X BOB. M ETALLA R
10.1. U m um iy m a’lum otlar
Zamonaviy qurilishni metall buyumlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Metallar bino va inshootlaming
konstruktiv qismlarida, poydevor, devor,
tom, karkas va shu kabilami kuchaytirishda, yuk ko‘taradigan konstruksi
yalar va temirbeton, qoplama materiallar tayyorlashda, binolami ichki va
tashqi tomondan bezashda ishlatiladi. Metallar boshqa materiallarga nisba
tan
yuqori mustahkamligi, plastikligi, termik va kimyoviy ishlov berish
imkoniyati bilan ajralib turadi. Metallar boshqa metallar va nometallar
bilan qotishma holda ishlatiladi. Qora va rangli metallarga bo‘linadi. Qora
metallar po‘lat va cho‘yan temir va uglerodning qotishmasidir. Agar temir
tarkibiga uglerod 2 foizgacha bo‘lsa
po‘lat, 2 foizdan ko‘p
kiritilsa,
cho‘yan hosil bo‘ladi.
Rangli metallarga mis, alyuminiy, magniy, titan, nikel, rux, qalay,
qo ‘rg‘oshin va shu kabilar kiradi. Rangli m etallar yer yuzida kam
uchraydi va metall ishlab chiqarishning 5 foizini tashkil etadi.
Qurilishda
rangli metall va qotishmalardan yengil va kimyoviy muhitlarga chidamli
konstruksiyalar, bezak va arxitektura qismlari (asosan, alyuminiy va uning
qotishmalaridan)tayyorlanadi.
10.2. Q ora m etallar
Qora metallar olishda xomashyo sifatida magnetit, gematit, pirokizit,
xromit kabi temir rudasi ishlatiladi. Qora metallar
tarkibida ugleroddan
tashqari oz miqdorda kremniy, marganets, oitingugurt,
fosfor va shu
kabilar bo‘ladi. Ular tarkibiga xrom, nikel, molibden, alyuminiy,
mis kabi
legirlovchi moddalar qo‘shib, xossalari o‘zgartiriladi.
C h o ‘yan.
Cho‘yan tem ir oksidlaridan temirni domna jarayonlari
natijasida qaytarib olinadi. Uning tarkibida 93 foiz temir, uglerod 5 foiz
gacha va oz miqdorda qo'shimchalar bo‘ladi.
C ho‘yan oq, kulrang va maxsus cho‘yan turlariga boMinadi. Oq
cho‘yan qattiq va mo‘rt bo‘Iib, ularni qayta ishlash va quyish qiyin.
Cho‘yan po‘iat va maxsus cho‘yan ishlab chiqarishda ishlatiladi. Kulrang
Do'stlaringiz bilan baham: