Тоҳир Маликов


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/134
Sana06.11.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1751753
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   134
Bog'liq
17.Маликов Т. Молия хўжалик юритувчи субйектлар молияси.-Тошкент2010

N = E x (U
1
 + U
2
) : 2 x B 
Bu yerda: N – aylanma mablag‘larning normativi; 
– aylanma mablag‘larga bo‘lgan kunlik ehtiyoj; 
U
1
 + U
2
 – navbatdagi ikki mol yetkazib berishlarning 
kunlardagi uzunligi; 
– aylanma mablag‘ birligining bahosi. 
Aylanma mablag‘larning har bir elementlari bo‘yicha normativ-
ning alohida hisoblanishi natijasida xususiy normativlar vujudga kela-
di. O‘z navbatida, barcha xususiy normativlarni jamlash natijasida yig‘-
ma normativ hosil bo‘ladi. 


99 
Xomashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlarning alohida 
turlari bo‘yicha zaxiralarning kunlik normasi quyidagi zaxiralar sum-
malarini inobatga olib o‘rnatiladi: 

transport zaxirasi; 

tayyorlov zaxirasi; 

texnologik zaxira; 

joriy zaxira; 

sug‘urta zaxirasi. 
Transport zaxirasi yukning yo‘ldagi kunlari va shu yuk uchun 
hujjatlarni to‘lash va ularning harakatlanish kunlari sonini o‘z ichiga 
oladi. Tayyorlov zaxirasi qabul qilishni rasmiylashtirish, navlarga ajra-
tish, ortish-tushirish, komplektatsiya qilish, moddiy resurslarni maxsus 
qayta ishlash va h.k.larga bog‘liq. Bu zaxira me’yor yoki haqiqatda sarf-
langan vaqt asosida o‘lchanadi. Texnologik zaxira ishlab chiqarish tex-
nologiyasiga bog‘liq va texnologik me’yorlar asosida hisoblanadi. 
Asos sifatida joriy maksimal ombor zaxirasi olinadi. Chunki u ma-
teriallarni navbatdagi ikki yetkazib berish intervali o‘rtasida ishlab chi-
qarish jarayonining uzluksizligini ta’minlaydi. Maksimal joriy zaxira 
materiallarga bo‘lgan o‘rtacha kunlik ehtiyoj va navbatdagi ikki mol yet-
kazib berish intervali o‘rtasidagi davomiylikning ko‘paytmasiga teng. 
Mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish hajmining o‘sishi joriy ombor 
zaxirasining oshirilishini talab qiladi. Shuningdek, maksimal joriy zaxira 
ishlab chiqarishning maromiyligini ta’minlash uchun har doim biroz 
o‘zgartirilishi kerak. Sug‘urta zaxirasi rezerv sifatida, odatda, joriy ombor 
zaxirasining 50%i doirasida qabul qilinadi. 
Shunday qilib, zaxiraning kunlik me’’yori transport zaxirasi, tay-
yorlov zaxirasi, texnologik zaxira, joriy ombor zaxirasi va sug‘urta zaxi-
ralarining summasiga teng bo‘lgan summalar yig‘indisidan iborat. 
Tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘yicha aylanma mablag‘larni 
me’yorlashtirish buyumlarning guruhlari bo‘yicha amalga oshiriladi va u 
quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling