To sh k en t «0 ‘z b e k isto n»


AZROIL  0 ‘TGAN  YO‘LLARDA


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana07.07.2020
Hajmi5.6 Mb.
#100002
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

AZROIL  0 ‘TGAN  YO‘LLARDA
Sobiq  sh o  ‘ro  tergovchilari  qo  'lida  azob  chekkan 
yu rtd o sh la rim g a   bag ‘ishlaym an
Z o ‘r  kurash  k o ‘ramiz,  deb  kelganlam ing  hafsalasi  pir 
b o ‘ldi.  Birinchi  davradayoq  kurash  alanga  olmay,  cho‘g ‘- 
ligicha  qoldi.
Ikki  polvon  yarim   soatdan  beri  hadis  olib,  tom osha- 
binlam i  zeriktirib  yubordi.  Davrada  o ‘tirganlarning  toqati 
toq  b o id i.
-   Ajrim  qivoringlar,  kurash  k o ‘rgani  kelganmiz!
-   Jalol  polvon  chiqmasa  kurash  qizimaydi.  Jalol  chiqsin.
Jalol  polvon  yetm ish  yoshlarga  borgan,  ellik  yildan
beri  kurash  tushadi,  shu  paytgacha  kuragi  yer  k o ‘rm agan 
polvon.
Ishqibozlar  uni  behudaga  kurashga  chaqirishayotgan 
edilar.  U  davraga  chiqqani  bilan  talabgor b o im a g a n i  uchun 
qayta jo y ig a  borib  o iir a d i.  K urasham an,  deb  kelganlarning 
k o ‘pchiligi  undan  yengilgan,  ham m asining  alam i  ichida 
edi.
Ishqibozlar  talab  qilaverganidan  keyin  bakovul  uni 
davraga  sudrab  chiqdi.  Q o iid a n   ushlab,  o ‘rtada  aylantirib 
yurdi.
-   M amlakatimizning  mutlaq  chempioni,  yuzlab  yosh 
chem pionlam ing ustozi Jalol  polvonga talabgor bormi? -  dedi 
u  davraga  murojaat  qilib.
Hech kim chiqmadi.  U bilan bir bellashsam  arm onim  y o ‘q, 
deb  kelgan  o ‘spirin  polvonlar  odob  saqlab jim   o ‘tirishardi.
Orqa  qatorda  o ‘tirgan  yigirma  besh  yoshlar  chamasi  bir 
yigit  o ‘m idan  turdi.
-   M en  bellashaman!
148

Hamma  unga  qaradi.  U  tanasi  xuddi  cho‘yandan  quyil- 
gandek,  miqti  bir  yigit  edi.  Yelkalari  keng,  bilaklaridan 
mushaklari  b o ‘rtib  chiqib  turgan,  ochiq  kaftiga  bitta  odam 
bcmalol  o ‘tirsa  yana  ikki  barm og‘i  ortib  qoladigan  b o ‘z  yigit 
edi.  Davrada  kim dir  hazil  qildi.
-   Vo‘y-bo‘,  badaniga  mix  qoqsang  qayilib  ketadi-ku!
Kimdir,  Jalol  uni  ikki  yam lab,  bir  yutib  yuboradi,  deb
yubordi.
Jalol  polvon,  pisand  qilm agandek,  m iyig‘ida  kulib  tu­
rardi.  U ning  jilm ayishi  yosh  polvonning  nafsoniyatiga 
tegdi.
-   Q o ‘y,  bolam,  men  g o ‘daklar  bilan  kurashmayman.  0 ‘z 
tenging  bilan  bellash, -  dedi  unga  nasihat  qilgandek.
-   Yo‘q,  faqat  siz  bilan  kurashaman.  Bilib  q o ‘ying, 
yengaman.  Kuragingizni  yerga  ishqayman!
-   Katta  ketma,  bola!  Mening  kuragim  faqat  o ‘lga- 
n im d a - g o ‘rda  yotganimda  yerga  tegadi.
«M ayli,  mayli,  bellashsin,  bolaning  sazasi  oMmasin,  xo‘p 
deng,  polvon  buva!»  degan  ovozlar  chiqdi.
Bakovul  ikki  tom onning  roziligini  olib:  «B o‘stonliqlik 
Jalol  polvon  Yozyovonlik  Ermat  polvon  bilan  bellashishga 
rozi  b o ‘ldi!»  deb  e ’lon  qildi.
Jalol  polvon  yerga  o ‘tirib  etigini  yecharkan,  qilayotgan 
ishi  o ‘ziga  kor  qilib,  endi  kuning  shu  mishiqi  go‘dakka 
qoldimi  Jalol,  shu  norasida  bolani  yengib  nima  obro‘  topasan, 
derdi  ichida.
Ermat  polvon  esa  uni  pisand  qilmay,  yengaman,  degandek 
m ag‘rur  turardi.  Uning  bu  «surbetlarcha»  turishi  Jalol 
polvonning  g ‘ashini  keltirdi.  Endi  o ‘zingdan  ko‘r,  bola,  deb 
o ‘m idan  turdi.
Bakovul  ulam ing  belbogblarini  boshqatdan  b o g ia b ,  omin, 
deb  fotiha  berdi.
Jalol  polvon  beparvo  edi.  Qani,  bir  urinib  ko‘rsin,  deb 
q o ‘yib  berdi.  Ermat  uning  belbog‘i  orqasiga  q o ‘lini  suqib, 
bilagiga  uch  marta  o ‘radi.  Jalol  polvon  xotirjam  edi. 
Ermat:  «Yo  egam,  o ‘zingdan  m adad!»  dedi  uni  bir  siltab 
ko‘tarib,  oyog‘ini  yerdan  uzdi.  Yana  bir  marta  silkinganida
149

k o ‘kragigacha  chiqardi,  turgan  yerida  ikki  aylanib,  chap 
yonboshiga  otdi.  U  bolalar  choynak  qopqog‘ini  burab  qo‘yib 
yuborgandek  chir  aylanib,  yana  qim irlam ay  turib  qoldi.
-   Endi,  bas,  xumordan  chiqdingmi, -  dedi  u  raqibining 
qulog‘iga. -  Endi  navbat  menga!  -  U  shunday  deb  Ermatni 
bir  siltab  ko‘tardi-yu  yerga  otdi.  U  yerga  chalqancha  tushdi. 
Jalol  polvon  tik  turgancha  engashib,  uning  ikki  yelkasidan 
bosdi.  Ermat  tipirchiladi.  Raqibining  chayir  q o ‘llari  hamon 
uning  yelkasini  yerga  qapishtirib  turardi.  Shunda...  Shunda 
Jalol  polvon  raqibining  o ‘t  chaqnagan  ko‘zida  go‘daklar 
y ig‘laganda  oqadigan  shaffof,  bokira  yoshlarini  k o ‘rib, 
seskanib  ketdi.  Uning  yelkasidan  q o ‘lini  olib,  ajib  bir 
m ehribonlik  bilan  q o ‘lidan  tortib  turg‘azmoqchi  bo‘ldi. 
Ammo  Ermat  uning  qoMini  siltab  tashladi.
Ermat  o ‘kirib-o‘kirib  yig‘ladi.  Bu  yig‘i  Jalol  polvonning 
yurak-bag‘rini  o ‘rtab yubordi.  Bolam, yig‘lama, ko‘z yoshing- 
ni  yut,  birov  ko‘rmasin,  dedi  uning  qulog‘iga  shivirlab, 
Ermat  shu  zahoti  yaktagining  yengini  ko‘ziga  surtdi.  Uvol, 
uvol,  derdi  Jalol  polvon.  M ana  shu  bola  mening  o ‘m im ga 
qolaAttang,  attang...  Jalol  polvon  gulduros  qarsak  tovushlari 
ostida  davradan  chiqib  ketdi.  Etagini  tutib  pul  y ig ‘madi. 
Yong‘oqzor  oralab  uyi  tom on  ketdi.  Yo‘l-yo‘lakay,  bu 
ycngganimmi,  deb  o ‘zidan  o ‘zi  so ‘rab  borardi.  Yengilganim, 
yengilganim!  M ayda  bolalar  bilan  bel  olishadigan  bachkana 
polvon  b o ‘lib  qoldingmi,  Jalol,  derdi  boshini  sarak-sarak 
qilib.
Ertaga  javob  bellashuvi  bo‘ladi.  N im a  qilay?  Bel- 
lashmasam,  polvonlik  sha’nim  tuproqqa  qorishadi.  Bel- 
lashsam-u,  atayin  yiqilib  bersam,  unda  nim a  b o ‘ladi? 
Polvonlik  g ‘ururimni  qayoqqa  yashiraman...
Shunday  xayollar  bilan  ketar  ekan,  yaqin  orada  ayol 
kishining  qiqirlab  kulgani  eshitildi.  Alanglab  qaradi.  Uch 
tegirmon  suv  oqadigan  soy  bo‘yidagi  xarsang  ustida  o ‘g ‘li 
Q o‘chqorvoy  Nurim  sartaroshning  kelini  Odinani  b ag ‘riga 
bosib  o ‘pyapti.  Odina  qiyshanglab  kular,  Q o‘chqom ing 
yuziga  beozor  shapatilardi.  Soyning  shovullashidan  ular
150

oyoq  tovushini  eshitmasdi.  0 ‘z  ishlari  bilan  m ashg‘ul  cdilar. 
Q o ‘chqor  Odinani  tizzasiga  o ‘tqazib  olib,  yuz-ko‘zlaridan, 
lablaridan  tinmay  o ‘pardi.
Jalol  polvon  nim a  qilishini  bilmay  serrayib  turib  qoldi. 
Q o ‘chqom ing  yerga  tushgan  do‘ppisini  olayotgan  Odina 
sapchib  o ‘m idan  turib  ketdi.
-   Voy,  men  o ‘lay...  dadangiz!  Sharmanda  b o ‘ldik!  -  dedi- 
yu,  tugmalari  qadalmagan  harir  koftasini  ochiq  qolgan  oppoq 
ko‘kragiga  bosgancha  qochdi.
Q o ‘chqor  nim a  qilishini  bilmay,  dadasiga  qarab  turgach:
-   Y ig itchilik-itchilik  ekan-da,  dada, -  dedi. -  Bu  ahmoq, 
erimni  turmadan  chiqarmasang,  o ‘zimni  suvga  tashlayman, 
deb...
Durust, 
durust... 
Bir 
odam garchilik 
qipsan-da, 
barakalla!  Agar  quchoqlab  turm aganingda,  bag‘ringga  bosib, 
tomogNning  tagidan  o'pm aganingda,  albatta,  o ‘zini  suvga 
otardi.  M enga  qara,  k o ‘ppak,  xotiningni  oldiga  shu  alpozda 
borma!  Yuzingni  artib  ol,  ham m ayog‘ing  qip-qizil  lab 
b o ‘yog‘i  bo‘lib  ketibdi.
Jalol  polvon  g ‘udrana-g‘udrana  nari  ketdi.
Polvon  o ‘g ‘lining  shu  juvonga  aylanishib  qolganini 
bilardi.  Odinaning  eri  qam almasdan  burunoq  boshlangan  edi 
bu  savdo.
Nurim  sartaroshning  o ‘g ‘li  Sobit  zo ‘r  Odinani  Chustning 
Olmosidan  opqochib  kelgandi.  Husni  bir  dunyo,  yuzi  sutga 
chayqab  olingandek,  ko‘zlari-ku...  Bu  dunyoda  unaqa  ko‘z 
boMmasa  kerak.  M ashhur  rassom  Chingiz  Ahmarov  uni 
Nanayda  k o ‘rib  qolganda,  bu  juvonning  ko‘zlarida  lazer 
nuri  bor,  qaragan  joyiga  o ‘t  q o ‘yadi,  degan  edi.  Q o‘chqor 
ohudek  hurkagich  shu  dilbarga  elakishib  qoldi.  Necha  marta 
uchrashuvga  chaqirdi,  kelmadi.  Eridan  qo‘rqdi.  Eri  uni 
haddan  tashqari  rashk  qilardi.
Sobit  zo‘r  qishloqda  tizginsizligi  bilan  mashhur  edi. 
Ko‘ngliga kelgan har qanday  ishni tap tortmay qilib ketaverardi. 
Ba’zan u  ikki-uch oylab yo‘q boMib ketar, poyezdlarda lo‘lilarga
151

qo‘shilib  qimor  o ‘ynar,  yo‘lovchilami  karta  o ‘yiniga  torlib, 
cho‘ntaklarini  qoqlar  edi.  U  yo‘q  paytlarida  qishloq  tinchib 
qolardi.  Odamlar  Sobit  yo‘g ‘ida  qishloq  dam  oladi,  deyishardi. 
Ba’zan  u  bor  bud-shudini  yutqazib,  uyiga  qorong‘i  tushganda 
maykachan  qaytib kclardi.  Besh-o‘n kun  uyida «m o‘min-qobil» 
bo‘lib  yurardi-da,  yana  sigirmi,  buzoqnimi  o‘g ‘irlab,  lo‘lilar 
to ‘dasiga  qarab  ketardi.  Omadi  kelgan  paytlarda  bir  xalta  pul 
bilan  qaytar,  sigir-buzoq  egalarini  saxiylik  bilan  rozi  qilib,  o ‘z 
ko‘nglida  gunohlardan  forig‘  boblardi.
Sobit  zo ‘r  Odinani  Olmosdan  opqochib  kelgandan  keyin 
nomi  o ‘ziga  yarashmay  qoldi.  Xuddi  onasi  boshqatdan 
tuqqandek  yaxshi  bola  b o ‘ldi-qo‘ydi.  Q o ‘ni-qo‘shnilar  Sobit- 
ga  Xudo  insof berdi,  deb  sevinishdi.
Sobit  otasiga  q o ‘shilib,  to ‘y-m a’raka 1 arga  boradi.  Nurim 
sartarosh  ichkariga -  qariyalar  oldiga  kirib  ketganda  Sobit 
tashqarida  qolib,  samovarchiga  qarashar,  keldi-ketdiga  choy 
tashir,  oshpazga  o ‘tin  yorib  bcrardi.  Lining  bir  chiroyli  qobil 
bola  b o ‘lganidan  sevingan  hamqishloqlar,  «Qarang-a,  Xudo 
insof beram an,  desa  hech  gap  em as  ekan»,  deyishardi.
Sobit  Odinani  yer-ko‘kka  ishonmasdi.  Odina  esa  bu 
erkalanishlardan  taltayib  ketgan  edi.  Ro‘zg‘or  ishlariga  qo‘l 
urmasdi.  Hatto  yechib  tashlagan  kiyimlarini  qaynonasining 
oldiga  tashlardi.  Ovqatni  yeb,  idish-tovoqni  yig‘ishtirmay, 
indamay  turib  ketaverardi.  Qaynonasi  javrab-javrab  kir  yuvar, 
javrab-javrab  hovli  supurar  edi.  Ba’zan  u  criga  nolib  qolardi:
-   Nega  indamaysiz,  boshimizga  chiqib  oldi-ku,  qay- 
notamisiz,  nimasiz?  Men  kimman?  Qaynonamanmi,  kelin- 
manmi?  Mundoq  nasihat  qilib  q o ‘ysangiz  boMmaydimi?
Nurim  sartarosh  bosiqlik  bilan javob  qilardi:
-   Q o‘y,  xotin,  k o ‘pam  zorlanma.  0 ‘g ‘ling  shunga 
andarmon  bo‘lib,  qim orboz  d o ‘stlaridan  kechdi.  Yomon  qi- 
liqlarini  tashladi.  Shu  kelin  deb  yurtga  q o ‘shilib  qoldi.  Ikki 
marta jum a  nam oziga  ham  olib  bordim.  Keliningdan  nolima, 
unga  rahm at  de.  0 ‘g ‘ling  hozir  misoli  majnun.
152

Sobit  har  kuni  kechqurun  jom da  issiq  suv  opkirib, 
xotinining  oyogNni  yuvib,  oppoq  sochiqqa  artar,  tirsillab 
turgan  boldirlariga  shapalatib  urib  q o ‘yardi.  Keyin  uni  dast 
ko‘tarib  to ‘shakka yotqizardi.  Odina  bu  xizmatlariga  mukofot 
sifatida uzuk  taqilgan  barmoqlarini  uning  peshonasiga tegizib 
o ‘pib  q o ‘yardi.
Sobit  hali  long  yorishmay  yelkasiga  miltiq  tashlab,  toqqa 
chiqib  ketardi.  Tun  salqinida  qanotlari  karaxt  bo‘lib  qolgan 
besh-to‘rtta  kaklik  urib  kelardi.  Xotini  uyqudan  turguncha 
kakliklam ing  patlarini  yulib,  tozalab,  tuzlab  qo‘yardi.  Odina 
hovliga  chiqqanda  shamol  uchirib  yurgan  patlami  ko‘rib, 
bum ini  jiyirardi.  «Shu  kaklik  o ‘lgur  ham  jonim ga  tegib 
ketdi-da»,  deb  nolirdi.
Sobitga  otasi,  bolam ,  o ‘rtoqlaring  hasharga  aytsa, 
qolm agin.  Endi  sen  yurt  ichiga  kirib  qolding.  K eksalar 
oldidan  salom siz  o ‘tm agin,  o ‘tirgan  b o ‘lsang,  o ‘m ingdan 
turib  salom   bergin,  deb  nasihat  qilardi.  O nasi  b o ‘lsa  uning 
k o ‘ylaklarini ju h u d   dom laga  oborib  dam  soldirardi.  U  yozib 
bergan  allaqanday  q o g ‘ozlam i  choyga  ivitib  ichirardi.
K unlam ing  birida  eshik  taqillab  qoldi.  Sobit  eshikni  och- 
sa,  ostonada  m ashhur  rassom  Chingiz  Ahmarov  turipti.
-   Keling,  mulla  aka, -  dedi  Sobit  unga  hayron  qarab.
-   Kelinning  suratini  ishlashga  ruxsat  bersangiz.  Parij 
ko‘rgazm asiga  yuboraman.
Sobitning  bundan  besh  oy  oldingi  qoni  ko‘pirdi.  Panjalari 
m ushtga  aylandi.
-   Qani,  yaxshilikcha  j o ‘nab  qoling,  boTm asa  bir  kor- 
hol  b o ‘ladi.  Meni  kim  deb  o ‘yladingiz,  xotinini  tomoshaga 
q o ‘yadigan  hezimkashlardan  deb  o ‘yladingizmi?
A hm arov  bir  so ‘z  aytmay,  orqasiga  qaytdi.  U  shunaqa 
javob  boMishini  avvaldan  bilardi.  Zora  unga  Xudo  insof 
berib  rozi  b o is a ,  deb  o ‘ylagandi.
Lekin  bu  beqiyos  iste’dodli  rassomda  bir-ikki  marta 
ko‘rgan  odami  qiyofasini  yoddan  chiza  olish  qobiliyati  bor 
edi.  Baribir  ishlayman,  deya  diliga  tugib  q o ‘ydi.
153

Q o‘chqor  Odinaga  yetishish  uchun  bor  hunarini  ishga 
soldi.  Sobitni  ho‘kiz  o‘g ‘irladi,  deb  qamadi.  Tergov  paytida 
mototsikl  ham  o ‘g ‘irlagansan,  deb  soxta guvohga ro ‘para  qildi. 
0 ‘zi  uning  tomiga  tashlab  qo‘ygan  bir  xalta  ko‘knorini  ham 
«delo»  ga  yopishtirdi.  Sobit  sakkiz  yilni  b o ‘yniga  olib  ketdi- 
yu,  xotini  militsiya  tergovchisi -  карitan  Q o‘chqor  Jalolovga 
qoldi.  Xohlagan  paytida  uchrashib,  aysh-ishrat  qilishga  imkon 
yaratildi.  Bir kuni  Odina unga erkalanib,  o ‘lsin,  to ‘nka erimdan 
aynigan  tuxumning  hidi  kelardi,  deb  kuldi.
Yaqinda,  bir  haftacha  b o ‘ldi,  Sobit  turm a  qorovulini 
o ‘ldirib  qochgan  emish,  degan  gap  tarqaldi.
Bu  gapni  eshitgan  Nurim  sartarosh  bolasidan  umidini 
uzib  qo‘ydi.  Endi  uni  eplab  b o ‘lmaydi.  Bu  bola  qon  to ‘kib 
qo‘ydi.  Uning  ichidagi  ajdar  uyg‘onib  ketdi.  Endi  u  duch 
kelganga  o ‘t  purkaydi,  duch  kelganni  g ‘ajib  tashlaydi,  deb 
afsus-nadom atlar  chekdi.
Shu  tobda  ko‘zi  oldida  bo‘lib  o ‘tgan  hodisa  Jalol  polvonga 
negadir  ta’sir  qilmadi.  Uning  xayoli  ertaga  boMadigan  kurash 
bilan  band  edi.  Nima  qilsin,  bellashmasa,  Jalol  polvon  qochdi, 
deyishadi.  Bellashsa,  bir  navqiron  yigitning  dili  vayron 
bo‘ladi.  Ermat  yengilsa  kurashga  qo‘l  siltab,  ikkinchi  marta 
davraga  chiqmaydigan  bo‘lib  ketadi.  Agar  unga  yiqilib  bersa, 
ellik  yil  yelkasi  yer  iskamay  kelgan,  shu  oxirgi  kurashdan 
keyin polvonlikni tashlab, umrining qolganini toat-ibodat bilan 
o ‘tkazaman,  deb  ahd  qilib  qo‘ygan.  Kurash -  boshqalarga 
tomosha.  Polvon  uchun  esa  g ‘urur,  nafsoniyat,  ayniqsa,  oxirgi 
jangdan  to ‘nining  changini  qoqib  davradan  bosh  egib  chiqib 
ketish  Jalol  polvonga  o iim   bilan  barobar  edi.
U  shunday  deb  o ‘yladi-yu,  darrov  fikridan  qaytdi.  «Jalol, 
shunaqa  past  odam misan?  Bir  oyog‘ing  go‘rda  turibdi-yu, 
shon-shavkatni  o ‘ylaysan-a!  Uyat,  uyat!»
U  bir-birini  inkor  qiladigan  xayollar  girdobida  to ‘lg ‘anib- 
to ‘lg‘anib  uyquga  ketdi.
...Bugungi  kurashga  kechagidan  ikki  barobar  k o ‘p 
odam  kelgan.  Uch  avtobusda  shahardan  ishqibozlar,  yengil
154

m ashinalarda  tum anlardan  polvonlar  kelishgan.  Kechagi 
kurash  televizor  orqali  k o ‘rsatilgan  edi.  Javob  bellashuv 
qandoq  b o ‘lar  ekan,  deb  kelganlar  son-sanoqsiz.
K abobpazlar-u  m orojniychilarning  q o ‘li-qo‘liga  teg- 
maydi.
Jalol  polvon  bugungi  bellashuvga  xushlam ayroq  keldi. 
0 ‘ziga  qolsa,  men  yengildim ,  deb  qaytib  ketishga  ham  rozi 
edi.  Uni  bu  yerga  faqat  oriyat  olib  kelgandi.
Sakkiz  bellashuvdan  keyin  Jalol  polvon  bilan  Ermat 
polvonga  gal  keldi.
Ermat  polvonning  qovog‘i  soliq.  Undan  kechagi  m ag‘lu- 
biyatning  zahri  ketmagandi.  U  raqibiga  tilar-tilamas,  hatto, 
betiga  qaramay  qo‘l  berdi.  Uning  avzoyi  buzuq.  Agar  bugun 
Jalol  polvonni  tuproqqa  qorishtirmasam,  falon-piston  b o ‘lay, 
deb  do‘stlarining  davrasida  og‘ziga  yomon  so‘z  olib  qo‘ygan. 
Polvon  xalqi jazavaga  tushganda  bergan  v a’dasini  unutadigan 
qavmdan  boMadi.  Kechasi  bilan  Jalol  polvon  o ‘ylab-o‘ylab, 
Ermatga  yiqilib  beray,  endi  zo ‘r  kelib  qayoqqa  borardim,  shu 
yosh  polvonga  bugungi  g ‘alabasi  qanot  bo‘lsin,  deb  niyat 
qilgandi.  Bellashuv  paytida  niyatidan  g ‘ururi  g ‘olib  keldi.  Bu 
o ‘jar,  o ‘ziga  ortiqcha  bino  qo‘ygan  polvonchaning  ta ’zirini 
berib  qo‘ymoqchi  b o ‘ldi.  Ermat  ham  astoydil  edi.  Unga  aslo 
belini bermasdi. Jalol polvon uni o ‘ziga tortganda, bir kuchanib 
qo‘lini  chiqarib  yuborardi.  U  ellik  yil  kurashib  hali  bunaqa 
beli  baquvvat  polvonni  ko‘rmagan  edi.  Ko‘pdan  sinalgan 
usulini  qo‘llamoqchi  b o ‘ldi.  Raqibini  bag‘riga  qapishtirib 
ko‘targanda  har  qanday  polvon  ham  tob  berolmasdi.  Buning 
uchun  avval  Ermatni  bag‘riga  tortishi  kerak.  Ammo  Ermat 
sira  belini  bermasdi.  Hamla  bilan  bir-ikki  marta  uni  ko‘ksiga 
qapishtirdi  ham.  Ammo  Ermat  bir  kuchanganda  Jalol 
polvonning  baquvvat  qo‘llari  uzilgan  zanjirdek  belbog‘dan 
chiqib  ketardi.  Jalol  polvon  payt  poylab  uni  bag‘riga  bosdi. 
«Yo  tangrim!»  deb  oyogNni  yerdan  uzdi.  Hamma jim .  «Jalol 
yutdi,  Jalol  hozir  uni  yerga  qapishtiradi»,  degan  ovozlar 
eshitildi.  U  raqibini  endi  yonboshga  otmoqchi  bo‘lib  turganda
155

yong‘oqzordan  ketma-ket  ikki  marta  o ‘q  tovushi  eshitilib 
qoldi.  Hamma  yong‘oqzor tomonga  qaradi.  Otilgan  o ‘q  go‘yo 
Jalol  polvonning  qon  tomiriga,  baquvvat  paylariga  tekkandek 
b o ‘ldi.  Bir  dam  qoni  aylanishdan  to‘xtagandek,  paylari 
dutom ing  tarang  iplariga  suv  sepilgandek  bo‘shadi-qoldi.
-   Ur,  ur,  bolam!  -  dedi  Jalol  polvon  ingrab. -  Shu  topda 
yerga  otmasang,  keyin  meni  yengolmaysan!
Ermat  nim a  b o ‘layotganini  tushunmasdi.
-   Ur,  shoshib  turibman!  Zudlik  bilan  ketishim  kerak,  ur!
Ermat  uni  dast  ko‘tarib  o ‘ng  yonboshga  otdi.  Jalol  polvon
ikki  qulochini  yozgancha  yerda  yotar  ekan:  «Yengding, 
yengding,  bola»  dedi.
Ermat  uni  q o ‘lidan  ushlab  turg‘izib  qo‘ydi.  Jalol  polvon 
etigini  ham  kiymay,  yong‘oqzor  tom onga  o ‘qdek  uchib  ketdi.
Davrada  shivir-shivir  gap  aylanib  qoldi:  «Yong‘oqzorda 
Sobit  zo ‘r  Q o‘chqor  bilan  Odinani  otib  ketibdi...»
Ikki  marta  o ‘q  otilgandayoq  Jalol  polvonning  yuragi 
mudhish  voqea  yuz  berganini  sezgandi.
Sakkiz  yil  musichadek  bir-birining  patini  yalab  yashagan, 
eri  ishdan  kechiksa  ostonada  intizorlik  bilan  kutadigan, 
kelishi  bilan  bo‘yniga  osiladigan  xotinining  bir  daqiqada 
eridan  ko‘ngli  qolishi  mumkinmi?
U yga  olib  kelishganda  Q o ‘chqorning  tanasi  hali  sovima- 
gandi.  Bilagidagi  soati  chiqillab  yurib  turipti,  m illari 
beparvo  aylanyapti.  U ndan  dam  o ‘tm ay  qandaydir  sh o‘x 
kuy  taraladi.  Xotini  G ulandom   faryod  urib,  unga  o ‘zini  otdi. 
O tdi-yu  bir  daqiqa  o ‘tm ay  nafrat  bilan  sapchib  o ‘m idan 
turib  ketdi.  M urdadan  fransuz  atirining  hidi  kelardi.  Uning 
yuzlarida,  b o ‘yinlarida,  k o ‘kraklarida  qip-qizil  lab  b o ‘yo- 
g ‘ining  izlari  aniq  k o ‘rinib  turardi.
Shu topda o ig a n   Q o‘chqor emas, Gulandom  edi.  Orzulari, 
ko‘ksida  yongan  olovdek  muhabbat,  erkalanishlari  bir  zumda 
jo n   berdi-qo‘ydi.
M arhumning  yigirmasi  o ‘tguncha  ham  Gulandom ning 
ko‘zida  hech  kim  yosh  k o ‘rmadi.  G o‘yo  u  erining  emas,
156

begonaning  m a’rakasida  yurgandek  edi.  Q ulog‘idan  ziragini, 
bo‘ynidan  shoda-shoda  marvaridlarini,  barm oqlarida  chaq- 
nagan  uzuklarini  olib  qo‘ymadi.  U  azador  uy  sohibasi  emas, 
to ‘y  egasidek  edi.
Gulandom ning  boradigan  joyi  y o ‘q  edi.  To‘yda  kelin 
tom ondan  bironta  tirik jo n  kelmagandi.
Polvon  o ‘g ‘il  uylasam,  qudalarim  bilan  bordi-keldi  qil- 
sam,  deb  orzu  qilardi.  Afsus,  unday  bo‘lmadi.
Q o ‘chqor  O hangaron  tom onlarda  militsiya  tergovchisi 
b o ‘lib  ishlardi.  Bir  to ‘yda  Gulandom ga  ko‘zi  tushadi- 
yu  halovatini  yo‘qotadi.  Yotsa  ham,  tursa  ham  ko‘zidan 
Gulandom   ketmaydi.  N echa  marta  yo‘lini  to ‘sib,  gapga 
solmoqchi  b o ‘ladi.  A m m o  qiz  yovvoyi  kaptardek  unga  tut- 
qich  bermas,  oshiq  yigitning  yolvorishlarini  elamas  edi.  Oxiri 
Q o ‘chqor  ko‘pdan  sinalgan  usulni  qo‘llaydi.  Gulandom ning 
ukasini,  m ototsiklda  odam  urib  ketgan,  deb  qamab  q o ‘yadi. 
Gulandom   bosh  egib,  Q o ‘chqom ing  oldiga  borishga  majbur 
b o ‘ladi.  U  qiladi,  bu  qiladi,  qizning  u  yog‘idan  o ‘tadi,  bu 
yog‘idan  o ‘tadi,  aldaydi,  avraydi.  Falon  vaqt  falon  joyga 
kel,  ukangni  k o ‘rsataman,  deydi.  Shunday  uchrashuvlardan 
keyin  Gulandom da  Q o ‘chqorga  moyillik  sezila  boshlaydi. 
Qiz  tegadigan  b o ‘ladi,  Q o‘chqor  uylanadigan  b o ‘ladi. 
Q o ‘chqordan qiznikiga  sovchi  keladi.  Ota  unamaydi.  Jallodga 
beradigan  qizim  y o ‘q,  deb  uzil-kesil javob  qiladi.
Gulandom ning  onasi  eriga  yotig‘i  bilan  tushuntirmoqchi 
b o ‘ladi.
-   Rozi  bo‘ling,  dadasi,  bo‘lmasa,  sharmandamiz  chiqadi. 
Yigit o ‘lgur qizimizni  boshqa  erga tegolmaydigan  qilib  qo‘ygan.
X otinining  gapi  o g ‘zida  qoladi.  Ota  sapchib  o ‘m idan 
turib,  ichkari  uydan  Gulandom ning  sochidan  sudrab  chiqadi. 
Ko‘cha  eshigidan  sudrab  chiqaradi.
-   Ikkinchi  bu  uyda  qorangni  ko‘rmay!  Oq  qildim, -  
deydi...
Gulandom   kechalari  ayvon  dahaniga  o ‘tirib,  shum 
taqdirini  qarg‘ardi.  Begona  xotin  q o ‘ynidan  chiqib  kelgan
157

nahs  er  bilan  yotganiga  o ‘ksib-o‘ksib  yig‘lardi.  Shunday 
paytlarda  bu  pushti  kuygan,  zurriyotsiz  erining  g o ‘riga  o ‘tlar 
qo‘yib  yuborgisi  kelardi.
Jalol  polvonning  buyragiga  birdan  o g ‘riq  kirdi.  Chidab 
bo‘lmas bu  og‘riqqa Jalol  polvon tishini-tishiga q o ‘yib chidab 
berdi.  Uch  kun  m a’rakaga  kim  keldi,  kim  ketdi,  bilmasdi. 
0 ‘zi  bilan  o ‘zi  ovora  edi.  Oxiri  u  belini  k o ‘tarolmay, 
bukchayib  qoldi.  Doktorlar  og‘riqni  bosadigan  ukol  qilishdi, 
baribir  sal  fursatdan  keyin  yana  o g ‘riq  boshlanaverdi.
-   Bu  uzoq  davom  etadigan  dard, -  deyishdi  vrach- 
lar. -  Agar  tczroq  tuzalam an  desangiz,  Buxoroga  boring. 
Davosi  o ‘sha  yerda.  Buxoro  sanatoriysidan  shifo  topasiz. 
Albatta  boring,  yigirm a  kunda  tuzalib  qaytasiz.
O g‘riq  chidab  b o ‘lmas  bir  holga  keldi.  Polvon  jiyanini 
chaqirtirdi.
-   Jiyan,  ahvolimni  k o ‘rib  turibsan.  O g‘riq  zo ‘rayib 
ketdi.  Kelgunim cha  bola-chaqang  bilan  shu  uyga  kelib 
tur.  Hovlini  shundoq  tashlab  ketaversam  ham  b o ‘laverardi. 
0 ‘g ‘ri  oladigan  hech  vaqo  yo‘q.  Bilasan-ku,  mol-dunyoga 
hirs  qo‘ymagan  odamman.  Ammo  uyda  birovning  omonati 
bor.  Jiyaningni  o ‘rtog‘i  chet  elga  ishlagani  ketgan.  Manavi 
mashina  bilan  bitta  chamadonni  tashlab  ketgan.  Omo- 
natga  xiyonat  boMmasin,  deb  haligacha  itdek  q o ‘riqlab 
o ‘tiribman. -  U  darvozasi  ochiq  turgan  garajga  qaradi. 
Ustiga  brezent  yopilgan  «Volga»ning  gNldiraklari  ko‘rinib 
turardi. -  Ehtiyot  qil,  bolalaring  chizib-netib  o ‘tirmasin.
Q o ‘chqom ing  hovlisi  polvonning  uyidan  olti  eshik 
narida.  Toshkentning  eng  yaxshi  ustalari  qurgan.  Tagi 
yerto‘lali  sakkiz  xona  uy.  Hammasiga  cho‘g ‘dek  yonaman 
deb  turgan  gilam lar  to ‘shalgan.  Shiftlarida  billur  qandillar. 
Javonlarda  yapon,  xitoy,  nemis  chinnilari.  Hovli  o ‘rtasida 
favvorali  to ‘rtburchak  hovuz.  Polvon  xonlam ing  saroyidek 
hovlini  ko‘rganda,  bolam,  uch uylanding,  xudo  senga  farzand 
bermadi.  Bolang  b o ‘lmasa,  chaqang  b o ‘lmasa,  shuncha  uyni 
nim a qilasan,  dedi.  Er-xotinga  ikkitagina  xona  bo‘lsa  yetardi-
158

ku,  deganda  Q o ‘chqor  gapga  chap  berib,  ha  endi,  bu  ham  bir 
ishqibozchilik-da  dcgandi.
O stonada  eshik  kesakisiga  suyanib  Gulandom  turardi.  U 
uzoqqa  ketayotgan  qaynotasi  bilan  xayrlashgani  kelgan.
-   Bolam, -  dedi polvon unga, -  azador xotinsan, bo‘yningdan, 
quloqlaringdan  anavi  yaltir-yultirlami  olib  qo‘y.  0 ‘zbekchilikda 
ayb  boMadi.  Do‘st  bor,  dushman  bor,  o‘zingni  ehtiyot  qil.  Endi 
seni  qo‘riqlaydigan  ering  yo‘q.  Hayhotdek  hovlida  bir  o ‘zing 
qolyapsan.  Qulog‘ingdagi  zirak juda  qimmatbaho  buyum  emish. 
Samovardagi  choyxo‘rlar  ermak  qilib,  polvonning  kelini  ikkita 
«Volga»ni  qulog‘iga  ilib  yuribdi,  deyishyapti.  Uyda  yolg‘iz 
yotma.  Xayr  endi,  sog‘-omon  bo‘linglar.  Sizlami  Allohga 
topshirdim.  Men  Buxoroyi  sharifga  ketdim.
Jalol  polvon  to ‘nini  yelkasiga  tashlab,  kafti  bilan  o ‘mga- 
nini  bosib,  inqillab,  safar  anjomlari  solingan  xaltani  arang 
ko‘targancha  bukchayib  chiqib  ketdi.
Yetmish  yil  yashab  biron  marta  dardga  chalinmagan, 
faqat  bolaligida  qizamiq  b o ‘lgan,  k o ‘kyo‘tal  b o ‘lgan  Jalol 
polvon  um rimning  qolganini  ham  ana  shunday  doktor-u  dori 
nimaligini  bilm ay  o ‘tkazaman  deb  o ‘ylagan  edi.  Bandasining 
aytgani  b o ‘lmas  ekan.  Dard  ham,  darm on  ham  Xudoning 
irodasidan.  Hech  kasal  boMmagan  odam  dardni  og‘ir  k o ‘ta- 
radi.  Jalol  polvon  besh  kun  bosh  ko‘tarmay,  shiftga  boqib, 
oh-voh  qilib  у otdi.  Umrida  yemagan  ukollami  ycdi.  K o‘ngli 
aynib-aynib,  q o ‘lansa  dorilam i  yutdi.
Mana,  besh  kun  o ‘tib,  endi  ko‘zini  ochdi.  Shunda  qayerda 
yotganini  bildi.  Atrofiga  qaradi.  Palatada  undan  boshqa  yana 
uch  bemor  bor  edi.  U lar  yetmishga  yetib-yetmagan,  ko‘p  dard 
tortganliklari  shundoqqina  bilinib  turgan  kishilar  edi.  Birining 
iyagi  asabdan  b a’zi-ba’zida  chap  tomonga  tortadigan,  biri 
andak  duduqlanadigan,  biri  oyog‘i  nogiron  odam  edi.
Yursa  yer  silkinadigan,  orqasi  bitta  stul  o‘rindig‘iga 
sig‘maydigan  Jalol  polvon  besh  kunda  bir  burdagina  bo‘lib 
qoldi.
159

Tog‘-u  archazorlam ing  shaffof  havosiga  o ‘rgangan  bu 
odam  dard  bilan  b o ‘lib,  dori  hidiga  to ig a n   palataning 
b o ‘g ‘iq,  q o ‘lansa  bo‘yini  sezmagan  ekan.  Joni  sal  orom  olib, 
endi  sezyapti.
-   M ehmon  ako,  bizde  jid o   q o ‘rqitib  yubordingiz-ku! 
X ayriyat  ko‘zdi  ochdingiz.  Xudo  xohlasa  krizis  o ‘tdi. 
Aparatsiyaga  k o ‘nmang.  Buyrak  sabel  nozik  narsa.  Tig‘  tegi­
zib  b o ‘lmaydu.
Jalol  polvon  iyagi  chap  tom onga  tortadigan  bu  odam ning 
gaplaridan  buxorolik  ekanini  bildi.
-   M an  kafil,  k o ‘rm agandek  b o ‘lib  ketasiz.  Tomi- 
ring izga besh kundan beri  gim odez  degan  dori  tom izishadi. 
Bu  dori  qonni  tozalaydi.  Y o‘q  dem ay  b ilaging izn i  tutib 
beravering.  Bu  yer  kasalxona  em as,  sanatoriya.  Sizni  sha- 
hardagi  katta  kasalx on ag a  olib  ketishm oqchi  edi.  A hvo- 
lingiz  o g ‘ir  b o ‘lgani  uchun  bezo vta  qilishm adi.  Endi 
ham m asi  o ‘tdi.  B uy og ‘iga  o ‘zim izdi  q o ‘li  yengil  d o ‘xtir- 
larim iz  davolayveradilar.
Hamshira  qiz  Jalol  polvonga  dori  ichirib,  chiqib  ketayot- 
ganda  duduqlanadigan  bem or  uni  to ‘xtatdi:
-   Sangcha  bonu,  mehmondi  gulaysaga  olib  chiqsak 
maylimu?
-   Oytimullodan  so ‘ray-chi, -  deb  chiqib  ketdi  hamshira. 
Jalol  polvon:  «Hamshiraning  ismi  qiziq  ekan,  bu  Oytimullosi 
kim  b o ‘ldi  ekan»,  -   deb  o ‘yladi.
Bir  ozdan  keyin  oq  xalati  o ‘ziga  yarashgan  navbatchi 
vrach  kirdi.  U  ellik  yoshlam i  qoralab  qolgan,  yuzida  bitta 
ham  ajini  y o ‘q,  k o ‘hlik  ayol  edi.  0 ‘ng  chekkasida  taroqqa 
so‘z  bermagan  zulfi  qulfnusxa  ziragiga  ilinib  turardi.
O yog‘i  nogiron  bem or  tilga  kirdi:
-   Q ayerlarga  yuribsiz,  Oyti?  Ishqingizga  o ‘llik-ku!
Oyti  uning  haziliga  hazil  bilan javob  berdi:
-   Boshqa  palatalarga  ham jazm anlarim   ko‘p,  akamullo!
-   Ayoqim  mundoqchikin  b o ‘lmaganda  sizni  o ‘zim  opqo­
chib  ketardim.
160

-   Undoq  b o ‘lsa,  oyog‘ingizni  shu  bugunoq  tuzatib 
q o ‘yganim  bo‘lsin. -  U  shunday  deb  yonidagi  ham shiraga 
yuzlandi. -  Aravachani 
olib 
kelib 
otaxonni 
bir 
bog1 
aylantiring.  Tog1  havosiga  o ‘rgangan  odam  palatada  juda 
qiynalib  ketadi.
U  bem orlam ing  qon  tomirini  o ‘lchab,  «Zo‘r,  zo ‘r, 
yurak  emas,  paravoz.  Ovqatdan  qismasak,  quturib  ketib- 
sizlar», -  dedi.
-  Undoq  b o 1 Isa  bir  kunga  uyga javob  bcring,  momoning 
quloqiga  sekratniy  gapim  bor  edi.
Oyti,  yomonsiz,  yomonsiz,  rais  bova,  deya  chiqib  ketdi.
Ayollar  kirgan  palata  birdan  yorishib  ketgandek  bo'ldi. 
Ulardan  quvonch  va  nur  qoldi.
-   Baraka topkur,  zap  fayzli  ayol-da.  Bemorning og'rigNni 
ikki  og‘iz  so‘z  bilan  tuzatvoradi-ya!
Jalol  polvon  o ‘zim  yuraman,  deyishiga  qo‘yishmay,  uch 
kishilashib  uni  aravachaga o ‘tqazib,  tashqariga  olib chiqishdi.
Havo  ochiq,  gTr-gNr  shabboda  esib  turipti.  QoMida 
stakan,  piyola  ushlagan  bem orlar  suv  ichgani  buloq  tom onga 
ketishyapti.
Bu  yerdan  chiqqan  buloq  suvi  naq  buyrak  kasalining 
tayyor  davosi  edi.  Juda  ko‘p  odam lar  buyrak  o g 'rig 'id an  
voy-voylab  kelib,  shu  suvdan  shifo  topib,  xandon-xushon 
uylariga  qaytib  ketganlar.  Uchta  chol  polvon  o'tirgan 
aravachani  navbatm a-navbat  itarib  xiyobon  aylanishar  edi.
-   Bu 
yerda 
ayollam ing 
ismi 
qiziq 
ekan, -  dedi 
Jalol  polvon  hayron  b o 1 lib.  -  Sangcha,  Oyti...  bu  nima 
degani? -  QoTtiqtayoqda  sudralib  kelayotgan  bem or  tushun- 
tira  boshladi:
-   Sizning  Toshkentingizga  Toshxon,  Toshbibi  degan 
ayollar  bormi?  Bale,  bizning  Buxor  tiliga  Sangcha  degani 
Toshkent  tiliga  Toshcha  degani.  Onalari  boshing  toshdan 
b o ‘lsin,  do'xtarim ,  deb  shunaqa  ism  qo‘yadilar.  Oyti  degani 
ash  O yto‘ta  degani.  Bu  Oyxola  degan  m a’no  beradi,  o'ris- 
larning  tyota  degan  so‘zi  ham  shundan  olingan  boMishi
1 1
-
5

A h m a d
161

kerak.  Sizlar  erkaklam i  mulla  aka  deysizlar,  biz  akamullo 
deymiz,  opam ullo  deymiz.  D o‘xtir  opaning  ismi  dakumcntga 
boshqacha.  Ya’ni  Istat  Fuzaylovna.  Tushundingizmi?
Polvon,  tushundim,  degandek  bosh  irg‘ab  qo‘ydi.  Ular 
soNimgina  shiyponchaga  chiqib,  chaqchaqlashmoqchi  boNishdi.
-   M ehmon,  o ‘zlarini  qayerdan  so‘raymiz? -  dedi  iyagi 
silkinadigan  bemor.
-   S o‘ramang, -  dedi 
polvon. -  Yurtim 
ju d a 
uzoqda, 
tog ‘lar  orasida.  0 ‘zlaringdan  so ‘ray.  Sizlarga  nim a  b o ‘lgan? 
K o‘p  dard  tortganga  o ‘xshaysizlar.
-   Ha,  nimasini  aytasiz,  Guloyanning  toshkentlik  itya- 
log‘i  uraverib,  hammamizni  invalid  qilib  ketgan.  Balki 
eshitgandirsiz  u  itni?  Q o ‘chqor  Jalolov  degan  tergovchi,  ha, 
onangni...
-   Hoy,  hoy,  o g ‘zingga  qarab  gapir,  Oyti  kelyap- 
tilar.  -  Fuzaylovna  o ‘tib  ketganidan  keyin  u  so‘zini  davom 
ettirdi.  -  0 ‘sha  padar  la’nat  k o ‘p  ishlar  qilib  ketdi.  Butun 
bir  shahami  boqsa  yetadigan  boylik  olib  ketdi,  o ‘sha  itning 
bolasi.
-   So‘kinm ay  gapir, -  dedi  duduqlanadigan  bem or  arang 
gapirib.
-   S o‘kinaman,  nega  so‘kmas  ckanman!  U  ablahning  otasi 
eshak,  onasi  mochaxar!
Jalol 
polvonning 
vujud-vujudiga 
minglab 
igna 
sanchilgandek  bo‘ldi.  U  dunyoga  kelib  hali  bunaqa  haqorat 
eshitmagan  edi.  Tishini-tishiga  qo‘yib  chidadi.
-   Guloyanning  o ‘zi  hafta-o‘n  kunda  bir  kelib  Q o‘chqor- 
ning  yiqqan-terganlarini  cham adonga  solib,  olib  ketardi. 
Uning  tergovchilari  Farg‘onada,  Xorazmda,  shu  bizning 
Buxoroda  ish  olib  borardi.  U  ablah  juda  ham  shafqatsiz, 
jallod  edi.  Xotinlarimizni  ham,  kelin-u  qizlarimizni  ham 
qamagan  edi...
Hamshira  Sangcha  Amonova  ulami  tushlikka  chaqirdi:
-   Qani,  toychoqlarim,  do‘mboqlarim,  avqotga.
162

Uning  bu  gapiga  Jalol  polvonning  g ‘ashi  keldi:
-   lya,  biz  uning  bobosi  tengi  b o is a k ,  bu  tirrancha qizaloq 
ermak  qilyaptimi?
Uchala  bem or  barobariga  xandon  tashlab  kulib  yubo- 
rishdi.
-   Shu  qizaloqning  ikki  kuyovi,  b ir  kelini  bor.  Sakso- 
ninchi  yilda  nevaram   k o ‘richak  b o ‘lib  kasalxonaga  tushib 
qoldi.  Sangchani  o ‘shanda  birinchi  k o ‘rishim   edi.  Qarasam , 
u  til-jag‘li,  o yoq-qo‘li  chaqqon,  suxsurdek  qiz.  Kenja 
o ‘g ‘lim ga  qiz  qidirib  yurgan  paytim iz  edi.  Bosh  vrach 
oldiga  kirib,  Sangcha  degan  ham shirangiz  bor  ekan,  axloq- 
odobi  qandoq,  deb  s o ‘radim .  Bosh  vrach  kuldi.
-   Bu  qizning  birinchi  eridan  uch,  keyingisidan  to ‘rtta 
bolasi  bor.  Eri  avariyaga  uchrab  halok  boMgandan  keyin  ota- 
onasining  qistovi  bilan  erining  yilini  o ‘tqazib,  erga  tekkan. 
Otasi  bir  yuz  birga  kirdi.  Onasi  to ‘qson  olti  yoshida  olamdan 
o ‘tdi.  Bitta  opasi  hozir  sakson  bir  yoshda.
Jalol  polvon  bu  gapga  ishonqiramay  «Yo‘g ‘-e»,  deb 
yubordi.
-   U  O ytim ullodan  uch  yosh  katta.  Q arang,  yuzida 
bitta  ham  ajini  y o ‘q.  Sochlariga  haligacha  oq  oralam agan. 
Oyti  ellik  bir  yoshda  b o ‘lsa,  u  dem ak  ellik  to ‘rtda  b o ‘ladi. 
Hali  zuvalasi  pishiq.  Q izlariga  sovchi  kelsa,  yanglishib, 
Sangchani  qizlardan  bittasi  b o ‘lsa  kerak,  deb  gapga  solib 
k o ‘rishadi.
Jalol  polvon,  yo  alhazar,  deb  yuborganini  bilmay  qoldi.
-   Buxoroning  tagiga  oltin  bor.  M ana  shu  ichayotgan 
suvimiz  ham  tillo  qum lar  orasidan  o ‘tib  kelayotgan  b o ‘Isa 
ajab  emas,  -   dedi  q o ‘ltiqtayoqda  sudralib  kelayotgan  bemor. 
Poshsho-yu  am irlar  ham  ahmoq  emas.  Tillo  piyolada  sharob 
ichishgan.  Tillo  m e’dani  tozalaydi.  O dam lar  bekorga  tillo 
tish  qo‘ymaydi.  Qayiiotamning  dadasi  zargar  edi.  Yiliga  bir 
marta  bitta  buxor  tangani  egovlab  kukunini  кар  otardi.  Ana 
shu  odam  bir  yuz  etti  yoshida  olamdan  o ‘tgan.
163

Kechqurun  Sangcha  Am onova  dori  ichirgani  kirganda 
polvon  unga  razm  solib  qaradi.  Uning  jilm ayishga  moyil 
bo‘lib  turgan  m a’sum  lablari,  quyuq  kipriklari  qurshovida 
qolgan  mastona  k o ‘zlari,  hali  pardoz  k o ‘rmagan  yuzlari 
qaramaganni  ham  o ‘ziga  qaratadi.  Jalol  polvon  yetmish 
yoshli  chol  b o ‘laturib  unga  behayolarcha  qarab  turganidan 
uyalib  ketdi.  Tangrim,  o ‘zing  kechir,  tavba  qildim,  deb 
istig‘for  keltirganini  o ‘zi  ham  bilmay  qoldi.
Sangcha  chiqib  ketar ekan,  bilib  q o ‘yinglar,  bolakaylarim, 
televizom i  rovna  soat  o ‘nda  o ‘chirib  ketaman,  dedi.
-   Unday  qilma,  bolam.  Bugun  soat  o ‘n-u  o ‘nda  M aryam 
bilan  G ulbahom ing  konscrti  boMadi.  Maryam  «Qurbon 
o ‘lam»ni,  G ulbahor  «Bam o  yigit»ni  aytadi.  0 ‘chirma,  jo n 
bolam, -  deb  yolborishdi  chollar.
-   B o‘pti, -  dedi  Sangcha  rahmi  kelib. -  M ehmon, -   dedi 
u  Jalol  polvonga.  -   Siz  famil  choy  ichmay  turing.  K o‘k 
choy  buyrakni  yuvadi.  Hozir  aytaman,  ham manglarga  bir 
choynakdan  ko‘k  choy  keltiradilar.
Bir  ozdan  keyin  patnisda  choynakpo‘sh  kiydirilgan  to ‘rtta 
choynak  keltirib,  stol  ustiga  q o ‘yib  kctishdi.
Iyagi  silkinadigan  bem or  anchagina  gapdon  ekan.
-   M ehm on,  biz  sizning  ismi  sharifingizni  bilm aym iz, 
siz  biznikini  bilm aysiz.  Keling,  yaxshilab  tanishib  olaylik. 
M ening  ism im   Hamro  Ochil.  M ana  shu  joydagi  kolxozga 
rais  edim.  Shu  sanatoriyaga  yem i  men  o ‘zim   o ‘lchab  ber- 
ganm an.  M anavi  langning,  y a ’niy  choToqning  oti  Ixti- 
yor  Kamol,  qorako‘1  sovxoziga  direktor  boTgan.  Anavu 
soqovning  oti...
-   Soqov  dema,  duduq  de.
-   X o‘p,  bo‘pti.  Uning  oti  Zulfiqor,  fomilasi... -   aytave- 
raymi,  deb  unga  qaradi.  Zulfiqor  m enga  bari  bir  degandek 
qo‘l  siltab  qo‘ydi. -  Uning  fomilasi  Gadoyev.  Paxta  zavodiga 
direktor  boTgan.  Ana  endi  siz  o ‘zingizning  ismi  sharifingizni 
ayting.
164

-   M en  unaqa  m ashhur  odam  em asm an,  p o ‘ristoy  bir 
polvonm an,  xolos.  Polvon  aka  desanglar  boMadi.
Oraga  jim lik  cho‘kdi.  Har  kim   o ‘z  choynagidan  choy 
quyib  qaytara  boshladi.
-   Choyni  bir  qaytarsang  choy  boMadi,  ikki  qaytarsang 
moy  b o ‘ladi.  Uch  qaytarsang,  gijinglagan  toy  boMadi, -  dedi 
Zulfiqor  Gadoyev.
Jalol  polvon  yana  Q o‘chqor  to ‘g ‘risida  gapirib  qolish- 
masin,  deb  asli  kam gap  odam  b o ‘lishiga  qaramay,  uzundan- 
uzoq  gap  boshladi:
-   Ellik  besh  yildan  beri  kurash  tushaman.  Manaman 
degan  zo‘r  polvonlar  bilan  bellashganman.  Xudoning  mehri- 
bonligidan  o ‘rgilay,  umrimda  yengilish  nimaligini  bilmay 
o ‘tdim.  To  oTgunimcha  shundoq  ketaman,  deb  o ‘ylagandim. 
Ammo  bir  yosh  boladan  yiqilib,  sharmandayi  sharmisor 
bo‘ldim.  Kasalim  ham  shundan.  Bola  nihoyatda  kuchga 
to ‘lgan,  abjir,  kurash  hadisini  olgan  polvon  ekan.  Urdi,  meni 
chalpak  qilib  yerga  urdi.  Belbog‘imni  tirsagiga o ‘rab  qisganda 
belim  cho‘rt  uzilib  ketadiyov,  deb  o ‘yladim.  BelbogNm  xuddi 
sim  arqon  bo‘lib  suyak-suyaklarimgacha  qisardi.  Quymichim 
bilan  yerga  zarb  bilan  tushdim.  Ichak-chavoqlarim  aralash- 
quralash  bo‘lib  ketdi,  deb  o ‘yladim.  Davradan  o g ‘riq  azobida, 
yurt  ko‘ziga  qarayolmay,  sharmandai  sharmisor  b o ‘lib,  chiqib 
ketdim.  D o‘xtirlar  buyragingiz joyidan  qo‘zg ‘alibdi,  deyishdi. 
Mana  endi,  qariganimda  dardga  chalinib  o ‘tiribman.
Bem orlar  uning  bu  gaplarini  quloq  qoqmay  tinglashardi.
-   H ar  bir  odam ning  ichida  dard  bor.  E,  nimasini  aytasiz, 
biravniki  oshkora,  biravniki  pinhona.  M ana,  bizdi  olsak...
Hamro  Ochil  Zulfiqoming  gapini  bo‘ldi:
-   Yana  anavu  iflos,  itdan  tarqagan  Q o‘chqor  Jalol 
to ‘g ‘risida  gap  boshlam oqchim isan,  gadoyning  bolasi?  Q o‘y 
o ‘shaning  harom  otini  o g ‘zingga  olma.
Polvon bir qizardi, bir b o ‘zardi.  Noiloj  chidadi.  U  shuncha, 
uzundan  uzoq  gapirib  ulami  chalg‘itmoqchi  b o ig an d i.  Bari 
bir  gap  aylanib  yana  o ‘g ‘liga  kelib  to ‘xtadi...
165

-   Ertaga  biznikiga  nonushta  qilsak.  Uyim  yaqin,  shu 
yerdan  k o ‘rinib  turadi.  Bir  yayrab  saryoqli  shirchoyxo‘rlik 
qilsak.  Tandirdan  yangi  uzilgan,  ushlagan  q o ‘lni  kuydi- 
radigan  moyli  patirni  shirchoyga  to ‘g ‘rab  yegan  odam 
pram a jann atg a  tushadi.  N im a  deysizlar,  j o ‘ralar?
-   Bilmadim, -  dedi 
polvon. -   Bu 
yerning 
qoidasini 
unchalik  bilmayman.  D o‘xtirlar  k o ‘nisharmikan?
-   Bildirmaymiz-da.  Ular  to  ishga  kelguncha  biz  nonushta 
qilib  b o ‘lamiz.  Shirchoy  sahar  paytiga  ichiladi.  Tushun­
dingizmi, j o ‘ra?
Polvon  yana  gap  Q o‘chqordan  boshlanm asin,  deb  darrov 
xo‘p,  dedi.
Hamro  Ochilning  hovlisi  katta,  imoratlari  ham  raischasiga 
qurilgan.  Xonalari  keng,  shifti  baland.  Qandaydir  patnislarga 
qarab  chizilgan  gul,  tarvuz,  qushlam ing  suratlari  bilan 
bejalgan  edi.  Xona  jihozlari  nochor  edi.  Birov  havas  qilsa 
boMadigan  gilam-u  javonlar  y o ‘q.  Bir  kitob  javonida  besh- 
o ‘nta  paxta  gulli  piyola  bilan  to ‘rtta  choynak  bor  edi.
Polvon  ko‘p  raislarning  uylarida  b o ‘lgan.  Ularnikida 
qimmatbaho  mebellar,  devorlarda  ham,  oyoq  ostida  ham 
eron-u  turkm an  gilamlari,  yapon,  xitoy,  nemis  chinnilari 
tokchalarda,  javonlarda  chaqnab,  k o ‘zni  olardi.  Jalol  polvon 
Hamro  raisning  zavqi  pastroq  ekan,  degan  o ‘yga  bordi.  Yo 
boNmasa  k o ‘p  qiz  uzatgan-u  har  to 1 у da  qizlar  uyni  b o ‘shatib 
ketavergan,  deb  dilidan  o ‘tkazib  q o ‘ydi.
Hamro  Ochil  uning  ko‘nglidan  o ‘tayotgan  gaplami  sezdi.
-   A jablanyapsiz-a,  Polvon  ako?  Bu  uydagi  qimmatbaho 
buyum lar  muzeylarda  ham  topilmasdi.  Bebaho  chinnilam ing 
ko‘pligidan  y o ‘talsang  chinni  ovozi  yarim  soat  jarang- 
lab,  xonada  aylanib  yurardi.  Men  qam alganim da  bolalarim 
bir  chekkadan  sotib  o ‘sha  onangni...  Q o‘chqorga  oborib 
berishipti,  na  gilam  qopti,  na  chinni  asbob.
Polvon  hech  bo‘lmasa  shu yerda  Q o‘chqom ing  nomi  tilga 
olinmas,  deb  o ‘ylagan  edi.  Yo‘q,  b o ‘lmadi.
166

Dasturxonga  ajoyib  n e’m atlar  tortilgan  edi.  K attaqo‘r- 
g ‘onning  ushlasa  uqalanib  ketadigan  pashmagidan  tortib, 
Buxoroning  m ashhur  yog‘li  holvasigacha,  har  biri  «Jigu- 
li»ning  g ‘ildiragidek  yog‘li  patirlar...
Hovlida  hech  kim  y o ‘q.
-   Kelinlar,  qizlar  saharlab  bu  taom lam i  tayyorlab,  birlari 
ishga,  birlari  o ‘qishga  ketishgan.
Yoshi  oltmishlarga  borib  qolgan  ozg‘in  bir  xotin  patnisda 
to ‘rt  chinni  kosada  shirchoy  k o ‘tarib  kirdi.  Hamro  Ochil 
turib,  patnisdagi  chinnilam i  olib,  dasturxonga  qo‘ydi.  Shunda 
Jalol  polvonning  k o ‘zi  xotinning  barmogNga  tushdi.  Uning 
o ‘ng  qoMidagi  o ‘rta  barmogN  xuddi  ipga  osib  q o ‘ygandek 
salanglab  turardi.
-   Qani,  shirchoy  sovimasin.  Patir  qaynoqligida  to ‘g ‘- 
ranglar,  mazasi  boshqacha  b o ‘ladi.  M urch  sepsak-ku,  mazasi 
yanayam  boshqacha  b o ‘ladi-ya,  ammo  buyrakka  achchiq 
narsa  to ‘g ‘ri  kelmaydi-da.
M ehmonlar  nihoyatda  totli  shirchoy  bilan  ovora  bo‘lib, 
hech  biridan  sado  chiqmadi.  Hamro  Ochil  jim likni  buzdi:
-   Polvon  aka,  xotinimning  barm og‘ini  k o ‘rib  hayron 
b o ‘ldingiz-a?  Bu  o ‘sha  padarla’nat  Q o ‘chqor  tergovchining 
ishi.  Men  uylanganim da  onam  rahmatli  barmoqlaridagi 
uzukni  chiqarib,  kelinga,  bolam  bu  uzukni  katta  buvam 
taqqanlar,  u  kishidan  keyin  men  taqqanman,  endi  siz  ta- 
qing,  deb  xotinimning  o ‘rta  barm og‘iga  taqib  q o ‘ygan 
cdilar.  Uzukning  ikkita  moshdck  olmos  ko‘zi  bor  edi.  U 
paytda  xotinim  ozg‘in,  barmoqlari  ham  qalamdek  ingichka 
edi.  Ikki  bola  tuqqandan  keyin  et  qo‘yib,  semirib  ketdi. 
Barmoqlari  ham  y o ‘g ‘onlashib  qoldi.  U  shu  uzukni  qirq 
yildan  ortiq  taqdi.  Ammo  qo‘ldan  qo‘ymadi.  To‘n g ‘ichimni 
uylantirganimizda,  xotinim  kelinning  barm og‘iga  shu  uzukni 
taqib  q o ‘ymoqchi  b o ‘ldi.  U  ancha  urindi,  barm og‘idan  chi- 
qarolm adi.  U zuk  g o ‘shtdor  barmogN  terisi  orasida  qolib 
ketibdi.  Kelinga  Buxorodan  boshqa  uzuk  opkelib  bergandim.
167

Men  qamalganimdan  keyin  ham  ablah  Q o‘chqor  tergovchi 
uyni  obis  qipti.  Kelinlarimning,  qizlarim ning  hamma  taqin' 
choqlarini  opti.  Xotinimning  barm og‘idagi  uzukka  ko‘zi 
tushib,  shuncha  urinibdiki,  chiqazolmapti.  Oxiri  uzukni 
ombur  bilan  qisib  bor  kuchi  bilan  tortibdi.  U zuk  barmoqning 
terisini,  g o ‘shtlarini  sidirib  chiqibdi.  Barmoq  b o ‘g ‘inlari 
uzilib  ketibdi.  H ozir  ko‘rdingiz-ku,  bitta  barm og‘ida  jon 
y o ‘q,  to ‘rtta  barmoq  orasida  lattaga  o ‘xshab  osilib  qolgan. 
Kir  yuvolmaydi,  xam ir  qorolm aydi,  igna  ushlasa,  joni  yo‘q 
barmoq  xalaqit  beradi.
Gap  nimadan  boshlansa  oxiri  Q o‘chqor  bilan  tugardi. 
Jalol  polvon  Buxoroga  kelganiga  pushaym onlar  yedi.  Ming 
o ‘lib,  ming  tirildi.
-   Shu  desangiz, -  deya  gapini  davom  ettirdi  Hamro 
Ochil. -  Erta-indin  pensiyaga  chiqsam,  kolxoz  mashinasini 
topshirishim  kerak  bo‘ladi.  H ar  qalay  o ‘ttiz-qirq  yil  mashi- 
nada  yurgan  odam  piyoda  qolmay,  deb  kenjam ga  bitta 
«Volga»  olib  berdim.  N om er  oldik.  Pravasi  y o ‘q  bola  minib- 
netib  yurmasin,  deb  kalitini  xotinim ga  berib  q o ‘ydim .  Ablah 
Q o ‘chqor  hali  moyi  artilmagan  yap-yangi  mashinani  ham 
olib  ketibdi.  Iloyo  buyurmasin,  iloyo  avariyaga  uchrab  o ‘ligi 
xor  b o ‘lsin!  Ota-onasi  tobuti  ketidan  faryod  urib  qolsin...
Jalol  polvon  dod  devoray  dedi.  Birdan,  kutilmaganda 
yuragiga  sanchiq  kirdi.  Tomiri  to ‘xtab-to‘xtab  ura  boshladi. 
Hamro  Ochildan  yurak  dorisi  bormi,  deb  zobrg‘a  so‘rayoldi. 
Rais  «hozir,  hozir»  deganicha  yugurib  chiqib  ketdi.  Bir  ozdan 
keyin  dori  solingan  qutichani  ko‘tarib  kirdi.
-   Xotinim ning  ham  yuragi  xuruj  qilib  turadi.  M anavuni 
tilingizning  tagiga  tashlab  oling,  hozir  o ‘tib  ketadi. -  U 
shunday  deb  polvonga  validol  tabletkasini  uzatdi.
-   Chaynam ang,  o ‘zi  erib  ketsin, -  dedi  Zulfiqor  Gadoyev.
Jalol  polvon  yurak  o g ‘rig‘i  qandoq  bo‘lishini  endi  bildi.
-   Doktor  chaqiraylikm i? -  dedi  Ixtiyor  Kamol.
-   Yo‘q,  y o ‘q,  hojati  y o ‘q,  hozir  o ‘tib  ketadi, -  dedi  arang 
o ‘zini  tutib  polvon.
168

Polvonni  palataga  opkirib,  o ‘m iga  yotqizib  q o ‘yishdi. 
Sangchaxon  uning  qon  bosimini  o ic h a b ,  labini  tishladi.
-   Sizga  nim a  b o ili,  qo‘zichog‘im?  Biron  nimadan  diqqat 
b o ‘ldingizmi?
Polvon  boshini  sarak-sarak  qildi. 
Istat  Fuzaylovna 
Sangcha  vahima  qilyapti,  deb  boshqatdan  qon  bosimini 
o ‘lchadi.
Polvonni  doktor  ko‘rayotganda  boshqalar  tashqariga 
chiqib  turishgan  edi.
-   Bu  odam ning  ichi  to ‘la  dard.  Siz  bilan  bizdan  ko‘ra 
alamli  kunlam i  k o ‘rganga  o ‘xshaydi.  O g‘ir,  bosiq  odam 
ekan,  yorilib  dardini  aytmayapti.
-   Sizga  hayajonlanish  mum kin  emas.  K o‘rgan  yaxshi 
kunlaringizni  eslang, -  dedi  Istat  Fuzaylovna.
-   D o ‘xtir  opa,  endi  m enga  javob  beraqoling.  Xudoga 
shukr,  buyragim  durust  b o ‘lib  qoldi.  Yurakni  Toshkentda 
davolatsam  ham  b o ‘ladi.
Oyti  boshini  sarak-sarak  qildi:
-   Buyrak  bilan  hazillashmang.  Hali  tuzalgani  y o ‘q. 
Bilasizmi,  buyragingiz  joyidan  siljigan.  To  tuzalmagunizcha 
ketishni  o ‘ylamang.
Polvon  yana  biron  oy  turishga  ham  rozi  edi.  Ammo 
sheriklarining  gap lari  uning  jon-jonidan  o ‘tib  ketyapti. 
Ertalab  turiboq  bism illosiga  Q o‘chqom i  padarla’nat,  deb 
so ‘kishadi.  Kechqurun  yotishda  ham  yana  o ‘sha  gap.  Bu 
gaplarga  qandoq  chidaydi?  0 ‘sha  ablahning  padari  menman, 
siz  o g ‘izga  olib  b o ‘lmaydigan  uyat  gaplar  bilan  so‘kayotgan 
onasi  mening  xotinim,  deb  aytolmasdi.
-   Zulfiqor  Gadoyev  bundan  ikki  oy  oldin  nevarasini 
kuyovga  chiqazgan  edi.  Ertaga  quda  chaqiriq  qilishyapti. 
Albatta  boring.  K o‘pni  k o ‘rib,  dilingiz  yorishadi.  Yana  o ‘n 
marta  tom iringizga  gim odez  yuborsak,  ko‘rm agandek  boTib 
ketasiz.  Endi  aravachadan  lushing.  Piyoda  yuring.  Ammo 
oyoqni  yerga  zarb  bilan  tashlamang.  Suvda  suzgandek  belga 
og‘ir  kelm aydigan  qilib  yuring.
169

Polvon  lom-mim  deyolmay  qoldi.  Tani  boshqa  dard 
bilmas  ekan.  A gar  eshitayotgan  yuzlab  haqoratlarining 
bittasini  u  eshitganda  edi,  hovli  o ‘rtasida  sochini  yozib  dod 
derdi.  Bilmaydi-da.  Buni  polvonning  o ‘zidan  boshqa  hech 
kim  bilmaydi.  Endi  buyog‘iga  Polvon,  ko‘zim   ko‘r,  qulog‘im 
kar,  deb  yashashga  majbur.  Qiyin,  ju d a  qiyin  bundoq  qilish. 
Na  iloj!
Ertalab  nonushtadan  chiqib,  bir  stakandan  buloq  suvi 
ichib,  kundalik  nasiba -  ukol  yeb,  shiyponchada  o ‘tirishgan 
edi,  Zulfiqorning  o ‘g ‘li  kelib,  m ashinada  olib  ketdi.
Oytimullo  k o ‘pni  ko‘rib  dilingiz  yorishadi,  degandi. 
Qayoqda,  mehm onlar  uchun  dasturxon  tayyorlangan  xonaga 
qadam  bosishlari  bilan  polvonni  elektr  toki  urgandek  b o ‘ldi. 
K o‘zlari  tinib,  boshi  aylandi.
Devordagi  qip-qizil  cho‘g ‘dek  eron  gilami  o ‘rtasida  ilib 
qo‘yilgan  zarrin  ramkada  nihoyatda  k o ‘hlik  ayol  kishining 
kattalashtirilgan  foto  suratini  k o ‘rgandayoq  Polvonning  rangi 
o ‘chdi.  Suvratdagi  ayolning  qulog‘ida  kelini  Gulandom  taqib 
yurgan  zirakni  k o ‘rdi.  Polvon  Gulandom ning  qulog‘idan 
olib,  salmoqlab  k o ‘rib,  taqma,  azador  xotinsan,  olib  q o ‘y, 
degan  edi  o ‘shanda.
-   Bu  kimning  surati? -  deb  so ‘radi  polvon  Ixtiyor 
Kamoldan.
Ixtiyor  q o ‘ltiqtayog‘ini  devorga  suyab,  stul  tom on  intilar 
ekan,  muvozanatini  y o ‘qotib,  yonboshiga  og‘a  boshladi. 
Polvon  ushlab  qolm aganda  yiqilishi  aniq  edi.
-   Hozir  so ‘ramang,  Polvon  aka,  keyin  aytaman,  bu  ayol 
o ‘ziga  o ‘t  q o ‘ygan.
Ko‘chadan  q o ‘sh  mashinaning  ketm a-ket  signali  eshitildi. 
Bolalam ing  baqiriq-chaqiriqlari  boshlandi.  Bunday  paytlarda 
bolalarga  xudo  beradi.  Q uda  ta ra f  albatta  bolalarga  turli 
sovg‘alar  olib  kelishadi.  Biriga  jevachka,  biriga  shokolad, 
biriga  suvotar  to ‘pponcha  tarqatadilar.
170

Avval  ayol  qudalar  hovliga  kirishdi.  Zulfiqom ing  xotini 
ulam ing  oyog‘i  tagiga  oq  surp  poyandoz  yozdi.  Kelinlik 
libosida  yal-yal  yonib  kirgan  nevarasini  bag‘riga  bosib,  ko‘z 
yosh  qilib  oldi.  Zulfiqor  erkak  qudalarga  ham  xuddi  shunaqa 
oq  surp  poyandoz  to ‘shadi.  U  oldiga  kelib  bosh  egib  turgan 
nevarasi 
Baxshanda  kelinchakning  peshonasidan  o ‘pib: 
«Baxtli  bo‘l,  bolam,  borgan  joyingda  palak  otib,  uvali- 
juvali  b o ‘l,  -   deb  yelkasini  silab  qo‘ydi. -  Endi  dadang  bilan 
ko‘rish».
Baxshanda  o ‘rik  tagida  o ‘pkasi  to ‘lib,  hiqillab  turgan 
dadasi  oldiga  bordi.  Dadasi  qirq  besh  yoshlardagi  jikkak, 
k o ‘zlari  chaqnab  turgan  chiroyli  kishi  edi.  Baxshanda 
yuzidan to ‘r pardani  olib,  dadasining b o ‘yniga  osildi.  Bolalik 
paytlaridagidek,  xuddi  birov  ota  bag‘ridan  tortib  olmoqchi 
boMayotgandek  yopishib  olgandi.
-   O nang  rahmatli 
ko‘rmadi 
bu 
kunlarni, -  dedi 

bolasining  boshlarini,  yelkalarini  silab.
U  o ‘zini  tutishga  urinardi.  Ammo  irodasidan  hayajon 
z o ‘rlik  qildi.  Yig‘lab  yubordi.
Kuzatib  turganlar  ham  qattiq  hayajonda  edilar.  Oxiri 
buvasi  kelib  Baxshandani  otasi  bag‘ridan,  b o ‘ldi,  bo‘ldi, 
duxtarim,  bas  endi,  deya  olib  ketdi.
Ayollami  hovli etagidagi xonaga, erkaklam i  kiraverishdagi 
m ehm onxonaga  olib  kirishdi.  Dasturxonga  quyuq-suyuq 
tortildi.  Zulfiqom ing  kenja  o ‘g ‘li  xokandozda  isiriq  tutatib 
chiqib  ketdi.  0 ‘tirganlar  baholi  qudrat  biri  yuz  so‘mlik, 
biri  ellik  so ‘mlik  uzatdilar.  U dum   shunaqa,  isiriq  tutatgan 
odamga,  albatta  pul  berish  kerak.
Zulfiqor  qudalariga  polvonni  tanishtirdi.
-   Ixtiyomi  ham,  Hamroni  ham  taniysizlar.  Polvon  aka 
biz  bilan  sanatoriyada  birga  davolanyaptilar.  U  kishi  ko‘p 
yaxshi  odam.  Bosiq,  mulohazali,  andishali.
Polvon  ichidan  zil  ketdi.  U  o ‘ylardi,  shu  andishali,  shu 
mulohazali  odam ning  farzandi  bu  oilaga  cheksiz  jafolar 
qilgan.  Q arshingizda  o ‘tirgan  shu  andishali  odam -  odam 
emas,  b o ‘rining,  shoqolning  otasi...
171

Hali  bir-biri  bilan  tanishib  ulgurm agan  odam lar  odatda 
u  yoqdan-bu  yoqdan  gapirib,  oxiri  suhbat  mavzuini  topib 
oladilar.
Ayniy  teatriga Obid  qiziq  bilan  M irza qiziq  kelganini,  rosa 
qiziq  hangom alar  aytib,  odam lam i  kuldirganini,  Bahouddin 
pirim  ziyoratidan  qaytayotgan  Erkin  Vohidov  bilan  Abdulla 
Oripov  Labihovuzga  choy  ichgani  kelishganini,  odamlar 
o ‘rab  olganini,  Devonbegi  m adrasasining  gumbazigacha 
odam  to ‘lib  ketgani,  ikki  soatdan  ortiq  she’r  o ‘qitishganini 
gapirishardi.
Bu  bo‘layotgan  gaplar  Polvonning  qulogNga  kirmas, 
ikki  ko‘zi  devordagi  suratga  qadalgan.  N azarida  suratdagi 
ayolning  qulog‘idagi  zirak  qim irlayotganga  o ‘xshayverardi. 
Ixtiyor  Kamol  m ehmonlarga  m ulozamat  qilib,  kirib-chiqib 
turgan  Zulfiqoming  qulog‘iga  nim adir  dedi.  U  bosh  irg‘ab, 
xo‘p,  deb  chiqib  ketdi-da,  bilagiga  ikkita  to ‘n  tashlab  kirdi.
-   Qudajonlar,  bu  m ehmonlarimizni, -  u  Polvon  bilan 
Ixtiyor 
Kamolga 
ishora 
qildi, -  d o ‘xtirlardan 
qarzga 
olib  kelganmiz.  Ketishm asa  boMmaydi.  Polvon  akaning 
tom irlariga  dori  yuboradigan  payt  bo‘ldi.  Nima  deysizlar? 
Javob  beraylig-a...
Zulfiqor  Polvon  bilan  Ixtiyom ing  yelkasiga  to ‘n  tash­
ladi.
Ular  ikkovlashib  mashinada  qaytishar  ekan,  Zulfiqoming 
uyidagi  ayollam ing  pazandaligiga  tasannolar  aytishardi.
-   D o‘stim, -  dedi  Polvon  palataga  kirishgach, -  o ‘ziga 
o ‘t  qo‘ygan  ayol  to ‘g ‘risida  keyin  aytaman,  degan  edingiz. 
Ayting,  nim a  b o ig a n ?
-   X unuk  ish  b o ‘lgan,  j o ‘rajon,  ju d a  xunuk,  anavu  yara- 
mas,  it  em gan  Q o‘chqor  Zulfiqorni  qam ab,  k o ‘p  azoblar 
berdi.  Zulfiqor  ham  anoyi  odam lardan  em as.  X onning 
saroyidek  uyni  qurishga  g ‘ishtni  qaydan  olding,  taxtani 
qaydan  olding,  deb  qiyin-qistovga  tutaverdi.  Zulfiqor  im orat 
uchun  nim aiki  olgan  b o ‘lsa,  ham m asiga  g ‘isht  zavodidan, 
taxta  iskalatidan,  sem on-u  tunukalargacha  kvitansiya  olib
172

q o ‘ygan  edi.  Bundan  ish  chiqazolm agan  tergovchi,  qancha 
paxta  sotib  olgansan,  qancha  sotgansan,  deb  qiynayveradi. 
Paxta  zavodini  uch  marta  reviziya  qiladilar,  pichoqqa 
ilinadigan  biron  ishkal  topolmaydilar.  Tillangni,  boyligingni 
qayerga  yashirgansan,  deb  yana  do‘pposlaydilar.  Zulfiqor 
menda bunaqa narsalar y o ‘q,  deb  azoblarga  chidab  beradi.  Bu 
orada  yarim  yilga  yaqin  vaqt  o ‘tib  ketadi.  Oxiri  Zulfiqoming 
xotini  bilan  kelinini  qamab,  tergov  qiladilar.  Guloyan 
Q o‘chqor  tayyorlagan  hujjatlam i  k o ‘rib,  b o ‘lmaydi,  dedi. 
«Uni  shundoq  q o ‘yib  yuborsak  gap  tegadi.  Hujjatlam i  ikki 
yilga  kesish  mumkin  boMadigan  qilib  tayyorla.  Xotini  bilan 
kelinini  shu  bugun  qo‘yib  yubor»,  deb  o ‘zi  Qarshi  tomonga 
o ‘tib  ketadi.
-   Q o‘chqor  Jalolov  o‘sha  kuni  Zulfiqoming  xotinini 
qo‘yib  yuboradi.  Uning  yolg‘iz  qolgan  kelinining  oldiga  tun 
yarmida  kiradi.  Q o ilarin i  qayirib,  uni  zo‘rlaydi.  Q ulog‘idagi 
ziragini  olib,  tongga  yaqin  chiqarib  yuboradi.  Telba  bo‘lib 
qolgan  juvon  hali  osmon  oqarmay  turib  uyga  keladi.  Holdan 
toygan  qaynonasi  uxlab  у otardi.  Hali  uyg‘onmagan  qizi 
Baxshanda  tepasiga  kelib  uzoq  qarab  turadi.  Harom  vujudi 
bilan  unga  yaqin  kelolmaydi.  Oshxonaga  kirib  kerosin  to‘la 
tunuka  bankani  k o ‘tarib  chiqadi-yu,  boshidan  quyadi.  Gugurt 
chertib  yuboradi.
Tom  b o ‘yi  boTib  yonayotgan  olov  hovlining  u  boshidan- 
bu  boshiga  yugurar,  shu  olov  ichida  ayol  kishining 
bo‘g ‘iq  ovozi  eshitilardi.  U yg‘onib  ketganlar  unga  yaqin 
borolmasdilar.  Chelaklab  suv  sepsalar  ham  u  o ‘chmasdi.
Zulfiqorni  turm aning  ichida  sud  qilib,  ikki  yil  beradilar. 
Ikki  yillik  muddatni  о ‘tab  boTdi,  deb  chiqarib  yuboradi lar.  U 
qam oqdan  chiqqanda  kelinning  qirqi  o ‘tib  b o ‘lgandi.
Ixtiyor  Kamol  stoldagi  allaqachon  sovib  qolgan  choy­
ni  simirib,  insonning  boshi  toshdan  ekan,  jo ‘ra,  deb  o ‘tir- 
gan  yerida  q o ‘ltiqtayog‘iga  ko‘ksini  tiradi.  Tashqaridan 
odam lam ing  ovozi  eshitila  boshladi.  Bir  ozdan  keyin  tomirga 
dori  tomizadigan  moslama  ko‘tarib  Sangcha  kirdi.
173

-   Bugun  vaqtida  ukol  olmadinglar,  jujuqlarim ,  gimodez 
tomizish  ham  kechikib  ketdi.
Sangcha  Polvonga  faqat  quvnoqlikka  yaratilgan  bir 
malak  b o ‘lib  ko‘rinadi.  Yer  yuzi  shunaqa  nurli  odam lar  bilan 
munavvar,  deb  o ‘ylardi  u.  Xudo  jam i  g o ‘zallam i  odamlami 
mahliyo  qilish  uchun,  insonlar  ko‘nglidan  badbinliklami 
quvib,  vujud-vujudini  ezgulikka  chulg‘ab,  yaxshiliklarga 
chorlash  uchun  yaratgandek  edi.
Polvon  salkam  ikki  soat  bilagida  igna  bilan  bir  litrli 
shishadagi  gim odez  suyuqlikning  oxirgi  tomchisi  qolguncha 
qim irlamay  у otdi.  K o‘zini  uyqu  bosdi.  Ham shira  quymichiga 
ukol  qilgandagina  uyg‘ondi.  Hali  oftob  o ‘chmagan.  Bemorlar 
kechki  salqinda  xiyobonlarda  sayr  qilib  yurardi lar.  Ixtiyor 
Kamol  hamon  qo‘ltiqtayog‘ini  iyagiga  tirab,  qimirlamay 
o ‘tiripti.  Polvonning  uyg‘onganini  sezgach,  tashqariga  chiq- 
maymizmi,  deya  o ‘m idan  tura  boshladi.  Polvon  ham  turdi. 
Ikkovlashib  hovliga  chiqishdi.  Buloqdan  bir  piyoladan  suv 
ichib,  o ‘zlari  o ‘rgangan  shiyponga  chiqib  o ‘tirishdi.
-   Uch  kundan  keyin  muddatim  tugaydi.  Ketsam,  siz 
zerikib 
qolm asmikinsiz, 
deb 
o ‘ylayman, -  dedi 
Ixtiyor 
Kamol.
-   M en  ham  ketsam  kerak, -  dedi  Polvon.
Aslini  olganda,  bu  mehribon,  qayg‘ungga  qayg‘udosh 
odamga  Polvonning  mehri  tushib  qolgandi.  Faqat,  faqat 
Q o‘chqordan  gap  boshlam asa  boMgani.  Baribir  b o ‘lmadi. 
Q o‘chqom ing  nomi  aralashmagan  suhbat  suhbat  o ‘miga 
o ‘tmay  qoldi.
-   O yog‘ingizga  nim a  qildi,  deb  so‘ramadingiz,  o ‘zim 
aytay.  Tergovchi  Q o‘chqor  Jalol  meni  qamoqqa  olgan  ku- 
niyoq,  oltinlaringni,  boyliklaringni  qayerga  yashirgansan,  deb 
kechasi-yu  kunduzi  uxlatmay  so ‘roq  qildi.  M enda  bunaqa 
narsalar  yo‘q,  desam,  ishonmaydi.  Uradi,  tepadi,  q o ‘llarimni 
qayiradi.  Men  bir  chorvador  odam  boTsam,  menda  tillo  nima 
qiladi,  deyman,  qani  ishonsa!  Ikki  barzangi  yerga  yotqizib, 
qo‘l-oyog‘imni  bosib  turdi,  yana  biri  stulga  chiqib,  ikki
174

tizzamning  ko‘ziga  sakrab  tushdi.  O g ‘riq  azobida  hushimdan 
ketib  qopman.  Tizzalarimning  oshiq-m oshig‘i  joyidan  qo‘z- 
g ‘ab  qopti.  Doktorlar  gipsga  solishdi,  boMmadi.  Oxiri 
romitonlik  mosh  tabibni  chaqirib  kelishdi.  Q o‘li  yengil  ekan, 
oshiq-moshiqni  joyiga  soldi.  O g‘riq  qolgandek  b o ‘ldi.  Lekin 
tizzalarimdan  pastida  jo n  yo‘qdek.  Shu-shu,  q o ‘ltiqtayoqqa 
osilib,  sudralib  yuribman.  Q o‘chqor  Jalol  haromi,  g ‘aming 
bolasi  bitta  gapni  biladi.  Oltin,  oltin  qani?  Yashirgan 
joyingni  ayt.  Aytmasang,  q o ilarin g n i  ham  sindiraman,  deydi. 
Bo‘lmadi. 
Bolalarimni, 
kuyovimni 
chaqirtirdim. 
Ulami 
cho‘ldan  zudlik  bilan  olib  kelishdi.  Kenjam  ahvolimni  ko‘rib, 
dodlab  yubordi.  Ikki  tarsakidan  keyin  bolam  sho‘rlik  jim  
bo‘lib  qoldi.  U lam ing  hammasi  cho‘pon.  Sovxoz  qo‘ylarini 
boqishadi.  Har  birining  xususiy  ikki-uch  yuzdan  qo‘yi  bor. 
Bunga  hukumat  ruxsat  bergan.  Terisini,  junini,  go‘shtini 
davlatga  sotishadi.  Bundan  tashqari,  plan  ustiga  qo‘shimcha 
mahsulot  bergani  uchun  yaxshigina  mukofot  puli  ham 
olishadi.  «Bolalarim,  q o ‘ylaringni  bitta  qoldirmay  sotinglar. 
Pulini  manavularga  keltirib  bcringlar»,  dcdim.  Bolalarim 
ota  so‘zidan  chiqmaydigan  qobil  bolalar  edi.  X o‘p,  deb 
chiqib  kelishdi.  Sovxoz  qo‘y  sotib  olmaydi.  Olganda  ham 
pulini  bir  yil  sudrab  chala-yarim  qilib,  kattagina  soliq  olib, 
barakasini  ketqizib,  keyin  beradi.  Mingga  yaqin  qo‘yni 
bozorga  chiqarib  boTmasa!  Bolalarim  nima  qilishlarini 
bilmay 
ikki 
mototsiklda 
cho‘ldagi 
cho‘ponlar 
oldiga 
borishadi.  Sovxozning  Qizilqumda  bir  yuz  qirq  ming  qo‘yi 
boqiladi.  Ikki  yuzdan  ortiq  cho‘pon  qishin-yozin  saratonni 
saraton  dcmay,  chillani  chilla  demay,  oftob  tig‘ida  kuyib, 
cho'l  b o ‘ylab  qo‘y  haydashadi.  Normengli  degan  cho‘pon 
ularga  boshchilik  qiladi.  U  asli  Surxondaryoning  Sherobod 
tumanidan.  Yoshligida  Shofirkonga  kelib  qolgan.  Normengli 
halol,  pokiza  odam,  chorvachilik  unga  otakasb  b o ‘lgan. 
Bolalarim  o ‘sha  Normenglining  oldiga  borib,  niyatlarini 
aytadilar.  Normengli  boshini  qashlab,  uzoq  o ‘tiradi.  Yerga 
ko‘zini  qadagancha,  tinmay  sigarcta  chekadi.  Yarim  soatcha
175

shu  alpozda  o ‘tirib,  o ‘m idan  turadi,  u  yoq-bu  yoqqa  yuradi. 
U  nihoyatda  asabiy,  hozir  birov  bilan  m ushtlashm oqchidek 
m ushtlarini  tugadi.  N orm engli  keyingi  paytlarda  uyqusizlik 
kasaliga  m ubtalo  b o ‘lgandi.  Ana  olib  ketadi,  m ana  olib 
ketadi,  deb  o ‘tov  oldiga  chiqar,  olisdan  to ‘zon  k o ‘tarilsa, 
to  yetib  kelguncha  o ‘zini  q o ‘yarga  jo y   topolm asdi. 
M ashinada  yo  zootexnik,  yo  vetvrach  kelganini  k o ‘rgandan 
keyin  k o ‘ngli  joy ig a  tushardi.  N orm englining  tuman 
m arkaziga  borm aganiga  ham  uch  oydan  oshdi.  Guloyan 
ay g ‘oqchilarining  k o ‘zi  tushsa  uni  ham  ro ‘yxatga  tirkab 
q o ‘yishlarini  biladi.  Yaxshisi,  yom on  k o ‘zlardan  yiroqroq 
yuray,  deb  ch o ‘l  kezgani-kezgan  edi.
Normengli  bir  qarorga  keldi  shekilli,  joyiga  o ‘tirib: 
«Ketaveringlar, -  deydi  u, -  ham m ang  o ‘z  otaringga  bor. 
Ertalab  oldilaringga  odam  boradi».
Ertalab  Normenglining  o ‘g ‘li  to ‘ng‘ichimnikiga  motot- 
sikl  kajavasida  bir  qop  sabzi-piyoz,  kartoshka  tashlab 
ketadi.  Ketar  chog‘ida  kelinimga  piyoz  tagida  pul  bor, 
hammasini  tergovchiga  bermanglar,  ellik  mingi  o ‘zlaringda 
qolsin,  hali  sizlarga  pul  ko‘p  kerak  bo‘ladi,  deb j o ‘nab  ketadi.
0 ‘g ‘lim  Q o‘chqor  Jalolga  pulni  olib  borganida  u  bola 
bechoraga  baqirib  beradi.
-   M en  senlarga  pul  deganim  y o ‘q.  Tilla  tanga  olib  kel, 
deb  aytganman,  tushundingm i? -  deydi.
-   Bizda  unaqa  narsa  yo‘q.  U mrim da  bir  donasini  ham 
ushlab  ko‘rmaganman.
Q o‘chqor  tajang  bo‘ladi.
-   Sunday  qilasan.  Hoziroq  Buxoroga  borib  katta  bozor- 
dan  Ashot  degan  kabobpazni  topasan.  Meni  Q o‘chqor  Jalol 
yubordi,  deb  q o ‘liga  pullam i  berasan.  H ushyor  b o ‘l,  oldida 
odam  yo‘q  paytida  u  bilan  gaplash.  Nima  qilishni  uning  o ‘zi 
biladi, -  deb  tushuntiradi.
Nafsingga  o ‘t  tushgur  Q o‘chqor Jalol  yuzta  buxor  tangani 
olgandan  keyin,  «Aybi  isbotlanmadi»,  deb  meni  q o ‘yib 
yuboradi.
176

Uyni  tintuv  qilganda  olib  ketgan  bitta  q o ‘l  soati  bilan 
Parijda 
m ukofotga  berishgan 
oltin 
m cdalim ni 
qaytib 
bermadi.  Uni  «antiqa»  teri  uchun  olgandim.  Tanlov  hakami 
bilagim ga  bar  o ‘n  besh  daqiqada  kuy  chaladigan  shveytsar 
soatini  taqib  q o ‘ygandi.  Afsus,  ju d a  qim m atli  esdalik  edi. 
Hay,  janozasiga  buyursin...
Chiqqanim ning 
ertasi 
kech 
qorong‘ida 
Normengli 
keldi.  Q o ‘ylardan  birontasini  ham  sottirmaganini,  pul­
lami  ch o ‘ponlar  to ‘plab  berganini  aytdi.  Bunaqa  odam- 
garchilikdan  ko‘zlarim  yoshga  to ‘ldi.  0 ‘zimni  tutolmay, 
hiqillab  yig‘lab  yubordim.  Iflos  Q o‘chqor  shuncha  azob 
berganda  ham  mijjamga  yosh  kelmagandi.  C ho‘ponlam ing 
odam garchiligidan  ta’sirlanib  ketibman.
Kechqurun  palatada  ulfati  chor  b o ‘lib,  choy  ichib  o ‘ti- 
rishardi.  Televizor  birinchi  o ‘zbek  kosmonavti  Sharipovning 
xonadonini  k o ‘rsata  boshladi.  Q arindosh-urugTari,  qo‘ni- 
qo‘shnilari,  yor-birodarlari  Sharipovning  ota-onalarini  tabrik- 
lashyapti.  Hovli  odam ga  to ‘lgan.  Hamm aning  qoTida  gul.
Choy  ho‘playotgan  Hamro  Ochil,  qanday  baxtli  oila  bu, 
deb  yuborganini  bilmay  qoldi.
-   O tasiga  rahmat!  -  dedi  Ixtiyor.
-   Shundoq 
farzand 
o ‘stirgan 
onasiga 
ming-ming 
rahmat-e!  -  deb  yubordi  Zulfiqor.
Faqat  Jalol  polvonning  tiliga  gap  kelmasdi.
Hamro  O chilning  faylasufligi  tutib  ketdi.
-   Bilasizmi,  inson  nim a  uchun  farzand  o ‘stiradi.  M ehnat 
qilib,  topib  kelgan  osh-noni  uchungina  emas,  oTganingda 
go‘ringga  qo‘yadigan  marm ar  toshi  uchungina  emas,  el- 
yurtdan  olib  keladigan  otangga  rahmat,  degan  birgina  so‘zni 
eshitish  uchun  o ‘stiradi.  Otangga  la’nat,  padaringga  la’nat, 
degan  so‘z  olib  keladigan  farzandning  yuzini  Xudo  teskari 
qilsin!
M ana  shu  suhbat  asnosida  Jalol  polvon  ming  o ‘lib,  ming 
tirildi.  0 ‘zidan  o ‘tganini  o ‘zi  biladi.  M um  tishlagandek,  tilini 
yutib  yuborgandek  zabun  edi  u.
12  -  S’.  A hm ad
177

-   Mana,  masalan,  ablah  Q o‘chqor  Jalolning  otasiga  hech 
kim  rahmat,  dermikin?  Qani  aytinglar-chi?  N im a  deysiz, 
Polvon  aka?
Jalol  polvon  nim alardir  deb  g ‘udrandi.  Nima  deganiga 
hech  kim  tushunmadi.  Uning  rangi  oqarib  ketgan,  qoshlari 
o ‘rtasiga tugunchak  tushib,  bir nuqtaga  tikilgancha telbanamo 
alpozda  o ‘tirardi.
-   Yo‘q, -  dedi 
Ixtiyor 
Kamol. -  Hech 
kim 
rahmat 
demaydi.  Shunday  iflos  bola  o ‘stirgan  sendek  otaga  ming, 
million  la’natlar  yogNlsin,  deydi.
Jalol  polvon  holsizlanib  o ‘m idan  turdi,  mast  odam dek 
chayqala-chayqala  hovliga  chiqib  ketdi.
Bechoraning  yana  qon  bosimi  oshib  ketdi  shekilli, -  
dedi  Zulfiqor.  Yo  yuragi  xuruj  qildim ikin?  U  shunday  deb 
ch o ‘ntagini  kovlab,  validol  qidira  boshladi.
Jalol  polvon  kechasi  uxlayolmadi.  U  yonboshidan,  bu 
yonboshiga  ag‘darilaverganida  karavot  gNchirlab,  sherik- 
larini  uxlatmadi.  Oxiri  o ‘m idan  turib,  shippagini  kiydi-yu 
tashqariga  chiqib,  har  gal  orom  oladigan  shiyponda  o ‘tirib 
o ‘y -o ‘ylab  ketdi.
Kecha  sokin.  Tiq  etgan  tovush  y o ‘q,  oy  ham  sindirilgan 
patirdek  yarimtagina  b o ‘lib  qolgan.  Polvonning  holiga  kul- 
gandek  yaqinginada  baqa  qurillaydi.  Ketma-ket,  cho‘zib- 
cho‘zib  qurillaydi.
Polvonning 
ichida 
nim adir 
yonayotgandi. 
Ichidagi 
olov  chiqib  ketishga  yo‘l  izlayotganga  o ‘xshardi.  Oxiri  bir 
xo‘rsinganida  bo‘g ‘zini  kuydirdi-yu,  tashqariga  chiqib  ketdi. 
Odamning  joni  ham  shunaqa  chiqib  ketarmikin?  Yo‘g ‘-e, 
undaymasdir.  Polvon jilm ayib  turib jo n   berganlam i  ko‘rgan.
-   E,  attang.  Esiz  umr,  esizgina  umr-a!  Xudo  meni 
odam lam ing  la’natini  eshitish  uchun  yaratgan  bo‘lsa  ilojim 
qancha!  -  dedi  u  afsus-nadom atlar  bilan.
P olvonning  davolanish  m uddati  tugadi.  Uni  kuzatgani 
aeroportga  chiqishdi.  Polvon  sam olyot  trapiga  oyoq  q o ‘-
178

yatu rib,  kutinglar,  bir  haftaga  qolm ay  kelam an,  deb  tak- 
rorladi.
Samolyot  havoga  ko‘tarilganda  Polvon  birdan  yengil 
tortdi.  Badbaxt  o ‘g ‘li  tufayli  yog‘ilgan  qarg‘ishlar,  undan 
azob  chekkan  alamzada  odam lar  yerda  qoldi.
Qishloq  o ‘sha-o‘sha,  odam lar  o ‘z  tashvishlari  bilan  ovora. 
Chollarga  har  kuni  b o ‘lmasa  ham  kunora  nahorga  osh  bo‘lib 
turibdi.  Birov  qiz  uzatyapti,  birov  o ‘g ‘il  uylayapti.  Yana 
birov  olamdan  o ‘tgan  otasi  yo  onasiga yigirm a  oshi  beryapti.
Faqat 
Nurim 
sartarosh 
bu 
oshlarga 
borolm aydi. 
O dam lardan  yuzi  shuvut.  U  d o ‘konini  ham  ochm ay  q o ‘y- 
gan.  QulogNga  bir  xunuk  gap  kirdi-yu,  d o ‘konga  qulf 
soldi.  «N urim   o ‘sha  odam  ovchisi  Sobitning  otasi-da, 
bolasidan  o ‘tib  qayoqqa  borardi.  B o‘yningga  lungi  boylab, 
kekirtagingga  ustara  tortib  yuborishi  hech  gap  emas. 
H ukum at  y o ‘li  bilan  boshqa  sartaroshxona  ochish  kerak».
Shu  gap  qulog‘iga  kirdi-yu,  Nurimning  qirq  yillik  kasbi 
barham  topdi.  K o‘chaga  ham  chiqmay,  tomorqasida  g ‘i- 
mirsib  yurdi.
Kunduz  soat  birlarda  samolyotdan  tushgan  Polvon  qish- 
loqqa  kun  botm ay  kirib  keldi.
Nurim  sartarosh  eshigi  oldida  omborga  tiqilib  qol­
gan  xashaklam i  olayotgan  edi.  Jalol  polvonning  qorasi 
k o ‘rinishi  bilan  ishini  tashlab,  shoshilganicha  uyiga  kirib 
ketdi.  U ning  Polvonga  k o ‘rinishga  beti  chidam asdi.  0 ‘g ‘lini 
otib  ketgan  bolasi  uchun  albatta  m endan  qasos  oladi,  deb 
o ‘ylardi.  Polvon  esa  unga  qarayolm asdi.  Shu  tinchgina 
oilani  xarob  qilgani  uchun  Nurim  albatta  m endan  o ‘ch 
oladi,  deb  o ‘ylardi.  Polvon  Nurim dan,  Nurim  Polvondan 
qochib  yurardi.  Polvon  shu  topda,  hozir  Nurim  ketm onnim i, 
boltanim i  k o ‘tarib  chiqadi,  m enga  tashlanadi,  degan  o ‘yda 
sergaklanib  kelardi.  Nurim  esa,  Jalol  hovlim ga  bostirib 
kiradi-yu,  hozirgina  xashagi  olingan  omborga  meni  ikki 
buklab  tiqadi,  deya  qochish  uchun  devor  nahrasini  m o ija lg a  
olib,  d ag ‘-dag‘  titrab  turardi.
179

Yo‘q,  Jalol  polvon  indamay  o ‘tib  ketdi.
U  uyiga  kelganda  jiyani  tomda  kechagi  shamol  uchirib 
tushirgan  tamovni  joyiga  o ‘m atayotgan  edi.  U  tog‘asini 
ko‘rib,  ishini  shosha-pisha  bitkizdi-yu,  tom ga  engashgan  tut 
shoxiga  osilib,  pastga  tushdi.
-   Keldingizmi,  tog ‘a?  Ahvolingiz  durustmi?
-   Shukur-shukur, -  dedi  Polvon  ayvon  dahaniga  o ‘tirar 
ekan. -   Bitta  choy  qo‘yib  ber.  Buxoroning  ta ’msiz  suvini 
ichaverib,  tinkam  quridi.
Jiyani  gazga  choygum  q o ‘yib  chiqdi.
-   Jiyan, -  dedi 
Polvon. -  Shu 
mashinani 
yurg‘izsa 
b o ‘ladimi,  bir  ko‘r-chi.
-   A kkumulatori  o ‘lgan,  uni  bir  kun  tokka  q o ‘yish  kerak.
Q o ‘chqor  mashina  akkumulatorini  chiqazib,  suvini  to ‘kib,
garaj  tokchasiga  q o ‘ygan  edi.
-   Zarur b o is a  hoziroq ustaga berib kelaman,  ertalabgacha 
tayyOr  qilib  qo‘yadi.
-   Juda  zarur.  Buxoroga  shu  m ashinada  ketaman.  Ustaga 
olib  bor,  o ‘shanaqasi  akangni  ham  chaqirib  kel.  Gulandom 
uyda  b o ‘lsa,  ayt,  tez  kelsin.
Jiyani  choy  damlab  chiqdi,  keyin  chang  bosgan  akku- 
mulatom i  velosiped  orqasiga  o ‘m atib, j o ‘nab  ketdi.
Polvonning  katta  jiyani  avtomobil  nazorati  boshlig‘ining 
o ‘rinbosari  edi.  Buxoroga  mashinani  shu  minib  borgani 
durust.  Yo‘lda  inspektorlar  b o ‘lar-bo‘lmasga  to ‘xtatmaydi.
Polvon  novvot  suvidek  totimli  choyni  huzur  qilib  ichar- 
kan,  o ‘zingga  shukur,  o ‘zingga  shukur,  deb  q o ‘ydi.  Bir- 
pasda  choynakni  b o ‘shatdi.  Peshonasidan  terlam i  sidirib, 
yaktagining  etagiga  q o ‘lini  artib,  hovli  pastidagi  o ‘tinxonaga 
kirib  ketdi.  Ko‘mir  kukunlari  o ‘mashib,  ash  rangi  qandoqligi 
bilinmay  ketgan  cham adonni  k o ‘tarib  chiqdi.  Supurgi  bilan 
obdan  changini  qoqib,  latta  bilan  artdi.  Cham adon  qulf- 
langan  edi.  Urinib  ocholmadi.  Garajga  kirib  om bir  bilan 
katta  bir  otvyortka  olib  chiqdi.
180

Shu  payt  Gulandom   kelib  qoldi.  Qaynotasi  bilan  y ig ‘lab 
ko‘rishdi.  U  endi  o ‘zini  oldirgan,  ko‘zi  taglarida,  iyagining 
pastida  m ayda  ajinlar  paydo  boMgan.  Avvalgi  shiddati  y o ‘q. 
Y ig'idan  ho‘l  bo‘lgan  kipriklari  orasida  ilgari  chaqnab 
turadigan  o ‘t  so‘ngandek  edi.  Ovozi  ham  so‘lg‘in.  Shu  bir oy 
ichida  so‘lib,  ertangi  taqdiridan  umidini  uzgan  aftodahol  bir 
alpozda  edi.  Polvonning  unga  qarab  rahmi  keldi.  Bechora...
Polvon  uni  bag‘riga  bosib,  boshlarini  siladi.  Yupatmoqchi 
b o ‘ldi.  Nima  deb  yupatadi?  Uni  ovutadigan  qandoq  so‘z 
bor  dunyoda?  Gulandom  esa  uning  bag‘rida  o ‘ksib-o‘ksib 
y ig‘lardi.
-   Bolam,  qandoq  qilamiz,  peshonamiz  sho‘r  ekan. 
Baxt  bizga  betini  em as,  ketini  ko‘rsatgan  b o ‘lsa,  kimga 
zorlanam iz?  Bor,  bolam,  muzdek  ariq  suvida  betlaringni 
yuvib  ol!
Polvon  tugunchasidan  bir  surat  olib,  unga  uzatdi.
-   lya,  ota,  bu  mening  ziragim-ku!  -  dedi  hayron  bo‘lib 
Gulandom.
-   Yo‘q,  bolam ,  seniki  em as,  shu  kelinchakniki.  Sen 
uning  ziragini  taqib  yurgan  eding.  E ring  ablah  uni  z o ‘rlab, 
keyin  q u lo g ‘idan  chiqarib  olgan.  Bu  kelinchak  hozir  y o ‘q. 
N om usi  barbod  b o ‘lganiga  chidam ay,  o ‘ziga  o ‘t  q o ‘ygan.
Gulandom  seskanib  ketdi.  Beixtiyor  ikki  qulog‘iga  qo4 
yubordi.  Shu  topda  uning  ikki  qulog‘i  o ‘tda  kuyayotgandek 
edi.
Gulandom   qaynotasi  «taqma  bu  zirakni»,  deganda  olib 
q o ‘ygan  edi.
-   0 ‘tir.  Endi  manavi  chamadonni  ochamiz.
U  shunday  deb  chamadon  qulfming  tagiga  otvyortka  tiqib 
ko‘chirib  oldi,  qopqog‘ini  ochdi.  Yelimxaltaga  solingan  bir 
zarbof to ‘nni  olib,  xaltadan  chiqazdi.  Buxoro  zardo‘zlarining 
noyob  bu  namunasi  aslida  am ir  vazirlaridan  biriniki  edi. 
Polvon  to'nni  nam atga  tashlab,  hind  choydan  b o ‘shagan 
tunuka  bankani  oldi.  U  jud a  o g ‘ir  edi.  QopqogNni  ochib,
181

ichidagilami  dasturxonga  to ‘kdi.  Buxoro  tilla  tangalari 
jaranglab  ketdi.
-   Bilasanmi,  bolam,  shu  tilla  uchun  ering  sovxoz 
direktorining  ikki  oyog‘ini  sindirgan.
Polvon  bir  to ‘rvani  oldi.  Tugunni  yechib,  ichidagilami 
to‘kdi.  Ular  ayollarning  turli  xil  taqinchoqlari  edi.  Polvon 
qiyshiq  bir  uzukni  qo‘liga  olarkan,  ovozi  titrab  dedi:
-   E  xudoyim-a,  bu  qandoq  ko‘rgilik!  Uzukka  yaxshilab 
qara,  bolam.
Gulandom  uzukni  qoMiga  oldi.  Uzuk  negadir  doira  shak- 
lida  emas,  tuxum ga  o ‘xshash  uzunchoqroq  edi.
-   Bu  uzuk  bir  xotinning  q o ‘lidan  om birda  tortib  chiqa- 
rilgan.  Bechora  xotinning  barmoq  b o ‘g ‘inlari  ajralib  ketib, 
shalvirab  qolgan.  Barmoq  terisi  shilinib,  g o ‘shti  chiqib 
qolgan.  K o‘ryapsanmi,  unda  ombir  izlari  qolgan.
Uyulib  yotgan  tilla  taqinchoqlami  titkilab  bir  medalni  oldi.
-   Bu  uyingdagi  ering  taqib  yurgan  soatning  egasiniki. 
Hali  hayot.  Bu  soat  bilan  medalni  Fransiyada  mukofotga 
berishgan.
Gulandom  sapchib  o ‘m idan  turdi-yu,  k o ‘cha  tom onga 
o ‘qdek  otilib  chiqib  ketdi.  Polvon  taqinchoqlam i  yana 
xaltaga  soldi.  Tilla  tangalam i  choy  qutiga  bitta-bittalab  sanab 
tashladi.  Buxor  tanga  roppa-rosa  100  dona  chiqdi.  Niko- 
layning  surati  solingan  tanga  bir  yuz  saksonta  edi.
Polvon  shu  ishlar  bilan  band  ekan,  Gulandom  kelganini 
sczmay  qoldi.
-   Mana, -  dedi  u, -  zirakni  chamadonga tashlar ekan. -  Mana 
soat.
Gulandom  yugurganda  soat  mexanizmlari  ishlab  ketgan 
edi.  Bir-ikki  daqiqadan  keyin  soat  sho‘x  bir  kuyni  chaldi. 
Bu  soat  o ‘lib  yotgan  Q o‘chqom ing  bilagida  shu  kuyni  chalib 
turgandi.
Polvon  chamadon  tagida  yaxshilab  qog‘ozga  o ‘ralgan 
kitobchaga  o ‘xshash  qattiq  bir  narsani  olib  ochdi.  Hali  taxi 
buzilmagan,  bankdan  olingan  dollarlar  edi.
182

Cham adonda  bulardan  tashqari  sopiga  olm os,  brilliant 
qadalgan  xanjar,  tillo,  kumush  quym a  naqshlar  qadalgan 
baxm al  kam ar  bor  edi.
Polvon  buyum lam i  joy-joyiga  qo‘yib,  cham adon  qop- 
qog'ini  yopti.
-   M ana,  bolam, -  dedi  Polvon  Gulandomga. -  Q o‘yni- 
m izda  chayon  bor  ekan.  Topgan  narsasini  iniga  tashiydigan 
kalamush  bor  ekan.
K o‘cha  tarafda  m ashina  gurillagani  eshitildi.  Bir  ozdan 
keyin  eshikdan  bir  m ilitsiya  m ayori  bilan  Polvonning 
jiy an i  kirib  keldi.  Bu  m arhum   sing lisining  o ‘g ‘li  Salo- 
hiddin  edi.
U  tog ‘asining  ancha  o ‘ziga  kelib  qolganidan  sevindi. 
Hol-ahvol  so ‘radi.
-   Jiyan,  sendan  bitta  iltimos.  BoshligNngdan  ikki  kunga 
ruxsat  so ‘ra.  M anavi  mashinada  Buxoroga  boramiz.  Juda 
zarur  ish  bor.  Yo‘q  dema jiyan.
Salohiddin  chakkasini  qashlab  turib javob  qildi.
-   Bizda  y o i   harakati  oyligi  ketyapti.  Mayli,  bir  kunga 
boray.  Boraman-u,  yana  samolyotda  orqaga  qaytaman.  May- 
limi?
-   M ayli, -  dedi  Polvon  jiyanidan  xursand  b o iib .
Kichik  jiyani  mashinani  yuvib,  yog‘larini  tekshirib,
safarga  tayyor  qilib  q o ‘ydi.  Endi  ertalab  bitta  akkum ulator 
qo‘ysa  bo‘ldi.  Bemalol  ketaversalar  boMadi.
Polvon  ertasi  azonda  Salohiddin  bilan  y o ‘lga  chiqdi.
Gulandom   eshik  kesakisiga  suyanib,  m ung‘aygancha 
m ashina  orqasidan  qarab  qoldi.
Polvon  ertasiga  samolyotda  qaytib  keldi.  U  umrida  bir 
marta  savobli  ish  qildim,  ham ma  vaqt  kurashda  polvonlami 
yiqitib  ranjitardim.  Raqiblarim  albatta  yengilganlari  uchun 
menga  rahmat  aytmagandirlar.  Shulam ing  uvoliga  qoldim, 
deb  o ‘ylardi.
Polvon  qishloqda  bir  noxushlik  ustidan  chiqdi.  Gulandom 
bir  banka  kerosinni  Q o‘chqom ing  g o ‘riga  sepib,  o ‘t  qo‘yib
183

yuboripti.  G o‘r  lovullab  yonipti.  Tepasidagi  daraxtlar  ham 
kuyib  ketibdi.  Gulandom ning  o ‘zi  allaqayoqqa  g ‘oyib  b o ‘pti. 
Qayoqqa  ketgan,  tirikmi,  o ‘likmi,  hech  kim  bilmasdi.
Polvon  kechqurun  samovarga  chiqdi.  C hoyxo‘rlar  bi­
lan  hardamxayol,  uzuq-yuluq  gaplashib,  qishloq  xalqini 
ertalab  uyiga  tak lif  qildi.  «Nima,  Polvon  aka,  yurtga  osh 
berasizmi?» -  deb  so ‘rashgandi,  «Ertalab  bilasizlan>, -  dedi 
u  choyxonadan  chiqib  ketarkan.
Q ishloqda  osh  berilsa,  oqsoqollar  sabzi  to ‘g ‘rashga 
kirishadi.  M asjid  omboridan  idish-tovoq  olishadi.  Stol-stul, 
dasturxon  degan  gaplar  bor.  Qiziq-ku,  he  y o ‘q,  be  y o ‘q,  erta­
lab  uyga  chaqiryapti.
Polvon  uyga  kelib,  jiyanidan  suv  isitib  berishni  so‘radi. 
Yuvinib,  toza  kiyimlarini  kiydi.  Xufton  namozini  uzoq 
o ‘qidi.  Ikki  qo‘lini  ko‘kka  k o ‘tarib,  A llohga  iltijolar  qildi.
-   Tangrim,  bu jonni  o ‘zing  bergansan.  Endi  omonatingni 
ol.  Sen  bergan jonga qasd qilib gunohga botishni  istamayman. 
Jonimni  o ‘zing  ol.
Polvon  bu  gaplam i  besh-olti  martadan  takrorladi.  Tog‘ 
tepasida  qim irlamay  turib  qolgan  oyga  uzoq  tikilib  o ‘tirdi. 
Tun  osuda.  Tiq  etgan  ovoz  yo‘q.
-   Bergan  n e’matlaringga  m ing  bor shukur.  Davr-u  davron 
surdim,  kurashlarda  yakkakift  b o ‘lib  chiqdim.  Xorlik-zorlik 
k o ‘rmadim.  Endi  bas,  qiynalib  ketdim.  0 ‘z  bolam  meni  yurt 
ko‘zida  sharm isor  qildi.  O monatingni  ol,  Allohim.  Bas,  endi 
ketay.  Bu  dunyoda  endi  yaxshilar  yashasin.
Tongotar  mahali  Jalol  polvonnig joni  uzildi.
Janozaga  qishloqning  katta-kichik  hammasi  keldi.  Faqat 
Nurim  sartarosh  kelmadi.  Yurt  ko‘zida  uning  yuzi  shuvut  edi.
Oradan  to ‘rt kun  o ‘tib, Chorvoq  dengizida  cho‘milayotgan 
bolalar  qirg‘oqdan  bir  ju ft  tufli  topib  olishdi.  Bu  G ulan­
domning  tuflisi  edi.
184
1999-yil,  aprel


Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling