Тоҳир Маликов
Bevosita moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Маликов Т. Молия хўжалик юритувчи субйектлар молияси.-Тошкент2010
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sotuv rentabelligi
Bevosita moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish
natijasida XYuS tomonidan olingan daromad tarkibiga quyidagilar kiradi XYuS tomonidan aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilish asosida bozorda joylashtirishdan olingan dividendlar va boshqalar boshqa emitentlar qimmatli qog’ozlarini sotib olishdan olingan dividendlar banklardagi pul omonatlaridan olingan foiz daromadlari XYuS foydasidagi valyutalar kurslari bo‘yicha farqlar Ajablanarlisi shundaki, XYuS moliyaviy operatsiyalarining da- romadliligini xarakterlovchi ko‘rsatkich ularning samaradorligini sof moliyaviy natijaning sof moliyaviy xarajatlarga nisbati shaklida ifo- dalab, ko’pchilik hollarda XYuS moliya-xo‘jalik faoliyatining ha- qiqiy samaradorligini aks ettirmaydi. Iqtisodiyot real sektori samara- dorligining ko‘rsatkichlarida va baholarida bankrot holatida bo‘lish- lariga qaramasdan moliyaviy “spekulatsiyaning” imkoniyatlari ularni “cho’kmasdan” turishlariga sharoit yaratadi 79 Sotuv rentabelligi Shunday bo’lishiga qaramasdan bu yerda yana bir narsani ino- batga olmoq lozim, ya’ni samaradorlikning o‘lchovi sifatida yu- qoridagi ko’rsatkichning haqqoniylik darajasi juda ko’p omil- larga, xususan, tushum va foydani shakllantiruvchi bozor baholari monopol baholarni shakllantirishning salbiy ta’sirlaridan qancha- lik ozod ekanligiga bog’liq Real sektor XYuSlarida, moddiy ishlab chiqarishda moliyaviy re- surslardan foydalanishning samaradorligini mos ravishda baho- lash talablariga u yoki bu darajada sotuv rentabelligi ko‘rsatkichi (foydaning mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan tushumga nisbati) javob beradi Bu nisbatdagi surat va maxraj pul mablag‘laridan iborat bo‘l- ganligi uchun sotuv rentabelligini, ayrim holatlarni istisno qilgan tarzda, sof moliyaviy ko‘rsatkich sifatida e’tirof etish mumkin Barcha moliyaviy ko‘rsatkichlarda mazmun va shakl o‘rtasida di- alektik qarama-qarshilikning mavjudligi namoyon bo‘ladiki, bu narsa bizning holatda XYuSlar moliyasining (iqtisodiyot yaxlit moliyaviy sektorining ham) o‘z iqtisodiy asosidan, ishlab chiqa- rishdan ajralib chiqishga va unga bog‘liq bo‘lmagan holda mus- taqil hayot kechirish imkoniyatini qo‘lga kiritishga intilishi orqali ifodalanadi 80 XYuSlar moliya-xo‘jalik faoliyatining samaradorligini tahlil qilish va baholashda moliyaviy ko‘rsatkichlar (masalan, tushum va foyda) moddiy aylanma mablag‘larning aylanuvchanligi, asosiy ishlab chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlarning fond qaytimi (sig‘imi) kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan birgalikda qaralsa, bu qarama- qarshilik, ma’lum darajada, pasayadi Ana shu munosabat bilan eng umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlardan biri XYuSning iqtisodiy rentabelligi (biznesning rentabelligi) ko‘r- satkichidir Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling