Tohir Malik. Savohil (II- qism) Ikkinchi qism Diydor Yoʻli Ikkinchi bob Umid yulduzi 1
Uchinchi qism - Kuzdagi bahor nafasi
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Uchinchi qism - Kuzdagi bahor nafasi Birinchi bob - hirot 1 Mirkomil hojining bir odati bor: agar boshlagan ishi haddan tashqari silliq ketsa, xavotirga tushadi. U: «Siyosat bobidagi ishmi yo tijorat yumushlarimi to oxiriga qadar silliq bitmaydi. Qaerdadir qoqiladi», deb qattiq ishonadi. U, mardlik bilan ish yurituvchi boy, bir narsadan — koʻz tegishdan hayiqardi. Buxoroga oppa-oson kelishi, Tal’at maqsumning odamlari bilan tuzoqqa ilinishi, nihoyat, Said Olimxon huzuriga kirib, amir bilan tez til topishishi uni sergaklantirdi. Mirkomilboy Buxorodan Afgʻonistonning Mazori Sharifiga qadar boʻlgan yoʻlni bosib oʻtguncha turli xayollar girdobida azob chekdi. Ba’zan qum barxanlari ajdahoning panjasiday boʻlib koʻrinadi. Ajdahoning oʻziga, olov purkovchi ogʻziga qachon roʻpara kelar ekanman, deb koʻngli gʻash boʻladi. Mazori Sharifga omon-eson kirib kelganida sal hayron ham boʻldi. Na gʻanim, na qanotidagi Muhiddin boshliq chapanilardan zahmat koʻrdi. Kutilgan yerlarda ajdaho uchramadi. Nahot u afgʻon yerida poylab yotgan boʻlsa?! Xauston afgʻon yerlarida ziyon-zahmat yetmasligiga kafolat berib edi... Tohir Malik. Savohil (II- qism) 23 Mirkomilboy — uzoq vaqt koʻrmagani, hamshahri Xasanxon hazrat bilan quchoqlashib koʻrishayotganda ham koʻnglining bir uchi xijil edi. Toshkentday shaharda e’tibori katta boʻlgan, Qoʻqon muxtoriyatiga oham soʻzini oʻtkaza oladigan Xasanxon hazrat — jussasi kichkina, serjahl qariya Mirkomilboyni chindan sogʻinganmidi yo koʻngil uchun shunday qildimi, har holda hamshahrini bagʻridan darrov boʻshatmadi. Qoʻqondan Toshkentga qaytmay, Afgʻonistonni moʻljal qilib joʻnavorgan Xasanxon hazratning e’tibori bu yerda ham yomon emasdi. Mazori Sharif noibiki, uning hurmatini oʻrinlatyaptimi, demak, hazrat bu yerlarda bekor yurmagan. Mazori Sharif noibining saroyiga oʻsha kuni toshkentlik aziz mehmon bilan birga xunuk darak ham yetib keldi. Bu xabarni keltirgan chopar baraka topmadi. Xuddi bolsheviklarning elchilarini uning yolgʻiz oʻzi atayin qoʻldan chiqarganday noibdan tepki yedi. Rus elchilarning Karki yoʻlida qurolli pistirmaga uchrab, izlariga qaytib ketishlari Xauston uchun ham, noib, Xasanxon hazrat uchun ham noxush bir hol edi. Ular daryo oʻzani toraygan bu yerda elchilarning mahv etilajagiga toʻla ishonar edilar. Elchilarning Chorjoʻyga qaytishi, ayniqsa Xaustonni garang qildi. Endi yangi reja tuzish kerak, tuzish ham bir gap boʻlar, uni amalga oshirish-chi? Xaustonning joniga noib ora kirdi. — Oʻrusiya saforati ahlini Hirotda kutib olmak lozim, — dedi u. Xauston: «Xoʻsh, undan keyin-chi?» — degan ma’noda qarab, soʻzining davomini kutdi. Noib, fikrini toʻla bayon etishga shoshilmadi, Xaustonning toqati toq boʻlayozganda yana tilga kirdi: — Ular Mazori Sharif sari yurishlari mumkin. Ular shu yoʻlda azroil changaliga tushadilar. Xaustonning xayoliga ham shu fikr kelgan edi-yu, ammo ikkilanayotgandi. Kobulga yana ikki yoʻl boʻlsa-da, Mazori Sharif orqali boriladigani ular uchun bexavotirroq edi. Karki yoʻlida bir oʻlimdan qolgan elchilar endi ehtiyotkor boʻladilar va eng xavotirsiz yoʻlni tanlaydilar. Noib Xaustonning fikrini tasdiqladi. Shu bilan birga yaxshi taklif ham aytdi:
— Hirotga ishongan odamlar yuborilmogʻi lozim. Saforat ahli orasidagi odamingiz biz yuborgan yigitlar bilan muloqotda boʻlsa bas. Xauston noib xizmatiga suyansa-da, unga toʻla ishona olmas edi. U hammadan xavotirlanardi va bu odati koʻp holda uni qiyin ahvoldan olib chiqardi. Shu bois noib ajratgan odamlar orasiga Muhiddin bilan uning besh yigitini ham qoʻshdi. Bu bilan noibning odamlariga oʻziga xos qoʻriqchi yasadi. Xasanxon hazrat Kobulga oshiqardi. Shu sababli bu oʻyinga qiziqish bildirmadi. Noibning odamlari bilan Muhiddin va uning chapanilari saharda joʻnadilar. Xauston Muhiddinga anchagina gap tayinladi. Mirkomilboy ularni beriroqda kuzatib, ichidan qirindi oʻtardi. Bosh silkib-silkib qoʻyayotgan Muhiddinga tikilib, aytilayotgan gap mazmunini uqmoqchi boʻlardi.
Sarhad. Xaritada yurtlarni yurtlardan, xalqlarni xalqlardan, taqdirlarni taqdirlardan ayirib turuvchi ingichka, ilonizi chiziq. Qogʻozda shunday jonsiz. Sarhadni bosib oʻtgan odamgina bu chiziqning qudratini his etadi. Kobuldan Toshkentga qadar borgan, Toshkentdan xatarnok, tahlikali yoʻllar bilan yurtga qaytayotgan afgʻonlar otlaridan tushib, Yaratganga tavallolar qilib, yerni oʻpdilar. Bu damda Asadulla va uning birodarlari bagʻrida oʻzga his uygʻongan edi. Ular sarhadni bosib oʻtishlari hamon, boshqa mamlakatga emas, goʻyo boshqa olamga, qaytish mushkul boʻlgan borsa-kelmas yurtga qadam qoʻyganday his qildilar oʻzlarini. Oʻsha koʻzga tanish tuproqli yoʻllar, toshli soʻqmoqlar davom etayotgan boʻlsa-da, xaritadagi ingichka chiziq ularning qalbini shart ikkiga ayirib, yarmini bu tomonda olib qolganday, ayrilgan qalb boʻlaklari faryod bilan potirlab bir-biriga talpinayotganday edi. Shu hislar oʻz hukmini oʻtkazgani uchun ham ancha yerga qadar gap-gapga qovushmadi. Ustiga-ustak, otda safar qilish sururi sarob ekani ma’lum boʻlib, ba’zilarning ona sutlari ogʻizlariga keldi. Jinga chaqa tanga childirma boʻlib koʻringanday, hayma, idish-tovoq, oziq-ovqatga moslangan taraqa-turuq aravalar ular koʻziga taxtiravonday koʻrindi. Mirza Qandilxon ularning ahvolini koʻrib, ikki aravani yukdan boʻshattirib, joy qilib berdi. Chordara, Milol manzillari ortda qoldi. Parvonaga yetishsa, u yogʻi Hirot... Togʻ yoʻllari ularni chilla oftobida qovjirayotgan choʻlga olib keldi. «Bizning Mirzachoʻlga oʻxsharkan», dedi Asadulla chor atrofga boqib borarkan. Tohir Malik. Savohil (II- qism) 24 Uzoqda gumbaz qorayib koʻrinib, karvon yoʻlni oʻsha tomon burdi. Pishiq gʻishtdan ishlangan sardoba yonida besh-oʻn chogʻli odam karvonning yaqinlashishini kuzatib turishardi. — Turkmanlarmi? — dedi Shuvalov, ular tomon ajablanib qarab. — Shunaqaga oʻxshaydi, — dedi Asadulla. — Shu yerlik turkmanlardir. — Qurollangan-ku? — Bu yerdagilar qurolsiz yurmaydi, — dedi Zikriyo afandi, — yoʻq deganidan xanjar topasiz. Karvon sardobani gir aylanib oʻrab, hamma oʻzini muzdek suvga urdi. Asadulla suvdan toʻyib ichgach, gumbaz soyasida xotirjam oʻtirib olgan turkmanlarga yaqinlashib, salom berdi. — Qarasam, turkmanga oʻxshaysizlar, nechuk siz afgʻonlar orasida yuribsiz yo makoningiz shu yermi? Sizlar ne vaqt bu yerlarga keldingiz? — deb soʻradi yoshi ulugʻroq kishidan. — Makonimiz shu yer, yoshulli. Vaqtiki Eron shohlaridan Nodirshoh turkmanlarni taxti idorasiga olgandan soʻng, turkmanlardan askar yasab, Afgʻonga hujum qilib, bu yurtni ham taxti himoyasiga olgan vaqtida bir ming uyli turkmanlarni koʻchirib kelib yerlashdirmish. Bizim kindik qonimizda buraya toʻkilmish. Sening yumushing nadir, buraya na maqsadda kelibsan? — Toshkand degan shahri azimni eshitibmidingiz? Turkmanlar bir-birlariga qarab, yelka qisishdi. — Turkiston turkmanlaridan narida, azim shaharlar bor. Biri Toshkand, Turkistonning poytaxti. Shundan Kobulga xayrli salom yetkazmagimiz darkor. — Yumushing savob ekan. Yoʻlingda hamhudud turkmanlarnida koʻrding? — Koʻrdim. — Ahvollari nechuk? Asadulla tayinli javob berishni bilmay, ikkilandi. Turkmanlarning javob kutib, unga koʻz tikishlaridan ayonki, ular ahvolni biladilar, savol berishdan maqsadlari — eshitganlarini yanada oydinlashtirib olish. — Turkistonda yurt ogʻalari boʻlak boʻlgan, eshitganmisiz? Yurtni amir ham, bek ham emas, chorikor, ishchi, hunarmandlar soʻraydi. Bu beklarga xush kelmay, shoʻrish boshlaganlar. Turkmanlarda bu shoʻrish azobidan aziyat chekdilar. — Eshitmish edik... Shoʻrish tugab murodga yetdilarmi? — Yoʻq hali. — Murodga yetilsa ne boʻlgʻusi, turkmanlarga nalar berilgusi? — Yer, suv, ayogʻli mollarning bari... — Beklarnikimi? — Ha. Turkmalar afsus deganday bosh chayqadilar. — Nomaqbul yumush, — dedi yoshi ulugʻrogʻi. — Sabab? — Olloh bandalarini sinamoq uchun biriga moʻl, biriga oz vermish ekan. Yangi amir bizgada yer vermish edi, tuya vermish edi, olmaduk, birovning haqqi... Bu gapni eshitib Asadullaning koʻz oldiga Kalasdagi moʻysafid keldi: «Taqdirlari buncha oʻxshash boʻlmasa bularning, — deb oʻyladi u, — hatto ozodlik onlari ham bir vaqtda koʻz ochsa. Lekin... bizim el ozodligi oʻzga. Bunda... bugun amir yer bergan boʻlsa, erta tortib olishdan tap tortmas yo birovga in’om etib yuborar. Oʻxshash taqdirlar shu nuqtada ayri-ayri boʻlib ketmaydimi? Ozodlik muqbil va muvaqqat deb shu jihatdan ajralmaydimi?..» — Qochoqlarmi? Asadullaning fikri uzilib, yonida paydo boʻlgan Ushinskiyga qaradi. — Yoʻq, yuz yillar ilgari ajdodlarini haydab kelishgan. — O... bechoralar. Bizdagi turkmanlarga ozodlik berildi. Bular ham yerlariga qaytishlari mumkin. Tushuntirib qoʻying. — Haqqimiz yoʻq bunday qilishga. Bular Afgʻoniston fuqarolari. Shu yerlarga oʻtroqlashib qolishgan. Tohir Malik. Savohil (II- qism) 25 — Yoshulli, — turkman shunday deb ularning suhbatini boʻldi, — muddaong savob emish, bizga qoʻnoq boʻlib oʻt. — Iltifotingizga qulluq. Ammo bizim ixtiyor afgʻon mehmondorida. — Qayda mehmondor? Asadulla sardoba ogʻzida turib, xizmatkorlarga ish buyurayotgan Mirza Qandilxonni koʻrsatdi. Turkman borib, unga nimalardir deb tushuntirdi. Ammo u qat’iy bosh chayqayvergach, turkman avzoyi buzilib, iziga qaytdi. Bir oz oʻylanib turdi-da, enli belbogʻini yechib, kumush sopli xanjarini oldi. — Yodgorlik senga, — dedi xanjarni uzatib, — turkmanlar haqida yomon soʻylamading. Yoʻlda yarogʻsiz yurma. — Rahmat sizga, mushkullaringiz oson boʻlsin, — dedi Asadulla tortiqni qabul etib. — Olloh ziyoda qilsin, — turkman shunday deb sheriklariga imo qilgan edi, ular chaqqon turib, gumbaz chetidagi meshlarni otlarga yuklab, yoʻlga tushdilar. — Xanjarni nimaga berdi? — dedi Ushinskiy, ular ortidan qarab. — Yoʻlda yarogʻsiz yurib boʻlmas emish. Siz ham u-bu olvoling, — dedi Asadulla. — Umuman... toʻgʻri taklif, — dedi Ushinskiy, uning kinoyasini tushunmay. Oqshomda Parvona degan rabotga tushdilar. Bu yerga ilgariroq yetib kelgan xaymadorlar chodirlarni tikishga, xizmatkorlar oʻchoqqa olov yoqib, qozon osishga ulgurgan edilar. — Bu yerning asli nomi Fargʻona ekan, — dedi Zikriyo afandi chodirga kirib joylashar ekan. — Bundan avval oʻtganimda rivoyat eshitib edim. Qadimda Fargʻonadan bir moʻysafid kelib bino qilgan ekan bu yerni. Shu bois ba’zilar Fargʻona ota deb ham yuritadilar. Menga oʻxshab yurtga sigʻmay, bu yerlarga kelib, ildiz otib ketibdi. Musofirlikda oʻtsa ham joyni obod qilib, nomini qoldiribdi. Unga havas qilaman. Mendan nima qoladi bu dunyoda... — Zikriyo afandim, sizning xizmatlaringiz rabot qilishdan ulugʻroq. Siz kelgusini aql koʻzi bilan koʻrib, oydinlik yoʻlini ochmoq qasdida joningizni tikkansiz. — Shu yoʻlni ochishga qurbimiz yetarmikin, shu kunlarni koʻrarmikinmiz, bu harakatimiz xomxayol emasmikin, deb koʻp oʻyga tolaman. — Mening ortda qolgan oʻylarim bu. Xomxayollar jilmayib bersa, dunyo xandon urib uygʻonadi. Dunyoning uygʻongani ayon-ku. — Ilinjim ham shundan, zora bir kun uyquli baxtimiz uygʻonsa. — Bu endi oʻzingizga bogʻliq, afandim. Xalqingiz gʻaflat boshiga mushtlab, jaholat jomasini irgʻitar ekan, baxtning uygʻonishdan oʻzga chorasi yoʻq. «Odam quyoshga oʻxshab oʻzidan nur — mehr nurini, yaxshilik nurini tarqatib turishi kerak. Chunki atrofdagilar bunday nurga muhtoj boʻlishadi. Asadulla afandi shunday odam. Shunday oʻgʻlonlar mavjudligi xalqning baxti», deb oʻyladi Zikriyo afandi, uning gaplarini jimgina tinglar ekan. Chodir ogʻzida Shuvalov koʻrindi: — Joylashib oldinglarmi, choy tayyormish, — dedi u ichkariga bosh suqib. Tashqariga chiqib, Sinelnikovaga ajratilgan chodir yonidan oʻtishayotganda ichkaridan Xmarinning asabiy ovozi, keyin Ushinskiyning toʻngʻillagani eshitildi. Zikriyo afandi ovozlarga e’tibor bermaganday oʻtib ketdi. Asadulla bilan Shuvalov esa bir-birlariga ma’noli qarab qoʻydi. — Xonimchaning noz-firoqlari menga yoqmayapti, — dedi Shuvalov. — Parvo qilmang. Bir oʻzi boʻlgani uchun shunaqa. Hali unga, hali bunga suziladi. Sherigi boʻlganda gapdan boʻshamas edi. — Senga ham koʻz suzyapti shekilli, a? Ba’zi sergap boʻlib qolyapsanlar? — She’riyat shaydosi ekan, Pushkindan koʻp oʻqiydi. — Senga shaydo boʻlmasa bas, she’r oʻqisa oʻqiyversin. — Shaydo boʻlishiga arzimaymanmi? — U arzimaydi senga. Shuvalovning ustalik bilan chap bergani Asadullaga ma’qul kelib, kulimsirab qoʻydi. Daryodagi tahlikali kunlar uzoqlashgani sayin Ushinskiy gap kelganda Xmarindan shubhalanayotganini qistirib
Tohir Malik. Savohil (II- qism) 26 oʻtadigan odat chiqardi. Bugun ham Xmarin Sinelnikova chodiridan avzoyi buzilib chiqib, tobi yoʻqligi, charchaganini bahona qilib, ovqat yemay, turib ketgach, elchining yurish-turishi tobora shubhali boʻlib borayotganini aytdi. Bu gapga Asadulla ham, Shuvalov ham e’tibor berishmagani uchun jimib qoldi. Bu yoʻllar Zikriyo afandiga tanish boʻlganidan Asadulla otda u bilan yonma-yon borardi. Xmarin bilan Shuvalov orqaroqda, Ushinskiy bilan Sinelnikova esa aravada edi. Oldinda — sovarlar orasida Gʻulomqodir qaddini bukibroq borardi. — Shu yigit ancha soʻlib qoldi, sezdingizmi? — dedi Asadulla unga imo qilib. — Sezdim, dardi borga oʻxshaydi. Dardi boru dardkashi yoʻq. Bundan ogʻir azob yoʻqdur odamga. Nazarimda, ba’zan sizning yoʻlingizni poylaydi shu yigit. Sizni holi topmaydi yoinki dardini aytishga kuch yoʻq. — Dardini aytmaydi, kemada suhbat qurganmiz. — Bular sofkoʻngil, mard, oʻta magʻrur boʻlishadi. Boʻyin egishdan koʻra oʻzlariga oʻlimni ravo koʻrishadi. — Bu ham yigit kishining husni, — dedi Asadulla. Parvonadan chiqib, bir oz yoʻl bosishgach, choʻl tugab, togʻlar boshlandi. Togʻ orasidan chiqishgach, koʻzlariga minoralar yarq etib tashlandi. — Hirotga yetdik, — dedi Zikriyo afandi. — Ana, toʻqqiz minora... Minoralarga yaqinlashganda Asadulla otdan tushdi. — Shularning bir qismini Shohruh, bir qismini Mir Husayn bino qilgan deb soʻylaydilar. Bundagi madrasalar zamonaning dorilfununlari boʻlgan, — dedi Zikriyo afandi. — Imoratlari qani? — Madrasa qoʻrgʻon tashqarisida ekanidan inglislar Abdurahmonxon zamonida buzdirib tashlashgan ekan. — Nima sababdan? — Oʻruslar Koʻshkdan bostirib kelishsa, qoʻrgʻon himoyasiga xalal berar ekan. — Yo alhazar! — Asadulla shunday deb yoqa ushladi. — Savod chiqarmaganni johil desam, bu inglislar... johil ekanlar, bagʻoyat darajada johil... — Vahshiy deyavering. Buning qadriga yetmaganga oʻzga nom yoʻq. Har birining balandligi ikki yuz, aylanasi yigirma gaz kelib qoladigan minoralar mash’umliklarga guvoh boʻlaverib, yemirilish pallasini boshlab yuborgan, naqshlaridan nur ketib, xatti koʻfiy ila yozilmish oyatlar anglab boʻlmas darajaga tushgan edi. Asadulla minoralarga anchagacha tikilib turdi. «Bu yerlar qachonlardir gavjum boʻlgan. Qachonlardir Shohruh mirzo, Ulugʻbek mirzo, Mirzo Husayn Boyqarolar as’asayu dabdabalar bilan oʻtishgan bu yerlardan. Minoralarning sovuq gʻishtlari balki mir Alisherning, Mirzo Boburning ogʻzidan uchgan gʻazallarni singdirib yuborgandir... Minoralarning biri «gʻurbatda gʻarib shodumon boʻlmas emish», desa boshqasi: «Oʻz yurtni qoʻyub, Hind sori yuzlandim. Yo Rab, netayin, ne yuz qarolik boʻldi», deb nola ila aks-sado berar... «Jomiydek, Navoiy, Boburdek ahli donish qadami yetgan bu muborak madrasalar bir johilning, bir vahshiyning xayolxonasiga kelgan xavotir tufayli, buzuq fikr tufayli vayron etilsa?!» Asadullaning boʻgʻziga bir nima tiqildi: bu gʻazab choʻgʻimi yo alam yigʻisimi — oʻsha topda oʻzi ham bilmadi. Faqat... koʻzlari onamlanganini sezdi. «Bu minoralar nima sababdan koʻkka boʻy choʻzgan, — deb oʻyladi u. — Goʻzallik izlabmi yo haqiqat izlabmi? Minoralarning boshi bulutga yetib nima koʻrdi? oChaqmoqlarnimi? Battol shamol uning boshiga ne gʻuborlarni yogʻdirmadi? Ne adovatlar, ne kulfatlar, ne alamlar haqida darak yetkazmadi? Endi poyidagi imoratlardan, gumbazlardan ayrilib, kekkayib qolgan bu minoralarga urilgan shamol nimalar deyapti ekan?..» Karvon minoralarni aylanib, ilgarilab qolgan edi. Zikriyo afandi Asadullaning ruhiyatiga tushungani uchun uni yurishga undamay, tek turdi. Ammo karvondan bir otliq ayrilib chiqib, ularga qarab kelaverdi. — Sizlarni kutishyapti, sohib, — otliq shunday deb, ortiga burildi. Asadulla otni yetaklab, minoralardan picha uzoqlashgandan keyingina uzangiga oyoq qoʻydi. Hiri roʻd nahri boʻyiga, atrofini togʻ oʻragan ajib bir vodiyga, saljuq turklari tomonidan bino qilinib, ikki qat devordan qoʻrgʻon yasalgan, handaqlar bilan himoyalangan qadim shahar, tabarruk shahar — Hirot dunyo ellari ichida Afgʻonistonni ozod, mustaqil deb tan olgan yurt vakillarini zoʻr dabdabalar ila qarshilamoqda edi. Tohir Malik. Savohil (II- qism) 27 Hirot noib ul hukumasi, noibi salor, saf tortgan bir ming qadar sarbozu sovar vakola hay’atini Tuproqqoʻrgʻonda kutdilar. Yetti marotaba toʻp otilib, aziz mehmonlar sharaflandi. Oldinda Xmarin bilan Asadulla, sal orqaroqda Ushinskiy bilan Shuvalov mezbonlarga yaqinlashdilar. — Buyuk Rossiyaning yangi hukumati nomidan Buyuk Afgʻonistonning yangi amirini, shuningdek, amirga sadoqatli noiblarini, barcha afgʻon fuqarosini muborakbod etmoq sharafiga muyassar etilganimdan bagʻoyat xursandman. Biz Afgʻoniston tuprogʻiga qutlugʻ niyatlar ila qadam bosdik, — dedi Xmarin balandparvoz ovozda. — Nekqadam azizmonlarimiz niyatlarini Olloh ziyoda qilgʻay, — dedi noib ul hukuma, sharqona lutf bilan. — Hamhudud ellar totuvli, birodarli ne’matiga erishib, mustabidlar zulmidan xalos boʻlib yashamoq baxtiga yetishmogʻi bizning yakkayu yagona umidimiz, — dedi Asadulla. — Umidlari muborak boʻlgʻay. Rasmiy muborakbod, tanishuvdan soʻng, qal’adan chiqib, ikki chaqirimcha yiroqdagi «Bogʻi shohi» nomli noibning bogʻiga boshladilar. Farahbaxsh bogʻning janub tarafiga sharq usulida ikki qavatli imorat tushgan, toʻrt botmon chamasi mevazor, gulzor baland paxsadevor bilan ihota qilingan edi. Imorat qarshisida toʻrt marmar hovuz boʻlib, tiniq suvda qirmizi baliqlar ohista suzib yurardi. Taom vaqti yetgani uchun istirohatga berilmay, dasturxon atrofida davra qurdilar. 3 Nonushtadan soʻng Mirza Qandilxon ikki foytun bilan Bogʻi shohiga kirib keldi. Foytunlarning biriga Xmarin, Shuvalov (Xmarinning taklifi bilan), Sinelnikova, Mirza Qandilxon, ikkinchisiga Ushinskiy, Asadulla va Zikriyo afandi oʻtirdilar. Oldinda Gʻulomqodir bilan yana uch sovar, ortda esa oʻn chogʻli sovar kuzatuvida shahar koʻchalariga chiqdilar. Bozorga olib boruvchi yoʻl manzilga yetmay torayib, foytun yurolmaydigan boʻlib qoldi. — Bozor oralash maylingiz boʻlsa, otga minamiz,— dedi Mirza Qandilxon. Sovarlar otdan tushib, jilovni ushladilar. Sinelnikova foytundan tushayotganda Mirza Qandilxon Xmaringa: — Xonim bunda oʻtira tursinlar, — dedi. — Valya, biz tezda qaytamiz, — dedi Xmarin, Qandilxonning maqsadini anglab. Sinelnikova yolgʻon jilmayish bilan joyiga qaytib oʻtirdi. — Mira’lamovich, payqadingmi, kotiba forschani bilmasmikin? — dedi Shuvalov, uning harakatini kuzatib. — Bilmasa kerak. — Hozir afgʻon Xmaringa bir narsa devdi, xonim toʻxtab qoldi. Tushundi shekilli. — Vitaliy Sergeevich, nahotki... — Sen men bilan bahslashma-yu, gap orasida bir sinab koʻr, xoʻpmi? Foytun oldida toʻrt sovar qolib, boshqalar jinkoʻcha oralab bozorga kirib bordilar. Keng ishton, uzun koʻylak, kalta nimcha kiygan erkaklar kaftlarini peshonalariga qoʻyib, salom berib, yoʻl boʻshatardilar. Yuziga oq ipdan toʻqilgan parda tortgan ayollar esa devor tomon oʻgirilib, otliqlar oʻtib ketguncha qilt etmasdan turardilar. Bozor deganlari ham tor, ham betartib edi. Rastalar Turkiston bozorlaridagi kabi batartib, muntazam boʻlmay, chapaqay kalishday poyma-poy edi. Bir rasta chitfurush, yonida kavushfurush, uning yonida attor, soʻng baqqol, soʻng yana chitfurush... — aralash-quralash joylashgan edi. Yoʻllar sihatga zid, badboʻy, issiq kunda koʻngilni gʻoyat behuzur qilar edi. Unda-bunda otliqlar ham uchrar: oldinda jilovdor, ikki taraf uzangilarning yonida rikobdor1 yurishidan ularning amloqdor ekani ayon edi. Bundaylar bozorda kam — toʻrt-beshdan oshmas, aksar piyodalarning kimligi liboslaridan ma’lum, ular orasida toʻqdan och, tuzuk liboslisidan juldur kiyimlisi bisyor edi. Mehmonlarnnig bozorda paydo boʻlganini avval gadolar ilgʻashdi. Qoʻllarini choʻzib, tavallo aytib, ularga peshvoz chiqa boshlashdi. Mirza Qandilxon ikki sovarni oldinga oʻtkazib, otni orqaga burdi-da, Xmarin yoʻlini toʻsdi: — Qaytmogʻimiz lozim, sohib. — Bir oz aylanaylik, balki ul-bul olarmiz, — dedi Xmarin, uning qiligʻiga tushunmay. — Chetdan kelgan kishilar, kim boʻlsin, bozordan mol oladurgʻon ekan, avval noib sohibdan ijozat soʻramogʻi shart.
Tohir Malik. Savohil (II- qism) 28 — Taajjub, — Xmarin shunday deb otini burdi.— Janoblar, jannatda koʻrmoq boru yemoq yoʻq deyishardi. Biz jannatda ekanmiz. Foytunga qaytganlarida Tuproqqoʻrgʻon tomonidan doʻl-nogʻoralar ovozi keldi. — Qal’aga boramiz, — dedi Mirza Qandilxon. — Nim boʻladi u yerda, tomoshami? — deb soʻradi Xmarin, hafsalasizlik bilan. — Yoʻq, sohib, Koʻshkdan olib kelganimiz, jamshidiyning boshi kesiladi. — A? Darrov-a? — Avvalgi oʻgʻriligi uchun bir qoʻli kesilgan edi. U shariat boʻyicha hukm qilindi. Xmarin uning gapini oxiriga qadar eshitmay, Sinelnikovaga yuzlandi. — Valya, qiziq tomosha, bir qoʻllik oʻgʻrining boshi kesilar ekan. — Nikolay Zaxarovich! — Sinelnikova shunday deb yuzini burdi. — Dahshat... taklif qilgani uyalmadingizmi? — Valya, axir bu yer sharq. Bundan battari ham boʻlishi mumkin. — Nimaga toʻxtab turibmiz? — dedi Ushinskiy, Xmaringa yaqinlashib. Xmarin Mirza Qandilxonning taklifini aytdi. — Yoʻq, yoʻq, Nikolay Zaxarovich, bizni bu azobdan qutqaring, iltimos, — dedi Ushinskiy Sinelnikovaga bir qarab olib. — Bizning ishtirokimiz mutlaq nooʻrin, — dedi Shuvalov uni quvvatlab. — U holda boqqa qaytamiz, kechki ziyofatga qadar boʻshmiz, — dedi Xmarin. — Mening Mirza Qandilxondan bir oʻtinchim bor, — dedi Asadulla. — Bosh ustiga, sohib. — Men hazrat mir Alisher Navoiy qabrlarini tavob etmogʻim shart. Abdurahmon Jomiy, Abdulla Ansoriy xoki turobini-da, ziyorat etmogʻim lozim. Buning uchun noib sohibdan ijozat olmoq zarurmi yo sizningda ijozatingiz kifoyami? Keyingi gap Mirza Qandilxonga ma’qul kelib, yayrab jilmaydi: — Savob yumushlarga alohida ijozat joiz emas. Hoziroq boshlab boraman. — Veniamin Samoylovich, Vitaliy Sergeevich bu yerda ulugʻ odamlarnnig maqbaralari bor. Istasangiz, borishingiz mumkin.
— Men boraman, — dedi Sinelnikova qat’iy ohangda. — Men ham borishim mumkin, — dedi Ushinskiy. — Veniamin Samoylovich, siz men bilan bogʻda qolsangiz, iltimos, kechki ziyofatda soʻzlaydigan nutqimni bamaslahat tayyorlasak, — dedi Xmarin. Ushinskiy oʻzi kutmagan qopqonga bexos tushib qoldi. Ularni Bogʻi shohida qoldirgach, foytunlar Alisher Navoiy maqbarasi tomon yoʻl oldi. — Navoiyni eshitganman, ammo she’rlarini bilmayman, — dedi Sinelnikova. — Oʻruscha oʻgurmasi yoʻqdur-da, — dedi Asadulla. U hozir suhbatlashadigan ahvolda emasdi. Nazarida maqbarani ziyorat qilgani emas, balki Navoiy bilan yuzma-yuz uchrashishga borayotganday edi. — She’ridan oʻqib bering. Asadulla darrov javob bermadi. Ayol ham uni shoshirmadi. — Bitta baytini aytib beraman: Bu gulshan ichraki yoʻqtur baqo guliga sabot, Ajab saodat erur, chiqsa yaxshilik bila ot. — Bu nima degani? — Bu deganiki... dunyoda abadiy narsa yoʻqdur, hech narsa boqiy emas, yaxshilik bilan nom qoldirishgina abadiydir. — Dono gap ekan, — dedi Shuvalov, uning soʻzlarini diqqat bilan tinglab. — Siz oʻzingizga sodiqsiz, Asad Mira’lamovich, shu yerda ham falsafiy she’r aytdingiz. Nima, Navoiyning ishqiy she’rlari yoʻqmi? Tohir Malik. Savohil (II- qism) 29 — She’rlar nima ekan, dostonlari bor, — dedi Zikriyo afandi suhbatga qoʻshilib. — Qani ayting-chi... — Asadulla afandi turganlarida... meni ma’zur tutasiz. Asadulla bu xonimdan qutula olmasligiga aqli yetib, bir bayt aytdi: Agarchi ishq aro boʻldi mubaddam kufr ila dinim, Ne gʻam, chun poklik rasmidurur bu ishda oyinim... Sinelnikova bayt tarjimasini eshitib, kulimsiradi. — Ishqiy she’r, ammo bari bir, falsafasi kuchliroq. — Siz ishq bilan falsafani ayri-ayri qoʻyasizmi? Shuvalovning bu xilda nozikta’b bilan savolga tutishi Sinelnikovani sal gangitib qoʻydi. — Nimaga endi, — dedi u Shuvalovga jilmayib qarab. — Sevgi — eng murakkab falsafa. Chaqilmagan yongʻoq, uni hamma ham chaqavermaydi. Shuvalovning savoli Sinelnikovani chalgʻitib, Asadullaning joniga ora kirdi. Foytun maqbaradan ancha berida toʻxtadi. Asadulla pastga tushib, maqbaraga tikilgancha harakatsiz qoldi. Keyin hamrohlariga e’tibor bermay, bir-bir bosib yurdi. Zikriyo afandi unga ergashmoqchi boʻlgan Sinelnikova bilan Shuvalovni toʻxtatdi. — Nima, bu yerga ham kirish mumkin emasmi? — dedi ayol norozi ohangda. — Mumkin, xonim, faqat keyinroq boraylik. Aftidan, Asadulla afandi sehrlanib qoldilar, xalal bermaylik. Asadulla nuray boshlagan maqbaraga yaqinlashib toʻxtaganini, keyin tiz choʻkkanini oʻzi ham sezmay qoldi. Uning koʻzlari sagʻnada edi: nahot buyuk bir odam shu sovuq tosh ostida yolgʻiz yotgan boʻlsa, nahot bu sovuq toshlar suyaklarini ezib turgan boʻlsa... Shu xayoldan eti seskandi. Bolaligida gʻaroyibotlar, sehrgarlar haqida koʻp ertak eshitgan edi. Bu gʻaroyibotlar, bu sehrgarliklar haqiqat emas, xayolot mahsuli ekanini bilsa-da, hozir koʻngli shunday bir sehrgarlik istadi. Uning nazarida buyuklarning bu holda jonsiz yotishi insofdan emas. Qani oʻsha sehrgar hozir paydo boʻlsa, bu toshlarni uloqtirib tashlasa, shoirga jon bersa, oʻsha baqo gulshanidan tashvishli dunyoga qaytarsa... «Ajab saodat erur, chiqsa yaxshilik bila ot...» Shunday boqiylik egasi jonsiz yotsa... qanday bedodlik bu!.. Asadulla alhol barcha narsani unutgan edi. U uchun hozir faqat bir inson — Alisher Navoiy mavjud edi.
Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling