To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»


7.3.3. Temirbeton buyum va konstruksiyalarni tashish


Download 232.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet84/183
Sana31.01.2024
Hajmi232.63 Kb.
#1830696
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   183
Bog'liq
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

109


7.3.3. Temirbeton buyum va konstruksiyalarni tashish 
hamda omborga joylashtirish
Yig‘ma temirbeton buyum va konstruksiyalar qurilish maydonlariga, 
odatda, avtomobil transportida tashiladi. Xususiy hollarda maxsus 
konstruksiyalar (temir y o ‘l shpallari, yuqori bosimda ishlatiladigan 
quvurlar va boshq.) temir y o ‘l transportida tashilishi mumkin. Kichik 
o ‘lchamli buyumlar (plita, blok, zinapoya, maydoncha va sh.k. lar) yuk 
avtomobillarda tashiladi. Yirik o ‘lchamli massiv konstruksiyalar (ustun, 
to‘sin, ko‘prik elementlari va sh.k. lar) tirkamali tyagachlarda, devorbop 
panellar yarim tirkamali panel tashigichlarda (trellerlar) tashiladi.
Omborxonalarda temirbeton konstruksiyalar turlari bo‘yicha alohida 
joylashtiriladi (7.6-rasm). Bir tomondan armaturalangan konstruksiyalar 
arm aturasi pastki zonada bo‘lishi shart. Bunday konstruksiyalarda 
uchburchak belgi bo‘lib, uning uchi konstruksiyaning ish vaziyatdagi ustki 
tomonini ko‘rsatadi.
Omborxona maydonidan unumli foydalanish maqsadida buyumlar 
shtabel ko‘rinishida ustma-ust yotqizib taxlanadi. Temirbeton buyumlar 
ortiqcha zo‘riqmasligi uchun shtabelning balandligi belgilangan m e’yordan 
ortmasligi kerak. Shtabellaming balandligi va tayanchlaming holati texnik 
shartlar ko ‘rsatilgan davlat standartlarida belgilab qo‘yilgan. Devor 
panellari va boshqa turdagi panellar omborxonada vertikal yoki 10-12° 
qiya vaziyatda saqlanadi.
Temirbeton buyum va konstruksiyalarni tashish, omborxonalarga 
joylashtirish va montaj uchun ko‘tarishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga 
qat’iy rioya qilish kerak.
7.6-rasm. Yig‘ma temirbeton konstruksiyalarni omborlarga 
joylashtirish.
110



Download 232.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling