Tojiboyev abdulhamidning yuridik psixologiya fanidan «sud muhokamasining psixologik asoslari»


Ikkala kasbdan bittasini tanlashi shart


Download 62.4 Kb.
bet12/13
Sana03.02.2023
Hajmi62.4 Kb.
#1148081
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Abdulhamid Kurs ishi.222

Ikkala kasbdan bittasini tanlashi shart

1

a) quruvchi

b) loyiha tuzuvchi

2

a) elektron texnik

b) sanitariya shifokori

3

a) tokar (chilangar)

b) kotiba

4

a) suratkash

b) doʼkon mudiri

5

a) chizmakash

b) dizayner

6

a) faylasuf

b) psixiatr

7

a) tilshunos

b) advokat

8

a) ilmiy jurnal muharriri

b) badiiy jurnal tarjimoni

9

a) pediatr

b) statist

10

a) sport shifokori

b) feletonchi

11

a) notaries

b) taʼminotchi

12

a) parmalovchi

b) hajviy surʼat soluvchi rassom

13

a) siyosiy arbob

b) yozuvchi

14

a) bogʼbon

b) meteorolog

15

a) avtobus haydovchi

b) felьdsher

16

a) elektron uskunalar muhandisi

b) kotiba

17

a) boʼyoqchi

b) yogʼoch yoki metal boʼyicha rassom

18

a) biology

b) koʼz shifokori

19

a) teleoperator

b) rejissyor

20

a) gidrolog

b) taftishchi

21

a) zoolog

b) bosh zootexnik

22

a) matematik

b) meʼmor

23

a) bolalar xonasi noziri

b) hisobchi

24

a) oʼqituvchi

b) kasaba uyushmasi lideri

25

a) tarbiyachi

b) kulol

26

a) iqtisodchi

b) boʼlim mudiri

27

a) korrektor

b) tanqidchi

28

a) xoʼjalik ishlari mudiri

b) dirijer

29

a) radiooperator

b) fizik yadrochi

30

a) sozlovchi

b) montajchi

31

a) agronom

b) menejer

32

a) bichuvchi

b) dekarator

33

a) arxeolog

b) ekspert

34

a) muzey xodimi

b) maslahatchi

35

a) olim

b) akter

36

a) logoped

b) stenografist

37

a) shifokor

b) diplomat

38

a) bosh hisobchi

b) director

39

a) shoir

b) ruhshunos

TIPLARNING TAHLILI
Realistik tip. Bunday tipdagi shaxs koʼproq konkret, yaʼni aniq obʼektlar (narsalar, asbob uskunalar, hayvonlar, mashinalar) bilan shugʼullanishni afzal koʼradilar, konkret obʼekt bilan shugʼullanish, chaqqonlik va aniqlikni yoqtiradi. Odamlar bilan muloqotda boʼlishni yoqtirmaganligi sababli yuqori lavozimlarda ishlashni xush koʼrmaydi. Injener, mexanik, elektrik, agronom, bogʼbon, haydovchi va shunga oʼxshash kasblarni tanlaydi.
Aqliy tip. Bunday odamlar oʼzining sezgir va boy xayolligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Ular amaliy mashgʼulotlarni bajarishdan koʼra, muammolarni nazariy hal qilish ustida oʼylashni yoqtiradilar. Mavhum kasblarni tanlashadi: biolog, botanik, astronom, fizik.
Ijtimoiy tip. Bunday odamlar muammoni yechishda koʼproq oʼzlarining intellektual qobiliyatlaridan koʼra shaxsiy hissiyot va tuygʼularga asoslanadilar. Mexanizmlar bilan shugʼullanishni yoqtirmaydilar. Koʼproq taʼlim va sogʼliqni saqlash sohasiga qiziqadilar: shifokor, psixolog, oʼqituvchi kasblarini tanlashlari mumkin, chunki ularda muloqotga kirishish, boshqaruv va sanʼatga ehtiyoj katta.
Konventsial (shartli) tip. Bunday odamlarda moslashish salohiyati juda past. Ularga past faollikni talab qiluvchi mashgʼulotlar va mutaxassisliklar hamda aniq tizimli faoliyatlar koʼproq yoqadi. Chunki bunday faoliyatlarda aniqlik va noaniqlik belgilab berilgan. Boshqaruv faoliyati qoʼl kelmaydi, chunki bunday odamlar masalalarni hal qilishda koʼproq boshqalarning fikriga suyanadilar. Tavsiya etilgan kasblar iqtisod, hisobchi, kotiba va hokazo.
Tadbirkorlik tipi. Bunday tiplar yuqori lavozimlarda ishlashni yoqtiradilar, Ularga qoʼl mehnati, diqqatni bir nuqtaga jalb etuvchi faoliyatlar yoqmaydi. Ular quyidagi kasblarni tanlaydilar: direktor, teleoperator, artist, diplomat, jurnalist. 6. Аrtistik (kreativlik) tip. Bunday insonlarda xayol va intuitsiya yaxshi rivojlangan. Ular hayotni murakkablashgan holda qabul qiladilar. "Erkaklashtirilgan" — sport, avtotaʼmirlash kabi ishlar qiziqtirmaydi. Ular ijodiy xarakterli mashgʼulotlarni xush koʼradilar. Yaʼni, musiqa, rassomchilik, adabiyot va shu kabi sohalarda yuqori natijalarga erishishlari mumkin.
Shaxs aktsentuatsiyasini diagnostika qilish so’rovnomasi
(K.Leongard)
Mazkur so’rovnoma A.A.Baranov tomonidan ishlab chiqilgan. Bunda Karl Leongardning shaxs aktsentuatsiyalari tipologiyasi asos qilib olingan.
So’rovnoma temperament, xarakter va tafakkur uslubida aktsentuatsiyaning qaysi turi ustunlik qilishini aniqlash uchun yordam beradi. So’rovnoma bilan ishlashda tekshiriluvchi berilgan hukmlardagi ta’kidlar uning hulq – atvoriga mos kelishi yoki kelmasligini bildirishi kerak.
01. Namoyishkoronalik – doim diqqat markazida bo’lishga, tan olinishga ustun bo’lishi.
02. Ginaxonlik – qo’rquv va jahl emotsiyalarining uzoq vaqt barqaror saqlab turishi.
03. Maydakashlik – o’rnatilgan tartibga qat’iy rioya etishga intilishning, ishning tashqi va mayda – chuyda tomonlariga e’tibor berishning kuchli bo’lishi.
04. Qo’zg’aluvchanlik – xulq-atvorda impulsivlikning, etarlicha mulohazasiz harakat qilishga moyillikning ustun bo’lishi.
05. Optimistlik – ko’tarinki kayfiyat, faoliyatda jonbozlik, gapdonlikning ustunligi.
06. Davriylik – ko’tarinkilik va tushkunlik holatlarining davriy ravishda o’rin almashishi.
07. Pessimistlik – yomon kayfiyat, voqealarning salbiy tomonlariga ko’proq e’tibor beruvchanlikning ustun bo’lishi.
08. Beqarorlik – hayotiy vaziyatlar ta’sirida emotsional holatning musbat tomondan manfiy tomondan musbat tomonga keskin o’zgarishi.
09. Xavotirlanuvchanlik – xavotir, cho’chish, qo’rqimsirashning yuqori bo’lishi.
10. Ko’ngilchanlikning – nozik insoniy hissiyotlar sohasida chuqur kechinmalarining, ta’sirchanlikning ustun bo’lishi.
11. Ekstravertlik – tashqi olamdagi voqea – hodisalarga yo’nalganlikning ustun bo’lishi.
12. Introvetrlik – shaxsiy kechinmalar, o’y – xayollar olamiga yo’nalganlikning ustunlik qilishi.

Eslatma № 1. Aktsentuatsiya nomlari asosan klinik atamalar bilan emas, so’zlashuv uslubiga xos so’zlar bilan ifodalangan.




Ta’kidlar qatori.
1. Boshqalardan uni ajratib turadigan taqinchoq va kiyimlarni yaxshi ko’radi.
2. Yoqimsiz vaziyatlarni uzoq vaqt esda tutadi.
3. Hamma narsa o’zining qat’iy belgilangan joyida bo’lishini ta’minlashga intiladi.

  1. Tez jahli chiqadi.

  2. Tashabbuskorlik - uning asosiy xususiyati.

  3. Shunday bo’ladiki, uning kayfiyati biror jiddiy sababsiz ham o’zgaradi.

  4. Ko’pincha passiv.

  5. O’z hissiyotlarini yorqin va samimiy ifoda etishi bilan ajaralib turadi.

  6. Uni jur’atsiz odam desa bo’ladi.

  7. U ko’ngli bo’sh odam.

  8. Kayfiyati ko’pincha a’lo.

  9. Fikrlari antiqaligi bilan boshqalar fikrlaridan farqlanadi.

  10. Notanish odamlar bilan osonlikcha muloqotga kirishadi.

  11. Uni mag’rur odam desa bo’ladi.

  12. Doim etti o’lchab, bir kesish qoidasiga rioya etadi.

  13. Ba’zida o’z fikrlarini keskin va ortiqcha andishasiz bildiradi.

  14. Murakkab vaziyatlardan ustamonlik bilan chiqib ketadi.

  15. Kutilmagan qiliq qilib qo’yishi mumkin.

  16. Har xil shartlar, axloqiy talablar bilan hamma narsani mujmallashtirib yuboradi.

  17. Beminnat yordam ko’rsatishga moyil.

  18. Aldash qo’lidan kelmaydi.

  19. Kayfiyatiga qarab ish tutadi-yu, lekin me’yordan chetga chiqmaydi.

  20. «Avval o’yla, keyin so’yla» qoidasiga rioya qilmaydi.

  21. U real hayotdan biroz uzilib qolgan.

  22. Muvaffaqiyat qozonishi uchun boshqalarga ma’qul tushadigan odam bo’lishga intiladi.

  23. U birdan yangi ishga qo’l ura olmaydi, lekin hammasini tushunib olgach, ishni boshqalardan yaxshi bajaradi.

  24. Qarorlari va harakatlari ishonchli hamda aniq ekani bilan boshqalardan farqlanadi.

  25. Jamoada doim etakchilikka da’vo qiladi.

  26. U qiyin vaziyatlardan chiqish yo’lini tezgina topadi.

  27. Vaziyat o’zgarishi bilan uning harakatlari ham o’zgaradi.

  28. Yon bosish va bo’ysunishga moyillik bildiradi.

  29. Har xil mish – mishlarga osongina ishonib qo’ya qoladi.

  30. Mas’uliyatni o’z zimmasiga olishdan o’zini olib qochadi.

  31. Qondan qo’rqadi.

  32. Dangallik va ochiqlik uning tabiatiga xos.

  33. Ko’pchilikning qarashlariga zid keluvchi fikr tarafdori bo’lishi mumkin.

  34. Boshqalar bilan muloqot qilishda o’zining hatti – harakatlari qanday bo’lishini tahlil etadi.

  35. Obro’sini yo’qotishdan qo’rqmay, uzoq vaqt o’z qarashlari va g’oyalarini himoya qilish uchun kurash olib borishi mumkin.

  36. Qat’iy qaror qabul qilishga qiynalib uzoq mulohaza yuritadi.

  37. U g’alaba qozonish raqibining kuchiga emas, eng avvalo o’zining matonatiga bog’liq, deb biladi.

  38. O’z vazifalariga jiddiy munosabatda bo’lmagan paytlari uchrab turadi.

  39. Ba’zida bir necha kun, hatto, haftalab o’z olamiga «kirib ketishi» mumkin.

  40. Uning xulq atvori birinchi navbatda jamiyatda qabul qilingan me’yorlar bilan belgilab beriladi.

  41. Vahima qilishga moyil.

  42. Do’stlari bilan bo’lgan muloqotda o’ta ishonuvchan.

  43. Intizomli, o’z burchiga sodiq.

  44. Uning shiori – «Hamma qaysi tarafga bo’lsa, men ham o’sha tarafga».

  45. U kamgap, zarurat tug’ilgandagina muloqotga kirishadigan inson.

  46. O’z kayfiyatini osongina o’zgartirishi mumkin.

  47. Urishib qolgan bo’lsa, yarashish tomon birinchi bo’lib qadam tashlamaydi.

  48. Ko’pincha ishlarning bajarilishini erta – indinga yoki keyingi haftaning shu kuniga qoldiradi.

  49. Hayotiy rejalar tuzib emas, real hayot kechirib yashashni istaydi.

  50. Jamoaning «yuragi» bo’la oladi.

  51. O’ziga nima keragini ba’zida o’zi ham bilmaydi.

  52. Shovqin–suronli davralarni yoqtirmaydi, ulardan o’zini olib qochadi.

  53. Badiiy did sohibi.

  54. Boshqalarning unga bo’lgan munosabatini juda nozik his etadi.

  55. Uni hafa qilish oson.

  56. Maqsadga erishish uchun sinalgan usul va vositalardan foydalanishni ma’qul ko’radi.

  57. Mehnatda ishni qanday qilib yaxshiroq, tezroq, kam vaqt va kuch sarflab bajarish mumkinligini ko’p o’ylaydi.

  58. Uni boshqalar diqqatini jalb etadigan odam desa bo’ladi.

  59. Uni birovdan uzoq vaqt xafa bo’lib yuradigan odam desa bo’ladi.

  60. Uni narsalarning mayda-chuydalariga ko’p e’tibor beradigan odam desa bo’ladi.

  61. Uni o’ylamay ish qilib qo’yadigan odam desa bo’ladi.

  62. Uni doim kelajakka umid bilan qarovchi odam desa bo’ladi.

  63. Unda goh o’ta umidvorlik, goh o’ta umidsizlik kuzatiladi.

  64. Uni kelajakka umidsizlik bilan munosabatda bo’luvchi odam desa bo’ladi.

  65. Uni hissiyotga juda beriluvchan odam desa bo’ladi.

  66. Uni o’ta xavotirlanuvchan odam desa bo’ladi.

  67. Uni haddan tashqari tinchliksevar odam desa bo’ladi.

  68. Uni kirishimli, odamshinavanda odam desa bo’ladi.

  69. Uni yakkalanuvchan, odamovi odam desa bo’ladi.




Download 62.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling