To sh k en t «0 ‘z b e k isto n»


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana07.07.2020
Hajmi5.6 Mb.
#100002
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

TAKLIFNOMA
Uyga  kelsam,  birov  xat  tashlab  ketibdi.  Shoshib  kon- 
vertni  ochdim.  Taklifnoma.  Foto  qog‘oziga  ko‘chirilgan 
taklifnomaning  ikki  chetida  menga  notanish  bir  qiz  bilan 
yigitning  surati.  Bular  kelin  bilan  kuyov  bo‘lsa  kerak.  Ammo 
ular  kim?  Suratga  shuncha  tikilaman-u,  taniyolmayman. 
Konvert ustidagi  yozuvga qaradim.  Bekmurodov  deb  yozilgan. 
Endi  tanidim.  Bekmurodov  bilan  o ‘tgan  yili  dam  olish  uyida 
tanishgan  edim.  U  kamgap,  birovga  aralashmaydigan  kishi  edi. 
Demak,  Bekmurodov  qizini  kuyovga  chiqazayotibdi,  bechora!
0 ‘z  um rim da  ko‘p  odam lam i  ko‘rganman,  ko‘plaming 
sarguzashtlarini  eshitganman.  Ammo  shu  kichkinagina, 
q o ‘y  o g ‘zidan  cho‘p  olm agan  kishining  boshiga  tushgan 
savdolam i  eslaganimda,  butun  vujudim  larzaga  tushadi,  dod, 
deb  yuborgim  keladi.  Odam  bolasining  o ‘tda  kuymasligiga, 
suvda  cho‘kmasligiga  qoyil  qolaman.
Bekmurodov  boshidan  o ‘tgan  voqealami  o ‘zi  aytib  bergan 
edi.  U  hech  kimga  aytmagan  simi  aytgan  edi.  Menga  ham 
aytmas  edi-yu,  bir  sabab  bo‘lib  aytib  qo‘ydi.  0 ‘sha  kuni 
xotinining  qazo  qilganiga  o ‘n  besh  yil  to‘lgan  ekan.  Men  bu 
gapdan  bexabar  edim.  Sharsharaga  yuvingani  kelsam,  u  suv 
to‘zoniga  tikilib  o‘tiribdi.  Mendan  papiros  so‘radi.  Ikkalamiz 
sharshara  shabadasida jim gina o ‘tirib  chekishdik.  U juda  to ‘lib 
turgan  ekan,  o ‘zi  gap  boshlab  qoldi:
-   Bilaman,  shuncha  kun  bir  joyda  turib,  tuzukkina 
gaplashm aganim izdan,  o ‘zimni  olib  qochishimdan  hayron 
b o ‘lyapsiz.  Qandoq  qilay,  shunaqa  odamman.  Yolg‘izlikka 
o ‘rganib  qolganman.  Kechirasiz,  bugun  ko‘nglim  odam 
xohlab  qoldi.  Gaplashgim  kelyapti.  Gaplashib,  k o ‘nglimni 
yozgim   kelyapti.  Vaqtingiz  b o ‘lsa,  birpas  gaplashaylik. 
Bugun  xotinim ning  vafot  etgan  kuni...
U  gapini  davom  ettirolmay,  yuzini  teskari  o ‘girib  oldi. 
G ‘z  holiga  q o ‘yib  berdim.  U  papirosni  oxirigacha  chekib,
201

oyog‘ining  ostiga  tashladi-da,  shippagining  uchi  bilan 
ezg‘ilab  o ‘chirdi.
Men  uning  holatidan  nim adir  ichini  kuydirayotganini, 
birovga  aytm asa  tanasi  kuyib  ketadigan  darajada  ekanini 
bilib  turardim.
-   M enga  qarang,  Bekmurodov,  unaqa  qilmang!  Nima- 
dandir  qiynalyapsiz,  ayting  menga.  Yengil  tortasiz.  Birovga 
aytmaslikka  so‘z  beraman.  Ishoning  menga.
U  ancha  vaqtgacha  yerga  qarab  o ‘tirdi.  Uning  k o ‘ziga 
qaram aslik  uchun  sharshara  quyilayotgan  tepaga  qaradim. 
U  shunchalik  balanddan  quyilardiki,  suv  to ‘zonlari  orasida 
ko‘rinmasdi.  Xuddi  bizning  tepamizdagi  oppoq  cho‘qqi  bir 
parcha  uvada  bulutga  sanchilib  turardi.
-   X otinim ni  nihoyatda  yaxshi  ko‘rardim .  Bilmadim, 
boshqa  erkaklar  ham  xotinini  shunchalik  yaxshi  k o ‘rolar- 
mikin.  U rushdan  oldin  ikkovim iz  o ‘ninchini  birga  bi- 
tirgandik.  To‘y  qilm oqchi  b o ‘lib  tayyorgarlikni  ham  k o ‘rib 
q o ‘ygandik.  To‘yni  o ‘zim   qoldirganm an.  Bunga  ham 
Zarofatni  yaxshi  k o ‘rganim   sabab  b o ‘lgan.  Endi  o ‘ylab 
qarasam ,  o ‘shanda  chakki  qilgan  ekanm an.  K allam ga 
o ‘shanda  nim a  o ‘y  kepti  deng,  urushda  o ‘lib-netib  ket- 
sam ,  Zarofat  beva  qoladim i,  depm an.  To‘yni  qoldirib, 
urushga  ketdim.  Q ‘q  tegm agan  joyim   qolm adi.  Q ‘q  oladi- 
yu,  o ii m   olm aydi.  Tirik  qaytib  keldim .  Rahm at,  kutib 
o ‘tirgan  ekan.  To‘y  qildik.  A rm iyada  tank  m ingan  edim, 
kelganim dan  keyin  shofyorlik  qildim .  Shofyorlik  nozik 
ish,  o ‘zingiz  bilasiz.  To‘yim izdan  yetti  oy  o ‘tgandan  keyin 
ikki  yilga  kesilib  ketdim.  Zarofatning  tu g ‘ilgan  kuni  edi 
o ‘shanda.  Ertalab  m ashinada  uni  uncha-m uncha  xarajat 
uchun  bozorga  oborib  q o ‘ygan  edim.  Y or-birodarlarni  ham 
kechqurunga  xabarlab  q o ‘ygandim .  N im a  b o ‘ldi-yu,  o ‘sha 
kuni  ish  k o ‘payib,  sovxozga  yuk  ortib  ketib,  kech  qoldim. 
Q orong‘i  tushib  qolganda  sovxozdan  qaytdim .  M ashinani 
yeldirib  kelyapm an.  Bir  mahal  qarasam ,  k o ‘cha  o ‘rtasida
202

bir  m ast  gandiraklab  kelyapti.  Shoshib  m ini  chetga  burdim. 
Terakka  kim dir  ot  boylab  q o ‘ygan  ekan.  Qoq  belidan 
uribm an.  M ashina  o ‘tib,  m oychining  budkasiga  tiraldi. 
Faner  budka  parcha-parcha  b o ‘lib  ketdi.  Tushib  qarasam , 
otning  qornini  yorib  yuborgan  ekanm an.  U yga  borolm adim , 
m ilitsiya  olib  ketdi.  Yosh  kelin  yasatilgan  dasturxon  tepa- 
sida  chirqillaganicha  qolib  ketaverdi.  Zarofat  advokat 
soldi.  CTshanda  oldim ga  kirgan  advokatga,  urinm ang, 
qonun  nim ani  buyursa,  shu  b o ‘laversin,  deganm an.  Xullas, 
ikki  yilni  tishim ni  tishim ga  q o ‘yib  tam om lab,  kelyapm an. 
N azarim da  Zarofat  hali  ham  dasturxon  ustida  meni  kutib 
turgandek.  Keldim.  X otinim   uyda  y o ‘q.  K o‘chib  ketibdi. 
Q idirib  daragini  topdim .  Boshqa  m ahalladan jo y   olgan  ekan. 
Eshikni  taqillatganim da  o ‘zi  chiqdi.  Betim ga  b ir  qaradi-yu, 
boshini  egganicha  indam ay  kirib  ketdi.  Avvaliga,  mendan 
qattiq  xafa  b o ‘lgan  ekan,  deb  orqasidan  xijolatlik  bilan 
qaradim.  U  birdan  o ‘kirib  yubordi.  Hayron  b o ‘ldim!  Bir 
m ahal  qulogNmga  g ‘alati  tovush  kirdi.  A langlab  qarasam , 
tut  shoxiga  osilgan  belanchakda  chaqaloq...
Bekmurodov  o ‘m idan  turib  ketdi.  Sharshara  to ‘zoni 
orasiga  kirib,  ko‘zlari  qizarib,  qaytib  chiqdi.  Bilib  turibman, 
yoshlarini  artish  uchun  atayin  shunday  qilgan.
—  0 ‘zimni 
yo‘qotib 
qo‘yibman, -  dedi 
u  ovozi 
tit- 
rab. -  K o‘rpacha  ustida  to‘lg‘onib  yotgan  xotinimning  sochi- 
dan  sudrab,  hovliga  tortib  tushibman.  Xotin  boTsa  qo‘limdan 
qochib,  belanchakdagi  bolani  oldi-yu,  burchakka  suqilib, 
dag‘-dag‘  titrayverdi.  Ko‘zimga  dunyo  qorong‘i  bo‘lib  ketdi. 
Boshim  aylanib,  ayvonning  labiga  o ‘tirib  qolibman.  Kallamni 
changallab  oTiraveribman,  o‘tiraveribman,  bir  mahal  qarasam, 
qorongN tushib qolibdi. Zarofatning qoNidagi  bola uxlabdiyam, 
uyg‘onibdiyam,  bilmabman.
Boshimni  ko‘tarib,  u  yoq-bu  yoqqa  qaradim-u,  sekin 
o ‘m im dan  turib,  eshikka  qarab  yura  boshladim.  Zarofat, 
to ‘xtang,  dedi.  To‘xtadim.
203

-   Meni  o ‘ldirib,  keyin  keting!  0 ‘z  qo‘lingiz  bilan 
oMdiring.  BoMmasa  hozir  ko‘zingizning  oldida  o ‘zimni 
pichoqlab  tashlayman.
H ushyor  tortib  ketdim.  Bu  nim asi,  q o ‘rqqan  oldin  musht 
k o ‘tarishmi?
Qaytib  kelib  yana  o ‘tirdim.  Zarofat  bolani  belanchakka 
yotqizib,  oshxonaga  kirib  ketdi.  N im anidir  jaz-buz  qilib 
pishirardi.  Bola  yig‘ladi  deguncha  yugurib  chiqadi-da,  yana 
oshxonaga  kirib  ketadi.  Bir  payt  laganda  qovurilgan  kar- 
toshka  olib  chiqib,  oldimga  q o ‘ydi.  TomogNmdan  ovqat 
o ‘tarmidi.
-   Uy  sizniki, -  dedi  Zarofat, -  hovlingizni  sotib,  shu  uyni 
olganman.  Q o‘shnilaringizdan  nom us  qilib,  ko‘chib  ketdim.
U  boshqa  hech  narsa  demay,  bolani  ko‘targancha  uyga 
kirib ketdi.  Bu bcnomus xotinga nim a deyishimni  bilmayman. 
Q orong‘i  tushdi.  Q o‘ni-qo‘shnilam ing  uyida  chiroqlar  yondi. 
Ichkari  uydan  bolaning  ijirg‘anib  yig‘lagan  ovozi  eshitildi. 
Seskanib  ketdim.  Derazadan  Zarofatning  boshi  k o ‘rindi.
-   Joy  qilib  beraymi,  yotasizmi?
Indamadim.  Saldan  keyin  deraza  tagiga  bordim.
-   Ayt,  yaram as,  nim a  qilib  q o ‘yding?  To‘g ‘risini  ayt- 
sang,  churq  etmayman.
Bola  uxlab  qolgan  shekilli,  Zarofat  oyoq  uchida  yurib, 
ayvonga  chiqdi.  Ustunga  suyangancha  b o ‘lgan  voqeani  yig‘- 
lab-yig‘lab  gapira  boshladi.  Q orong‘i  b o ‘lganidan  uning 
basharasi  qay  ahvoldaligini  bilmayman.  U  gapirishdan  ko‘ra 
k o ‘proq  yig ‘lardi.
-   Sizni  deb  ne  kunlarni  k o ‘rm adim .  Tezroq  chiqari- 
sharm ikin,  deb  borm agan  jo y im   qolm adi.  0 ‘zingiz  afv 
s o ‘rashdan  bosh  tortibsiz,  eplolm adim .  A dvokat  soldim . 
B o‘lmadi.  В iron  yili  o ‘tsin,  keyin  harakat  qiling,  deb 
m aslahat  berishdi.  Yil  o ‘tib,  bir  advokatni  yolladim .  Bor- 
y o ‘g ‘im ni  q o ‘liga  to ‘kib  soldim .  U  yoq-bu  yoqqa  boshlab 
olib  bordi.  A llakim lar  b o ‘shatishga  v a ’da  berishayotganini
204

aytdi.  O xiri  b ir  kuni  uyga  kelib,  pro kuror  chaqiryapti,  deb 
qoldi.  Shoshib  tayin  qilgan  jo y ig a  bordim .  P rokuror  uyiga 
ketib  qolgan  ekan.  U yiga  y o ‘l  oldik.  Bem ahal  b o ‘lib 
qolgandi,  pastqam   k o ‘chalardan  bir  uyga  bordik.  U  meni 
aldagan  ekan.  B oshqa  uyga  olib  borgan  ekan.  Q o ‘rqib 
ketdim .  D evdek  odam ga  qandoq  kuchim   yetadi.  H uvillab 
yotgan  kim sasiz  katta  hovlida  ovozim ni  kim   eshitadi...
Shundan  keyin  m ahallada  turishga  nomus  qildim.  Oy- 
kunim  yaqinlashib  qoldi.  K o‘chaga  chiqm ay  qo‘ydim.  Oxiri 
hovlini  sotib,  shu  yoqqa  ko‘chib  keldim.
Zarofat  jim   b o ‘lib  qoldi.  Dod,  deb  yuborayozdim, 
q o ila rim   beixtiyor  mushtga  aylandi.  0 ‘zim   dag‘-dag‘ 
titray man.  Qani  insof,  qani  odam garchilik,  qani  diyonat,  deb 
hovlini  boshim ga  ko‘tarib,  baqirgim  keladi.
Shu  payt  birdan  qizib  turgan  tanamga  kim dir  muz 
parchasini  bosgandek  sovib  qoldim.  Bilmadim,  bu  o ‘tni  uyda 
o ‘qtin-o‘qtin  ingalayotgan  chaqaloqning  m a’sum  tovushi 
o ‘chirdimi,  bilmayman,  bilmayman.
Zarofatni  bag‘rim ga  bosib  ovutgim   keldi.  Ammo  yigitlik 
g ‘ururi  zo ‘r  kelib,  shashtimni  qaytardi.
Bekm urodov  titrab-qaqshab  papiros  so‘radi.  U  gugurt 
chaqayotganida  qo‘llari  tinimsiz  titrardi.  U  bir  oz  xomush 
o ‘tirgandan  keyin  x o ‘rsinib,  gapini  davom   ettirdi.
-   Ketmadim,  uyda  qoldim.  Yigitlikning  bem a’ni  g ‘u- 
ruriga  uchib,  ketib  qolsam  nim a  b o ‘lardi?  Eslasam,  q o ‘r- 
qib  ketaman.  Zarofatda  nim a  gunoh?  Birga  yashab  ketdik. 
To  umrining  oxirigacha  Zarofatning  chehrasida  kulgi  k o ‘r- 
madim.  Hamisha  xijolatlikda  yashadi.  Rangi  siniqib,  ozib, 
cho‘p  b o ‘lib  ketdi.  Yalindim,  yolvordim,  bo‘lib  o ‘tgan  ishlar- 
ni  bir  um r  unutib  yuborganim ni  aytdim,  b o ‘lmadi.  0 ‘zini 
siqaverdi.  D oktorga  qaratsam,  sil  b o ‘lib  qolgan  ekan.  Uch 
marta  kurortga  olib  bordim,  boMmadi.  Umri  qisqa  ekan, 
qazo  qildi.  O Tyapti  hamki,  ko‘zlarim ga  javdirab  qaraydi. 
Bilib  turibman,  afv  etishimni  so‘rayapti.
205

Bekmurodov  ho‘ngrab  y ig ‘lab  yubordi.  Uning ajin bosgan 
oriq  yuzlaridan  qaynoq  ko‘z  yoshlari  dumalardi.
-   Uch  yarim  yoshga  kirib  qolgan  qizchani  q o ‘limga 
oldim-u,  Zarofatning  ko‘zi  oldida  bag‘rim ga  bosib  o ‘pdim. 
Shunday  qilishimni  kutib, 
ilhaq  b o ‘lib  yotgan  ekan, 
so‘nayotgan  ko‘zlarida  yilt  etib  bir  nim a  k o ‘ringandek  b o ‘l- 
di-yu,  yumildi.
U  tizzasiga  tushgan  sap-sariq  bargni  olib,  suvga  tashladi. 
Barg  girdobda  aylanib-aylanib,  o ‘pqonga  sho‘ng‘ib  ketdi.
-   0 ‘n  besh  yil  b o ‘ldi  Zarofatni  tuproqqa  berganimga.
Oftob  qoyadan  hatlab  o ‘tib,  sharsharada  kam alak  pay do
qildi.  0 ‘m im izdan  turdik.  C ho‘qqiga  chiqqunim izgacha  na 
undan,  na  mendan  sado  chiqdi.
-   Ertaga  ketaman, -  dedi  u  toliqqan  tizzalarini  ish- 
qab, -  kechirasiz-da,  qayoqdagi  gaplam i  aytib,  dilingizni  xira 
qilib  qo‘ydim.
-   0 ‘sha  advokatni  uchratmadingizmi? -  bu  gap  beixtiyor 
og‘zimdan  chiqib  ketdi.
Odam  bolasining  m iyasiga  bir  gap  keldimi,  so ‘rab  bil- 
maguncha  k o ‘ngli  o ‘m iga  tushmaydi.  Bilmadim,  shu  gapni 
so‘rab  to ‘g ‘ri  qildimm i  yo  uning  qalbini  kemirib  yotgan 
ilonni  uyg‘otib  yubordim mi,  bilmayman.
So‘rog ‘imga  Bekmurodov  darrov javob  bermadi.  Achchiq 
narsa  yegandek,  basharasi  bujm ayib  ketdi.  N azarim da, javob 
berishga  qiynalayotgandek...
-   Yo‘q, -  dedi  u  zarda  aralash.
M a’lum  b o ‘ldiki,  u  qotilni  qidirm agan,  sevgan  kishisidan 
jud o  qilgan,  umriga  o g ‘u  tashlagan  yaram asni  jazolashdan 
bosh  tortgan.
Bilaman,  u  nechun  qotilni  qidirmagan.  Kim  biladi,  balki 
bola  otasiga  o ‘xshar?  Agar  uni  Bekmurodov  ko‘rsa,  tani- 
sa,  Zarofatdan  yodgor  qolgan  bola  unga  omonat  bo‘lib  qol- 
maydimi?  U  holda  Bekmurodov  bolaga  m a’naviy  otalik 
hissidan  mahrum  bo‘lib  qoladi.  Shuning  uchun  qidirmagan.
206

Ertasiga  Bekm urodov  jo ‘nab  ketdi.  U  ketdi-yu,  yura- 
gim ga  m ehrm i,  achinishm i,  bilib  boMmaydigan  g ‘alati  his 
tashlab  ketdi.
Atrofga  qor  purkagan  qish  b o ‘ronlari  tinganda,  tar- 
novlar  bo‘yniga  osilgan  qahrabo  sum alaklar  chak-chak 
tomib,  qishning  so ‘nggi  damlarini  sanab  tamom  qilganda, 
shamollam i  yirtib,  bulutlam i  tilka-pora  qilgan  olis  cho‘q- 
qilarga  tikilaman.  Qoyalardagi  ayoz  kunlaridan  yodgor 
qolgan  sadaf siniqlariga  boqam an-u,  beixtiyor  Bekmurodovni 
eslab  ketaman.
Nahotki 
shuncha 
mehr-u 
muhabbatni 
sig‘dirolgan 
ko‘krakda  qahr-u  g‘azab  uchun  joy   qolmagan  bo‘Isa?!  Axir 
uning  umriga  og‘u  tashlagan  yaramas  o‘z  qilmishlarini 
eslarmikin?  Qayerdadir  farzandi  borligini  bilarmikin?  Yo‘q, 
bilmas?  U  balki  yangi  qurbonlar  izlayotgandir?  Ana  shunisi 
alam  qiladi!  Bekmurodovga  o‘xshash  qalbida  yaxshilikdan 
o‘zga  niyati  bo‘lmagan  kishilar  esa  shunday  qotillaming 
umrini  uzaytiryapti.  Ana  shulami  o ‘ylaganimda  ovozimning 
boricha:
-   Hoy  odam lar,  yaxshilik  ham  evi  bilan,  yom onga 
yom on  b o ‘lishni 
ham 
unutm anglar!  -  deb  qichqirgim  
keladi.
Bugun  qizining  to ‘yiga  taklifnom a  tashlab  ketgan  kishi 
o ‘sha  Bekm urodovmikin?  Agar  o ‘sha  b o ‘lsa,  qandoq  yaxshi 
bo‘lardi-ya!
To‘yga  albatta  boraman.
Andijon,  K uyganyor
207

TOG4  AFSONASI
M a s h in a   xo‘p  yaxshi  narsa-yu,  uning  ham  o ‘ziga yarasha 
nag‘malari  bor-da!  M ashina  olgan  odam lam ing  xotinlari 
hazil  aralash,  bu  mashina  emas,  kundoshim,  deyishar 
ekan.  Sababi,  er  ishdan  keliboq  ovqatga  ham  qaramay, 
mashinasining  tagiga  kirib  ketganicha,  yarim  kechada  moyga 
qorishib  chiqar,  azonlab  yana  mashinaga  unnab  ketarkan.
Vahobjon  rayvodxozda  texnik.  Uning  ham  o ‘ziga  yara­
sha  ko‘rim sizgina  «M oskvich»i  bor.  0 ‘zi  haydaydi.  Eski 
m ashina  mingan  odam  yaxshi  shofyor  hisoblanadi.  Hadeb 
buzilavergandan  keyin  u  yog‘ini  kovlaydi,  bu  yo g ‘ini 
kovlaydi,  xullas,  ichida  nimasi  bo‘lsa,  barini  bilib  oladi. 
Yaxshiyamki,  Vahobjon  hali  uylanm agan.  U ylanganida, 
albatta,  xotini  chidam asdi,  yo  meni  deysan,  yo  mashinani 
deysan,  deb  turib  olardi.  Rost-da,  u  b o ‘sh  qoldi  deguncha 
m ashinani  kovlaydi.  Uni  gurillataverib,  q o ‘ni-qo‘shnilam ing 
jo nig a  tegdi.  Q o‘shnilar,  shu  Vahobjon  uylana  qolsaydi, 
o ‘zidan  tinchib  ketarmidi,  deyishadi.  A m m o  Vahobjonning 
hali-beri  uylanadigan  niyati  y o ‘qqa  o ‘xshaydi.  0 ‘zi  mun- 
doq  birortasini  topm aydi,  qarindosh-urug‘lar  topganini  yoq- 
tirmaydi.  Kam pir  oyisi  nolib  qolsa,  hazilga  oladi-da,  yana 
m ashina  tagiga  kirib  ketadi.  Oxiri  jonidan  bezor  b o ‘lgan 
q o ‘shnilar  kam pirga  chiqib  yalinishadi:
-   0 ‘g ‘lingiz  mashinani  kechasi  garajga  oborib  q o ‘ysin. 
Uxlatmayotibdi.
Rayvodxozning  garaji  y o ‘q,  qayoqda  qoldiradi.  Undan 
tashqari,  o ‘zingizga  m a’lum,  Vahobjonga  kechalari  ham  u 
yoqni  suv  urib  ketdi,  bu  yoqqa  suv  kerak,  deb  raislar  telefon
208

qilib  turishadi.  Shofyor  olaylik  deyishsa,  qaysi  shofyor 
bunaqa  shaloq  mashinaga -  bunaqa  bezovta  ishga  ko‘nadi. 
Bitta-yarimta  yanglishib  kelib  qolgan  shofyorlar  ham  ikki 
kunga  chidamay,  tashlab  qochishadi.  Xullas,  bu  ishga  Vahob­
jonning  o ‘zidan  boshqasi  to ‘g ‘ri  kelmaydi.
M ana  shu  Vahobjon  bahor  toshqinida  suv  olib  ketib, 
haligacha  tuzatilmagan  kanal  to ‘g ‘onini  tuzattirishga  bir 
haftadan  beri  ovora  edi.  Shu  paytgacha  raislar  shox  bostirib, 
bu  yog‘iga  shag‘al  to ‘ktirib  eplab  kelishayotgan  edi.  Shu 
alpozda  paxta  sug‘orib  b o ‘ladimi,  kim  qancha  suv  olayotga- 
nini  bilib  bo‘lmasa!  Raislar  bay-baylab  vodxoz  masalasini 
byuroga  qo‘yib  qolishdi-ku.  Ana  vodxoz  boshlig‘ining  tipir- 
chilab  qolishini  k o ‘ring.  Ikki  kunda  sement  ham  topildi, 
buldozer  ham,  beton  plitalar  ham  topildi.  Kechasi-yu  kunduzi 
ish.  Kolxozlar  odam  ham  topib  berishdi.  Dorotdel  yo‘lga 
«o‘tilmasin!»  degan  belgi  qo‘yib,  mashina  va  avtobuslami 
vaqtincha  boshqa  yo‘ldan  qatnaydigan  qilib  qo‘ydi.
Soch-soqoli  o ‘sib  ketgan  Vahobjon,  projektor  yonida 
turgan  montyor  bolaga  baqiradi,  shag‘al  to ‘kayotgan  samos- 
valga  chiroqni  to ‘g ‘rila,  kabelni  tort,  suv  tegmasin,  deb 
qichqiradi.  Orqasiga  tisarilib,  shag‘alli  mashinaga  y o ‘l 
ko‘rsatadi.  Ish  qizigandan  qizib  ketgan.  Yoz  kechalari 
shunaqa  ishlashlik  boMadi.  Ayniqsa,  bu  tom onlam ing 
oqshomiga  hech  narsa  teng  kelolmaydi.  Daryo  shovullaydi, 
tog‘  orqasidan  osm onga  sut  purkagandek  b o ‘lib,  avval  oy 
shu’lasi  k o ‘rinadi,  keyin  o ‘zi  salmoqlab  osmonga  ko‘tariladi- 
da,  tog ‘  cho‘qqisiga  ayri  minib,  turib  qoladi.  Biram  chiroyli, 
biram  yoqimli  shamol  esadi.  Saraton  dazmoldek  qizdirgan 
toshlam i  shu  shabada  puflab  sovitadi.  CTt-oManlarni  silki- 
tadi.  Jo ‘jasi  hali  uchirm a  b o ‘lm agan  ona  o ‘rdaklarning  alla- 
ga  o ‘xshash  g ‘alati  g ‘aqillashini  uzoqlardan  olib  keladi. 
Kanalning  beto‘siq-beto‘lqin  suvi  oydinda  xuddi  poyoni  yo‘q 
yaxlit  oynadek  yaltiraydi.  Quloq  boshida  suv  ochayotgan 
m iroblam ing  tovushi  eshitilib  qoladi.  Ayniqsa,  bittasi  ezib- 
ezib  ashula  aytadi.  Kechasi  olisdan  kelgan  q o ‘shiq  g ‘alati
14  — S. Ahm ad
209

bo‘larkan.  Odamning  tomir-tom iriga  kirib  ketaman  deydi. 
Betonchi  bola  ham  q o ‘shiqqa  ishqivoz  ekan,  ovozi  biram 
do‘rillagan.  Q o ‘shiq  so‘zlarini  poym a-poy  qilib  xonish  qilib 
qoladi.  Q uruvchilar  atayin  uni  mayna  qilib  «yana  b o ‘lsin», 
«do‘st»  deb  qo‘yishadi.  Yigit  ham  ulam ing  «iltimosi»ni 
yerda  qoldirmay,  ashulaga  ashulani  ulab  ketadi:
Toshga yomg 'ir kor  qilurmi,
Muttasil yoqqan  bilan...
-
  Do‘st,  bu  Navoiydanmi?
-   Yo‘g ‘-e,  Mashrabnikidir.
Qiyqiriq,  kulgi.
Shu  zaylda  kulgi  bilan,  qo‘shiq  bilan  ish  davom  ctadi. 
Vahobjon  u  yoqdan-bu  yoqqa  zir  yugurib,  ishni  jadallatadi. 
Kattakon  bak  oldida  choy  damlangan  tunuka  choynakni 
cho‘g ‘ga  qo‘yib  o ‘tirgan  cholning  yoniga  tushib  ketayotgan 
edi,  uzoqdan  mashina  chirog‘ini  ko‘rib  to‘xtadi.  Mashina 
«o‘tilmasin!»  belgisi  qo‘yilgan  muyulishdan  o ‘tib,  to‘ppa 
to‘g ‘ri  kelaverdi.  Vahobjon  ijrokomdan birov kelayotgan bo‘lsa 
kerak,  deb  o ‘yladi.  Tikilib  qarasa,  tangadek  zangori  chirog‘i 
bor.  Nechuk  taksi  mashinasi  bu  tomonlarga  o ‘tdi  ekan,  deb 
yo‘lga  chiqdi-da,  qo‘lini  ko‘tarib,  uni  to ‘xtatdi.
-   Mumkin  emas,  belgini  ko‘rm adingizm i,  qayting!
Shofyor  kabinadan  bosh  chiqarib,  qoNini  k o ‘ksiga  qo‘yib,
uzr  aytgan  bo‘ldi.
-   K o‘ktoshga 
ketayotgan 
boMsanglar, 
Xonimobod 
tom ondan  aylanib  oTasizlar.
Xonimoboddan  aylanib  o ‘tish  uchun  ortiqcha  o ‘n  to ‘qqiz 
kilometr  y o ‘l  yurish  kerak.  Har  qanday  odam ga  ham  taksida 
borish jab r  boMadi!
Shofyor  kabinadan  tushdi.  Ikki  q o ‘lini  beliga  q o ‘yib,  u 
yoq-bu  yoqqa  qaradi-da,  o ‘tib  ketishning  sira  iloji  y o ‘qligini 
bilgandan  keyin,  noiloj  orqa  eshikni  ochib,  ichkariga  qarab 
yelkasini  qisdi.
210

Iloji  y o ‘q,  opajon.  Buyog‘i  ko‘p  qolmadi.  Piyoda 
yigirma  minutda  yetasiz.  X onimoboddan  borsangiz  qimmat- 
ga  tushadi.  Mayli  desangiz,  yana  o ‘zingiz  bilasiz.  M enga 
bari  bir.
M ashinadan 
cham adon 
k o ‘targan 
bir 
ayol 
tushdi. 
Vahobjon  qorong‘ida  uning  yuzini  aniq  ko‘rolmadi.  Ayol 
shofyor  bilan  ancha  vaqtgacha  nim anidir  gaplashib  turib 
qoldi.  Keyin  mashina  orqasiga  qaytdi.  Ayol  bitta-bitta  bosib, 
Vahobjonning  oldiga  keldi.  K o‘ktoshga  qaysi  tomondan 
borishni  so‘radi.  Tavba,  ovozi  tanish.  Qayerda  eshitgan  bu 
tovushni?  Shu  payt  shag‘al  to ‘kib  b o ‘lgan  samosval  keskin 
burilgan  edi,  uning  o ‘tkir  chirog‘ida  ayolning  yuzi  bir  dam 
yorishib  ketdi.
Sochlari  boshiga  chambarak  qilingan,  lablariga  bilinar- 
bilinmas  qizil  surtilgan,  yigirm a-yigirm a  ikki  yoshlardagi 
kelishgan  qiz.  Vahobjon  uni  tanidi.  Bu  qizni  u  bir  marta, 
atigi  bir  marta  k o ‘rgan.  U  bilan  yonma-yon  o ‘tirib  choy 
ichgan.  Shu  qizning  o ‘zi  unga  choy  quyib  bergan.  Ammo 
Vahobjon,  to ‘g ‘risini  aytganda,  u  quyib  bergan  choyni 
qiynalib  ichgan,  negaki,  bu  qizning  bir  q o ‘lida  odamning 
kalla  suyagi  bor  edi.  Vahobjon  o ‘tgan  yilning  avgustida 
institutning  sirtqi  b o iim ig a   imtihon  topshirgani  Toshkentga 
tushgan  edi.  Konsultatsiya  o ‘tkazadigan  o ‘qituvchining  tobi 
qochib  qolib,  institutga  kelolmay  qolibdi.  Dekan  Vahobjonga 
o ‘qituvchining  uyiga  borishni  m aslahat  bergan  edi.  Bordi. 
U  Chilonzordagi  katta  k o ‘cha  betidagi  uyning  ikkinchi 
qavatida  yasharkan.  Kirib  gaplashdi.  Bilmaganlarini  so ‘rab 
oldi.  0 ‘qituvchi  Vahobjonga  im tihonga  kirsangiz  b o ‘ladi, 
deb  maslahat  bcrdi.  U  xursand  bo‘lib  chiqsa,  mashinasining 
bir  g ‘ildiragi  shalpayib  yotibdi,  kam eraning  zolotnigini 
birov  burab  olib  qo‘yibdi.  Asfalt  yo‘lakda  «bosdimmi» 
o ‘ynayotgan  qizchalar  unga  qarab  turishardi.  Ulam ing  biri 
yaqin  kelib  shivirladi.
-   Akbar  minnarsangizni  burab  olib  q o ‘ydi.
211

-   Q anaqa  Akbar?
-   Hu  anavi  uyda  turadi.  Hozir  qochib  chiqib  ketdi.  Inobat 
opam lam ing  ukalari.
Vahobjonning  ju d a  jahli  chiqib  ketdi.  Bu  qanday  gap! 
Zapas  g ‘ildirak  b o ‘lganda  ham  boshqa  gap  edi.
Vahobjon  boyagi  qiz  ko‘rsatgan  uy  eshigining  tugmasini 
bosdi.  Javob boMmadi.  Yana qo‘n g ‘iroq tugmasini  bosgan  edi, 
ayol  kishining:  «Hay  Akbar,  eshikni  och,  birov  keldi»  degan 
tovushi  eshitildi.  Hadeganda  eshik  ochilavermadi.  Anchadan 
keyin  shippak  tovushi  yaqinlashdi-da,  eshik  qarsillab  ochildi. 
Vahobjonning  qarshisida  odam ning  kalla  suyagini  ushlagan 
ko‘hlik  bir  qiz  turardi.  Vahobjonning  yuragi  orqasiga  tortib 
ketdi.  Qiz  qoshlarini  kerib,  kimda  ishingiz  bor  edi,  degandek 
hayron  b o ‘lib  turibdi.
-   Akbarda  ishim  bor  edi.  Chaqirib  bersangiz.
Qiz  ermak  qilayotgandek  orqasiga  qarab  qichqirdi:
-   Hoy,  Akbar,  o ‘rtog‘ing  keldi lar,  bu  yoqqa  chiq! 
Ichkaridan  trusichan,  olti  yoshlardagi  bir  bola  bumini  tortib 
chiqdi.  U  Vahobjonni  ko‘rishi  bilan  to‘xtadi.  Keyin  Vahob­
jonning  o ‘rtog‘i  birdan  orqasiga  tiraqaylab  qochib  qoldi.  Qiz 
nima  gapligiga  tushuna  olmay  hayron.  Vahobjon  bo‘lgan  gapni 
aytib  berdi.  Qiz  xijolat  bo‘lib,  undan  uzr  so‘radi-da,  hozir  o‘sha 
buyumni  olib  beraman,  deb  orqasiga  burildi.  Keyin  to‘xtab, 
qo‘lidagi  kalla  suyagini  Vahobjonning  q o iig a  tutqazdi.
-   Hozir,  hozir  olib  beraman.
Akbar  vannaxonani  ichidan  berkitib  olgan  ekan.  Qiz 
yalindi.
Oxiri  Akbar  eshikni  ochdi.  Vahobjon  qarasa,  u  vannaga 
suv  to ‘ldirib,  ming  yamoq  b o ‘lib  ketgan  avtokam eraga  nasos 
bilan  yel  berayotgan  ekan.
-   Bu  o ‘lgur  cho‘milishga  kerak-da.  Suzishga  o ‘rganayot- 
ganmish.  Qani,  ber,  kim  o ‘rgatdi  senga  birovning  narsasini 
olishni?!
-   M agazinda  y o ‘q-da,  bo‘lmasa  olarm idim,  -   dedi  A kbar 
burnini  tortib.
212

Shunday  dedi-yu,  vannadagi  ilma-teshik  kamera  og‘zidan 
zolotnikni  chiqazib  berdi.  Vahobjon  qizga  rahmat  aytib, 
tashqariga  chiqdi.  Ust  kiyimini  yechib,  mashinaga  domkrat 
qo‘yib,  g ‘ildirakni  k o ‘tardi,  uni  chiqarib  olib,  boshqatdan 
yel  bera  boshladi.  To  u  ishini  bitkazguncha  qora  terga 
tushib  ketdi.  Ancha  kech  ham  boTib  qolgan  edi.  Uning 
qiynalayotganini  balkondan  k o ‘rib  turgan  qiz:
-   Kirib  yuvinib  oling, -  dedi.
Vahobjon  bir  so ‘z  dem ay  qaytib  kirdi.  Qiz  yelkasida 
sochiq,  qoTida  sovun  bilan  uni  kutib  turardi.
U  yuziga  sovun  surtayotganida  ham,  oppoq,  kraxmallan- 
gan  sochiqqa  artinayotganida  ham  bir  o ‘y  kallasidan 
ketmasdi:  «Qanday  chiroyli  qiz-a,  ammo  q o ‘lidagi  odamning 
kalla  suyagi  nimasi».
-   Choy  dam lab  q o ‘ydim ,  ichib  ola  qoling,  qom ingiz  ham 
ochgandir.
Vahobjon  uzr  aytsa  ham  qiz  q o ‘ymadi.  Choy  quyib  uzat- 
di.  Bola  bechora  ichishni  ham,  ichmaslikni  ham  bilmay 
hayron  edi.  Ichdi-yu  yana  boyagi  kallani  esladi.  Oxiri,  u 
qizga  rahmat  aytib  ketar  ekan,  Akbarga  zolotnik  keltirib 
berishga  v a’da  qildi.
A na  shu  voqeadan  keyin  Vahobjon  qizni  uchratmadi. 
Uyiga,  Akbarga  v a’da  qilgan  narsani  olib  borganda  qiz  yo‘q 
ekan.  Mana,  oradan  bir  yil  o ‘tdi.  U  o ‘sha  qizni  eslaganida 
nihoyatda  ko‘hlik  bir  qizning  yuzi,  k o ‘zi,  kelishgan  gavdasi 
k o ‘z  oldiga  kelardi-da,  zum  o ‘tmay,  bu  go‘zallik  o ‘rnini 
tirjaygan  kalla  suyagi  egallab  olardi.  Shuning  uchun  ham 
Vahobjon  uni  eslam aslikka  tirishardi.
M ana  bugun  daryo  shovullagan,  shag‘allar  qaldiragan 
tog ‘  oqshom ida  ikkovi  yana  baqamti  kelib  turishibdi.  Qiz 
uni  tanimagan  boTsa  kerak.  Negaki  Vahobjonning  soch- 
soqoli  o ‘sib  ketgan,  kiyimlari  chang,  tuproq  edi.
U lam ing  har  ikkovi  bir-birlariga  qarab,  ancha  turib 
qolishgandan  keyin  Vahobjon  gap  boshladi:
213

-   K o‘ktoshga  kelyapm an  deng.  U  yerda  qarindosh- 
laringiz  bormi?
-   Yo‘q, -  dedi  qiz. -  Ishga  shu  yoqqa  tayin  qilishdi. 
Rayzdrav  ixtiyoriga...
Q izning  ovozi  biram  yoqimli,  biram  jarangli.  Vahobjon 
seskanib  ketdi.  Demak,  bu qiz rayonga  doktor b o ‘lib  kelyapti. 
U  doktorlikni  bitirgan.  Odamning  kalla  suyagini  bekorga 
k o ‘tarib  yurmagan  ekan  u...
-   Meni  taniyapsizm i? -  dedi  Vahobjon.
-   Yo‘g ‘-e, -  dedi  qiz  yelkasini  qisib.
-   Uyingizga  borgandim.  A kbam ing  orqasidan  vannaga 
kirganim...
Vahobjonning  gapi  o g ‘zida  qoldi.
-   A-a-a,  o ‘sha  sizmidingiz,  buni  qarang-a,  tanimapman. 
Uyimizga  yana  bir  kelgan  ekansiz.  Yo‘qligimni  qarang-a.
Buldozerchi  Vahobjonni  chaqirib  qoldi.  U  qizga:  «Hozir 
kelaman»  deb  chopganicha  ketdi.
Allamahal  b o ‘lib  qolgan  edi.  Vahobjon  prorabga  top- 
shiriqlami  berib,  qizning  oldiga  qaytdi.
-   Qani,  mehmon,  ketdik.  K o‘ktoshga  o ‘zim  oborib  q o ‘- 
yaman.
Qiz  qarshilik  qilmay,  «M oskvich»  eshigini  ochdi.  Yo‘lga 
tushishdi.  Oy  xuddi  mashina  bilan  yonm a-yon  ketayotganga 
o ‘xshaydi.  Soyadek  b o ‘lib  ko‘rinayotgan  to g‘  tizmalari  biram 
ajoyib,  biram  ajoyib.
Vahobjon  m l  boshqarib  borarkan,  o ‘y  o ‘ylardi:
«Qani  endi  shu  qizga  uylansam,  menga  tegarmikan? 
Tegmas,  balki  sevgani  bordir...»
M ashina motori  bir-ikki  yo‘talib  o ‘chdi.  Vahobjon  shoshib 
tushib,  kapotni  ochdi.  Ventilatsiya  tasmasi  uzilib  ketibdi. 
Zapasi  y o ‘q.  Endi  nim a  b o ‘ladi?  Shu  yerda  tunab  qolishdan 
boshqa  iloj  y o ‘q!  U lam ing  ikkovi  ham  hafsalalari  pir  b o ‘lib, 
toshga  o ‘tirishdi.
214

-   Qiziq  b o ‘ldi-ku!  -   dedi  Vahobjon  xijolat  chekib.  Qiz 
indamadi.  U  azam at  to g1  tizmalariga,  qoya  uchiga  jig ‘a 
bo‘lib  q o ‘nib  turgan  baldoqdek  oyga jim gina  qarab  o ‘tirardi.
Bilasizmi,  men  hech  toqqa  chiqmaganm an.  Buni  qarang, 
kechasi,  ayniqsa,  oydinda  ju da  g ‘alati  bo‘larkan.  Biram 
yaxshiki.
Q izning  tovushidan  sovqotganligi  shundoqqina  bilinib 
turardi.  Vahobjon  mashinani  ochib,  old  suyanchig‘ini 
tushirib,  ketidagisiga  yondashtirib  qo‘ydi.
-   Siz  kirib  bir  oz  m izg‘ib  oling.
Qiz  avvaliga  k o ‘nmay  turdi.  Keyin  sovuqdan  titrab, 
ichkariga kirib  ketdi.  Vahobjon  radioni  sekinlab burab  qo‘ydi.
Tog1  o'ngirida  yoqimli  kuy  oqar,  kichkinagina,  ko'rim siz 
m ashina  ichida  esa  husnda  yagona  bir  qiz  uxlardi.
Vahobjon  uning  atrofida  papiros  chekib  aylanib  yurdi.
Bu  holat  gerdaygan  to g1  etagida  tug‘ilayotgan  yangi  dos- 
ton,  yangi  afsonaga  o ‘xshardi.
Kim  biladi,  balki  Vahobjon  afsonavor  bu  oqshomda  o ‘z 
baxtini,  m uhabbatini  qo'riqlayotgandir.
Zora  shunday  b o isa !
1969-yil
215

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling