Tojikiston respublikasining geografik o’rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari
Soni, zichligi, uni takror ishlab chiqarish, milliy tarkibi, joylashishi
Download 191 Kb.
|
Tojikiston
Soni, zichligi, uni takror ishlab chiqarish, milliy tarkibi, joylashishi. Aholining soni jihatidan mamlakat Markaziy Osiyoda O`zbekiston va Tojikistondan keyin uchinchi o`rinda, aholining tabiiy o`sishi jihatidan ham Turkmaniston va O`zbekistondan keyin uchinchi o`rinda turadi. Respublika aholisiga xos xususiyatlar: ko`p bolalik, kindik qoni to`kilgan joyni muqaddas bilish, joydan-joyga ko`chib yurishga odatlanmaslik, mehmondo`stlik, mehnatsevarlik, qishloqsevarlik. Aholidagi bu xususiyatlar bo`yicha tojik xalqi boshqa turkiy xalqlardan ajralmasdir. Aslida esa tojiklar turkiy xalqlar emas, balki forsiy tilda gaplashuvchi xalqlardandir. O` z asnosida tojik xalqining etnik kelib chiqshi ham turkiy xalqlar bilan ancha yaqindir, bir xilqdir.3
Yaqin o`tmishda Markaziy Osiyoda aholining tabiy o`sishi bo`yicha Tojikiston birinchi o`rinda turar edi. Biroq, so`nggi 1990-1999 yillarda mamlakat ichkarisida yuz bergan nosog`lom vaziyat aholi tabiiy o`sishiga salbiy ta`sir ko`rsatdi. Aholining yillik o`rtacha o`sishi 1990-1995 yillarda Turkmanistonda 4,1 ga O`zbekistonda 2,1 foizni tashkil qilgani holatda, bu ko`rsatkich Tojikistonda 1,9 foizga teng bo`ldi. Aniq ma`lumotlarga qaraganda 1990-1995 yillarda Tojikiston aholisiga atigi 525 ming kishiga ko`paygan. Holbuki, shu davrda Turkmaniston aholisi 821 ming va O`zbekistonniki 2240 ming kishiga ko`paygan. Mamlakat aholisi uning regionlari aro juda notekis joylashgan. Aholining aksariyat qismi daryo vodiylari va soy bo`ylarida istiqomat qilishadi. Aholi zichligi ham regionlar bo`yicha keskin farq qiladi va so`nggi yillarda 4 marta ko`paydi. M., 1939 yilda har bir kv. km.ga 10,3 kishi to`g`ri kelgan bo`lsa, u 1959 yilda 13,8, 1970 yilda-20,3, 1979 yilda- 27, 1989 yilda-33, va 1995 yilda 40,2 kishini tashkil qildi. Aholi zichligi uning geografik o`rni orografik xususiyatlariga ko`ra shimoliy va janubiy Tojikistonda, Ko`xiston va Hisor, Vaxsh vodiylarida, sug`orib ziroatchilik qilinadigan zonalarda bir-biriga qarama-qarshi qutblar darajasida farq qiladi. Masalan, vodiylarda aholi zichligi 400-450 kishiga to`gri kelgani holda buning aksi o`laroq tog`li Badaxshon Pomirda aholi zichligi 1-2 kishiga teng. Tojik xalqi qishloqsevar xalq. Bu yerda aholining aksariyat qismi qadimdan qishloqlarda ishab kelgan. Tojikistonda 1979-89 yillarda shahar aholisi 2 foizga kamaygan bo`lsa, u 1990-1995 yillarda birmuncha ko`paydi, ya`ni 1995 yilga kelib umumiy aholining 38,8 foizini tashkil etdi. Biroq MDHga a`zo bo`lgan davlatlarda esa umumiy aholining 60 foizidan ortigi shaharlarda yashamoqda. Shuningdek, Markaziy Osiyoning boshqa barcha davlatlarida ham shahar aholisining mihdori Tojikistonnikidan ancha baland. Masalan, Qirg`izistonda aholining 38, O`zbekistonda-40, Turkmanistonda-45, Qozog`istonda-57 foizi shaharlarda yashaydi. Aholining tabiiy o`sishi yuqoriligi uchun mamlakat mehnat resurslariga boy. Respublika aholisining ko`pchiligini mehnatga qobiliyatli yoshar tashkil qiladi. Biroq mamlakatda mehnat resursidan foydalanish yaxshi yo`lga qo`yilgan emas. Ayniqsa, uning tog`li zonasidagi yuzlab aholi manzilgohlarida foydali mehnatga tortilmagan bir necha yuz ming ishsiz bor. Ularning ko`pchiligi ayollar va mehnatga layoqatli yoshlardir.4 Tojikistonda shahar va qishloq aholisining nisbati kam, urbanizatsiya darajasining pastligi ko`rsatib turibdi. Mamlakatda shaharlar soni nisbatan kam va borlari ham uncha katta emas. Mamlakatning yirik shaharlari Dushanbe, Xo`jand, Tursunzoda, Qo`rg`ontepa shaharlaridir. Tojikiston ko`p millatli davlat. Uning bosim xalqi tojik va o`zbeklar. Tojiklar umumiy aholining 60 foizdan ortig`ini, o`zbeklar esa 27,3 foizini tashkil qiladi. Bu yerda yana son jihatdan eng ko`p ishaydigan millat vakillari rus, tatar, mordva, ukrain, osetin va boshgalardir. Aholi nihoyat darajada notekis joylashgan. Download 191 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling