75
Amortizatsiya ajratmalari fondi
Amortizatsiya ajratmalari fondi XYuSlar moliyaviy resurslarining
tarkibiy tuzilmasida muhim o‘rin tutadi
Chunki bunday ajratmalar pul tushumlaridan qancha ajratilganligi va
ularning XYuS tegishli hisobvaraqlarida
joylashganligiga qarab
XyuSlarning real moliyaviy resurslari hisoblanadi
Foyda
Ishlab chiqarishning rivojlanishi va tovar hamda moliya bozor-
larida XYuS faoliyatining faollashuvi natijasida uning moliyaviy
resurslari tarkibiy tuzilmasida foyda hal qiluvchi o‘rinni egallay
boshlaydi
Foyda massasi va normasi, uning xarajatlarga
nisbati XYuSning kre-
ditga layoqatliligini va uning qarz mablag’larini jalb qilish imkoniya-
tini, uzoq va qisqa muddatli kreditlarni olishni aniqlab beradigan mu-
him indikatorlardir
Foyda XYuS o‘z mablag‘larining asosiy manbayi bo‘lib, ishlab
chiqarish
apparatining yangilanishini, sifatning yaxshilanishini,
chiqarilayotgan mahsulot assortimentining kengayishini va
h.k.larni ta’minlaydi
Foyda hisobidan
XYuSning rezerv fondlari, maxsus maqsad-
larga mo‘ljallangan fondlar shakllantiriladi