qismlari profillangan turli olchamlardagi taxtachalardir. Parket, odatda,
qattiq jinsli yog‘ochlar (eman, buk, yasen, oqqayin va shu kabi) dan
tayyorlanadi. Taxtachalar uzunligi 150, 200, 250, 300, 400 mm., eni 30
dan 60 mm. gacha 5 mm. qadam bilan, qalinligi 15 va 18 mm. boMadi.
13.9-rasm. Yog‘och materiallar.
a) plastinalar; b) choraktalik; d) pushtaxta; e) yon cheti arralanmagan
taxta; f i bir yon cheti arralangan taxla: g) ikki yon cheti arralangan
taxta; h) to ‘rt burchagi olinmagan brus; i) brus.
Y ig‘ma parket
- 400*400 va 600*600 mm. taxtachalar qog‘ozga
yelimlanadi va u yotqizilgach, qog‘oz ko‘chirib olinadi.
Shchitli parket
- yog‘och va bruschali asosga
parket taxtachalarini
yelimlab olinadi. Parket taxtasi reykalar ustiga suvga chidamli yelimlar
bilan yelimlab olinadi. Uning uzunligi 1200, 1800, 2400, 3000, eni 160,
qalinligi 25 mm. Parket taxtachalarining namligi 8±2% boMishi kerak.
F aner
- uch va undan ortiq shponlami (yog‘och tasmalar)
ustma-
ust yelimlab olinadi. Shponlarni ustma-ust yelimlaganda bir qatlamdagi
shponlarning tolalari keyingi qatlam shponlarining
tolalariga nisbatan
perpendikulyar holatda joylashishi kerak. Odatda, ko‘zli shponlar o ‘rta
qismlarga joy lashtiriladi.
S h p o n - 2
m. uzunlikkacha boMgan to‘sinlamibugMab yoki issiq suvda
yumshatib, stanok yordamida yupqa uzluksiz qirindi sifatida olinadi. Faner
qayin, buk, yasen, eman, qarag‘ay, arena, pista qarag‘ay, tilog‘ochdan
tayyorlanadi. Shponlar zarur sxemada yelimlanib, taxlanib, I20-160°S,
1,4-2,0 MPa bosimda 20-30 minut presslanadi. Shponlar soniga qarab uch,
besh va ko‘p
qatlamli fanerlardan, 1,5-18 mm. qalinlikda va 2400*1525
mm. gacha oMchamlarda tayorlanadi. Bezak faneri bir tomoni eman,
yasen, nok kabi teksturasi chiroyli yog‘ochlar shponi yoki sun’iy
polimer
plyonkalami yopishtirib olinadi.
216