To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»
Download 232.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beton sinfi
6.4.2. Beton markalari va klasslari
Beton va temirbeton konstruksiyalami loyihalashda betonga mustah- kamlik, sovuqqa chidamlilik va suv o ‘tkazmaslik ko‘rsatkichlari bo'yicha klasslar (markalar) belgilanadi. Betonning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi bo‘yicha loyiha markasi kub shaklidagi etalon namunalarining o ‘qi bo‘yicha siqilishdagi qarshiligiga (kgs/sm2) nisbatan belgilanadi. Betonning cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi bo‘yicha loyiha markasi prizma shaklidagi maxsus namunalarni o ‘qi bo‘yicha cho‘zilishdagi qarshiligiga (kgs/sm 2) nisbatan belgilanadi. Ushbu marka betonning cho‘zilishdagi qarshiligi asosiy ahamiyatga ega bo‘lganda belgilanadi. Betonning sovuqqa chidamlilik bo‘yicha loyiha markasi namunalarni sovuqqa chidamlilik sinovlari natijalari bo‘yicha belgilanadi, betonga ko‘p marta muzlash va erish ta ’sir etishi mumkin bo‘lgan hollarda belgilanadi. Betonning suv o ‘tkazmaslik bo‘yicha loyiha markasi namunalarni bir tomonlama gidrostatik bosimda (kgs/sm2) suv o ‘tkazm aslik standart sinovlar natijalari bilan belgilanadi va beton markalari betonga zichlik hamda suv o ‘tkazmaslik bo‘yicha maxsus talablar qo‘yilganda belgilanadi. Betonning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 28 sutkada, texnik shartlarda ko‘rsatiIgan muddatlarda aniqlanadi. Namunalar 24 soat usti namlangan mato bilan yopilgan qoliplarda, keyin (qolipdan yechilgan) maxsus kamerada nisbiy namlik 95-100 foiz va harorat 20±2°S normal sharoitda 28 sutka saqlanadi. Sinaladigan namunalar o ‘lchamlari yirik to‘ldirgichning fraksiyasiga bogMiq bo‘ladi. 82 Betonning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 20x20y20, 15><15x 15 va 10x10x10 sm. standart namunalarni sinab topiladi. Mustahkamlik ko‘rsat-kichlarini 15x 15x 15sm. asosiy namunaga keltirish uchun tomonlar o‘lchami 10 va 20 sm. namunalar sinalganda mutanosib ravishda 0,95 va 1,05 koeffitsiy^ntlarga ko‘paytiriladi. Betonning loyihadagi kafolatlangan markasini uning mustahkamligini me’yorlash ko‘rsatkichi vositasida belgilash mumkin. Beton klassi aynan shunday ko‘rsatkich vazifasini o‘taydi. Beton sinfi 0,95 kqeffitsiyent bilan kafolatlangan betonning biror- bir xossasini belgilaydigan k o ‘rsatkichdir. Betonning muayyan xossasi klass bo‘yicha 100 dan 95 holatda kafolatlanishini va faqat 5 holatdagina chekinish bo‘lishi mumkinligini bildiradi. Betonlar quyidagi klasslarga bo‘linadi: Bl; Bl,5; B2; B2,5; B3,5; B5; B7,5; B10; В 12,5; В 15; B20; B25; B30; B40; B45; B50; B55; B60. Betonning klasslari va mustahkamlik bo‘yicha markalari nisbati, normativ variatsiya koeffitsiyenti B=13,5 bo‘lsa, R = B/0.778 bo‘ladi, masalan, B10 klassdagi betonning siqilishidagi mustahkamligi R(i =12,85 MPa. Beton mustahkamligining variatsiya koeffitsiyenti alohida namunalar mustahkamliklarini o‘rtacha mustahkamlikka, o‘rtacha kvadrat chekinish- larini o‘rtacha mustahkamlikka bo‘lgan nisbati bilan oMchanadigan kattalik bo‘lib, oddiy betonlar uchun В = 3,5 foiz deb qabul qilinishi mumkin. Umuman, variatsiya koeffitsiyenti 20 foizdan oshmasligi shart. 15x> Download 232.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling