To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»


Download 232.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet61/183
Sana31.01.2024
Hajmi232.63 Kb.
#1830696
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   183
Bog'liq
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

6.4.2. Beton markalari va klasslari
Beton va temirbeton konstruksiyalami loyihalashda betonga mustah- 
kamlik, sovuqqa chidamlilik va suv o ‘tkazmaslik ko‘rsatkichlari bo'yicha 
klasslar (markalar) belgilanadi. Betonning siqilishdagi mustahkamlik 
chegarasi bo‘yicha loyiha markasi kub shaklidagi etalon namunalarining 
o ‘qi bo‘yicha siqilishdagi qarshiligiga (kgs/sm2) nisbatan belgilanadi. 
Betonning cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi bo‘yicha loyiha markasi 
prizma shaklidagi maxsus namunalarni o ‘qi bo‘yicha cho‘zilishdagi 
qarshiligiga (kgs/sm 2) nisbatan belgilanadi. Ushbu marka betonning 
cho‘zilishdagi qarshiligi asosiy ahamiyatga ega bo‘lganda belgilanadi.
Betonning sovuqqa chidamlilik bo‘yicha loyiha markasi namunalarni 
sovuqqa chidamlilik sinovlari natijalari bo‘yicha belgilanadi, betonga ko‘p 
marta muzlash va erish ta ’sir etishi mumkin bo‘lgan hollarda belgilanadi. 
Betonning suv o ‘tkazmaslik bo‘yicha loyiha markasi namunalarni bir 
tomonlama gidrostatik bosimda (kgs/sm2) suv o ‘tkazm aslik standart 
sinovlar natijalari bilan belgilanadi va beton markalari betonga zichlik 
hamda suv o ‘tkazmaslik bo‘yicha maxsus talablar qo‘yilganda belgilanadi.
Betonning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 28 sutkada, texnik 
shartlarda ko‘rsatiIgan muddatlarda aniqlanadi.
Namunalar 24 soat usti namlangan mato bilan yopilgan qoliplarda
keyin (qolipdan yechilgan) maxsus kamerada nisbiy namlik 95-100 foiz 
va harorat 20±2°S normal sharoitda 28 sutka saqlanadi. Sinaladigan 
namunalar o ‘lchamlari yirik to‘ldirgichning fraksiyasiga bogMiq bo‘ladi.
82


Betonning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 20x20y20, 15><15x 15 
va 10x10x10 sm. standart namunalarni sinab topiladi. Mustahkamlik 
ko‘rsat-kichlarini 15x 15x 15sm. asosiy namunaga keltirish uchun tomonlar 
o‘lchami 10 va 20 sm. namunalar sinalganda mutanosib ravishda 0,95 va 
1,05 koeffitsiy^ntlarga ko‘paytiriladi.
Betonning loyihadagi kafolatlangan markasini uning mustahkamligini 
me’yorlash ko‘rsatkichi vositasida belgilash mumkin. Beton klassi aynan 
shunday ko‘rsatkich vazifasini o‘taydi.
Beton sinfi 
0,95 kqeffitsiyent bilan kafolatlangan betonning biror- 
bir xossasini belgilaydigan k o ‘rsatkichdir. Betonning muayyan xossasi 
klass bo‘yicha 100 dan 95 holatda kafolatlanishini va faqat 5 holatdagina 
chekinish bo‘lishi mumkinligini bildiradi. Betonlar quyidagi klasslarga 
bo‘linadi: Bl; Bl,5; B2; B2,5; B3,5; B5; B7,5; B10; В 12,5; В 15; B20; B25; 
B30; B40; B45; B50; B55; B60.
Betonning klasslari va mustahkamlik bo‘yicha markalari nisbati
normativ variatsiya koeffitsiyenti B=13,5 bo‘lsa, R = B/0.778 bo‘ladi, 
masalan, B10 klassdagi betonning siqilishidagi mustahkamligi R(i =12,85 
MPa.
Beton mustahkamligining variatsiya koeffitsiyenti alohida namunalar 
mustahkamliklarini o‘rtacha mustahkamlikka, o‘rtacha kvadrat chekinish- 
larini o‘rtacha mustahkamlikka bo‘lgan nisbati bilan oMchanadigan kattalik 
bo‘lib, oddiy betonlar uchun В = 3,5 foiz deb qabul qilinishi mumkin. 
Umuman, variatsiya koeffitsiyenti 20 foizdan oshmasligi shart.

Download 232.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling