakkilning  o ‘g ‘li  es-hushli  yigit b o ‘lgandi.  Kuyoving 
bormi  desang,  bor  degulik.
-   E  d o ‘stim,  o ‘nta  qizim  b o ‘lsa,  o ‘ntasini  ham  q o ‘lingga 
topshiraman.  Istatoy  ta ’tilga  kelsin,  qo‘l-oyog‘ini  bog‘lab, 
ostonangga  tashlab  kelganim  bo‘lsin.
Ikki  quda  obdon  ezilib  gaplashishdi.  To‘y  rejasini  ham 
tuzib  qo‘yishdi.  Kechga  tom on  Juman  bobo  arava  tortib 
M utavakkilni  uyiga  eltib  qo‘ydi.
M utavakkil  shu  k o ‘chaga  chiqqancha  qaytib  chiqmadi. 
Yotib  qoldi.  D o‘xtirlar  Buxoro  shifoxonasiga  olib  ketishdi. 
Ikki  oyog‘i  qorason  b o ‘lgan  ekan,  kesmasa,  aynigan  qon 
tananing  boshqa  tomon lari ga  ham  o ‘tib  ketishi  mumkin 
ekan,  kesishdi.  To‘rt  kundan  keyin  oldiga  odam  qo‘yishdi. 
Juman  bobo  borganda  u  ko‘kka  qarab  qim irlamay  yotardi. 
K o‘zini  arang  ochib  unga  qaradi.  Nim adir  dem oqchi  b o ‘ldi, 
aytolmadi.  Labi  sal-pal  qim irlagandek  bo‘ldi.
Oradan  bir  hafta  o ‘tib,  uni  tuproqqa  q o ‘yishdi.
M utavakkil  u  bilan  birga  uzoq  y o ‘l  bosgan  j o ‘ralarining 
eng  so‘nggisi  edi.  Endi  bu  yorug‘  jahonda  Juman  boboning 
bir  o ‘zi  sho‘ppayib  qolgandek  b o ‘ldi.
Bu  orada  qizi  Istatoy  d o ‘xtirlik  o ‘qishini  tugatib,  qaytib 
kelmadi.  Birga  o ‘qigan  toshkentlik  yigit  bilan  don  olishib 
qopti.  Ota-onalarini,  aka-uka,  yangalarini  to ‘yga  aytib  tele- 
gramma yuboripti.  Juman bobo  hech kimni  to ‘yga yubormadi. 
Bunday  qizim  y o ‘q.  Uni  tanimayman,  dedi.  M o‘mina  momo 
yig ‘ladi,  yalinib  yolvordi,  b o im ad i.
Choi  esa  erta  sahardan  chiqib  ketgancha  Jilvon  cho‘llarida 
tentirab  kunini  kech  qilardi.  B a’zan  Vardonze  q al’asiga  borib,
n o

vayronalar  ustida  kun  botishga  qarab  o ‘tirardi.  Qizarib- 
bo‘zarib  botayotgan  quyosh  uning  dardlarini  ham  olovli 
barkashiga  solib  botayotgandek  b o ‘lardi.
Buxoroi  sharifga  tengdosh  bu  q al’ani  Vardon  xudotlar 
davlati  tiklagan  edi.  Bunda  kim lar  boMmadi,  nimalar 
bo‘lmadi?  U  Qutaybani  ham,  elakchi  Torobiyni  ham,  jom a- 
kor  safidlar  yetakchisi  M uqannani  ham,  m o‘r-malaxdek 
yopirilgan  Chingizxon  lashkarlarini  ham,  to ‘p,  zam baraklar 
sudrab  kelgan  shafqatsiz  Frunzeni  ham va nihoyat qishloqma- 
qishloq  yurib,  odam  otgan  Kuybishevni  ham  k o ‘rgan.
Choi  har  gal  Vardonzega  kelganda  shashtidan  tushar,  bu 
qala  oldida  inson  umri  bir  oniy  ekaniga  iqror  b o ‘lar;  tani 
sovib,  fikri  tiniqlashib  uyiga  qaytardi.
M utavakkilning  tashlab  ketganiga,  Istatoyning  Toshkentda 
qolib  ketganiga  ham  to ‘qqiz  yil  bo‘ldi.  Dunyoning  to ‘xtatib 
bo‘lmas  tashvishlari-yu,  yangidan  yangi jum boqlari  eskisining 
ustiga  kul  tortadi.  Asta-sekin  xiralashib,  xotira  deb  atalmish 
go‘shaning  bir  puchm og‘ida  ko‘milib  ketadi.  Ammo  Juman 
bobo  Mutavakkilni  unutolmasdi.  Har  jum a  namozdan  keyin 
qabristonga borib, go‘ri  tepasida Q u r’on tilovat qilar, va’dasida 
turolmagan  do‘stingni  kechir  deb  pichirlardi.
Bugun  negadir  hammayoq jim jit.  Har  kuni  ertalab  otasiga 
salom  berib  ishga  ketadigan  o ‘g ‘illari  kun  peshindan  og‘diki, 
ko‘rinishmaydi.  Kelinlar  burchak-burchakda  pichirlashadi. 
M o‘m ina  bugun  sigim i  ham  sog‘mayapti.  M a’rab,  hovlini 
boshiga  ko‘taraman  deydi.  Tovuqlar  donsiz  qolgan.  Nima 
boTdi?  Tinchlikmi?
K o‘cha  yo‘lagidan  hassaga  tayanib,  uchta  oqsoqol  kirdi. 
M o‘mina  ulam i  ichkariga  boshladi.  Juman  bobo  poygakda 
tiz  cho‘kib,  ulam ing  og‘ziga  tikildi.  Chollar  gapni  nimadan 
boshlashlarini  bilmay,  sen  ayt,  sen  ayt,  degandek  bir-bir- 
lariga  qarashardi.  U lar  avval  ob-havodan,  keyin  bu  yil 
kuzning  yaxshi  kelganidan,  hukumat  SJKni  taqiqlab,  zap  ish 
qilganidan  gapirishdi.
Juman  boboning  toqati  toq  bo‘ldi.
m

-   Chaynalmasdan  gapiraveringlar,  nim a  b o ‘ldi? -  dedi 
tashvishli  bir  ohangda.
Chollardan  biri  unga  em as,  j o ‘m ragidan  hovur  chiqa- 
yotgan  choynakka  qarab,  gap  boshladi:
-   Sizga  xudo  sabr-toqat  bersin.  Qandoq  qilamiz.  Dunyo­
ning  ishlari  shu  ekan.  Bir  kelm oqning  bir  ketm og‘i  ham  bor, 
deydilar.  Istatoy  omonatini  topshiripti.
Juman  boboning  boshi  egildi,  beli  bukilib-bukilib,  oxiri 
soqollari  tizzasini  qordek  bosdi.
Butun  olam  birdan  sukutda  qolgandek,  jim jit.  Shunday 
jim lik  cho‘kdiki,  bandidan  uzilgan  bargning  yerga  q o ‘ngani 
ham  eshitildi.  Juman  boboning  badanidagi  har  bir  m o‘y  o g ‘ir 
tosh  bo‘lib  pastga  tortardi...
Bundan  bir  yil  oldin  Istatoy  bilan  Rahmonjonni  harbiy 
komissariat  chaqirib,  do‘xtirlar  yetishmayapti,  deb  ularni 
A fg‘onistonga  j o ‘natgan  edi.  Bu  gapdan  faqat  Juman  bobo­
ning  to ‘n g ‘ich  o ‘g ‘ligina  xabardor  edi.
Buni  na  onasiga,  na  otasiga  aytgan.  U  oyda  bir  marta 
Toshkentga  borib,  jiyanlaridan  xabar  olib  turardi.
Bugun  ertalab  Toshkentga  ikkita  tunuka  tobut  keldi.  Birida 
Istatoyning,  yana birida  Rahmonjonning jasadi  bor edi.  Juman 
boboning  ikki  o ‘g ‘li  shitob  bilan  Toshkentga  jo ‘nab  ketishdi. 
Q udalar maslahat  bilan  ikkoviga  yonma-yon  go‘r qazitmoqchi 
bo‘lib  turishgan  ekan.  Istatoyning  akalari  bunga  ko‘nishmadi. 
Singlimizni  tug‘ilgan  yurtiga  dafn  qilamiz,  dedilar.  Maslahat 
bilan  Rahmonjon  Toshkentda,  Istatoy  Shofirkonda  dafn 
qilinadigan  bo‘ldi.  Bugun  peshin  namozida  Rahmonjonga 
janoza  o ‘qildi.  Duoi  fotihadan  keyin  Istatoyning  tobuti 
solingan  avtobus  Buxoro  tomonga  y o ‘l  oldi...
...  Chollar  yuzlariga  fotiha  tortib,  o ‘rinlaridan  turishdi. 
Juman  bobo  harchand  urinsa  ham  o ‘m idan  turolmadi.  Ikki 
kishi  q o ‘ltig‘idan  olib  turg‘azib  qo‘ydi.
K o‘p  yashagan,  ko‘pni  k o ‘rgan,  baxt-u  baxtsizliklarni, 
to ‘y-u  azalam i  ko‘rgan  Juman  bobo  shu  topda  o ‘zini 
eplolmay,  muvozanatini  yo‘qotgan  edi.
112

Hovli  odamga  to ‘lib  ketgan.  Q uda-qudag1 aylar,  qarindosh- 
urug iar,  hamqishloqlar  ko‘cha  eshigi  oldida  jim gina  yer 
chizib  o‘tirishardi.  Ichkaridan  xotin-xalajning  aytib  yig‘lashi 
eshitildi.  Oqsoqollardan biri hovliga kirib,  hoy,  murda eshikdan 
chiqmay,  tuproqqa  qo‘yilmay  yig‘lab  boMmaydi,  deb  ulami 
tinchitib  chiqdi.  Baribir  M o‘mina  belini  boylab,  hovlining  u 
boshidan  bu  boshiga  yurib  yigMardi.
Avtobus  kechasi  o ‘n  birlarda  keldi.
Allaqaydan  paydo  b o ‘lgan  voenkom  tobutni  ochishga 
ruxsat  bermadi.
-   Tobuti  bilan  k o ‘miladi.  Kim  ochsa  javobgarlikka 
tortiladi.
Ruxsat  b o ‘lganda  ham  ochib  bo‘lmasdi.  Ruxlangan  qalin 
tunukani  faqat  elektr  payvand  apparatida  kesish  mumkin  edi.
-   Voy,  uzoqlarda  o ‘qqa  uchgan  bolam.  Temir  kafan  kiy- 
gan  bolam.
M o‘m inaning  bu  faryodi  odam lam ing  yurak-bag‘rini 
o ‘rtab  yubordi.  Hamm a  baravar  uv  tortdi.
Istatoyning  H asan-Husan  o ‘g ‘illari  hech  qachon  kelmagan 
hovlida,  hech  qachon  ko‘rmagan  odam lar  orasida  hayron 
qarab  turardilar.  Ular  g o ‘dak  edi.  Bir  kunda  ham  otasidan, 
ham  onasidan  ajralishganini,  endi  yetim  b o ‘lib  qolganlarini 
idrok  qila  olmasdilar.  U lam ing  bolalik  ongida  ertami,  kechmi 
bir  kun  qaytib  keladigandek  edi.  Endi  bir um r ota bilan  onani 
q o ‘msab  yashashlarini,  shodlik  va  alamli  dam larda  eng  yaqin 
ham dard  kishilari  boMmasligini  hali  bilmasdilar.
Tobutni  ichkari  uyga  olishdi.  M o‘mina  tobutni  quchoqlab 
faryod  urardi.
-   Bolaginam,  to ‘qqiz  yil  diydoringdan  benasib  bo‘l- 
ganim  yetmasmidi.  Chiq,  chiq,  bu  tem ir  kafandan.  Jamalak 
sochlaringni  bir  silay,  jonsiz  tanangni  b ag ‘rim ga  bosay.
Kelinlar  uni  suyab,  tashqariga  olib  chiqishdi.  U  ostonada 
bel  bogTab  turgan  norasta  ikki  nevarasini  b ag ‘riga  bosib, 
faryod  urdi.
8 -  S. A hm ad
113

Juman  bobo  ayvon  dahanida  ko‘ksini  hassaga  berib 
qim irlamay  o ‘tirardi.  Uning  o ‘g ‘illari  tobutni  buzib  ochamiz, 
deb  bolta  ko‘tarib  kelishdi.  Voenkom  bilan  ikki  soldat 
yo‘llarini  to ‘sib,  boltani  olib  q o ‘ydi.  Bu  oqshom  xonadonda 
hech  kim  uxlamadi.  Juman  bobo  ikki  yetim   nevarasini 
to ‘niga  o ‘rab,  k o ‘zlarini  yum gancha  qim irlam ay  o ‘tirardi, 
hadeb  o ‘zini  o ‘zi  qarg‘ardi.
Y ig‘i-sig‘i,  dod-faryod  bilan  Shofirkon  tongi  yorishdi. 
O ftobning  olovli  k o ‘li  Vobkent  minorasi  peshtoqini  sham 
qilib  yoqdi.
K o‘cha  eshigi  oldiga  q o ‘yilgan  kursilarda  keksalar 
o ‘tirishardi.  Yosh-yalang  q o ‘l  qovushtirib  tik  turipti.  Kimdir 
yuvilmagan,  kafanlanmagan  m urdaga  janoza  lozimmi,  deb 
so‘rab  qoldi.  M asjid  mutavallisi javob  qildi:
-   M uhorabada 
qurbon 
b o ‘lganlar 
shahid 
ketadilar. 
U lam ing  jasadlari  havo  bilan,  oftob  bilan  yuviladi.  Buni 
tayammum  deydilar.  Istatoy  to ‘ppa-to‘g ‘ri  bihishtga  tushadi. 
H ur-g‘ilmonlarga  qo‘shilib  ketadi.
Q abristondan  qaytayotganlar  orasida  Jum an  bobo  k o ‘- 
rinm asdi.  H ar  kim ning  o ‘z  gunohi  o ‘zi  bilan.  Balki  Juman 
bobo  qizini  kechirganda,  kel,  deb  eshigini  ochganda  bunday 
b o ‘lm asm idi.  Endi  M o‘m inaning  betiga  qanday  qaraydi. 
A xir  u  nim aga bunday  b o ‘lganini  biladi-ku!  U ndan  qayoqqa 
qochib  qutuladi?
U  qaVa  tomon  og‘ir  yuk  orqalagandek  bukchayib  borardi. 
Necha yuz  yillar oldin  qulab  ketgan  ming  yillik  daraxtlam ing 
toshga  aylangan  ildizlariga  tirmashib,  xarobalar  tepasiga 
chiqdi.  Bu joydan  butun  voha  kaftda  turgandek  ko‘rinardi.
Oftob  o ‘chyapti.  K o‘m -ko‘k  osm onda  suzib  yurgan 
paxtadek  yumshoq  pag‘a-pag‘a  bulutlar  tagi  yonayotgandek 
lovullardi.
Juman  bobo  ikki  qo‘lini  baland  ko‘tarib, Allohga nola  qildi:
-   E,  Xudo,  muncha  qahringga  olasan?  N ega  meni  o ‘l- 
maydigan  dardga  mubtalo  qilding!?  Ilon-chayonlar  chaqsa
114

ham  o ‘lmaydigan,  b o ‘ri-yu  shoqollar  d af  qilmaydigan, 
o ‘tda  yonmas,  suvda  ch o ‘kmas  qilib  yaratding.  0 ‘z  bolasini 
ostonadan  quvgan  gunohkor  bandangman.  Dargohingga 
sig‘inib  keldim.  Omonatingni  ol!  Dunyoga  to ‘ymagan  noras- 
talar  umrini  nega  menga  yulib  berasan?  Axir  men  yoshimni 
yashab  boMdim.  Yashayverib  zerikib  ketdim.  0 ‘zingdan  tilab 
olgan  yolg‘iz  qizim  u  dunyoga  mendan  dili  o g ‘rib  ketdi. 
Bunga  qandoq  chidaym an?  Tong-la  m ahsharda  unga  qandoq 
qaraym an?  Endi  ketay,  bu  yorug1  jahonda  boshqalarga  joy 
b o ‘shatay.
K o ‘m -ko‘k  osmon jim .  Bulutlar jim .  Uning  iltijolariga  na 
ko‘k,  na  yer javob  qilardi.
Olisda  harir  tuman  ortida  salkam  m ing  yil  yashagan 
Vobkent  minorasi  abadiylik  timsoli  bo‘lib  ko‘rinib  turardi. 
G o ‘yo  u:
-   Yur,  olis  asrlarga  birga  boraylik, -  deb  chorlayotganga 
o ‘xshardi.
Choi  qal’adan  horg‘in  tushib  kelarkan,  atrofni  qorong‘ulik 
pardasi  o ‘rab,  nildek  osm onda  birin-ketin  yulduzlar  k o ‘z 
ocha  boshlagan  edi.
1992-yil,  m ay
115

Q I S H D A N   Q O L G A N   Q A R G ‘A L A R
N asib jo n   hovlisidan  ancha  berida  mashinadan  tushdi. 
Eshik  oldida  ikki  «Jiguli»  turibdi.  K im lar  keldi  ekan?  Uni 
y o ‘qlab  keladigan  yaqinlari  yo‘q  edi-ku.  Tinchlikmi  o ‘zi? 
Ishqilib  tinchlik  b o ‘lsin-da,  deya  ostona  hatladi.  Xotini 
chorpoyada  omonatgina  o ‘tirib,  guruch  tozalayapti.
Ayvonda  dasturxonga  tugilgan  uch-to‘rt  tog ‘ora.  Ularda 
somsa,  xasip,  varaqi  va  allaqanday  yoqim li  hidlar  keladi. 
Xotini  oyoq  sharpasidan  bosh  ko‘tardi.
-   Tinchlikmi,  nim a  gap  o ‘zi? -  dedi  Nasibjon  hayron 
bo‘lib.
-  Voy, 
urugTaringiz  kelishdi, -  dedi 
quvonch 
bilan 
Anzirat.  -   Qulluq  b o ‘lsinga  kelishipti.  X olangiz  bilan 
am m angiz  biram  dilbar  juvonlar  ekan.  Bir  gapirib,  o ‘n 
kulishadi-ya,  baraka  topkurlar!  Tog‘angizni  aytmaysizmi, 
biram  mehribon,  biram  dono...
Anziratning  gapi  o g ‘zida  qoldi.
-   Mening  ham  urug‘larim  bor  ekanmi!  Dadam  bilan 
ayam  oTgandan  keyin  bularni  qarg‘ish  tegib  qirilib  ketgan 
deb  yurgan  edim...
-  E-e,  gapingiz qursin!  Kiring,  ichkariga kiring,  anchadan 
beri  kutib  o ‘tirishipti.
Ayvon  peshida  sovun  qutisidek  radiopriyomnikni  qu- 
log‘iga  tutib,  o ‘n  ikki  yoshlardagi  bir  qiz  o ‘tirardi.  Uning 
quloqlarida  soMkavoydek  tilla  baldoq.  B o‘ynida  shoda-shoda 
marvarid.  Hamma  barm oqlarida  q o ‘sha-qo‘sha  tilla  uzuk.  U 
Nasibjonga  qarab,  tilla  tishga  to ‘la  og‘zini  ochgancha  radio 
eshitardi.
l i e

Nasibjon  xotiniga,  bu  kim,  degandek  qaradi.
-   Voy,  tanimasangiz,  tanib  oling.  Bu  kelinimiz.  Xolan- 
gizning  qizlari,  quda  boMamiz,  deb  atayin  ko‘rsatgani  olib 
keptilar.
-   Obbo,  bitta  shu  yetmay  turgandi.
Nasibjon  xotiniga  yomon  qarash  qildi.  Uning  bu  qara- 
shida,  ulam i  nega  uyga  kiritding,  degan  m a’no  bor  edi.
Nasibjon  bilan  Anziratning  turmush  qurganlariga  o ‘n 
to ‘q-qiz  yil  b o id i.  To‘ng‘ich  o ‘g ‘illari  institutda  o kqiydi. 
Nasibjon  biror  marta  b o ‘lsin,  xotinini  urug‘larinikiga  olib 
bormagan.  U lar  ham  jiyanim iz  bor  edi,  deb  aqalli  bir  marta 
qadam  izi  qilib  kelishmagan.  Oralaridan  nim a  gap  o ‘tgan, 
bilmasdi.  Eri  shundoq-shundoq  b o ‘lgan,  deb  aytmagan. 
Anzirat  o ‘zicha,  urug‘laridan  uylanmagani  uchun  yuz 
koTm as  b o ‘lib  ketishgan  b o ‘lsa  kerak,  deb  o ‘ylardi.
Nasibjon  qarindoshlari  yeb-ichib  o ‘tirgan  uyga  tomon 
yurarkan,  o ‘zi  ustidan  chiqarilgan  hukmni  eshitish  uchun  sud 
zaliga  kirayotgandek  bir  alpozda  edi.  U  kirishi  bilan  katta 
xolasi  sapchib  turdi-yu,  uni  bag‘riga  bosdi.
Voy,  sen  qanaqa  mehrsiz  bola  chiqding!  Axir  men 
onaginangni  singlisiman.  Xolaginam  o ‘likmi,  tirikmi,  deb 
biror  marta  xabar  olmaysan!  Sen  o ‘zi  kimga  tortganding?!
-   Ha,  bu  shunaqa!  -  deya  uni  opasining  bag‘ridan  tortib 
oldi  Robiya  xolasi.
U  qoshini  bir-biriga  ulab,  enlik  qilib  o ‘sma  q o ‘ygan 
semizgina,  so‘lqillama juvon  edi.
-   Sen  tug‘Uganda  opaginam,  o ‘g ‘il  ko‘rdim,  deb  qandoq 
suyungan  edi.!  Seni  yer-u  ko‘kka  ishonmasdim.  Erta-yu 
kech  opichlab  yurardim.  Shu  yelkaginam da  uxlab  qolarding, 
shiringina  b o ‘lib.
Nasibjon  shu  m ehribon  Robiya  xolasinikiga  oxirgi  marta 
borganida  in s titu tin g   ikkinchi  kursida  o ‘qirdi.  Tirikchiligi 
o g ‘ir 
b o ig a n id an  
durustroq 
o ‘qiyolmay, 
stipendiyaga 
ilinmay  qoldi.  Kiyim -boshi  to ‘zigan,  yeyish-ichishining
117

ham  mazasi  yo‘q  edi.  Biron  nim a  tamaddi  qilib  kelay,  deb 
shu  xolasinikiga  bordi.  Xolasi  osh  damlab  q o ‘ygan  ekan. 
Damlangan  oshning  hidi  dim og‘iga  urdi.
-   Ha,  yaxshi  yuribsanm i? -  dedi  xolasi  shu  paytda 
nim a  qilarding  kelib,  degandek  stolga  to ‘qillatib  choynakni 
q o ‘yarkan. -  A ksiga olib,  uyda  non  ham  qolmapti.  Jiyanlaring 
bir-biridan  quloqsiz.  Ertalabdan  javraym an,  magazindan  non 
opkelib,  keyin  ishingizga  ketinglar  deb,  qani  quloq  solsa! 
Shuncha  bola  o ‘stirib,  kunim  qotgan  nonga  qolib  o ‘tiribman!
0 ‘g ‘il-qizlar  birin-ketin  birovi  o ‘qishdan,  birovi  ishdan 
kelishdi.  Tog‘ajon-tog‘ajon,  deb  uning  bo‘yniga  osilishdi. 
Onasi  ulami  birin-ketin  imlab  chaqirib,  olib  chiqib  ketdi. 
Birozdan  keyin  ular  lablari  yog‘dan  yiltirab  kirishdi.
Xolasining  qilmishidan  N asibjonning  dili  vayron  bo‘ldi. 
Shu  uyga  ikkinchi  qadam  bosm aganim   bo‘lsin,  dedi-yu, 
chiqdi-ketdi.
-   Hoy,  shoshma,  hozir  ovqatga  unnayman!  Quruqdan- 
quruq  ketma, -  degancha  qoldi  xolasi.
M ana  yigirma  uch  yil  bo‘pti  uni  ko‘rmaganiga.  Bugun 
jiyanim   katta  lavozimga  o ‘tibdi,  deb  kelibdi.
-   Xolaginang  girgitton,  gap  mundoq.  Kimsan,  endi 
kattakon  ministrsan!  Yot  begonalar  yoningda  yeb-ichib 
yurmasin.  Bosh  yorilsa  bo‘rk  ichida,  degan  gap  bor. 
Jiyaningni  yoningga  ol.  Pomoshnik  qilib  ol.  Nima  qilasan 
begonalarga sir berib.  Iloji  b o ‘lsa, jiyanlaringdan yana bittasini 
o ‘zingga  shopir  qil.  Xudo  xohlasa,  ikkovimiz  quda  boMamiz. 
Kenja  qizim  oqi  oq,  qizili  qizil  bo‘lib  turibdi.  Eshigimdan 
sovchilaming  oyog‘i  uzilmay  qoldi.  Shu  qizim  o ‘g ‘lingga 
munosib.  Otingni  qamchila,  b o ‘lmasa  quruq  qolasan!
Gapirganda  yasama  tishi  shiq-shiq  qilib  turadigan  Nurmat 
tog‘asi  salmoqlab  gap  boshladi.
-   Xolang  savodsiz  bir  narsa,  ammo  yurt  ko‘rgan  xotin. 
Yetti  yil  poyezdlarda  provodnik  b o ‘lib,  bormagan  shahri 
qolmagan.  0 ‘zing  bilasan,  provodnik  ishi  o g ‘ir  ish,  bir  kunda
118

necha-necha  odam  bilan  gaplashadi.  X olang  o ‘rischalab 
so ‘kkanida  o ‘rislar  ham  qulog‘ini  bekitib,  qochib  qolardi. 
Topmadi  em as, topdi.  Topganini  bolalarini  o ‘qishga joylashga 
sarfladi.  0 ‘zing  yaxshi  bilasan,  hozirgi  dom lalam ing  nafsi 
hakalak  otib  ketgan.  Noinsoflar,  peshona  terini  to ‘kkandek, 
berganingni  barm og‘iga  tuflab  sanab  oladi.  X olang  bechora 
bolalam ing 
hammasini 
diplomli 
qildi. 
Uning 
gaplari 
qulog‘ingda  tursin,  pomoshnik  masalasi -  o ‘ylab  k o ‘rsa 
arziydigan  masala.  Endi  mening  gapimni  eshit.  Yoshim 
o ‘tib,  kuch-quvvatdan  qolyapman.  Qariganda  urug‘laringni 
qo‘msab  qolarkansan.  Ko‘rgim  keladi.  Endi  qariganimda 
bir  yaxshilik  qilib  ketay.  Hali  sen  kelguningcha  hovlingni 
aylanib  chiqdim.  Endi  sen  kim san,  ministrsan!  Bunaqa 
uy,  bunaqa  hovli  senga  yarashmaydi.  Oldingga  o ‘zingga 
o ‘xshagan  kazo-kazolar  keladi.  U lam i  manavi  chordevorga 
qanday  olib  kirasan?!  Endi  senga  obro‘yingga  yarasha  uy 
kerak.  0 ‘zim cha  cham alab  chiqdim.  Ikki  qavatli  uy  quramiz. 
0 ‘n  ikki  xona  boMadi.  Zal  uyga  eng  kam ida  oltmish  kishi 
sig‘adi.  Tagida  bilyardxona,  fin  hammomi,  sport  zali  boMadi. 
M enga  qara,  g ‘isht  zavodlari  ham  senga  qaraydi.  Taxminan 
yetm ishta  g ‘isht  zavoding  bor,  deb  eshitdim.  Taxta  iskalating 
ham  yuzdan  oshar  emish. 
H ar  qaysisidan  beshtadan 
taxta  olganingda  ham  butun  urug‘-aym og‘ingga  yetadi. 
Direktorlaringga  meni  ko‘rsatib,  shu  odam  mening  vakilim, 
deb  qo‘ysang,  tamom;  u  yog‘ini  o ‘zim  kelishtiraman...
M ehribon  to g‘asi  uni  ikkinchi  kursni  tugatib,  endi  ta ’tilga 
chiqaman,  deb  turganda  qidirib  borgandi.  Kimsan,  kattakon 
bazaning  mudiri  katta  boshini  kichik  qilib  kelibdi.
-   Hoy  sen  kim ga  o ‘xshagan  chiqding?  U rug‘imizda 
bunaqa  odam  b o ‘lmagandi-ku?  Tog‘am  bechora  uchastka 
quryapti,  qiynalib  ketgandir  deb  o ‘ylam adingm i?  Sendan 
osh-non  so ‘rayotganim   y o ‘q.  «Horma,  bor  bo‘l»ga  ham 
yaram aysanm i?  Ertaga  kanikulga  chiqasan.  Umringni  bekor 
o ‘tkazma.  Erta-indin  qilichini  ko‘tarib  qish  keladi,  ishlab.
119

besh-to‘rt  tangani  belingga  tugib  q o ‘ysang,  teshib  chiqmaydi. 
M ardikor bozoriga chiqib  bizni  uyatga q o ‘yma!  M enikiga kel. 
Bitta  student  o ‘rtog‘ingni  yoningga  olib,  g ‘isht  quyasan.  Har 
kuni  ovqatingdan  o ‘zim  xabar  olib  turaman.  Uch  oyda,  o ‘h- 
ho‘,  qancha  g ‘isht  quyish  mumkin!  Ertaga  borib,  mashinada 
olib  ketaman.  К о ‘rib  olasan,  keyin  o ‘zing  boraverasan.
Nasibjon 
qashqadaryolik  hamkursi 
bilan 
tog‘asining 
uchastkasida  uch  oyda  eh-he,  qancha  g ‘isht  quyib  tashladi! 
Sakson  mingdan  oshgan  chiqar...  Tog‘a  aytganini  qilib,  har 
kuni  tushlikka  ikkoviga  to‘rttadan  somsa  olib  kelib,  quyilgan 
g ‘ishtlami  ko‘zdan  kechirardi.  Va  albatta,  balli,  deb  qo‘yardi. 
G ‘irt  piyozdan 
iborat 
somsa 
shunchalik 
Nasibjonning 
m e’dasiga  tegdiki,  birov,  somsa,  desa,  ko‘ngli  ayniydigan 
bo‘lib  qoldi.
Tog‘aning  hisob-kitob  qiladigan  payti  ham  keldi.  Negadir 
u  shoshilmasdi.  Nasibjon  puldan  gap  ochgan  edi,  jerkib 
tashladi.
-   Uyalmaysanmi, begona emasman-ku!  Qochib ketayotga- 
nim  yo‘q.  Arzimagan  shu  xizmatingni  minnat  qilib,  haq 
so‘ragani  qandoq  tiling  bordi?  M anavi  bola,  mayli,  u 
begona.  U ch-to‘rt  so‘m  bersam  boMadi.  Ammo  sen  o ‘zimiz- 
nikisan, jiyan!  Hasharga  haq  so ‘rasa,  ayb  b o ‘ladi.  Unaqa  past 
bo‘lma,  jiyan.  Shu  gapni  sen  aytmading,  men  eshitmadim.
Uch  oylik  mehnati  kuygan  Nasibjon  ham kurs  o ‘rtog‘i 
oldida  yuzi  qora  b o ‘ldi.
Nasibjon  mehribon  tog‘asini  shundan  keyin  ko‘rmadi. 
K o‘rgani  toqati  y o ‘q  edi.  To‘g ‘ri,  bir  marta  k o ‘rdi.  0 ‘sha  yili 
qish  jud a  m ijg‘ov  b o ‘lgandi.  Q or  yog‘adi,  eriydi,  y o g ‘adi, 
eriydi.  Nasibjon  brezent  tuflida  shilt-shilt  h o ‘l  qor  kechib, 
poyabzal  d o ‘koniga  bordi.  Kecha  olgan  stipendiyasiga  tufli 
olmoqchi  b o ‘ldi.  Bir  tuflini  endi  q o ‘liga  olgan  edi,  tanish 
ovoz  eshitildi.  Peshtaxta  orqasida  shu  Nurmat  tog‘asi  turardi. 
Demak,  tog‘asi  bazani  silliqqina  topshirib,  shu  d o ‘konga 
o ‘tib  olibdi-da.
120

-   Stipendiya  tegibdi-da,  jiyan?  Diding  durust,  yaxshi 
tufli  tanlading.
Nasibjon  pulini  sanasa  uch  so‘m  yetmayapti.
-   Tog‘a,  uch  so ‘m  yetmayapti.  Yetmaganini  ertaga  tash­
lab  o ‘taman.
-   Unaqa  emas-da, jiyan!  Bu  hukumatning  moli.  Reviziya 
bossa,  shu  uch  so‘m  uchun  meni  nim a  qiladi,  bilasanmi? 
Q o‘y,  m enga  jab r  qilma.  Pulingni  butlab,  keyin  tuflini  olib 
ket.
Nasibjon  tog ‘asiga  «xayr»  ham  dem adi,  indamay  chiqib 
ketdi.  M ana,  shundan  beri  «mehribon»  tog‘asini  endi  ко‘rib 
turipti.
-   Endi  mundoq  qilsak, -  dedi  tog‘asi  yasam a  tishini 
shaqillatib.  -   Men  ham  qarib  qoldim.  K etadigan  vaqtim 
bo‘lib  qoldi,  shekilli.  Bittagina  o ‘g ‘limdan  k o ‘nglim  notinch. 
M endan  keyin  u  nim a  bo‘ladi,  bilmayman.  M ana,  baxtimizga 
sen  m inistr  bo‘lding.  Bu  ham  Xudoning  inoyati.  Sulton 
suyagini  xo‘rlam as,  deb  bekorga  aytmaganlar.  Shu  bolani 
yoningga  ol.  Eski  shahar  bozorini  olib  ber.  0 ‘zing  bilasan, 
bozorda  katta  bo‘lgan  bola,  eplab  ketadi.
U  yonida  o ‘tirgan  shirakayf yigitni  turtdi.
-   Tur  o ‘m ingdan,  m inistr  tog ‘angga  qulluq  qil!  Bozor 
seniki  b o ‘ldi,  nodon!  Endi  ko‘pam  ichaverma!  Bunaqa  ichish 
rahbar  odam ga  yarashmaydi!
K o‘kragiga  Brus  Lining  surati  tushirilgan  m ayka  kiygan, 
barzangi  yigit  o ‘m idan  turib,  q o ‘lini  ko‘ksiga  qo‘yib,  qulluq 
qildi.  Uning  o g ‘zi  to ‘la  tilla  tish.  B o‘yniga  har  donasi 
konfetdek  tilla  tross  osib  olgan.
Nasibjon  hayron.  Bu  tilla  trossning  bahosi  biron  ming 
dollar  tursa  kerak,  deb  ko‘nglidan  o ‘tkazdi.  UrugTarining 
hammasi 
tilla  tishli, 
go‘yo  topgan  boyligini 
og‘ziga 
joylaganday.  U lar  b o ‘lar-boTmasga  xandon  otib  kulishar, 
kulganlarida  o g ‘izlarida  chiroq  yonib  turgandek  boMardi. 
X otinlam ing  bo‘yni,  qulog‘i,  bilagi,  barmoqlari  «archa
121

bayrami»ni  eslatardi.  Bugun  N asibjonning  uyiga  u ru g iari 
emas,  «Yuvelirtorg»ning  ko‘chm a  do‘koni  kelgandek  edi.
Nasibjonning to g‘asi  bilan xolasi  shunchalik  ishonch bilan 
gapirdilarki,  nimaiki  so‘ragan  b o ‘lsalar  og‘izlaridan  chiqmay 
turib,  vazir jiyanlari  bajaradigandek  edi.  Ammo  Nasibjon  bu 
gaplarga  na  «ha»  dedi,  na  «yo‘q»  dedi.  Nimaiki  eshitgan 
bo‘lsa,  ichiga  yutib  o ‘tiraverdi.  Hukumat  unga  bu  lavozimni 
faqat  urug‘-aymoqlaringni  ta’minla,  deb  bergandek  edi.
Xolasi  iymanib,  qimtinib  o ‘tirgan  singlisiga  achitma  gap 
qildi:
-   Boshqa  k o ‘ylaging  yo‘qmi?!  M inistm ing  uyiga  shu 
alpozda  keldingmi?!  Bu  shtapel  o ‘lgurni  Achavotning  lo‘- 
lilari  ham  kiymaydi-ku!
-   Qandoq  qilay,  opa,  bir  etak  bola.  Erim  rabochiygina 
odam  b o ‘lsa!  Topganini  bolalam ing  boshiga  yetkazsam, 
egniga  yetkazolmayman!  -  dedi  Salima  o ‘ksib.
-   Ering  ham  o ‘zingga  o ‘xshagan  Xudo  urgan  qaysar! 
Provodnik  vaqtim da  ikki-uch  marta,  yur,  olib  ketay,  dedim. 
Ering 
ko‘nmadi. 
Hamma 
tishingni 
tilladan 
qo‘ydirib 
berardim.  Mana,  yuribsan,  itning  keyingi  oyog‘i  b o iib !
Tog‘asining  qudasi -  q o ‘ziqorindek  pak-pakana,  negadir 
bo‘yni  y o ‘q,  boshi  ikki  yelkasi  orasiga  chaplab  q o ‘yilgandek, 
yoniga  qarash  uchun  o ‘m idan  turib  buriladigan,  k o ‘sanamo 
bir  odam  gap  boshladi:
-   Hoy, 
insoflaring 
bormi?! 
Bola 
bechorani 
q o ‘y 
so ‘ygandek,  nim ta-nim ta  qilib  b o ‘lib  oldilaring-ku!  Menga 
nim a  qoldi?  Nuqul  shaqir-shuqur  suyagi  qoldi...  Endi 
gap  bundoq,  «Sabis»dagilar  nomardlik  qilib,  nafaqaning 
eng  pastini  berdilar.  Bergani  nos  pulim ga  ham  yetmaydi. 
«Sabis»  boshlig‘i  bir  gap  aytdi,  jon-jonim dan  o ‘tib  ketdi. 
«Senga  nafaqa  u  yoqda  tursin,  eski  paytava  ham  hayf», 
dedi.  «Hukum atga  sariq  chaqalik  foydang  tegmagan,  faqat 
zararing  tekkan!»,  deydi.  Qandoq  qilay,  bo‘yim  past, 
bo‘ynim   y o ‘q.  Yonimga  qarayman,  desam,  o ‘m im dan  turib
122

burilishim  kerak...  M enga  bittagina  «Trudovoy»  yozdirib 
ber!  Nafaqam ning  bo‘yini  ham  jichcha  cho‘zib  q o ‘y.  Sen 
eshitganm isan-yo‘qmi,  yaqinda  meni  mashina  urib  ketgan. 
Bo‘ynim  o ig u r   burilm ay  qoldi-yu,  mashina  shartta  urdi- 
ketdi!  Ikki  oy  kasalxonada  yotdim.  Hozir  o ‘sha  urib  ketgan 
shopirdan  oyiga  besh  yuz  so ik av o y d an   xonaki  nafaqa  olib 
turibman.
H ovlida  nim adir  taraqlab  ketdi.  Mast  odam ning  so‘- 
kingani  eshitildi.
—  Sharm andalam i  nega  uyga  kiritding,  kelin!  Hayda 
ulami!
X onadagilar  pildir-pis  b o iib   qolishdi.  Tog‘aning  rangi 
quv  o ‘chdi.  Robiya  xolaning  o ‘sma  tutashtirgan  qoshlari 
ulangan  joyidan  uzilib  kelgandek  b o id i.
-   Oshga  pashsha  tushdi,  a k a ! - d e d i  qo‘rqa-pisa...-  
«Devoriy  gazeta»  o ig u r   keldi.
«Devoriy  gazeta»  -   bu  Nasibjonning  o ‘rtancha  tog ‘asi 
Turg‘unboy.  Uning  shunaqa  ichadigan  odati  bor  edi.  Haftada 
bir  ichadi.  Ichganda  ham  birvarakay  ichadi.  K ayf  qilib, 
ham ma  aka-uka,  am m a-xolalarinikiga  boradi.  Navbati  bilan 
bo‘ralab  so ‘kadi.  Kayfi  tarqalguncha,  o ‘zi  charchaguncha 
so ‘kadi.  M ahalla  uni  haftada  bir  chiqadigan  «Devoriy  gaze­
ta»  deb  atardi.
T urg‘unboy avvallari  ichmasdi.  M o‘min-qobil, yuvoshgina 
odam  edi.  Q o ii  gul  ganchkor  usta  edi.  Shaham ing 
muhtasham  saroylari  u  chekkan  ajib,  chiroyli  naqshlari  bilan 
betakror  m o‘jizaga  o ‘xshardi.  R o‘zg ‘ori  tinch  shu  odamning 
xonadoni  birdan  ag ‘dar-to‘ntar  b o iib   ketdi.  Bittagina  o ‘g ‘il- 
larini  yalab-yulqab,  shamolni  ravo  k o ‘rmay,  puf-puflab, 
unga  oydin  istiqbol  tilab  yashardilar.  Er-xotin  shu  arzanda 
bolasini  A fg‘on  urushiga  kuzatar  ekan,  b ag irlarid an   bir nima 
uzilib  kelgandek  b o id i.  Tagli-taxtli  oilaning  eshigini  ochib, 
qiziga  non  sindirishgan  edi.  Kelinning  sarpolari  ham  taxt 
edi.  O ta-ona  orzusi  cheksiz  edi.  O lis d a - A f g ‘on  zam inida
123

portlayotgan  bom balar  ulaming  xonadonida  ham  portladi. 
Temir  tobutda  o ‘g iin in g  jasadi  keldi.
Eshikdan  soqchilar  qurshovida  tobutni  olib  kirishganda 
onasi  faryod  urib,  o ‘zini  tobutga  otdi.  U  qayta  o ‘midan 
turmadi.  Hovlida  qiyom at  q o ‘pdi.  0 ‘sha  kuni  eshikdan  qo‘sh 
tobut  chiqdi.
Kelin  tushadigan  yasatug‘li  uy  huvillab  qoldi.  Tur- 
g ‘unboyning  yorqin  orzulari  qora  yerga  ko‘mildi.  To‘yga 
atab  qazilgan  o ‘choqqa  o ‘t  yoqilmay  qoldi.  Yigirma  yetti 
yil  «sen»  demay,  sizlab  yashagan  xotinidan,  o ‘n  sakkiz  yil 
bagbriga,  mehriga  o ‘rab  o ‘stirgan  bolasidan  tumanga  qorishiq 
xotiralargina  qoldi.  U  ichdi,  ichaverdi.  Yor-birodarlarining 
nasihatini  olmadi.  Tani  b o s h q a -d a rd   bilmas,  o ‘zimdan 
o ‘tganini  o ‘zim  bilaman,  dedi-yu,  ichaverdi.
Bugun  dam  olish  kuni  emas.  Turg‘unboy  odati  bo‘yicha 
faqat  dam 
olish 
kunlarigina 
ichardi,  bugun 

ichdi. 
Ichmasa  boim asdi.  0 ‘g ‘liga  unashtirilgan  qizni  kecha  dan- 
g ‘illama  to‘y  qilib,  yor-yor  aytib  kuyovga  chiqarishdi.  Tur- 
g ‘unboy  kechasi  bilan  mijja  qoqmay,  tebranib-tebranib  o ‘tirdi. 
Sahar  payti  bir  dunyo  g ‘am  bilan,  sudralgandek  qabristonga 
bordi.  Q o‘shmozor  bo‘lib  yotgan  xotini  bilan  o‘g ‘li  poyiga  tiz 
cho‘kkanicha  ko‘z  yoshlarini  tiyolmay,  uzoq  tilovat  qildi.
G o‘rkov  kelib  qo‘ltig‘idan  ko‘tarm aganda  hali-beri  o ‘r- 
nidan  turmasdi.
-   Bolam,  o ‘zingizni  q o ‘lga  oling.  Axir  siz  er  kishisiz. 
Manavi  yotgan  yuzlab  m arhum lam ing  ham  ota-onasi, 
farzandlari  bor.  Qandoq  qilamiz,  bu  Xudoning  irodasi.
Turg‘unboy  bir  so‘z  demay,  boshini  eggancha  darvoza 
tomon  ketdi.
Qaytishda  u  ichdi.  To‘yib-to‘yib  ichdi.
Uning  dardini  aytadigan  odami  yo‘q  edi.  Aka-ukalariga 
yorilmasdi.  Umuman,  ulam i  ko‘rishga  toqati  y o ‘q.  Q ilayot­
gan  ishlarini  ko‘rib  bir  otadan,  bir  onadan  tu g‘ilganiga 
pushaymonlar  yerdi.
124

Bir  vaqtlar  akasi  Nurmat  tog‘aning  daranglagan  paytlari 
bo‘lgan.  Poyabzal  bazasida  mudir  paytlari da  aytgani-aytgan, 
degani-degan,  besh  ming,  o‘n ming so‘m  degan gaplar og‘zining 
yeli  edi.  Shaharda o‘nta «Pobeda» bo‘Isa, bittasi  shuniki  bo‘lgan.
Uzoq-yaqin  yurtlardan  keladigan  m ijozlar  shundoq  shahri 
azimdan  uning  uyini  topishi  ju d a  oson  edi.  X o‘roz  tam ovli 
oq  uy  qayerda,  desa  b o ‘ldi,  yosh  bola  ham  mana,  deb  ko‘r- 
satib  berardi.
U  qilgan  to ‘ylar  hali-hali  og‘izlarda  doston.  Uning 
to ‘yiga  bir  marta  kelgan  hofiz  qistir-qistirdan  tushgan  pulga 
bemalol  o ‘g ‘il  uylasa  bo‘lardi.  Otasiga,  onasiga  bag‘ishlab 
o ‘tkazgan  m a’rakalariga  ham  har  ehtimolga  qarshi  ikki 
guruh  hofiz  aytib  q o ‘yardi.  Ashula  aytsa  aytar,  aytmasa  osh 
yeb  ketaveradi,  derdi.
Uning  orqasida  qancha  ipirisqilar  ro ‘zg‘or  tebratishardi. 
Shaham ing  pastqam  mahallalarida  xufiya  «iskalat»lari  bo‘- 
lardi.  N urm at  tog ‘a  bu  joylarga  biron  marta  bormagan.  Bu 
ishlami  singlisi  Robiya  boshqarardi.  Chex  tufli lari  u  vaqt- 
larda  otliqqa  ham  y o ‘q,  piyodalarga  y o i   b o ‘lsin  paytlar 
edi.  N urm at  to g‘a  bazaga  kelgan  bu  xil  tuflilaming  hidini 
chiqazmay,  o ‘sha  birovning  nazari  tushmaydigan  xufiya 
«iskalat»larga jo ‘natar  edi.
Nima  b o ‘ldi-yu  mahallaning  «qitmirlari»  hid  olib,  xufiya 
om bor  to ‘g ‘risida  tegishli  joyga  xabar  qiladilar.  Kechasi 
melisa  bosadi.  Uyning  egasi  sakson  yoshlarga  borib,  hilvirab 
qolgan  kam pim i  so ‘roq  qiladilar.
Yer  tagida  ilon  qim irlasa  biladigan  Robiya  b o ‘lgan 
voqeani  o ‘sha  kechasiyoq  eshitadi.  M ahallaga  borm ay  q o ‘- 
yadi.  «O m bor»da  m ing  ju ft  tufli  bor  edi.  Yaxshiyam  uch 
kun  oldin  olti  yuz  juftini  olib  ketgani,  b o ‘lm asa  salkam 
m ingta  tufliga  kuyib  qolardi.
H ovlining  egasi  Robiya  qayerda  turadi,  ash  oti  nima,  bil­
masdi.  Ijara  pulini  vaqtida  to ‘lab  turganidan  keyin  surishtirib 
nim a  qilaman,  deb  o ‘ylardi.
125

Robiya u  yerga borganda  qora  xalat  kiyar,  oq  doka ro ‘mol 
o ‘rab  qari  xotinlarga  o ‘xshab  olardi.  K am pim ing  nurdan 
qolayozgan  ko‘zlari  uning  yuzlarini  durustgina  k o ‘rmagan. 
Shu  sabab  hovli  egasi  b o ‘lmish  bechora  kam pir  militsiya 
savollariga  tayinli  biron javob  berolmagandi.
Shundoq  shahri  azim da  Robiyani  qidirish  oson  gap 
em asdi.  Uni  izlash  qora  p o ‘stakdan  burga  qidirishdek  gap 
edi.  H ilvirab,  om onat  b o iib ,  ana  kctam an,  m ana  ketam an, 
deb  turgan  kam pir  uch  kundan  keyin  jo n   taslim   qildi. 
Sakson  yil  toat-ibodat  qilgan,  tong  saharlarda  Xudodan 
im onim ni  salom at  qil,  deb  iltijolar  qilgan  bir  m ushtipar 
kam pir  yuzi  qaro  b o ‘lib,  Alloh  dargohiga  k o ‘chdi.  M ilitsiya 
tintuv  paytida  olgan  tuflilam i  egasiz  mol  sifatida  davlat 
hisobiga  o ‘tkazdi.
0 ‘sha  kezlari  bayram   arafasida  militsionerlarga  yangi 
yozlik  forma  berishga  tayyorlanayotgan  edilar.  Faqat  qora 
tufli  topish  muammo  bo‘lib  turgan  edi.  Shahar militsiyasining 
boshlig‘i yuqori  idoraning ruxsati  bilan  pul  o ‘tkazib,  tuflilami 
o ‘zlariga  olib  qoldi.
Bayram  namoyishini  tartibga  solib  turgan  militsio- 
nerlam ing  oyog‘ida  qora  tufli  k o ‘rgan  Robiya,  «Qora  tufli 
kiygan  oyoqlaring  sinsin»,  deb  qarg‘ardi.
U  b o ‘ldi,  bu  b o ‘ldi,  aka-singil  bir  m o ‘min-musulmon, 
mushtipar  kam pim ing  fojiaviy  o ‘limiga  sabab  b o ‘ldi.
Bu  sir  sirligicha  qoldi  deb  o‘ylashadi.  Ammo  Turg‘unboy 
bu  gaplardan  xabardor.  Shuning  uchun  ham  aka-singillami 
ko‘rishga toqati  yo‘q.  Ko‘rdi,  so‘kaveradi.  Ayniqsa,  ichib  olgan- 
dan  keyin  ulami  charchaguncha,  kayfi  tarqaguncha  so‘kardi. 
Uning  bunaqa  chidab  boflmas  haqoratli  so‘zlariga  chidamay 
ilojlari  yo‘q  edi.  Bu  tentak  piyonista  ukamiz  simi  ochib 
qo‘yishdan  ham  toymaydi,  deb  mum  tishlab  o ‘tirishardi.
Avvallari  oilasi  jam ,  tinch  paytlarda  Turg‘unboy  jiyani 
Nasibjondan  xabar  olib  turardi.  Dam  olish  kunlari  o ‘g ‘lini 
yuborib,  uni  oldirib  kelardi.  Ichiga  issiq  kirsin,  deb  o ‘zi  osh
126

damlab  yedirardi.  K etayotganida  cho‘ntagiga  zo ‘rlab  pul 
solib  q o ‘yardi.
Birgina  Nasibjon  xotini  bilan  borib  uyini  yig ‘ishtirib, 
hovlisini  supurib  kelishardi.  U yda  biron  tansiqroq  ovqat 
qilsalar  nasiba  olib  borardilar.  Turmushi  tangroq  Salima 
degan  singlisi  ham  k o ‘p  kelardi.  U  serfarzand,  qurilishda 
betonchi  b o iib   ishlaydigan  erining  topganini  uchma-uch 
qilib  ro ‘zg ‘or  tebratadigan  m unglig‘gina  bir  xotin  edi.
U  tez-tez kelib, javrab-javrab  uyini  supurib-sidirib  kelardi.
-   A gar  shunaqa  ichaveradigan  b o is a n g iz ,  bilib  q o ‘- 
ying -   kelm ay  q o ‘yaman!  -  deb  tahdid  qilar,  baribir  akasi 
ichishni,  Salim a  esa  kelishni  q o ‘ymas  edi.
Turg‘unboy  b o is a ,  ichib  olib  akasinikiga,  opalarinikiga 
borib,  erinm ay  so ‘kib  kelishini  q o ‘ymasdi.  Shu  «vazifa»sini 
bajarib 
b o iib , 
N asibjonnikiga 
gandiraklab 
kelardi-yu, 
choф oyada  o y o g in i  osiltirib  uxlab  qolardi.  Nasibjon  uni 
to ‘shakka  yotqizib  qo‘yardi.
Ertalab  uyg‘onib jiyanidan,  kelinidan  uyalganidanm i,  ular 
turishguncha  ketib  qolardi.
A nzirat  uning  bu  xil  kelishlarini  malol  olmasdi.  Faqat, 
«Attang,  shunday  odam»,  deb  q o ‘yardi.
Turg‘unboy  u ru g ia ri  o iirg a n   xonaga  sherday  o ‘kirib 
kirdi.
-   N im a  qilib  oiiribsanlar?!  Bu  bolaga  yetti  yot  bego- 
na  edilaring-ku!  A m aldor  b o ig a n d an   keyin  g im irla b   qoldi- 
laringmi?  Qani,  jo ‘nalaring!
A ka-singillam ing  dami  ichiga  tushib  ketdi.  Suhbatning 
guli  b o iib   o iirg a n   N urm at  akasi  tilini  yutib  yuborgandek 
jim   edi.  H ar  haftada  uyiga  kelib,  aytadigan  sassiq  gaplari 
opasiga  yod  b o iib   ketgan:  «Chayqovchisan...  Puldan  boshqa 
darding  y o ‘q...  Harom  yemagan  kuning  uyqing  kelmaydi... 
Sen  o d am x o isan ,  ay lay mi,  qanaqa  odam x oiliging ni?  Mana- 
vi  sheriklaringga  aytaymi?  Q o‘rqasan-a!»
Turg‘unboy  m unkib-munkib  choy  x o ‘pladi.
127

-   Eshitdilaringmi,  tish  d o ‘xtirlam ing  omadi  kepti.
-   N im a  balo  b o ‘pti?!  -  dedi  tog‘asi,  gap  boshqa  yoqqa 
burilganidan  suyunib.
-   lya, 
hali 
xabarlaring 
y o ‘qmi?! 
Shaharda 
yangi 
toifa  y o it o ‘sar-qaroqchilar  paydo  b o ‘pti.  Tramvaydami, 
avtobusdami,  ko‘chadami -  tilla  tishli  odamni  ko‘rsa,  o g ‘ziga 
ombir  tiqib,  tishini  sug‘urib  olyatkanmish.  K o‘chada,  d o ‘x- 
tirxonada  lunjini  bog‘lab  olganlam ing  son-sanog‘i  y o ‘q!
-   G aping  o ‘lgur  o ‘zingdan  ham  sovuq!
Robiyaning  gapi  o g ‘zida  qoldi.
-   Itiga  tilla  tish  q o ‘ydirgan  otarchi  artist  bor  edi-ku,  shu 
bcchoraning  boshiga  qora  kun  tushib  qopti.  Itining  kallasini 
kesib,  olib  ketishipti.  Itning  kallasini  olgan  qaroqchilar  tilla 
tishli  odamni  tinch  q o ‘yarmidi!
-   Hoy,  yaramas,  topib  kelgan  gaping  shumi?
-   Gapning  kattasini  hozir  eshitasanlar.  Ketasanlarmi- 
y o ‘qmi? -  U  atrofga  alangladi.  Tokchadagi  dazmolni  k o ‘rib, 
chayqala,  chayqala  borib  q o ‘liga  oldi. -  Ketm asalaring,  shu 
bilan  urib,  dabdala  qilaman.
Q o‘ziqoringa  o ‘xshagan  m ehmon  birinchi  b o iib   o ‘zini 
eshikka  urdi.  Katta  xolasi  Robiya,  dod,  degancha  yugurib 
hovliga  chiqib  ketdi.  Birpasda  uy  b o ‘shab  qoldi.  Q o iid a  
dazmol  bilan  hovliga  chiqqan  Turg‘unboy:
-   0 ‘rtoqlar,  bugun  tozalik  kuni,  y a’ni  «sanden»,  uy 
dezinfeksiya  qilinadi!  -  dedi  tantana  bilan.  -  Gap  shu -  bu 
uyga  ikkinchi  qadam   bosmaysanlar!  Qoralaringni  k o ‘rmay! 
Sen  qol,  ketma!  -  dedi  u  Salimaga. -  Sen  bular  toifasiga 
kirmaysan.  Onam  rahmatli  o id a k n in g   tuxum ini  bosgan 
ekanmi,  bilmadim,  ochib  chiqqanlam ing  bittasiga  ham  suv 
yuqmaydi-ya!
-   Onam  rahmatliga  til  tekkizm a,  diydoring  qursin!..
Opasi  uni  qarg‘ay-qarg‘ay,  akasi  so‘ka-so‘ka  chiqib  ketdi.
-   Endi  menam  ketay, -  dedi  Salima. -  Borib,  bolalarga 
ovqat  qilay.
128

-   N im a  qilasan  ovqat  qilib?!  M ana,  ko‘ryapsanmi,  bir 
qozon  palov  damlogMik  turibdi.  Shundan  bitta  tog‘oraga 
bosib  beramiz!  Opalaringni  haydaganim ga  xafa  bo‘ldingmi? 
Q o‘y,  xafa  b o ‘lma!  U lar  odammas.  Achinma.
Turg‘unboy  har  galgidek  javray-javray  chorpoyada  uxlab 
qoldi.
Nasibjon  yigirma  yildan  ortiq  yo‘q  bo‘lib  ketgan,  och- 
yalang‘och  qolganda,  holing  ne  deb  bir  marta  xabar  olmagan, 
bir  kosa  oshini  ravo  ko‘rmagan,  brezent  tuflida  qor  kechib 
kelganda  uch  so‘m  pulini  ayagan,  sakson  ming  g ‘isht  quydirib, 
haqqini  bermagan,  endi  yurtga  qo‘shilib,  mehnati  bilan  el 
nazariga  tushganda,  hukumat  iltifotiga  erishganda,  vazirlik 
lavozimiga  loyiq  topilganda,  go‘sht  isini  sezgan  aridek  paydo 
bo‘lgan  urug‘laridan  nafratlanib  ketdi.
Turg‘unboy  to g‘asi  mast  b o ‘lsa  ham,  rost  aytdi:
-   E-e,  jiyan,  bulam ing  gapiga.  kirma!  U lam i  qishdan 
qolgan  qarg‘alar  deb,  o ‘z  ishingni  qilaver!  Bilib  qo‘y,  saraton 
qancha  qizisa,  sovuq  kunlami  sog‘ingan  qarg‘alar  shuncha 
qattiq  q ag ‘illaydi.
9 -  S. A hm ad
129

B U QA L A M U N   BILAN  U C H R A S H U V
-   S iz   meni 
tanimaysiz, 
ukaginam. 
K o‘p  joylarda 
jonfido  qilib  ishlaganman.  Badbaxt  sho‘ro  qadrim izga 
yetmagan.  Ishla,  desa  ishlayveribmiz,  ishlayveribmiz.  Shun­
cha  ishlab  biron  kun  ro ‘shnolik  ko‘rmadik...
Ana shu «ro‘shnolik»  ko‘rmagan odam  hozirgina eshikdan 
kirib  keldi.  U  ikki  q o ‘llab  ko‘risharkan,  qalamlariga  qudrat, 
qalamlariga  qudrat,  deya  barmoqlarim ni  birm a-bir  ezib 
chiqdi.
Rivoyatlarda  aytilishicha,  X izr  boboning  o ‘ng  panja- 
laridagi  barmoqlaridan  birida  suyak  yo‘q  emish.
Uning  bu  ishidan  ensam  qotib,  «Xotirjam  bo‘ling,  men 
X izr  buva  emasm an»,  deya  qo‘limni  siltalab,  hovuchidan 
chiqarib  oldim.
-   Shunday  deysiz-u,  ammo  yozuvchi  xalqi  yarim  Xizr 
hisobida  yuradi.  Siz  meni  tanimaysiz.  Bir  chekkada  qo- 
lib  ketgan  bandayi  rm^mindirman.  K elm og‘imdan  murod 
shuldirkim,  men  bechorani  «pensiya»  masalasida  bisyor 
ranjitdilar.  Arzihol  qilishdan  m urod  yordam ingizdan  picha 
umidvorlikdir.  Tanimasni  siylamas,  deganlaridek,  avval 
kimligimni  shoshilmay  aytib  bersam...
-   Sizni  juda  yaxshi  taniyman, -  dedim.
Birdan  uning  popugi  pasayib  qoldi.  U m idvor  bo‘lib 
turgan  k o ‘zlari  m a’yus  tortdi.  Ikki  qoshi  o ‘rtasiga  tuguncha 
tushdi.  Kimligini  bilgan  yozuvchidan  madad  kutish  behuda 
ekanidan  hafsalasi  pir  b o id i.  Meni  ham  xayol  tortdi.  0 ‘yla- 
yapman.  K o‘z  oldimda  tirikchilik  deb  harom-xarishdan  hazar 
qilmagan,  yetim -yesim ing  haqini  seskanmay  bcmalol  hazm 
qilib  ketaveradigan  bir  kim sa  paydo  b o ‘ldi.
130

Siz  ham  albatta  taniysiz.  Bu  haqda  gurunglarda  k o ‘p 
gapirganman.  U  partiyaga  o ‘tayotganda,  dinga  munosa- 
batingiz  qanday,  degan  savol  tushadi.  Shunda  u  javob 
o ‘m iga  sumkasidan  kolbasa  chiqarib,  g ‘arch-g‘arch  tishlab 
ko‘rsatgan.
Uning  dinsiz  ekaniga  qanoat  hosil  qilgan  majlis  ahli 
ikkinchi  savolga  o ‘tadilar.  Bu  xiyla  nozik  savol  edi.
-   Otangiz  o ‘ttizinchi  yilda  qayerda  va  nim a  ish  qilgan?
Qahram onim iz  pastki  labini  so‘rib,  andakkina  shiftga
boqib  turgandan  keyin  dadil  javob  beradi:
-   Iltimos,  bunday  savolni  bermanglar.  M ening  otam  hech 
qachon  boMmagan.
Uning  o g ‘ziga  shartta  urishadi.
-   Nima,  Odam  atodek  otasiz  tu g‘ilganmisiz?  Yoki 
onangiz  tushlarida  homila  boMganmilar.  Aytavering...
-   M en  otamdan  voz  kechganman.  Otam  bosmachi  b o ‘l- 
gan.  Shu  gapni  eshitishim  bilan  undan  voz  kechib,  fami- 
liyamni  o ‘zgartirganman.
-   M asalan,  o ‘zingizga  qahaqa  familiya  tanlagansiz?
U  yana  ostki  labini  so ‘rib,  shiftga  qarab  o ‘ylandi.  Oxiri 
aytish juda  qiyin  b o ‘lgan  gapni  zo ‘rlab  tiliga  chiqardi.
-   Ikromov  degan  familiyani  tanladim.
Partiya  o ‘quvi  kursining  shtatsiz  lektori  -  dahani  kapgirga 
o ‘xshagan  yigit  so ‘radi.
-   H ozir  familiyangiz  unaqa  emas-ku...
-   Ikromov  xalq  dushmani  b o ‘lib  ketgandan  keyin  noiloj 
Yusupov  deb  o ‘zgartirdim.
0 ‘tirganlar  orasidan  kim dir  piching  qildi:
-   K o‘p  erga  tegadigan  xotinlar  necha  marta  erga  tegsa, 
shuncha  familiya  orttirardilar.  Shu  familiya  bilan  tinchib 
ketdingizmi  yo  yana  o ‘zgartirdingizmi?
-   Usmon Yusupov bilan  X rushchevning orasi  buzilgandan 
keyin  o ‘ylab-o‘ylab  o ‘zimga  bir  umrli  familiya  qo‘ydim. 
Ya’ni,  Diyorov  deb  boshpurt  oldim.
131

Bugungi  y ig ‘inga  qatnashayotgan  tuman  partiya  komi- 
tetining  ideologiya  ishlari  b o ‘yicha  sekretari  Fatxullin  o ‘tir- 
gan joyida  gapga  q o ‘shildi.
U  o ‘zidan  katta  kishilam i  ham  m alay  deyaverardi.
-   0 ‘-xu,  tolkoviy  malay  shul.  В undan  otlichniy  kommu- 
nist  chiqa.  U  partiya  uchun  atisidan  kechdi.  Dinsiz  ekanini 
dokazat  etish  uchun  kolbasa  yib  kursatdi.  Buni  o ‘z  k o ‘zingiz 
bilan  ko‘rdingiz.  Tolko  patriot  kom m unistgina  kolbasani 
shulay  yeyishi  mumkin.  Bravo,  bravo!
Kolxoz  raisi  bugungi  tuman  gazetasi  bilan  o ‘zini  yclpib, 
o ‘m idan  turdi.
-   M anavu  gazetada  sizning  «Nechun  men  Islom  dinidan 
voz  kechdim»  degan  m aqolangiz  bosilibdi.  Q ‘qib  chiqdim. 
Shu  narsani  yozishga  sizni  birov  m ajbur  qildimi  yo  o ‘z 
xohishingiz  bilan  yozdingizmi?  Shunga javob  bering.
-   Dil  amri  bilan  yozganm an, -  deb  jvo b  qildi  Diyo­
rov. -  Jahon  proletariatining  otasi  Karl  M arks  «Din  xalq 
uchun  afyundir»,  deganlar.  M aqolamda  Islom  dinining 
reaksion  mohiyatini  fosh  qilishga  harakat  qildim.  0 ‘sib  kela- 
yotgan sog‘lom avlodlarim izni eshon-u m ullalar boshlayotgan 
xatarli  y o id a n   ogoh  qilishni  niyat  qilganman.
-   Vot  molodes, -  deb  yubordi  zavqiga  chidam agan  Fat­
xullin. -  Partiya  safiga  fidoyi  patriot  kelib  q o ‘shilayotganidan 
gorjus!
M ajlis  bir  ovozdan  D iyorovni  Lenin  partiyasi  safiga 
qabul  qildi.  M ajlis  qarorini  tum an  partiya  q o ‘m itasining 
byurosi  hech  qanday  gap-so‘zsiz  tasdiqladi.  Va  uni 
qorako‘lchilik  sovxozi  qabul  punktiga  m udirlik  lavozim iga 
tavsiya  qildi.
Diyorov  bu  lavozimda  uch  yildan  m o ‘Iraq  ishladi.  Bu 
davr  orasida  tuman  rahbarlarining  xotinlari  ikki  juftdan  sur, 
sheroziy  terilardan  qalpoq  kiyishdi.  Faqat  prokurorgina  uni 
o ‘ziga  yaqin  yoMatmasdi.  Diyorov  yurak  yutib  prokurorning 
shofyoridan  ikki  xil  antiqa  teri  berib  yubordi.  Prokuror
132

shofyorini  bo‘ralab  so‘kib,  teri lam  i  qaytarib  yubordi.  Kechga 
yaqin  prokurorning  xotini  kelib,  q o ‘yavering,  mulla  aka, 
bizning  xo‘jayin  shunaqalar.  Biror  nim a  beradigan  boMsangiz 
o ‘zim ga  beravering,  dedi-yu,  boya  qaytib  kelgan  terilam i  har 
biriga  uch  so ‘mdan  to ‘lab  olib  ketdi.
Prokurorning  xotini  ishni  pishiq  qilishda  eridan  qolish- 
masdi.  Mabodo  eri  bu  terilami  qayoqdan  olding,  deb  so‘rab 
qolsa,  jaraq-jaraq  pulini  to‘lab  olganman,  ishonmasangiz 
surishtiring, deydi.  Har biri  besh yuz so‘mlik  teriga  uch  so‘mlik 
to‘lab  kvitansiya  olmaganligi  ham  bir  saxiylik  alomati  edi.
Ayyorlikni  bilmagan  sodda,  halol  cho‘ponlar  unga 
uch  yil  yem  b o ‘lishdi.  Boqimlaridagi  q o ‘ylardan  tushgan 
terilam i  mushuk  terisi  bahosida  Diyorovga  sotib  ketishar, 
m ushkullarini 
oson 
qilgani 
uchun 
unga 
qayta-qayta 
m innatdorchilik  bildirishardi.  Shunday  qilib  Diyorovning 
itini  tuvagi  oltindan  bo‘lib  ketdi.  U  D og‘iston,  Checheniston, 
Avariston  tom onlardan  kelib  ulgurji  xarid  qiladiganlarga  teri 
tayyorlab  qo‘yardi...
K osa  kunda  emas,  kunida  sinadi  deganlari  rost  ekan. 
Diyorovning  kosasi  bemahal  chil-chil  bo‘ldi.  Ya’ni  u  chechen 
mijozi  Ruslanga  ellikta  terini  sotayotganda  qo‘lga  tushdi.  Ana 
shundan keyin u olti yilga qulog‘ini  ushlagancha qamalib ketdi. 
Tag‘in  ham  uni  kommunistligini  inobatga  olishdi.  Bo‘lmasa 
naq  o ‘n  yilga  ketardi.  U  olti  yil  bandilikda  tuz-nasibasini  tatib 
qaytib  kelganidan  keyin  nima  ishlar  qildi,  qayoqlarda  yurdi, 
bilmayman.  U  bugun  oldimda  aftodahol  bir  alpozda  o ‘tiripti.
U  uzoq  sukutdan  keyin,  shunaqa  deng-a,  taniyman, 
deng-a,  dedi.
-   Bu  sho‘ro  degani  menga  ko‘p  azoblar  bergan.  Birimni 
ikki  qilmadi.  Yaxshiyam  mustaqillik  b o ‘lib  menga  o ‘xshagan 
bekorga  aziyat  chekkanlam ing  k o ‘ksiga  shamol  tegdi. 
Yashaydigan  zam on  ana  endi  keldi.
-   Unday  dem ang,  siz  «fidoyi»  kom m unist  edingiz.  Shu 
partiya  uchun  dindan  kechdingiz.  Otangizdan  kechdingiz.
133

-   Zamon  shunaqa  ed i,-d ed i  u  afsus  bir  ohangda.-   Endi 
m a’lum b oidi.  Mening otam milliy qahramon ekan. Xalq ozodligi 
uchun kurashgan.  Men  shunday  otam  borligidan  faxrlanaman.
Unga javob  qildim:
-   Lekin  otangiz  sizdek  farzandi  borligidan  or  qiladi.  Siz 
qamoqdaligingizda  kelib  sizni  surishtirdi...
-   Tirik  ekanm i? -  dedi  u  shoshib.
-   Ha,  tirik  ekan.  K anada  degan  m am lakatda  yasharkan. 
Qarib  qopti.  0 ‘zbekiston  mustaqil  b o ig an id an   keyin  qish- 
lo g in g izg a  keldi.  Rahbarlar  uni  izzat-ikrom  bilan  kutib 
olishdi.  Sovg‘a-salom lar  berishdi.  U  ham  kasalxona  quri- 
lishiga  allaqancha  ming  dollar  berdi.  Sizning  otadan  kech- 
ganingizni  eshitib,  k o ‘p  afsuslar  qildi.  Bunday  farzandim 
yo‘q,  oq  qildim,  dedi.
Diyorovning  boshi  egildi.  Yerdan  ko‘z  uzolm ay  qoldi.
-   Meni  otamdan  kechishga  m ajbur  qilishdi...
Uning  gapini  shart  b o ‘ldim.
-   Yolg‘on!  Partiyaga  o ‘tish  uchun,  hukumatdan  amal 
ilinj  qilib  otadan  kechgansiz.
-   K o‘rasiz,  men  o ‘zimni  oqlayman.
-   Bunday  qilishga  endi  um ringiz  yetmaydi.  Otangizni 
ham  endi  bir  umr  k o ‘rmaysiz.  Qandoq  qilib  o ‘zingizni 
oqlaysiz.  Otangiz  o ‘tgan  yili  qazo  qildilar.  Kanadadagi  uka- 
laringiz  qishloqqa  kelib,  yurtga  osh  berib,  aza  ochdilar.  Siz 
esa  dindan  kechdingiz.
-   K o ‘rasiz,  hali  o ‘zimni  oqlayman.
-   Nim a,  yegan  kolbasani  tuflab  tashlaysizm i?  Endigi 
um ringiz  azobda  o ‘tadi.  A xir  iym onsiz  yashab  b o ‘ladimi?
Undan  jirkanib  ketdim.
-   M ening  uyim ga  nim a  istab  keldingiz? -  dedim  ko‘z- 
lariga  tikilib.
-   Pensiya  masalasiga  yordam  bersangiz.  Atigi  bir  ming 
bir  yuz  so ‘m  berar  emish.  N im aga  yetadi?  Pensiya  bera- 
diganlarda  insof bormi,  o ‘zi?
134

0 ‘m im dan  turib  ja g ‘iga  bir  tushiray  dedim-u,  o ‘zimni 
bosdim.  Shu  isqirt  bilan  olishib  o ‘tiramanmi.  U  sadqayi 
musht  ketsin.  0 ‘zimni  bosib,  g ‘azab  bilan  gapirdim:
-   Qaysi  xizm atlaringiz  uchun  «pensiya»  talab  qilyapsiz? 
0 ‘z  otangizdan  kechganingiz  uchunmi,  dinni  haqorat  qilga- 
ningiz  uchunmi,  um ringizda  atigi  uch  yil  ishlaganingiz  va 
uch  yil  surunkasiga  davlat  mulkini  talon-toroj  qilganingiz 
uchunmi?
M endan  biron  ish  chiqazishdan  umidini  uzdi  shekilli, 
tund  b o ‘lib  qoldi.
-   M ustaqillik  bo‘lsa  ham  biz  yorug‘likka  chiqmas 
ekanm iz-da,  mayli  asli  sho‘r  peshona  banda  ekanmiz.  M us­
taqillik,  m ustaqillik,  deysizlar,  qani  yuzaga  chiqqanimiz.  Bu 
mustaqillik  menga  nim a  berdi?
Yoshi  katta  odamni  senlab  yuborganimdan  o ‘zimni  koyi- 
dim.
-   Sen 
m ustaqillikka 
nima 
berding?  Atrofga 
qara, 
nim alar  b o ‘layotibti?  K o‘chaga  chiqib  u  yoq-bu  yoqqa  qara, 
osm ono‘par imoratlarni  ko‘r.  Qullik  yukini  yelkasidan  irg‘itib 
tashlagan  yurtdoshlarim izning  yuzlariga,  ko‘zlariga  boq.
-   E,  -   dedi  u  qo‘l  siltab. -  Bu  imoratlarni  yeb  bo‘l- 
masa.  Quruq  savlatning  kimga  keragi  bor?
-   E,  noshukur  banda.  Qorindan  boshqa  tashvishing  bor­
mi  o ‘zi?
-   Meni  senlama.
-   Sizlashga  arzimaysan.  Qani,  tuyog‘ingni  shiqillat!
U  o ‘m idan  turdi.  Bir  nim a  deb  to ‘n g ‘illadi.  Yo  meni 
so ‘kdi,  yo  mustaqillikni  so‘kdi.  Orqasidan  itarib  ko‘chaga 
chiqarib  qo‘ydim -u,  eshikni  ichidan  zanjirladim.
U  ketdi.  M ening  ko‘ksimda  o g ‘ir  tosh  qoldi.  Bir  yarim 
yildan  keyin  yangi  asr  boshlanadi.  Nahotki  shu  isqirt  ham 
biz  bilan  yangi  asr  darvozasidan  kirsa.  Yangi  asr  ostonasida 
bu  suprindilam i  eski  kalishdek  yechib  tashlab  ketsak,  qandoq 
yaxshi  b o ‘lardi-ya.
135

Shu  uchrashuvdan  keyin  uni  ko‘rmadim.  Eshitishimcha, 
u  qishlog‘iga  borib  namoz  paytida  masjidga  kirib,  namoz- 
xonlardan  uzr  so ‘ragan  emish.  Hech  kim  uning  betiga 
qaramapti...  Boshini  egib,  masjiddan  chiqib  ketibdi.  Uch 
kundan  keyin  uning  o iig in i  adir  orqasidagi  tolzordan 
topishibdi.  M asjid  imomi  janoza  o ‘qishga  ruxsat  bermabdi. 
U  m usulm onchilikdan  chiqib  kofir  b o ‘lgan,  deb  qishloq 
qabristoniga  ko‘mishga  ham  ijozat  bermabdi.  To‘rtta  odam 
uning  o ‘ligini  zam barda  olib  borib  chakalakzorga  ko‘- 
mishibdi.
M enga  faqat  bir  narsa  taskin  beradi.  Shu  isqirt  yuz  bilan 
XXI  asr  darvozasidan  o ‘tadimi,  degan  tashvishim   bor  edi. 
Xayriyat,  u  ja g ‘i  ajralgan  eski  kalishdek  darvozaning  bu 
tom onida  qolib  ketdi.
1998-yil,  iyun
136

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling