Tojikiston respublikasining geografik o’rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari
Janubiy Tojiklstonning xalq xo`jaligi ancha rivojlangan
Download 191 Kb.
|
Tojikiston
- Bu sahifa navigatsiya:
- Garbiy Pomir
- Tog`li Badaxshon muxtor Respublikasi
Janubiy Tojiklstonning xalq xo`jaligi ancha rivojlangan. Uning agrosanoat majmuida paxtachilik (va ayniqsa ingichka tolali paxta yetishtirish, ipakchilik, mevachilik va uzumchillk, qo`ychilik va echklchlik yaxshi rivojlangan. Regionning tog`li tabiati ziroatchilik qilishni va chorva mollarni asrashni tabaqalashtirib tashkil qilishni taqozo etgan. Bu narsa ayniqsa chorva mollarini boqishga daxldor. M., regionning tekislik qismida qorako`l qo`ylari, tog`li zonada hisori qo`ylar, tog`li va baland tog`li zonada mayin tola tibit beradigan angor zotli echkilar boqiladi.
Janubiy Tojikiston tog`-kon sanoati va qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan sanoat tarmoqlari keng rivojlantirilgan. Shuningdek poytaxt Dushanbe va boshqa yirik shaharlarda mashinasozlik, to`qimachilik, oziq-ovqat va boshqa sanoat korxonalari bor. Pomir. U Tojikistonning janubiy-sharqiy qismida joylashgan. Hududi 63,7 ming kv km. Bu maydon Tojiklstonnikg teng yarmiga teng. Tojikistondagi osmon o`par tog`lar, tog` cho`qqilari, eng ko`p tog` muzliklari, eng yirik tog` sistemalari Pomir geografik rayonidadir. U Markaziy Osiyo davlatlari uchun sharq va janubiy-sharqdagi buyuk tabiiy chegara. Uning bir tomonda nam va quruq iqlimiy sharoitiga ega bo`lgan Old Osiyo, ikkinchi tomonidan esa Markaziy Osiyo sahrosi joylashgan. Region o`z tabiatining rang-barangligi va xo`jalik yuritishiga ko`ra G`arbiy, va Sharqiy Pomirga ajraladi. Garbiy Pomir qudratli tog`li o`lka bo`lib, u chuqur daralar, baland tog` tizmalaridan iborat. Bu o`lkada yashovchi yerli xalq dehqonchilik va qoramolchilik bilan mashg`ul. O`lkaning iqlimi keskin kontinental, havo harorati nisbatan juda past. Uning dengiz sathidan 1600-2200 m balandlikda bo`lgan vodiy qismi bilan 6000-7000 m balandlikdagi tog`li qismida havo haroratida keskin farq kechiriladi. Balandlik oshgan sari abadiy qor va muz qatlami ko`p uchraydi. G`arbiy Pomir tabiat resurslariga boy. Tog`li Badaxshon muxtor Respublikasi hududidagi abadiy qor va muzliklardan MODning 170 ta daryosi hosil bo`ladi. Ularning umumiy uzunligi 5 ming km. dan ortiq, energetik quvvati esa 13 mln, kvt. Bittagina Sarez ko`lining o`zi yiliga 250 ming kvt. elektroenergiya berishi mumkin. Foydali qazilmalaridan oltin, ko`mir, slyuda, tog` xrustali ko`p uchraydi.10 Pomirning tabiati geograf va sayyox olimlar tomonidan chuqur o`rganilgan. Proressor X. Hesanovnihg yozishiga qaraganda, Pomirdagi Fedchenko nomi bilan yuritiladigan eng katta muzlik dastlab vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy tomonidan ilmiy tadqiq qilingan. O`tgan asrda Rossiyaning markaziy qismidan kelgan zoolog N. A. Seversov, geolog I. V. Mushketov, geograf V. F. Oshanin bu o`lkada kompleks tadqiqotlar qilishdi. V. F. Oshanin eng katta tog`-vodiy muzligiga Fedchenko nomini berdi. XX asrning boshi va 1930 yillarga kelib, Pomir O`rta Osiyo universitetining olimlari N. L. Korjenevskiy, P. L. Baranov va I. L. Raykovalar tomonidan chuqur tadqiq qilindi. N. L. Korjenevskiy Pomirda Petr I tizmasini ochdi, I. A. Raykova boshqargan ekspeditsiya ishtirokchilari Pomir biologik stansiyasini va Xorog shahrida botanika bog`ini barpo qildilar. G`arbiy Pomirning qishloq xo`jaligi o`zgacha rivojlanish va yo`nalishda. Uning baland vodiylarida tezpishar vegetatsiya muddati qisqa bo`lgan bug`doy, arpa, mosh, kartoshka navlari ekiladi. Pomirda dehqonchilik qilinadigan zonaning balandlikdagi chegarasi 3500 metrgacha boradi. G`arbiy Pomirda bog`dorchilik: o`rik, olma, shaftoli, nok, gilos mevalari yetishtirish yo`lga qo`yilgan. Pomirliklar yaylov chorvachiligi bilan mashg`ul. Garbiy Pomirda hisori va darvoz zotli, sharqiy Pomirda qirg`iz zotli dumbali qo`ylar ko`p boqiladi. Sog`in sigirlar faqat tog` vodiylarida boqiladi. Download 191 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling