Тоҳир Маликов
Xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy resurslaridan
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Маликов Т. Молия хўжалик юритувчи субйектлар молияси.-Тошкент2010
3.2. Xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy resurslaridan
foydalanish samaradorligi Iqtisodiy munosabatlarni takror ishlab chiqarish shakllaridan biri sifatida XYuSlar moliyasining harakati minimal xarajatlarda maksimal natijalarning olinishini nazarda tutuvchi samaradorlikning umumiqti- sodiy mezoniga bo‘ysunadi. Shu sababli XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini quyidagi formula orqali tasavvur etish mum- kin: S м р = N м ф : X м р Bu yerda: S м р – XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligi; N м ф – ma’lum davr (o‘tgan yoki rejali) uchun XYuS faoliyatining moliyaviy natijasi; X м р – shu moliyaviy natijani qo‘lga kiritish uchun XYuS tomonidan qilingan (yoki rejalashtirilgan) moliyaviy resurslar xarajatlari XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini aniq- lashda shu narsani inobatga olish kerakki, moliyaviy natija faqat moli- 68 yaviy emas, balki moddiy va mehnat resurslari xarajatlarining natijasi hamdir. Shuning uchun ham, masalan, mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan foydani taqqoslab turib, buning natijasida faqat faoliyatning sof moliyaviy tomonini xarakterlovchi ko‘rsatkichga ega bo‘lamiz, deb hi- soblash maqsadga muvofiq emas. Bu XYuS moliyaviy-xo‘jalik faoliyati samaradorligini xarakterlovchi yaxlit ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, unga kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida moddiyishlab chiqarish va moliyaviy oqimlarning ajralmas bog‘liqligi xosdir. Yuqorida bildirilgan fikr o‘ziga moliyaviy natija va moliyaviy xa- rajatlarning tavsifini mujassam etuvchi XYuS moliyaviy-xo‘jalik faoli- yatining samaradorligini xarakterlovchi boshqa ko‘rsatkichlarga ham to‘liq tegishlidir. Shunday bo‘lishiga qaramasdan analitik maqsadlar uchun bu to‘plamdan aynan XYuSning moliyaviy faoliyatini, uning mo- liyaviy va baho siyosatining samaradorligini o‘xshash tarzda xarakter- lovchi ko‘rsatkichlarni ajratish muhimdir. Shunisi taajjublanarliki, XYuS moliyaviy faoliyatining samarador- ligini o‘xshash ifodalovchisi fond, moliya-kredit va pul bozorlaridagi operatsiyalarning daromadliligi hisoblanadi. Bu yerda, ma’lumki, pul (P * ) go‘yo to‘g‘ridan-to‘g‘ri puldan (P) qilinadi. U holda moliyaviy samaradorlikni aniqlash formulasi quyidagi ko‘rinishni oladi: Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling