Тоҳир Маликов
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Маликов Т. Молия хўжалик юритувчи субйектлар молияси.-Тошкент2010
S
м р = (P * – P) : P Bu yerda: S м р – XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligi; P * – P – bevosita moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida XYuS tomonidan olingan daromad. Bevosita moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida XYuS tomonidan olingan daromad tarkibiga quyidagilar kiradi: XYuS tomonidan aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarni emis- siya qilish asosida bozorda joylashtirishdan olingan dividendlar; boshqa emitentlar qimmatli qog‘ozlarini sotib olishdan olingan dividendlar; banklardagi pul omonatlaridan olingan foiz daromadlari; XYuS foydasidagi valutalar kurslari bo‘yicha farqlar; va boshqalar. XYuS moliyaviy operatsiyalarining daromadliligini xarakterlovchi ko‘rsatkich ularning samaradorligini sof moliyaviy natijaning sof mo- 69 liyaviy xarajatlarga nisbati shaklida ifodalab, ko‘pchilik hollarda XYuS moliya-xo‘jalik faoliyatining haqiqiy samaradorligini aks ettirmaydi. Iq- tisodiyot real sektori samaradorligining ko‘rsatkichlarida va baholarida bankrot holatida bo‘lishlariga qaramasdan moliyaviy “spekulatsiya” imko- niyatlari ularni “cho‘kmasdan” turishiga sharoit yaratadi. Real sektor XYuSlarida, moddiy ishlab chiqarishda moliyaviy re- surslardan foydalanishning samaradorligini mos ravishda baholash talablariga u yoki bu darajada sotuv rentabelligi ko‘rsatkichi (foydaning mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan tushumga nisbati) javob be- radi. Bu nisbatdagi surat va maxraj pul mablag‘laridan iborat bo‘lganligi uchun sotuv rentabelligini, ayrim holatlarni istisno qilgan tarzda, sof moliyaviy ko‘rsatkich sifatida e’tirof etish mumkin. Shunday bo‘lishiga qaramasdan bu yerda yana shuni inobatga olmoq lozimki, ya’ni samaradorlikning o‘lchovi sifatida yuqoridagi ko‘rsatkichning haqqoniy- lik darajasi juda ko‘p omillarga, xususan, tushum va foydani shakllan- tiruvchi bozor baholarining monopol baholarni shakllantirishning salbiy ta’sirlaridan qanchalik ozod ekanligiga bog‘liq. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan barcha moliyaviy ko‘rsatkichlarda maz- mun va shakl o‘rtasida dialektik qarama-qarshilikning mavjudligi namo- yon bo‘ladiki, bu narsa bizning holatda XYuSlar moliyasining (iqtiso- diyot yaxlit moliyaviy sektorining ham) o‘z iqtisodiy asosidan, ishlab chiqarishdan ajralib chiqishga va unga bog‘liq bo‘lmagan holda mustaqil hayot kechirish imkoniyatini qo‘lga kiritishga intilishi orqali ifodalanadi. XYuSlar moliya-xo‘jalik faoliyatining samaradorligini tahlil qilish va baholashda moliyaviy ko‘rsatkichlar (masalan, tushum va foyda) mod- diy aylanma mablag‘larning aylanuvchanligi, asosiy ishlab chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlarning fond sig‘imi kabi iqtisodiy ko‘rsat- kichlar bilan birgalikda qaralsa, bu qarama-qarshilik, ma’lum darajada, pasayadi. Ana shu munosabat bilan eng umumlashtiruvchi ko‘rsatkich- lardan biri quyidagi formulaga muvofiq ravishda hisoblana-digan XyuS- ning iqtisodiy rentabelligi (biznes rentabelligi) ko‘rsatkichidir: R и = F : (K айл + K ас + A ном ) Bu yerda: R и – XYuSning iqtisodiy rentabelligi, biznes rentabelligi; F – yillik foyda; K айл – XYuS aylanma kapitalining miqdori (qiymat baholarida); 70 K ас – XYuS asosiy kapitalining miqdori (qiymat baholarida); A ном – XYuS nomoddiy aktivlarining miqdori (qiymat baholarida); XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini tahlil qilishda uning moliyaviy barqarorligi, to‘lovga layoqatliligi va likvid- ligini xarakterlovchi ko‘rsatkichlardan chetda qolmaslik kerak. Bu yerda ham o‘zining mazmuniga ko‘ra sof moliyaviy va iqtisodiy ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. Sof moliyaviy ko‘rsatkichlar qatoriga absolut va muddatli likvidlik koeffitsiyentlarini kiritish mumkin bo‘lib, ular yordamida XYuSning potensial to‘lov qobiliyati baholanadi: K ав с = (P + QQ) : M км K м уд = (P + QQ + DQ) : M км Bu yerda: K ав с – absolut likvidlik koeffitsiyenti; K м уд – muddatli likvidlik koeffitsiyenti; P – hisobvaraqlardagi va XYuS kassasidagi pullar; QQ – likvid qimmatli qog‘ozlar; DQ – mobilizatsiya qilingan debitorlik qarzlari; M км – XYuSning qisqa muddatli majburiyatlari. XYuSning pul mablag‘lari va moddiy resurslarining pulli (qiymat) bahosi aralashadigan ko‘rsatkich joriy likvidlik koeffitsiyentidir. U qu- yidagicha hisoblanadi: K жл = (PM + MAM) : M км Bu yerda: K жл – joriy likvidlik koeffitsiyenti; PM – pullar va ularga tenglashtirilgan mablag‘lar (likvid qimmatli qog‘ozlar va jalb qilingan debitorlik qarzlari); MAM – XYuS moddiy aylanma mablag‘larining qiymat bahosi; M км – XYuS ning qisqa muddatli majburiyatlari. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling