Tojikiston respublikasining geografik o’rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari


Download 191 Kb.
bet11/13
Sana18.06.2023
Hajmi191 Kb.
#1567278
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Tojikiston

Xitoy bilan hamkorlik xavfi
Tojikistonda umumiy qiymati 3,5 mlrd AQSH dollaridan ortiq 70 ta davlat investitsiya loyihalari amalga oshrilmoqda, deb xabar bergan Investitsiyalar va davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi.
Hukumat 2021-yilda 354 mln AQSH dollariga teng tashqi va mahalliy investitsiyalarni jalb qilish niyatida.
Bu mablagʻ yordamida metall va oziq-ovqatni qayta ishlash sohalarida 11 ta korxona barpo etilishi kutilmoqda.
Tashqi qarzlar tan olingan muammo boʻlishiga qaramay, kelasi uch yil davomida hukumat iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yana 1,1 milliard dollar qarz olishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi moliya vazirligi.
Bunday maqsadlar fonida COVID-19 pandemiyasi investitsiyalarning Xitoy modeliga haddan tashqari qaramlik xavfini namoyon etdi, deydi Kabir.
“Pandemiya shuni koʻrsatdiki, Xitoydan ishchilar olib kelish katta xavf tugʻdirishi mumkin”, dedi u.
“Pandemiya davrida Zarafshon sanoat zonasida ish toʻxtamadi, chunki u yerdagi ishchilar va mutaxassislarning 98 foizi tojikistonlik edi”, deydi u. “Ammo Istiqlol sanoat zonasida ishlab chiqarish va dastlabki qayta ishlash uzoq muddatga toʻxtab qoldi. Bunga oy taqvimi boʻyicha yangi yilni nishonlash uchun Xitoyga ketgan ishchilarning karantin tufayli oʻz vaqtida qaytib kela olmagani sabab boʻlgan.”
“Ishlab chiqarishning uzoq muddatga toʻxtab qolishi Tojikiston iqtisodiyotiga sezilarli zarar yetkazdi.”13
AQSH bilan hamkorlik istiqbollari
Qoʻshma Shtatlar Tojikistonga bir nechta qoʻshma korxonalar barpo etishga koʻmaklashgan.
Sanoat va yangi texnologiyalar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, AQSHning Comsup Commodities, Inc. kompaniyasi konchilik sohasida Tojikiston bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan.
Soʻgʻd viloyatidagi Anzob togʻ-metallurgiya kombinati Tojikistondagi eng qadimgi korxonalardan biri boʻlib, 1970-yillardan beri u yerda simob va surma qazib olingan. Ammo, SSSR parchalanganidan keyin 10 yildan ortiqroq vaqt davomida ishlamay turgan.
2005-yilda bu korxona AQSH investitsiyalari yordamida qayta ishga tushirildi.
Vazirlikka koʻra, soʻnggi 15 yil ichida Anzobni modernizatsiya qilish uchun Comsup 300 million AQSH dollari investitsiya kiritgan.
Amerikalik investorlar mamlakatda eng muvaffaqiyatli korxonalardan boʻlgan ichimliklarni qadoqlash zavodini barpo etishga ham yordam berganlar.
2000-yillar boshida AQSHning Aqua Crystal xususiy kompaniyasi Soʻgʻd viloyatidagi Istaravshan (sobiq Oʻratepa) shahrida Obi-Zulol zavodi qurilishiga 3,8 million dollarlik sarmoya kiritgan. U yerda suv, alkogolsiz ichimliklar qadoqlanib, bolalar ozuqasi qayta ishlanadi.
2020-yilda COVID-19 pandemiyasi davrida kompaniya 285,4 million somoniyga (25 million AQSH dollari) teng mahsulot ishlab chiqargan va bolalar ozuqasi mahsulotlarining 60 foizini eksport qilgan.
“Bularning barchasi (Obi-Zulol) AQSH va boshqa hissadorlarning yordami bilan amalga oshdi”, deydi Shamsiyeva.
AQSH hukumati millionlab dollar bevosita yordamlarni ham taqdim etdi.
Amerika elchixonasiga koʻra, AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi iqtisodiyot (56 million dollar), sogʻliqni saqlash (30 million dollar), demokratiya va davlatchilik (14,4 million dollar) va taʼlim (20 million dollar) sohalarida koʻp yillik dasturlarni amalga oshirmoqda.
“Biz Tojikistonning iqtisodiy taraqqiyoti va oziq-ovqat xavfsizligini tojikistonlik fermerlarni oʻqitishga oid bir qator loyihalar orqali qoʻllab-quvvatlayapmiz, shuningdek, mahalliy va mintaqaviy darajada suv resurslarini boshqarishga oid loyihalar orqali mintaqadagi aloqalar va barqarorlikka koʻmaklashib kelmoqdamiz”, dedi AQSH elchisi Jon Mark Pommershaym.

Download 191 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling