Тоҳир Маликов
Mustaqil o‘zlashtirish uchun chizma materiallar
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Маликов Т. Молия хўжалик юритувчи субйектлар молияси.-Тошкент2010
3.4. Mustaqil o‘zlashtirish uchun chizma materiallar 3-bob. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy resurslari 3.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy resurslari va kapitali XYuSlarning moliyaviy resurslari ular resurslarining bir qismi bo ‘ lib, bu resurslar pul shaklida amal qiladi Pulga sotib olinganligiga qaramasdan ishlab chiqarish vositalari haqiqatda ular pul emas va pul hisoblanmaydi resurslarning pul shaklida amal qilishi moliyaviy resurslar mohi- yatan tavsifining ajralmas qismi hisoblanib, bu narsa ularni XYuS ning boshqa resurslari ko’rinishlaridan, xususan, ishlab chiqarish vositalaridan farq qiladi Buni inobatga olgan holda XYuS vositalarining “pul shakli” va “pul qiymati” tushunchalarini farqlamoq lozim. “XYuS vositalarining pul qiymati” tushunchasi, odatda, pul mablag‘larining o‘zini emas, balki turli maqsadlar uchun mo‘ljallangan vositalar va fondlarning qiymat jihatidan baholanishini anglatadi 73 Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kapitali Ishlab chiqarish jarayonini yangidan boshlash va rivojlan- tirishga mo‘ljallangan XYuSning moliyaviy resurslari bu pul shaklidagi uning kapitalidir Printsip jihatidan, takror ishlab chiqarish jarayonining doira- viy aylanishiga kiritilgan va uning egasiga daromad kelti- ruvchi har qanday mulkiy va intellektual boylik kapital bo‘- lishi mumkin. Mehnat vositalari, predmetlari va natijalariga aylangan mod- diy-buyumlashgan kapital, ishlab chiqarish jarayoni ishti- rokchilarining jismoniy va intellektual qobiliyatlaridan ibo- rat bo’lgan inson kapitali kapital mavjudligi va harakatining boshqa pulsiz shakllari hisoblanadi Ta’sis kapitalining pulsiz qismi (sanoat va intellektual mulk obyektlari, ulardan foydalanish huquqlari va boshqalar) esa, xuddi maqsadli tushumlar singari, agar ular pul ko‘rinishida qo‘yilmagan bo‘lsa, ularni XYuSning moliyaviy resurslari tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq emas Dastlabki (birlamchi) kapitalning ishlab chiqarishga investitsiya qilinishi tovar-pul doiraviy aylanishi jarayonining kengayishini boshlab beradi. Uning pul shaklidagi yakuni (natijasi) sifatida XyuSning tushumi maydonga chiqadi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling