Тоҳир Маликов


Moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/134
Sana06.11.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1751753
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   134
Bog'liq
17.Маликов Т. Молия хўжалик юритувчи субйектлар молияси.-Тошкент2010

Moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti o‘z aylanma mablag‘-
larining joriy aylanma aktivlar summasiga nisbati bilan aniqlanadi: 
K
м м
= O‘
ам
: J
аа
Bu yerda: K
м м
– moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti; 
O‘
ам
– o‘z aylanma mablag‘lari; 
J
аа
– joriy aylanma aktivlar. 
Moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti XYuSga tegishli bo‘lgan ay-
lanma mablag‘larning qancha qismi o‘z kapitali hisobidan shakllan-
tirilganligini ko‘rsatadi. Agar uning darajasi 1 ga teng yoki undan katta 
bo‘lsa, u holda bu absolut moliyaviy barqarorlikni anglatadi. Koeffitsi-
yentning darajasi 1 dan qancha past bo‘lsa, XYuS moliyaviy holati 
shuncha nobarqarordir. Bu koeffitsiyentning kritik darajasi 0,1 ga teng. 
O‘z kapitalining manyovrlilik koeffitsiyenti XYuS o‘z ay-
lanma mablag‘larining o‘z kapitali summasiga nisbati orqali 
ifodalanadi: 
K
м
= O‘
ам
: O‘
к
Bu yerda: K
м
– o‘z kapitalining manyovrlilik koeffitsiyenti; 
O‘
ам
– o‘z aylanma mablag‘lari; 
O‘
к
– o‘z kapitali. 


251 
Bu koeffitsiyent o‘z kapitalining qancha qismi joriy faoliyatni 
moliyalashtirishda foydalanilayotganligi va qancha qismi kapitallash-
tirilganligini ko‘rsatadi. Uning 0,5 ga teng bo‘lgan darajasi optimal 
hisoblanadi 
Zarur bo‘lgan hollarda XYuS ning moliyaviy barqarorligini xarak-
terlaydigan boshqa ko‘rsatkichlardan ham foydalanish mumkin. 
XYuS moliyaviy barqarorligini oshirishning omillari quyi-
dagilardan iborat: 

asosiy va aylanma mablag‘larning mazmunini optimallashti-
rish: innovatsion texnologiyalar sotib olishni ko‘paytirish, tugallan-
magan ishlab chiqarishni qisqartirish, mahsulot tannarxini pasaytirish; 

XYuS pul-hisob-kitob o‘zaro aloqalarining samaradorligini 
oshirish; 

oqilona baho siyosati va foydani taqsimlashni optimallash-
tirish; 

muvaffaqiyatli moliyaviy strategiyani amalga oshirishni, XYuS 
ning sog‘lom (normal) ishini ta’minlovchi moliyaviy resurslarni 
shakllantirishning mumkin bo‘lgan variantlarini asoslash. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling