Тоҳир Маликов
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Маликов Т. Молия хўжалик юритувчи субйектлар молияси.-Тошкент2010
Bu yerda: T – tushum; F аа – asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy eskirishini tiklashga mo‘ljal- langan amortizatsiya ajratmalari fondi; F м хм – moddiy xarajatlarni (xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, elektr energiyasi va boshqalarni sotib olish) moliyalashtirish fondi; F их – ish haqi fondi; F ф – tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan foyda (soliqlar to‘languncha va foydadan boshqa to‘lanmalar amalga oshirilguncha). Ayrim iqtisodchi-olimlarning tadqiqotlarida moddiy xarajatlar va mehnat haqini moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari XYuSning moliyaviy resurslari tarkibiga kiritilmaydi. Ularning ayrim- lari tomonidan esa XYuSning moliyaviy resurslari tarkibiga hatto pulli tushum ham kiritilmaydi. Bunday yondashuvlarning noto‘g‘ri ekanligi shubhasiz. 66 Bozor iqtisodiyotining xorijiy nazariyasi va amaliyotida pul tushumi yalpi daromad tarzida talqin qilinadi. Bu narsa XYuS moliyaviy resurslari fondini shakllantirish va qayta yangilashda tushumning umum- lashtirilgan ahamiyatini o‘zida aniqroq aks ettiradi. Moddiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan pul tushumlarining bir qismi, XYuSning real moliyaviy resursi mol yetkazib beruvchilar va kontra- gentlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilmasdan, uning aylanmasida bo‘lgan paytda qo‘shimcha daromad keltiradi. O‘tish davrining dastlabki yilla- ridagi o‘zaro mol yetkazib berish (xizmat ko‘rsatish) bo‘yicha noto‘- lovlar krizisi bank kreditlari foizining yuzdan oshgan darajasida tekin tijoriy kredit imkoniyatining mavjudligi o‘zining “qo‘lbola” birlamchi manbayi bo‘lib xizmat qildi. Shunga o‘xshash narsa ish haqi fondiga nisbatan ham tegishli bo‘ldi. Xodimlarga, ishchi va xizmatchilarga bir necha oylab oylik maoshlarni berishning kechiktirilganligi ba’zi bir “tadbirkor” va “bankir”larning tekinga boyish manbalaridan biriga ay- landi, chunki to‘lanmagan ish haqi ularning aylanmasida bo‘lgan edi. Amortizatsiya ajratmalari fondi XYuSlar moliyaviy resurslarining tarkibiy tuzilmasida muhim o‘rin tutadi. Chunki bunday ajratmalar pul tushumlaridan qancha ajratilganligi va ularning XYuS tegishli hisobva- raqlarida joylashganligiga qarab XYuSlarning real moliyaviy resurslari hisoblanadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi va tovar hamda moliya bozor- larida XYuS faoliyatining faollashuvi natijasida uning moliyaviy resurs- lari tarkibiy tuzilmasida foyda hal qiluvchi o‘rinni egallay boshlaydi. Foyda XYuS o‘z mablag‘larining asosiy manbai bo‘lib, ishlab chiqarish apparatining yangilanishini, sifatning yaxshilanishini, chiqarilayotgan mahsulot assortimentining kengayishini va h.k. larni ta’minlaydi. Foyda hisobidan XYuSning rezerv fondlari, maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan fondlar shakllantiriladi. Foyda massasi va normasi, uning xarajatlarga nisbati XYuSning kreditga layoqatini va uning qarz mablag‘larini jalb qilish imkoniyatini, uzoq va qisqa muddatli kreditlarni olishni aniqlab beradigan muhim in- dikatorlardir. Qarz mablag‘larining XYuS o‘z mablag‘lariga nisbati 1/3 va undan katta darajaga yetib, uning to‘lov layoqatiga kreditorlarda ham, hamkorlarda ham shubha tug‘dirmasligi mumkin. Joriy tijoriy XYuSlarning moliyaviy resurslarini shakllanish man- balariga ko‘ra quyidagilarga ajratish mumkin: 67 mahsulot realizatsiyasining tushumi hisobidan shakllanadigan moliyaviy resurslar (foyda, amortizatsiya ajratmalari fondi, ish haqi fon- di, moddiy xarajatlarni tiklash fondi); boshqa realizatsiya (mol-mulk, asosiy faoliyatga daxldor bo‘l- magan xizmatlar va boshqalar) hisobidan olinadigan moliyaviy resurs- lar; moliyaviy bozorda shakllanadigan moliyaviy resurslar (kreditlar va zayomlar, o‘z aksiyalari va qimmatli qog‘ozlarning boshqa ko‘rinish- larini sotish, boshqa emitentlarning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha divi- dendlar va foizlar, sug‘urta qoplamalari va boshqalar); kreditorlik qarzlari hisobidan tashkil topadigan moliyaviy re- surslar (mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga; mehnat haqi bo‘yicha; ijtimoiy sug‘urtaga doir; budjet oldidagi va boshqalar); badallar va maqsadli xarakterdagi tushumlar hisobidan shakllan- tiriladigan moliyaviy resurslar (boshqa tashkilotlar va jismoniy shaxslar- dan tushumlar, budjet subsidiyalari va h.k.). Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling