Tojikiston respublikasining geografik o’rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari
Transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari, iqtisodiy rayonlari
Download 191 Kb.
|
Tojikiston
2.2 Transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari, iqtisodiy rayonlari
DUSHANBE – Oʻz yerosti boyliklarini qazib olishda yordam berish uchun xorijiy sheriklar izlayotgan Tojikiston bitta saboqni yaxshi oʻzlashtirgan, u ham boʻlsa – Xitoydan ehtiyot boʻlish. Markaziy Osiyo tahliliy hisobot byurosi (CABAR) maʼlumotlariga koʻra, Tojikistonning qariyb 3,2 mlrd dollarlik tashqi qarzining yarmi Xitoyga tegishli boʻlib, bu Pekinning Dushanbega taʼsir oʻtkazish vositasiga aylangan. “Xitoy Tojikistonning qarzni toʻlay olmasligini tushunadi; shuning uchun qarz evaziga qimmatbaho metall konlari yoki Tojikiston hududining bir qismini taqdim etish talab qilinadi”, degan edi tojikistonlik iqtisodchi Zulfiqor Ismoiliyon yanvar oyida CABARga. Xitoy harbiylarining 2016-yildan beri Tojikistondagi bazada boʻlib turgani ham bejiz emasga oʻxshaydi. Mazkur harbiy baza Afgʻoniston chegarasidan 13 km va Xitoy bilan chegaradan 30 km uzoqlikda, Togʻli Badaxshon viloyatida joylashgan. Xuddi shu viloyatda, oʻn yildan ziyod davom etgan bahsu munozaralardan soʻng – 2011-yilda Tojikiston 1122 kvadrat kilometr yerni Xitoyga topshirdi va bu koʻplab tojikistonliklarning gʻazabini qoʻzgʻadi. Xitoyga berilgan bu imtiyozlarga guvoh boʻlgan tojikistonliklar Xitoy togʻ-kon sanoati kompaniyalarning Tojikistondagi talonchiliklarini koʻrib, yanada koʻproq junbushga kelmoqdalar. Xitoy togʻ-kon sanoati kompaniyalari faqat bir narsani – Tojikistondan imkon qadar koʻproq tabiiy boyliklar olib chiqib ketishni oʻylaydi, deydi dushanbalik iqtisodchi Hojimuhammad Umarov. Boshqa tomondan, masʼuliyatli biznes-hamkor bunday qilmaydi, u oʻnlab yillar davomida ish yuritishni koʻzlagan holda biznesini barpo qiladi, dedi u. Bundan ham yomonrogʻi, Xitoy kompaniyalari kamdan-kam hollarda mahalliy mutaxassislarni ishga yollaydi. “Markaziy Osiyoda faoliyat yuritayotgan xitoylik kompaniyalar koʻpincha ishchilarning katta qismini Xitoydan olib keladi, shu bois ham mahalliy aholi bunday xorijiy investitsiyalarning mamlakat iqtisodiyotga yordam bermayotganidan norozi boʻladi”, deb xabar bergan edi 2019-yilda “Ozodlik” radiosi. Tojikistonda togʻ-kon sanoati sohasidagi manfaatli sheriklik uchun ulkan imkoniyatlar mavjud. 93% maydoni togʻli hududlardan iborat relyef tarkibida koʻplab qimmatbaho toshlar va metallar bor.12 Togʻli Badaxshondagi konchilik kompaniyalari oʻtish qiyin yoʻllar va qoloq infratuzilma bilan kurashayotgan boʻlsa, Soʻgʻd viloyatlarida sharoitlar yengilroq, u yerdagi konlar temiryoʻl va boshqa transport yoʻllariga yaqin yerda joylashgan. “Tojikiston besh turdagi qazilma boyliklar zahirasi boʻyicha dunyoning top-uchligiga kiradi”, dedi sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Sherali Kabir 15-fevral kuni oʻtgan matbuot anjumanida. “Bizda kumush, rux, qoʻrgʻoshin, bor va surma metallarining ulkan zaxiralari mavjud. Koʻp konlar oʻzlashtirilishi kutilmoqda.” Soʻgʻd viloyatining oʻzida tabiiy zaxiralarga boy 214 ta kon bor, deb xabar bergan vazirlik. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yer ostidagi rudalarning taxminiy qiymati 10 mlrd AQSH dollarini tashkil qiladi. “Metall bozoridagi narxlarning oshishi bizga nekbinlik bagʻishlaydi”, deydi Kabir. “Qiziqarli loyihalarimizdan yana biri – yiliga 600 ming tonna qazilmani qayta ishlash imkoniyatiga ega Adrasman konini tiklash.” 2019-yilning oxirida bir unsiya kumush 17,90 AQSH dollari turgan boʻlsa, 2020-yil oxiriga kelib, 26,40 AQSH dollarga yetgan. “Katta Konimansurda noyob kumush zahirasi bor, u yerda dunyodagi eng ulkan – 1 milliard tonnalik zahira mavjud”, deydi Soʻgʻd viloyatining sanoat va yangi texnologiyalar vazirligi vakili Nargis Shamsiyeva. “U yerdagi kumush zahirasi 50 ming tonnadan oshadi”, dedi u. “Yer qaʼrida kumush, qoʻrgʻoshin va ruxdan tashqari yana qanday metallar borligini hech kim bilmaydi. Bu yerda 30 yillik ish bor.” Avstraliya va Xitoy firmalari daʼvogarlik qilayotgani bois, Katta Konimansurga oid huquqlar hamon tortishuvlarga sabab boʻlmoqda. Hukumat konchilik sohasidagi loyihalarda Xitoydan boshqa davlatlar kompaniyalarining ishtirokiga umid qilmoqda, deydi Shamsiyeva. Download 191 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling