ab XY o'qiga qadar davom ettiriladi. Bu kesishish nuqtasidan a1b1 bilan uchrashgunga qadar davom ettiriladi va uchrashish nuqtasi Th ni beradi.
b1a1 XY o'qiga qadar davom ettiriladi. Bu kesishish nuqtasidan ba bilan uchrashgunga qadar davom ettiriladi va uchrashish nuqtasi Tv ni beradi.
Birinchi chorak proyeksiyasi
13.5-chizma.
AB to’g’ri chiziqning gorizontal va frontal proeksiyasini chizish uchun, uning haqiqiy uzunligi va uchlaridan proyeksiya tekisliklarigacha bo'lgan av ah va bv bh masofalar berilgan. (13.6-chizma)
Birinchi chorak proyeksiyasi
13.6-chizma.
1. a va a1 nuqtalarni XY o'qidan av va ah masofada joylashtiriladi. Ular XY ga perpendikulyar o'lchanadi
2. XY dan bv masofada XY ga paralell chiziq chiziladi
3. Markazi a bo'lga radiusi AB ga teng, XY a paralell chiziqni C nuqtada kesadigan yoy chiziladi.
4. C nuqtadan XY ga peripendikulyar chizilgan chiziqqacha a1 dan XY ga paralell chiziq chiziladi.
5. XY ga bv masofadan paralell chiziq chiziladi.
6. a1 nuqtadan a1D radiusli XY ga paralell bo'lgan, b1 chiziqni kesib o'tadigan yoy chiziladi.
7. b1 nuqtadan XY ga perpendikulyar, XYga paralell bo’lgan C dan b ga o'tadigan chiziqgacha to’g’ri chiziq chiziladi.
ab to’g’ri chiziqning frontal proeksiyasi
a1b1 to’g’ri chiziqning gorizontal proyeksiyasi.
AB to’g’ri chiziqning gorizontal proyeksiyasini hosil qilish uchun, uning bir uchining XY o'qigacha bo'lgan masofasi (ah), to’g’ri chiziqning uzunligi va old tomondan ko'rinishi berilgan. (13.7-chizma)
Uchinchi chorak proyeksiyasi
13.7-chizma.
1. b nuqtadan XY ga paralell to'g'ri chiziq o'tkaziladi.
2. markazi a nuqtada bo'lgan, radiusi AB to’g’ri chiziqning uzunligiga teng bo'lgan, C nuqtada paralel chiziq bilan kesishadigan yoy chiziladi.
3. a1 nuqtadan XY ga parallel bo'lgan to’g’ri chiziq C nuqtadan XY ga perpendikulyar bo'lgan chiziq bilan D nuqtada kesishuvchi chiziq chiziladi.
4. Markazi a1 va radiusi a1D ga teng yoy XY ga perpendikulyar bo'lgan bb1 to’g’ri chiziqgacha chiziladi.
a1b1 to’g’ri chiziqning gorizontal proyeksiyasi.
Bir uchidan frontal proeksiyadagi XY o'qigacha masofasi, haqiqiy uzunligi va gorizontal proyeksiyasi berilgan to’g’ri chiziqning frontal proeksiyasini topish. (13.8-chizma)
Uchinchi chorak proyeksiyasi
13.8-chizma.
Bu misol yuqoridagi misolga o'xshaydi va unda qo'llangan usul orqali bajariladi.
Gorizontal proyeksiyasi va HP bilan hosil qilgan burchagi berilgan AB to’g’ri chiziqning frontal proeksiyasini topish. (13.9-chizma)
Birinchi chorak proyeksiyasi
13.9-chizma.
1. Gorizontal proyeksiyasi chizilsin va bir uchidan perpendikulyar o’tkazilsin.
2. Gorizontal proyeksiyaning boshqa uchidan berilgan burchak orqali perpendikulyar bilan C nuqtada kesishadigan to’g’ri chiziq chiziladi.
3. b1 nuqtadan XY da b nuqtada uchrashuvchi perpendikulyar chiziq chiziladi.
4. a1 nuqtadan XY ga perpendikulyar chiziladi va XY ni a1c teng o'lchamda a deb belgilanadi.
ab talab etilgan frontal proeksiyadir. Shunga o'xshash yechim ham ko'rsatilgan edi. 1
Do'stlaringiz bilan baham: |