Tojikiston respublikasining geografik o’rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari


Download 191 Kb.
bet4/13
Sana18.06.2023
Hajmi191 Kb.
#1567278
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Tojikiston

1-misol. Aholining aksariyat qismi past tekisliklar, daryo vodiylari va soy bo`ylarida joylashgan. Chunki dehqonchilik asosan uning dengiz sathidan uncha baland bo`lmagan hududlarida amalga oshiriladi.
2-misol. Aholining notekis joyo`lashishiga ta`sir ko`rsatuvchi omil uning orografik xususiyatlaridir. Birinchidan, tog`li zonada dehqonchilik qilish doirasi chegaralangan. Bu zonada madaniylashgan tuproq yerlarning kamligi, salqin iqlimiy sharoit dehqonchilik qilishga qiyinchiliklar tug`diradi. Ikkinchidan bu zonada shunday aholi manzilgohlari borki, ular bir-birlari bilan tabiiy to`siq tarzida baland tog`lar bilan ajralib turadi. Tog` va baland tog` tabiati zonasida xo`jalik yuritish murakkab ko`chadi va o`z navbatida aholi manzilgohlarining ham mamlakatning madaniy markazlari bilan aloqa qilishi tabiiy ravishda chegaralangan.
Uning tarmoq va hududiy tuzilishi, Tojikiston agrar mamlakat. Uning igtisodiyoti yaqin o`tmish 1917-1991 yillarda bir tomonlama rivojlandi. Tojikiston sobiq SSSR uchun janubdagi yirik xomashyo rayoni edi. U qishloq xo`jalik mahsulotlarini yetishtiradi va uni sanoatda qayta ishlash uchun markazga jo`natardi; u tog`-kon qazib olish sanoatini rivojlantirgan edi va qazib olingan rudani qayta lshlash uchun markaziy rayonlarga jo`natardi. Oqibatda Tojikiston mahalliy sanoatni rivojlantirishni ichki ehtiyojiga yarasha olib borolmasdi.
Mamlakat 1991 yilda o`z mustaqilligini qo`lga kiritishi bilan iqtisodiyotining asosini tashkil qilgan sanoat va qishloq xo`jalik ishlab chiqarishini ichki ehtiyojlari asosida rivojlantirishga kirishdi.
Agrosanoat majmui. Tojikiston xalq xo`jaligida qishloq xo`jalik ishlab chiqarishi yetakchilik qiladi. Bu borada sug`orqiladigan dehqonchilik, tog-yaylov chorvachiligi, meva va uzumchilik qadim-qadimdan rivojlantirilgan. Hozirgi vaqtda mamlakat qishloq xo`jaligi turli-tuman qishloq xo`jalik texnikasi bilan yaxshi ta`minlangan jamoa va davlat xo`jaliklari, chorvachilik komplekslari, fermer xo`jaliklariga ega. Mamlakatda yetishtirqiladigan paxta, don, ho`l meva, uzum, sut, go`sht, yog`, pilla va boshqa mahsulotlarning aksariyat qismi zikr qilingan qishloq xo`jalik korxonalarida yetishtirqiladi.
Qishloq xo`jaligining yetakchi sohasi paxtachilikdir. Mamlakat paxtachiligi har jihatdan rivojlangan. Bu yerda oq paxta va ipak paxta navlari ekiladi. Oq paxta Shimolly Tojikistonning Farg`ona vodiysida, ipak paxta Janubiy ToJikistonning Hisor va Vaxsh vodiylarida yetishtiriladi. Paxta hosildorligi Markaziy Osiyo davlatlari ichida yuqoridir. Mamlakatda yiliga 900-1000 ming tonna paxta hosili yetishtiriladi.
Tojikiston agrosanoat majmuida chorvachilik ham muhim o`rin tutadi. Bu yerda yaylov chorvachiligining o`ziga xos tomonlari bor. Masalan, baland tog`li tabiatga har qanday qo`y zotlari yoki qoramollar moslashavermaydi. Bunday tog`li zona hisori qo`yo`lar, angor zotli echkilar boqish uchun qulaydir. Shuning uchun murakkab relef formalaridan kelib chiqib, Tojikistonning tog`li zonasida hisori qo`ychilik yaxshi rivojlantirilgan. Bu qo`ylarning gavdasi yirik, dumbasi katta bo`ladi. Hisori qo`yo`larni qo`lda dumbasini ko`tarolmay qolguncha boqish mumkin. Bunday holatlarda qo`yning dumbasini suyab turish uchun tirgagich o`rnatqiladi. Qo`lda boqilgan hisori qo`ylarning 20-30 kg chiqadigan dumbasi va 60-70 kilo atrorida go`shti bo`ladi, angor zotli echkilar tog`da toshdan-toshga, daradan-daraga sakrab o`tishga moslashgan. Uning mayin tolali tibeti junidan sifatli junli mato to`qiladi.5
Mustaqillik yo`lidan katta qiyinchiliklarni yengib dadil borayotgan Tojikiston davlati qishloq xo`jaligining yetakchi tarmoqlari bazasida mamlakat agrosanoat majmuini rivojlantirmoqda. Mamlakatning xomashyo rayonlarida paxtachilik majmuiga xizmat qiladigan yangi-yangi zamonaviy sanoat korxonalari zavod, fabrika, kombinatlar qurilmoqda va o`zida yetishtiladigan qishloq xo`jalik mahsulotlarini takror -takror qayta ishlashga o`tmoqda. Bunday ish tutish birinchidan, mamlakatni yaqin o`tmishda bo`lganidek xomashyo rayonidan bevosita iste`mol uchun tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan rayonga aylantiradi, ikkinchidan esa mamlakat aholisining sanoat usulida qayta ishlangan qishloq xo`jalik mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.
Tojikiston xalq xo`jaligida sanoatning salmoqli ulushi bor. U asosan tog`-kon sanoati bazasida hamda gishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlashga tayanib rivojlantirilgan. Uning yetakchi tarmoqlari: energetika sanoati, rengli metallurgiya, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoatidir.
II bob. Tojikistonning aholisi va mehnat resurslari
2.1 Xalq xo`jalik tarmoqlari geografiyasi

Download 191 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling