To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»


Download 232.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet63/183
Sana31.01.2024
Hajmi232.63 Kb.
#1830696
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   183
Bog'liq
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

6.4.4. Betonning gidrofizik xossalari
Suv shimuvctfapligi. 
Beton qorishmasi tayyorlanayotganda aralash- 
tirilgan suvning bir qism i bug'lanishi, havo pufakchalarining to ‘la 
chiqib ketmasligi natijasida betonda g ‘ovaklar hosil bo‘ladi. Betonning 
suv shimuvchanligi g‘ovakligiga bog‘liq bo‘lib, og‘ir betonlarda massa 
bo‘yicha 2-3 foiz. Beton suv shimganda dastlabki davrda yumshaydi va 
mustahkamligi kamayadi. Bunday holat g ‘ovak to‘ldirgichlar asosidagi 
yengil betonlar va yacheykali betonlarda ko‘proq kuzatiladi. Betonning suv 
o ‘tkazmaslik, sovuqqa chidamlilik va agressiv muhitlarga bardoshliligini 
belgilaydi.
Suv o ‘tkazmaslik. 
Betonning suv o ‘tkazmasligi suv sizib o ‘tmagan 
holatdagi eng kichik bosim (kgs/sm2) bilan xarakterlanadi. Suv o‘tkazmas- 
lik balandligi va diametri 15 sm. bo‘lgan beton namunalar standart usulda 
sinab aniqlanadi va quyidagicha markalanadi: W2, W4, W6, W8 va W12. 
Betonning suv o ‘tkazmasligi g ‘ovakligiga va g‘ovaklikning xarakteriga, 
y a’ni ochiq yoki yopiqligiga bog‘liq bo‘ladi. Betonda makrog‘ovaklar 
kam, mikrog‘ovaklar ko‘p bo‘lsa, suv o ‘tkazmaslik yuqori bo‘ladi.
Betonning suv o ‘tkazmasligini oshirish uchun texnologik usuldazichli- 
gini oshirish, gidrofob va difil qo‘shimchalar, zichlashtiruvchi qo‘shimcha- 
lar kiritiladi. Bog‘lovchi sifatida portlandsement o ‘miga kirishmaydigan 
yoki kengayuvchan sementlarni ishlatish betonning suv o ‘tkazmasligini 
oshiradi. Betonga suv o ‘tkazmaslik bo‘yicha talablar suv muhiti flltrlanishi 
mumkin bo‘lgan joylarda, ya’ni gidrotexnik va meliorativ inshootlarda
rezervuarlarda qo‘yiladi.
Sovuqqa chidam lilik. 
Betonga suv kirib muzlashi natijasida ichki 
zo‘riqish hosil bo‘ladi va beton asosida tayyorlangan konstruksiyalami 
buzadi. Sovuqqa chidamlilik betonning g ‘ovakligiga va g ‘ovaklikning 
xarakteriga bog‘ liq, chunki mikrog‘ovaklarda suvning muzlash harorati juda 
past bo‘ladi. Shu sababli tarkibi to‘g ‘ri tanlangan, yaxshi zichlashtirilgan, 
mustahkam betonlaming sovuqqa chidamliligi yuqori bo‘ladi.
Betonning sovuqqa chidam liligi tomonlari 10, 15, 20 sm. kub 
shaklidagi namunalarni standart usulda sinab aniqlanadi. Sovuqqa 
chidamlilik bo'yicha og‘ir beton quyidagi markalarga bo'linadi: F 50, F 
75, F 100, F 150, F 200, F 300, F 400, F 500.
85


Betonning sovuqqa chidamliligini oshirish uchun tarkibiga gidrofob, 
difil qo'shimchalar, zichlashtiruvchi mineral kukunlar kiritish, konstruksiya 
yuzasini yupqa o ‘rama yoki sepiladigan izolyatsiya materiallari bilan 
himoyalash, yuza qismlari maxsus polimerlar bilan shimdiriladi.

Download 232.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling