To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»
Download 232.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev
C h iziqli p olim erlar
- makromolekulalaming uzun ipsimon kuchsiz bog‘lanishi shaklida boMadi. Polimer tarkibida atomlar polar guruhlarining bo‘lishi zanjirlar orasidagi bog‘lanishni kuchaytiradi. Havoyi polim erlarda - zanjirlar orasidagi mustahkam lik kimyoviy bogManish yaxlit havoyi karkas hosil qiladi. M ukammal b o g ‘lanish yuz berganda polim er qattiq elastik jism holatiga o ‘tadi. Chiziqli polim erlar qizdirilganda yum shaydi va qovushqoq-elastik holatda boMadi. B unda m olekulalararo kuchlar va zanjirlar o ‘rtasidagi harorat ta ’sirida kuchsizlanadi. T erm oplastik polim erlar asosiy xossalarini saqlab qolgan holda qizdirilganda yum shaydi va sovutilganda qattiq (qovushqoq-elastik) holatga o ‘tadi. T erm oreaktiv polim erlar (reaktoplastlar) qotirilgach, qizdirilgand a q ay tad a n plastik holatga o ‘tm aydi. H aro rat oshirilsa, termoreaktiv polim erlar strukturasi buziladi va yonib ketadi. 11.3.2. Polimerizatsion polim erlar Polietilen (- C H -C H -)n etilen polim erizatsiyalash usulida olinadi. Polietilen oq rangli qattiq shoxsimon m ahsulot boMib, oMchami 3 -5 mm. granula k o ‘rinishida yoki kukun holida ishlab chiqariladi. P o lie tile n n in g x o s s a la r i m o le k u ly a r m a s s a s ig a z a n jirn in g tarm oqlan ish iga va k ristallan ish d arajasig a bogMiq. U ning zich lig i 0,9 2 -0 ,9 7 g/sm 3 c h o ‘zilishdagi m ustahkam lik chegarasi 12-32 MPa, 164 suv shim uvchanligi 0 .0 3 -0 ,0 4 foiz. Polietilen turli agressiv m uhitlarga va sovuqqa chidam li. U ning elastiklik m oduli 150-800 M Pa, issiqqa bardoshliligi 108-130CS, issiqdan chiziqli kengayish koeffltsiyenti yuqori, qattiqligi esa kajn* Polietilen qurilish tizimida gidroizolyatsiya o ‘rama va yonma materiali, turli diam etrdagi suvsozlik va oqava suvlam i oqizishga mo‘ljallangan quvurlar va sanitariya-texnika qismlari sifatida ishlatiladi. Polivinilxlorid'^- (PV X ) vinilxloridni polim erizatsiyalab olinadi. M onomer (CH2=CH cfrnorm al sharoitda efir hidli rangsiz gaz. PVX fizik- mexanik xossalari yuqori, suvga va agressiv muhitlarga chidamli. PVX dan bir va ko‘p qatlamli, asosli hamda asossiz (matoli va issiqlik izolyatsiyasi) linoleum lar tayyorlanadi. U asosida gidroizolyatsiya va bezak buyumlar olinadi. PVX kislotalar, ishqorlar, benzin, spirt, m oylarga bardoshli b o ‘lgani uchun turli diam etrdagi suvsozlik, kanalizatsiya va texnologik quvurlar ham da asosida plintus, tutqich, sanitariya-texnika va issiqlik izolyatsiya buyumlari tayyorlanadi. Yuqori harorat ta ’sirida m ustahkam ligining keskin pasayishi, uzoq m uddat kuch t a ’sirida deform atsiyalanishi va x lor birikm alari ajrab chiqishi polivinilxloridn ing kam chiligi hisoblanadi. T arkibidan x lo r birikmalari ajralib chiqishini b artaraf etish m aqsadida polivinilxloridga ulami bog‘laydigan stabilizatorlar q o ‘shiladi. Polistirol - stirol m onom erini (C 5H 5 C H=CH2) polim erizatsiyalab olinadi. U hidsiz, fiziologik ziyonsiz, oddiy haroratdagi qattiq, shaffof m aterial b o ‘ltb, 90 fo iz nurni o ‘tkazadi. P o listiro l g ra n u la (6 -1 0 m m.), m ayda va yirik kukun, biser (0,2 foiz nam likda) holda ishlab chiqariladi. P olistirolning c h o ‘zilishdagi m ustahkam ligi 3 5 -6 0 M Pa, siqilishdagi mustahkamligi 80-110 MPa. U suv muhitiga, konsentrlangan kislotalarga (azot va sirka kislotasidan tashqari), ishqor eritm alariga (40 foiz konsentratsiyagacha) bardoshli, issiqqa bardoshli emas, m o ‘rt va yonuvchan. U asosida qoplam a plitalar, qorishmalar, mastikalar, issiqlik izolyatsiyasi m ateriallari olinadi, beton v a boshqa g ‘ovak buyum larni modifikatsiyalashda (shim dirishda) ishlatiladi. Polim etilm etakrilat - (organik shisha) m etakril kislotasining metil efirini polim erizatsiyalab olinadi. Uning o ‘ta shaffofligi, rangsizligi, ultrabinafsha nurlarni o ‘tkazishi, nurga, atm osfera m uhitiga chidam liligi undan organik shisha buyum lari ishlab chiqarish im koniyatini beradi. Organik shisha ultrabinafsha nurlarni 73,5 foiz o ‘tkazadi, holbuki oddiy silikatli oyna 0,6 foiz, silikatli k o ‘zgu oynasi 3 foiz, kvars shishasi esa 165 100 foiz o ‘tkazadi. Organik shisha kasalxona, vitrina, issiqxona, sanoat binolari tabiiy yoritish moslamalari, bezak to ‘ siqlari oynalam i tayyorlashda ishlatiladi. U oson kesiladi va jilolanadi. Texnik organik shishaning siqilishdagi mustahkamligi 120-140 MPa, zarbiy qovushqoqligi 60-183°S haroratda kamaymaydi. Uning issiqqabardoshliligikam (80°S),yedirilishga bardoshliligi yetarli emas; kislota va ishqor eritm alariga chidamsiz, atseton va shu kabi organik erituvchilarda oson eriydi, yonuvchan mahsulot. Polivinilatsetat (PVA) vinilatsetatni polim erizatsiya usulida sintez qilib olinadi. V inilatsetat sirka kislotasi m urakkab efiri v a vinil spirti asosida tayyorlanadi. PVA smolalari rangsiz, qovushoq, nurga bardoshli, suv bilan istalgan nisbatda aralashadi, y o g ‘och, qog ‘oz, suvoq yuzaga yaxshi yopishadi. Ular asosida em ulsion b o ‘yoqlar, yelimlar, m astikalar olinadi, suvli dispersiyasidan choksiz pollar, polimersement qorishma va betonlar tayyorlanadi. PVA dispersiyasi q o ‘shilgan mineral bog‘lovchilar asosidagi kom pozitsion m ateriallar suv o ‘tkazm asligi yuqori, kimyoviy m uhitlarga chidamli bo‘ladi. Poliizobutilen - [-CH2-C (CH 3)2 - ]n izobutilenni polimerizatsiyalab olinadi. Izobutilen neft m ahsulotlarini organik sintez qilib tayyorlanadi. U kauchuksim on elastik, polietilen kabi yengil nisbiy uzayishi 1000-2000 foiz. U suvga, kislota va ishqorlar muhitiga bardoshli, sovuqqa yuqori chidamli. Poliizobutilen tarkibiga qurum , grafit, talk va shu kabi kukunlar kiritilib, germ eliklar tayyorlanadi. Undan yelim li tasmalar, linoleumni yopishtirish uchun yelimlar, gidroizolyatsiya materiallari olinadi. In d en -k u m aro n li polim er - kum aron, inden, stirol va ularning gom ologlari kabi arom atik birikm alam i polim erizatsiyalab olinadi. U asosida loklar, pol uchun plitkalar tayyorlanadi. 11.3.3. Polikondensatsion polim erlar Fenol-aldegidli p o lim erlar - fenollar (fenol, rezortsin, krezol va b.) va aldegidlam i (formaldegid, furfural, lignin va b.) polikondensatsiya reaksiyalari natijasida olinadi. Fenol-form aldegid polim erlari y o g ‘och, m ato, qog‘oz, shisha va mineral tolalar bilan yaxshi yopishgani uchun ular kukuni va toMdirgichlari asosida kompozitsion pressmateriallar va issiqlik izolyatsiyasi buyum lari tayyorlanadi. U lar y o g ‘och-payrahali plitalar, qog‘oz qatlamli plastiklar, shishaplastiklar, mineral paxta plitalari, suvga chidam li fanera va opalubkalar, yelimlar, bakelit loklari hamda polimer mastika, qorishma va betonlar tayyorlashda bogMovchi sifatida ishlatiladi. 166 Q attiq rezolli polimerlar asosida press-kukunlar va faolit, ular zaminida esa quvurlar, listlar, plitkalar, elektrotexnika buyumlari olinadi. K a rb a m id li p o lim e rla r karbam id va form aldegidn ing organik sintez usulida olinadi. Karbamidli polim erlar oqish-rangsiz, qovushqoq- oquvchan suyuqlik^pigmentlar qo‘shib, istalgan rangga kiritiladi. U suvda istalgan nisbatda m i t r a l kukun, mayda va yirik toMdirgichlar bilan yaxshi aralashadi. Organik toMdirgichlar (qipiq, payraha, q o g ‘oz maydasi va shu kabilar) va yog ‘ochga katta kuch bilan yopishadi; nisbatan arzon va xomashyo zaxiralari yetadi. U kuchsiz kislotalar, tuz eritm alari ta ’sirid a qotadi. M o 'rtlig in i kam aytirish uchun tarkibiga plastifikatorlar q o ‘shiladi. K arbam id polimeri asosida y o g ‘och va q o g ‘oz yelim lari, m astika, pasta, qorishm a va betonlar tayyorlanadi. Y og‘och tolali va y o g ‘och payrahali plitalar, yelimlangan konstruksiyalar olishda bogMovchi sifatida ishlatiladi. Karbamid smolasi tarkibiga gaz hosil qiluvchi kom ponentlar kiritilib, yacheykali plastiklar, ko‘pqatlamli va tolali plastiklar tayyorlanadi. Epoksidli polim erlar - epixlorgidrin asosida organik sintez natijasida olinadi. O datda, epoksid polim eri jig arran g li qovushqoq suyuqlik, u asosidagi kompozitsion m ateriallar agressiv m uhitlarga chidamli, yuqori mustahkam, isiqqa bardoshliligi 100-150°S. Ular asosida pasta, mastika, qorishm a va betonlar tayyorlanadi, y elim lari bilan m etall, keram ika, yog‘och, shisha, beton va shu kabilar yelimlanadi. F uranli polim erlar - (furfurol-atsetonli m onomer) furfural va atseton polikondensatsion sintez qilib olinadi. M onom er to ‘q jigarrangli, o ‘tkir hidli suyuqlik, 15-25 foiz benzolsulfokislota va shu kabilar kuchli kislotalar q o ‘shilg an d a qotadi. F uran polim eridan tayyo rlan g an kom pozitsion m ateriallar (m astika, qorishm a, beton va shu kabilar) konsentrlangan kislotalarga chidamli, ular kimyo sanoatida, m ineral o ‘gMtlar saqlashda, maxsus inshootlar qurilishida ishlatiladi. Poliefirli polim erlar - k o ‘p asosli kislotalarni spirtlar bilan birga polikon-densatsiyalab olinadi. Xomashyo zaxiralarining k o ‘pligi, nisbatan arzonligi, poliefir polim erlari asosidagi kom pozitsion m atenallam ing sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi ulardan shishaplastiklar, nur o ‘tkazuvchan va rangli bezak qoplamalari, sanitariya-texnika buyumlari (unitaz, vanna va shu kabi), fasad uchun lok va b o 'y o q lar tayyorlash im konini beradi. Poliefir qorishm a va betonlari asosida su n ’iy granit, m arm ar va boshqa bezak toshlar olinadi. Polim erlar nordonlashtiruvchi konsentrlangan kislotalarga, xlor suvli va boshqa agressiv qorishmalarga chidamli. Download 232.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling