Тоҳир Маликов
-bob. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Маликов Т. Молия хўжалик юритувчи субйектлар молияси.-Тошкент2010
3-bob. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy
resurslari 3.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy resurslari va kapitali XYuSlarning moliyaviy resurslari ular resurslarining bir qismi bo‘lib, bu resurslar pul shaklida amal qiladi. Resurslarning pul shaklida amal qilishi moliyaviy resurslar mohiyatan tavsifining ajralmas qismi hisoblanib, bu narsa ularni XYuSning boshqa resurslari ko‘rinishlaridan, xususan, ishlab chiqarish vositalari (dastgohlar, mashinalar, xomashyo va materiallar, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan binolar va shunga o‘x- shashlar)dan farq qiladi. Buni inobatga olgan holda XYuS vositalarining “pul shakli” va “pul qiymati” tushunchalarini farqlamoq lozim. “XYuS vositalarining pul qiymati” tushunchasi, odatda, pul mablag‘larining o‘zini emas, balki turli maqsadlar uchun mo‘ljallangan vositalar va fondlarning qiymat jihatidan baholanishini anglatadi. Pulga sotib olinganligiga qaramasdan ishlab chiqarish vositalari dast- gohlar, mashinalar, xomashyo va materiallar, ishlab chiqarishga mo‘ljal- langan binolar va shunga o‘xshashlar) haqiqatda pul emas va pul hisoblan- maydi. Ishlab chiqarish fondlarini qaytadan pul shakliga aylantirish uchun, avvalo, ularni sotish kerak. Bu holda esa, o‘z navbatida, mol-mulkning balansda aks ettirilgan qiymati baholari emas, balki haqiqiy bozor baholari harakatga tushadi. Moliyaviy qiyinchiliklar va bankrotlik xavfi ostida vu- judga keladigan bunday vaziyatlar XYuSni yomon oqibatlarga, xususan, mablag‘lar va resurslarni yo‘qotib qo‘yishiga olib kelishi mumkin. Holbuki, xalqaro amaliyotdagi ma’lumotlarga ko‘ra, bankrotga uchragan XYuS tu- gatilayotgan paytda unga tegishli bo‘lgan aktivlar qiymatining 40% dan ortiq bo‘lmagan qismini olishga muvaffaq bo‘lishi mumkin. Shu munosabat bilan hatto, sog‘lom bozor aylanmasida, ya’ni talabga ega bo‘lgan tayyor mahsulot realizatsiya qilinganda ham u faqat sotilganidan so‘ng pul mab- lag‘iga aylanadi. Ishlab chiqarish jarayonini yangidan boshlash va rivojlantirishga mo‘ljallangan XYuSning moliyaviy resurslari bu – uning pul shaklidagi kapitalidir. Mehnat vositalari, predmetlari va natijalariga aylangan mod- diy-buyumlashgan kapital, ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilarining jismoniy va intellektual qobiliyatlaridan iborat bo‘lgan inson kapitali kapital mavjudligi va harakatining boshqa pulsiz shakllari hisoblanadi. Prinsip jihatidan, takror ishlab chiqarish jarayonining doiraviy aylani- 65 shiga kiritilgan va uning egasiga daromad keltiruvchi har qanday mulkiy va intellektual boylik kapital bo‘lishi mumkin. Tijoriy XYuSlarning moliyaviy resurslari dastlab (birlamchi holda) ta’sis kapitalining bir qismini pul shaklida qo‘yish, shuningdek, boshqa shaxslar va tashkilotlardan maqsadli moliyalashtirish va subsidiyalar ko‘- rinishida kelib tushgan pul mablag‘lari qismi hisobidan shakllantiriladi. Ta’sis kapitalining pulsiz qismi (sanoat va intellektual mulk obyektlari, ulardan foydalanish huquqlari va boshqalar) esa, xuddi maqsadli tushumlar singari, agar ular pul ko‘rinishida qo‘yilmagan bo‘lsa, XYuSning moliya- viy resurslari tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq emas. Birlamchi kapitalning ishlab chiqarishga investitsiya qilinishi tovar-pul doiraviy aylanishi jarayonining kengayishini boshlab beradi. Uning pul shaklidagi natijasi sifatida XYuSning tushumi maydonga chi- qadi. O‘z navbatida, tushum xarajatlarini moliyalashtirish va kengay- tirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini davom ettirishni ta’minlovchi bir necha pul mablag‘lari fondlariga bo‘linadi. Umumiy tarzda quyidagi ifodalash mumkin: T = F аа + F м хм + F их + F ф Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling