40
Nega XYuSlar tomonidan moliyaviy isloh qilishning asos-
langan dasturini ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq?
Moliyaviy isloh qilish dasturi nimalarni ko‘zda tutadi?
Moliyaviy boshqaruvning yaxlit samarali
tizimini shakllanti-
rish qanday shartlar asosida amalga oshirilishi mumkin?
2.2. Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy isloh
qilinish samaradorligini baholash
XYuS, firma va korporatsiyalarning moliyaviy isloh qilinish
samaradorligini baholashning asosiy ko‘rsatkichi
sifatida nimani olish
mumkin va uni qanday aniqlasa bo‘ladi?
Dyupon formulasining ko‘rinishi qanday va uning yordamida
nimani hisoblash mumkin?
Aktivlar qancha ko‘p aylansa,
ularning rentabelligi nima
bo‘ladi?
Bir so‘mlik o‘zlik kapitaliga to‘g‘ri keluvchi aktivlar qanchalik
ko‘p bo‘lsa, rentabellik darajasi shuncha yuqori bo‘ladi, degan tasdiq
to‘g‘rimi?
Qanday ko‘rsatkich
XYuSning moliyaviy faolligini, uning
aylanma (aktivlar) kapitalning qo‘shimcha
manbalarini jalb qilish
borasidagi mahoratini aks ettiradi?
XYuS aktivlarining takror ishlab chiqarishdagi rolini baholash
uchun qanday koeffitsiyentdan foydalanish maqsadga muvofiq?
Xo‘jalik faolligi koeffitsiyenti qanday
aniqlanadi va u nimani
xarakterlaydi?
Kapitalning oqilona tarkibiy tuzilishi koeffitsiyenti qanday
aniqlanadi?
XYuSning moliyaviy isloh qilish
dasturini tuzish jarayonida
qanday tadbirlar belgilanadi va ulardan qanday samaraning olinishi
(qo‘lga kiritilishi) ko‘zda tutiladi?
XYuSni moliyaviy isloh qilish rejasining barcha bo‘linmalari
nimalarga muvofiqlashtirilishi kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: