To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»


 Qurilish qorishmalari uchun materiallar. BogMovchi m oddalar


Download 232.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet87/183
Sana31.01.2024
Hajmi232.63 Kb.
#1830696
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   183
Bog'liq
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

8.2. Qurilish qorishmalari uchun materiallar. BogMovchi m oddalar
Qurilish qorishmalari olishda portland sementdan tashqari shlakli port­
land sement, pussolanli portland sement, past markadagi (M200) sement 
va xususiy hollarda kirishmaydigan, kengayuvchi sementlar ishlatiladi.
113


Yuqori markadagi sementlarni qurilish qorishmalari (ayniqsa, past 
markadagi qorishma) olishda ishlatish qorishmaning suv ushlashlik
qatlamlanish kabi xususiyatlarini yomonlashtiradi.
Qorishmaning texnologik xossalarini yaxshilash va bog'Iovchilarni 
tejash maqsadida ikki va uch komponentli qorishmalar keng ko'lam da 
ishlatiladi. Havoyi va gidravlik ohak qurilish qorishmalari olishda ohak 
xamiri yoki ohak suti ko‘rinishida qo‘llaniladi. Qurilish gipsi binolaming 
ichki va tashqi bezagi uchun oddiy va murakkab qorishmalar tayyorlashda 
qo‘shimcha sifatida ishlatiladi.
Mayda to‘ldirgich. 
Og‘ir qurilish qorishmalari uchun kvars va dala 
shpati qumlari ishlatiladi. Yengil qorishmalar uchun keramzit, agloporit, 
perlit, vermikulit va shu kabi qumlari; pemza, tuf, shlaklar qumlari 
ishlatiladi. Qum tarkibidagi eng yirik donalar diametri 2 mm. gacha. 
Uning markasi M100 va undan yuqori bo‘lsa, chang, loy aralashmalari 
10 foizgacha markasi M50 va undan past bo ‘Isa, buyurtmachi bilan 
kelishilgan holda chang, loy aralashmalari 20 foizgacha bo‘ladi. Qum 
tarkibida organik aralashmalar me’yordan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Suv. 
Qurilish qorishmalari tayyorlashda ichimlik suvi yaroqli hisobla- 
nadi. Boshqa suvlar ishlatilsa, tarkibida kislota, ishqor, tuz eritmalari, ugle- 
vodorod birikmalari va bog‘lovchi qotishiga zararli ta’sir ko‘rsatadigan 
aralashmalar boMmasligi kerak.
Piastifikatsiyaiovchi qo‘shimchalar. 
Qorishmaning qulay joylanuv- 
chanligini oshirish maqsadida tarkibiga mineral va polimer plastifikatorlar 
kiritiladi. Sement va ohakli qorishmalar tarkibiga giltuproq kukuni yoki loy 
mineral plastifikatorlar sifatida qo‘shiladi. Ularga trepel, gliyej, diatomit, 
tuffit kabi kukun va ruller kiradi.
Organik sirtaktiv moddalar qurilish qorishmasini plastifikatsiyalash, 
havo pufakchalari kiritish maqsadida qo‘shiladi. Plastifikatorlar sifatida 
lignosulfonat, milonaft, kanifol sovuni kabi moddalar bog'lovchi massasiga 
nisbatan 0,1 - 0,3 foiz qo‘shiladi.
Shu kabi superplastifikatorlar (m assaga nisbatan 1 foizgacha) 
qorishma qulay joylanuvchanligini keskin oshiradi. Hozirgi vaqtda qurilish 
qorishmasi tarkibida gelpolimer moddalar qo‘shiladi. Uning bir gramm 
moli 50 - 1000 g. mol suv molekulalarini vaqtinchalik (6-24 soat) bog‘lash 
xususiyatiga ega bo‘lib, bogMovchi massasiga nisbatan 0,1-0,3 foiz 
qo‘shinladi. Qorishma qishda ishlatilganda tarkibiga qotishini tezlashtirish 
va suvning muzlash haroratini pasaytirish maqsadida kalsiy xlorid, natriy
114


xlorid, potash, natriy nitrat, Na, K, NH4, Ca va Li rodanidli (SCN) tuzlari 
kabi polifunksional qo‘shimchalar kiritilishi maqsadga muvofiq.

Download 232.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling