To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»


Download 232.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet67/183
Sana31.01.2024
Hajmi232.63 Kb.
#1830696
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   183
Bog'liq
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

6.5.5. O g‘ir betonning ishlatilishi
O g‘ir beton, asosan, temirbeton va armaturasi avvaldan taranglangan 
temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi. Siqilishdagi mustah- 
kamligiga nisbatan og‘ir beton quyidagi loyiha markalarga bo‘linadi: 
M50, M75, M100. M l50, M200, M250, M300, M350, M400, M450, 
M500, M600, M700 va M800. Yuqori markadagi betonlar (M 500- 
M800) armaturasi avvaldan taranglangan konstruksiyalami tayyorlashda 
ishlatiladi. Armaturasi avvaldan taranglangan temirbetonning kirishishi va 
yuk ta’sirida vaqt bo‘yicha deformatsiyalanishi kam bo‘ladi.
0 ‘ta yuqori markadagi betonlar M 600-M 1000 yuqori markali Portland 
sement, yuqori sifatli to‘ldirgichlar asosida tayyorlanadi, S/Sm=0,27-0,45 
bo‘ladi. Ular majburiy aralashtiradigan beton qorgichlarda tayyorlanadi
aralash usullarda (yuk ostida titratish, titratish-presslash va shu kabi) 
zichlashtiriladi. Yuqori markadagi betonlami ishlatish konstruksiyaning 
o ‘lchamlarini kamaytiradi, armaturani 10-12 foiz tejaydi, boshlang‘ich 
sutka normal sharoitda mustahkamligi tez o ‘sgani uchun termoishlovga 
zarurat bo‘lmaydi.
O g‘ir betonning cho‘zilishdagi mustahkamligi quyidagicha (kgs/ 
sm2): 10, 15, 20, 25, 30, 35, 40. Bu omil yo‘l va aerodrom qoplamalari
gidrotexnik beton va boshqa maxsus beton turlarini olishda muhimdir. 
Og‘ir beton yedirilishga, radioaktiv nurlarga, biologik muhitlarga, sovuqqa 
va issiq harorat ta’siriga bardoshli.
6.6. Yengil betonlar
6.6.1. G ‘ovakli to‘ldirgichlar asosidagi betonlar
Yengil beton komponentlari. 
Yengil betonlar tayyorlashda bog‘lovchi 
sifatida oddiy va tez qotuvchan shlakli hamda boshqa turdagi sementlar 
ishlatiladi. To‘ldirgich sifatida tabiiy va sun’iy g ‘ovak toshlar issiqlik 
izolatsiyalovchi betonlar olishda organik to‘ldirgichlar ham ishlatiladi. 
Organik to ‘ldirgichlar yog‘och, g ‘o ‘za, kanop poyasi kabi o ‘simliklar 
chiqindilari va penopolistirol, penopoliuretan kabi polimer moddalar 
asosida tayyorlanadi.
90



Download 232.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling