To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»


Download 232.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet65/183
Sana31.01.2024
Hajmi232.63 Kb.
#1830696
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   183
Bog'liq
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

6.5.2. Beton qorishmasini tashish
Zavodlarda beton qorishmasi estakadalar, tasmali transportyorlar, 
beton nasoslar, vagonetkalar, badyalar vositasida qoliplash sexlariga 
yuboriladi. Qorishma qurilish maydonlariga avtobetonovoz va avto beton 
qorgichda quruq holatda tashiladi. Beton qorishmasi tashilayotganda 
suvsizlanish va qatlamlanishining oldi olinishi kerak, aks holda betonning 
qulay joylanuv-chanligi salbiy tomonga o ‘zgaradi. Beton qorishmasi 
uzoq masofaga tashilganda, u quruq holatda bo‘lishi va bevosita qurilish 
maydonida qorilishi maqsadga muvofiqdir.
6.5.3. Beton qorishm asini qoliplash va zichlashtirish
Beton qorishm asi beton quygich vositasida avvaldan tayyorlab 
qo‘yilgan, metall yoki shishaplastdan egilmaydigan darajada mustahkam 
ishlangan qoliplarga quyiladi. Beton qorishmasini qoliplash jarayoni o ‘ta 
mas’uliyatli bo‘lib, qolipning hamma burchaklari, toraygan va burilgan 
joylari betonga to iish i shart. Beton qorishmasining harakatchanligi yoki 
bikrligi qoliplanadigan beton va temirbeton konstruksiyalaming turiga 
bog‘liq. Qolip shaklining murakkabligini hisobga olgan holda beton 
qorishmasining quyuqlik darajasi va zichlashtirish usuli tanlanishi kerak.
Beton qorishmasi quyidagi usullarda ziclilashtiriladi: shibbalash, titra- 
tish, vakuumlash, prokatlash, shtampovkalash, sentrifugalash, presslash va 
boshqalar. Bundan tashqari, titratish-prokatlash, titratish-presslash va shu 
kabi aralash usullar ham ishlatiladi.
Beton qorishmasini zichlashtirish usullaridan eng keng tarqalgani titra- 
tish usulidir. Beton qorishmasi titratilganda qovushqoqligi kamayadi, hara­
katchanligi ortadi, natijada beton massasi qolip ichida bir tekisda tarqaladi 
va qolip burchaklari, armatura sterjenlari oralarini to‘ldiradi. Titratish 
davrida yirik to‘ldirgichli donalari qulay joylashadi, oraliq bo‘shlig‘ini
88


sement qorishma yaxshi to‘ldiradi. Suv-havo aralashmasi tashqariga sizib 
chiqadi, natijada beton qorishmasi zichlashadi.
Beton qorishmasini zichlashtirish uchun turli titratkichlar ishlatiladi. 
Ularning ishchi orgaaj elektromexanik, elektromagnit va pnevmatik dviga- 
tellar yordamida haraj^tga keltiriladi. Elektromexanik titratkichlar amali- 
yotda keng qo‘llaniladi.
Titratkichlar konstruktiv jihatdan yuzaki va chuqurlik titratkichlariga 
bo‘linadi. Titratkichlaming turi qoliplanayotgan temirbeton konstruksiya- 
ning shakli, turi, o‘lchamlariga qarab tanlanadi.

Download 232.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling