Tojikiston respublikasining geografik o’rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari


Download 191 Kb.
bet5/13
Sana18.06.2023
Hajmi191 Kb.
#1567278
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Tojikiston

Sanoat geografiyasi.Rivojlanishning tabiiy resurs omili, muhim tarmoqlararo komplekslari. Tojikiston sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish uchun tabiiy resurslarga boy region. Ayniqsa u energetika va mineral resurslarga boy.
misol. Suv resursini olaylik. U suv resursining ko`pligi jihatidan Markaziy Osiyoda birinchi o`rinda turadi. Mamlakat daryolarining energetika quvvati 32,6 mln.kvt bo`lib, u Markaziy Osiyodagi bosha barcha davlatlar daryolari energetika quvvatining yarmiga teng. Tojikiston daryolari sho`x, tezoqar va qisqa masorada katta tezlikda oqib o`tishi natijasida ko`p energiya berish imkoniyatiga ega. Yirik daryolarning tor va muzliklardan to`yingani uchun suv rejimi birmuncha mo`tadil bo`lib, bu narsa gidravlik elektrostansiyalarning bir me`yorda ishlashini ta`minlaydi.
Tojikiston iqtisodiyotida elektro energetika sanoati muhim o`rin tutadi. Unda GESlarning hissasi katta. Birgina Vaxsh daryosida ikki millioner, Norak quvvati 2,7 mln. kvt va Rogun quvvati 3,6 mln kvt GESlari qurilgan. Natijada mamlakatning janubiy qismida Janubiy Tojikiston hududiy ishlab-chiqarish kompleksi ishga tushgan. U bir tomondan mamlakatda elektroenergiyani ko`p talab qiladigan sanoat tarmoqlarini va jumladan rangli metallurgiya va kimyo sanoatini rivojlantirishni ta`minlangan, ikkinchidan esa MODda yagona energosistemani barpo qilishga zamin hozirlanmoqda. Mamlakatda yiliga 14-15 mlrd kvt soat elektro energiya ishlab chiqarilmoqda. Bu Qirg`izistonnikidan 2,5, Turkmanistonnikidan 4-5 mlrd kvt soat ko`pdir.
Mamlakat sanoatini rivojlantirishga bevosita ta`sir ko`rsatuvchi yana bir muhim tabiiy resurs omili - foydali gazilma birinchi navbatda mineral resurslardir. Uning hududi ayniqsa rengli metall xomashyolariga juda boy. Bu yerda rux, qo`rgoshin, mis, surma, qalayi, volfram, kobalt, oltin, kumushning katta konlari topilgan. Mazkur konlar bazasida Tojikiston RANGLI METALLURGIYA SANOATI tarkib topgan.
misol. Baland tog`li Ko`histonda topilgan surma konlari bazasida yirik tog` metallurgiya surma kombinati ishga tushgan. Xomashyo rayonlarida bir necha ruda saralash fabrikalari, zavodlar va kombinatlar ishlab turibdi. Tojikiston o`z rangli metallurgiya sanoatining mahsulotlarini Markaziy Osiyoning barcha davlatlariga va xorijga eksport qiladi. Jumladan u xorijiy mamlakatlarga ko`p miqdorda alyumin, rux, surma, qo`rg`oshin, volfram va bosqa nodir metallar eksport qiladi.
Mamlakat sanoat tarmoqlari orasida MASHINASOZLIKning alohida ahamiyati bor. U avvalo mamlakat agrosanoat majmuiga xizmat qiladi. Mashinasozlikning gigantlari: “Traktorodetal”, “Tojikto`qmash”, “Torgbitmash”, “Tojik- kabel” va boshqalar qishloq xo`jalik korxonalari, hamda aholining turmush ehtiyojlari uchun mashina, asbob-uskunalar, to`quv dastgohlari, uy-ro`zg`or buyumlari ishlab chiqaradi.6
Shu narsani alohida ta`kidlash joizki, so`nggi 1990-1999 yillarda bu yerda yuz bergan nosog`lom vaziyat (taxt uchuv kurash maqsadida uzoq davom etgan qon to`kishlar mamlakat itisodiyotiga, uning o`sish darajasiga kuchli salbiy ta`sir yetkazdi. Oqibatda sanoatning muhim ko`rsatkichlari bo`yicha mahsulot ishlab chiqarish hajmi kamayib ketdi.
Tojikistonda yengil va oziq-ovqat sanoati keng rivojlangan. Uning sanoat korxonalari mamlakat viloyatlari bo`ylab tarqalgan. Ip-gazlama, ipak-gazlama ishlab chiqarish, gilam to`qish, poyafzal tikish, vino, vino mahsulotlari, meva konservalar, mayiz, paxta va o`simlik zig`ir, kunjut yog`i tayyorlash, un, konditer, sut va go`sht mahsulotlari yetishtirish mazkur sanoat tarmoqlarining ixtisoslashgan sohalaridir. Biroq sanoatning bir tarmoqlarida ham ilpi maxsulot hajmi keskin kamaydi. Jumladan, yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1990-1995 yillarda 22,7 mln milliy valyutadan 14,6 mln milliy valyutaga,oziq-ovqat sanoatniki esa 8,6 dan 5,8 mln milliy valyutaga tushib qoldi. Ayniqsa to`qimachilik va tikuvchilik sanoati, go`sht va sut mahsulotlari ishlab chiqiarish orqaga ketdi.
Mamlakatda barcha tur transport tarmoqlari: temir yo`l va avtomobil yo`li, quvur, suv va havo transporti mavjud.Tojikistonning iqtisodiy taraqqiyotida temir yo`l va avtomobil transportining ahamiyati belgilovchi rol o`ynaydl. Temir yo`l transporti Tojikistonning ichki rayonlararo Shimoliy va Janubiy Tojikiston o`rtasida hamda uning tashqi aloqasida muhim rol o`ynaydi. Mamlakat hududidan keng g`ildirakli temir yo`llarning uzunligi 255 km, uning rayonlararo o`tgan tor g`ildirak izli temir. yo`l uzunligi esa 470 km.ga teng. 1970 yillarda mamlakatnint janubiy-sharqiy qismida 265 km. masofadagi tor g`ildirakli Termiz-Qo`rg`ontepaYovon hamda Vaxsh bilan Ko`lob vodiylarini birlashtiruvchi yangi temir yo`l o`tkazilgan.7
Tojikiston tog`li region bo`lgani hamda viloitlarining bir-birlaridan baland tog`lararo ajralib turgani uchun avtomobil transportining mamlakatda ahamiyati birlamchidir. Asosiy avtomobil yo`llari Dushanbe shahridan boshlanadi. Dastlabki 1925-1927 yillarda qurilgan: Dushanbe—Termiz, Dushanbe—Qo`rg`ontepa avtomagistrallari mamlakat poytaxtini O`zbekistonning janubiy port shaxarlari Termiz hamda Qo`rg`ontepa viloyatining markazi bilan bog`laydi. Bu yo`llar endilikda qayta qurilgan, kengaytirilgan, 1931-1932 yillarda Qirg`izistonning O`sh shahriga «Dunyo osmoni” deb nom olgan Pomir tog`ida joylashgan – Tog`li Badaxshon muxtor respublikasining markazi Xorogdan 732 km masorada avtomagistral qurilgan. 1940 yilda Dushaibe—Xorog (556 km yo`li ochilgan. Bu yo`llar, shuningdek Dushanbe O`ratepa-Xo`jand kabi avtomagistrallar mamlakat poytaxtini uning ichki iqtisodiy rayonlari va qo`shni davlatlar bilan bog`laydi.
Havo transporti orqali mamlakat poytaxti uning barcha yirik shaharlari bilan bog`langan. Tojikiston o`z mustaqilligini qo`lga kiritgan dunyoning ko`pgina davlatlari bilan havo transporti orqali bevosita aloqa o`rnatgan. Mamlakatda suv transporti ham mavjud. U Panj va Amudaryo orqali Ma kaziy Osiyogning ayrim davlatlari, hamda Afg`oniston bilan iqtisodiy aloqa qiladi.
Tojikiston qadimdan Turkiston o`lkasidagi eng jahongashta davlatlardan biri bo`lgan. U ayniqsa o`z mustaqilligini qo`lga kiritgandan keyin ko`pgina xorijiy mamlakatlar bilan qadimiy aloqalarini boshlab yubordi. Ayniqsa uning Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalar ko`p qirrali bo`lib, endilikda bu aloqalar yangicha yo`nalish, yangicha mazmun olmoqda. Bu aloqalar mazmunida MOD bir butunligi, mazkur davlatlarning hamda xalqlarning tarixan birligi, ravnaqi, hamdo`stligi, yaxlitligi gavdalanadi.
Tojikiston-O`zbekiston iqtisodiy, texnikaviy va madaniy aloqasi har jixatdan rivojlanib bormoqda. Markaziy Osiyo hududidagi bu ikki xalq bamisoli qo`lni-qo`lga berib yashamoqda, birga nafas olmoqda, xalq xo`jaligini, fani va madaniyatini hamkorlikda rivojlantirmoqda. Zamini bir-bir bilan tutash bo`lgan tojik va ozbek xalqi tabiat manbalari daryo suvi, qir-adir yaylovlari, yer osti boyliklaridan foydalanishda birga ish yuritishadi. Ular dehqonchilik va chorvachilik bilan shug`ullanishda bir-biriga ustozlik qilishadi, ish o`rgatishadi, tajriba almashishadi. Ikki qo`shni qishloq xo`jalik mashinalari ishlab chiqarishda, ularning mahsulotlaridan foydalanishda, elektroenergiya ishlab chiqarishda va uni iste`mol qilishda hamkorllk qilishadi. Markaziy Osiyoning bu ikki mustaqil davlati xalq xo`jaligining turll sohalari uchun yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlab berishda bir-biriga beg`araz yordam beradi. Tojikistonda o`zbek, O`zbekistonda tojik tilida qator o`quv yurtlari ishlab turibdi.8
Tojikiston o`z mustaqilligini qo`lga kiritishi bilan dunyoning ko`pgina davlatlari bilan diplomatik munosabatlar o`rnatdi va ular bilan keng doirada savdo-soti aloqalarini amalga oshirmoda. Ayniqsa, u Markaziy Osiyo davlatlari Rossiya, Ukraina, Turkiya, Xitoy, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Yaponiya, AQSh davlatlari bilan har tomonlama aloqalar olib bormoqda. Tojikiston yuqorida zikr qilingan davlatlarga agrosanoat majmui mahsulotlari; paxta tolasi, paxta yog`i, to`qimachilik sanoati maxsulotlari, ipak, quritilgan va ho`l meva, meva konservalari, uzum va uzum mahsulotlari, vino va vino mahsulotlari, mayiz, mashinasozlik va elektrotexnika sanoati mahsulotlari; to`qish stanoklari, transrormatorlar, sovutgichlar, yengil sanoat mahsulotlari; ko`zni qamashtiradigan noyob gilamlar, poloslar, beqesam atlaslar chiqaradi.
Tojikiston tashqaridan mashinasozlik sanoati mahsulotlari, yoqilg`i o`rmon sanoati mahsulotlari, don va boshqa tovarlarni xarid qiladi.

Download 191 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling