To sh k en t «0 ‘z b e k isto n»


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana07.07.2020
Hajmi5.6 Mb.
#100002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2000-yil,  may
59

О Т   BILAN  SUHBAT
U rgu td a,  adir  tepasidagi  N avro‘z  bayrami  o ‘tkaziladigan 
yalanglikka  chiqadigan  tik  so‘qmoq  yonboshida  bir  qabr 
bor.  Andak  to ‘xtab,  unga  e ’tibor  bering.  Bu  jangchi, 
qahramon  otning  qabri.  U  frontda  yaralangan  egasini  olib 
ketayotgan  sanitar  vagoni  orqasidan  yugurib,  poyezd  tezlab 
kctganda  yctolmay,  y o ‘lda  qoqilib  ketgan.  Necha  oylab  tog‘- 
toshlardan,  daryolardan  o ‘tib,  choMlarda  sargardon  b o ‘lib, 
oxiri  Urgutni  topib  kelgan.  Bu  vafodor  ot  egasini  ko‘rish 
ilinjida  oylab  Samarqand  vokzalidagi  poyezdlam i  bosh- 
dan  oyoq  aylanib  chiqadi.  0 ‘ziga  tanish  sanitar  vagonni 
topolmay,  kelgusi  poyezdni  kutadi.  Urgut  bilan  Samarqand 
oralig‘ida  qatnayverib,  tuyoqlari  yemirilib,  yurishga  imkon 
bermay  q o ‘yadi.  U  oxiri  qadrdon  chavandoziga  ilhaq  bo‘lib 
jon  beradi.
1960-yilda  konchilar  to ‘g ‘risida  biron  nima  yozish 
niyatida  Ohangaronga  bordim.  Yuz  m etrcha  chuqurlikdagi 
shaxtaga  tushganimda  g ‘aroyib  voqeaga  duch  keldim.  Bu 
voqea  meni  hali-hali  larzaga  soladi.  Ilgari  boshim ga  qora 
kun lar  yog‘Uganda  Jezqozg‘on  mis  konlari  shaxtalarida 
ishlaganman.  Yer  q a’ridagi  bunaqa  hayot  menga  tanish  edi. 
Boya  aytganim -  meni  larzaga  solgan  narsa -  ko‘mir  konida 
17  yildan  beri  y o ru g iik   ko‘rmay,  toza  havodan  nafas  olmay 
yashayotgan  ot  edi.
Bu  ot  qirq  birinchi  yili  frontga  j o ‘natiladi,  ikki  yil  jang 
qiladi.  Yaralangan  otlar  qatori  «brak»  qilinib,  ko‘mir  konlari 
boshqarmasi  ixtiyoriga  yuboriladi.  Shu  tariqa  u  frontdosh
60

d o ‘stlari  bilan  Ohangaronga  kelib  qoladi.  0 ‘sha  paytlarda 
elektr  quvvatining  yetishmasligi  tufayli  texnikani  ishlatib 
bo‘lmasdi.  Elektr  quvvati  faqat  shaxta  ichini  yoritish  va 
havoni  tozalovchi  ventilatomi  aylantirishga  zo ‘rg‘a  yetardi. 
Otlar  yer  tagiga  tushirildi.  K o‘m ir  ortilgan  vagonchalam i 
tortish  shular  zim m asiga  tushdi.  Yarasi  bitib,  asil  holiga 
kelgan  ot  isyon  ko‘tarib,  yuk  tortmay  qo‘ydi.  Shunda 
yer  ustidan  bir  yahudiy  mol  do‘xtiri  tushib,  uni  axta  qilib 
q o ‘ydi.  Ana  shundan  keyin  u  yuvvosh  tortib,  itoatli  b o ‘lib 
qoldi.  K o‘p  otlar  havo  yetishm asligidan,  o g ‘ir  mehnatdan 
birin-ketin  o ‘la  boshladilar.  Yuqori  quvvatli  elektr  liniyalari 
tortib  keltirilgandan  keyin  otlar  kerak  bo‘lmay  qoldi. 
Ular  ishdan  ozod  qilinib,  yer  betiga  chiqaziladi.  Ammo, 
yorug‘likka  chiqqach,  qorachiqlari  kengayib  ketgandan 
kuchli  yorug‘likka  chidamay,  hammasi  k o ‘r  b o ‘lib,  badbo‘y 
iflos  havoga  o ‘rgangan  o ‘pkalari  toza  havoga  dosh  berolmay 
qoldi.  Shaxtada  qolgan  uch-to‘rt  ot  ham  o ‘lib  ketdi.  Faqat 
shu  birgina  ot  hamon  yer  q a’rida  yashayapti.
Boshimdagi  kaska  chirogNni  otga  tushiraman.  U  jim gina 
turaveradi.  U  axta  qilinganidan  buyon  ana  shunaqa  befarq, 
loqayd  b o ‘lib  qolgan  ekan.
M enga  ham roh  boMgan  kon  muhandisiga  qarayman.
-   Buni  nim a  qilm oqchisizlar?  Yuqoriga  chiqazilsa  ko‘r 
b o ‘lib,  o ‘lib  ketadi.  Bechora  shu  yerda  yashayveradimi?
-   Boshqa  iloj  y o ‘q.  Xudo  qancha  umr  bergan  bo‘lsa  shu 
yerda  poyoniga  yetkazadi.
0 ‘z  o ‘limini  sokin,  itoat  bilan,  isyonsiz  kutayotgan  baxtsiz 
jonivorga  qarab,  yuraklarim  zirqirab  ketdi.  Qanchalar  rahmsiz 
bo‘lib  ketganmiz-a,  deyman  o ‘zimga  o ‘zim.  Dinga  qarshi 
tinimsiz tashviqotlar o ‘z  ishini  qilmayotganmikin?  Dilimizdan 
imon  ko‘tarilmayotganmikan?  Nahotki,  Xudoni  unutayozdik? 
Yo‘qsa,  bu  shafqatsizlik  bizda  qaydan  paydo  bo‘ldi?
Q amoq  lagerlarida  umrini  o ‘tkazayotgan  m ahbuslar  uyi- 
ni,  bola-chaqalarini  sog‘inib,  mushuk  boqishardi.  0 ‘zlari
61

to ‘ymagan  ovqatdan  yulib,  mushuklarga  berishardi.  Lager 
siyosiy  rahbari  shu  m ushuklam i  qopga  solib,  olov  gurillab 
yonayotgan  novvoyxona  pechiga  tashlaganini  k o ‘rganman. 
U  alangada  jiz g ‘anak  b o ‘lib  yonayotgan  m ushuklam i  zavq 
bilan tom osha qilgandi.  Bu  shafqatsiz odam  ibodat qilayotgan 
nasroniylam i,  nam oz  o ‘qiyotgan  m usulm onlam i  ayamasdan 
kaltaklardi.  Bu  xil  shafqatsizliklar  o ‘shanaqa  iymonsizlardan 
o ‘tmaganmikan.
Shunday  iztirobli  xayollar  bilan  otdan  uzoqlashdim.
Goh  emaklab,  goh  bukilib,  vagonchalarga,  elektr  simlarga 
tegib  ketishdan  q o ‘rqib,  ming  bir  xavotir  bilan  shaxta  y o ‘l- 
larini  aylanib  chiqdim.  Tepamda,  kim  bilsin,  necha  m il­
lion  tonnali  yer  qatlami.  U  tinim siz  qisirlaydi.  H ar  biri 
uydek-uydek  keladigan  k o ‘mir  xarsanglarining  darzidan 
qurum  to ‘kiladi.  Vagonchalaming  taraqa-turuq  tovushlari, 
tepadan  yom g‘irdek  quyilayotgan  suvlam ing  shovqini,  suv 
tortayotgan  nasoslarning  tinim siz  guvillashi,  parm alam ing 
pulem yot  tovushini  eslatuvchi  ovozi,  ular  ko‘chirgan  k o ‘mir 
xarsanglarining  pastga  qarsillab  tushishidan  hosil  b o ‘lgan 
mom aqaldiroqdek  vahimali  tovushi  meni  dovdiratib  qo‘ydi, 
quloqlarim  bitib,  chiqish joyiga  keldim.  Hamrohim  yuqoriga 
chiqib  ketgan  ekan.  Liftchi  chol  ahvolimni  k o ‘rib,  tem ir 
kursini  men  tomon  surib  qo‘ydi.
-   Birpas  dam  oling.  Ancha  urinib  qopsiz.  Shaxtaga 
birinchi  tushgan  odam  shunaqa  esankirab  qoladi.
0 ‘tirdim.  Ikki  k o ‘zim   otda.  U ning  badani  harakatsiz  edi. 
Yer  betidagi  otlar  tanasiga  q o ‘ngan  pashshalam i  dum i  bilan 
haydaydi.  Dumi  yetm agan  jo y larig a  q o ‘nganlarini  terisini 
dirillatib  uchirib  yuboradi.  Bu  jo y d a  na  pashsha,  na  chivin 
bor.  U  otning  o ‘zi  em as,  g o ‘yo  haykali  edi.
Ot ham o ‘ylarmikan, deym an o ‘zim ga o ‘zim.  K o‘rgan kun- 
larini  eslarm ikin?  Tolstoy  ham,  Aytmatov  ham  ot  o ‘y- 
lash,  eslash  qobiliyatiga  ega  jonivor,  degan.  Shunday 
bo‘Isa,  bu  ot  ham  bolaligini  eslay  oladi.  Shataloq  otib
62

yayragan  yashil  yaylovini,  onasining  to ‘lib,  tirsillab  tur- 
gan  yelinini  boshi  bilan  turtib-turtib  iydirganlarini,  iliq, 
hushbo‘y  ona  sutini  miriqib  emganlarini  eslayotgandir. 
Chaqm oq  chaqib,  m om aqaldiroq  gumbirlab,  yom g‘ir  quy- 
ganda  onasining  issiq  pinjiga  suqilganlarini  xayolidan 
o ‘tkazayotgandir.  Avji  g ‘unon  b o ‘lgan  paytida  raqiblarini 
dog‘da  qoldirib,  k o ‘ngli  xushlagan  suluv  biyani  ergashtirib, 
uyur  orasidan  g ‘olibona  olib  o ‘tgan  paytlarini  nahotki  esla- 
masa!
O t  x o ‘rsinsa,  k o ‘zidan  yosh  oqsa  bir  falokat  yuz  beradi, 
egasi  o ‘ladi,  deyishadi.  X o‘rsingan  otni  albatta  so‘yib 
yuborishadi.
1952-yili  shu  otning  ko‘zidan  m o ‘lt-m o‘lt  yosh  oqqandi. 
Nim  qorongN  shaxtada  buni  hech  kim  sezmagandi.
0 ‘sha  yili  olis  Jezqozg‘on  konida  mis  xarsanglarini 
ko‘chiradigan m ahbuslar orasida bir mahbus, sobiq qahramon, 
otliq  askar  Erm at  chavandoz  olamdan  o ‘tdi.  M is  to ‘zonlari 
uning  o ‘pkasini  chiritgan  edi.  Ermat  chavandoz  umrini  vatan 
xoini  degan  «unvon»  bilan  yakunladi.
Ot  o ‘z  chavandozining  olamdan  o ‘tganini  sezdimikin? 
U ning xo‘rsinishi  ko‘zida m o‘ltiragan yosh balki shundandir? 
U  jonivorlik  hissiyoti  bilan  fojiani  olisdan  turib  sezgan 
b o ‘lishi  mumkin.
Bu  ruhiy  holat,  bu  erk  sog‘inchi  m enga  tanish.
Yigit  yoshim  barq  urgan,  uylanib,  hayot  nash’asini 
surayotgan,  yonib  ijod  qilayotgan  paytimda  meni  zindonga 
tashladilar.  Yorug‘  tushmaydigan,  tashqaridan  tiq  etgan  to- 
vush  kelmaydigan  yakka  zimiston  xonada  (odinochkada) 
yotganimda  xuddi  shu  otga  o ‘xshab  ko‘rgan-kechirganlarimni 
eslab o ‘tirardim.  Qiziq,  negadir faqat bahor paytlarini  eslardim. 
0 ‘rik  gullagan,  shabboda  shaftoli  gullarini  to ‘zg ‘itardi.  Maj- 
nuntollaming  uzun  yashil  sochlari  yangi  uyg‘ongan  may- 
salaming  boshlarini  silardi.  Jannatga  bermagulik  o ‘zbek  bog‘- 
larida  bahor  bir  necha  haftalik  mehmon  edi.
63

Yigitlik  ham  ana  shunday  mehmon.  Shu  g ‘animat,  ke­
yin  hech  qachon  qaytib  kelmas  dam lam i  qorong‘u  zindonda 
o ‘tkazish  naqadar  ayanchli,  naqadar  armonli...
Shu  topda,  yer  tagida  ot  o ‘ylayapti,  men  o ‘ylayapman.
Ot  yashil  yaylovlam i  ko‘ryapti.  O na  bag‘rida  yayra- 
ganlarini  eslayapti.  Men  birinchi  kitobim  chiqqan,  qu- 
vonchim  olamga  sig‘mas  baxtiyor  dam lam i  ko‘z  yumib 
xotiramda jonlantiryapm an.
Beixtiyor otga qarayman.  U  hamon  bosh  eggancha  loqayd 
turardi.
-   E,  birodar,  ne  gunohing  bor  ediki,  seni  shu  alpozga 
solishdi?
Ot  tilga  kirgandek  b o ‘ldi:
-   M enda  qanday  gunoh  bo‘lsin.  Bir  bezabon jonivorm an. 
Odam lam ing  yukini  yengil  qildim,  uzogNni  yaqin  qildim. 
0 ‘zimni  insonning  d o ‘sti  degandim...  H ayronman.  Olis 
yurtlarda  janglarga  kirdim.  O dam lar  menga  o ‘q  uzdilar. 
Yaralanib,  uzoq  yurtlardan  vatan  deb  bilgan  m anzilga  yetib 
keldim.  M ana,  к о ‘rib  turibsan,  o ‘sha  sog‘inib  kelgan  vatanda 
oftob  ko‘rmay  turibman...
-   Bilaman,  bilaman,  jonivor.  X alqlar  otasi  h o ‘l-u  qu- 
mqni  barobar  yondirgan  edi.  Sendan  biron  zurriyot  qol- 
madimi? -  deb  so‘rayman  undan.  U  bosh  chayqaydi.
-   Meni  bunday  baxtdan  m osuvo  qilganlar.
K o‘ksimda bir dunyo  g ‘am  bilan  yer betiga chiqib  ketdim.
Osm on  ko‘m -ko‘k,  ukpardek  oppoq  bulutlar  beozor
suzadi.
O t  pastda,  quyoshsiz,  oysiz,  yulduzsiz  m akonda  mung 
to ‘la  k o ‘zlarini  yum gani  qora  taqdirini  poyoniga  yetkazish 
uchun  zim istonda  qoldi.  0 ‘ttiz  yetti  yildirki,  uni  eslaym an. 
B a’zan  u  tushlarim ga  kiradi.  Biron  yerda  ot  k o ‘rsam   shu 
g ‘arib,  baxti  chopm agan  jon iv o r  esim ga  keladi.  Shunday 
paytlarda  dohiy  «padari  buzrukvorim izga»  qarata:  «Zul- 
m ingni,  jabringni  tortm agan  kim   qoldi?  O dam larga  qilgan
64

zulm ing  kam m idi, jonivorlarni  ham  baxti  qora  qilding-ku!» 
degan  bir  nido  ich-ichim dan  otilib  chiqadi.
0 ‘tgan  yili  vodiyga  m ashinada  ketayotganim da  yo m g ‘ir 
quyib 
yubordi. 
O lm aliq  y o ‘lidan  O hangaron  tom on 
bu rilishda  hassaga  tayangan  bir  keksa  odam   yom g‘irda 
ivib,  o ‘tgan-ketgan  m ashinalarga  q o ‘l  k o ‘tarib,  olib 
ketishlaridan  umid  qilib  turardi.  U ning  yonginasiga  kelib, 
m ashinani  to ‘xtatdim .  U  eshikni  ochib,  A ngrengacha  olib 
ketishim ni  s o ‘radi.  O lib  ketdim .  U  m enga  ikki-uch  m arta 
qarab  olgach:
-   Sizni  taniyman,  birodar, -  dedi. -  Esingizda  bormi,  o ‘ttiz 
yetti  yil  oldin  sizni  shaxtaga  olib  tushgandim.
Tasodifni 
qarang, 
shuncha  yildan 
beri 
xayolim ni 
band  qilgan  odam ni  topdim .  Undan  shoshib  so ‘radim. 
«Esingizdam i,  hu,  shaxtadagi  ot?  U  nim a  b o ‘ldi?»  dedim. 
U  ichki  bir  iztirob  bilan,  past  ovozda:  «OMdi»,  dedi.
Siz  kelib  ketganingizdan  biron  yil  o ‘tib,  jo n iv o r  qazo 
qildi.  Jasadini  Jigaristondagi  frontchi  d o ‘stlari  dafn  qilingan 
jo y g a  k o ‘mdik.  Juda  bahavo  joy.  Baland  adir  poyida. 
Kon  veteranlari  m aslahatlashib,  shu  otlarga  yodgorlik 
o ‘m atm oqchi  b o ‘ldik.  Biroq  o ‘zingiz  bilasiz,  Jigariston 
voqeasini  butun  dunyo  bilib  ketdi.  Bem ahal  kelgan  y om g‘ir 
selga  aylanib,  k o ‘priklam i  buzdi.  D araxtlarni  q o ‘pordi. 
A dirning  tagi  nam  tortib,  surila  boshladi.  Oxiri  o ‘pirilib, 
odam lam ing  uylarini  bosdi.  Eh-he,  qancha  odam   tuproq 
tagida  qoldi.  0 ‘shanda  otlarning  mozori  ham  tuproq  tagida 
qolib  ketdi.
Bu  gapdan  ingrab  yubordim.
Taqdirni  qarang,  bu  baxti  qora  otning  o ‘n  yetti  yil  yer 
tagida  yashagani,  yer  tagida  jo n  bergani  kamlik  qilgandek, 
qabri  ham  yer  tagida  qolib  ketibdi.  0 ‘zi  aytgandek,  «vatanini 
topibdi».
Hamrohimni  Angrenda  qoldirib,  to g‘  tomon  ketdim. 
Yomg‘ir tingan,  lekin  tog ‘  boshida bulutlar g ‘ujg‘on  o ‘ynardi.
5  -   S.  A h m a d
65

Dovonga  ko‘tarilaman.  Yonbag‘irlarda  uyur-uyur  yilqilar 
o ‘tlab  yurishibdi.  Ular  orasida  men  bilgan  otning  zurriyoti 
y o ‘q.  U  dunyodan  nom -nishonsiz  ketgan...
«Ot  kishnagan  oqshom»  qissasining  so‘nggi  satrlarini 
o ‘qiyman:  «Ayo  Tarlon,  sen  mening  akamsan.  Uka  desa 
degulik  mendayin  ukang  bor...  Ayo  Tarlon,  sen  mening 
qiyom atlik  birodarimsan,  qiyomatlik...»
Bu  so‘zlar  insonning  eng  yaqin  do‘sti,  vafoli  j o ‘rasi -  ot 
sha’niga  aytilgan  madh-u  taronadir.
6 6

R O S T G O ‘Y  PO SBO N
К о ‘hna  B uxoroning  beqiyos  rostgo ‘y  fu q a ro s i
Sangin  H am ro  to ‘g  ‘risida  haddan  tashqari  rost  hikoya
B u   odamni  men  o ‘n  bir  yil  burun  Am ir  zindonining 
darvozasi yonida uchratgan  edim.  U  xontaxta  ustiga jevachka, 
sigaret,  bir  shisha  nos,  sho‘rdanak,  qovurilgan  no‘xat  q o ‘yib, 
xaridor  kutib  o ‘tirardi.
Bir  zamonlar,  y a’ni  am ir  vaqtida  bu  joy   juda  gavjum 
b o ‘lgan  deyishadi.  Endi  zindonning sharti  ketib,  parti  qolgan. 
Ilgarilari  odam lar  bu  joydan  damlarini  ichlariga  yutib,  oyoq 
uchida  yurib  o ‘tar  ckanlar.  Hozir  unaqa  emas.  Zindonning 
mutlaqo  obro‘si  ketgan.  Bezori  bolalar  uning  devoriga  b o ‘r 
bilan  uch  harfli  o ‘rischa  uyat  so ‘z  bitib  ketibdilar.  H o‘l  latta 
bilan  o ‘chirganning  foydasi  yo‘q.  Quriganda  yana  o ‘sha 
yozuv  paydo  b o ‘ladi.  Qirib  tashlashning  ham  iloji  y o ‘q. 
Shuvog‘i  Nekalayning  semonidan  qorilgan.  Tosh-metin 
deyavering.  Am ir  O lim xonning  zindoni  hozir  muzey  emish, 
deb  eshitgandim.  Bu  d af’a  Buxoro  safarim da  bir  borib, 
erinm ay  k o ‘rishni  niyat  qildim.
Afsus,  zindon  yopiq  ekan.  Bu  yerga  dunyoning  bari 
joyidan  xorijliklar  kelardi.  Shulam ing jam isiga  tushunadigan 
qilib  o lrischa  yozib  qo‘yilgan:  «Zindan  zakrit,  vse  ushli  na 
xlopok».
Urush  yillarida jang  boMayotgan  rayonlarda  ham  raykom 
idorasi  eshigiga  shunaqa  deb  yozib  q o ‘yishardi.
Chol  tilining  tagiga  bir  otim  nos  tashlab,  o ‘z  ishlaridan 
nolib  qoldi.
-   Haminqadar yashab,  zindonning  bundoq  chiqin  bcobro1 
b o ig a n in i  man  ko‘rmagan.  E,  aka  mullo,  bachalar  hozir 
paxtaga,  shaharga  to ‘lka  boboylar  qoldi.  U  nokaslar jevachka 
chaynamaydu,  papiro‘s  tutatmaydu...
6 7

Cholning  yoniga  o ‘tirib,  gapga  soldim.
-   Man  am ir  zamonida  ham  shu  zindonga  qorovul  boM­
gan.  U  paytga  zindonmisan,  zindon  edi.  Ichiga  kirgan 
odam ning  sira  chiqqisi  kelmasdi.  Boshlariga  qorako‘1  qal- 
poq  kiyib,  bellariga  qilich  taqqanlar  u  yoqdan-bu  yoqqa 
savlat  to ‘kib  yurar  edilar.
-   Amir  qanaqa  odam  edi,  k o ‘rganmisiz? -  deb  so ‘ray- 
man.
-   A m im i  man  k o ‘rgan.  Uning  kogonlik  shoir  d o ‘sti 
b o ‘lar  edi.  Q ‘zi  zo ‘r  mergan,  y a’ni  ovchi  edi.  Shig‘rining 
oxiriga  «Kogon  Ovchi»  deb  nomini  ham  q o ‘shib  q o ‘yar  edi.
Amirga  choMdan  kiyik  urib  kelardi.  Am ir  ertalab 
qirg‘ovul  g o ‘shtini,  tushlikka  kiyik  go‘shtini,  kechasilikka 
qora  q o ‘chqom ing  b a ’zi  joylarini  qaynattirib,  sho‘rposini 
ichardi.  Kogon  ovchi  uni  ko‘p  martalab  Shofirkon  tom onlarga 
qirg‘ovul  oviga  olib  borgan.  Kechga yaqin  bir  olam  qirg‘ovul 
urib  kelardilar.  Shu  desangiz,  am ir  ovchi  d o ‘stiga  bir 
yaxshilik  qilmoqchi  b o ‘ldi.  Ovchining  yolg‘izgina  bachasini 
M askopga  o ‘qishga  yubordi.  Ilm  olib,  o ‘rischaga  o ‘rganib, 
yurt  k o ‘rib  kelsin  deb,  shundoq  chiqin  ish  qilganda!..  Odam 
bolasiga  yaxshilik  qilib  b o ‘lmas  ekan.  M askopga  borib, 
o ‘rislarga  q o ‘shilib,  ota-onasini  unutdi.  Istalin  bilan  j o ‘ra 
bo‘lib,  katta  ishlarga  ko‘tarilib  ketibdi.  Kogon  Ovchiyev 
deyishga  Istalinning  tili  kelishmay,  fomilasini  o ‘zgartiripti. 
Ya’ni,  «Kaganovich»  qilib  boshpurt  beripti.  Sho‘roning 
jam i  otasharavasi,  y a ’ni  poyizlariga  kattakon  qilib  q o ‘yipti. 
Kattakon  o ‘zimizdan  chig‘di,  endi  o ‘ruslarning  yerini  ham 
Buxoroga  qo‘shib  olamiz,  degan  gaplar  tarqaldi.  Maskop 
ham  o ‘zimizniki  b o ‘ladi,  deb,  o ‘ris  pulini  yig‘a  boshladilar. 
Gapimning  boshiga,  odam  bolasi  yaxshilikni  bilmaydi, 
devdim-ku:  o ‘sha  Kogon  ovchining  pisari,  y a’ni  Kaganovich 
to ’rt-beshta  j o ‘ralari  bilan  lak-lak  Sho‘ro  askarlarini  ergash­
tirib  kelib,  muborak  Minorai  Kalonni  ayam ay  zam barakka 
tutdi.  Ayripilon  bilan  am ir  0 ‘rdasiga  b o ‘m balar  yog‘dirdi.
6 8

U lam ing  ichiga  Q o ‘ygo‘shev  degan  bir  badtarini  bor  ekan. 
Hech  birovini  ayamadi.  Bechora  am ir  tilla  to ‘la  ikki  xurjunni 
foytunga  ortib,  A fg‘onga  qochti.  Sitorai  Mohi  Xossadagi 
am im ing  ikkita  tilla  qubbali  kalovatining  bittasini  Kogon 
ovchining  o ‘g ‘li  ildirib  ketdi.  Bittasini  M oskop  muzeyiga 
qo‘ydilar.
Xaloyiq  orasiga  bir  gap  g ‘imirlab  qoldi.  M inorai  Kalonni 
M askopga  ko‘chirib  olib  ketar  emishlar!  Bu  gapga  birov 
ishondi,  birov  ishonmadi.  Bu  luqma  ham  o ‘zimizdan 
chiqqan  baloning  gapi  ekan.  Undan  shundoq  chiqin  Kalon 
M inorani  qandoq  olib  ketasan  deb  so ‘rashsa,  u  kaltafahm, 
ellikta  ayvoncha  poyizni  qatorasi  qo‘yib,  ustiga  minorani 
asta  yiqitam iz,  degan  emish.
Bu  gapdan  xabar  topkan  Istalin,  q o ‘ygin,  bunaqa  qil- 
ma  deb,  dilgirom  yuboripti.  Yaqinda  M askopning  qoq 
o ‘rtasidagi  butxonani  buzganm ish.  Narod  orasida  yaxshi- 
yomon  gaplar  yurganmish.  Minorani  uning  o ‘m iga  y o ‘n- 
dirsak,  m usulm onlar  ustim izga  yopirilib  bostirib  kelishi 
mum kin  deb,  zo ‘rg ‘a  to ‘xtatipti.
0 ‘ttiz  yettinchi  yilinda  Buxoroning  paxtasi  bo im adi. 
Yashnab  turgan  g ‘o ‘zalami  garmsel  yalab  ketdi.  Axir,  bu 
Xudoning  irodasi  bilan  boMgan  kor,  bandaga  nima  ayb? 
Nechukkim,  Buxoro  paxta  pilonini  toMdirmaydi,  bu  ishga 
dushmanning  dasti  bor,  deb  o ‘ylagan  Istalin  Q o‘ygo‘shev 
bilan  Kogon  ovchining  o‘g ‘lini -  dushmanlami  fosh  qi- 
linglar,  ayamasdan  jazolanglar  deb  yubordi.  Bu  noba- 
korlar  odamlaming  uyidan  ko‘rpa-yastuqlarini  tortib  olib 
chiqib,  paxtasini  to ‘kdilar.  0 ‘shanda  har  bir  rayondan  besh- 
oltitadan  odam  otildi.  Lochindek-lochindek  raykomlar,  ordin 
taqqan  savlatli  raislar  o ‘qqa  uchib,  juvonm arg  bo‘lib  ketdi. 
Qamoqxonalar  odamga  to ‘lib,  mana  shu  zindonga  ham  ellik- 
tacha  odamni  tiqdilar.  Zindon  o ‘sha  paytga  ham  bir  obod 
bo‘lib,  atrofi  melitsaga  to ‘lgan  edi.  Kaganovich  o ‘zimizniki, 
odamlami  qutqarib  qoladi  deb  umid  qilganlar  barmoqlarini
6 9

tishlab  qolishdi.  Keyin  biisak,  ishboshi -  shu  Kogon  ovchining 
o ‘g ‘li  ekan.  0 ‘zingdan  chiqqan  baloga,  qayga  boray  davoga, 
degan  gap  bor  Buxoroning  xalqiga.  Dono  xalqimizning 
aytkanlari  bo‘ldi.
Koganovich  Kogan  ovchining  o‘g ‘li  ham  emas,  musulmon 
ham  emas,  degan  gap  chig‘di.
M ening  qaynotam  Buxoroning  katta  ham m om iga  xodim- 
gar  edi.  X odim gam ing  nimaligini  bilasizm i?  Bu -  misoli 
o brislam ing  massaji  degan  gap.  Har yakshanbada  Kaganovich 
shu  ham momga  tushib,  xodimi  qildirar  ekan.  Odamlar 
qaynotamdan,  anigNni  bilib  bering  -   u  musulm onmi- 
y o ‘qmi  deb,  iltimos  qilishdi.  U  kishi  Kaganovich  musulmon, 
yalang‘och  holda  o ‘z  ko‘zim  bilan  ko‘rdim,  xatna  b o ‘lgan 
ekanlar,  deb  shohidlik  berdilar.  Desangiz,  bu  gap  yo‘qqa 
chiqdi.
Xotiram  faromush  b o ‘lib,  bitta  zarur  gap  yodim dan 
chig‘ipti.
A m ir  qochgandan  keyin  kanizlarini  bitta-bittalab  majbur- 
lab  erga  berishdi.  Men  ham  umid  bilan  ochirtka  yozildim. 
Peshonam  qursin,  sho‘r  ekan,  navbat  menga  kelganda 
nachayli  melitsa  bittasini  benavbat  ilib  ketdi-yu  menga  amir- 
ning  kanizlaridan  yetm ay  qoldi.
0 ‘rtoq  Lenin  xalqimizga  xizmat  qilaverib,  oxiri  Kallelin 
bo‘lib  qoldilar.  U  kishini  men  ko‘rgan.  Buxoroga  qurultoy 
bo‘lib,  u  kishining  o ‘zlari  keldilar,  o‘rischalab  doklad 
qildilar.  Men  teatruvning  sakkizinchi  qatorida  o ‘tirganman. 
Silkingan  soqollari,  yaltiragan  ko‘zoynaklarini  o ‘z  ko‘zim 
bilan  ko‘rganman,  yana  bir  dona  gap  pamitimdan  faromush 
bo‘libdilar.  Buxoro  bonqasiga  bir  tilmoch  bor  edi.  0 ‘zi 
xo‘jalardan  edi.  Otlari  N ig‘matxon  edi.  0 ‘zlariga  «Buxoriy» 
deb  yangicha  ot  qo‘yib  olgan  edilar.  0 ‘risehani  shunaqa  bila 
edilar,  shundoq  bila  edilar,  gapirganlarida  o ‘rislaming  og‘zi 
ochilib  qola  edi.  B o‘sh  vaqtlarida  Kogonga  borib,  o ‘rislarga 
o ‘rischa  o ‘rgatar  edilar.  Buxoroga  shundoq  chiqin  odam
70

borligining  hidini  bilgan  Lenin  Nig‘matxonni  zudlik  bilan 
M oskopga  oldirib  ketdilar.  Gaplashib  ko‘rdilar-u,  o‘sha  zahoti 
o ‘zlariga  pomoshnik  qilib  oldilar.  Bir  kuni  Lenin  bobo  unga, 
sani  o ‘zbekcha  otingni  maskopliklar  aytolmaydilar,  shuning 
uchun  oting  N ig‘matxon  emas,  Nikolay  bo‘lsin,  Buxoriy 
emas,  Buxorin  b o ‘lsin,  dedilar.  Shundan  keyin  yana  bir  gap 
aytdilar.  Agar  men  o ‘lsam,  o ‘mimga  o‘zing  o ‘tirasan,  deb 
vasiyatga  o ‘xshatib  gapirdilar.  Bu  gapni  m o‘yloving  qirqilgur 
Istalin  eshitib  turgan  edi.  Alam  qildi  unga.  Bu joy   zaynit,  dedi 
o ‘ziga o ‘zi.  Lenin  bobo  o ‘lishlari  bilan  zemlyakimiz  Buxorinni 
qamab,  otdirib  tashladilar.  Odami  xo‘blar,  ya’niy  yaxshi 
odamlar  Buxoroga  tug‘iladi,  M oskopga  o ‘ladi.  Fayzulloxon 
ham  xo‘jalardan  edi.  Uni  ham  Istalin  Moskopga  chaqirib, 
otdirib  tashlagan.  Xudo  rahmat  qilsin  Moskopda  o ‘lgan 
xo‘jalami!  Shuning  uchun  men  sira  Moskopga  bormayman. 
Istalin  ko‘rsalar  otdirib  tashlatadilar,  deb  qo‘rqaman.
Moskopda  besh-o‘nta  palid  odam  to ‘planib,  Palidfo/yra 
tuzdilar. 
Qiladigan 
ishlarini 
o ‘zaro 
taqsimlashdi. 
Ista- 
linga -  odam  qamashni, 
Beriyo  deganga -  odam  otishni, 
Kallelin  bobomizga -  orden  tarqatishni,  hamyurtimiz  Kaga- 
novichga -  jami  poyizlami  yurgizishni  topshiripti.
Shu  desangiz,  Maskopdan  Palidbo‘yraning  surati  palokat 
bo‘lib  keldi.  Hammamizga  besh-o‘ntadan  berib,  devorlarga 
yopishtiringlar,  deb  buyurishipdi.  Men  melitsa  boshligNga,  bu 
palokatni  qayga  uray,  deb  so‘radim-u  baloga  qoldim.  Mana  shu 
zindonga uch  kun  bandi  qildi.  Nechukkim,  sen plakatni  palokat 
deysan,  deb  rosa  kaltakladi.  Tilim  kelishmasa,  qandoq  qilay 
deyman.  Shu  so‘zni  to‘g‘ri  aytadigan  bo‘lguningcha  zindonda 
m og‘or  bosib  yotaverasan,  deydi.
K altakning  zo ‘ridan  palokat  emas,  pilokat  deydigan  b o ‘l- 
dim.  Istat  g ‘am ing  eri  ana  shundan  keyin  meni  zindondan 
chiqardi.
E, jo ‘ram, bu boshga nimalar tushmadi,  bu ko‘zlar nimalami 
ko‘rmadi! Yolg‘izlanib qoldim. Bizning Buxorodan «navisandayi
71

xalqiy»,  ya’ni  xalq  yozuvchisi  chiqdi.  Usto  Aminning  o ‘g ‘li. 
Shunga  boshimdan  o‘tkanlami  yozdirib  yubordim.  Kitob  qilib 
chiqar,  pisarim,  dedim.  Chiqsa  aqchasining  nimtasi,  ya’ni 
palavinasi  seniki  bo‘ladi,  dedim.  Zindonga  azob  chekkan  bir 
bechora  Sangin  Hamro  ham  tarixga  qolsin,  ohi!
Cholning  ichi  to ‘la  g ‘ij-g‘ij  gap  ekan.  Z o ‘rg‘a  qochib  qu- 
tuldim.
Keyin  bilsam,  Buxoroning  eng  rostgo1 у  odam iga  ro ‘baro‘ 
kelgan  ekanman.
1998-yil
72

O F T O B   O Y IM
V a ta n n i  se v m o q n i,  y u r t   o tasig a  s a d o q a tn i 
y a p o n l a r d a n   o ‘r g a n is h   k e ra k .
Maqsud SI I A YXZODA  so 'zi.
K echadan   beri  lagerimizdagi  yaponlar  g ‘imirlab  qolishdi. 
Yettinchi  barak  oldida  to ‘planishib,  qandaydir jiddiy  bir  gapni 
qizishib  muhokama qilishardi.  Yerosi  Dyun degan yapon  yigiti 
rassomlik  ustaxonamni  supurib-sidirib  yurardi.  Dyunning 
yurak  o ‘ynog‘i  kasali  borligidan  uni  shaxtada  ishlashga  olib 
chiqishmasdi.  B a’zi-ba’zida,  jahli  chiqqan  paytlarda  yurak 
kasali  xuruj  qilib  qolardi.  Boshliqlar  uni  menga  bo‘yoq  qorib 
beradigan  qilib  qo‘yishgan  edi.  M en  Dyundan,  nima  gap,  tez- 
tez  to ‘planadigan  bo‘lib  qoldinglar,  deb  so‘radim.
-   Tovarish  Ahmed,  yurtim izga  ketadigan  b o ‘lib  qol- 
d ik ,- d e d i  u  ichiga  sig‘magan  quvonchini  yashirolmay.
Uni  dil-dildan  tabrikladim.
-   Boshliqlar  shunday  deb  aytishdimi? -  deb  so‘radim.
-   Qayoqda!  Ular  bu  xabam i  bizdan  ikki-uch  kun  keyin 
eshitishadi.
Uning  gapi  rost  edi.  Umuman,  qamoqxonalarda  ko‘zga 
ko‘rinmas,  qo‘l  bilan  ushlab  bo‘lmas  «telegraf»  ishlardi. 
Moskvada, 
hatto  Siyosiy  Byuroda  mahbuslarga  aloqador 
biror  gap  bo‘lsa,  o ‘sha  kuniyoq  jam iki  lagerlarga  yetib  bo- 
rardi.
Lager  boshlig‘ining  o ‘rinbosari  kapitan  Gusak,  moy 
b o ‘yoqda  ishlab  ber,  deb  onasining  suratini  tashlab  ketgan 
edi.  Bugun  tush  paytida  suratni  olgani  keldi.  Undan  yaponlar 
yurtlariga  ketadigan  boMdimi,  deb  so ‘radim.
73

U  hayron  b o ‘ldi.
-   Bunaqa gap  y o ‘q.  Bu  mahbuslarning  o ‘zlaridan  chiqqan 
galdagi  «parasha»  bo‘lsa  kerak, -  deb javob  qildi.
«Parasha» -  bu  qam oqxona  kam eralariga  q o ‘yiladigan 
hojat  chelagi.  Tarqaladigan  har  xil  bo‘lar-bo‘lmas  gaplami 
shunday  deb  atashadi.
Baribir  lager  «telegrafi»  aniq  ishlardi.  Biz  Stalin  o ‘lganini 
boshliqlarim izdan  ikki  kun  oldin  eshitganmiz.  Beriyaning 
qam alganini,  M olotov  bilan  Kaganovichning  Siyosiy  Byuro 
tarkibidan  chiqarilganini  o ‘sha  kuniyoq  eshitgan  edik.
Dyun  ustaxonani  shoshib-pishib  y ig ‘ishtirardi-yu,  yettin­
chi  barak  oldida  to ‘plangan  hamyurtlari  davrasiga  chopardi. 
Lagerimizdagi  o ‘ttiz  to ‘rt  nafar  yaponning  hammasi  o ‘sha 
yerda.  Bundan  korxonada  ishlaydigan  Sudze  degan  yapon 
yigit  mustasno.  Sudze  ham yurtlariga  qo‘shilmas,  kirxona 
zinasida  boshini  egib  o ‘tirib,  xayol  surardi.  Yaponlar  Sudzeni 
saflariga  qo‘shishmasdi.  U  yaponlarga  xos  boMmagan  baland 
b o ‘yli,  xuddi  sirkdagi  polvonlarga  o ‘xshagan,  muskullari 
bo‘rtib  chiqqan  jud a  baquvvat  yigit  edi.  Boshqa  yaponlar 
lagerimizda  Sudze  deb  atalgan  yapon  borligini  bilmagandek, 
unga  e ’tibor  berishmasdi.  Sudze  esa  har  tong  hali  quyosh 
ko‘tarilmay  kirxona  tomida  paydo  bo‘lardi.  Shaxtalardan 
chiqarib  tashlangan  tog‘-tog‘  rudalar  orqasidan  quyosh 
chiqquncha  haykaldek  qotib  turar,  yuziga  oftob  urilishi  bilan 
ikki  q o ‘lini  baland  ko‘tarib,  quyoshga  nim alardir  deb  iltijolar 
qilardi.
Dyunning  quvonchi  cheksiz  edi.  Bir  gapirib  o ‘n  kulardi. 
U  o ‘n  bir  yildan  beri  begona  mamlakat  qam oqxonalarida 
sarson-sargardon  kezardi.  Shu  o ‘tgan  o ‘n  bir  yil  ona  yurti, 
tug‘ilgan  diyori  Yaponiya  xayoli  bilan  yashaydi.
-   Xayriyat,  qonim  yurtim ga  to ‘kiladigan  b o ‘l d i ,- d e d i  u 
allaqanday  quvonch  bilan.
-   Jinni  bo‘ldingmi,  yurtim ga  qaytay,  uylanib,  bola- 
chaqali  b o ‘lay,  boshqalardek  bearm on  yashab  yuray  deb 
niyat  qilmaysanmi,  ahmoq!  -  dedim  unga.
Dyun  boshini  tebratdi.
74

-   Tovarish  Ahmed, -  dedi  u  ruscha  bilishini  namoyish 
qilayotgandek  g ‘urur  bilan, -  bilasanmi,  men  samurayman. 
Samuraylar  dushm anga  tirik  asir  tushmasligi  kerak.  Asir 
tushish  xavfi  tug ‘ilgandayoq  o ‘zini  xarakiri  qilishi  shart. 
Ya’ni,  o‘zini  o ‘zi  chavaqlab  o ‘ldirishi  kerak.  Men  xarakiri 
qilishga  ulgurm aganm an- Vatanimdan  qon  qarzdorman.
M en  Dyunni  doimo  yuzi  kulib  turadigan,  bolalardek 
b eg ‘ubor,  uncha-m uncha  hazillam i  k o ‘ngliga  olmaydigan, 
musichadek  beozor  odam  deb  o ‘ylardim.  Ichida  shuncha  gap 
borligini,  yuragini  qonli  armon  o ‘rtayotganini  bilmasdim. 
Yerosi  Dyun  ko‘z  oldimda  yuksalib,  o ‘n  bir  yil  Vatanidan 
olisda,  cho‘llarda,  o ‘rm onlarda  sarson-sargardon  kezib, 
Yaponiyaning  buyuk  muhabbatini  dilida  ardoqlab  kelgan, 
har kuni  bittadan  quyosh  tug‘adigan  Vatani  oldidagi  burchini, 
bir  daqiqa  b o ‘lsin,  unutmagan  beqiyos  insonga  aylangan  edi.
Dyunning  losiro  degan  hamyurti  b a’zan  ustaxonaga  kelib 
uzoq  gaplashib  o ‘tirardi.  Rus  askarlari  uni  asirlikka  olgan 
paytda  hali  tili  chiqmagan  egizak  qizaloqlari  boTgan.  U 
qizlarim   katta  b o ‘lib  qolgandir,  tirikmikan,  deb  y ig ’lardi.
Yaponlarga  munosabat  o ‘zgarib  qoldi.  Ulami  ishga  olib 
chiqmay  q o ‘yishdi,  hatto  alohida  ovqat  pishirib  beradigan 
boMishdi.  A m m o  Dyun  qadrdonligim iz  uchun  hamon  usta- 
xonada  ishlab  yuribdi.  Yaponlami  boshqa,  kichikroq  barakka 
o ‘tkazishdi.  Kechqurun  zang  chalinganda  baraklarga  m ah­
buslar  sanab  kiritilgandan  keyin  ustidan  qulflab  q o ‘yishadi. 
Yaponlaming  baragi  qulflanmaydigan  b o ‘ldi.
Bu  ishlam ing  Sudzega  aloqasi  y o ‘qdek  edi.  U  hamon 
kirxonada  ishlar,  zinapoyada  o ‘tirib,  o ‘y  o ‘ylardi.  Alohida 
pishirilgan  ovqat  unga  berilmasdi.
N egadir  o ‘sha  paytlarda  lagerda  choy  o ‘m iga  kofe  beri­
shardi.  Hatto  oshxona  yonidagi  bostirm ada  qop-qop  kofe 
qalashib  yotardi.  Kofe  jonim izga  tegib,  bir  qultum  qora 
choyga  zor  bo‘lgandik.  Shahardan  gazeta  olib  kelishga 
borganim da magazindan  bir quti  gruzin choyi  sotib  olgandim. 
Dyun  tunuka  choynakka  achchiqqina  qilib  dam lab  keldi. 
Hovlida  skameykada  o ’tirib,  choyxo‘rlik  qilmoqchi  b o ‘ldik.
75

M ahbuslar  uyquda.  Faqat  Vatan  sog‘inchi  uyqu  bermagan 
yaponlar  to ‘da-to‘da  b o ‘lib,  oy  nuriga  g ‘arq  boMgan  lager 
sahnida jim gina  aylanib  yurishibdi.
D yun  bilan  ikkim iz  u  yoq-bu  yoqdan  gaplashib, 
choy  ichib  o ‘tirardik.  B izning  bu  su hb atlarim iz  ham 
g ‘anim atdek  edi.  U  V ataniga  ketadi.  A lbatta,  bundan 
keyin  u  bilan  d iy do r  k o ‘risholm aym iz.  H ar  qalay,  besh- 
olti  yillik  qadrdonlik  bir-birim izga  yaqin  qilib  q o ‘ygandi.
Ana  shu  sokin  oydin  kechada  Dyundan  so‘radim:
-   M enga  qara,  Dyun,  nega  Sudzeni  yom on  k o ‘rasizlar? 
Nega  uni  davraga  qo‘shmaysizlar?
Yerosi  Dyun  indamadi.  Oy  nuriga  ters  o ‘tirgani  uchun 
uning  yuzida,  ko‘zida  qandoq  ifoda  aks  etayotganini  bil- 
masdim.  S o‘rog‘imga  javob  berish  niyati  yo‘qqa  o ‘xshardi. 
U  uzoq  o ‘ylab  o ‘tirgandan  keyin:
-   Yana  bitta  choy  dam lab  kelaymi,  bunisi  sovib  qop- 
t i , -  dedi.
-   Yo‘q, -  d e d im ,- gapimga javob  ber.
Yerosi  o‘m idan  turib  u  yoq-bu  yoqqa  yurdi.  Keyin joyiga 
kelib  o ‘tirdi-da,  gapira  boshladi:
-   Buni  tushuntirish  qiyin.  Yaponiyani,  yaponni,  urf- 
odatlarimizni  bilmagan  odam ga  buni  tushuntirish  qiyin. 
M ana,  endi  ajralishib  ketadigan  paytim iz  keldi.  Bu  Dyun 
kim  edi.  Sudze  kim  edi,  degan  jum boq  ko‘nglingda  qolib 
ketmasligi  uchun  aytaman.  Sen  bir  marta  meni  haqorat 
qilganing  haligacha  dilimni  o ‘rtaydi.
Uni  nim a  deb  haqorat  qilganimni  eslay  olmadim.
-   Ayt,  agar  shunday  qilgan  boMsam,  sendan  astoydil  uzr 
so‘rayman.
-   Yapon  ayollari  buzuq  boMadi,  degansan.  Shunda 
alamimni  ichimga  yutib,  javob  bermaganman.  0 ‘shanda 
yapon  portlarida  geyshalar  m atroslam i  y o ‘ldan  uradi, 
deganding.  E-e, 
oshnam,  bu  gaping  mutlaqo  noto‘g ‘ri. 
Bunaqa  gap  uchun  seni  o ‘ldirishim   kerak  edi.  Unday  qilma- 
ganman.
76

To‘g ‘ri,  shunday  gap  b o ‘lgan  edi.  0 ‘shanda  Dyunning 
tishlari  g ‘ichirlab  ketgan,  qoshlari  chimirilib,  xuddi  hamlaga 
tayyor turgan  sherga  o ‘xshash  bir  ahvolga  tushgan  edi.  Lekin 
indamay  o ‘m idan  turib,  barakka"  kirib  ketgandi.  Uch  kun 
yurak  xuruji  tutib,  ustaxonaga  kelm ay  qo‘ygandi.
-   Tovarish  Ahmed,  boya  aytdim-ku,  Yaponiyaga  borma- 
gan odam yaponlar to ‘gbrisida aniq bir gap aytolmaydi. Ekilgan 
har  bir  tup  daraxt,  y o ‘lga  yotqizilgan  har  bitta  tosh,  qurilgan 
har bitta  imorat Yaponiya manfaati  uchun  xizmat qilishi  kerak. 
Har  bir  qimirlagan  jonda,  odam laming  muomalasida,  yurish- 
turishida  Yaponiya  manfaati  yashaydi.  Sen  o ‘sha  buzuq  deb 
atagan  geyshalar  Yaponiyaning  porloq  kelajagi  uchun  xizmat 
qiladigan  buyuk  vatanparvar  ayollardir...
-   Shoshma,  Dyun,  bunaqa  balandparvoz  gaplam i  q o ‘y. 
Sal  pastroq  tushib  gapir.
-   X o ‘p ,- d e d i  u ,-m a y li,  qizishmay  gapira  qolay.  G ey­
shalar  sen  o ‘ylaganchalik  axloqsiz  ayollar  emas.  Nihoyatda 
nazokatli,  yoqimtoy,  bilim don  ayollardir.  Ular  maxsus 
maktablarda  ta’lim  olgan,  suhbati  shirin,  yapon  q o ‘shiqlarini 
xonish  qiladigan,  qadim   zam onlardan  bizga  yetib  kelgan 
ajoyib  raqslam i  m ahorat  bilan  ijro  qiladigan,  tarix  haqida 
gapirganda  tinglovchiga  o ‘tmishni  tiriltirib  beradigan,  tengsiz 
pazanda,  tabobat  sirlaridan  ogoh  va  shu  bilan  birga  beqiyos 
go‘zal  ayollardir.  Ular  suhbatidan  bir  marta  bahramand 
boMgan  xorijliklar bir um r bu  shirin  onlam i  unuta  olmaydilar.
Yerosi  Dyun  sovib  qolgan  choydan  xo‘pladi.  Bir  oz  tin 
olib,  gapini  davom  ettirdi:
-   A na  endi  Sudze  to ‘g ‘risida  gapiray.  Yo‘lda  yotgan 
kichkinagina  tosh  yoki  bir  qarashda  nazarga  tushm aydigan 
biror  ro ‘z g ‘or  buyum i  to ‘g ‘risida  gapirish  uchun,  avvalo, 
butun  Yaponiya  to ‘g ‘risida  gapirish  kerak.  B izda  ham ma 
narsa  bir-biri  bilan  uzviy  b o g ‘liq,  ularda  butun  Yaponiya 
yashirinib 
yotadi. 
Sudze 
to ‘g ‘risida 
gapirish 
uchun 
shuncha  gaplam i  aytdim .  Shunday  qilm asam ,  hech  narsani
77

tushunm asding,  tovarish  Ahmed.  Sudzeni  geysha  tuqqan 
deyishardi,  u  otasini  ko‘rm agan.  Portim izga  Portugaliyadan 
yuk  k o ‘p  kelardi.  Baland  b o ‘yli,  baquvvat  m atroslar 
kem adan  ruda  tushirishardi.  Sudzening  ch o ‘yandan  quyil- 
gandek  baquvvat  gavdasi  xuddi  ana  o ‘shalarga  o ‘xshab 
ketadi.  E ’tibor  berganm isan,  Sudzening  qoshlari  burgutning 
qanotiga  o ‘xshaydi.  Bunaqa  qoshli  dengizchilarni  Portu- 
galiya  kem alarida  ko‘rganman.
Sudze  m axsus  enagalar,  m axsus  tarbiyachilar,  bilim don 
o ‘qituvchilar  tarbiyasida,  im perator  ard o g ‘ida  voyaga  yet- 
di.  Eng  yaxshi  kiyim larni  kiydi.  Eng  lazzatli  taom larni 
yedi.  Chunki  u  kam ikadzelikka  qabul  qilingan  yedi.  Kami- 
k a d z e - b u   « o ‘q  odam »  degani.  M am lakat  x a v f  ostida 
qolgan  paytlarda  kam ikadzelar  bir  kishi  sig ‘adigan  va 
dahshatli  bom ba jo ylangan  sam olyotda  dushm an  istehkom i 
tom on  uchiriladi.  Sam olyotga  faqat  uchib  borishgagina 
yetadigan  yo nilg ‘i  quyiladi.  A gar  uchuvchi  q o ‘rqoqlik 
qilib  ortga  qaytm oqchi  b o ‘lsa,  qaytishga  y o n ilg ‘i  y o ‘q. 
K am ikadze  dushm anning  qu rol-yarog 6  om boriga  urilib, 
o ‘zi  ham  portlab  ketishi  shart.  A m m o  Sudze  s o ‘nggi 
burchini  ado  etishdan  bosh  tortdi.  Q o ‘rqoqlik  qildi.  Bila- 
sanmi,  tovarish  A hm ed,  kam ikadze  burchini  o ‘tam asa,  uni 
urm aydilar,  so ‘km aydilar,  sud  qilm aydilar.  B o‘yniga  xuddi 
R iksha  aravasining  g ‘ildiragidek  qulf-kalitli  g ‘ildirak 
kiydirib  q o ‘y adilar  ( R ik s h a - b u   xachir  yoki  eshak  o ‘rniga 
odam   q o ‘shiladigan  aravacha).  B o ‘yniga  g ‘ildirak  osilgan 
odam ga  hech  kim  suv  berm aydi,  ovqat  berm aydi.  Yerdan 
biror  nim a  topib  yey  desa,  yo  ariqdan  suv  olib  ichay  desa, 
q o ‘li  yetm aydi.  Yotay  desa,  g ‘ildirakka  b o ‘ynidan  osilib 
qolib,  nafas  ololm aydi.  Biror  uyga  kiray  desa,  eshikka 
sig ‘maydi.  U  faqat  ariqqa  tizzalab  o ‘tirib,  g ‘ildirak  chetini 
q irg ‘oqqa  ilintirib  dam   oladi.  Bu  g ‘ildirak  faqat  u  o ‘lgandan 
keyingina  b o ‘ynidan  olinadi.
Sudzening  onasi  Maniko  xonim  o ‘g ‘lining  xoinligidan 
nomus  qilib,  ko‘chaga  chiqolmay,  odam larga  q o ‘shilolmay 
qoldi.  Bu  orada  Sudze  ikki  marta  uyiga  keldi.  Kirolmadi.
78

Eshikka  g ‘ildirak  sig‘madi.  O zib-to‘zib,  soch-soqoli  o ‘sib 
ketgan  bolasining  ayanchli  ahvolini  M aniko  xonim  bolo- 
xonada  yig‘lab  kuzatib  turardi.  U  bolasining  oldiga  chiqmadi, 
bo‘yniga  osilib  yupatmadi.  Sudze  endi  unga  suyukli  farzand 
emas,  um um xalq  la’natiga  uchragan  jirkanch  bir  kim sa  edi. 
Oradan  biron  oy  o ‘tib,  M aniko  xonim  chodraga  o ‘ralib, 
ibodatxonaga  boradi.  M uqaddas  Budda  poyiga  qo‘yilgan 
tilla  barkashga  ro ‘m olchaga  tugib  kelgan  oltin-javohirlam i, 
qim m atbaho  toshlar  bilan  bezatilgan  zirag-u  bilakuzuklarini, 
jam iki  taqinchoqlarini  jaranglatib  to ‘kadi.  Tiz  cho‘kib, 
Buddaga  tavba-tazarrular  qiladi.  A sta  o ‘m idan  turib,  ichka- 
riga  kirib  ketadi.
Ikkinchi  jahon  urushi  arafasida  Parijda  b o ‘lib  o ‘tgan 
«G o‘zallar  tanlovi»da  M aniko  xonim  birinchi  o ‘rinni  egallab, 
toj  kiygan  edi.  Fransuzlar  uni  «Oftob  oyim»  deb  atashgandi. 
Hatto  bir  gazeta  «Bugun  quyosh  Parij  ufqidan  ko‘tarildi» 
deb  yozgandi.
Tengsiz  go‘zal,  benihoya  dono,  butun  Yaponiyaning 
faxri  boTishga  arziydigan  bir  m a la k - Oftob  oyim   rohibalar 
libosini  kiydi,  rohat-farog‘atdan  kechib,  m onastirda  qoldi.
Sudzening  ahvoli  o g ‘ir  edi.  U  o i i b   o ‘lolmasdi,  tirik 
qolishning  aslo  iloji  y o ‘q  edi.  U  samolyotda  uchib  borib, 
dushm an  istehkom iga  urilib,  portlab  ketm aganiga  ming- 
m ing  pushaym onlar  yerdi.  Oxiri  u  o ‘zini  dengizga  tashlab 
cho‘kib  o ‘lishga  qaror  qildi.  Dengiz  shovullar,  toNqinlari 
qirg‘oqqa  sapchib,  Sudzening  tizzalariga  urilardi.  Dengizning 
qirgboqqa  yaqin jo y  lari  sayoz  edi.  U  asta-sekin  suvda  kechib 
boraveradi.  Suv  tizzasidan  kelardi.  Keyin  beliga  chiqadi... 
Yopirilib  kelgan  to ‘lqin  uni  orqaga  siltab,  yana  qirg‘oqqa 
uloqtirib  tashlam oqchi  bo‘ladi.  To‘lqin  orqaga  qaytishda  uni 
dengiz  ichkarisiga  sudrab  ketdi.
Sudze  yerda  yurganda  bunchalik  azobni  k o ‘rmagandi.  U 
tik  holatda  quloch  otib  suzolmasdi.  G ‘ildirak  esa  uni  cho‘kib 
ketishga  qo‘ymasdi.  Faqat  b o ‘ynidangina  g ‘ildirakka  osilib 
turardi.  ToNqin  uni  hali  u  yoqqa,  hali  bu  yoqqa  uloqtirar.
79

har  uloqtirganda  b o ‘yni  uzilib  ketadiganga  o ‘xshardi.  Uning 
bu  ahvolini  olisroqdan  kuzatib  turgan  odam,  kim ningdir 
kallasini  uzib  g ‘ildirak  o ‘rtasiga  qo‘yishibdi,  deb  o ‘ylashi 
mumkin  edi.
Bir  hafta  taom  yemaganidan  Sudze  kuchdan,  darmondan 
qolgan  edi.  Oxiri  u  hushidan  ketdi.  Uni  rus  dengizchilari 
katerga  chiqarib  olganlarini  bilmadi.  M atroslar  g ‘ildirakni 
arralab,  b o ‘ynidan  olib  tashlashdi.  Uning  o ‘zi  esa  ikki 
kundan  keyin  hushiga  keldi...
Dyun  uzoq  gapirdi.  Baxtsiz,  sho‘rpeshona  m ahbuslar 
dunyoning  jam i  tashvishlarini  unutib,  barq  urib  uxlayotgan 
oromli saraton tunida Dyun bilan ikkimiz hech bir mamlakatga 
o ‘xshamagan  buyuk  Yaponiya  to ‘g ‘risida  dum -dum aloq  oy 
ruda  uyumlari  orqasiga  botib  ketguncha  gaplashib  o ‘tirdik. 
Dyun  vatani  to ‘g ‘risida  gapirmas,  g o ‘yo  qo‘shiq  kuy- 
layotgan,  goh  zavq-shavq  bilan,  goh  faryod  urib  doston 
o ‘qiyotgandek  edi.
Kunchiqar  tom onda  ufq  oqarib  qoldi.  M ana  shu  oppoq 
ufq  asta  b o ‘zara  boshlaganda  Sudze  tomga  chiqadi.
BoMdi  endi,  Dyun,  borib  yot.  Jindek  uxlab  ol.  B o‘lmasa, 
yuraging  yana  xuruj  qiladi.
Dyun  bosh  chayqadi.
-   Uxlayolmayman,  yurtim ga  tezroq  ketgim  kelyapti.
Beriya  otilgandan  keyin  «Troyka»  qarori  bilan  qa-
m alganlam ing  b a’zilariga  zonadan  tashqariga  chiqib  ishlash- 
ga  ruxsat berilgan  edi.  Shunday  imtiyoz  menga  ham  berilgan. 
Bugun  ertalab  b o ‘yoq  olish  uchun  shaharga  ketgan  edim. 
Qaytib  zonaga  kirsam,  darvoza  oldida  yaponlar  to ‘planib 
turishibdi.  Dyun  yugurib  oldimga  keldi.
-   Tovarish  Ahmed,  qayoqlarda  yuribsan?  Bizni  bugun 
olib  ketisharmish.  K o‘risholm ay  qolamiz  deb,  tashvishlanib 
turgandim.
Atrofga  qarayman.  Hamma  yapon  mahbuslari  shu  yerda. 
Faqat  Sudze  yo‘q.  U  tom da  oftob  nuriga  belanib,  kunchiqar 
tom onga  qarab  turibdi.
80

Shtabdan  kelgan  m ayor  Kuzin  ro‘yxatni  o ‘qiy  boshladi. 
Nomi  o ‘qilgan  mahbus  darvoza  tom onga  yurishi  kerak.  0 ‘n 
bir  yil  tutqunlikda  yashagan  yaponlar  shu  topda  ozodlik  deb 
atalgan  buyuk  bir  olam ga  qadam   bosa  boshladilar.  Nihoyat, 
ro‘yxatdan  Dyunning  nomi  o ‘qildi.
-   X ayr  endi,  tovarish  Ahmed.  O g‘ir  kunlarimda  ham- 
dard  bo4ganing  uchun,  topgan  bir  burda  noningni  men  bilan 
baham  ko‘rganing  uchun,  g ‘am -anduhga  botgan  damlarimga 
sherik  b o ‘lganing  uchun  rahmat.  Endi  ko‘risholmaymiz, 
xayr,  omon  b o ‘l!
U  ko‘zda  shashqator  yosh  bilan  darvoza  tomon  ketdi.
R o‘yxatdan  Sudzening  nomi  chiqmadi.  U  kirxona  tomida 
turib,  yuz-ko‘zlarida  quvonch  porlagan  ham yurtlariga  alam 
bilan  qarab  turardi.
Shtab  oldiga  kelib  to ‘xtagan  «ZIS-101»  mashinasidan 
qora  frak  kiygan  savlatli  bir  yapon  tushdi.  U  Yaponiya 
elchixonasining  xodimi  edi.  U  ozodlikka  chiqqan  yaponlar 
bilan  bir-bir  q o ‘l 
olishib  ko‘rishdi.  N im alardir  dedi. 
Yaponlar  qarsak  chalib,  qiyqirib  yuborishdi.  Ular  yig‘lab, 
bir-birlarini  tabriklashardi.  Shu  payt  shem ing  o ‘kirishiga 
o ‘xshash  bir  ovoz  ulam i  Sudze  tik  turgan  kirxona  tomiga 
qaratdi.  M ahbuslikda  o ‘n  yildan  ortiq  ovoz  chiqarmay  zabun 
yashagan  Sudze  ichida  yig‘ilib  qolgan  ham ma  tovushlarini 
jam lab  chiqarayotgandek  edi.
-   K unchiqar  Vatanim, 
mening  Yaponiyam! 
Kechir, 
burchini  o^olm agan  badbaxt  o ‘g ‘lingni  kechir!  Kechir!..
Uning  q o ‘lidagi  dudam a  pichoq  oftob  tig‘ida  chaqnab 
ketdi.  U  pichoqni  yalang‘och  tanasining  chap  biqiniga  zarb 
bilan  urib,  o ‘ng  biqini  tomon  tortdi.  U  o g ‘riqni  ham  unutib, 
ikki  oyog‘i  oralig‘ida  osilib  qolgan  ichak-chavoqlariga  ham 
parvo  qilmay,  hamon  hirqirab  qichqirardi:
-   Japan!  Japan!  Mening  Vatanim  Japan!
U  shunday  deya  turib,  tunuka  tom  qirg‘o g ‘iga  yiqildi. 
0 ‘zining  qoni  halqob  bo‘lib  qolgan  tom  qirg‘og‘ida  belidan 
osilib  yotardi.  U  bir  muddat  tipirchilab  turgandan  ke-
6  — 5. 
A h m a d
81

yin  sirpanib,  yerga  gursillab  tushdi.  Tam ovdan  oqayotgan 
qaynoq  qon  endi  uning  ustiga  sharillab  quyilardi.
Bu  mudhish  manzaradan  badanlarim   muzlab  ketgandek 
bo‘ldi.  Uni  kuzatib  turgan  yaponlar  yuzlarini  ters  o ‘gi- 
rishmadi.  Har  qalay  Sudze  sobiq  b o ‘lsa  hamki  yapon  edi.  U 
umrining  so ‘nggi  daqiqasida  yaponligini  isbot  qildi.  U  yapon 
bo‘lib  olamdan  o ‘tdi.  Japan,  Japan,  deb jo n  berdi.
Zonadan  chiqqanimda  yaponlar  avtobus  oldida  to ‘planib 
turardilar.  Dyun  olazarak  b o ‘lib  meni  kutayotgan  edi.
-   Tovarish  Ahmed,  suratga  tushaylik.
U  shunday  deb  bo‘yniga  ikkita  apparat  osgan  yapon 
fotomuxbirini  boshlab 
keldi. 
Dyun, 
losiro 
uchovimiz 
yelkalarimizga  q o ‘l  tashlab  suratga  tushdik.  Boshqalar 
allaqachon  avtobusga  chiqib  boMgan.  Ammo  Dyun  shoshil- 
masdi.  Meni  b ag ‘ridan  q o ‘yib  yuborgisi  kelmasdi.  Hiqillab 
yigMardi.
Avtobus  ikki  marta  signal  bergandan  keyingina  meni 
bag‘ridan  qo‘yib  yubordi.  U  avtobusga  chiqqandan  keyin 
ham  derazadan  qoM  chiqarib,  kaftlarini  o ‘pib  silkitardi.
U  ketdi.  Hijron  azoblaridan,  xo‘rliklardan  qutulib  yurtiga 
ketdi.
Oradan  oylar  o ‘tdi.  Biz  yashayotgan  qam oq-lagerga  yuz 
minglab  baxtiqaro  m ahbuslar  kelib  ketgan.  Bu  mustahkam 
devorlar,  tikanli  simlar  g o ‘yo  hech  narsani  ko‘rmayotgandek 
gung-soqov  edi.  Biroq  o ‘n  yilning  nari-berisida  kelib- 
ketgan  yapon  mahbuslarini  hech  kim  unutmasdi.  Ulam ing 
ahilligidan,  odobidan,  sezgir-u  topag‘onligidan,  bir  ish  qilsa, 
astoydil  m ehr  bilan  qilishidan  gapirishardi.  Ayniqsa,  Dyunni 
k o ‘p  gapirardik.  Uning  «L»  ni  «R»  deb  talaffuz  qilishini 
eslardik.  U  «lager»ni  «Rager»,  litvalik  rassom  Alikni  «Rito- 
ves  Arik»  deyishini  eslab  kulishardik.
Bir  shum  xabar  ko‘nglimizni  vayron  qilib  yubordi.  Olib 
ketilgan  yaponlam ing  hammasini  Imperatorning  maxsus 
buyrugM  bilan  Vatan  xoinlari  sifatida  dengizga  cho‘ktirib 
yuborishgan  emish.  Bu  sovuq  xabarga  birov  ishondi,  birov 
«parasha»  deb  q o ‘ya  qoldi.
82

0 ‘sha  voqealarning  b o ‘lib  o ‘tganiga  roppa-rosa  ellik  yil 
b o ‘ldi.  Yaqinda  taqdir  taqozosi  bilan,  to ‘g ‘rirog‘i,  «K elinlar 
q o ‘zg ‘oloni»  bahonasida  olis  A m e rik a g a -A tla n tik a   okea- 
nining  nariyogNga  borish  m anglayim ga  bitilgan  ekan,  bor- 
dim.  Nyu-Yorkda  orzu  qilib  yetib  b o ‘lmas jo y lam i  k o ‘rdim. 
M ashhur  afsonaviy  Brodvey  shohko‘chasini,  A m erikaning 
tim soli  b o ‘lib  qolgan  O zodlik  haykalini  k o ‘rm oq  nasib  qildi. 
Ayniqsa,  BM T  qarorgohi  oldida  hilpirab  turgan  bayroqlar 
qatorida  0 ‘zbekiston  b ayrog‘ini  k o ‘rganim da,  m ijjalarim ga 
yosh  qalqib  chiqqanini  sezm ay  qoldim.
0 ‘zbekiston  elchixonasi  xodimlari,  atayin  Vashingtonga 
kelib  muzeyni  k o ‘rmay  ketsangiz,  keyin  afsuslanib  yurasiz, 
m ashhur  Vashington  muzeyida  buyuk  bobom iz  Alisher 
N avoiyning  o ‘z  q o ‘li  bilan  yozgan  ikkita  g ‘azali  bor.  Albatta, 
borib  ko‘ring  deb,  maslahat  berishdi.  0 ‘sha  kuniyoq  bordim. 
A fsuslar  b o ‘lsinki,  m uzeyning  Q o ‘lyozm alar  b o ‘limi  berk. 
M axsus  m utaxassislar  q o ‘lyozm alar  holatini  o ‘rganayotgan 
ekan.  Afsus-nadom atlar  bilan  qaytib  chiqdim.  Muzeyda 
k o ‘rsa  arziydigan  millionlab  eksponatlar  bor.  0 ‘shalam i  k o ‘- 
rib  q o ‘ya  qolsam  ham  bo‘lardi.  Ammo,  ochig‘ini  aytsam, 
daho  shoirim izning  q o ‘lyozmasi  oldida  muqaddas  K a’ba 
toshini  tavob  etgandek  buyuk  e ’tiqod  bilan  bosh  egib 
turmoqchi  edim.  Niyatimga  yetolmadim.
Boya  shofyor  bu  yerda  kam ida  ikki  soat  b o ‘lasiz,  sho- 
shilm ay  ko‘ravering,  men  bir  yarim  soatlarda  kelaman, 
degandi.  Qayoqqa  borishim ni  bilmay,  muzey  hovlisidagi 
gulzor  yoqasiga  q o ‘yilgan  skameykaga  omonatgina  o ‘tirdim. 
Ertaga  A merika  safarim  poyoniga  yetadi.  Vashingtondan 
m ashinada  to ‘rt  yuz  kilom etr  y o ‘l  bosib  Nyu-Yorkdagi 
Kennedi  nomidagi  aeroportga  borishim  kerak.  U  yog‘i  Tosh- 
kentgacha  o ‘n  besh  yarim   soat  okean  ustidan  uchib  o ‘taman. 
Elchixonaga  borib  safar  tadorigini  ko‘rishim  kerak.  Aksiga 
olib,  shofyor  ham  bir  yarim  soatdan  keyin  keladi.  Uni 
kutishdan  boshqa  ilojim  y o ‘q  edi.
Skameykaning  narigi  boshida  o ‘tirgan,  yoshini  aniqlab 
bo4m aydigan  bir yapon  qariyasi  menga  qarab  hadeb  iljayadi.
83

K o‘zini  oladi,  yana  qaraydi,  iljayadi.  Hayron  bo‘ldim,  nega 
u  bunaqa  qilyapti.  U  surilib  yonim ga  keldi.
-   Viy,  tovarish  A h m e d ? !-d e b   so ‘radi  chala-chulpa  rus 
tilida.
Hayron  b o ‘ldim. 
Dunyoning  narigi  burchida  meni 
taniydigan  odam  bor  ekan,  deb  o ‘yladim.
-   Rutfirro  p o m n iti? - dedi  u  kulib.
Biz  lagerda  Dyun  Yerosini  «Rutfirro»  deb  atardik.  Men 
Dyunga  uchinchi  barakdagi  muqovachi  Lutfulloni  chaqirib 
kel,  deb  iltimos  qilganim da  u  muqovachini  topolmay,  Rut­
firro  y o ‘q  ekan,  deb  javob  qilgan  edi.  Ana  shundan  keyin 
b a’zilar  uni  Rutfirro  deb  ataydigan  boMishgandi.  Buni 
notanish  chol  qayoqdan  biladi  ekan  deb  hayron  bo‘ldim.
-   Tovarish  Ahmed,  bundan  roppa-rosa  qirq  besh  yil 
oldin,  siz  bilan  qam oq-lagerda  birga  boTganmiz.
Esladim.  Bu  -   Dyunning  eng  yaqin  d o ‘sti  losiro  edi. 
Ammo  lagerdan  b o ‘shab  ketgan  yaponlam i  Imperatorning 
maxsus  buyrugN  bilan  dengizga  cho‘ktirib  yuborishgan  deb 
eshitgan  edim...
U  tizzam ga  qoTini  q o ‘yib,  Dyunni  eslaysizmi,  deb  yana 
so ‘radi.
-   Bu  ajoyib,  olijanob  insonni  unutib  bo‘ladimi? -   dedim 
afsuslanib.
U  paytda  losiro  o ‘ttiz  yoshlarda  edi.
U  uylangan  paytlarini,  qaylig‘i  bilan  ikki  marta  Kabuki 
teatriga  borganini,  mashhur  aktyorlar  ijro  etgan  rollami  xuddi 
tushida  ko‘rgan  voqealami  aytib  berayotgandek  gapirardi.  Ayt- 
gancha,  uning  egizak  qizlari  bor  edi.
-   Qizlaringiz  bilan,  xotiningiz  bilan  diydor  ko‘rish- 
d in g izm i?- deb  so‘radim.
-   Bitta  qizimni  topdim.  Xotinim   bilan  bir  qizim  atom 
nurlanishidan  halok  boTishgan  ekan.
U  hassasining  uchi  bilan  yer  chizib,  uzoq  turib  qoldi.
-   Men  sizni  ko‘p  eslayman.  Esingizdami,  ketar  chog‘i- 
m izda  Dyun,  siz  uchovim iz  suratga  tushgan  edik.  0 ‘sha
84

suratni  qora  kunlarimizdan  xotira  deb  saqlayman.  Qizim  shu 
m uzeyning  Yapon  b o ‘limida  ilmiy  ish  qilyapti.  Kuyovim 
diplomat.  Elchixonada  ishlaydi.  Q izim ning  ketidan  bu 
yoqlarga  kelib  qolganman.  Ikki  nevaram  bilan  ovunib 
yuraman...
Uning  gapini  b o id im :
-   Sizlam i  dengizga  ch o ‘ktirib  yuborishgan,  deb  eshitgan 
edim...
-   Yolg‘on  gap.  Bu  «parasha»  gap.  H amm amiz  sog‘-omon 
yurtim izga  yetib  borganmiz!
-   Dyun  omonm i?  Bola-chaqali  bo‘lib  k e tg a n d ir? -d e b  
so‘radim  undan  yaxshi  bir  gap  eshitish  ilinjida.
-   D yun 
endi 
y o ‘q , - d e d i  
losiro 
hasrat-nadom at 
b ila n .- K e m a d a  
k etayotganim izda 
D yunning 
yuragi 
ikki  m arta  xuruj  qildi.  V rachlar  arang  saqlab  qolishdi. 
K em am iz  q irg ‘oqqa  yetib  borganda  bizni  kutib  olish 
uchun  N egate  portiga  chiqqanlarning  son -sano g‘i  y o ‘q  edi. 
0 ‘zin giz  bilasiz,  D yunning  hech  kim i  y o ‘q,  yetim xonada 
o ‘sgan.  U  kem adan  tushib,  hech  narsaga  qaram ay,  q irg ‘oq 
b o lylab,  toMqinlar  yuvaverib  billurdek  sh affo f  qilib 
q o ‘ygan  qum lam i  to ‘piq  b o ‘yi  bosib,  ancha  nari  ketdi. 
K urtkasini  yechib,  uloqtirdi.  B ukchayib  o ‘tirdi-da,  sh o ‘r 
qum ni  o ‘pa  boshladi.  U  bir  bukchayganicha  boshini, 
qaddini  k o ‘tarm adi.  ToMqinlar  uning  ustidan  sapchib, 
ikki-uch  m etr  o ‘tib  ketdi.  D yunning  gavdasi  toMqin  ostida 
k o ‘rinm ay  ketdi.  ToMqin  orqaga  qaytdi.  D yun  tom onga 
yugurdim .  Yetib  borgunim cha,  uni  yana  ikki  m arta  toMqin 
bosdi.  Uni  qoMtigMdan  koM armoqchi  boMgandim,  eplol- 
m adim .  Dyun  qadrdon  yurtining  billur  q irg ‘ogMni  o ‘pib, 
jo n   taslim   qilgan  edi.  Labidan  oqayotgan  qonni  qum   shi- 
m ib  ketayotgandi.
M endan  narida  gullab  turgan  sakura  tagida  qora  chodirga 
o ‘ralib,  bir  rohiba  odam larga  javdirab  qarar,  yum-yum  yosh 
to ‘kardi.
U  bir  vaqtlar  parijliklar  husniga  m ahliyo  boMib, 
O ftob  oyim  deb  atagan  tengsiz  g o ‘zal  M aniko  xonim ga
85

endi  o ‘xsham asdi.  K o ‘zlaridan  nur  qochgan,  archilgan 
shaftolidek  pushti  yuzlarini  rang  tark  qilgan,  farzand  d o g ‘i 
uni  g ‘ijimlab  tashlagan,  afv  qilinganlar  orasida  m ening 
bolam   ham  borm ikin,  degan  o ‘yda  kelganga  o ‘xshardi. 
U ning  oldiga  borolm adim ,  Dyun  bilan  ovora  edim.
Dyunni  o ‘z  qo‘lim  bilan  qabrga  q o ‘ydim.  Qabri  boshiga 
bir  tup  sakura  k o ‘chatini  ekib  qo‘ydim.  To  bu  tomonlarga 
kelgunicha  har  bahor  uning  qabri  boshiga  borib  uzoq 
o ‘tirardim.  Sakura  gullari  to ‘kilib,  pushti  rangga  o ‘ralgan 
qabr  poyiga  tiz  cho‘kib,  birga  kechirgan  kunlarim izni  ko‘z 
oldim ga  keltiraman.
Men  esam,  lagerda  Dyun  bilan  so‘nggi  uchrashuvimni 
eslayman.  0 ‘shanda  oy  dum-dumaloq,  oppoq  edi.  0 ‘shanda 
Dyun  Vatanimdan  bir  tomchi  qon  qarzdorman  degandi.  Shu 
gapi  uchun  uni  qattiq  so‘kkan  edim.  Qarang-a!  U  niyatiga 
yctibdi.
-   Tovarish  Ahmed,  hozir  kuyovim ga  telefon  qilaman. 
Q amoqdan  b o ‘shaganim izda  Dyun  bilan  uchovim iz  tushgan 
suratni  olib  keladi.
losiro yonidan  uyali  tclefonni  olib,  kuyovi  bilan  gaplashdi.
...Odam  bolasi  tu g‘ilgan  yurtiga  o ‘xshaydim i?  Bilmadim, 
men  negadir  shunaqa  deb  o ‘ylayman.  Dyunning  suratiga 
qarayman.  U  menga  har  kuni  bitta  oftob  tu g‘adigan 
Yaponiyaga  o ‘xshab  k o ‘rinadi.  Unga  qaraganim da  buyuk 
Yaponiyani  ko‘rib  turganga  o ‘xshayman.
Bodroqdek  g ‘uj-g‘uj  gullagan  sakura  soyasida  Dyun  orom 
uyqusida  yotibdi.  Dengiz  tom ondan  shamol  esganda  Sakura 
gullari  duv  to ‘kiladi.  G o‘yo  qabr  ustiga  pushti  ko‘rpa  yopib 
ketgandek  boTadi.  Dyun  okean  dovullarining  dolg‘ali 
tovushlarini,  chag‘alaylarning  qiyqiriqlarini  eshitib  yotibdi.
Dunyoning  ishlari  shunaqa  ekan-da...
2001-yil  20-yanvar
8 6

M IN N A T D O R L IK
«X alq  s o 'zi»   g a zeta sin in g   shu  y il   26-yanvardagi  sonida 
chop  etilgan  h urm atli  adib  S a id   A h m a d n in g   «O ftob  oyim » 
nom li  h iko ya si  m enda j u d a   katta  taassurot  qo/dirdi.
Sobiq  Sovet  Ittifoqi  hududida  asir  sifatida  yashagan 
ya p o n la r  haqida  u la m in g   o 'zla ri  yo zg a n   k o 'p la b   asarlar, 
hikoya  va  xotira  kitoblarini  о 'qiganman.  Lekin  yapon 
asirlari  haqida  chetdan  turib  yo zg a n   m u a llif  hikoyasini  ilk 
bora  о ‘qishim dir  Bu  hikoyada  insonning  tu y g u la r i  va  ichki 
kechinm alari  chuqur  hissiyot  bilan  aks  ettirilgan,  shuningdek, 
unda  hozirgi  kunga  kelib  unutilayozgan  an 'analar  ham 
yoritilgan.
Ikkinchi ja h o n   urushi  tugaganidan  buyon  ya rim   asrdan 
ко ‘p   vaqt  о ‘tdi,  bu  urushning  xo tira si  bugungi  ya p o n   yo sh - 
lari  orasida  asta-sekin  unutilib  borayotgan  bir  p a y td a  
Yaponiyadan olisda bo 'Igan O 'zb ekisto n d a  y a p o n  asirlarining 
qism atini  eslash  m eni  ch u q u r  t a ’sirlantirdi.  Yarim  asrdan 
ко 'p  vaqt  m o b aynida  ко 'ngil  qatida ya p o n   asirla ri xo tira sin i 
sa q la b   kelib,  ular  haqida  ajoyib  hikoya  y o zg a n  ja n o b   S a id  
A h m a d d a n   b a g 'o y a t  m innatdorm an.
H ozirgi  vaqtda j u d a   ко ‘p  ya p o n la r  О  ‘zb ekisto n g a   sayyoh 
va  tadbirkor  sifa tid a   kelm oqda,  ikki  tom onlam a  aloqalar 
kun  sa y  in  rivojlanm oqda  va  sh u   bois  y a rim   a sr  m uqaddam  
y u za g a   kelgan  do 'stlik, у  a  ’n i о 'zbek  va ya p o n  x a lq i orasidagi 
ya q in   rishtalar  d a ra kchisi  edi,  deb  bilam an.
O ’zin in g   butun  bir  sa h ifa sin i  sh u   hikoyaga  bag'ish la g a n 
«Xalq  so 'zi»   tahririyatiga  o 'z   m innatdorchiligim ni  bildir- 
m oqchim an.
Kyoko  NAKAYAMA, 
Yaponiyaning  O ‘zbekistondagi 
F avqulodda  va  M a x to r  elchisi.
87

Q O R A K O ‘Z  M AJ N U N

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling