Тоҳир Маликов
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Маликов Т. Молия хўжалик юритувчи субйектлар молияси.-Тошкент2010
Ichki barqarorlik XYuSning shunday moliyaviy holatidirki, unda
faoliyat ko‘rsatishning barqaror yuqori natijasi, eng birinchi navbatda, ichki omillarning faollashtirilishi hisobidan ta’minlanadi. O‘z navbatida, tashqi barqarorlik XYuSning shunday moliya- viy holatidirki, u doirasida XYuS faoliyat ko‘rsatadigan iqtisodiy muhit- ning barqarorligi bilan belgilanadi. Bunday barqarorlik butun mamlakat masshtabida rivojlanayotgan iqtisodiyot sharoitida erishiladi. Va nihoyat, umumiy barqarorlik XYuSning shunday moliyaviy holatidirki, unda ichki va tashqi omillarning o‘zaro ta’sirchanligini faol- lashtirish hisobidan mablag‘lar tushumining ularning xarajat qilinishidan ortiqchaligi ta’minlanadi. XYuSlar moliyaviy holatining barqarorligi moliyalashtirishda ehti- yojlarni qondirishning manbalari sifatida o‘z va qarz mablag‘larining nisbati asosida hisoblanadigan nisbiy va absolyut ko‘rsatkichlar tizimi bilan baholanadi. Yetarli bo‘lmagan moliyaviy barqarorlik XYuSni to‘lovga noqobillilikka va ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun unda mablag‘lar mavjud bo‘lmasligiga olib kelishi mumkin. Aksincha, ortiq- cha moliyaviy barqarorlik esa taraqqiyotga to‘sqinlik qilishga, ortiqcha zaxiralar tufayli xarajatlarning og‘irlashuviga sabab bo‘ladi. Moliyaviy barqarorlikni tahlil qilishning vazifalari quyidagilardan iborat: o‘z aylanma mablag‘larining summalarini aniqlash va ularning dinamikasiga ta’sir etuvchi omillarni bilish; zaxiralar, xarajatlar va barcha aylanma aktivlarni shakllantirish qismi bo‘yicha moliyaviy barqarorlikni baholash; moliyaviy barqarorlikning tipini aniqlash. 246 O‘z aylanma mablag‘lari, zaxiralar va xarajatlarni shakllantirish- ning boshqa manbalari ko‘rsatkichlarining nisbatiga va zaxiralarning o‘lchamiga bog‘liq ravishda XYuSlar moliyaviy barqarorligining quyi- dagi tiplarini ajratib ko‘rsatish mumkin: absolut moliyaviy barqarorlik; sog‘lom (normal) moliyaviy barqarorlik; nobarqaror moliyaviy ahvol; krizisli moliyaviy holat. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling