Тоҳир Маликов
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Маликов Т. Молия хўжалик юритувчи субйектлар молияси.-Тошкент2010
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.3. Aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish
K
ал = (PM + MQ) : QP 0,2 Bu yerda: K ал – absolut likvidlik koeffitsiyenti; PM – pul mablag‘lari; MQ – qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar; QP – qisqa muddatli majburiyatlar (kelgusi davr daromadlarisiz). Bu koeffitsiyentning istaluvchi darajasi 0,2 dan iborat bo‘lib, biroq amaliyotda bu narsa o‘z faoliyatining turli davrlarida XYuSning moliyaviy siyosati va ishining samaradorligiga bog‘liq. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aylanma kapitaldan foydalanishning samaradorligi juda ko‘p omillarga bog‘liq. U, eng avvalo, to‘lov inti- zomining ahvoli, aylanma mablag‘larning turli funksional elementlariga joylashtirilgan qo‘yilmalarning hajmi bilan belgilanadi. Shuningdek, ish- lab chiqarish sohasida aylanma kapitaldan samarali foydalanishga ishlab chiqarishning chiqitlarsiz yuqori texnologiyalarga asoslanganligi, mate- riallar qiymatining pasayishi, ishlab chiqarish va muomala xarajatlari- ning minimallashtirish, ishlab chiqarish zaxiralari va ularning harakatini oqilona tashkil qilish hamda natijali boshqaruv me’yorlashtirishni hisobga olgan holda), albatta, o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Muomala sohasida bunday omillar qatoriga mol yetkazib beruv- chilar va iste’molchilar bilan ishlarni yaxshilash, samarali xo‘jalik alo- qalaridan foydalanish, zamonaviy marketingni amalga oshirish, tayyor mahsulot zaxiralarini kamaytirish va uning realizatsiya qilinishini tez- lashtirish kabilar kiradi. To‘lov qobiliyatini ta’minlash (mustahkamlash) va mablag‘larning aylanuvchanligini tezlashtirish maqsadida debitorlik qarzlari va pul oqimlarini boshqarishni yaxshilash ham bu o‘rinda alo- hida ahamiyat kasb etadi. 4.3. Aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish Aylanma kapitalni rejalashtirish va undan foydalanishni tashkil qilish uchun unga nisbatan bo‘lgan ehtiyojni aniqlash metodlari va reja- lashtirish tizimini ishlab chiqmoq lozim. Moddiy resurslar va ular zaxi- ralarining harakatini boshqarish tizimini avtomatlashtirish xususida o‘y- lamoq, aylanma kapital va uni shakllantirish manbalari bilan to‘g‘ri man- 97 yovr qilish, materiallarning sarflanishi va ularning saqlanishi ustidan nazoratni ta’minlash kerak. Yuqoridagilarni amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilish uchun aylanma mablag‘lar quyidagi ikki guruhga bo‘linadi: Me’yorlashtiriladigan aylanma mablag‘lar; Me’yorlashtirilmaydigan aylanma mablag‘lar. Me’yorlashtiriladigan aylanma mablag‘larga aylanma ishlab chiqa- rish fondlari va realizatsiya qilinmagan tayyor mahsulot zaxiralari ki- radi. Me’yorlashtirilmaydigan aylanma mablag‘lar esa ombordagi tayyor mahsulot zaxiralaridan tashqari muomala fondlarining barcha element- larini qamrab oladi. Aylanma kapitalning o‘lchamini optimallashtirish uchun moddiy aylanma mablag‘larning rejalashtirilishi amalga oshiri- ladi. Moddiy aylanma mablag‘larni rejalashtirishning asosini normativ metodi tashkil etadi. Unga ko‘ra aylanma mablag‘larning normativi bel- gilanadi, transport, sug‘urta, tayyorgarlik, texnologik, joriy zaxiralarni ham qo‘shgan holda zaxiralar normalashtiriladi, moddiy resurslarning barcha ko‘rinishlari, tugallanmagan ishlab chiqarish, ombordagi tayyor mahsulotga nisbatan xarajatlar me’yori o‘rnatiladi. Aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish jarayoni bir necha bosqich- lardan iborat. Dastlab, aylanma mablag‘larning har bir elementi bo‘yicha ishlab chiqarish zaxiralarining me’yori ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarish zaxiralarining me’yori ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’- minlovchi ularning ilmiy asoslangan rejali hajmidan iborat bo‘lib, u eng avvalo, quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi XYuS ish sharoitiga bog‘liq: ishlab chiqarish siklining uzoq-yaqinligi; ishlab chiqarishga materiallarni kiritish davri; mol yetkazib beruvchilarning uzoqligi; mol yetkazib berish partiyalarining kompleksligi yoki hajmi; materiallar sifati; hisob-kitoblar tizimi; va boshqalar. Me’yor me’yorlashtiriladigan moddiy resurslarga (ularning har bir turi bo‘yicha) bo‘lgan o‘rtacha kunlik ehtiyoj (xarajat)larning hajmi va mol yetkazib berishlar o‘rtacha intervalining uzunligini hisobga olgan holda kunlik zaxiralarda o‘rnatiladi. Demak, agar ana shu interval, ma- salan, 24 kunga teng bo‘lgan bo‘lsa, shunga mos ravishda zaxiralar shu 98 kunlar oralig‘ida ishlab chiqarish siklining normal (sog‘lom) rivojlani- shini ta’minlashga yetarli bo‘lmog‘i lozim. Kunlarda ifodalangan zaxiralar va ma’lum bir ko‘rinishdagi tovar- moddiy boyliklar xarajatlarining me’yori asosida me’yorlashtiriladigan zaxiralarni yaratish uchun zarur bo‘lgan aylanma mablag‘larning hajmi aniqlanadi. Agar me’yor kunlarda aniqlansa, u holda aylanma mablag‘- larning normativi XYuSning normal faoliyat ko‘rsatishi uchun minimal darajada zarur bo‘lgan tovar-moddiy boyliklarning pulda ifodalangan rejalashtirilgan zaxiralaridan iborat. Qandaydir bir resurslarning zaxiralariga avanslashtiriladigan aylan- ma mablag‘lar normativining formulasi quyidagi ko‘rinishga ega: N = E x U x B Bu yerda: N – aylanma mablag‘larning normativi; E – aylanma mablag‘larga bo‘lgan kunlik ehtiyoj; U – o‘rtacha interval uzoqligi; B – aylanma mablag‘ birligining bahosi. Masalan, faraz qilaylik qandaydir bir xomashyoning zaxira me’yo- ri 15 kunga, kunlik ehtiyoj 10 tonnaga va bir tonnaning bahosi 20 ming so‘mga teng bo‘lsa, u holda pulda ifodalangan normativning darajasi 600 ming so‘mga (15 x 10 x 20 000) teng bo‘ladi. Umuman olganda, aylanma mablag‘lar normativi mol yetkazib be- rishlar o‘rtasidagi o‘rtacha intervalni hisobga olgan holda quyidagi formula orqali aniqlanishi mumkin: Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling