6.2-rasm. Portland sement, o ‘rtacha yiriklikdagi qum va shag‘al
asosidagi og‘ir beton uchun suv sarfi:
a) harakatchan qorishmalar; b) bikr qorishmalar; shag'al
fraksiyalarining engyirigi: 1—70 mm; 2 -4 0 mm; 3-2 0 mm; 4 -1 0 mm.
Zich va mustahkam beton tayyorlashda
sement xamirining miqdori
katta ahamiyatga ega. Sement xamirining optimal miqdori mayda va yirik
loMdirgichlaming miqdoriga va fraksiyalariga bogliq. Beton qorishmasi
tarkibida qumning ko‘payishi sement xamirining sarfini oshiradi. Shuning
uchun mayda va yirik to ‘ldirgichlar nisbatini
shunday tanlash zarurki,
bunda donalar orasidagi bo‘shliq minimal bo‘lsin. Sement xamiri miqdorini
asossiz kamaytirish betonning zichligi va mustahkamligini pasaytiradi.
Sem ent, suv, m ayda to ‘ldirgichlardan iborat qorishm a yirik
to‘ldirgichlaming oraliq bo‘shlig‘ini to‘ldiradi. Bu jarayon ideal bo‘lmay,
yirik toMdirgich donalarining bir-biridan qochishiga olib keladi. Odatda,
donalaming bir-biridan qochishi a - koeffitsiyenti bilan belgilangan bo‘lib,
doimo 1 dan katta boMadi. Bikr beton qorishmalarida yirik toMdirgich
donalari harakatchan qorishmalarga nisbatan
kamroq bir-biridan qochadi
va a - koeffitsiyenti mutanosib ravishda bikr betonlarda minimumga
intiladi (6.3-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: