To sh k en t «0 ‘z b e k isto n»


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/12
Sana07.07.2020
Hajmi5.6 Mb.
#100002
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Jazirama  kunlam ing  olov daqiqalari 
Bir  majnuntol  tagida  rohatga  aylangusi.
Olmaning  taram-taram  tiniq  haqiqlariga 
Oftobning yetti  rangin  hammasi joylashgusi.
Bo 'tana  suvlar  oqsa yalpizlarni  tortqilab,
Qalqib-qalqib  ko'rinsa  qovunkosa po'stlog'i,
Kapalaklar  uchishsa  a Ivon  rangni  orqalab,
Hech joydan  topolmasman  hordiqning  durustrog'in.
Oq yaktak,  oppoq  soqol  chollar  silkinib  kulsa,
Lorsillab  ketgusidir suvga  qurilgan  so 'ri.
Labda  qimtib  uzilgan  uzumdan  bol  to ‘kilsa,
Soqollarda  tovlanar  quyoshning yetti  rangi...
... 
Qoshiga  loyqa  qo'ngan  bir  to'da  bolakaylar 
О 'rdak poloponidek  suvga  ursa  о 'zlarin,
Xayollaridan  hozir  ко 'tarilmish  xokkeylar,
Qoraygan yuz/arida yiltillaydi  ко ‘zlari.
Nenidir  tutib  ketdi  qaldirg ‘och  bir  sho 'ng ‘ishda,
Anjirga  ko'zin  tikib  xilvat poylar zarg'aldoq.
Dehqonning yaxna  choyi  suvda  turar  choydishda, 
Shimirsangiz,  badandan  sizib  chiqqusi  charchoq.
Bir  kuni  qoq  tush  paytida  salqinlangani  Izboskanning 
mashhur  raislari  Tillaboyev,  Suyarov,  G ‘oziyevlar  kelishdi. 
Shunda  Tillaboyev  bir  gap  aytgandi:
-   BogNngiz  biz  ham  dam  oladigan  jo y   boTib  qoldi. 
Aytinglar,  shu  jo yga  biz  ham  biron  nima  qurib  beraylik. 
Chorpoyami,  shiyponmi...
Oyim  u  kishiga  bosiqlik  bilan  javob  qildi:
-   Abdusam at  aka,  biz  bu  joyni  Toshkentda  igna 
bilan  quduq  qazib,  tongotar  mijja  qoqm ay  ishlab  topgan 
pullarim izni  daryolardan,  togMardan  oshirib  kelib  qurganmiz. 
Keling,  shu  uyga...  -  Oyim  buyog‘iga  nim a  dcyishini  bilmay 
turib  qoldi.
228

Cham amda,  harom  pul  aralashmasin,  dem oqchi  b o ‘ldi 
shekilli.
-   Keling,  begona  pul  aralashmasin.  Siz  katta  kolxozning 
raisisiz.  U zumzorlaringiz,  anjirzorlaringiz  bor.  Kelayotganda 
bitta  qovunni  q o ‘ltiqlab,  yo  bir  tovoqda  anjir  olib  kelsangiz, 
boshim iz  ko‘kka  yetadi.
Oyim  bu  gapni  bilib  aytgan  ekan,  keyinchalik  bir 
am aldorroq  yozuvchi  (u  hozir  ham  tirik)  bu  bog‘ni  raislar 
qurib  bergan,  degan  gap  tarqatibdi.  Oyim  bu  gapdan 
nihoyatda  g ‘azablandi.  Yozuvchilar  uyushmasining  partiya 
majlisida  titrab-qaqshab  gapirdi:
-   Sizning  xotiningiz  Qrimda,  Qora  dengiz  sohilida 
oftobda  yotib  badanini  qoraytirgan  b o ‘lsa,  men  Andijonda, 
Qoradaryo  b o ‘yida  saraton  oftobida  guvala  quyib  qoray- 
ganman.  Sizning  xotiningiz  atelyem odda  bichiqchiga  injiqlik 
qilayotganda,  men  sakkizinchi  m art  bazm iga  durustroq 
ko‘ylagim  y o ‘qligidan  boro 1 may,  qizimning  ko‘ziga  termulib 
o ‘tirganman...
Bu  gaplarni  men  qayoqdan  bilam an?  O yim   m eni  uyda 
yo lg ‘iz  qoldirm asdi.  M ajlislarga  ham  o ‘zi  bilan  olib 
borar,  men  tashqarida  qolib,  ju m alm i,  kitobm i  varaqlab 
o ‘tirardim .
Oyim ga  tez-tez  hujum  b o ‘lib  turardi.  H ozir  qirq  yildan 
keyin  yaxshi  asar  deb  baholangan  «S o‘qm oqlar»  qissasining 
boshida  kaltaklar singan  edi.  Bu  asar hatto  sobiq  m arkazkom 
byurosida  ham  m uhokam a  qilinib,  «zararli  asar»  deb 
baholangandi.  Qissani  hozir  o ‘qiganlar,  iya,  buni  Saida 
bugun  yozganga  o ‘xshaydi,  deyishyapti.  Bunday  hayotiy 
qissani  faqat  ayol  yozuvchigina  yozishi  mum kin,  deb 
baholashyapti.
Yetmishinchi  yillam ing  boshlarida  edi,  chamamda,  oyim- 
ning  «Soch»  degan  she’rini  unga  bildirmay  muhokama 
qilishgan.  She’rda  qizlarim izga  soch  yarashishi,  uni  kesmas- 
lik  kerak,  degan  m a’no  chiqardi.  M uhokama  esa  uni  «zararli 
asar»  deb  xulosa  chiqazgandi.
229

Oyim  xunob  bo‘ldi.  Nahotki  mendan  yashirib  muhokama 
qilishsa?  Sobiq  markazkom  b o ‘lim  mudiri  M irzam uhamedov 
tashkil  qilgan  majlisda  Toshkentdagi jam i  gazetalam ing  bosh 
redaktorlari  qatnashgan  edi.  Oyim  majlis  qatnashchilaridan 
biriga,  shu  sh e’m i  o ‘zingiz  bosib  chiqarib,  indamay  bosh 
egib  o ‘tirdingizmi,  degani  esimda.
-   Qandoq  qilay,  katta  joyda  ishlasa,  gapini  qaytarib 
b o ‘lmasa,  -   degandi  u.
-   Yo‘q,  ayting,  shu  sh e’rda  qandoq  zararli  gap  bor?
-   Yo‘qlikka  yo‘g ‘-a,  endi  katta  dargohning  gapi  gap-da...
Shu  she’rni  haligacha  topolmaymiz.  M abodo  topsak,  bir
she’riy  to ‘plamini  shu  she’r  bilan  boshlaymiz.
O yim ning  ellik  yoshlik  yubileyini  o ‘tkazishga  qaror 
qilib,  yubiley  b o ‘ladigan  kuni  unga  bergan  azoblarini  aytsam 
tilim ,  aytm asam   dilim  kuyadi.  Shu  yubiley  deb  atalgan 
azobli  tantanani  o ‘ylaganim da,  oyim ning  shu  to ‘ydan  bir 
yil  o ‘tm ay  o ‘lib  ketganining  sababini  bilgandek  b o ‘laman. 
K etm a-ket  berilgan  zarbalar,  azoblar  uni  bu  yo rug‘  olam dan 
yulib  olib  ketgandi.  U ning  shogirdlariga,  ustoz  degani  bitta 
b o ‘ladi,  duch  kelganni  ustoz  deyaverasizlarm i,  deb  yosh 
shoiralarning  o g ‘zini  berkitishlar  ham  o ‘z  ishini  qilgandi.
Oyim,  Istiqlol  zam onida  0 ‘zbekiston  Qahramoni  bo‘lgan 
dadam  to ‘g ‘risida,  ulam ing  sinov  to ‘la  hayoti  haqida 
yozaversam,  katta  kitob  b o ‘lib  ketadi.  U shbu  maqolamni 
oyim ning  satrlari  bilan  tugataman:
Men yozsam-u  и yozmasa,  go ‘y o   edim  gunohkor,
U maqtalsa,  men  quvondim  eslanmagan  kezlarim.
Ayollig-u  onalikdan  mushkul,  shirin  nima  bon 
Ota-bola  о ‘ntasida  talosh  bo 'Idi  hislarim.
Kunduz  demay,  oqshom  demay,  yana  demay yoz-u  qish 
Sog'indimmi,  hamroh  bo'Idi Andijon yo'llarida.
Qadrdonlik,  do ‘st/ik shunday  oramizda  urdi  nish,
Bo ‘ston  bo ‘Idi  bog ‘im-hovlim  havasmand qo ‘llarida.
Nodira  SAID AHMAD  qizi

M
U
N
D
A
R I J A
Istiqlol  ilhomlari  (S o 'zb o sh i  o 'r n id a ) ........................................ 3
S aro b ................................................................................................ 10
Borsa  kelmas  darvozasi............................................................... 27
Taqdir,  taqdir,  muncha  shafqatsizsan?.....................................43
Ot  bilan  su h b a t.......................................................................... 60
Rostgo‘y  po sbon........................................................................... 67
Oftob  oyim ......................................................................................73
Q orako‘z  m ajn u n.......................................................................... 88
Uchinchi  m in o ra..........................................................................105
Qishdan  qolgan  qarg‘a la r .......................................................... 116
Buqalamun  bilan  uchrashuv..................................................... 130
A zob............................................................................................... 137
Azroil  o ‘tgan  y o ‘llarda.............................................................. 148
S a fa rd a   yozilgan  hikoyalar
Sum bul........................................................................................... 185
Yalpiz  hidi..................................................................................... 194
T aklifnom a................................................................................... 201
Tog‘  afsonasi................................................................................ 208
M enga  yetib  kelm agan  x at....................................................... 216
Oyim,  dadam  va  men  (So‘ngso‘z  o ‘m id a)...........................225

Adabiy-badiiy nashr
S a id   A H M A D
QORAKO‘Z  MAJNUN
Hikoyalar
M u h a rrir 
L.  Igamova 
B a d iiy   m u h a rrir 
K.  Zokirova 
R a s s o m  
A.  Bahromov 
T e x n ik   m u h a rrir 
D.  Gabdraxmanova 
K ic h ik   m u h a rrir 
D. Xolmatova 
M u s a h h ih  
Sh.  Oripova 
K o m p y u te rd a   s a h ifa lo v c h i 
L. Abkerimova
N a s h riy o t  litse n z iy a si  A I  №   158.  1 4 .0 8 .0 9 . 
B o s is h g a   2 0 1 3   y il  19  a v g u s td a   ru x s a t  etild i.
O fs e t  q o g ‘o z i.  B ic h im i  8 4 x 1 0 8 '^ .
<
Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling